Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SOLIQ IMTIYOZLARI TARTIBGA SOLINISHI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH VA BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda soliq imtiyozlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
* 3-ilova berilmaydi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 17-iyun,
168-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida” 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda) 3-bandidagi “keyinchalik soliq solinmasdan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda) 2-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida golfni rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-maydagi 204-son qarorida:
7-band chiqarib tashlansin;
8-banddagi “ularni davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 18-apreldagi 178-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 23-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “belgilangan yigʻimlar va toʻlovlardan” soʻzlari “davlat bojidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmir tannarxini pasaytirish va koʻmir sanoatini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 7-avgustdagi 345-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 78-modda) 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “bunda investor tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarish uchun qoʻshilayotgan pul mablagʻlari, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarga foyda soligʻi solinmaydi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 18-martdagi 144-son qarorining 5-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish maqsadida soliq tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 24-fevraldagi 93-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 12-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 24-avgustdagi 434-son qaroriga ilovaning 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 40-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat qilish sharoitlari gʻoyat ogʻir va zararli, oʻta ogʻir ishlab chiqarishlarda ishlaydigan fuqarolarning ayrim toifalari daromadlaridan imtiyozli soliq olish toʻgʻrisida” 1995-yil 1-martdagi 72-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 3-son, 7-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 5-ilovaning 5-bandi uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 19-martdagi 152-son qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1997-yil 14-apreldagi 186-son qarorining 4-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy muhandislik-qurilish qismlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 3-noyabrdagi 498-son qaroriga ilova 75-bandining uchinchi xatboshi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari daromadlariga imtiyozli soliq solish toʻgʻrisida” 1997-yil 24-dekabrdagi 562-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 11-12-son, 40-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1998-yil 19-yanvardagi 31-son qarorining 1-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va ularning xizmatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 10-martdagi 106-son qarorining 7-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 16-iyundagi 254-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qarorining 5-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻta zararli va oʻta ogʻir mehnat sharoitlarida ishlayotgan ayollarning daromadiga imtiyozli soliq solish toʻgʻrisida” 1999-yil 17-martdagi 117-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 13-modda).
16. Vazirlar Mahkamasining “Obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi va shartnoma qiymatiga nisbatan mablagʻlar tejalganligi uchun pudratchi tashkilotni buyurtmachi tomonidan mukofotlash tartibi toʻgʻrisida” 1999-yil 26-martdagi 135-son qaroriga ilovaning 2.4-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “Prezident kubogi uchun har yilgi tennis turniri budjetini mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashuvchi homiylarni soliqlardan ozod qilish toʻgʻrisida” 1999-yil 28-maydagi 273-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 29-modda).
18. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillar toʻxtash joylari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-avgustdagi 387-son qarorining 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 47-modda).
19. Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 307-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi va 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 49-modda) .
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2001-yil 16-maydagi 217-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 27-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish toʻgʻrisida” 2001-yil 30-maydagi 240-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshi.
22. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori 4-bandining oltinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda).
23. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 31-modda).
24. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 6-iyuldagi 289-son qarorining 9-bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qaroriga ilova 9-bandining oltinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 60-modda).
26. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qaroriga 31-ilovaning 3-bandi.
27. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun har yili oʻtkaziladigan tennis turniri ITP Limited menejmentini soliq toʻlashdan ozod etish toʻgʻrisida” 2002-yil 12-iyundagi 207-son qarori.
28. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada kitob savdosi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-avgustdagi 279-son qarorining 11-bandi.
29. Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalari oʻtkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga 27-ilovaning 4-bandi.
31. Vazirlar Mahkamasining “Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-yanvardagi 4-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 1-modda).
32. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-yanvardagi 33-son qarorining 8-bandi.
33. Vazirlar Mahkamasining “Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 3-apreldagi 162-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi.
34. Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya bilan hamkorlik qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 14-iyuldagi 333-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshi.
35. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2004-yil 10-sentabrdagi 425-son qarori 2-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshi.
36. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 4-avgustdagi 185-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 288-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son; 12.12.2024-y., 09/24/814/1019-son; 26.02.2025-y., 09/25/121/0186-son)