Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINING PROFESSIONAL ISHTIROKCHILARI UCHUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga QARSHI KURASHISH BOʻYICHA ICHKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda 2033-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda), “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
2009-43-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
38-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 2009-43, 38-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda), “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Mazkur Qoidalar talablari qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarga tatbiq qilinadi, tijorat banklari va sugʻurtalovchilar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllangan:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega boʻladigan yoki mijozni aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yoʻlida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, ular topshirgan hujjatlar asosida qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash;
benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash — qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaxs boʻlgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz — deponent yoki qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining xizmatlaridan foydalanuvchi boshqa shaxs;
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarini amalga oshirishda qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi (keyingi oʻrinlarda professional ishtirokchi deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(1-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi;
(1-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarni bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlarida professional ishtirokchilar qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazoratni amalga oshiradilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish professional ishtirokchining Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi Nizomga (roʻyxat raqami 1899, 2009-yil 6-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 66-modda) muvofiq tayinlanadigan nazoratchi (keyingi oʻrinlarda nazoratchi deb yuritiladi) zimmasiga yuklanadi.
4. Ichki nazoratning maqsadi quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
professional ishtirokchilar faoliyatida jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlar bilan qayd etish va kamaytirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
professional ishtirokchilarning qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
professional ishtirokchilar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda ichki hujjatlarga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ichki nazoratning vazifalari quyidagilardan iborat:
Qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalar ichki hujjatlariga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini oʻrganish boʻyicha imkon qadar choralar koʻrish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
mazkur Qoidalarning 19-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlar (hujjatlar)ni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida toʻxtatib turilgan kunning oʻzida maxsus vakolatli davlat organini xabardor etish;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
professional ishtirokchilar rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam taʼminlab borish;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
soʻrovnomalar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslarni aniqlash;
(5-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
professional ishtirokchilar faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlar bilan qayd etish va kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
(5-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlarining amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
6. Professional ishtirokchilar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida professional ishtirokchining ijro etuvchi organi tomonidan tasdiqlanadigan ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha choralar dasturlarini (keyingi oʻrinlarda dasturlar deb yuritiladi) ishlab chiqishlari va ular quyidagilarni nazarda tutishi kerak:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
mijozlarni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini lozim darajada tekshirish hamda identifikatsiyalash boʻyicha chora-tadbirlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar mezonlarini;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
professional ishtirokchining mijozi tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirilishi tavakkalchilik xavfini baholashni;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalarni hujjatlarda qayd etish va ular toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishni;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
professional ishtirokchi xodimlarini ichki nazorat jarayonlari va mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarga oʻqitishni.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Nazoratchilarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy texnologiyalari, usullari va tendensiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab olgan soʻnggi yangiliklardan xabardorligini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilikning barcha jihatlari va majburiyatlar haqida aniq tushuntirishlar berish maqsadida oʻqitish va malakasini oshirishni oʻquv rejalari va dasturlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlik bilan kelishiladigan, qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ichki nazorat tizimi faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq mijozlar bazasi va tavakkalchilik xavfi darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Agentlik har yili 15-yanvargacha mazkur Qoidalarga rioya etilishiga masʼul boʻlgan nazoratchilarining roʻyxatlarini maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi va ushbu roʻyxatdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida unga maʼlum boʻlgan vaqtdan eʼtiboran besh ish kuni mobaynida xabardor qilishni taʼminlaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida nazoratchi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazoratni va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi;
professional ishtirokchining faoliyatiga xos jihatlaridan kelib chiqib, dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlarning har yili yangilanishini amalga oshiradi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
mazkur Qoidalar va dasturlarni amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organining vakolatli vakillari, tashkilotning ichki audit xizmati xodimlari va tashqi auditorlar tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradi.
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
10. Nazoratchi quyidagi huquqlarga ega:
professional ishtirokchining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish maqsadlari uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, professional ishtirokchining elektron maʼlumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlaridagi fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatish boʻyicha).
Nazoratchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Nazoratchi quyidagilarga majburdir:
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash chora-tadbirlarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga maʼlumot berish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
olingan maʼlumotning maxfiyligiga rioya qilish;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻgʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 6-noyabrdagi 2010-20, 32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-1, 19.11.2010-y.) muvofiq yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 436-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 6-noyabrdagi 2010-20, 32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-1, 19.11.2010-y.) muvofiq sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 436-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish choralarini koʻrish;
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Nazoratchi zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
111. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 6-noyabrdagi 2010-20, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-1, 19.11.2010-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 436-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
12. Professional ishtirokchilar:
amaliy ish munosabatlari oʻrnatilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha yuzaga kelganida;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqi miqdorining 500 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan qimmatli qogʻozlarga doir bir martalik bitimlar amalga oshirilganda;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
shu jumladan, identifikatsiyalash uchun mijoz toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubha tugʻilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralarni koʻradilar.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mijozlar, shu jumladan mavjud mijozlarni lozim darajada tekshirish operatsiyalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida olib borilishi kerak.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan, shuningdek tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs boʻlganda professional ishtirokchilar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini koʻrishlari lozim.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
Binefitsar mulkdorni aniqlash uchun professional ishtirokchilar mijoz boshqa mijoz nomidan harakat qilayotganligini aniqlashi kerak va undan keyin mijoz kimning nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, uni identifikatsiyalash hamda shaxsini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ularning qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlaridan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Professional ishtirokchi zarur boʻlganda mijozni lozim darajada tekshirish bilan bir qatorda shuningdek, uning ixtiyorida mavjud maʼlumotlar va axborotlar boʻyicha ushbu mijozning ilgari oʻtkazilgan operatsiyalarini oʻrganib chiqish talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
131. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olishi mumkin boʻlgan maʼlumot va boshqalar) olish va foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdor boʻyicha maʼlumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablagʻlari yoki moliyaviy holatining manbasi haqida maʼlumot olish;
rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
qoʻshimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yoʻli bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
132. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishni.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
133. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha mazkur Qoidalarning 132-bandida koʻrsatilgan choralarni koʻrish bilan birga, operatsiya ishtirokchisi yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga va ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan professional ishtirokchilar:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina professional ishtirokchilar rahbariyatining ruxsati bilan kirishish;
Keyingi tahrirga qarang.
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishi lozim.
(132-133-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
14. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda professional ishtirokchilar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, rahbarlari toʻgʻrisidagi, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshirishlari shart.
16. Professional ishtirokchi jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan, mijozning mol-mulkining tuzilishini oʻrganish yoʻli bilan, asoslangan va mumkin boʻlgan chora-tadbirlarni qoʻllashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Professional ishtirokchi mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz haqida olingan maʼlumotlardan foydalanish orqali tekshirishi shart.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 6-noyabrdagi 2010-20, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-1, 19.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 436-modda)
18. Identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etmagan mijozlarga professional ishtirokchi operatsiyalarni bajarishni rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Oldingi tahrirga qarang.
181. Professional ishtirokchilar mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (bundan buyon matnda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish choralarini koʻrishi shart.
(181-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, mijozning amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli maʼlumotlarni hisobga olgan holda nazoratchi tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda maxsus vakolatli davlat organi yoki Agentlikka taqdim etilishi lozim.
(181-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
182. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga professional ishtirokchilar avvaldan quyidagi mezonlarga ega boʻlgan mijozlarni tegishli deb topishi va ularga nisbatan lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini amalga oshirishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi shaxslar, Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;
(182-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
norezidentlar;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
(182-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlardagi manzilga toʻgʻri kelmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(182-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
nazoratchida asosli shubha uygʻotadigan operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
183. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, professional ishtirokchilar zarur boʻlganda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqishi zarur.
Professional ishtirokchilar barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi kerak.
Amalga oshirilgan choralar haqida maʼlumot professional ishtirokchining rahbariyatiga taqdim etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
184. Professional ishtirokchilar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralarni koʻrishlari kerak. Bu maqsadlarda professional ishtirokchilar:
(184-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyotini ishlab chiqishlari;
yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholashlari kerak.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoki yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Professional ishtirokchilar bunday tavakkalchiliklarni monitoring qilish va ularni kamaytirish uchun tegishli choralarni koʻrishlari zarur.
(III1-bob Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalarni aniqlashning mezonlari va tartibi
19. Quyidagi hollarda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya shubhali deb topilishi mumkin:
mijoz tomonidan mijozni identifikatsiyalash zarurati tufayli soʻralayotgan, shu jumladan, ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan boʻlsa) haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishni sababsiz rad etilishi;
mijozning amalga oshirilayotgan bitimga nisbatan maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi;
mijozning xizmat koʻrsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek, mijoz tomonidan qimmatli qogʻozlar bozoridagi ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
mijozning shartnoma boʻyicha amaliyotdan oʻzgacha va nostandart hamda qiyin boʻlgan toʻlov sxemasi orqali hisob-kitob qilish taklifi;
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaning (bitimning) sxemasiga bevosita uni amalga oshirilishidan oldin sezilarli oʻzgartirishlar kiritilishi;
mijoz tomonidan bekor qilingan bitimlar boʻyicha oʻz pul mablagʻlarining uchinchi shaxslarga qaytarishni amalga oshirishning taklif etilishi;
bir yoʻla yoki qismlar boʻyicha bir turdagi va bir xil hajmdagi moliyaviy vositalarni sotib olib (sotib), bunday bitimlar tomonlari goh sotuvchi, goh xaridor sifatida muntazam ravishda oʻzgarib turuvchi oʻzaro bitimlarning amalga oshirilishi;
maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etilishini mijoz tomonidan asossiz kechiktirilishi yoki mijoz tomonidan tekshirib boʻlmaydigan maʼlumotni taqdim etilishi;
operatsiyani amalga oshirishda mijoz talabi bilan qilayotgan asoslanmagan shoshma-shosharlik;
Oldingi tahrirga qarang.
agar mijoz tomonidan bir yoki 30 kalendar kuni mobaynida deponentga qoʻyilgan pul mablagʻlari summasi eng kam oylik ish haqining 500 baravariga teng miqdoridagi summadan oshsa;
(19-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz tomonidan qimmatli qogʻozlarni bozor narxlaridan sezilarli farq qiladigan narxlarda sotib olishning (sotishning) amalga oshirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining 500 baravaridan ortiq summadagi qimmatli qogʻozlarning yuridik (jismoniy) shaxslar oʻrtasida bepul asosda yoki debitorlik va kreditorlik qarzlar boʻyicha topshirilishi;
(19-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring palatalaridagi Foydalanuvchilarning shaxsiy raqamlarida (bundan keyingi oʻrinlarda FSHR deb yuritiladi) jamlangan pul mablagʻlaridan boshqaning foydasiga voz kechish boʻyicha eng kam oylik ish haqining 500 baravariga teng miqdoridagi summadan oshgan operatsiyalarning oʻtkazilishi, bir martalik oʻtkazilgan operatsiyalar kabi uch oy mobaynida oʻtkazilgan bir nechta operatsiyalar ham;
(19-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
offshor hududlarda va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar uchun FSHR ochishga topshiriqnoma berilishi;
mijoz haqidagi maʼlumotning mavjud emasligi, shuningdek, koʻrsatilgan bogʻlanish maʼlumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal maʼlumotlari boʻyicha mijoz bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatining yoʻqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
mijoz tomonidan bitim ishtirokchilari haqida bila turib yolgʻon axborot va notoʻgʻri maʼlumotlarning taqdim etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi;
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 6-noyabrdagi 2010-20, 32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-1, 19.11.2010-y.) muvofiq oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 436-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzilayotganda insayderlik axborotidan noqonuniy foydalanilganligi yoki qimmatli qogʻozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganligiga doir har qanday shubhalarning mavjudligi;
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 6-noyabrdagi 2010-20, 32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-1, 19.11.2010-y.) muvofiq yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 436-modda)
qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalarni amalga oshirishda foydalanilgan pul mablagʻlarining jinoiy kelib chiqishi toʻgʻrisidagi har qanday boshqa shubhalarning mavjudligi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Operatsiyani shubhali deb topish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obroʻsi, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻtkazish boʻyicha professional ishtirokchilar mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori va operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishi lozim, agarda:
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
mijoz Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
mijoz Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Operatsiyani toʻxtatish va tiklash Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyilgan, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
211. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
22. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng, nazoratchi mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish haqida;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish haqida;
qonun hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni toʻxtatish haqida.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar professional ishtirokchilar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Professional ishtirokchilar tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni maxsus vakolatli davlat organiga kechiktirmay topshirishlari zarur.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
25. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiyaning turi va uni amalga oshirish asosi;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
topshirigʻiga koʻra yoki nomidan operatsiyani bajarayotgan jismoniy va yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
operatsiyani amalga oshirayotgan jismoniy shaxs (ishonchli vakili) yoki yuridik shaxsning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha oluvchini va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Professional ishtirokchilar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalangan materiallar va maʼlumotlarni, shu jumladan, ish yozishmalarini qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 6-noyabrdagi 2010-20, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-1, 19.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 436-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Professional ishtirokchilar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga maʼlumot berilganligi toʻgʻrisida axborot berishga haqli emaslar.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Professional ishtirokchilar ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni oʻz xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanilmasligini) taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
271. Nazoratchining faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Agentlik va maxsus vakolatli davlat organi bilan yozishmalari, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qogʻozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qogʻozdagi va elektron anketalari, jurnallar va h. k.) dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi lozim.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
272. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul xodim tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
(271-272-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 30-dekabrdagi 2014-33, 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2033-2, 15.01.2015-y) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 2-son, 27-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
28. Professional ishtirokchilar tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat qilish Agentlik tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
281. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar professional ishtirokchining barcha xodimlariga yetkazilishi lozim.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 26-iyundagi 2019-39, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2033-3, 10.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son — 2019-yil 11-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 491-modda; 2010-y., 47-son, 436-modda; 2015-y., 2-son, 27-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 10/19/2033-3/3401-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2033-4/0598-son, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)