20.08.2002 yildagi 295-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LITSENZIYALASHNI BEKOR QILISH HAMDA ISTE’MOL TOVARLARINI OLIB KELISH VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ICHKI BOZORIDA SOTISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq va respublikaga iste’mol tovarlarini olib kelish va sotish tizimini yanada takomillashtirish, ichki iste’mol bozorida raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tayyor iste’mol tovarlarini import qiluvchi korxonalar va tashkilotlarga so‘mlarni erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilishning ustuvor huquqini beruvchi litsenziyalar berish mexanizmi bekor qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2002-yil 1-oktabrdan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xalq iste’mol tovarlari va dori-darmonlarni import qiluvchi korxonalar va tashkilotlar uchun birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olishga vakolatli banklarga har choraklik limitlar bekor qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-maydagi 127-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 253-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona chegarasi orqali iste’mol tovarlarini olib kelishda bojxona to‘lovlari va qonunchilikda belgilangan boshqa majburiy to‘lovlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kelinayotgan iste’mol tovarlariga muvofiqlik sertifikatini taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turg‘un savdo shoxobchalari orqali chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan soliqlarni to‘lash va naqd savdo tushumini har kuni banklarning kassalariga majburiy topshirish qoidalariga qat’iy rioya qilish kabi xalqaro amaliyotda umumiy qabul qilingan normalarga rioya etilgan taqdirda iste’mol tovarlarini respublikaga import qilish va ularni sotish huquqi berilsin.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, tijorat banklari savdo qiluvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishi va iste’mol tovarlarini sotishdan tushgan naqd savdo tushumi har kuni banklarning kassalariga to‘liq topshirilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida 2003-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovar yorliqlarida (etiketkalarida) O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tovarning xususiyatlari to‘g‘risidagi axborot va ularni qo‘llash, ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar mavjud bo‘lmagan erkin muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini olib kelish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zdavstandart” markazi O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarning ayrim turlarini markalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilinishi, iste’mol tovarlari bozorida raqobat munosabatlarining samarali ishlashi, narxlarning sun’iy ravishda oshirilishiga, nohalol raqobatga, eng avvalo, tovarlarning tayyorlanish joyi, iste’mol xususiyatlari va sifati yuzasidan iste’molchilarning chalg‘itilishiga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan nazoratni ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-maydagi 152-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 302-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2002-yil 20-sentabrgacha bo‘lgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan iste’mol tovarlari va dori-darmonlar importini tarif bilan va notarif boshqarish tizimini joriy etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import iste’mol tovarlari tender asosida olib kelinishini nazarda tutuvchi mexanizmni ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tijorat banklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2002-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimini yaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-iyuldagi 305-son qarorining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 15-16-son, 122-modda, 23-son, 188-modda; 2003-y., 1-2-son, 12-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 20-son, 253-modda, 23-son, 302-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)