16.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1982
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUGʻURTALOVCHI VA QAYTA SUGʻURTALOVCHINING INVESTITSIYA FAOLIYATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1982]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 158-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurtalovchi va qayta sugʻurtalovchining investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009-yil 3-iyuldagi 68-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchi va qayta sugʻurtalovchining investitsion faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 158-modda) muvofiq sugʻurtalovchi va qayta sugʻurtalovchining investitsiya faoliyatiga oid talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat ijtimoiy sugʻurta tashkilotlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom maqsadlarida qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diversifikatsiya — mablagʻlar yoki ulardan olinadigan daromadlarning ehtimol tutilgan yoʻqotishlar tavakkalchiligini pasaytirish maqsadida sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) mablagʻlarining turli qoʻyilma obyektlari oʻrtasida taqsimlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 10-sentabrdagi 39-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1982-1, 25.09.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 10/20/1982-1/1321-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar — foyda olish maqsadida iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga joylashtiriladigan sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) har qanday shakldagi qoʻlga kiritilgan yoki nazorat qilinadigan aktivlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati — sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) investitsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
likvidlik — sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun mablagʻlarining nominal qiymatini saqlab qolgan holda ularni pul mablagʻlariga tezlik bilan konversiyalash imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul shaxs — investitsiya faoliyatini tashkil etish boʻyicha majburiyat yuklatilgan sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) xodimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalilik — sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) investitsiyalaridan daromad olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaytarilish — sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) mablagʻlarini joylashtirishning aniq sharoitlarida investitsion tavakkalchilikni eng past darajaga keltirish orqali imkon qadar yuqori xavfsizligini taʼminlash. Ushbu holatda investitsion tavakkalchilik deganda investitsiyalardan olingan haqiqiy foyda moʻljallangan foydadan past boʻlishi ehtimoli tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Investitsiya faoliyati obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) investitsiya faoliyatining obyektlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qogʻozlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank sertifikatlari (depozit sertifikatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkilotlariga qoʻyilgan omonatlar (depozitlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchar va koʻchmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarish va muomalaga kiritishga ruxsat berilgan, yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan qimmatli qogʻozlar bozorida savdoni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega boʻlgan xorijiy emitentlar tomonidan chiqarilgan hamda qimmatli qogʻozlar bozorida muomalaga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari ustav kapitalida ulushli ishtirok etish, shuningdek ipoteka qimmatli qogʻozlarini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing tashkilotlariga qarzlar (moliyaviy yordam);
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 10-sentabrdagi 39-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1982-1, 25.09.2020-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 10/20/1982-1/1321-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) investitsiyalarni qonun hujjatlariga zid boʻlmagan investitsiya faoliyatining boshqa obyektlariga ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Barpo etilishi va foydalanilishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan obyektlarga investitsiya kiritish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Investitsiya faoliyatiga oid asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliyaviy barqarorlikni taʼminlash maqsadida sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) oʻz aktivlarini qaytarilish, likvidlik, diversifikatsiya va foydalilik prinsiplari asosida joylashtirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) investitsiya faoliyatini amalga oshirishda quyidagi asosiy shartlarga rioya etishga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar va ular bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni malakali boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlarning shaffofligi va konfidensialligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Investitsiyalar va ular bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni malakali boshqarish sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan quyidagi yoʻllar bilan taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) investitsiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari koʻrsatiladigan investitsiya siyosatini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, investitsiya faoliyatini tashkil etishga investitsiya maslahatchilari, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalash obyektlarini tahlil qilish va olingan daromadlilikni davriy baholash va h. k.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Axborotlarning shaffofligi va konfidensialligi quyidagi yoʻllar bilan taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotni qonun hujjatlari talablariga muvofiq oshkor etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida taʼsischilar oldida har yil hisobot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) xodimlari va boshqaruv organlari aʼzolari tomonidan xizmat va maxfiy axborotdan sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) investitsiya siyosatiga muvofiq foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) investitsiya faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22-apreldagi 41-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizom” (roʻyxat raqami 1806, 2008-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 178-modda) bilan belgilangan sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) aktivlarini joylashtirishga oid talablarga va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizom” (roʻyxat raqami 1882, 2008-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 529-modda) bilan belgilangan sugʻurta zaxiralarini joylashtirish tartibiga oid talablarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) moliyaviy, texnik va axborot resurslari mavjudligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mablagʻlarni investitsiya qilish maqsadga muvofiqligi haqida masʼul shaxsning yozma xulosalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) masʼul shaxsning ushbu Nizom bilan belgilangan malakaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan va sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) toʻlov qobiliyatiga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini tashkil etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) joriy moliyaviy yilning 20-dekabriga qadar keyingi moliyaviy yil uchun sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) Kuzatuv kengashi yoki boshqa vakolatli organi tomonidan tasdiqlanadigan investitsiya siyosatini har yil ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Investitsiya siyosati quyidagi asosiy elementlarni nazarda tutishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarning tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarining investitsiya faoliyati obyektlari boʻyicha uzoq muddatli taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarining investitsiya faoliyati obyektlari, geografik hududlar va iqtisodiyot sohalari boʻyicha taqsimlanish limitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatining maʼlum bir obyektlariga investitsiya qilishning cheklovlari va taqiqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul shaxslarning qarorlarni qabul qilishdagi vakolat chegaralari va sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) aktivlarini investitsiya qilishdagi cheklovlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul shaxslarga qoʻshimcha malakaviy talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul shaxs tomonidan ekspertiza oʻtkazish va xulosa tayyorlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati bilan bogʻliq yomon sharoitlar oqibatlarini yumshatishga oid favqulodda holatdagi tadbirlar rejasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mablagʻlarni investitsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar masʼul shaxs zarur hujjatlarni (biznes-reja, hisobotlar va h. k.) yigʻadi va mablagʻlarni investitsiya qilish maqsadga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazadi. Masʼul shaxs ekspertiza natijasi boʻyicha zarur hujjatlarni olgan kundan boshlab bir haftalik muddat ichida oʻzining yozma xulosasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Masʼul shaxs oʻz xulosasining toʻgʻriligi, obyektivligi va asosliligi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Investitsiya qaytarilishi muddatini kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash masalasi faqatgina yetarli asos boʻlgandagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) investitsiya obyektlari va turlari boʻyicha taqsimlanishi, investitsiyalarni joylashtirish va tugatish sanalari, foiz stavkalari, olingan dividendlar (foizlar), bitimlar boʻyicha foydalar aks ettirilgan investitsiyalar boʻyicha ichki hisobot yuritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) quyidagilarni oʻz ichiga olgan qarorlar qabul qilish va investitsiya faoliyatidagi cheklovlar boʻyicha majburiyatlarning turli boʻlinmalari oʻrtasida taqsimlanishini taʼminlash uchun tegishli nazoratni amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) masʼul shaxs buxgalteriya operatsiyalarini oʻtkazmasligi, pul mablagʻlarini qabul qilmasligi, buxgalteriya provodkalari solishtirmasini tasdiqlamasligi va amalga oshirmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) investitsiya faoliyatini tashkil etish hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda birlamchi hujjatlar va buxgalteriya yozuvlari bilan solishtirilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) har yili oʻz investitsiya faoliyatining qonunchilik shartlari va talablari va tasdiqlangan investitsiya siyosatiga rioya etilishi yuzasidan ichki nazoratni amalga oshirib borishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ichki nazoratni olib borish natijalari boʻyicha Kuzatuv kengashi yoki sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) boshqa vakolatli organiga taqdim etiluvchi hisobot tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Masʼul shaxsga qoʻyiladigan malaka talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Masʼul shaxs quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy (iqtisodiy, moliyaviy, buxgalteriya, matematik) maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy (iqtisodiy, moliyaviy, buxgalteriya, matematik) maʼlumotga ega boʻlishi;
(21-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 10-sentabrdagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1982-1, 25.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 10/20/1982-1/1321-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxsning moliyaviy va iqtisodiy faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan 2 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi (yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Masʼul shaxs etib, ushbu shaxs tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytgacha bir yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri yoki xodimi boʻlgan shaxs tayinlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) investitsiya faoliyatini cheklab qoʻyish, toʻxtatib turish yoki tugatish sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) qarori yoki qonun hujjatlarida belgilangan boshqa tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 340-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 10/20/1982-1/1321-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 22.12.2021-y., 10/21/1982-2/1180-son)