03.02.2006 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.11.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazoning toʻgʻri tayinlanishi odil sudlovni amalga oshirishning muhim kafolatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adolatli jazo tayinlanishi undan koʻzlangan maqsadlarga — mahkumni axloqan tuzatish, mahkum va boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga erishish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyoti tahlili sudlar tomonidan jazo tayinlashda qonun normalari asosan toʻgʻri qoʻllanilayotganligini koʻrsatadi. Shu bilan birga, sud-huquq islohotlarining muhim tarkibiy qismi boʻlgan jinoiy jazolarning liberallashtirilishi mohiyatini sudlar har doim ham chuqur tushunishmayotganligi oqibatida ayrim jinoyat ishlari boʻyicha jazo turi va meʼyorini belgilashda xatoga yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazo tayinlash masalalarini tartibga soluvchi qonun normalari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sudlarga quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazo tayinlashning umumiy asoslarini qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori jinoyat uchun jazo tayinlashda qonuniylik, insonparvarlik, odillik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga qatʼiy amal qilishga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarga tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 10-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarlik prinsipi har doim ham jazo qoʻllanilishi shartligini anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu tufayli sudlar, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan, yetkazilgan ziyonni qoplagan shaxslarni JK 65, 66, 70, 71-moddalariga muvofiq javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat kodeksining 8, 54-moddalari mazmuniga koʻra, jazo adolatli boʻlishi — har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati tajovuz obyekti (inson hayoti va sogʻligʻi, mulk, jamoat xavfsizligi va h.k.), ayb shakli, jinoiy qilmishning qonunda qaysi toifaga (JK 15-moddasi) kiritilganligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari (jinoiy niyatning amalga oshirilganligi darajasi va bosqichlari jinoyatni sodir etish usuli, zarar miqdori yoki kelib chiqqan oqibatlar ogʻirligi, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonun tayinlanadigan jazo turi va meʼyorini aybdorning shaxsini tavsiflovchi obyektiv va ijtimoiy omillar bilan bogʻliq qilib qoʻyganligi tufayli sudlar jinoyat ishlarini koʻrib chiqish paytida mazkur holatlarni aniqlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektiv omillarga, xususan, aybdorning yoshi, jinsi, homiladorlik holati, ijtimoiy omillarga — sudlanganligi, oiladagi, jamiyatdagi xulq-atvori, mashgʻuloti, davlat yoki ijtimoiy mavqeyi va h.k. lar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlar ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, shuningdek uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatilishi mumkin boʻlgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlash uchun qonunda mavjud barcha imkoniyatlardan toʻliq foydalanishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun normasi sanksiyasida alternativ jazolar mavjud boʻlganda hukmda ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazoni qoʻllash zarurligi toʻgʻrisidagi masala muhokama etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jinoyat-protsessual kodeksi 467-moddasining birinchi qismi talabiga koʻra hukmda jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar koʻrsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonun (JK 55-moddasi) jazoni yengillashtiruvchi holatlar doirasini cheklamaydi. Shu sababli jazo tayinlash paytida ushbu moddada koʻrsatilmagan boshqa holatlar ham jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin (masalan, ijtimoiy xavfliligi katta boʻlmagan jinoyatning birinchi marta sodir etilishi, sudlanuvchining yosh bolasi borligi, jinoyatning birovga rahmdillik koʻrsatilishi sababli sodir etilishi, aybdor tomonidan bevosita jinoyat sodir etilganidan soʻng jabrlanuvchiga tibbiy yoki boshqa tarzda yordam koʻrsatilishi va h.k.). Bunday holatning jazoni yengillashtiruvchi deb topilganligi haqidagi xulosa hukmda asoslantirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybni boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz koʻrinishidagi jazoni yengillashtiruvchi holat bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda sudlar tergov organlariga berilgan ariza yoki jinoyat toʻgʻrisida tergov organi mansabdor shaxsiga qilingan xabar (har qanday shaklda) ixtiyoriy boʻlgan-boʻlmaganligini va bu holat shaxs jinoyat sodir etishdagi oʻz ishtirokini u gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) sifatida ushlangan yoki gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror unga eʼlon qilingandan soʻng tasdiqlaganligi bilan bogʻliq yoki bogʻliq emasligini tekshirib koʻrishlari lozim.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyat sodir etilganligi fakti boʻyicha qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha uni sodir etgan shaxs aniqlangan boʻlmasa, shaxsning oʻz qilmishi toʻgʻrisida ixtiyoriy ravishda bergan arizasi yoki xabari aybni boʻyniga olish deb baholanishi kerak. Shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning oʻzi sodir etgan boshqa, tergov organlariga maʼlum boʻlmagan jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizasi ham aybni boʻyniga olish deb qaralishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etilib, ulardan ayrimlari boʻyicha shaxs aybini boʻyniga olib kelgan boʻlsa, bu holat jazoni yengillashtiruvchi sifatida faqat boʻyinga olish toʻgʻrisida ariza berilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar doirasi (JK 56-moddasi) qatʼiy belgilangan boʻlib, u sud tomonidan kengaytirilishi mumkin emas. Biroq, muayyan jinoyatning xususiyatlaridan kelib chiqib, sabablarini hukmda asoslantirgan holda sud ulardan birortasini ham jazoni ogʻirlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksi 56-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar, agar ular jinoyat tarkibining belgisi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, jazoni ogʻirlashtiruvchi holat deb sanalishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Takroran va retsidiv jinoyat sodir etilishi qonunda belgilangan asoslar va doirada ogʻirroq jazo tayinlanishiga olib kelishini inobatga olib, har bir ish boʻyicha JK 77—80-moddalariga muvofiq tugallangan yoki olib tashlangan sudlanganlik holati mavjudligi haqidagi materiallar tekshirib chiqilishi va shunga asoslanib, retsidiv jinoyat bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi masala hal etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksi 34-moddasi mazmuniga koʻra, retsidiv jinoyat mavjudligi haqidagi masalani hal etishda shaxs sudlanayotgan yoki muqaddam sudlangan qasddan sodir etilgan jinoyat tamom boʻlgan yoki tamom boʻlmagan jinoyat ekanligi, shuningdek ushbu jinoyatlardan qay birida boʻlsin shaxs bajaruvchi yoki ishtirokchi boʻlganligi ahamiyatga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masalani hal etishda shuni nazarda tutish lozimki, JK 34-moddasining oltinchi qismiga koʻra, oʻn sakkiz yoshgacha sodir qilingan jinoyat uchun sudlanganlik shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topishda hisobga olinmaydi. Shundan kelib chiqib, agar shaxs muqaddam bir nechta jinoyat uchun sudlangan boʻlib, ulardan ayrimlarini voyaga yetmagan yoshda sodir etgan boʻlsa, faqat voyaga yetgan davrda sodir etilgan jinoyatlar uchun sudlanganlik eʼtiborga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qasddan takroran yoki ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlangandan soʻng qasddan yangi jinoyat sodir etilishi, agar birinchi jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketgan, sudlanganlik belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan yoxud shaxs muqaddam sodir etgan jinoiy xatti-harakat uchun qonunda javobgarlik bekor qilingan boʻlsa, shuningdek JK 65, 66, 661, 68, 69, 70, 71, 76-moddalariga binoan shaxs ilgari sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan boʻlsa, jazoni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida eʼtirof etilishi mumkin emas.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. JK 571-moddasiga muvofiq, aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlgan va jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, jazo muddati yoki miqdori JK Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng koʻp jazoning uchdan ikki qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas, javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (JK 97-moddasi ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddasi uchinchi qismi) jinoyatini sodir etgan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 572-moddasiga muvofiq, aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyat boʻyicha tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori JK Maxsus qismining tegishli moddasida (moddasi qismida) nazarda tutilgan eng koʻp jazoning yarmidan oshmasligi kerak.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksi 58-moddasiga muvofiq, jinoyatga tayyorgarlik koʻrganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun mazkur jinoyat uchun qonunda nazarda tutilgan eng koʻp jazoning toʻrtdan uch qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Bunda eng koʻp jazo deganda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida (moddaning qismida) nazarda tutilgan har qanday jazo turining eng yuqori muddati yoki miqdori tushunilishi lozim.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat ishlari boʻyicha sud ishdagi muayyan holatlarni, har bir ishtirokchining shaxsi haqidagi maʼlumotlar va jinoyatni sodir etishdagi ishtiroki darajasini eʼtiborga olib, jazoni individuallashtirishi hamda birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga qonun sanksiyasi doirasida yengilroq jazo tayinlash masalasini muhokama qilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan qoida: oʻta xavfli retsidivistlarga, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma aʼzolariga nisbatan; tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom boʻlmagan jinoyatlarga; javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish bilan; oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan; oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan; voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek, uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish bilan; voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qoʻshmachilik qilish, fohishaxonalarni tashkil etish yoki saqlash bilan; yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirgʻin qurolini, bunday qurol yaratishda foydalanish mumkinligi ayon boʻlgan materiallarni hamda uskunalarni, radioaktiv materiallarni kontrabanda qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda qoʻllanilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda sudlar JK 81—90-moddalarida belgilangan xususiyatlarni inobatga olishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash paytida JK 54-moddasida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, har bir muayyan holda, shuningdek uning rivojlanish darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasi, sogʻligʻi, jumladan, ruhiy rivojlanish darajasi, jinoyatni sodir etish motivlari, katta yoshdagi shaxslarning uning xulq-atvoriga salbiy taʼsiri haqidagi maʼlumotlar, shaxsiga taʼsir qiluvchi boshqa holatlar aniqlanishi va baholanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxs ish sudda koʻrilayotgan vaqtda voyaga yetgan boʻlsa ham, unga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati yoki miqdori JK 82—85-moddalarida belgilangan maksimal muddat va miqdorlardan oshishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan shaxsga jinoyatlar majmui yoki bir necha hukm yuzasidan uzil-kesil jazo tayinlashda uning miqdori:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolar — JK 82, 83 va 841-moddalarida nazarda tutilgan muddat va miqdorlardan;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo — JK 86-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs tomonidan bir necha jinoyat sodir etilib, ulardan ayrimlari voyaga yetmagan, qolganlari voyaga yetgan davrda sodir etilgan boʻlsa, sud jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlayotganida avval JK 82—86-moddalari talablariga rioya etgan holda oʻn sakkiz yoshgacha sodir etilgan jinoyatlar uchun, keyin esa, voyaga yetgandan soʻng sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlab, soʻngra JK 59-moddasiga asosan uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishlarni apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrishda sudlar tomonidan hukm chiqarish paytida jazo tayinlashning umumiy asoslariga rioya qilinganligi, tayinlangan jazo jinoyatning ogʻirligi va mahkumning shaxsiga mutanosibligi sinchiklab tekshirilishi lozim.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, yetkazilgan zarar miqdori, ayblanuvchining shaxsi, jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar, ayblov hajmi, ayb shakli, ishtirokchilikning turi va shakli haqidagi xulosalari notoʻgʻri deb topilgan va shu munosabat bilan hukmga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudi oʻz qarorini asoslantirgan holda mahkumga nisbatan tayinlangan jazoni yengillashtirish masalasini muhokama qilishi shart.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarining eʼtibori oʻta xavfli retsidivistlar, uyushgan guruh tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga nisbatan jazoni asossiz ravishda kamaytirish yoki boshqa yengilroq jazo bilan almashtirish hollariga yoʻl qoʻyilmasligi lozimligiga qaratilsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima tariqasidagi jazoni qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlarga jarima tariqasidagi jazo turini nafaqat ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar, balki ogʻir jinoyatlar sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan ham, agar bu jazo qonun sanksiyasida nazarda tutilgan boʻlsa, kengroq qoʻllash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, jarima tariqasidagi jazo tayinlanganda hukmning qaror qismida jarima miqdori bilan bir qatorda uning jinoyat sodir etilgan vaqtdagi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblangan, pul birligida ifodalangan jami summasi ham koʻrsatilishi lozim.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima tariqasidagi jazoni tayinlash va miqdorini belgilashda sud, odatda, uning amalda toʻlana olinishi imkoniyatidan kelib chiqishi lozim. Bunda, chunonchi, sudlanuvchining moddiy ahvoli, shuningdek qaramogʻida voyaga yetmaganlar farzandlari, keksa ota-onasi borligi va h.k.lar inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qonunga muvofiq jazo tariqasida tayinlangan jarimani mahkum hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy, hukm chiqarilgan kunda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan mahkum esa — olti oy mobaynida ixtiyoriy ravishda toʻlashi lozim. Biroq sud, mahkumning moddiy ahvolini inobatga olib, JPK 533-moddasi ikkinchi qismiga asosan hukmning ushbu qismi ijrosini olti oygacha kechiktirishi yoki boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini hal qilishi mumkin.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda jarimani toʻlash uchun Jinoyat kodeksi 44-moddasining uchinchi qismida va 82-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatlarning oʻtishi kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) muddati tugagandan soʻng boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Majburiy jamoat ishlari mehnatga layoqatli shaxsga nisbatan u sodir etgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda uni jamiyatdan ajratish zarurati boʻlmaganda, bir yuz yigirma soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha (voyaga yetmaganlarga nisbatan — oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha) boʻlgan muddatga tayinlanadi va olti oy davomida kuniga toʻrt soatdan koʻp boʻlmagan vaqtda oʻtaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy jamoat ishlari, shuningdek JK 44-moddasining uchinchi qismi va 82-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ilgari tayinlangan jarima jazosini almashtirish tartibida ham qoʻllanilishi mumkin. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining eng kam muddati toʻlanmagan jarima summasidan kelib chiqib, bir yuz yigirma soatdan (voyaga yetmaganlarga nisbatan — oltmish soatdan) kamroq boʻlishi mumkin, biroq toʻrt yuz sakson soatdan (voyaga yetmaganlarga nisbatan-ikki yuz qirq soatdan) oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Qonunga koʻra, majburiy jamoat ishlari quyidagilarga qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya yoshiga yetgan (60 yoshdan oshgan erkaklar, 55 yoshdan oshgan ayollar) shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan shaxslarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga;
(172-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homilador va uch yoshgacha bolasi bor ayollarga, shuningdek, uch yoshgacha boʻlgan bolani farzandlikka olgan yoki unga nisbatan vasiy boʻlgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Majburiy jamoat ishlari, odatda, ishdan yoki oʻqishdan boʻsh vaqtda mahkumni haq toʻlanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy jamoat ishlari muddatlariga oid masalani hal etishda sudlar sudlanuvchida ish yoki oʻqish joyi, doimiy yashash (ayniqsa voyaga yetmaganlarda) joyi bor-yoʻqligini aniqlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining bir necha moddasi boʻyicha majburiy jamoat ishlari tayinlanayotganda, jazo muddati har bir modda boʻyicha alohida, soʻngra esa, ularning majmui boʻyicha belgilanadi. Bunda jazoning uzil-kesil muddati JK 451-moddasida belgilangan chegaradan oshishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Qonun mazmuniga koʻra, (JK 451-moddasining beshinchi qismi) tayinlangan majburiy jamoat ishlari muddatini oʻtashdan boʻyin tovlaganda, sud majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Majburiy jamoat ishlarini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirish masalasini hal qilishda, sud, majburiy jamoat ishlari ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan ushbu jazo ijrosini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrilganligi, mahkum qonun talabiga muvofiq jazoni oʻtashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi haqida berilgan maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etilgan hujjatlarda bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, sudya tegishli tekshirish oʻtkazish uchun hujjatlarni ushbu jazo ijrosini amalga oshiruvchi organga yuborish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. JPK 541, 542-moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan qismini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi ishlar sud majlisida, odatda, mahkum ishtirokida koʻrilishi lozim. Bu masala mahkum yashirinib yurganligi yoki sudga kelishdan boʻyin tovlayotganligi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar ishda mavjud boʻlgan holdagina uning ishtirokisiz hal etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan qismini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi materialni koʻrish vaqtida JPK 533-moddasida koʻrsatilgan holatlar aniqlansa, sud hukmning ijrosini kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart.
(“Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni qoʻllash boʻyicha” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Axloq tuzatish ishlari mehnatga layoqatli shaxsga nisbatan u sodir etgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda uni jamiyatdan ajratish zarurati boʻlmaganda olti oydan uch yilgacha (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir oydan bir yilgacha) boʻlgan muddatga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axloq tuzatish ishlari, shuningdek JK 44-moddasining uchinchi qismi va 82-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ilgari tayinlangan jarima jazosini almashtirish tartibida ham qoʻllanilishi mumkin. Bunday holda axloq tuzatish ishlarining minimal muddati toʻlanmagan jarima summasidan kelib chiqib, olti oydan (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir oydan) kamroq boʻlishi mumkin, biroq uch yildan (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir yildan) oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qonunga koʻra, axloq tuzatish ishlari quyidagilarga qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya yoshiga toʻlgan (60 yoshdan oshgan erkaklar, 55 yoshdan oshgan ayollar) shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan shaxslarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga qobiliyatsiz shaxslar (oʻziga nisbatan nogironlik belgilangan shaxslar)ga;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homilador va uch yoshgacha bolasi bor ayollarga, shuningdek, uch yoshgacha boʻlgan bolani farzandlikka olgan yoki unga nisbatan vasiy boʻlgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarga.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Axloq tuzatish ishlari, odatda, ish joyida oʻtash sharti bilan tayinlanishi lozim. Shu bilan birga, shaxs oʻz kasb yoki xizmat vazifasini bajarish bilan bogʻliq holda jinoyat sodir etib, uning oldingi ish joyida qoldirilishi jazoning tarbiyaviy ahamiyati pasayishiga olib kelishi mumkin boʻlsa, axloq tuzatish ishlarini ushbu jazo ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan belgilangan joyda oʻtash tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axloq tuzatish ishlari muddatlari hamda aybdorning ish haqidan chegirma miqdori haqidagi masalani hal qilish uchun sudlar sudlanuvchining, ayniqsa voyaga yetmaganlarining moddiy ahvolini aniqlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining bir necha moddasi boʻyicha axloq tuzatish ishlari tayinlanayotganda, jazo muddati va ish haqidan chegirma miqdori har bir modda boʻyicha alohida, soʻngra esa, ularning majmui boʻyicha belgilanadi. Bunda jazoning uzil-kesil muddati va chegirma miqdori JK 46-moddasida belgilangan chegaradan oshishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 60-moddasining 5-qismiga koʻra, bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul taʼminotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qoʻshiladi. Shunga koʻra, bunday hollarda uzil-kesil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganida, ish haqi yoki pul taʼminotidan ushlab qolishning eng koʻp boʻlgan miqdori belgilanishi lozim. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun JK 59-moddasi tartibida jazo tayinlashda ham shu qoidalarga amal qilinishi lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qonun mazmuniga koʻra, (JK 46-moddasining toʻrtinchi qismi) tayinlangan jazo muddatining jami boʻlib oʻndan bir qismidan koʻprogʻini oʻtashdan boʻyin tovlangan taqdirda, sud axloq tuzatish ishining oʻtalmagan muddatini shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo turi bilan almashtirishi mumkin. Bunda Jinoyat kodeksining aybdor sudlangan moddasi sanksiyasi axloq tuzatish ishlariga almashtirilishi natijasida kelib chiqqan muddatdan kam ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini koʻzda tutishining yoki umuman ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini koʻzda tutmasligining ahamiyati yoʻq.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining oʻndan bir qismidan koʻprogʻini oʻtashdan boʻyin tovlasa, sud ushbu jazoning oʻtalmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosining bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi (JK 83-moddasining ikkinchi qismi).
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Axloq tuzatish ishlarini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirish masalasini hal qilishda, sud, axloq tuzatish ishi ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan ushbu jazo ijrosini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrilganligi, mahkum qonun talabiga muvofiq jazoni oʻtashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi haqida berilgan maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etilgan hujjatlarda bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, sudya tegishli tekshirish oʻtkazish uchun hujjatlarni ushbu jazo ijrosini amalga oshiruvchi organga yuborish haqida ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalariga muvofiq axloq tuzatish ishining oʻtalmagan qismini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi ishlar sud majlisida, odatda, mahkum ishtirokida koʻrilishi lozim. Bu masala mahkum yashirinib yurganligi yoki sudga kelishdan boʻyin tovlayotganligi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar ishda mavjud boʻlgan holdagina uning ishtirokisiz hal etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar axloq tuzatish ishining oʻtalmagan qismini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi materialni koʻrish vaqtida JPK 533-moddasida koʻrsatilgan holatlar aniqlansa, sud hukmning ijrosini kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni qoʻllash boʻyicha
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iboratdir (JK 481-moddasi birinchi qismi). Bunda yashash joyi deganda, mahkumning doimiy yashash joyidagi uylar, koʻp qavatli uylardagi kvartiralar, boshqa imoratlardagi yashash uchun moʻljallangan xonalar va boshqa turar joylar tushunilishi lozim (Uy-joy kodeksi 10-moddasi).
(251-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirilsinki, sud hukmining qaror qismida: ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo, yashash joyini butunlay tark etishni taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashning mazmuni aniq koʻrsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga, voyaga yetmaganlarga esa olti oydan ikki yilgacha tayinlanadi hamda mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organining jazolarni ijro etish inspeksiyasi yoki sud tomonidan belgilangan boshqa organ nazorati ostida oʻtaladi.
(251-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikni cheklash, uni oʻtash shartlari sud tomonidan sodir etilgan qilmishning xususiyati va jazoni oʻtashdan boʻyin tovlashning oldini olishni inobatga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Jinoyat kodeksi 481-moddasining 3-qismiga muvofiq qoʻllanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan joylarga bormaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan faoliyat bilan shugʻullanmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan buyumlarga ega boʻlmaslik yoki ularni oʻzida saqlamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasini boshqarmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarning nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) oʻqish joyini oʻzgartirmaslik, tegishli maʼmuriy hududdan tashqariga chiqmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan shaxslar bilan aloqa oʻrnatmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa vositalaridan, shu jumladan, Internetdan foydalanmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, mazkur taqiqlar (cheklashlar) JK 481-moddasi birinchi qismida belgilangan majburiy taqiqlar (cheklashlar)ga qoʻshimcha hisoblanganligi sababli, ularni mahkumning zimmasiga yuklatilishi sud hukmining tavsif qismida asoslantirilishi lozim. Shu munosabat bilan mahkumning shaxsi va ishning boshqa holatlari inobatga olingan holda, ushbu qoʻshimcha taqiqlar (cheklashlar) sud tomonidan mahkumga toʻla yoki qisman yuklatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Jinoyat kodeksi 481-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq, sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga oʻzi yetkazgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash, ishga yoki oʻqishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga koʻmaklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu majburiyatlarni yuklash asosi sud hukmining tavsif qismida koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. JKning 481-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) toʻliq yoki qisman bekor qilishi mumkin. Shuni nazarda tutish lozimki, qayd etilgan asoslar boʻyicha ozodlikni cheklashga hukm qilingan mahkum JK 481-moddasi uchinchi qismiga asosan sud tomonidan unga yuklangan qoʻshimcha majburiyat (taqiq)lardangina ozod etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-ijroiya kodeksining 443-moddasi beshinchi qismiga muvofiq mahkumni unga yuklatilgan majburiyat (taqiq)lardan toʻliq yoki qisman ozod etish jazoni ijro etish idoralari taqdimnomasiga binoan sud tomonidan JPK 541-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan yoki sud tomonidan zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmay qolgan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash vaqti oʻtalgan jazo muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
(255-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-ijroiya kodeksi 444-moddasining uchinchi qismiga muvofiq quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlovchilar deb eʼtirof etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzishga yoʻl qoʻygan mahkum;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻziga nisbatan texnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
(25-1 — 25-6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllash boʻyicha
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ozodlikdan mahrum qilish jazo tariqasida ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, shuningdek sudlanuvchining shaxsini inobatga olgan holda — ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan, agar bunday shaxslarni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatishning imkoni boʻlmasa, qoʻllaniladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oydan yigirma yilgacha boʻlgan muddatga, JK 60-moddasida nazarda tutilgan tartibda esa, — yigirma besh yilgacha boʻlgan muddatga;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarga nisbatan — olti oydan oʻn yilgacha boʻlgan muddatga, JK 86-moddasida nazarda tutilgan tartibda esa, — oʻn besh yilgacha boʻlgan muddatga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima tariqasidagi jazoni almashtirish tartibida (JK 44-moddasi uchinchi qismi) — hukm chiqarish paytida amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda, uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga;
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 451-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni almashtirish tartibida, — bir oydan kamroq muddatga tayinlanishi mumkin;
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 46-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni almashtirish tartibida, — bir oydan kamroq muddatga tayinlanishi mumkin.
(27-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli (yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat ikki turdagi jinoyat — javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (JK 97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin. Bunda qonun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayollarga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanishini istisno etadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. JK 50-moddasining oltinchi qismiga muvofiq ayollarga, shuningdek 60 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo muddati, shu jumladan, jinoyatlar majmui va hukmlar majmui boʻyicha jazo tayinlanayotgan hollarda ham, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi (moddasi qismi) sanksiyasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi eng koʻp muddatining uchdan ikki qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayollarga, shuningdek 60 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi (moddasi qismi) nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosidan ham kamroq yoki boshqa yengilroq jazo JK 57-moddasi qoʻllanilgan holda tayinlanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sudlar qisqa muddatga (bir yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish jazosini qoʻllashda ishning barcha holatlaridan, aybdorning shaxsidan kelib chiqishlari va ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo qoʻllanilishi imkoniyati yoʻqligi sabablarini hukmda asoslantirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda jazo muddati Jinoyat kodeksining har bir moddasi boʻyicha alohida koʻrsatiladi. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash koloniyasining turi jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlangandan soʻng belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtamagan shaxsga jazoni oʻtash koloniya turini belgilashda, faqat qaysi jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganligini inobatga olish lozim. Masalan, agar shaxs qasddan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun esa ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanayotgan boʻlsa, unga uzil-kesil tayinlangan jazoni manzil koloniyalarda oʻtashi belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, agar ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga sudlangan, jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan shaxsga, sud tomonidan tayinlangan jazo ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirilsa, jazoni oʻtash koloniya turi Jinoyat-ijroiya kodeksining 47 va 116-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Jinoyat kodeksi 51-moddasiga muvofiq, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (JK 97-moddasining ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddasining uchinchi qismi) uchun tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllash masalasini hal etishda, sudlar bu turdagi jazo favqulodda jazo boʻlib, faqat ishda javobgarlikni ogʻirlashtiradigan alohida holatlar mavjud boʻlgandagina tayinlanishi mumkinligini va mahkumni jamiyatdan muddatsiz ajratib qoʻyishdan iborat boʻlishini hisobga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo quyidagilarga tayinlanishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 50-moddasi toʻrtinchi qismida, 51-moddasi uchinchi qismida belgilangan qoidalar hukm chiqarilgan yoki ish apellyatsiya instansiyasida koʻrilgan kunda 60 yoshga toʻlgan erkaklarga nisbatan tatbiq etiladi.
(301-302-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartli hukm qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, JK 72-moddasining birinchi qismiga muvofiq shartli hukm faqat axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, intizomiy qismga joʻnatish yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolar tayinlangan holda qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud bir yoki bir necha jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan shartli hukm qoʻllash lozimligi haqida xulosaga kelsa, bunday qaror har bir jinoyat uchun alohida emas, balki jinoyatlar majmui boʻyicha uzil-kesil jazo tayinlash paytida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartli hukm faqat JK 72-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan bir yoki bir necha jazo turi tayinlangan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. Agar tayinlangan jazo turidan biri qonunning ushbu normasida koʻrsatilmagan boʻlsa, sud JK 72-moddasi birinchi qismida qayd etilgan jinoyatlarga nisbatan shartli hukm qoʻllab, boshqa turdagi jazoni (masalan, muayyan huquqdan mahrum qilish, jarima) real ijro etish toʻgʻrisida qaror qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qonunga koʻra, shartli hukm qilishda qoʻshimcha jazolar ham qoʻllanilishi mumkinligini va ular real tarzda ijroga qaratilishini nazarda tutib, bu haqda hukmning qaror qismida alohida koʻrsatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Shartli hukm asoslantirilgan boʻlishi va mahkumni axloqan tuzatish maqsadiga xizmat qilishi lozim. Shu sababli sud, shartli hukm qilingan mahkumga JK 72-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishni yuklashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Shartli hukm qoʻllanilganda, bir yildan uch yilgacha boʻlgan sinov muddati belgilanadi va bu muddat hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun sinov muddati davomiyliligini tayinlangan jazo miqdori bilan bogʻlamaydi. Bu masala sud tomonidan har safar sodir etilgan jinoyatning xususiyati va sudlanuvchining shaxsidan kelib chiqib hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartli hukm apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qoʻllanilgan boʻlsa, bunday holda ham sinov muddati hukm eʼlon qilingan kundan boshlab hisoblanadi (JK 72-moddasi ikkinchi qismi).
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartli hukm qilishda belgilangan sinov muddatini qisqartirish masalasi JPK 541-moddasining uchinchi qismiga muvofiq mahkumning yashash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. JK 72-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud tomonidan unga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga maʼmuriy yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan boʻlsa, sud bunday shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda belgilangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati va muayyan holatlarini, mahkumning shaxsi va sinov muddati davomidagi xulq-atvoriga doir maʼlumotlarni hisobga olib, sud shartli hukmni aslicha qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qonun boʻyicha (JK 72-moddasining sakkizinchi qismi) shartli hukm qilingan shaxs tomonidan sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etilsa, sud unga JK 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jazo tayinlaydi. Bunda sud, uzil-kesil jazo tayinlashdan oldin, shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi bor-yoʻqligidan qatʼiy nazar, birinchi hukmning shartliligini bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda, bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash paytida sud, JK 72-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda yana shartli hukm qoʻllashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361. Shartli hukm yuridik tabiatiga koʻra, jinoiy jazodan ozod qilinishining bir turi hisoblanadi. Shu sababli sudlar JK 72-moddasida shartli hukmni bekor qilish uchun asos boʻladigan holatlar doirasi qatʼiy belgilanganligini nazarda tutishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, shartli hukm qilingan shaxsning shu ish boʻyicha hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan boshqa jinoyatda ham aybdorligi aniqlangan xollarda, birinchi hukm boʻyicha jazo tayinlashda aybdorning shaxsiga doir barcha holatlar sudga maʼlum boʻlmaganligi sababli uning xulqini nazorat qilish sharoitida jazoni oʻtamasdan turib ham tuzatish mumkinligi haqida barvaqt xulosaga kelganligidan kelib chiqish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shularni eʼtiborga olib, sud birinchi hukm boʻyicha shartli sudlanganlikni bekor qilib, JK 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni ham nazarda tutishlari lozimki, birinchi hukm boʻyicha shartli sudlanganlik bekor qilinganida, JKning 72-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra, sud JK 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil tayinlangan jazoni yana shartli deb topish masalasini muhokama qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun JK 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil jazo tayinlanganligi shaxsning bitta sudlanganligini nazarda tutadi, shartli deb esa JK 72-moddasiga asosan faqat uzil-kesil tayinlangan jazo topilishi mumkin. Shunga koʻra, bunday hollarda dastlabki sud hukmlari qonuniy kuchga kirganidan soʻng bir yildan koʻp boʻlgan muddat oʻtgan holatlarda ham sud JK 72-moddasiga asosan shartli jazo asosli tayinlanganligini muhokama qilishi mumkin.
(361-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda nazarda tutilganidan ham yengilroq jazo tayinlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. JK 57-moddasiga muvofiq, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq jazo tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qonunga muvofiq, sudlar, nafaqat shaxs jinoyat sodir etish vaqtida koʻzlagan motiv va maqsad, ayb shakli va darajasini, balki, aybdorning shaxsi, jinoyat ishtirokchilari orasidagi roli, jinoyat sodir etilish paytidagi yoki sodir etilganidan keyingi xulq-atvori, jinoyatni sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitni ham eʼtiborga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi alohida holatlar roʻyxati qonunda koʻrsatilmaganligini nazarda tutib, sud qabul qilgan qarorini hukmda asoslantirgan holda jazoni yengillashtiruvchi ayrim holatni ham, ularning majmuini ham bunday holat sifatida tan olishi mumkin (masalan moddiy zararning toʻliq qoplanganligi, sudlanuvchi yoki ota-onasining ogʻir kasalligi, ularning mehnatga layoqatsizligi, aybdor ota-onasining yoki bolasining boshqa boquvchisi yoʻqligi, sudlanuvchining keksa yoshda ekanligi, uning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatni ochishda faol ishtirok etganligi, jabrlanuvchining jinoyat sodir etilishiga turtki bergan huquqqa xilof xulq-atvori, jabrlanuvchining sudlanuvchi bilan yarashganligi va h.k.).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Jinoyat kodeksining 57-moddasida belgilangan qoidaga koʻra, ushbu kodeks Maxsus qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilmagan har qanday yengilroq asosiy jazo turi, jumladan, jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga joʻnatish kabi jazolar JK 44 — 49-moddalariga rioya qilingan holda tayinlanishi mumkin.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Sudlarga tushuntirilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun sanksiyasida nazarda tutilganidan ham yengilroq jazo tayinlash paytida hukmning qaror qismida faqat Jinoyat kodeksining tegishli moddasi (qismi, bandi) boʻyicha JK 57-moddasi qoʻllanilib tayinlangan uzil-kesil jazo chorasi koʻrsatilishi lozim boʻlib, yengilroq jazo qoʻllash sabablari hukmning tavsif qismida koʻrsatilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs jinoyat qonunining turli moddalarida (moddasi qismlarida) koʻzda tutilgan bir necha jinoyat sodir etganlik uchun sudlanayotgan boʻlsa, JK 57-moddasi jinoyatlar jami boʻyicha tayinlangan jazodan keyin emas, balki alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun sanksiyasida nazarda tutilganidan ham yengilroq asosiy jazoning tayinlanishi aybdorning harakatlari kvalifikatsiya qilinayotgan qonun sanksiyasida nazarda tutilgan qoʻshimcha jazolarni tayinlash imkoniyatini istisno qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha jazolarni qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qoʻshimcha jazo choralarining yangi jinoyatlar sodir etilishi oldini olishda katta ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, sudlarga hukm chiqarish paytida asosiy jazo bilan birga tegishli qoʻshimcha jazo qoʻllash masalasini ham muhokama qilish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Jinoyat kodeksining 43-moddasiga muvofiq, mahkumlarga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish hamda harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish kabi qoʻshimcha jazolar qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo shaxs aybdor deb topilgan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida tayinlanadi. Agar muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilmagan boʻlsa, u JK 45-moddasida belgilangan asoslar va doirada, qabul qilingan qaror hukmda asoslantirilgan holda qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo JK 52-moddasida koʻrsatilgan hollardagina qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agar jinoiy qilmish kvalifikatsiya qilinayotgan qonunda qoʻshimcha jazo majburiy tarzda tayinlanishi belgilangan boʻlsa, uni faqat JK 57-moddasida nazarda tutilgan hollar mavjud boʻlganda qoʻllamaslik mumkin boʻlib, bunday qaror ushbu moddaga havola qilingan holda hukmda asoslantirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qonun boʻyicha tayinlanishi majburiy boʻlgan qoʻshimcha jazoni qoʻllamaslik (JK 57-moddasi qoʻllanilgan hollar bundan mustasno), hukmda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo muddatini koʻrsatmaslik, tayinlangan jazoga ilgarigi hukm boʻyicha tayinlangan qoʻshimcha jazoning oʻtalmagan qismini qoʻshmaslik, qoʻshimcha jazoni faqat jinoyatlar jami boʻyicha tayinlash kabi hollar jinoyat qonuni notoʻgʻri qoʻllanilgan deb baholanishiga va Jinoyat-protsessual kodeksi 49719-moddasining 4-bandi hamda 49723-moddasi talabiga koʻra hukmning bekor boʻlishiga asos boʻladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonunda nazarda tutilganidan ham yengilroq asosiy jazo belgilanishi yoki Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida koʻrsatilmagan boshqa yengilroq asosiy jazo turiga oʻtilishi aybdorga nisbatan qoʻshimcha jazo tayinlash imkoniyatini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq, aybdor oʻzi egallagan lavozim yoki xizmat faoliyati bilan bevosita bogʻliq holda jinoyat sodir etgan har bir holda, sud, jinoyatning xususiyatidan kelib chiqib, mahkumni u yoki bu mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish masalasini muhokama qilishi shart. Bunday jazoni tayinlash paytida hukmning qaror qismida sudlanuvchi shugʻullanishi mumkin boʻlmagan mansab xarakteri yoki faoliyat turi aniq koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm chiqarilayotgan paytda mahkum jinoyat sodir etilishi bilan bogʻliq boʻlgan mansabni egallamasligi yoki faoliyat turi bilan shugʻullanmasligi holati qoʻshimcha jazo qoʻllash uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Bir necha jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan qoʻshimcha jazo turi va miqdori asosiy jazo singari har bir harakat uchun alohida, soʻngra esa jinoyatlar majmui boʻyicha uzil-kesil tayinlanishi lozim. Agar qoʻshimcha jazo jinoyatlar majmuiga kiruvchi birorta ham jinoyat uchun tayinlanmagan boʻlsa, u jinoyatlar majmui boʻyicha qoʻllanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyatlar majmuiga kiruvchi ikki va undan koʻp jinoyat uchun aynan bir turdagi qoʻshimcha jazo tayinlangan boʻlsa, uning uzil-kesil miqdori koʻproq qoʻshimcha jazo muddatini koʻzda tutuvchi modda sanksiyasi doirasida ularni toʻla yoki qisman qoʻshish orqali, jinoyat qonuni moddasida muddat belgilanmagan yoki qoʻshimcha jazo JK 45-moddasi asosida qoʻllanilgan boʻlsa, ushbu jazo turi uchun belgilangan maksimal muddat doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Agar, sud muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazoni tayinlash chogʻida mansab nomi yoki faoliyat turini hukmda aniq koʻrsatmagan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda hukmga tegishli aniqlik kiritishga haqli.
(47-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday aniqliklar hukm chiqargan sud tomonidan ham JPK 541-moddasida koʻzda tutilgan tartibda kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hukm uni chiqargan sud faoliyat koʻrsatuvchi hududdan tashqarida ijro qilinayotgan boʻlsa, ushbu masala hukm ijro qilinayotgan joydagi sud tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Sudlarga muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazoni, tegishli asoslar mavjud boʻlgan hamda jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni hisobga olgan holda, ushbu faoliyat kasb yoki tirikchilik manbai boʻlgan shaxslarga nisbatan (masalan tadbirkorlik faoliyati, transport vositalarini boshqarish va sh.k.) qoʻllashning qanchalik maqsadga muvofiqligi masalasini muhokama qilish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan hollar bundan mustasno (JK 45-moddasi beshinchi qismi).
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha jinoyat va bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Sudlar shuni nazarda tutishlar lozimki, JK 59-moddasida belgilangan jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlash qoidalari quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qilmish Jinoyat kodeksining turli moddalari boʻyicha kvalifikatsiya qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qilmish Jinoyat kodeksi muayyan moddasining bir necha qismlari bilan kvalifikatsiya qilinganda, basharti ushbu qismlar turli jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutsa (masalan, JK 228, 248, 273-moddalari);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs bir necha aynan oʻxshash qilmishni sodir etgan boʻlib, ulardan ayrimlari tugallangan jinoyat, boshqalari esa — jinoyatga tayyorgarlik, suiqasd tariqasida kvalifikatsiya qilinganda yoki ayrimlari mustaqil, boshqalari esa ishtirokchilikda sodir etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish boʻyicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish boʻyicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs Jinoyat kodeksi Maxsus qismi aynan bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan oʻxshash qilmishni sodir etganlikda aybdor deb topilganda jazo shu moddaning ogʻirroq jazo belgilangan qismi boʻyicha tayinlanadi (JK 33-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Jinoyat kodeksi 59-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksi 468-moddasida belgilangan sudning har bir jinoyat uchun alohida jazo tayinlab, soʻngra jinoyatlar majmui boʻyicha uzil-kesil jazo belgilashi shartligi toʻgʻrisidagi talablar ham asosiy, ham qoʻshimcha jazo tayinlashga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ikki yoki undan ortiq jinoyatlar majmui boʻyicha asosiy jazo belgilashda, sud, alohida jinoyatlar uchun tayinlangan jazolarning yengilrogʻini ogʻirrogʻi bilan qoplash yoki ularni toʻla yoki qisman qoʻshish qoidasi boʻyicha uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar tashkil etsa, sud jazo tayinlashning umumiy asoslariga rioya etgan holda yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoki jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish qoidasidan birini tanlashga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, sud Jinoyat kodeksi Umumiy qismida muayyan jazo turi uchun belgilangan doirada jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish qoidasiga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har xil turdagi asosiy jazolarni qoʻshganda ozodlikni cheklashning bir kuni axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat boʻyicha cheklashning uch kuniga toʻgʻri keladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni toʻla yoki qisman qoʻshish qoidasi alohida jinoyatlar uchun har xil turdagi jazolar tayinlanganda ham qoʻllaniladi. Bunda sudlar Jinoyat kodeksi 61-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazolarni qoʻshib hisoblash qoidalariga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda sudlar shuni nazarda tutishlar kerakki, JK 61-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq jarima va muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazolar boshqa turdagi jazolar bilan qoʻshib hisoblanmaydi va alohida ijro qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ikki yoki undan ortiq jinoyatlar majmui boʻyicha qoʻshimcha jazo belgilashda, agar alohida jinoyatlar uchun tayinlangan jazo bir turga mansub boʻlsa, sud ushbu qoʻshimcha jazo turi uchun belgilangan maksimal muddat doirasida ularning yengilrogʻini ogʻirrogʻi bilan qoplash yoki ularni toʻla yoki qisman qoʻshish qoidasi boʻyicha uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyatlar yoki hukmlar majmuiga kiruvchi jinoyatlar uchun tayinlangan qoʻshimcha jazo turlicha boʻlsa, ular alohida ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, qoʻshimcha jazolarni qoplash qoidasini qoʻllash imkoniyati qonunda jinoyatning ogʻirligi bilan cheklanmagan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jinoyatlar majmui uchun JK 59-moddasining sakkizinchi qismi boʻyicha jazo tayinlanganda, uzil-kesil jazo, qoida tariqasida, Jinoyat kodeksining Umumiy qismida belgilangan tartib va miqdorda tayinlanib, birinchi hukm boʻyicha tayinlangan jazodan kam boʻlishi mumkin emas. Bunday hollarda birinchi hukm boʻyicha tayinlangan jazoning oʻtalmagan qismidan emas, balki uning toʻliq miqdoridan kelib chiqish shartligiga eʼtibor qaratilsin.
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 59-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq tayinlangan uzil-kesil jazo muddatini belgilashda birinchi hukm boʻyicha oʻtalgan jazo hisobga olinadi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Jinoyat kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha hukmlar boʻyicha jazo tayinlash qoidalari birinchi hukm eʼlon qilinganidan soʻng, lekin oʻsha hukm boʻyicha tayinlangan asosiy va qoʻshimcha jazolar toʻliq oʻtalganga qadar mahkum tomonidan yangi jinoyatni sodir etilgan hollarda qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov hukmi eʼlon qilingan shaxs tayinlangan asosiy va qoʻshimcha jazoni toʻliq oʻtaguniga qadar yangi jinoyat sodir etsa va ushbu jinoyat uchun jazo tayinlash paytiga kelib, avvalgi hukm boʻyicha tayinlangan jazoni toʻliq oʻtab boʻlsa, uzil-kesil jazo Jinoyat kodeksining 60-moddasi tartibida tayinlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda, sud ilgari qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangandan keyin Jinoyat kodeksining 56-moddasining “n” bandiga asosan sodir etilgan jinoyatni takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi deb, jazoni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida inobatga olishi lozim.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Sudlar shuni hisobga olishlari kerakki, hukmlar majmui boʻyicha belgilangan jazo yangi jinoyat uchun belgilangan jazo muddatidan ham ilgarigi hukm boʻyicha belgilangan jazoning oʻtalmagan qismidan ham koʻproq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi uzil-kesil jazo muddati yigirma besh yildan, voyaga yetmaganlarga — oʻn besh yildan, oltmish yoshdan oshgan erkaklar hamda ayollarga nisbatan esa — oʻn uch yil toʻrt oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(55-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksi 60-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, agar hukmlardan biri boʻyicha umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan boʻlsa, uzil-kesil jazo yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash yoʻli bilan tayinlanadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Hukmlar majmui boʻyicha jazo tayinlash haqidagi masala hal qilinayotganda oldingi hukm boʻyicha tayinlangan asosiy va qoʻshimcha jazoning qancha qismi shaxs tomonidan real oʻtalmaganligi aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazo quyidagi hollarda oʻtalmagan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilganda — jazoning mahkum oʻtamay qolgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldingi hukm boʻyicha tayinlangan shartli hukmning butun muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 533-moddasi tartibida ijrosi kechiktirilgan jazo muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgarigi hukm boʻyicha tayinlanib, oʻtalmay qolgan qoʻshimcha jazo hukmlar majmui boʻyicha tayinlangan asosiy jazoga faqat qoʻshimcha jazo sifatida qoʻshilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
561. Agar jinoyatlar majmui yoki bir nechta hukm bilan jazo tayinlashda muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi jinoyatlarning biri yoki hukmlarning biri bilan asosiy jazo sifatida, boshqa jinoyat yoki hukm bilan qoʻshimcha jazo sifatida tayinlangan boʻlsa, ular asosiy jazo uchun belgilangan muddat doirasida toʻliq yoki qisman qoʻshilishi lozim. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo asosiy jazo deb hisoblanadi va ayblovning har bir moddasi yoki hukmlarning har biri bilan mahrum qilingan huquqlarning barcha turlari nazarda tutilishi lozim.
(561-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Sud birinchi hukm boʻyicha shartli tayinlangan jazoni oxirgi hukm boʻyicha tayinlangan jazoga qoʻshishda, shaxs ehtiyot chorasi yoki ushlab turish sifatida qamoqda boʻlgan vaqtni hukmlar majmui boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazoga qoʻshib hisoblashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yangi jinoyat shaxs tomonidan birinchi hukm boʻyicha tayinlagan jazo JK 74-moddasiga asosan yoki afv etish, yoxud amnistiya akti asosida yengilrogʻi bilan almashtirilganidan soʻng sodir etilgan boʻlsa, ikkinchi hukm boʻyicha tayinlangan jazoga almashtirilgan yengilroq jazoning oʻtalmagan qismi qoʻshiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtayotgan shaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etilganda, jazoning oʻtalmagan qismi sifatida yangi jinoyat uchun u ushlangandan yoki qamoqda saqlab turish sifatida ehtiyot chorasi tanlanganidan soʻng qolgan muddatni hisoblash lozim. Agar bunday ehtiyot chorasi tanlanmagan yoki boshqa turdagi ehtiyot chorasi tanlangan boʻlsa, jazoning oʻtalmagan qismi muddati oxirgi hukm chiqarilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
(57-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Agar ish boʻyicha mahkum boshqa jinoyatlarda ham aybdor ekanligi aniqlanib, ulardan ayrimlari birinchi hukm chiqarilgunga, boshqalari esa, hukm chiqarilgandan soʻng sodir etilgan boʻlsa, ikkinchi hukm boʻyicha jazo avval birinchi hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlar majmui boʻyicha, keyin JK 59-moddasi sakkizinchi qismi qoidasiga koʻra, soʻngra birinchi hukm chiqarilganidan keyin sodir etilgan jinoyatlar majmui boʻyicha va oxirida bir necha hukm yuzasidan (JK 60-moddasi) uzil-kesil tayinlanadi.
(58-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs davomli yoki uzoqqa choʻzilgan, yaʼni birinchi ish boʻyicha hukm chiqarilguncha qadar boshlanib, hukm chiqarilgandan soʻng ham davom etgan jinoyat uchun sudlanayotgan boʻlsa, sud ikkinchi hukm boʻyicha jazo tayinlashda JK 60-moddasini qoʻllashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 59-moddasining 8-qismiga muvofiq, jinoyatlar majmui bilan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining oʻtash muddatining boshlanishi birinchi hukmga koʻra qamoqqa olingan kundan, JK 60-moddasi qoidalariga muvofiq bir necha hukm yuzasidan tayinlangan uzil-kesil jazo muddati esa oxirgi hukm boʻyicha qamoqqa olingan kundan boshlab hisoblanadi.
(58-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Qonunga koʻra, agar mahkumning ahvoli yomonlashmasa va himoyaga boʻlgan huquqi buzilmasa, sud jinoiy qilmishni jinoyat qonunining bitta moddasidan yengilroq jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi bir necha moddasiga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jinoyatlar majmui boʻyicha tayinlangan jazo jinoiy qilmish ayblanuvchi sifatida ishga jalb qilish haqidagi qarorda va ayblov xulosasida kvalifikatsiya qilingan Jinoyat kodeksi moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan maksimal jazodan ogʻirroq boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida koʻrishda ham ushbu qoidani eʼtiborda tutish lozim.
(59-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Sudlarga tushuntirilsinki, har bir qilmish uchun alohida jazo tayinlamasdan turib jinoyatlar majmui boʻyicha jazo belgilanishi yoki alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlanib, jinoyatlar majmui boʻyicha uzil-kesil jazo tayinlanmasligi yoxud tayinlangan jazoga ilgarigi hukm boʻyicha tayinlangan va sudga maʼlum boʻlgan jazoning oʻtalmagan qismi qoʻshilmasligi jinoyat qonuni normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi sifatida baholanib, hukmning bekor qilinishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi:
(61-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni barcha sud instansiyalarida koʻrishda jinoyat uchun jazo tayinlash haqidagi qonun normalarining toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazo tayinlash amaliyotini doimiy ravishda oʻrganib borish va umumlashtirish, qonunni qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan xatolarni tahlil qilgan holda, kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli choralar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 19-iyuldagi “Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 16-sonli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 14-maydagi “Jinoiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar haqida”gi 11-sonli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 22-dekabrdagi “Jinoyat uchun jazo choralarini tayinlash borasida sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 31-sonli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 14-iyundagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 10-sonli qarorning 5, 20, 26-bandlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 19-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan ayrim qarorlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 20-sonli qarorning 2, 6-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 3-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son