Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2014 02.05.1997 yildagi 2-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2014
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUD HUKMI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm odil sudlovning muhim hujjatidir. Shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinligiga rioya qilinishi, hukmning qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishiga bog‘liq. Qonunning barcha talablariga rioya qilingan holda chiqarilib qonuniy kuchga kirgan sudning hukmi bo‘lmay turib hech kim jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika sudlarining hukmlari asosan qonuniydir. Shuning bilan birga hukmlarni chiqarishda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlarining buzilish hollari uchrab turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hukmda yoritilgan xulosalari hamma vaqt ham yetarli darajada asoslantirilmaydi. Qator ishlar bo‘yicha hukmlar JPK 26 va 455-moddalarining talabiga zid holda dastlabki tergovda to‘plangan, lekin sud majlisida tekshirilmagan yoki o‘z tasdig‘ini topmagan dalillarga asoslantirilgan Konstitutsiya va jinoyat-protsessual qonun normalariga zid holda aybdorlikni asoslantirish uchun qonunni buzish yo‘li bilan olingan dalillarni keltirish hollari uchraydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ba’zan adolatli qaror qabul qilish, ayblov yoki oqlov hukmi chiqarish o‘rniga ishlar asossiz qo‘shimcha tergovga yuborilmoqda.
(muqqadimaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy jazo choralarini tayin etishda qonun buzilishlari ro‘y bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Sud hukmi davlat nomidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga muvofiq jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxs o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan holda oshkora sud muhokamasida qonuniy tartibda aniqlanmasdan turib aybdor hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlar hukm chiqarishda sudning hukmi qonuniy va adolatli bo‘lishi, faqat qonunga bo‘ysunuvchi, mustaqil sudyalar tomonidan chiqarilishi; sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi; odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda, taraflarning o‘zaro tortishuvi, dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirilishi asosida chiqarilishi va ish bo‘yicha haqiqiy holatni aniqlash to‘g‘risidagi jinoyat protsessining muhim tamoyillariga amal qilishga majburdirlar. Ushbu tamoyillarni buzishlik hukmni qonuniy emas deb topishga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlarning e’tibori JPK 22-moddasiga binoan ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mumkinligiga qaratilsin. Bunda JPK 26 va 455-moddalari talabiga binoan hukm faqat sud majlisida tekshirilgan va sud majlisi bayonnomasida o‘z aksini topgan dalillarga asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlanuvchi tomonidan tergovda yoki sudda aybini bo‘yniga olish holati u ish bo‘yicha to‘plangan hamda sudda tekshirilgan boshqa dalillar bilan xolisona tasdiqlangandagina ayblov hukmi chiqarishga asos bo‘la oladi. Bu talab ayblov hukmi taxminlarga asoslangan bo‘lishi mumkin emasligi va sudlanuvchining aybdorligi sud muhokamasi jarayonida isbotlangan taqdirdagina chiqarilishi lozimligi haqidagi JPK 463-moddasi mazmunidan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual kodeksining 117-moddasiga binoan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydilar, shuning uchun ham ular sudda ilgarigi ko‘rsatuvlaridan bosh tortganlarida, sud ularning ko‘rsatuvlariga, dastlabki tergov bosqichida qonunning qayd etilgan talablari ularga tushuntirilgan taqdirdagina, asoslanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ish bo‘yicha hukm ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kam-ko‘stlar to‘ldirilgandan keyingina chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchining aybdorligi yoki aybsizligi to‘g‘risidagi sudning xulosalariga zid bo‘lgan dalillar hukmda nima uchun ular ishonchsiz deb topilganligi va rad etilganligi sabablari asoslantirilgan holda ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmda sudlanuvchining jinoiy harakatlarini fosh qiladigan, oqlaydigan dalillarga asoslanganda, sud ularning mazmunini ochib tashlashi va tegishli baho berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta sudlanuvchilarga tegishli ish bo‘yicha yoki sudlanuvchi bir nechta jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanayotgan ish bo‘yicha, sud hukmda har bir sudlanganga nisbatan har bir ayblov bo‘yicha dalillar keltirishi va tekshirishi hamda xulosa qilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonunga zid ravishda olingan barcha dalillar yuridik kuchga ega bo‘lmasdan hukmga asos qilib olinishi mumkin emasligi sudlarga tushuntirilsin. Qonunga zid ravishda olingan dalillarga tergov olib borishning noqonuniy, ruhiy va jismoniy kuch ishlatish usullarini ko‘llab olingan dalillar, shuningdek jinoyat-protsessual qonun boshqa normalarining buzilishi (masalan, himoya huquqining buzilishi) natijasida olingan dalillar kiradi. Dalil qonunga zid ravishda olingan deb topilgan taqdirda, sud ishdagi dalillar yig‘indisidan uni chiqarish to‘g‘risidagi o‘zining qarorini, qonunning buzilishi nimadan iborat ekanligini ko‘rsatgan holda, asoslantirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalilni qonunga zid ravishda olingan deb baholashda sud dalilning haqqoniyligi va xolisligi to‘g‘risidagi har qanday shubha, agar uni bartaraf qilishning imkoni bo‘lmasa, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozimligidan kelib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda to‘plangan dalillarning yetarli emasligi, dalillar qonunga zid ravishda olinganligi sababli ular dalil sifatida tanilmaganligi yoki qo‘yilgan ayblovda sudlanuvchining aybdorligi to‘g‘risidagi shubhani bartaraf qilishning imkoni yo‘qligi haqidagi sudning asoslantirilgan xulosasi oqlov hukmi chiqarish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jinoyat-protsessual kodeksining 17-moddasi talabiga binoan sud insonning sha’ni va qadr qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, unga ma’naviy azob-uqubat yetkazadigan ma’lumotlarni, agarda bunday ma’lumotlar ishdagi dalillarga oid bo‘lmasa, hukmda ko‘rsatishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 467-moddasi mazmuniga ko‘ra sud hukmning tavsif qismida ushbu ishda muhokama qilinmayotgan shaxs (shaxslar)ning jinoyatdagi ishtirokini ko‘rsatishga haqli emas. Bunday hollarda hukmda sudlanuvchi tomonidan jinoyat boshqa shaxs (shaxslar) ishtirokida, uning ismi, familiyasi va shaxsiga oid boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilmasdan, sodir etilganligi qayd qilib o‘tilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu xildagi xatoga yo‘l qo‘yilib, u apellyatsiya, kassatsiya va nazorat bosqich sudlari tomonidan tuzatilmagan taqdirda, bundan keyin bunday jinoyat qatnashchisiga nisbatan ishni ko‘rayotgan sud birinchi hukmni aybdorlikni tasdiqlovchi dalil sifatida keltirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hukmning kirish, tavsif va qaror qismlarining mazmuni bo‘yicha qonun talablariga rioya qilish asosli sud qarori chiqarilishining muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual kodeksining 466-moddasiga binoan hukmning kirish qismida ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan sudlanuvchi xususidagi boshqa ma’lumotlar deb — xususan jazo tayinlashda, jazoni o‘tash turini aniqlashda, mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topishda inobatga olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar hisoblanishi lozimligi sudlarga tushuntirilsin. Bular qatorida sudlanuvchi salomatligining ahvoli to‘g‘risidagi (masalan, nogironlik), unda davlat mukofotlari, maxsus unvonlarning borligi haqidagi ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin. Shaxsning muqaddam sudlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan bo‘lsa, hukmning kirish qismida ko‘rsatilishi kerak. JKning 77-moddasiga muvofiq sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘ladi. Shuning uchun u hukmning kirish va tavsif qismlarida ko‘rsatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlar xoh ayblov, xoh oqlov hukmlari chiqarayotganlarida jinoiy hodisa yuz berganligi, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining borligi, uning ushbu jinoyatni sodir etilishida aybdorligi kabi va JPK 457-moddasida ko‘rsatilgan boshqa masalalarni hal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning bilan birga ayblov hukmining tavsif qismi mazmuni tartibga solingan JPK 467-moddasi talabiga ko‘ra, agar jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, hukmda jinoyatning har bir ishtirokchisi tomonidan aynan qanday jinoiy harakatlar sodir etilganligi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov hukmining tavsif qismida sudlanuvchining e’lon qilingan ayblovga munosabati yoritilishi, o‘zini himoya qilish uchun keltirgan vajlariga baho berilishi kerak. Sudlanuvchi tomonidan o‘zining surishtiruv va dastlabki tergovda bergan ko‘rsatuvlarini o‘zgartirgan taqdirda sud uning bu va boshqa ko‘rsatuvlarini batafsil tekshirishi va ularga ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar yig‘indisi bilan birgalikda baho berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchining ko‘rsatma berishdan bosh tortishi unga nisbatan jazo turini va miqdorini belgilashda javobgarligini og‘irlashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilayotganda, ushbu ish bo‘yicha chiqarilgan birinchi hukm tayinlangan jazo yengilligi yoki og‘irroq jinoyat to‘g‘risida qonunni qo‘llash zarurligi sababli bekor qilingan bo‘lsa, sud hukmning tavsif qismida sudlanuvchining aybini tasdiqlovchi dalillarni keltirmaydi, faqatgina JPK 414-moddasiga binoan jinoyatni tavsiflashga va jazo choralariga bog‘liq bo‘lgan o‘zining xulosalarini asoslantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jinoyatni Jinoyat kodeksining u yoki bu moddasi, uning qismi yoki bandi bilan tavsiflash bo‘yicha sudning asoslantirilgan xulosasi ayblov hukmining tavsif qismining muhim belgisi hisoblanadi. Bunda aybdorning harakatlari nima uchun aynan shu modda, qism, band bilan tavsiflanayotganligi aniq ko‘rsatilishi kerak. Sudlanuvchini jinoyatni baholovchi kategoriyalarga tegishli (masalan, jiddiy ziyon, og‘ir oqibatlar va b.q.)belgilarga qarab aybdor deb topganida, sud ushbu belgining jinoiy qilmishda bo‘lishligiga olib kelgan asoslarni ham keltirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual kodeksining 467-moddasiga binoan ayblovning o‘zgartirilishi sud tomonidan hukmning tavsif qismida asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud JPK 415-moddasiga binoan ayblovni o‘zgartirishga va sudlanuvchining harakatini qonunning boshqa moddasiga yoki qonun moddasining boshqa qismi, bandiga qayta tavsiflashga, shuningdek jinoyatning ayrim epizodlarini, agar sudlanuvchi qonunning yangi moddasi bilan tavsiflanayotgan harakatlari uning aybiga kirgan bo‘lib, e’lon qilingan ayblovga nisbatan faktik holatlari bilan jiddiy farq qilmagan va og‘irroq jinoyat belgilari bo‘lmagan taqdirdagina, sudlanuvchiga ayb e’lon qilinmagan qonun moddasi bilan tavsiflashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Og‘irroq ayblov deganda og‘irroq jazo chorasini ko‘zlovchi boshqa qonun normasi (qonun moddasining qismi va bandi) tatbiq etilishini, bu esa nafaqat asosiy, balki qo‘shimcha jazoga ham tegishli ekanligini sudlar e’tiborga olishlari kerak. Jinoyatning tavsifini og‘irroq jazo turini nazarda tutuvchi qonunga o‘zgartirishga olib keluvchi yoki sodir etilgan harakatning tavsifini o‘zgartirmasdan faktik ayblov miqdorini ko‘paytiruvchi, ayblanuvchiga qo‘yilmagan qo‘shimcha epizodlarni o‘z ichiga oluvchi ayblov ham og‘irroq ayblov hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblovning haqiqiy holatlari o‘zgartirilib, ya’ni ayblov ifodasi o‘zgarilib, unga ilgari e’lon qilingan jinoyatdan obyekti, ayb formasi va boshqa belgilari bilan farq qiluvchi boshqa qilmish yoki jinoyat qo‘shilganda ayblovning ilgari e’lon qilingan ayblovdan jiddiy farqlanishi tushunilmog‘i kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan kelib chiqib, masalan, sud aybdorning JK 97-moddasi 2-qismining bir bandidan ikkinchi bandiga, agarda bu qasddan odam o‘ldirish sabablarini hisobga olgan holda ayblov mazmunining buzilishiga olib kelsa, jinoyat ishini qayta tergovga yubormasdan turib o‘zgartirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. E’lon qilingan ayblovning (ayblov epizodlarining) qismi sudda o‘z tasdig‘ini topmagan taqdirda, ayblov hukmining tavsif qismida sudlanuvchining e’lon qilingan ayblov qismi bo‘yicha oqlanishining sabablari keltiriladi. Hukmning qaror qismida, sud shaxsni e’lon qilingan ayblov qismi (epizodlari) bo‘yicha oqlash to‘g‘risida qarorni qonunning aniq normalariga asoslangan holda chiqaradi. Jinoyatning tavsifini o‘zgartirishga olib kelmaydigan ayrim epizodlarning yoki ayrim og‘irlashtiruvchi holatlarga ko‘rsatmalarning, shuningdek, aybdorning shaxsini salbiy baholovchi ma’lumotlarning ayblovdan chiqarib tashlangani taqdirda, sud hukmning tavsif qismida ayblovning qismini asoslantirilmagan deb topish to‘g‘risida tegishli asoslar keltirgan holda xulosa qilishi kifoyadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan bir jinoyat, jinoyat qonunining bir necha moddalari bilan xato tavsiflanganda yoki bir necha sodir etilgan jinoyatlarini jinoyat qonunining og‘irroq jazoni taqozo qiluvchi birgina moddasi bilan tavsiflash o‘rniga asossiz ravishda jinoyat qonuni bir moddasining bir necha qismlari bilan tavsiflanganda, sud hukmning tavsif qismida sudlanuvchiga xato qo‘yilgan jinoyat qonunining moddasi (moddasi qismi)ni chiqarib tashlash to‘g‘risida ham tegishli asoslar keltirgan holda ko‘rsatib o‘tishi yetarlidir, hukmning qaror qismida takrorlashi shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudlarning e’tibori, hukm chiqarishda ularning jazo tayinlashning umumiy asoslari to‘g‘risidagi qonun talablariga og‘ishmay rioya qilish shartligiga, jinoyat qonunining asosiy tamoyillaridan biri insonparvarlik tamoyili ekanligiga va uning mazmuniga ko‘ra jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerakligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tamoyilga binoan jazolashdan ko‘zlangan maqsadga yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. Sudlar jazo tayinlashda, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatini, sodir etilgan qilmishning sabablarini, keltirilgan zararning miqdori va xususiyati, aybdorning shaxsi, uning javobgarligini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olishlari kerak. Bulardan kelib chiqib, sudlanuvchining javobgarligi darajasi xususiyatiga qanday holatlar ta’sir etganligi, shuningdek, uning shaxsini tavsiflovchi sud muhokamasida tasdiqlangan va JK 54-moddasiga binoan jazo tayinlashda sud tomonidan hisobga olingan boshqa holatlarni hukmda ko‘rsatib o‘tish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazo tayinlashning umumiy asoslari to‘g‘risidagi qonunni qo‘llayotib, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qaroridagi tushuntirishlarga amal qilishlari va hukmning tavsif qismida sud tomonidan u yoki bu jazoni tayinlash haqidagi xulosaga kelganlik asoslarini ko‘rsatishlari, shuningdek, ushbu jinoyat uchun jinoyat qonunida ko‘rsatilgan jazodan ham kamroq jazo tayinlash, qo‘shimcha jazoni tatbiq etish, harbiy hamda maxsus unvondan mahrum qilish asoslarini ko‘rsatishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining 56-moddasida sanab o‘tilgan jazoni og‘irlashtiradigan holatlar ro‘yxati qat’iy bo‘lib, kengaytirilgan talqinga yo‘l qo‘yilmaydi, jazoni yengillashtiruvchi holatlar esa sud tomonidan aniq ish holatlaridan kelib chiqib hukmning tavsif qismida asoslar keltirilgan holda kengaytirilishi mumkin. Jinoyatni tavsiflash belgilari, shuningdek, shaxsning sudlanganlik holatini qonunda ko‘rsatilgan tartibda tugallanishi yoki olib tashlanishi jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar sifatida keltirilmasligi kerak. Hukmda aybdorning birgina shaxsini inobatga olgan holda jazo tayinlanganligi to‘g‘risida qayd etish yetarli bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etilishi bir qator jinoyatlarning tavsiflash belgisi hisoblanadi va bu holat shaxs dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinayotganida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi lozim va keyinchalik bu sud hukmining tavsif qismida o‘z aksini topishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agarda Jinoyat kodeksi moddasi (moddalari)ning sanksiyasi majburiy qo‘shimcha jazoni ko‘zda tutgan bo‘lsa, sud tomonidan u faqat JKning 57-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha qo‘llanmasligi mumkin. Agarda qo‘shimcha jazo muqobil tarzda ko‘zda tutilgan bo‘lib, sud uni qo‘llashni rad qilish to‘g‘risida xulosaga kelgan bo‘lsa, hukmning tavsif qismida buni asoslantirishga majbur. Bu holat alkogolik va giyohvand deb topilgan aybdorlarga nisbatan sud tomonidan majburiy davolash chorasini qo‘llashni rad etgan holatlarga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmning tavsif qismida undirilishi lozim bo‘lgan moddiy zararni qoplash miqdori, da’voni qanoatlantirish yoki rad etish, aybdorni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risida ham asoslantirilgan xulosalar bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ayblov hukmining qaror qismida JPK 468-moddasiga binoan sudlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, Jinoyat kodeksining uni aybli deb e’tirof etishga asos bo‘lgan moddasi (moddaning qismi, bandi), sudlanuvchining o‘ta xavfli retsidivist deb topilganligi (basharti sud shunday qaror qabul qilgan bo‘lsa), sudlanuvchiga har bir jinoyat uchun tayinlangan jazo turi va me’yori, uzil-kesil tayinlangan o‘talishi lozim bo‘lgan jazo chorasi, ozodlikdan mahrum etish jazo turi qo‘llanilganda jazoni o‘tash lozim bo‘lgan tegishli tartibli koloniya turi; sudlanuvchi shartli ravishda hukm qilinganda, sinov muddati va mahkumning ustidan kuzatuv olib borish vazifasi yuklatilgan jamoa va shaxs; ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan vaqtni jazo muddati hisobiga kiritish to‘g‘risida qaror; hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasiga oid qaror; mahkumning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar, JPK 533-moddasi asoslari bo‘yicha hukmning ijrosini kechiktirish to‘g‘risidagi qaror yoritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari hukmning qaror qismida mahkumga nisbatan amnistiya aktini qo‘llashlik, qonunning tegishli normalariga binoan mahkumni jazodan ozod etish to‘g‘risidagi qaror ko‘rsatilmog‘i zarur. Ayrim jinoyatlar uchun qonun moddasida nazarda tutilgan jazoning eng kam qismidan ham kamroq jazo tayinlashda, hukmning qaror qismida ushbu jazo JKning tegishli moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan JK 57-moddasini qo‘llagan holda belgilanayotgani to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganga jazoni o‘tash koloniya turi jinoyatlar majmui bo‘yicha uzil-kesil jazo belgilangandan keyingina tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumning voyaga etmagan bolalari, qari ota-onalari, qaramog‘ida boshqa shaxslar bo‘lsa va ular qarovsiz hamda yordamsiz qolayotgan bo‘lsa, sud ayblov hukmi chiqarish bilan bir vaqtda JPK 476-moddasiga muvofiq ularni qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning, muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirish to‘g‘risida ajrim chiqarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual kodeksining 471-moddasiga ko‘ra ham ayblov, ham oqlov hukmining qaror qismida qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’vo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash to‘g‘risidagi qaror; ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar, protsessual chiqimlar, shuningdek, hukm ustidan apellyatsiya shikoyati berish hamda apellyatsiya protesti bildirish tartibi va muddati to‘g‘risida qaror bo‘lishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jinoyat kodeksining 70 va 71-moddalariga binoan ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit o‘zgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini ko‘rsatib, ijtimoiy xavfliligini yo‘qotdi deb e’tirof etilsa, yoki u qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan deb topilsa, sud hukmning tavsif qismida qabul qilingan qarorni aniq holatlarni keltirgan holda asoslantirishi, qaror qismida esa sudlanuvchini aybdor deb topishi va qonun talabiga ko‘ra unga jazo tayinlanmasligini ko‘rsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudlar oqlov hukmini chiqarishga olib keluvchi, jinoiy hodisaning yoki jinoyat tarkibining bo‘lmasligi, jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor emasligi to‘g‘risidagi asoslar ro‘yxati Jinoyat-protsessual kodeksining 464-moddasida to‘liq ko‘rsatilganligini e’tiborga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmi chiqarilayotganda uning tavsif qismida JPKning 469-moddasiga binoan sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari, sudlanuvchining aybsizligi to‘g‘risidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb da’vo qilishga asos bo‘lgan dalillarni sud nima uchun ishonchga sazovor emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun jinoiy hodisaning o‘zi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy da’voga oid qarorning asoslari bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmiga oqlanganning aybdor emasligiga shubha tug‘diruvchi iboralarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti Jinoyat kodeksining bir yoki bir necha moddalari (moddalar qismlari, bandlari) bilan tavsiflangan bir necha jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilganda, sud hukmning tavsif qismida har bir modda (moddaning qismi, bandi, ayblov epizodi) bo‘yicha oqlashning tegishli asoslarini ko‘rsatib, ayblovning asossiz ekanligi to‘g‘risida asoslar keltirilgan holda xulosani tuzishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmning qaror qismida JPK 470-moddasida sanab o‘tilgan barcha ko‘rsatmalar to‘lig‘icha yoritilishi lozim. Bundan tashqari oqlanganga qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortish oqibatida yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararlarni qoplash bo‘yicha uning huquqlari tushuntirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jinoiy hodisa yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyat sodir etilishiga daxldor bo‘lmaganligi sababli oqlov hukmi chiqarilayotganda sud fuqaroviy da’voni qanoatlantirishni rad qiladi. Sudlanuvchi sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi tufayli oqlov hukmi chiqarilganda, sud da’voning isbotlanish darajasi va hajmini e’tiborga olib, uni to‘liq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud qanoatlantirishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jinoyat-protsessual kodeksining 465-moddasiga muvofiq ish qaysi tilda ko‘rilgan bo‘lsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi. Hukmda noaniq iboralarni ishlatish, rasmiy hujjatlarda ishlatish qabul qilinmagan qisqartirish va so‘zlarni qo‘llashga, shuningdek, ishga oid bo‘lmagan holatlarni yoritish bilan hukmni ortiqcha to‘ldirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hollarda hukm oshkora e’lon qilinishini hisobga olgan holda, sud hukmni tuzayotgan vaqtda, qurol, giyoxvandlik vositalari va portlovchi moddalarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etish usullarini batafsil yoritish bilan birga fuqarolarning shaxsiy ma’naviy hayotiga putur yetkazuvchi iboralarni ishlatish mumkin emasligi tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmga kiritilgan barcha tuzatishlar hukm e’lon qilinishidan oldin izohlanishi va izohlar sudning barcha tarkibi bilan imzolanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1983-yil 8-avgustdagi “SSSR Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi to‘g‘risida”gi 1969-yil 30-iyundagi qarorining O‘zbekiston SSR sudlari tomonidan bajarilishining borishi haqida”gi 15-sonli qarori barcha o‘zgartirishlar bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son