Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2006 19.07.1996 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2006
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat uchun jazo choralari qo‘llash to‘g‘risidagi qonunlarga og‘ishmay amal qilish sudlarning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat asosli va odilona jazo tayinlash orqaligina jamiyatni jinoiy xurujlardan samarali himoya etish, sudlanganlarni tuzatish va qayta tarbiyalashga erishish, sudlanganlar hamda boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishni ta’minlash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyoti tahlili jazo tayinlash to‘g‘risidagi masala 1994-yil Oliy sudning Plenumida muhokama qilinishi va ko‘rilgan boshqa choralar natijasida respublikada jinoyat uchun jazo choralari qo‘llashda, asosan to‘g‘ri yondashuv ta’minlanganligini ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, bu masalada respublikadagi qonuniylikning ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy kamchilik va xatolarga batamom barham berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, uyushgan guruhlarning tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga, muqaddam sudlanganlarga yengil jazo tayinlash hollari jinoyat uchun jazo qo‘llash masalasida to‘g‘ri va barqaror sud amaliyotini yaratishga to‘siq bo‘layapti. Tovlamachilarga /reketchilarga/, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qilgan shaxslarga, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, qurol tarqatuvchilarga yon bosish hollari uchrab turibdi. Shu tarzda qonun buzilishlar respublikaning ayrim mintaqalarida mavjudligi tekshirish vaqtida aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar jazo tayinlashda alohida yondashuv qoidasining mohiyati va mazmunini aniq his etmayaptilar. Chunonchi, ular uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, garchi ularni jamiyatdan ajratmagan holda tuzatishning iloji bo‘lsa ham, jinoyat qonuni sanksiyasida ko‘zda tutilgan jazodan ham yengilroq yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar qo‘llash masalasini dolzarb bo‘lsa ham, muhokama qilmayaptilar va bunday jazolarni asossiz ravishda qo‘llamayaptilar. Oxirgi paytlarda bunday faktlar voyaga yetmaganlar va ayollarga nisbatan ham tez-tez uchramoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotida sudlanuvchiga jazo turi va miqdorini jinoyatning qanday holatlarda sodir etilganligini inobatga olmasdan, faqat u yoki bu jinoyatning tabiatidan kelib chiqib, tayinlash hollari uchrab turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlarga qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan jazodan ham kamroq jazo tayinlash sabablari ko‘pincha asoslantirilmaydi. Qator ishlar bo‘yicha jinoyatlar mast holda, uyushgan guruhlar, muqaddam jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan va hokazo holatlarda sodir etilsada, sudlar asossiz ravishda bularni javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar deb topmaydi. Aybdorga nisbatan harbiy yoki maxsus unvondan, muayyan huquqdan mahrum etish kabi qo‘shimcha jazolar qo‘llash muhimligiga yetarlicha ahamiyat berilmaydi.
(preambulaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlarni kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rishda doim ham jazo tayinlash paytida sudlar yo‘l qo‘ygan jiddiy xatolar tuzatilmaydi, ba’zan birinchi bosqich sudlarini to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘ituvchi qarorlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy jazo choralari tayinlashdagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda bu haqdagi qonunlarni to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash yuzasidan sudyalarning mas’uliyatini oshirish maqsadida, shuningdek yangi Jinoyat kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sudlarga quyidagi ko‘rsatmalarni berishga qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JAZO TAYINLAShNING UMUMIY ASOSLARINI QO‘LLASh BO‘YIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Odil jazo tayinlash respublikada qonuniylikni, fuqarolarning xavfsizligini va konstitutsiyaviy huquqlarini sud yo‘li bilan himoyalashni ta’minlashning juda muhim negizi bo‘lib, u javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar majmui hamda aybdorning shaxsiyatini e’tiborga olgan va faqat alohida yondashuv, insonparvarlik va adolat qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda belgilanishi zarur. Bunda Jinoyat kodeksi 42-moddasining 2-qismiga muvofiq jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llanilishini inobatga olmoq kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Sudlar og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga, uyushgan guruh tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga, muqaddam sudlanganlarga nisbatan qattiq jazo choralarini qo‘llashlari lozim. Bunda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qilish, poraxo‘rlik, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar va qurollar tarqatish kabi, shuningdek respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazuvchi jinoyatlar alohida xavf tug‘dirishini nazarda tutish kerak. Bunday shaxslarga nisbatan yon bosishning har qanday ko‘rinishlari qonuniylikni jiddiy buzish deb baholanishi lozim. Shu bilan birga og‘ir jazo choralari, Jinoyat kodeksi 7-moddasining 3-qismiga asosan, boshqa choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan holdagina tayinlanishi mumkinligi ham e’tiborga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sudlar uncha og‘ir bo‘lmagan va jiddiy zararli oqibatlarni yuzaga keltirmagan jinoyatlarni sodir etishda aybdor bo‘lgan hamda jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin bo‘lgan shaxslarga, ayollarga, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni tayinlash uchun qonunda belgilangan barcha imkoniyatlardan foydalanmoqlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, qonunda turli jazolar nazarda tutilgan bo‘lsa, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni qo‘llash masalasi muhokama qilish sudlar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Sudlar jazo tayinlashda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 56-moddasida ko‘rsatilgan va doirasi tugal bo‘lmish jazoni og‘irlashtiruvchi holatlarni e’tibordan chetda qoldirishga haqli emaslar. Sud bu holatlardan birortasini jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb topmagan taqdirda, bunga hukmda batafsil asoslar keltirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘ladigan belgilar jazoni og‘irlashtiradigan holat deb topilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Jinoyat kodeksining 36-moddasiga muvofiq garchi rasmiy jihatdan jinoyat qonunida ko‘rsatilgan biror bir harakatning alomatlari mavjud bo‘lsa ham, lekin o‘zining kam ahamiyatliligi sababli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb hisoblanmaydi. Shu sababli sudlar har bir muayyan ishni ko‘rish paytida, xatti-harakatning jamoat uchun xavflilik darajasi masalasini batafsil muhokama qilib, aniqlangan holatlarga qarab asoslantirilgan qaror qabul qilishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Sodir etilgan jinoyatning jamiyat uchun xavfliligini baholashda muayyan jinoiy xatti-harakatni sodir etishdagi barcha holatlar /ayb shakli, jinoyatni sodir etish usuli, sababi, vaziyati va bosqichi, kelib chiqqan oqibatning og‘irligi, jinoyat ishtirokchilaridan har birining ishtiroki darajasi va xususiyati va hokazo majmuiga asoslanmoq kerak. Sudlanuvchining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ular jazoning turi va miqdorini belgilashda muhim ahamiyatga egaligi tufayli, har tomonlama va to‘la tekshirilmog‘i lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. Takroran jinoyat sodir etish yoki ilgari ham qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlangandan so‘ng yangidan qasddan jinoyat sodir qilish quyidagi hollarda jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar birinchi marta sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganligi belgilangan tartibda olib tashlangan yoki o‘chgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoinki ilgari sodir etgan jinoiy xatti-harakatlari uchun javobgarlik qonun bilan bekor qilingan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 65, 66, 661, 68, 69, 70, 71, 76-moddalariga binoan shaxs ilgari sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod etilgan bo‘lsa.
(1.6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.7. Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq kabi jazolarning samaradorligiga e’tibor berish lozim. Shu bilan birga og‘ir jinoyat sodir etishda ayblangan, muqaddam sudlangan, huquqni buzganligi uchun ichki ishlar organlarida hisobda turgan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda qat’iyatsizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.8. Jinoyat kodeksining 51-moddasiga binoan o‘lim jazosi faqat aybni og‘irlashtiruvchi alohida holatlar va shu bilan birga o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxsning mutlaq xavfliligi uni qo‘llash zaruriyatini taqozo etgan taqdirdagina qo‘llaniladi. Bunday jazo qo‘llash chog‘ida sudlanuvchining ruhiy jihatdan tekshirilganligiga sudlar alohida e’tibor berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘lim jazosini qo‘llash barcha hollarda ham hukmda jinoyatni sodir etishning barcha holatlarini, sababi va motivini, shuningdek faqat sudlanuvchini emas, balki jabrlanuvchini ham tavsiflovchi to‘la ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda asoslantirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.9. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlari hukm chiqarish paytida jazo tayinlashning umumiy qoidalariga rioya qilinganligini, tayinlangan jazo jinoyatning og‘irligi va mahkumning shaxsiyatiga mutanosibligini, tanlangan jazo chorasi to‘g‘risidagi xulosa va jazo tayinlashda inobatga olingan muayyan ish holatlarini hukmda bayon etish tartibini belgilovchi Jinoyat-protsessual qonuni me’yorlariga amal qilinganligini sinchiklab tekshirishlari zarur. Yuqori sudlar birinchi bosqich sudlari tomonidan jazo tayinlash masalasida yo‘l qo‘yilgan xato va qonun buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlab bartaraf etishlari, shuningdek ularning takrorlanmasligini ta’minlovchi choralarni ko‘rishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi ayblov hajmi, jinoyatni sodir etishda mahkumning aybi yoki ijrochilik shakli, jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjudligi to‘g‘risidagi birinchi bosqich sudining xulosalarini noto‘g‘ri deb topib, shu munosabat bilan hukmga o‘zgartirish kiritsa /masalan, ayblov epizodi yoxud bir yoki bir nechta jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar chiqarilsa, shaxs ijrochilikka sherik emas, balki ko‘makchi deb tanilsa, shaxsning harakatida suiqasd emas, balki jinoyatga tayyorgarlik bor deb topilsa/, mahkumga nisbatan tayinlangan jazoni kamaytirish masalasini muhokama qilishi shart va faqat tegishli asoslar keltiribgina uni o‘zgarishsiz qoldirishga haqli.
(1.9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.10. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat bosqichi sudlarining e’tiborlari shunga alohida qaratilsinki, hukmlarni qayta ko‘rib chiqish chog‘ida xavfli jinoyatchilar, retsidivistlar hamda uyushgan guruhlarning tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga nisbatan jazoni asossiz ravishda kamaytirish yoki boshqa yengilroq jazo bilan almashtirish hollariga chek qo‘yilishi lozim.
(1.10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIR NEChA JINOYAT VA BIR NEChA HUKM YUZASIDAN JAZO TAYINLASh BO‘YIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Qonunda ko‘zda tutilgan, jinoyatlar jami bo‘yicha jazo tayinlash qoidalari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy harakat jinoyat qonunining turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs bir xildagi bir necha harakatlarni sodir etgan bo‘lib, ulardan biri tugallangan jinoyat tariqasida, boshqalari esa jinoyatga tayyorgarlik, suiqasd yoki ishtirokchilik tariqasida kvalifikatsiya qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bo‘yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish bo‘yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa shaxs tomonidan ayni bir moddaning turli qismlarida nazarda tutilgan harakatlar sodir etilganlik uchun jinoyatlar majmuini belgilashda javobgarlik shu moddaning og‘irroq jazo nazarda tutilgan qismi bo‘yicha yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmda dastavval har bir jinoyatga alohida jazo tayinlab, so‘ngra jinoyatlar jami bo‘yicha qat’iy jazo belgilashi zarurligi to‘g‘risida Jinoyat kodeksining 59-moddasi, shuningdek Jinoyat-protsessual kodeksining 468-moddasida belgilangan tartib ham asosiy jazo, ham qo‘shimcha jazo choralari tayinlashga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki yoki undan ortiq jinoyatlar jami bo‘yicha jazo belgilashda sud muayyan jinoyat uchun tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shishga majbur / masalan, ozodlikdan mahrum etish turidagi jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shishga/. Biroq, Jinoyat kodeksi 50-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish jazosi eng ko‘p muddatining to‘rtdan uch qismidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunda jazo turlarining yengil-og‘irligi darajasi Jinoyat kodeksi 43-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan ketma-ketlik bilan belgilanishini nazarda tutish lozim.
(2.1-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Jinoyatlar jami bo‘yicha jazoni to‘la yoki qisman qo‘shish qoidasi alohida jinoyatlar uchun bir turdagi yoki har xil turdagi jazo tayinlashda ham qo‘llanilishi mumkin. Bunda sudlar Jinoyat kodeksining 61-moddasida nazarda tugilgan jazolarni hisoblash qoidalariga amal qilishlari lozim. Qat’iy jazo uning eng og‘ir turi bo‘yicha belgilanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Bir necha jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga shartli jazo belgilash to‘g‘risidagi qaror faqat ularga nisbatan qat’iy jazo belgilangandan so‘ng jazoning turi va miqdoridan kelib chiqqan holda hukmda ko‘rsatilishi lozimligini sudlar inobatga olishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Jinoyat kodeksi 59-moddasining 4-qismini qo‘llashda jinoyatlar jami uchun belgilangan qat’iy jazo, birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazodan kam bo‘lishi mumkin emas, chunki bunday holda jazolarni qo‘shish paytida sud birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoning o‘talmagan qismidan emas, balki uning to‘liq miqdoridan kelib chiqishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Hukmni chiqarish uni ochiq e’lon qilish bilan yakunlanishi sababli Jinoyat kodeksining 60-moddasida ko‘zda tutilgan hukmlar jami bo‘yicha jazo tayinlash qoidasi mahkum tomonidan birinchi hukm e’lon qilingandan so‘ng, lekin hukm bo‘yicha tayinlangan asosiy va qo‘shimcha jazolar to‘la o‘talgunga qadar yangi jinoyat sodir etilgan hollarda qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Agar ish bo‘yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning yana boshqa jinoyatlarda aybdorligi aniqlanib, ulardan ayrimlari birinchi hukm chiqarilgunga qadar, boshqalari esa o‘sha hukm chiqarilgandan so‘ng sodir etilgan bo‘lsa, ikkinchi hukm bo‘yicha jazo Jinoyat kodeksining ham 59, ham 60-moddalarida belgilangan tartibga rioya etilgan holda tayinlanadi. Bunda avvalo birinchi hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlar jami bo‘yicha, undan keyin Jinoyat kodeksining 59-moddasini 4-qismi qoidasiga asosan, so‘ngra birinchi hukm chiqarilgandan keyin sodir etilgan jinoyatlar jami bo‘yicha va nihoyat, hukmlar jami bo‘yicha jazolar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Bir necha hukmlar yuzasidan jazo chorasi belgilashda sudlar hukmning kirish qismida ilgarigi hukm yuzasidan belgilangan jazoning turi va o‘talmagan qismini aniq ko‘rsatmog‘i va uni Jinoyat kodeksining 60-moddasiga ko‘ra, yangi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoga to‘la yoki qisman qo‘shmog‘i lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar oldingi hukm yuzasidan belgilangan jazoning o‘talmagan qismi deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 72-moddasida ko‘rsatilgan tartibda shartli hukm qilinganda, shuningdek, JPKning 533-moddasida nazarda tutilgan tartibda hukmning ijrosi kechiktirilganda jazoning to‘liq muddati /ehtiyot chorasi yoki ushlab turish tarzida qamoqda saqlangan vaqt bundan mustasno/;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinganda mahkumni o‘tamay qolgan jazo qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv to‘g‘risidagi hujjatga ko‘ra yoki Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan o‘talmagan jazo qismi boshqa yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxsga yangi jinoyat sodir etganligi uchun jazo tayinlash paytida, yangi jinoyat uchun tayinlangan jazoga o‘sha yengil jazoning o‘talmagan qismi to‘la yoki qisman qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Sudlar shuni hisobga olishlari zarurki, hukmlar jami bo‘yicha belgilangan jazo yangi jinoyat uchun belgilangan jazo muddatidan ham ilgarigi hukm bo‘yicha belgilangan jazoning o‘talmagan qismidan ham ko‘proq bo‘lishi kerak. Bunda ozodlikdan mahrum etish turidagi qat’iy jazo yigirma besh yildan, ayollarga, oltmish yoshdan oshgan erkaklarga hamda o‘n sakkiz yoshga qadar, yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan esa o‘n besh yildan oshmasligi lozim.
(2.8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.9. Jinoyat kodeksi 60-moddasi ma’nosiga ko‘ra, ilgarigi hukm bo‘yicha tayinlangan va o‘talmagan qo‘shimcha jazo, qat’iy asosiy jazoga to‘la yoki qisman qo‘shimcha jazo sifatida biriktirib berilishi yoki yangi hukm bo‘yicha tayinlangan turdagi qo‘shimcha jazoga, shu turdagi qo‘shimcha jazo uchun belgilangan muddat doirasida to‘la yoki qisman qo‘shib qo‘yilishi mumkin. Har xil turdagi qo‘shimcha jazolar alohida-alohida ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.10. Bir jinoyati uchun sudlanib hukm chiqqan, lekin hukm bo‘yicha jazoni o‘tamagan shaxs, birinchi hukm chiqqunga qadar boshlanib, hukm chiqqandan so‘ng ham davom etgan surunkali va davomli jinoyat sodir etishda aybdor deb topilsa, ikkinchi hukm bo‘yicha unga jazo tayinlashda sud Jinoyat kodeksining 60-moddasi qoidalariga rioya etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.11. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 59-moddasining 4-qismi, 60-moddasi talablariga muvofiq belgilangan qat’iy jazoni o‘tash muddati oxirgi hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi hamda tayinlangan jazodan so‘nggi ish bo‘yicha sudgacha ehtiyot chorasi yoki ushlab turish tartibida qamoqda o‘tirgan vaqt inobatga olingan holda chegirib tashlanadi. Jinoyat kodeksi 59-moddasining 4-qismi qoidasi tartibida tayinlangan jazo muddatidan, bundan tashqari, birinchi hukm bo‘yicha o‘talgan jazo ham chegirilib tashlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.12. Sudlarga tushuntirilsinki, jinoyat qonunini quyidagicha noto‘g‘ri qo‘llash hollari hukmning bekor bo‘lishiga olib keladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir jinoyat uchun alohida jazo tayinlanmasdan, jinoyatlar jami bo‘yicha jazo belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlab, jinoyatlar jami bo‘yicha qat’iy jazo belgilamaslik.
Oldingi tahrirga qarang.
(2.12-bandning to‘rtinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.13. Jinoiy harakat jinoyat qonunining bir moddasidan yengilroq jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi bir nechta moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinganda, basharti bu bilan mahkumning ahvoli og‘irlashmasa va uning himoya huquqi buzilmasa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi jazo masalasini hal qilishda Jinoyat kodeksining 59-moddasida nazarda tutilgan tartibni qo‘llaydi. Bunda jinoyatlar jami uchun belgilangan qat’iy jazo birinchi bosqich sudi tayinlagan jazodan og‘ir bo‘lmasligi lozim.
(2.13 band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OZODLIKDAN MAHRUM ETISh JAZOSINI QO‘LLASh BO‘YIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, ayrim hollarda esa, agar bunday shaxslarni jamiyatdan ajratmagan holda tuzatish mumkin bo‘lmasa, o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyat sodir etganlarga nisbatan jinoyat uchun jazo turi sifatida qo‘llanilishi zarur. Ushbu jazo turini qo‘llash sabablari hukmda asoslantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llashda ishning barcha holatlaridan, aybdorning shaxsidan kelib chiqmoq va nima uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo qo‘llanilmayotganligi sabablarini hukmda asoslantirmoq lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlanganida har bir modda bo‘yicha uning muddati ko‘rsatilmog‘i zarur. Ozodlikdan mahrum qilish jazoni o‘tash joyining turi faqat jinoyatlar jami bo‘yicha jazo tayinlashda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AXLOQ TUZATISh IShINI QO‘LLASh BO‘YIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetgan, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, yosh bolasini boqish uchun ta’tilda bo‘lgan ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan tayinlanmaydi. Sudlar xizmat yoki kasb vazifasi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan axloq tuzatish ishi jazosini o‘z ish joyida ilgarigi xizmat mansabida yoki kasbida o‘tashni, odatda, qo‘llamasliklari lozim, chunki aybdorni o‘z ish joyida qoldirish jazoning tarbiyaviy ahamiyati va ta’sir etish kuchini susaytirishi mumkin /jumladan, xaridorlarni aldagani uchun sudlangan sotuvchilarga, o‘ziga ishonib topshirilgan moddiy qimmatliklar yoki pullarni o‘zlashtirgan shaxslarga va boshqalarga/.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdorlarga axloq tuzatish ishi tayinlash chog‘ida, sudlar uning muddati va ish haqidan chegirish miqdori masalasini jazo tayinlashda alohida yondashish zarurligi to‘g‘risidagi qonun talabiga rioya etgan holda belgilashlari kerak. Jumladan, sudlanuvchilarning, ayniqsa korxonalar, muassasalar, davlat va jamoa xo‘jaliklarida ishlovchi voyaga yetmagan shaxslarning moddiy sharoitlarini chuqur tekshirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axloq tuzatish ishi jazosini tayinlashda uning muddati, ushlab qolinadigan miqdor foizi oldin har bir modda bo‘yicha alohida-alohida, so‘ngra ularning majmui bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Axloq tuzatish ishiga sudlangan shaxsga ushbu jazoni o‘tash davrida berilgan ma’muriy jazo hukmda belgilangan axloq tuzatish ishini o‘tash muddatiga kirmaydi. Binobarin, ma’muriy tartibdagi qamoqni o‘tayotgan shaxsga jinoyati uchun axloq tuzatish ishi tayinlashda, bu hukm alohida, ma’muriy jazo o‘tab bo‘lingandan so‘ng ijro etilishini ham sudlar nazarda tutishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Jinoyat kodeksi 46-moddasi 4-qismining mazmuniga ko‘ra, axloq tuzatish ishiga mahkum etilgan shaxs jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud axloq tuzatish ishining o‘talmagan muddatini shu muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirishi mumkin. Bunda Jinoyat kodeksining aybdor sudlangan moddasi sanksiyasi almashtirilishi lozim bo‘lgan axloq tuzatish ishi muddatidan kam ozodlikdan mahrum qilish jazosini ko‘zda tutishining yoki umuman ozodlikdan mahrum qilish jazosini kuzda tutmasligining ahamiyati yo‘q.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud bu jazoning o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini qamoqning bir kuniga tenglashtirilgan holda hisoblab, qamoq jazosi bilan almashtiradi, ammo bu muddat uch oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Mahkumning quyidagi harakatlari ish joyida o‘taladigan axloq tuzatish ishi jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlash deb hisoblanib, sud tomonidan uni axloq tuzatish ishi qo‘llanilishini ta’minlovchi organlar belgilaydigan boshqa joylarga jazoni o‘tash uchun yuborishga asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatga olingan yoki avvalgi ish joyini qoldirgan kundan boshlab 15 kun ichida uzrsiz sabablarga ko‘ra ishga kirmaslik; yangi yashash joyiga ko‘chib kelgandan so‘ng 15 kun ichida uzrsiz sabablarga ko‘ra axloq tuzatish ishi qo‘llanilishini ta’minlovchi organlarga uchramaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlangan jazo muddati davomida muttasil tarzda uzrsiz sabab bilan ishga chiqmaslik /progul/ yoki ish joyida mast holda bo‘lish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Mahkumni jazoning qolgan qismini qamoq joylarida o‘tash uchun yuborish masalasini hal qilishda sud, axloq tuzatish ishi ijrosini amalga oshiruvchi organ, ushbu jazoning ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rganligi, mahkumni qonun talabiga ko‘ra jazoni o‘tashdan bosh tortganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirganligi haqidagi ma’lumotlarga ham ega bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar zarur bo‘lgan ma’lumotlarni sud majlisida to‘plashning imkoniyati bo‘lmasa, sudya ishni ko‘rishga tayyorlashda, o‘zining asoslantirilgan qarori bilan uni jazoni ijro etayotgan organga to‘ldirish uchun yuboradi. Bunday kamchiliklar sud majlisida aniqlansa, sud qaytarish sabablarini ko‘rsatib ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddasiga binoan axloq tuzatish ishining o‘talmagan qismini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi ishlar sud majlisida, odatda, mahkumning ishtirokida ko‘riladi, uning yashirinib yurganligi yoki sudga kelishdan bo‘yin tovlayotganligi to‘g‘risida ishda yetarli asoslar mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARTLI HUKM QILISh BO‘YIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, shartli hukm qilish chog‘ida sud, Jinoyat kodeksi 72-moddasi talabiga muvofiq bir yildan uch yilgacha sinov muddati belgilashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning shartli hukm qilish to‘g‘risidagi qarori asoslantirilgan bo‘lishi hamda bu xulosa Jinoyat-protsessual kodeksining 457-moddasi talabiga ko‘ra hukmning bayonot-asoslantirish qismida yoritib berilishi lozim. Hukmning qaror qismida esa bitta jinoyat, jinoyatlar jami yoki hukmlar jami uchun qat’iy jazo belgilangandan so‘ng, ushbu jazo Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan shartli deb hisoblanishi va sinov muddati belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunlar mazmuniga ko‘ra, tayinlangan jazoning faqat to‘la muddatiga nisbatangina shartli hukm qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun ham jazoning o‘talmagan qismini shartliga almashtirish haqidagi sud qarorlari qonunga xilof hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmi bo‘yicha tayinlangan jazo apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat bosqichi sudi tomonidan shartliga almashtirilib, sinov muddati belgilansa, bu holda qonunga muvofiq bu muddatning o‘tishi ajrim /qaror/ chiqqan kundan emas, balki hukm e’lon qilingan kundan boshlab hisoblanadi.
(5.1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Shartli hukm qilishda raislik etuvchi sudya hukmni e’lon qilgandan so‘ng mahkumga sinov muddatining ahamiyatini tushuntirishi va bu muddat tugagunga qadar yangi jinoyat sodir etganida, jamoat tartibini yoki mehnat intizomini buzganida kelib chiqadigan oqibatlar to‘g‘risida uni ogohlantirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartli hukm qilishda hukm bo‘yicha belgilangan sinov muddatini qisqartirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining 541-moddasiga muvofiq hal etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JARIMANI QO‘LLASh BO‘YIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Sudlarga ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan jarima jazosini ko‘proq tatbiq etish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima jazosini tatbiq etishda uning miqdori shaxs tomonidan jinoyat sodir etilgan paytdagi eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlashi Jinoyat kodeksi 44-moddasida qayd etilgan huquqiy oqibatlarni yuzaga keltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAMOQNI QO‘LLASh BO‘YIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Qamoq jazosini tayinlashda sudlar ushbu jazoni belgilashni sudlanganning dastlabki tergov bosqichida qamoqqa saqlanganligi bilan asoslamasliklari yoki bog‘lamasliklari lozim. Ushbu jazo turi ozodlikdan mahrum qilish jazosi kabi sudlanganni qayta tarbiyalashga, uni jamiyatdan ajratmagan holda, erishish mumkin bo‘lmagan hollardagina qo‘llanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QONUNDA KO‘RSATILGANIDAN HAM ENGILROQ JAZO QO‘LLASh BO‘YIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Jinoyat kodeksining 57-moddasiga muvofiq qonunda nazarda tutilgan jazoning eng kam qismidan ham kamroq jazo tayinlash yoki boshqa yengilroq jazo turiga o‘tish faqat sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar mavjud bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi, masalan: ma’naviy ziyonni yo‘qligi yoki yetkazilgan mulkiy zararni to‘liq qoplanganligi, sudlanuvchini yoxud uning ota-onasini jiddiy kasalligi, ularning mehnatga yaroqsizligi, aybdorni oilada yagona boquvchi ekanligi, sudlanuvchining keksaligi, jabrlanuvchining jinoyatni sodir etilishga sababchi bo‘lgan g‘ayriqonuniy harakatlari va sh.o‘.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday jazo belgilash masalasi har safar muayyan ish mazmunidan, aybdorning sodir etilgan harakatidan keyingi o‘zini tutishdan, uning sodir qilingan jinoyatga munosabatidan kelib chiqqan holda hal etilishi lozim va bu haqdagi sud xulosasi hukmda asoslantirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda ko‘rsatilganidan ham yengilroq jazo tayinlash paytida hukmning qaror qismida tegishli modda /qism, band/ bo‘yicha Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, tayinlangan qat’iy jazo chorasini ko‘rsatish kifoya bo‘lib, uni qo‘llash sabablari hukmning bayonot-asoslantirish qismda ko‘rsatilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aybdor jinoyat qonunining turli moddalarida ko‘zda tutilgan bir necha jinoyat uchun sudlanayotgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 57-moddasi jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlanadigan jazodan keyin emas, balki alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aybdorning jinoiy harakati kvalifikatsiya qilinayotgan modda bo‘yicha qo‘shimcha jazo qo‘llash shart bo‘lsa, sud bunday jazoni faqat Jinoyat Kodeksining 57-moddasida belgilangan holatlar mavjud bo‘lgandagina va hukmda tegishli asoslar keltirib, qo‘llamasligi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud Jinoyat kodeksining 57-moddasiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga boshqa, yengilroq jazo tayinlasa, bu holat aybdorning harakati kvalifikatsiya qilinayotgan modda ko‘zda tutgan qo‘shimcha jazolarni qo‘llash imkoniyatini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QO‘ShIMChA JAZOLARNI QO‘LLASh BO‘YIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.1. Sudlar qo‘shimcha jazo tayinlash masalasiga alohida e’tibor berishlari zarur, binobarin, asosiy va qo‘shimcha jazolarni to‘g‘ri uyg‘unlashtirish orqaligina jazo tayinlashda odillik qoidasiga izchil amal qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat qonuni quyidagi hollarda noto‘g‘ri qo‘llanilgan hisoblanib, Jinoyat-protsessual kodeksining 484-moddasining 4-bandi va 488-moddasiga ko‘ra hukmning bekor bo‘lishiga sabab bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘lmagan taqdirda, tayinlanishi qonun bo‘yicha majburiy bo‘lgan qo‘shimcha jazoni qo‘llamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmda muayyan huquqdan mahrum qilish turidagi qo‘shimcha jazo muddatini ko‘rsatmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shimcha jazoni faqat jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(9.1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.3. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, muayyan jinoyat uchun qonunda ko‘rsatilganidan ham kamroq asosiy jazo belgilash yoki boshqa yengilroq asosiy jazo turiga o‘tish aybdorga nisbatan qo‘shimcha jazo tayinlash imkoniyatini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.4. Qo‘shimcha jazolar sudlanuvchi aybdor deb topilgan jinoyat qonuni moddasida belgilangan doirada tayinlanadi. Agar qonun moddasida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu jazo Jinoyat kodeksi umumiy qismi qoidalariga asosan qo‘llaniladi va u Jinoyat kodeksi 45-moddasida belgilangan doirada tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.5. Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq sodir etilgan jinoyat shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha xizmat burchini bajarish yoki ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, sud jinoyatning xususiyatini hisobga olib, sudlanuvchini u yoki bu mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish masalasini har safar muhokama qilishi shart. Bunday jazoni tayinlash paytida hukmning qaror qismida mansabning nomi yoki faoliyat turi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm chiqarilayotgan paytga kelib sudlanuvchining jinoyat sodir etish bilan bog‘liq bo‘lgan mansabni egallamayotganligi yoki faoliyat bilan shug‘ullanmayotganligi ushbu qo‘shimcha jazoni tayinlash uchun to‘siq bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.6. Jinoyat kodeksi maxsus qismining turli moddalarida ko‘zda tutilgan bir nechta jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga qo‘shimcha jazo asosiysi singari, dastavval har bir harakat uchun alohida-alohida, so‘ngra jinoyatlar jami uchun tayinlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyatlar jamiga kiruvchi ikki va undan ko‘p jinoyatlar uchun aynan bir turdagi qo‘shimcha jazo tayinlangan bo‘lsa, uning qat’iy miqdori ko‘proq qo‘shimcha jazo muddatini ko‘zda tutuvchi modda sanksiyasi doirasida ularni to‘la yoki qisman qo‘shish orqali, jinoyat qonuni moddasida muddat belgilanmagan yoki qo‘shimcha jazo Jinoyat kodeksi umumiy qismining qoidalari asosida qo‘llanilgan hollarda esa ushbu jazo turi uchun belgilangan eng ko‘p muddat doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.7. Agar sud muayyan huquqdan mahrum qilish turidagi qo‘shimcha jazo tayinlash chog‘ida mansab nomi yoki faoliyat turini hukmda aniq ko‘rsatmagan bo‘lsa, apellatsiya, kassatsiya (nazorat) bosqichi sudi, unga mahkumning ahvolini og‘irlashtirmagan holda aniqliklar kiritishga haqli. Bunday aniqliklar hukm chiqargan sud tomonidan ham Jinoyat-protsessual kodeksining 541-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda kiritilishi mumkin.
(9.7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq qo‘shimcha jazolar sud tomonidan to‘liq yoki qisman qo‘shilgan taqdirda, ularning umumiy muddati uch yildan oshmasligi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(9.8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9.9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9.10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.11 Mulk dastlabki tergov davrida Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi tartibida xatlanadi.
(9.11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.12. Sudlar xatlangan mulk haqiqatdan ham sudlanuvchiga tegishli ekanligini tekshirishlari, agar unga tegishli bo‘lmagan mulkning xatlanganligi haqida aniq ma’lumotlar mavjud bo‘lib, mulkka egalik to‘g‘risida nizo bo‘lmasa, uni ro‘yxatdan chiqarishi, xatlanganligini bekor qilish va qonuniy egasiga qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqarishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.13. Avtomobillar, mototsikllar va boshqa transport vositalari, agar ular mahkumga tegishli bo‘lib, ashyoviy dalil deb topilsa va ulardan qasddan sodir etilgan jinoyatda mahkum yoki uning sheriklari qurol sifatida foydalangan bo‘lsa, Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga muvofiq albatta musodara etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(9.13-bandning ikkinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi jazo tayinlash amaliyotini muttasil ravishda o‘rganishlari va umumlashtirishlari, bu boradagi qonunlarni qo‘llashda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va sud faoliyatining ijobiy tomonlarini doimo tahlil qilib borishlari, bu haqda sudyalarni xabardor qilishlari va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1994-yil 7-yanvardagi 3-sonli “Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi U. MINGBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi Y. TURSUNBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son