1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 605-I-sonli “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Dehqon xo‘jaligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan xo‘jalikni mustaqil tarzda yurituvchi, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi bilan, shu jumladan o‘zi egalik qiladigan yer uchastkasidan foydalangan holda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi subyekt dehqon xo‘jaligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligi tadbirkorlik shakllaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xo‘jalik boshlig‘i, uning xotini (eri), farzandlari, asrandi bolalari, ota-onasi, boshqa qarindosh-urug‘lari, shuningdek mehnat qila olish yoshiga yetgan, birgalikda dehqon xo‘jaligi yuritayotgan, shu xo‘jalikdagi ish asosiy mehnat faoliyati joyi bo‘lgan o‘zga shaxslar dehqon xo‘jaligining a’zosi hisoblanadilar. Xo‘jalikda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan shaxslar dehqon xo‘jaligi a’zosi hisoblanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xo‘jalik boshlig‘i davlat, kooperativ, jamoat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va ayrim shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda dehqon xo‘jaligining manfaatlarini himoya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xo‘jalikning 18 yoshga to‘lgan, qishloq xo‘jaligida ish tajribasiga ega bo‘lgan yoki qishloq xo‘jalik mutaxassisligi bo‘lgan yoxud maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, ishga layoqatli, sog‘lom a’zolaridan biri dehqon xo‘jaligining boshlig‘i hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i ish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan yoki xo‘jalikda uzoq muddat bo‘lolmagan taqdirda o‘z vazifasini vaqtincha bajarib turish vakolatini shu jamoa a’zolaridan biriga, dehqon xo‘jaligini bir kishi yuritayotgan hollarda esa shartnoma asosida istalgan shaxsga berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dehqon xo‘jaligi mulkning boshqa shaklidagi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar bilan teng huquqli mustaqil ishlab chiqarish birligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yangi barpo etilayotgan dehqon xo‘jaliklari dastlab jamoa xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari tarkibida shartnoma asosida tashkil etilishi mumkin.
(1-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaliklari tuzish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, ularni qayta tashkil etish va tugatish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun bilan, “Yer to‘g‘risida”gi, “Mulkchilik to‘g‘risida”gi, “Ijara to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida dehqon xo‘jaliklarini tuzish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, ularni qayta tashkil etish va tugatish bilan bog‘liq munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Dehqon xo‘jaliklarini tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaliklari zaxira yerlarda, respublikaning maxsus fondidagi yerlarda, mehnat resurslari yetishmaydigan xo‘jaliklarda va yangi sug‘oriladigan yerlarda tuziladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining foyda bermaydigan yoki kam rentabelli yerlarida ham dehqon xo‘jaliklari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaliklari jamoa xo‘jaliklarining va o‘zga kooperativ xo‘jaliklarning yerlarida ushbu xo‘jaliklar a’zolari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan tuziladi.
(3-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ilmiy-tadqiqot muassasalari, o‘quv yurtlari va o‘zga qishloq xo‘jalik muassasalariga, qishloq hunar-texnika bilim yurtlari va umumta’lim maktablariga berilgan, shuningdek sanoat, transport va o‘zga korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarning yordamchi qishloq xo‘jaliklari uchun berilgan yerlarda va suv fondiga tegishli yerlarda dehqon xo‘jaliklari tuzilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xo‘jaligi uning a’zolarining tuman hokimiga yozma murojaatiga asosan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi va erga muntazam egalik qilish va yerdan foydalanish huquqi berilganligi xususidagi davlat hujjati berilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi. Dehqon xo‘jaligining ustavi tuman hokimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin dehqon xo‘jaligi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi, bank muassasalarida hisob-kitob schyotlari va o‘zga schyotlarni ochish, o‘z nomida muhrga ega bo‘lish, o‘zga korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar, ajnabiy firmalar va ayrim shaxslar bilan amaliy munosabatlarga kirishish huquqini qo‘lga kiritadi.
(3-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tegishli tuman hokimi vakolat bergan idora har bir dehqon xo‘jaligining ro‘yxat varaqasi yuritilishini tashkil etadi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari har bir dehqon xo‘jaligini xo‘jalik kitobida qayd etadi, bu kitobga dehqon xo‘jaligi tarkibi to‘g‘risidagi, xo‘jalikning boshlig‘i hamda xo‘jalik boshlig‘i vaqtincha yo‘q bo‘lgan hollarda uning vazifalarini bajarib turuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek xo‘jalikka ajratilgan yer uchastkasi xususidagi asosiy ma’lumotlar kiritiladi.
(3-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Dehqon xo‘jaliklarining faoliyatini uyg‘unlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijroiya hokimiyati idoralari tizimida tarmoq bo‘linmalari tuzilib, ular dehqon xo‘jaliklarining ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda dehqon xo‘jaliklarining faoliyatini uyg‘unlashtiradilar, fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish, investitsiya, taraqqiyot istiqbolini oldindan belgilash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BO‘LIM. YER AJRATISh. YERGA EGALIK QILISh, YERDAN VA SUVDAN FOYDALANISh
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Dehqon xo‘jaliklariga yer ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ayrim shaxslarga meros qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish, kamida 10 yil muddat bilan foydalanish uchun yoki ijaraga yer uchastkalari ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xo‘jaligi ishlab chiqarish maqsadida qo‘shimcha yer uchastkalarini ijaraga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkasining sahni har bir alohida holda mahalliy sharoitni (erning unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligi, suv berish usullari, jamoa xo‘jaligi yoki davlat xo‘jaligidagi mehnatga layoqatli har bir shaxs yer bilan o‘rtacha qay darajada ta’minlanganligi, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarini yuritish uchun, aholi punktlarini kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun qishloq xo‘jaligi maydonlariga bo‘lgan talabni va boshqa holatlarni), shuningdek dehqon xo‘jaligi qancha kishidan iborat ekanligini hisobga olgan holda tuman hokimi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer uchastkalari dehqon xo‘jaliklariga odatda sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘lgan va dala yo‘llari o‘tkazilgan yaxlit maydondan ajratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dehqon xo‘jaligi yuritish istagini bildirgan shaxslar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yer ajratib berish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etadilar. Arizada so‘ralayotgan yer maydoni qayerda joylashganligi, uning sahni, dehqon xo‘jaligining tarkibi ko‘rsatiladi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil etish dasturi taqdim etiladi.
(5-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yer ajratish to‘g‘risidagi arizani 15 kunlik muddat ichida qarab chiqadi va arizachining iltimosini qo‘llab-quvvatlagan taqdirda tuman hokimidan yer ajratishni so‘raydi, hokim ariza berilgan kundan boshlab uzog‘i bilan ikki oy muddat ichida dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Hokimning yer uchastkasi berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
(5-moddaning 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dehqon xo‘jaliklariga yer ajratish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlaridan, Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar va dehqon xo‘jaliklari uyushmasi, kasaba uyushmasi, qishloq va suv xo‘jaligi organlari vakillaridan iborat tarkibda tuman komissiyasi tuziladi.
(5-moddaning 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu hududda yashaydigan shaxslar yer maydoni olishda ustun huquqqa ega bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yerga doimiy egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati dehqon xo‘jaligining boshlig‘iga yer to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan hamda qishloq aholi punktida uy-joyi bo‘lgan shaxslarning uyga tutash tomorqasi — chek eri saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Dehqon xo‘jaligiga ajratilgan erning chegaralari natura holida yer tuzuvchi xizmatlar tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga belgilab qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dehqon xo‘jaligiga kirish yo‘llarini loyihalash va qurish ishlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, yerlarni melioratsiya ishlari esa yagona mavze tarkibida respublika budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladi. Dehqon xo‘jaligi hududidagi gidromelioratsiya inshootlarini ta’mirlash, tuzatish ishlari va ularning ta’minoti shu xo‘jalik hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Dehqon xo‘jaligining yerga egalik qilishi va yerdan foydalanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquq va vazifalari “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasi taqsimlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining sahni va uning chegaralari dehqon xo‘jaligi rahbarining roziligi bilangina o‘zgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yer uchastkasi tortib olingan yoki boshqa shaxsga, korxona yoxud tashkilotga berilgan taqdirda dehqon xo‘jaligi qonunlarga muvofiq ko‘rgan zararining va qilgan sarf-xarajatlarining o‘rnini qoplatib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqiga doir nizolar sud orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i vafot etgan taqdirda yoki mehnat qobiliyatini butunlay yo‘qotgan hollarda yer uchastkasiga egalik qilish yoxud yer uchastkasidan foydalanish huquqi xo‘jalik a’zolarining roziligi bilan ulardan biriga yoki qonunlarda belgilangan tartibda va shartlarda o‘zga shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatini to‘xtatgan hollarda unga ajratilgan yerga egalik qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi masala tuman hokimi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Yer haqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yerga egalik qilish va yerdan foydalanish pullidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer haqi yer solig‘i yoki ijara haqi tarzida, yer uchastkasining sifatiga, qayerda joylashganligiga va suv bilan ta’minlanganligiga qarab, uning kadastr bahosini hisobga olgan holda belgilanadigan hajmda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaliklariga soliq solish tartibi, ularning yer haqi to‘lovining stavkasi va eng kam hamda eng ko‘p miqdorlari davlat, jamoa va o‘zga korxonalar hamda xo‘jaliklardan undiriladigan darajaga teng bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligi ro‘yxatga olingan paytdan boshlab dastlabki ikki yil davomida undan yer solig‘i olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tegishli Kengashlari yer haqini undirishda boshqa imtiyozlar ham belgilashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Dehqon xo‘jaligida suvdan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaliklari uchun suv ishlatishning limitlari davlat, jamoa korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari hamda ayrim shaxslarga belgilangani kabi tuman hokimi vakolat bergan idoralar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligiga berilayotgan suvning sarflanishini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq va suv xo‘jaligi organlari bilan dehqon xo‘jaliklari o‘rtasidagi munosabatlarga doir nizolar sud tomonidan hal etiladi.
(8-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Jamoa xo‘jaliklari va o‘zga qishloq xo‘jaligi kooperativlari a’zolari tomonidan dehqon xo‘jaligini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamoa xo‘jaliklari va o‘zga qishloq xo‘jaligi kooperativlarining, xo‘jalik yoki kooperativ tarkibidan chiqib, mustaqil dehqon xo‘jaligi yuritish istagini bildirgan a’zolari kooperativ ustaviga muvofiq mol-mulk qiymatining va foydaning tegishli ulushini olishga haqlidirlar, bu ulush kooperativ a’zosining mehnat ishtirokini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamoa xo‘jaliklari va o‘zga qishloq xo‘jaligi kooperativlari jamoa xo‘jaligi yoki kooperativning dehqon xo‘jaligi tuzish istagida bo‘lgan a’zolariga mol-mulk qiymatining va foydaning tegishli ulushi hisobidan o‘zaro kelishuvga muvofiq jamoa xo‘jaligidan chiqayotganlarga asosiy va oborot mablag‘larini beradilar yoki ularni ijaraga topshiradilar yoxud dehqon xo‘jaligi banklardan kredit olayotganda kafil bo‘ladilar yoinki ijara haqi va ssudalardan foydalanganlik uchun foizlar to‘lash sarf-xarajatlarini ulush summasi doirasida qoplaydilar. Jamoa xo‘jaligidan va boshqa kooperativ tashkilotlardan chiqayotganlarga mol-mulk qiymatining yoki foydaning ulushini to‘lash muddati besh yildan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BO‘LIM. DEHQON XO‘JALIGINING MOL-MULKI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Dehqon xo‘jaligining mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaligi turar joylar, xo‘jalik binolari, tomorqadagi dov-daraxt va ekinlar, mahsuldor chorva, parranda, qishloq xo‘jaligi texnikasi, anjomlar, uskunalar, transport vositalari, pul mablag‘lari, shuningdek boshqa narsalarga mulk egasi bo‘lishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xo‘jaligining pul jamg‘armalarini hosil qilish manbalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xo‘jaligi a’zolarining pul va moddiy mablag‘laridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot realizatsiya qilishdan, ish bajarish, xizmat ko‘rsatishdan, shuningdek mehnat faoliyatining o‘zga turlaridan kelgan daromadlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlardan kelgan daromadlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan qilingan kapital ajratmalar va dotatsiyalardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, birlashmalar ,tashkilotlar va fuqarolarning xayriya va o‘zga badallari, ehsonlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda taqiqlanmagan o‘zga manbalardan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Dehqon xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaligining o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish huquqi davlat himoyasida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xo‘jaligining mol-mulki umumiy (paychilik yoki hamkorlikdagi) egalik asosida uning a’zolariga tegishli bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xo‘jalik a’zolari tomonidan o‘zaro kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dehqon xo‘jaligining a’zolari, basharti boshqa dehqon xo‘jaligini tuzish maqsadida uning tarkibidan chiqayotgan bo‘lsalar, u holda dehqon xo‘jaligidan chiqayotganlarida ulushlarini natura holida olishga haqlidirlar. Bunday paytda mulkdagi ulush natura holida shunday ajratiladiki, faoliyat ko‘rsatib kelayotgan dehqon xo‘jaligi ishlash uchun o‘ziga zarur bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish fondlaridan mahrum bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dehqon xo‘jaligi korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va ayrim shaxslardan mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish yoki vaqtincha foydalanib turish uchun olish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Dehqon xo‘jaligining mablag‘i va hisob-kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligi pul operatsiyalarini yuritish va pul mablag‘larini saqlash uchun bank bo‘linmalarida schyotlar ochish hamda bu mablag‘larni erkin tasarruf qilish huquqiga egadir. Dehqon xo‘jaligining hisob-kitob schyotidan mablag‘lar faqat xo‘jalikning roziligiga binoan yoki sud qaroriga ko‘ra chegirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob schyotidagi mablag‘lar naqd pulsiz tartibda ham, naqd pul berish yo‘li bilan ham ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BO‘LIM. DEHQON XO‘JALIGI FAOLIYATINING ASOSLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Dehqon xo‘jaligidagi mehnat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaligining faoliyati ko‘proq xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xo‘jaligidagi ishlarni bajarishga o‘zga shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligida mehnat qilish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda tasdiqlanadi.
(13-moddaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xo‘jaligidagi mehnat tartibini xo‘jalik boshlig‘i belgilaydi. Dehqon xo‘jaligi a’zolarining va mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyatini dehqon xo‘jaligi hisob qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar mehnatiga tomonlarning kelishuviga muvofiq pul bilan ham, natura bilan ham, ammo belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining roziligiga binoan dehqon xo‘jaligida shartnoma bo‘yicha ishlayotgan shaxs xo‘jalik mulkiga pul yoki o‘zga ulush kiritib, ana shu ulushga mutanosib tarzda xo‘jalik daromadini taqsimlashda ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i o‘z xo‘jaligining a’zolari uchun va mehnat shartnomasi tuzgan shaxslar uchun bexatar mehnat sharoitlarini yaratib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligining a’zolari, shuningdek xo‘jalikda mehnat shartnomasiga binoan ishlayotgan shaxslar qonunlarga muvofiq ijtimoiy sug‘urtalanishi va ijtimoiy jihatdan ta’minlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i tegishli kasaba uyushmasida va sug‘urta idoralarida sug‘urtalovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tadi va dehqon xo‘jaligining barcha a’zolari uchun hamda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar uchun davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga belgilangan tartibda badallar to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dehqon xo‘jaligida ishlangan vaqt ijtimoiy sug‘urta yuzasidan badallar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida umumiy va uzluksiz mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligi a’zolarining hamda mehnatlaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma tuzgan shaxslarning ish stajiga oid yozuv mehnat daftarchalariga xo‘jalik boshlig‘i tomonidan kiritiladi va Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-moddaning 6-bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha davlat nafaqalari tayinlash, pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonunlarda belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligining a’zolariga va mehnat shartnomasiga binoan ishlayotgan fuqarolarga tayinlangan pensiyalar, olayotgan maoshi (daromadi)ni hisobga olmagan holda, to‘laligicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dehqon xo‘jaligining a’zolariga ijtimoiy va madaniy xizmat ko‘rsatish xo‘jalikning o‘z mablag‘lari hisobiga hamda ijtimoiy iste’mol jamg‘armalari evaziga ta’minlanadi. Dehqon xo‘jaliklari a’zolarining umumiy foydalanishdagi ijtimoiy muassasalar xizmatlaridan jamoa xo‘jaligi va o‘zga qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishchilari, xizmatchilari va a’zolari bilan teng ravishda foydalanishlari ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dehqon xo‘jaligi bilan mehnat shartnomasi tuzgan shaxslar o‘rtasidagi mehnatga oid nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatining yo‘nalishini, ishlab chiqarish tarkibi va hajmlarini mustaqil tarzda belgilaydi. Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining amaldagi qonunlarda man etilmagan har qanday turi bilan shug‘ullanishga, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va realizatsiya qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga davlat, jamoat, kooperativ va o‘zga idoralar hamda tashkilotlarning aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, bu xo‘jaliklar tomonidan qonunlar buzilgan hollar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat, jamoat, kooperativ va o‘zga idoralarning qonunga xilof xatti-harakatlari natijasida, shuningdek bunday idoralar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning dehqon xo‘jaligi oldida qonunlarda ko‘zda tutilgan o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni qoplanmog‘i kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xo‘jaligi boshqa mulk egalari bilan teng shartlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Dehqon xo‘jaligi tomonidan mahsulotlarni realizatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zi yetishtirgan mahsulotni tasarruf etishdan, shu jumladan uni o‘z ixtiyoriga ko‘ra iste’molchilarga sotishdan iborat mutlaq huquq dehqon xo‘jaligiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligi mahsulot sifatiga doir amaldagi normativlar va standartlarga, qonunlarda belgilangan ekologik, sanitariya hamda o‘zga me’yorlar va qoidalarga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xo‘jaligi o‘zi yetishtirgan mahsulotga mustaqil tarzda narx qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xo‘jaligi o‘zi yetishtirgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun davlat, kooperativ korxonalari, birlashmalari, tashkilotlari va muassasalari bilan ixtiyoriylik asosida xo‘jalik shartnomalarini tuzishga haqlidir. Shartnomaga rioya qilmagan yoki uning talablari buzilgan taqdirda tomonlar amaldagi qonunlarda yoki shartnomada belgilangan tartibda mulkiy javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligi yetishtirgan mahsulotlarni eksportga jo‘natish, shuningdek xorijiy mijozlar bilan hisob-kitob qilish qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamg‘armalar va b.)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Dehqon xo‘jaliklarining hamkorlikdagi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaliklari mahsulot yetishtiruvchi, ularni xarid etuvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi, moddiy-texnika ta’minoti bilan, qurilish, texnika, suv xo‘jaligi, veterinariya, agroximiya xizmati ko‘rsatish, maslahat berish va xizmat ko‘rsatishning o‘zga shakllari bilan shug‘ullanuvchi kooperativlarga, jamiyatlarga, uyushmalarga, konsernlarga va boshqa birlashmalarga ixtiyoriylik asosida birlashishi yoki ular tarkibiga kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Dehqon xo‘jaligining moddiy-texnika ta’minoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaligi davlat hamda kooperativ korxonalari va tashkilotlaridan, birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda, aholidan o‘zi uchun zarur mol-mulk va ishlab chiqarish vositalari sotib olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xo‘jaliklari o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarining shartnomada aytilgan qismini davlatga (respublika fondiga) kelishuv asosidagi narxlarda sotsalar va davlat buyurtmalarini bajarsalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, yonilg‘i-moylash materiallari, yosh mollar va parranda bilan, zooveterinariya yordami, yem-xashak va boshqa resurslar bilan davlat korxonalari uchun belgilangan tartibda va narxlarda ta’minlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xo‘jaliklari ishlab chiqarish hamda ijtimoiy va maishiy yo‘nalishdagi obyektlar yo‘q hududda tuzilgan taqdirda mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari uning dastlabki qulayliklarini ta’minlab beradilar: yo‘llarni, elektr uzatkich tarmoqlarini qurish, suv ta’minoti, gazlashtirish, telefonlar o‘rnatish, radiolashtirish, yerlarni tekislash, yerlarni melioratsiyalash ishlarini markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan davlat kapital mablag‘lari va moliya resurslari hisobidan amalga oshiradilar. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, shuningdek ishlab chiqarish obyektlari va uy-joylarni tiklashda dehqon xo‘jaliklariga yordam ko‘rsatadilar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Dehqon xo‘jaligidan soliq olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq soliq to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari o‘z vakolatlari doirasida dehqon xo‘jaliklarini soliq to‘lashdan ozod etish yoki soliq miqdorini kamaytirish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xo‘jaligining daromadlari, xo‘jalik a’zolarining hamda xo‘jalikda shartnoma asosida ishlayotgan shaxslarning shaxsiy daromadlari daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (deklaratsiya)larda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Dehqon xo‘jaligining moliyaviy va kredit munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaligiga qarashli ishlab chiqarishga mo‘ljallangan obyektlar qurilishiga uzoq muddatli kreditlar berish, ishlab chiqarishning asosiy vositalarini sotib olish va xo‘jalikning joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlar berish kredit shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat, kooperativ va jamoat korxonalari, birlashmalari, tashkilotlari va muassasalari, ayrim shaxslar dehqon xo‘jaliklariga tuzilgan shartnomalarga muvofiq kreditlar berishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaliklari ularga xizmat ko‘rsatish uchun bank muassasalari tomonidan tuzilgan maxsus kredit fondidan imtiyozli shartlarda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlarni melioratsiyalashga, yo‘llar, ko‘priklar, gaz, elektr, issiqlik tarmoqlari, suv quvurlari, kommunal yo‘nalishdagi o‘zga obyektlar qurish ishlariga qaratiladigan budjet mablag‘lari ham dehqon xo‘jaliklarini pul bilan ta’minlashning manbai bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xo‘jaligi tuzilayotgan paytda, unga ssudalar va kreditlar berilayotganida mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘zga yuridik hamda jismoniy shaxslar, shuningdek o‘z mol-mulkini garovga qo‘yib dehqon xo‘jaliklarining o‘zi ham kafil bo‘lishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xo‘jaligi ixtiyoriylik asosida o‘ziga qarashli va ijaraga olgan ishlab chiqarish vositalarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlari (ko‘chatlari)ni, ko‘p yillik dov-daraxtlarni, tayyorlangan mahsulotni, xomashyoni, materiallarni nobud bo‘lishdan yoki shikastlanishdan sug‘urtalaydi va amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urta to‘lovlarini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining natijalarini hisob-kitob qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligi o‘z ishining natijalarini hisob-kitob qilib boradi hamda mahalliy statistika va moliya idoralariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Dehqon xo‘jaligining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligi o‘z majburiyatlariga mol-mulki bilan javob beradi, amaldagi qonunlarga binoan bu mol-mulki tortib olinishi mumkin. Davlat dehqon xo‘jaligining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, dehqon xo‘jaligi esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligining ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablarini buzishda aybdor bo‘lgan a’zolari belgilangan tartibda moddiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunlarga muvofiq dehqon xo‘jaligi mehnat vazifalarini ado etish chog‘ida xo‘jalik a’zolari va mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan shaxslar shikastlanish yoki salomatligiga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Dehqon xo‘jaligining mol-mulki va erini meros qoldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaligining mol-mulki O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunlari qoidalariga muvofiq meros qoldiriladi. Xo‘jalikda faoliyatini davom ettirayotgan merosxo‘rlar meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi uchun davlat poshlinasi to‘lashdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yer maydoni “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibga muvofiq meros qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BO‘LIM. DEHQON XO‘JALIGI FAOLIYATINING TO‘XTATILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining to‘xtatilish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligining faoliyati quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyatini davom ettirishni istaydigan xo‘jalikning birorta a’zosi, merosxo‘r yoki o‘zga shaxs qolmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydoniga egalik qilish va undan foydalanish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydoni berilgan muddat tugagan va yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tiklash imkoni bo‘lmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erdan o‘zga maqsadlarda foydalanilganda, yer maydonidan samarasiz foydalanilganda, kadastr bahosi me’yoridan muttasil past darajada mahsulot olingan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erlarning ekologik holati buzilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydoni belgilangan tartibda davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xo‘jaligi to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan deb e’lon qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer solig‘i yoki ijara haqi muntazam ravishda belgilangan muddatlarda to‘lanmayotgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti dehqon xo‘jaligi ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab bir yil davomida ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini boshlamagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xo‘jaliklarining faoliyatini tartibga solib turuvchi qonunlar bir necha bor yoki bir marta, lekin qo‘pol ravishda buzilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma talablarini buzganligi sababli ijara shartnomasi bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xo‘jaligi qaytadan tuzilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Dehqon xo‘jaligining faoliyatini to‘xtatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaligi faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror nohiya hokimi tomonidan ushbu Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan asoslarda qabul qilinadi.
(24-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon xo‘jaligining faoliyatini to‘xtatish bilan bog‘liq nizolar sud orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon xo‘jaligidan davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer maydonlarini olib qo‘yish — xo‘jalik ixtiyoriga ko‘ra, unga shu erga teng yer uchastkasi ajratilib, uning yer maydoni kimga berilayotgan bo‘lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot tomonidan olib qo‘yilayotganlarining o‘rniga yangi joyda uy-joy, ishlab chiqarish va o‘zga imoratlar qurib berilgach hamda yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda o‘rni to‘la hajmda to‘langach amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dehqon xo‘jaligining faoliyati to‘xtatilgan taqdirda uning mol-mulki xo‘jalikda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash uchun, budjet to‘lovlari to‘lash, banklarning ssudalarini qaytarish hamda o‘zga qarz berganlar bilan hisob-kitob qilish uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaligining faoliyati to‘xtatilishi bilanoq xo‘jalik a’zolarining egaligida bo‘lgan turar joy, tomorqa, shuningdek o‘zga mol-mulk ular ixtiyorida saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
654-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 403-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)