16.04.1993 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUDLAR TOMONIDAN MULKNI ROʻYXAT (AREST)DAN CHIQARISH HAQIDAGI ISHLARNI KOʻRISHDA QONUNCHILIKNING QOʻLLANISHI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvolarning koʻrilishi fuqarolar va davlat manfaatlarini, korxona, muassasa va tashkilotlarning mulkiy huquqlarini himoya qilishning muhim garovidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar bu turdagi ishlarni asosan amaldagi qonunlarga muvofiq ravishda toʻgʻri hal qilmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga sudlar faoliyatida dalillarni yuzaki tekshirish, yetarli asoslar boʻlmasada, er-xotinning yoki shaxsiy yordamchi xoʻjalik aʼzolarining birgalikdagi umumiy mulkka boʻlgan huquqlarini himoya qilish borasidagi daʼvolarni rad etish hollari mavjud. Qarzdorlarning mulkini asossiz ravishda roʻyxatdan chiqarish holatlari uchramoqda, bu esa oʻz navbatida undiruvchining huquqlari buzilishiga olib kelmoqda, jinoiy va boshqa huquqbuzarliklar tufayli yetkazilgan moddiy zararni undirishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkni roʻyxatga olish vaqtida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlariga sudlar har doim ham yetarli eʼtibor bermaydilar. Qator holatlarda shaxslar ularga saqlash uchun topshirilgan mulkni talon-toroj qilganliklari uchun javobgarlikka tortilmayaptilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va mazkur turdagi ishlarni sudlar tomonidan hal etishda qonunlarning toʻgʻri tatbiq qilinishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddimaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlar mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi nizolarni, daʼvoni taʼminlash maqsadida qarzdorning mulkni roʻyxatga olinganligidan, hal qiluv qarori yoki hukmni ijro etish maqsadida undirishning mulkka nisbatan qaratilganligidan yoxud notarius tomonidan meros mulkni qoʻriqlash chorasi sifatida uni roʻyxatga olganidan va qonunda koʻrsatilgan boshqa holatlarning mavjudligidan qatʼi nazar, daʼvo ishini yuritish tartibida koʻrib chiqadilar.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmidagi sudlanuvchiga tegishli mol-mulkni jinoyat quroli deb musodara qilinishi toʻgʻrisidagi koʻrsatmaning mavjudligi, ushbu mulkning boshqa shaxslarga tegishliligini yoki uni roʻyxatdan chiqarish haqidagi nizoni fuqarolik sudlov ish yuritishi tartibida koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori yoki hukmni ijro qilish uchun mulkning sotib yuborilganligi, ushbu mulkka nisbatan egalik huquqini belgilash toʻgʻrisidagi daʼvo arizani qabul qilishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 242-moddasiga asosan mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvolar mulk joylashgan joydagi sudning sudloviga tegishlidir. Agar shu ish boshqa sudda, xususan dalillarning koʻpi boʻlgan joydagi sudda tez va har tomonlama koʻrilishi mumkin deb topilsa, sud Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 146-moddasining 2-qismiga binoan ishni koʻrish uchun shu joydagi sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qarzdor (mahkum) mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqli emas. Sud ijrochisi tomonidan undirishga qaratish mumkin boʻlmagan mulk roʻyxatga olingan taqdirda, roʻyxatga olishlikni bekor qilish haqidagi qarzdor (mahkum)ning arizasi mazkur mulkni qarzdor yoki boshqa shaxslarga tegishliligidan qatʼi nazar sud tomonidan tegishli qonunlarda belgilangan tartibda koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni ijro etish jarayonida mulkning roʻyxatga olinishi bilan bogʻliq qarzdor (mahkum)da vujudga keladigan boshqa masalalar shu hukmni chiqargan sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 541, 542-moddalarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mulkni roʻyxatga olish bilan bogʻliq boʻlgan ish hal etilmagan boʻlsada, sud shu mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizani qabul qilishni rad etishga haqli emas. Bunday ishni boshqa ish hal etilmasdan oldin koʻrish mumkin emas deb topsa, u holda sud Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 92-moddasining 4-bandiga koʻra mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi daʼvo boʻyicha ish yuritishni toʻxtatadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo mulkdor tomonidan, shuningdek, qarzdorga tegishli boʻlmagan qonun yoki shartnomaga koʻra mulkni egallagan shaxs tomonidan ham qoʻzgʻatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor (mahkum)ning voyaga yetmagan farzandlarining mulkiy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar qarzdor boʻlmagan (sudlanmagan) otasi yoki onasi yoki vasiy (homiy) yoxud prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday daʼvolar boʻyicha mulki roʻyxatga olingan qarzdor, manfaatlari uchun mulk roʻyxatga olingan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, mulk jinoyat quroli sifatida roʻyxatga olingan boʻlsa, sudlangan shaxs va tegishli moliya boʻlimi vakili ishga javobgar sifatida jalb etilishlari sudlarga uqtirilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qarzdor (mahkum) ozodlikdan mahrum qilish joylarida boʻlsa, sudya ishni koʻrishga tayyorlash vaqtida unga ish koʻriladigan kun toʻgʻrisida xabar qilishi, daʼvo arizasining nusxasini yuborib, qoʻzgʻatilgan daʼvo yuzasidan uning fikrini aniqlashi lozim.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurib bitirilmagan uy-joyni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo uy-joyni qurishda ishtirok etgan qarzdorning turmush oʻrtogʻi, umumiy mulkni vujudga keltirish maqsadida qurilishda qatnashgan quruvchining oila aʼzolari va boshqa shaxslar tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Garovga qoʻyilgan mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi nizolar boʻyicha ishni sudda koʻrishga tayyorlashda yoki ishni koʻrish vaqtida mulkni garovga bergan shaxsni ishni koʻrishda uchinchi shaxs sifatida jalb etish masalasi hal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olingan mulkni kreditga sotgan savdo tashkilotlari davlat mablagʻlarini kreditga olib, uy-joy qurgan va shu uylarni imtiyozli shartlar asosida xodimlarga (jamoa aʼzolariga) sotgan korxonalar, tashkilotlar, davlat va jamoa xoʻjaliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar uchinchi shaxslar sifatida jalb qilinishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudya mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizani qabul qilgach, bu haqda ijro ishi yuritayotgan sud ijrochisini xabardor qiladi va ish mazmunan hal qilingunga qadar daʼvoni taʼminlash maqsadida nizoli mulkka nisbatan ijro harakatlarini toʻxtatish haqida ajrim chiqaradi hamda mazkur ajrim nusxasini Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy taʼminlash departamentining sud ijrochilari boʻlinmasiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvoning qoʻzgʻatilishi undiruvni qarzdorning ish haqi va boshqa turdagi daromadlarga qaratishga toʻsqinlik qilmaydi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qayd etilgan ishlar boʻyicha yozilgan daʼvo arizaga mulkni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning, hukmning, hal qiluv qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida roʻyxatga olingan boshqa qarorning nusxasi va daʼvo talablarini tasdiqlovchi hujjatlar (hadya, oldi-sotdi shartnomalari, vasiyatnoma, cheklar, shaxsiy hisob va boshqalar) ilova qilingan boʻlishi lozim.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar taqdim qilgan dalillar bilan cheklanmasdan, sudya ishni sud majlisiga tayyorlash vaqtida yoki ishni koʻrish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 57-moddasi tartibida dalillarni toʻplashda ularga yordam koʻrsatishi lozim. Zarur hollarda sud, jinoyat ishini chaqirib olib, undagi mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvoga tegishli boʻlgan dalillarga baho berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish kerakki, mulkning daʼvogarga tegishli ekanligi isbotlashning qonunda belgilangan muayyan tartibi asosida tasdiqlanishi lozim boʻlsa, (Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 56-moddasi) sud faqat isbotlashning yoʻl qoʻyilgan vositalarigagina eʼtibor berishi kerak. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi FKning 109, 311, 733, 832-moddalari talablariga xilof ravishda mulkning sotib olinishi holatlari guvohlarning koʻrsatuvlari bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar sudning hukmiga koʻra mulkning jinoiy yoʻl bilan topilgan mablagʻ hisobiga olinganligi aniqlansa, u holda jinoyat natijasida yetkazilgan zararni undirish er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkiga va fuqarolarning shaxsiy yordamchi xoʻjaligi hamda dehqon xoʻjaligi mulkiga qaratilishi mumkin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va jamiyat manfaatlariga zid ravishda qasddan sodir etilgan harakatlar natijasida mulkni egallash bilan bogʻliq holatlar Oʻzbekiston Respublikasi FKning 1023-moddasiga asoslangan daʼvo talablarini koʻrish jarayonida qabul qilingan sudning hal qiluv qarorida ham aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvoni koʻrish jarayonida uni jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan mablagʻ evaziga olinganligi holatini aniqlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar moliya idorasi yoki prokuror tomonidan mulkni davlat va jamiyat manfaatlariga zid ravishda qilingan harakatlar natijasida olingan deb topish va uni davlat foydasiga oʻtkazish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa, u holda sud tomonidan ushbu ish mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi daʼvo bilan birga qoʻshib koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Uchinchi shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan, sudning hukmiga koʻra jinoyat natijasida yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan mablagʻ evaziga olingan deb tanilgan mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvoni rad etish haqida hal qiluv qarori qabul qilish bilan bir vaqtning oʻzida sud shu turdagi bitimlarni ham haqiqiy emas deb topishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu haqda hukmda koʻrsatma boʻlmasa, sud mulkni sotib olish uchun mehnatsiz daromadlardan foydalanilganligini guvohlantiruvchi boshqa holatlarni tekshirish huquqiga ega. Shu maqsadda sud u yoki bu buyumning olinishi manbai haqidagi dalillarni sudga taqdim etishni talab qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvoni koʻrishda sud hukmi yoki.ajrimi bilan mol-mulk jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan mablagʻ evaziga olingan yoki jinoyat quroli deb topilgan-topilmaganligiga eʼtibor qaratishlari lozim. Sud hukmi yoki ajrimi bilan mulk jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mablagʻ evaziga olingan (JK 243-moddasi) yoki jinoyat quroli deb (JPK 211-moddasi 1-bandi) topilganligi yetkazilgan zarar qoplangan-qoplanmaganligidan qatʼi nazar daʼvoni rad etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sud ushbu mol-mulklarni roʻyxatdan chiqarish haqidagi daʼvoni rad etish bilan birga, manfaatdor .shaxslarga jinoyat natijasida yetkazilgan zararni aybdor shaxslardan undirish masalasida umumiy tartibda sudga murojaat qilish huquqini tushuntiradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 18-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jinoyat ishi mazmunan hal qilingunga qadar qarzdor vafot etishi munosabati bilan ish tugatilganda, sudlar mulkni roʻyxatdan chiqarish masalasini hal eta turib, bu mulkni kimlar tomonidan, qachon va qaysi mablagʻlar hisobiga olinganligini aniqlashi shart.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nizoli mulk gʻayriqonuniy yoki davlat zarariga qilingan harakatlar tufayli orttirilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi FKning 1023-moddasi tartibida bu mulk prokuror, manfaatdor tashkilot yoki shaxslarning daʼvosiga koʻra davlat daromadiga yoki yetkazilgan zararni undirish hisobiga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Er-xotindan birining unga birgalikdagi umumiy mulkdan tegishli hissasini roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvosini hal etishda sud Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23, 27-moddalariga asosan er-xotinning nikoh davomida orttirgan mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki ekanligini, ushbu mulk boʻlinganida ularning hissalari teng hisoblanishini eʼtiborga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud voyaga yetmagan bolalar manfaatlaridan va (yoki) er va xotindan birining eʼtiborga loyiq manfaatini hisobga olib, jumladan, agar er yoki xotinning umumiy mol-mulkini oila manfaatlariga zarar yetkazgan holda sarflagan boʻlsa, er va xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushlari tengligidan chekinishga haqlidir (Oila kodeksining 28-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning birgalikdagi umumiy mulkdagi hissasi, er-xotin tomonidan bu mulkning sotib olingan vaqtidan (jinoyatni sodir etishdan oldin yoki keyin) qatʼi nazar belgilanadi va yetkazilgan zarar hisobiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tashkilotidan er-xotindan birining nomiga kreditga sotib olingan mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi daʼvoni koʻrishda shuni nazarda tutmoq kerakki, bunday mulkka nisbatan egalik huquqi uning xaridorga berilgan vaqtidan boshlab vujudga keladi. Sud mulkning er-xotin tomonidan birgalikda olinganligini aniqlasa, unday mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻagan er yoki xotinning hissasini belgilaydi. Sud hissani belgilashda kreditning toʻlanmay qolgan qismini qoplash majburiyati daʼvogarga tegishliligini nazarda tutmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik kodeksining 224-moddasi talabiga koʻra, hukmning fuqaroviy daʼvoga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini taʼminlash uchun umumiy mol-mulk xatlanganda, umumiy mulkning ulushli mulkdori shu mulkni imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻladi. Ulushni imtiyozli sotib olish huquqini boshqa shaxsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligiga tegishli boʻlgan mulklarini roʻyxatdan chiqarish haqida daʼvo qoʻzgʻatilgan hollarda, sud mazkur xoʻjalikdagi oila aʼzolarining haqiqatdagi sonini, qaysi mulklar toʻlaligicha xoʻjalikka tegishliligini va qaysi biri xoʻjalik aʼzolarining shaxsan oʻziga tegishli ekanligini, yoʻq xoʻjalik aʼzosining yoki aʼzolikdan chiqib ketgan xoʻjalik aʼzosining umumiy mulkdagi boʻlgan hissasiga huquqini yoʻqotgan-yoʻqotmaganligini tekshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sud Oʻzbekiston Respublikasi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 3, 15 va 16-moddalarini qoʻllashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalikning qaysi turga taalluqli ekanligi hokimiyat tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanadi. Lekin bu sudni shu xoʻjalikda haqiqatda mavjud boʻlgan munosabatlarni aniqlash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning shaxsiy mulki qarzni toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, fuqarolarning shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligi umumiy mulkidagi uning hissasi sud tomonidan umumiy mulkdan amaldagi qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi va musodara qilinishi mumkin boʻlmagan mulklarni chiqarib tashlagandan soʻng aniqlanadi.
(13-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Er-xotinga tegishli mulkdagi hissa miqdorini aniqlashda, shuningdek qarzdorning shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligi umumiy mulkidagi yoxud boʻlinmas mulkidagi hissasini aniqlashda sud eskirish darajasini hisobga olgan holda hal qiluv qarori chiqarilgan kunda mulkning davlat yoki shirkat savdosidagi chakana narxidan, agar bu narxlar mavjud boʻlmasa, u holda shu joydagi umumiy bozor narxidan kelib chiqishi zarur. Agar ayrim turdagi mulklarni baholashda qiyinchiliklar tugʻilsa yoxud daʼvogar yoki javobgar roʻyxatga olingan mulkning bahosiga eʼtiroz bildirsa, u holda sud roʻyxatga olingan mulkning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun ekspertiza tayinlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi daʼvoni qanoatlantirgan taqdirda, sud hal qiluv qarorida aynan qaysi mulk daʼvogarga tegishli deb topilganini va shu sababli ham roʻyxatdan chiqarilayotganligini koʻrsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor bilan birgalikdagi umumiy egalik huquqida boʻlgan uy-joyning bir qismini roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini qabul qilishda, sud shu hal qiluv qarorida uy-joyning qancha hissasi roʻyxatdan chiqarilishi lozimligini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda daʼvogarga tegishli hissa boʻlinmas boʻlsa, u holda sud kompensatsiya (qoplash) tartibida unga roʻyxatga kiritilgan boshqa mulkni ajratib berishi mumkin. Mulkni bunday ajratish imkoni boʻlmagan taqdirda, sud umumiy mulkni boʻlish boʻyicha qonunda koʻzda tutilgan tartibni qoʻllab, boʻlinmas mulkni roʻyxatdan chiqarishi va daʼvogarga uning hissasidan tashqari chiqarilgan mulk qiymatiga teng hisobda pul kompensatsiyasi toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin. Aniq bir holatlarni hisobga olgan holda, sud tashkilot yoki fuqarolar manfaatlari uchun roʻyxatga olingan mulkni, bu tashkilot va fuqarolarga boʻlinmas mulk hissasiga teng summani daʼvogarga toʻlash majburiyatini yuklab, roʻyxatda qoldirishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Roʻyxatdan chiqarilishi lozim boʻlgan mulk sotib yuborilgan taqdirda, sud mavjud imkoniyatlarga asoslangan holda daʼvogarning roziligi bilan unga oʻsha turdagi, teng qiymatli mulkni olib berish, agarda buning imkoniyati boʻlmasa, unda mazkur mulkni sotishdan kelib tushgan pulni toʻlash haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunlarga muvofiq musodara qilingan mulklardan budjet daromadiga kelib tushgan mablagʻlarni fuqarolarga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi talablarga ham Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-moddasida koʻzda tutilgan 3 yillik umumiy daʼvo muddati tatbiq qilinadi. Daʼvo muddatining oʻtishi manfaatdor shaxsning oʻziga tegishli mulkning roʻyxatga olinganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sud ishni koʻrishda tegishli mansabdor shaxs tomonidan mulkni roʻyxatga olish vaqtida qonun talablariga amal qilingan yoki qilinmaganligiga, jumladan, roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi dalolatnomada boshqa mulk, yaʼni qarzdorning boshqa shaxslar bilan birgalikda egalik qilgan va roʻyxatga olinmagan mulkining koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmaganligiga hamda ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mulklar roʻyxatga olingan yoki olinmaganligiga ham eʼtibor berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mulk roʻyxatga olinganligi aniqlansa, daʼvogarning daʼvo talablaridan qatʼi nazar sud bu mulkni roʻyxatdan chiqaradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar roʻyxatga olingan mulk talon-toroj qilingan, sotib yuborilgan yoki saqlash uchun topshirilgan shaxslar tomonidan yashirib qoʻyilgan boʻlsa, sud bu shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqishi va manfaatlarini koʻzlab, mulkni roʻyxatga olingan tashkilot va fuqaroga yetkazilgan moddiy zararni undirish haqida daʼvo qoʻzgʻash huquqlarini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mulkni roʻyxatga olish va unga tegishni taqiqlash vaqtida yoʻlga qoʻyilgan xatoliklar aniqlangan taqdirda, sud aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yoʻl qoʻyilishini oldini olish maqsadida xususiy ajrim chiqarish masalasini muhokama qilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1978-yil 26-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan SSSR Oliy sudi Plenumining 5-son 1978-yil 31-martdagi “Mulkni arest (roʻyxat)dan chiqarish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllanishi” va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1987-yil 29-dekabrdagi “Mulkni arest (roʻyxat)dan chiqarish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 5-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son