Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.05.2018 25.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1910
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 25.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1910
Кучга кириш санаси
07.03.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.05.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAYYOR GOʻShT-SUT MAHSULOTLARINING SIFATI USTIDAN TIZIMLI KOMPLEKS NAZORAT OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 25-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1910]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2018-yil 19-maydagi 288-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1910-1, 19.05.2018-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1047-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tayyor goʻsht-sut mahsulotlarining sifati ustidan tizimli kompleks nazorat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-P-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 10-fevraldagi 1-P, 8-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyor goʻsht-sut mahsulotlarining sifati ustidan tizimli kompleks nazorat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda), “Standartlashtirish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 46-modda), “Metrologiya toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 48-modda), “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 50-modda), “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 59-modda), “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 239-modda), “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 8-modda), “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 212-modda) qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-sonli “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 34-modda) muvofiq, tayyor goʻsht-sut mahsulotlarining sifati, yaʼni oziq-ovqat mahsulotining isteʼmol xossalarini belgilab beradigan va uning odamlar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsizligini taʼminlaydigan mezonlar majmui hamda oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya normalari va qoidalariga mosligi ustidan tizimli kompleks nazorat oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan keyingi oʻrinlarda “Oʻzstandart” agentligi deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan nazoratning yagona prinsipini belgilaydi hamda tayyor goʻsht-sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va saqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tizimli kompleks nazorat, standartlar, oʻlchovlar yagonaligini taʼminlash va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati, sertifikatlangan mahsulot ustidan inspeksion nazoratni amalga oshirish, shuningdek statistik va boshqa maʼlumotning tahlilini (bundan keyingi oʻrinlarda nazorat deb yuritiladi) oʻtkazishda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Statistik va boshqa maʼlumotning tahlili (monitoring) “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etilgan, oʻzaro tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, boshqa manfaatdor tomonlarning ishtirokida “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Normativ hujjatlarning talablariga rioya qilmagan goʻsht-sut mahsulotini ishlab chiqaruvchilarga, nazorat davomida aniqlangan sifatsiz goʻsht-sut mahsulotlarini sotayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek isteʼmolchilarning eʼtirozlarini oʻrganish asosida qonun hujjatlariga muvofiq, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolati doirasida choralar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi oʻzining vakolati doirasida faoliyati goʻsht-sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Goʻsht-sut mahsulotlarining sifati ustidan nazorat oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish, saqlash va sotish bosqichida goʻsht-sut mahsulotlarining sifati ustidan tizimli kompleks nazorat “Sertifikatlashtirilgan mahsulotlar va xizmatlarni inspeksiya nazoratidan oʻtkazish qoidalari” (2005-yil 6-aprel, roʻyxat raqami 1464 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 106-modda) va “Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga gigiyenik sertifikati berish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2005-yil 28-noyabr, roʻyxat raqami 1525 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 360-modda), shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va ularning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nazoratni amalga oshirishda asosiy koʻriladigan masalalar quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik jarayonlarning mavjudligi, chorvachilik xomashyosini kompleks qayta ishlash uchun asboblarning oʻzlashtirilishi va ishlashi hamda tayyor goʻsht-sut mahsulotlarini ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻsht va goʻsht mahsulotlarining amaldagi ishlov berish jarayonlarini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor mahsulotni ishlab chiqarish, transportda tashish, saqlash jarayonida yoʻqotishlarni bartaraf etish maqsadida berilgan texnologik va himoya xususiyatlari bilan oʻramlarning yangi turlarini joriy etish hamda goʻsht-sut mahsulotlarining yaroqlilik muddatini ularning oziq-ovqat qiymatini saqlagan holda uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asboblar va texnologik jarayonlar, goʻsht va sut mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimini joriy etish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻsht-sut mahsulotini ishlab chiqarish va sotish jarayonida belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan normativ, texnik hujjatlar, texnologik yoʻriqnomalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sut mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqish (qatiqli, tvorogli mahsulotlar, qaymoqli pastalar, spredlar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq yaroqlilik muddatiga ega boʻlgan, yogʻli sut xomashyosidan (qaymoqlar, qaymoqli va pishloqbop yogʻ) sut yogʻini olish texnologiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transportda tashishning sanitariya-gigiyena shartlarini oʻz ichiga oladigan, goʻsht xomashyosining sifatini oshirish tizimini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
molni soʻyishdan oldingi tayyorgarlik va soʻyish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻsht-sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda oziq-ovqat qoʻshimchalarini ishlatishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish jarayoni va hayvon oqsili, oʻsimlik yogʻlari, mikronutriyentlarning (vitaminlar, mineral moddalar, politoʻyinmagan yogʻli kislotalarning) tanqisligini bartaraf etish hamda asosiy oziq-ovqat ingrediyentlari va energetik qiymatining saqlanishini taʼminlash maqsadida maxsus moʻljallangan goʻsht mahsulotlarining yangi turlarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning parhezli va davolash-profilaktika ozuqalari uchun goʻsht-oʻsimlik mahsulotlari, bolalar ozuqasi mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish jarayonlarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan, saqlanayotgan va sotilayotgan goʻsht-sut mahsulotlarining sifati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadoqlangan goʻsht-sut mahsuloti miqdorining muvofiqligi, shuningdek uning parametrlarini amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchiga sifatsiz, shuningdek tamgʻalanishi buzilgan yoki yaroqlilik muddati oʻtgan goʻsht-sut mahsulotini sotishning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilayotgan va chetdan olib kelinayotgan goʻsht-sut mahsulotlarining sifati masalalari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzlatish kameralari va tarasining sanitariya holatini hisobga olgan holda saqlashda namlik va harorat rejimi, tovarlarni yonma-yon saqlash tartibining buzilishi, omborxonalarda yaroqlilik muddati oʻtib ketgan mahsulotning mavjudligi, sanitariya-gigiyena xulosalari, gigiyena sertifikatlari, muvofiqlik sertifikatlari va ishlashga ruxsati boʻlgan ishchilarda tibbiy kitobchalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzlatish kameralarining sanitariya holati, ularda kerakli harorat rejimiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning adashishini oldini olish maqsadida amaldagi standartlar asosida goʻsht-sut mahsulotlari tamgʻasining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahsulot ishlab chiqarish, saqlash va sotish bosqichida nazorat natijalari boʻyicha oʻrnatilgan tartibda dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzstandart agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining mutaxassislari akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida oʻz vakolatlari doirasida goʻsht-sut mahsulotlarining sinovini oʻtkazadi va natijalari boʻyicha oʻrnatilgan shakldagi sinov bayonnomalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishlab chiqaruvchilar quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik liniyalar va asbob-uskunalarning standartlashtirishga oid normativ hujjatlar, texnologik yoʻriqnomalar, sanitariya qoidalari va meʼyorlari talablariga muvofiqligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalarining texnik jihozlanganligi texnologik talablarga muvofiqligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xomashyoni yoʻqotish meʼyorlari, tayyor mahsulotning chiqishi, mahsulotni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining parametrlari va tartiblarini hisobga olgan holda, texnologik jurnallarni yuritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻsht-sut sanoati korxonalari uchun standartlashtirish, sanitariya va veterinariya meʼyorlari va qoidalari boʻyicha meʼyoriy hujjatlarning talablariga rioya qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishlab chiqaruvchilar xomashyoning kirish nazoratini, tayyor goʻsht-sut mahsulotini chiqarish va texnologik jarayonlar bosqichida texnokimyoviy nazoratini oʻtkazish boʻyicha akkreditatsiya (attestatsiya) qilingan ishlab chiqarish laboratoriyalariga, laboratoriyasi boʻlmagan korxonalar esa sinovlarni oʻtkazishga akkreditatsiya (attestatsiya) qilingan laboratoriyalar bilan bitishuvlarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Nizomga rioya qilinishi ustidan nazoratni “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolatli shaxslari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatli shaxslarning xulosalari bilan rozi boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda ularning ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Goʻsht-sut mahsulotlarini nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlgan “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va ularning hududiy boʻlinmalari vakolatli shaxslarining harakatlari ustidan yuqori turuvchi mansabdor shaxs yoki bevosita sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 10-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi raisi v.b. S. RASULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 10-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 99-modda)