Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2009 01.03.1995 yildagi 72-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEHNAT QILISh ShAROITLARI GʻOYaT OGʻIR VA ZARARLI, OʻTA OGʻIR IShLAB ChIQARIShLARDA IShLAYDIGAN FUQAROLARNING AYRIM TOIFALARI DAROMADLARIDAN IMTIYOZLI SOLIQ OLISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning daromadlaridan olinadigan soliqlar darajasini kamaytirish toʻgʻrisida” 1995-yil 24-fevraldagi PF-1083-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda mehnat qilish sharoitlari gʻoyat ogʻir va zararli, oʻta ogʻir ishlab chiqarishlarda ishlaydigan fuqarolarning ayrim toifalarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 1, 2, 3-roʻyxatlariga kiruvchi mehnat qilish sharoitlari gʻoyat ogʻir va zararli, oʻta ogʻir ishlab chiqarishlarda ishlaydigan xodimlarning daromadlaridan soliqlar olishning imtiyozli tartibi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, fuqarolarning yuqorida qayd etilgan toifalari daromadlarining ushlab qolinadigan darajasi 25 foizdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorga muvofiq daromad soligʻini toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 3-son, 7-modda)