Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.04.2022 19.07.2002 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.04.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKAGA ISTE’MOL TOVARLARI NOQONUNIY OLIB KELINIShI VA SOTILIShINING OLDINI OLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 11-iyuldagi PF 3105-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-sentabrdagi 327-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 17-18-son, 138-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 06/18/5303/0579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bir oy muddatda O‘zbekistonning bojxona chegarasi orqali olib kelinadigan iste’mol tovarlari ro‘yxatini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, bunda texnologiya ehtiyojlari uchun tovarlar va yarim tayyor mahsulotlar istisno qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Savdo komplekslarida yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotilayotgan barcha import iste’mol tovarlariga ular tomonidan tovarlarning respublika hududiga olib kirilganligi faktini va ularning bojxona rasmiylashtiruvini, muvofiqlik sertifikatini, bojxona to‘lovlari hamda belgilangan soliqlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi kerak bo‘lgan tartibi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda import iste’mol tovarlari belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda import iste’mol tovarlarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishning amaldagi mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda iste’mol tovarlarini olib o‘tish va bojxonada rasmiylashtirishning belgilangan normalari va tartibi buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning mas’uliyati darajasi oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 14-son, 109-modda, 17-18-son, 138-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 06/18/5303/0579-son)