Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2017 24.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1985
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 24.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1985
Кучга кириш санаси
03.08.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2017
Hujjat 03.08.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

PIShGAN GʻIShT IShLAB ChIQARUVChI KORXONALAR TOMONIDAN SOLIQ IMTIYOZLARI VA PREFERENSIYALARNI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-iyulda 1985-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 16-maydagi 48, 2017-20-sonli “Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1985-2, 23.05.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2009-yil 22-iyul,

73-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-23-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 22-iyuldagi 73, 2009-23-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2009-yilning 1-iyulidan 2012-yilning 1-yanvariga qadar maxsus pechlardan (aylanma, tunnelsimon va boshqalar) foydalangan holda, zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar quyidagilarni toʻlashdan ozod qilinadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yer soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yagona soliq toʻlovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) tovarlarni realizatsiya qilish hajmidan hisoblab chiqariladigan davlat maqsadli jamgʻarmalarga va budjetdan tashqari Maktab taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab maxsus pechlardan foydalangan holda pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash majburiyati saqlangan holda yagona soliq toʻloviga oʻtish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2005-yil, 14-son, 105-modda) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. IMTIYOZ VA PREFERENSIYALARNI QOʻLLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar asosiy faoliyat turi — zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqarishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli hududiy organining xulosasiga asosan ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxonalar davlat soliq xizmat organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarga va budjetdan tashqari Maktab taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod etilganligi toʻgʻrisida yozma xabarnomani ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda taqdim etadilar. Xabarnomaga maxsus pechlardan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxona ekanligini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli hududiy organining xulosasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxsus pechlardan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqarishni amalga oshirish bilan birga boshqa faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi korxonalar ushbu faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qonun hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda toʻlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan preferensiyalardan foydalanishda mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi xabarnomaga korxona maxsus pechlardan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi ekanligini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli hududiy organining xulosasini ilova qiladilar. Yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi xabarnoma Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2012-yilning 1-yanvaridan keyin tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun, ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan preferensiyalar, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. YAKUNIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq imtiyozlari va preferensiyalarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi Sh.MAXMUDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 21-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎XULOSA

‎‎‎Ushbu bilan ________________________________manzil boʻyicha joylashgan
‎‎________________________________________ ____ yil “__” _________dan

‎‎(korxonaning toʻliq nomi)

‎‎boshlab, maxsus pechlardan____________________________________________

‎‎(pechning nomi va turi)

‎‎foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan gʻisht ishlab chiqarishni amalga oshirayotganligini tasdiqlaymiz.

‎‎
‎Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy organining rahbari

_______________‎

(imzo, F.I.Sh)‎

M.Oʻ‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 350-modda; 2011-y., 7-8-son, 69-modda)