Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.12.2016 11.09.1998 yildagi 21-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.12.2016
Hujjat 11.09.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JINOIY HARAKATLAR OQIBATIDA YETKAZILGAN MODDIY ZARARNI QOPLASh MASALASIGA DOIR SUD AMALIYOTI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni undirish turli shakllardagi mulkning daxlsizligini taʼminlashda, davlat hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu toifadagi ishlar sudlar tomonidan asosan qonuniy hal etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ayrim sudlar har doim ham fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrmaydilar, tergov organlari tomonidan mol-mulkni oʻz vaqtida xatlamaslik hollariga baʼzan tegishli munosabat bildirmaydilar, zararning miqdori va xususiyati toʻgʻrisidagi dalillarni toʻliq tekshirmaydilar, fuqaroviy daʼvolarni yetarli asoslarsiz koʻrmasdan qoldiradilar, jinoyat oqibatida qoʻlga kiritilgan mablagʻ evaziga zararni qoplash mumkinligi masalasini hamma vaqt ham muhokama etmaydilar, fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatilmagan hollarda yetkazilgan mulkiy zararni undirish masalasini oʻz tashabbuslari bilan hal qilmaydilar, birgalikda sodir etilgan harakatlar natijasida zarar yetkazgan shaxslarning solidar javobgarligi haqidagi qonun talablarining buzilishiga yoʻl qoʻymoqdalar. Zararni keltirib chiqaruvchi jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash ishlari yetarli darajada olib borilmayotir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi qonunlarga aniq va ogʻishmay amal qilinishi zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy harakat oqibatida moddiy zarar yetkazilgan har bir ish yuzasidan hukm chiqarishda sud fuqaroviy daʼvoni hal etishi, agar bunday daʼvo keltirilmagan boʻlsa, moddiy zararni undirish haqidagi qarorni oʻz tashabbusiga koʻra chiqarishi mumkinligi haqidagi masalani muhokama qilishi lozimdir. Sud muhokamasini qoldirmay turib daʼvo hajmini aniqlash imkoniyati boʻlmagan va zarar miqdori jinoyatning tavsifiga, sudlanuvchiga tayinlanadigan jazo miqdoriga hamda hukm chiqarishda yuzaga keladigan boshqa masalalarni hal etishga taʼsiri boʻlmagan alohida hollarda sud, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talabiga koʻra, fuqaroviy daʼvogarning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo miqdorini hal etish uchun talab keltirish huquqini eʼtirof etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat korxona, muassasa yoki tashkilotiga yetkazilgan zarar qoplanmagan hollarda sud fuqaroviy daʼvogarning daʼvodan voz kechish haqidagi arizasini qabul qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jinoyatdan, shuningdek, aqli noraso shaxsning jamoat uchun xavfli xatti-harakatidan zarar koʻrgan shaxs, shuningdek, yuridik shaxs hisoblanuvchi korxona, muassasa yoki tashkilotlar zararni qoplashni talab qilsalar, JPKning 56-moddasiga binoan, jinoyat ishida fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarning, shuningdek, muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun fuqaroviy daʼvo ularning qonuniy vakillari va prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etilishi yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida mol-mulki yoʻqolgan yoki shikastlangan shaxs vafot etgan taqdirda jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish va uni quvvatlash huquqiga marhumning merosxoʻrlari egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov davomida fuqaroviy daʼvo talabi keltirilmagan boʻlsa, sud zarar koʻrgan shaxsga yoki korxona, muassasa, tashkilotlarga ularning sudlanuvchiga yoki qonun talabiga koʻra zarar uchun moddiy javobgar hisoblanuvchi shaxslarga nisbatan fuqaroviy daʼvo keltirish huquqlarini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday daʼvo keltirilmagan taqdirda sud oʻz tashabbusi bilan jinoiy harakat natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasini muhokama qilib, bu majburiyatni mahkum zimmasiga yuklash haqida qaror chiqarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatmagan, shuningdek, daʼvosi koʻrmasdan qoldirilgan shaxslar uni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qoʻzgʻatishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiylari hamda JPKning 58-moddasiga binoan, fuqaroviy javobgar tariqasida ishga jalb etilgan korxona, muassasa va tashkilotlar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, jinoiy harakat natijasida yetkazilgan moddiy zarar uchun javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda mustaqil javobgar boʻladilar. Voyaga yetmaganning zararni qoplash uchun yetarli mol-mulki yoki boshqa daromad manbalari boʻlmagan hollarda yetkazilgan zarar yoki uning yetishmagan qismi bu shaxsning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan toʻlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota va onaning bola tarbiyasida teng huquq va majburiyatlari inobatga olingan holda sud qarori asosida voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash majburiyati ularning har ikkalasiga yuklatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash jarayonida sud fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatilgani va jinoiy harakat oqibatida yetkazilgan moddiy zararning undirilishini taʼminlovchi choralar koʻrilgani haqidagi masalalarni aniqlashi zarur. Agar surishtiruvchi yoki tergovchi fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrmagan boʻlsa, sud JPKning 290-moddasi talabiga binoan oʻz tashabbusi bilan bu choralarni koʻradi yoki tegishli organlar zimmasiga moddiy zararning qoplanishini taʼminlash choralarini koʻrish majburiyatini yuklaydi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdor shaxslarning mol-mulkini xatlash mulkiy zarar qoplanishini taʼminlashning muhim shakllaridan hisoblanadi. Ish materiallarida mol-mulk roʻyxatining yoʻqligi mulkiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi masalani koʻrmasdan qoldirishga asos boʻla olmaydi, chunki bunday mol-mulk hukm ijrosi jarayonida ham aniqlanishi mumkin. Shu bilan birga, sudlar xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan surishtiruv va tergov organlari tomonidan aybdor shaxslarning mol-mulkini xatlash chorasini koʻrmaganligi yoki oʻz vaqtida koʻrmaganligi toʻgʻrisidagi har bir holatga munosabat bildirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moddiy zarar sudlanuvchi va jinoyat ishining qismi alohida ish yurituvga ajratilgan shaxsning birgalikdagi jinoiy harakatlari natijasida yetkazilgan holatda sud zararni toʻla qoplash majburiyatini mahkum zimmasiga yuklaydi. Ishi alohida yurituvga ajratilgan shaxsga nisbatan keyinchalik ayblov hukmi chiqarilayotganda sud uning zimmasiga muqaddam sudlangan mahkum bilan birgalikda zararni (solidar) qoplash majburiyatini yuklatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar moddiy zarar sudlanuvchi va ishi unga nisbatan tugatilgan shaxsning birgalikdagi jinoiy harakatlari oqibatida yetkazilgan boʻlsa, sud zararni toʻla hajmda qoplash majburiyatini mahkumga yuklaydi va fuqaroviy daʼvogarga ishi harakatdan tugatilgan shaxsga nisbatan mahkum bilan birgalikda yetkazilgan zararni solidar tartibda undirish yuzasidan fuqarolik ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmida birgalikda yetkazilgan zararning jinoyat ishi unga nisbatan tugatilgan yoki alohida yurituvga ajratilgan shaxslardan undirilishi haqida koʻrsatilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jinoyat yoki ijtimoiy xavfli xatti-harakat yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyatga daxldor boʻlmaganligi, shuningdek, shaxsning harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilganligi sababli oqlov hukmi chiqarilayotganda sud JPKning 283-moddasi 2-qismi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997-yil 2-maydagi “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi 2-sonli qarorining 19-bandiga binoan fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya akti qoʻllanishi tufayli tergov organlari qarori yoki sud ajrimi bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxslarga nisbatan fuqaroviy daʼvo koʻrmay qoldirilganda manfaatdor shaxslarga fuqaroviy ishlarni yuritish tartibida daʼvo bilan sudga murojaat etish huquqlari tushuntirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida yuqorida koʻrsatilgan asoslarga binoan tugatilganda ham fuqaroviy daʼvoga nisbatan shunday oqibatlar yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqaroviy daʼvo masalasini hal etishda sud JPKning 467-moddasiga binoan ayblov hukmining tavsif qismida daʼvoni toʻla yoki qisman qanoatlantirish yoinki uni rad etish asoslarini, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning mohiyati va hajmini koʻrsatishi, shuningdek, zarar miqdorining tegishli hisoblarini keltirishi, fuqaroviy daʼvoni hal qilishda asoslanilgan qonunni koʻrsatib oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoning qanoatlantirilishi jinoiy ishni sudda koʻrish jarayonida rad etilgan taqdirda daʼvogar shu shaxsga va xuddi shu asoslar boʻyicha fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqidan mahrum boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvogarning daʼvo hajmini hal etish uchun fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo talabi bilan murojaat etish huquqini eʼtirof etgan sud oʻz hukmida koʻrsatilgan daʼvo talablari boʻyicha jinoyat ishtirokchilaridan aynan qaysilariga nisbatan moddiy javobgarlik majburiyati yuklatilishi lozimligi haqida koʻrsatib oʻtishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jinoyat obyekti boʻlgan mulk qiymatini aniqlashda uning egasi tomonidan xarid qilinishi holatlaridan, jinoyat sodir etilgan vaqtdagi davlat ulgurji narxidan, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozim. Mulk qiymatini aniqlash imkoniyati boʻlmaganda, u tegishli mutaxassislar jalb qilinib, ekspert xulosasiga koʻra belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy tajovuz oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlashda, mulkning moddiy zararni undirish haqida qaror chiqarilayotgan kundagi narxini inobatga olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Etkazilgan moddiy zararni qoplash masalasini hal qilishda sudlar jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar toʻliq hajmda qoplanishi lozimligi haqidagi FKning 985-moddasi talablaridan kelib chiqishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud maʼlum ish holatlarini, mahkumning ayb darajasini va mulkiy holatini hisobga olib, yetkazilgan zararning qoplanishi lozim boʻlgan miqdorini hukmda oʻz xulosasini asoslab, kamaytirishi mumkin. Zarar qasddan sodir etilgan jinoyat oqibatida yetkazilgan hollarda qoplanishi lozim boʻlgan zarar miqdorining kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Birgalikdagi jinoiy harakatlar natijasida zarar yetkazgan barcha shaxslar yetkazilgan moddiy zararni qoplashda solidar javobgar boʻladilar. FKning 1000-moddasiga binoan jabrlanuvchining arizasiga koʻra va uning manfaatlarini koʻzlab, agar bu tartib zarar qoplanishini taʼminlasa, sud birgalikda zarar yetkazgan shaxslar zimmasiga solidar emas, hissali javobgarlikni yuklatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu oʻrinda sudlar quyidagilarni nazarda tutishlari zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar bir necha shaxslar tomonidan sodir etilganda, ular birgalikdagi ishtiroki aniqlangan epizodlar boʻyicha jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplashda solidar javobgar hisoblanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir jinoiy ish boʻyicha sudlansalarda, lekin umumiy maqsad bilan bogʻliq boʻlmagan mustaqil jinoiy harakatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan, shuningdek, ulardan ayrimlari qasddan sodir etilgan, masalan, mulkni talon-toroj qilish jinoyati uchun, boshqalari esa sovuqqonlik jinoyati uchun sudlanganda, oxirgilarining harakatlari oldingilarining jinoyat sodir etishlariga qay darajada boʻlmasin sharoit yaratgan boʻlsalarda, ularga nisbatan solidar javobgarlik majburiyati yuklatilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona, muassasa, tashkilotga uning bir necha xodimi yoki bir xodimi va korxona bilan mehnat munosabatlarida boʻlmagan boshqa shaxslar aybi bilan zarar yetkazilib, bu zarar ularning birgalikdagi qasddan sodir etilgan jinoiy harakatlari natijasida yetkazilgani aniqlansa, sud ularning barchasiga solidar javobgarlik majburiyatini yuklashga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumning gʻayriqonuniy harakatlari uchun qonun talablariga koʻra moddiy javobgar hisoblanuvchi fuqaro yoki korxonalar jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplashda solidar emas, balki hissali javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha shaxslar tomonidan yetkazilgan zararni qoplash haqida qaror chiqarayotgan sud hukmning qaror qismida sudlanuvchilardan qaysi biriga solidar, qaysi biriga hissali javobgarlik majburiyati yuklanishini, shuningdek, zararni qoplash uchun qancha miqdorda va kimning foydasiga summa undirilishini koʻrsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Solidar moddiy javobgar boʻlgan mahkumlarga nisbatan chiqarilgan hukm ayrim shaxslarga nisbatan bekor qilinib, ish qayta sudlovga yuborilganda umumiy zararning barchasini qoplash majburiyati hukm oʻzgarishsiz qoldirilgan mahkumlar zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishi yangidan koʻrilganda bu shaxsga nisbatan ayblov hukmi chiqarilsa, uning zimmasiga ham ushbu jinoyat yuzasidan muqaddam sudlangan shaxslar bilan birgalikda zararni solidar qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararni undirish haqidagi daʼvolarni hal etishda sudlar amaldagi qonun talablariga, shuningdek, OʻzR Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 11-sonli qaroriga ogʻishmay amal qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jinoyat ishida maʼnaviy zararni undirish haqidagi fuqaroviy daʼvoni koʻrishda sud maʼnaviy zarar moddiy jihatdan qoplanishiga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyilishini yodda tutishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi vafot etgan taqdirda maʼnaviy zararni undirish huquqiga uning yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillari egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlar tomonidan yetkazilgan maʼnaviy zararni undirish masalasini hal etishda sud zarar yetkazgan shaxslardan har birining ayb darajasini inobatga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar maʼnaviy zarar jabrlanuvchining yetkazilgan maʼnaviy zararni qoplash huquqini nazarda tutuvchi qonun amalga kiritilguniga qadar yetkazilgan boʻlsa, fuqaroviy daʼvogarning bu haqdagi talabi qanoatlantirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlarni buzish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha tabiat obyektlariga yetkazilgan moddiy zararni qoplash qonun talablariga koʻra va OʻzR Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 36-sonli qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Faoliyati tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tugʻdiradigan davlat yoki mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar boshqa tashkilotlarga qarashli transport vositalarini boshqarayotgan shaxs tomonidan transport jinoyati sodir etilganda moddiy zararni qoplash masalasini hal qilayotgan sudlar yetkazilgan zararning bevosita jinoyat sodir etgan aybdor shaxsdan emas, balki ushbu tashkilotlardan undirilishi lozimligiga eʼtibor qaratishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga sudlar fuqaroviy daʼvogarlarga FKning 1001-moddasiga binoan umumiy asoslarda fuqaroviy ishlarini yuritish tartibida zarar yetkazilgan shaxsdan toʻlangan zarar miqdorini qayta talab qilish (regress) huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, muassasa, tashkilotlar oʻrtasidagi nizolar FPKning 31-moddasiga koʻra sudga taalluqli emasligini eʼtiborga olib, faoliyati tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tugʻdiruvchi manba boshqa korxonaga moddiy zarar yetkazgan hollarda FPKning 100-moddasi 1-bandiga muvofiq keltirilgan daʼvo talabi boʻyicha ish yuritishdan tugatilishi va manfaatdor taraflarga xoʻjalik sudida nizoni hal etish huquqlari tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishni apellatsiya kassatsiya yoki nazorat bosqichida koʻrayotgan sud hukmning moddiy zararni qoplash qismiga oʻzgartirish kiritishi mumkin, masalan, birinchi bosqich sudi tomonidan moddiy zarar yetkazish holatlari toʻgʻri va toʻliq aniqlangan boʻlib, ish boʻyicha qoʻshimcha dalillar toʻplash va tekshirish talab qilinmasa, lekin moddiy huquq meʼyorlarini qoʻllashda xatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat bosqich sudi undiriladigan zarar hajmini kamaytirishi yoki koʻpaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy zarar hajmini oʻzgartirish jinoyatning tavsifiga taʼsir qilishi mumkin boʻlsa yoki mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tarafga ayblov miqdorining hajmi oʻzgarishi aniqlanganda, agar bu asoslarga koʻra prokuror tomonidan protest yoki jabrlanuvchidan shikoyat keltirilgan boʻlsa, sud hukmi bekor qilinib, ish qoʻshimcha tergovga yoki yangidan koʻrish uchun sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jinoiy ishdan kelib chiquvchi fuqaroviy daʼvoni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida koʻrayotgan sud qoplanishi lozim boʻlgan zarar miqdorini jinoyat ishida mavjud dalillar, shuningdek, taraflar tomonidan qoʻshimcha taqdim qilingan va sud tashabbusi bilan toʻplangan dalillar asosida aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo ishini koʻrgan sud zarar hajmi oʻzgarishi natijasida hukm qayta koʻrib chiqilishi lozim degan xulosaga kelsa, tahlil qilingan dalillarga asoslanib daʼvo talabi boʻyicha hal qiluv qarori chiqarishi va jinoyat ishining nazorat tartibida tekshirib chiqilishi zarurligi toʻgʻrisida oʻz munosabatini bildirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. FKning 25-moddasi talabiga binoan fuqaro oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻziga qarashli barcha mol-mulki bilan javobgar boʻladi, qonunga muvofiq musodara qilinishi mumkin boʻlmagan mol-mulk bundan mustasnodir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Roʻyxatga olinib xatlangan mulkning oʻzlashtirilgani, boshqa shaxslarga oʻtkazilgani yoki yoʻq qilingani aniqlansa, sud ushbu mulk ishonib topshirilgan shaxsni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish masalasini hal qilishi lozim (JK ning 167-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish va uni koʻrib chiqishda davlat boji undirilmaydi va bunday daʼvolarga daʼvo muddati joriy qilinmaydi (JPK ning 276, 281-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha bir necha shaxslar aybli deb topilgan taqdirda, JPKning 320-moddasiga koʻra, sud xarajatlari mahkumlar zimmasiga ulardan birining ayb darajasi va mulkiy ahvoli inobatga olinib yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hukmning fuqaroviy daʼvo qismi FPK ning 377-moddasida belgilangan muddat ichida majburiy tartibda ijro etish uchun topshirilishi mumkin. Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddat hukm chiqargan sud yoki ijro qilinadigan joydagi sud tomonidan tiklanishi mumkin (FPK ning 379-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sudlar moddiy zarar yetkazish bilan bogʻliq jinoyatlarning sodir etilishiga sharoit yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash borasidagi ishlarni kuchaytirishlari zarur; har bir ish boʻyicha xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan ularni bartaraf qilish zarurligiga tegishli rahbar xodimlarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi qonunlarning sudlar tomonidan toʻgʻri va aniq qoʻllanishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar, ushbu masala yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borsinlar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish chorasini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu qarorning qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston SSR Oliy sudi Plenumining 1983-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston SSR sudlari tomonidan SSSR Oliy sudi Plenumining 1979-yil 23-martdagi “Jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash amaliyoti haqida”gi 7-sonli qarori (1984-yil 11-maydagi 3-sonli Plenum qarorida kiritilgan oʻzgartirishlar bilan) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-son