Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
SAYLOV TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARI TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 19-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda) 77-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi 414-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 34-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning toʻrtinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 14-modda ikkinchi qismining 41 va 9-bandlaridagi tegishincha “saylovchilar tashabbuskor guruhlarining” hamda “saylovchilar tashabbuskor guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 16-moddaning 4-bandidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 24-moddaning:
birinchi qismidagi “va bevosita fuqarolar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
5) 241-moddaning:
nomidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan almashtirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan maʼlumotnomani beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga roʻyxatga olinganlik guvohnomasini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning roʻyxati arizalar kelib tushish navbatiga qarab markaziy matbuotda eʼlon qilinadi”;
6) 242-moddaning:
ikkinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhi yigʻilishi tomonidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhi esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni, basharti mazkur nomzod u yoki bu siyosiy partiyaga mansub boʻlmasa, koʻrsatishga haqlidir. Nomzod faqat bitta saylovchilar tashabbuskor guruhidan oʻz nomzodi ovozga qoʻyilishiga rozilik berishi mumkin” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshisidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshisidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhi yigʻilishining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisidagi toʻrtinchi va beshinchi jumlalar chiqarib tashlansin;
oltinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhi ularning” degan soʻzlar “oʻzining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻninchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻn uchinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhidan ular koʻrsatgan nomzodni” degan soʻzlar “u koʻrsatgan nomzodni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakiliga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 25-moddaning toʻrtinchi qismidagi “yoki saylovchilar tashabbuskor guruhini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 26-moddaning birinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 28-moddaning:
ikkinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi 990-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 518-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 132-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata) (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) besh yil muddatga saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.
Qonunchilik palatasining bir yuz oʻttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Qonunchilik palatasining oʻn besh deputati Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylanadi”;
2) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasining bir yuz oʻttiz besh deputati fuqarolar tomonidan bevosita saylanadi”;
3) 6-moddaning:
toʻrtinchi—oltinchi qismlaridagi tegishincha “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan”, “saylovchilar tashabbuskor guruhlari”, “saylovchilar tashabbuskor guruhidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
yettinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “deputatlikka nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 7-moddaning birinchi qismidagi “bir yuz yigirmata” degan soʻzlar “bir yuz oʻttiz beshta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 11-moddaning 6-bandidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6) 13-moddaning 5 va 6-bandlari chiqarib tashlansin;
7) quyidagi mazmundagi 171-modda bilan toʻldirilsin:
“171-modda. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiya saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda oʻz aʼzolari orasidan vakolatli vakil tayinlashga haqli”;
8) 18-modda quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Shikoyat bergan shaxslar shikoyat koʻrib chiqilishida bevosita ishtirok etish huquqiga ega”;
9) 20-moddaning:
birinchi qismidagi “va bevosita fuqarolar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “olti oy” degan soʻzlar “toʻrt oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin, “kamida ellik ming” degan soʻzlar esa “kamida qirq ming” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “ellik ming” degan soʻzlar “qirq ming” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “yoki saylovchilar tashabbuskor guruhidan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodni roʻyxatga olishni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10) 21-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “olti oy” degan soʻzlar “toʻrt oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 22-moddaning uchinchi qismidagi “bir yuz yigirma” degan soʻzlar “bir yuz oʻttiz besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 23-modda chiqarib tashlansin;
13) 231-moddaning:
nomidagi “saylov komissiyalari” degan soʻzlar “Markaziy saylov komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlari taqdim etgan imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligi esa okrug saylov komissiyasi tomonidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish uchun ichki ishlar organlarining, adliya organlarining, shuningdek aholini hisobga olish bilan shugʻullanuvchi muassasalarning mutaxassislarini jalb etishi mumkin. Ularning xulosalari Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalaridagi imzolarni soxtalashtirilgan deb topishi uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirilishi jarayonida ishtirok etish huquqiga ega;
14) 24-modda:
birinchi xatboshisidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhi yigʻilishining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi “va saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
15) 25-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sodir etgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar”;
16) 26-moddaning:
birinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi “yoki saylovchilar tashabbuskor guruhini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
17) 27-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Saylovchilarning yigʻilishlari siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi. Saylovchilarning yigʻilishlari oʻtkaziladigan joy va vaqt, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi. Mahalliy hokimiyat organlari va jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlarga yigʻilishlar oʻtkazish uchun jihozlangan xonalar ajratishlari, ularga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishni tashkil etishda, zarur maʼlumot va axborot materiallarini olishda yordam koʻrsatishlari shart. Yigʻilishlar va uchrashuvlarning oʻtkaziladigan joyi hamda vaqti haqida saylovchilarga oldindan xabar qilinadi”;
uchinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
18) 28-moddaning birinchi qismidagi “besh” degan soʻz “oʻn” degan soʻz bilan almashtirilsin;
19) 31-moddaning:
birinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Siyosiy partiya faoliyatining tugatilganligi deputatlikka nomzodni shu partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi”;
20) 35-moddaning birinchi qismidagi “yoki saylovchilar tashabbuskor guruhi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
21) 42-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi—oʻninchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida koʻrib chiqiladi va saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi, boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnomada aks ettiriladi. Shundan keyin bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan oʻqib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning koʻchirma nusxasi uchastka saylov komissiyasi binosida hamma tanishib chiqishi uchun 48 soatdan kam boʻlmagan muddatga osib qoʻyiladi. Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi tegishli okrug saylov komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi bilan tanishish huquqiga ega”;
22) quyidagi mazmundagi 71-bob bilan toʻldirilsin:
“71-bob. Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga deputatlarni saylash tartibi
471-modda. Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash
Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasining oʻn besh deputati mazkur harakatning oliy organi (Konferensiyasi) tomonidan Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadi.
Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatish va ularni saylash tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga deputatlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ochiq hamda oshkora amalga oshiriladi.
472-modda. Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlari etib saylanadigan shaxslarga qoʻyiladigan talablar
Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlari etib saylanadigan shaxslarga ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida hamda 25-moddasida nazarda tutilgan talablar qoʻyiladi.
473-modda. Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar
Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organining vakili Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar roʻyxatini Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi. Roʻyxatga quyidagilar ilova qilinadi:
Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organining mazkur harakatdan Qonunchilik palatasiga deputatlar saylash toʻgʻrisidagi qarori;
Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organi majlisi bayonnomasidan koʻchirma, unda Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan har bir shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi koʻrsatiladi;
saylangan deputatning deputat etib roʻyxatga olingan taqdirda bajarib turgan ishidan (xizmatidan) boʻshash toʻgʻrisidagi arizasi.
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organining hujjatlarni taqdim etgan vakiliga ularning qabul qilib olingan sanasi va vaqti koʻrsatilgan maʼlumotnoma beradi.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi. Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari toʻgʻrisida Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organining vakiliga belgilangan tartibda maʼlum qiladi.
474-modda. Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlarining takroriy saylovi
Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga deputatlar saylovi oʻtmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan hollarda Oʻzbekiston ekologik harakatidan deputatlarning takroriy saylovi oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlarining takroriy saylovini oʻtkazish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
475-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga saylangan ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan yoki boshqa sabablarga koʻra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda yangi saylov oʻtkaziladi”;
23) 48-modda matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar, Oʻzbekiston ekologik harakati oliy organining tegishli qarori asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi va bu haqda deputatlarni xabardor etadi.
Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga toʻgʻri kelmaydigan vazifalarni oʻz zimmasidan soqit qilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilishi shart.
Deputat etib saylangan shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan shaxslar Markaziy saylov Komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega boʻladi”;
24) 65-moddadagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlarining aʼzolari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida”gi 350-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 60-modda) 5-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi bir yuz ellik deputatdan iborat”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Qonunchilik palatasining bir yuz oʻttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Qonunchilik palatasining oʻn besh deputati Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylanadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda) 131-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi 613-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 95-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “yoki saylovchilar tashabbuskor guruhining aʼzosi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 5-moddaning:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar yuzasidan saylov kompaniyasi boshlanganligini eʼlon qiladi”;
oʻn ikkinchi xatboshisidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi”;
oʻn toʻqqizinchi xatboshisidagi “va unga qarshi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi (quyi palata) bir yuz ellik deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz oʻttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Qonunchilik palatasining oʻn besh deputati Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylanadi”;
2) 23-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan deputatlar deputatlar guruhlarini tuzishga haqli”;
3) 251-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning:
toʻrtinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “siyosiy partiyalar yoki saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan deputatlar deputatlar guruhlarini tuzishga haqli”;
3) 91-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 22-moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-88-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 161-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 4-moddaning birinchi va uchinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi 818-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda) 4-moddasining ikkinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi 1050-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 125-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 9-10, 134-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 6-moddaning:
toʻrtinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oltinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 11-moddaning 5-bandidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 13-moddaning 11 va 12-bandlari chiqarib tashlansin;
4) quyidagi mazmundagi 171-modda bilan toʻldirilsin:
“171-modda. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiya saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda oʻz aʼzolari orasidan vakolatli vakil tayinlashga haqli”;
5) 18-modda quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Shikoyat bergan shaxslar shikoyat koʻrib chiqilishida bevosita ishtirok etish huquqiga ega”;
6) 20-moddaning:
birinchi qismidagi “bevosita fuqarolar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “shuningdek, bevosita fuqarolar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “olti oy” degan soʻzlar “toʻrt oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 21-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “olti oy” degan soʻzlar “toʻrt oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 221-modda chiqarib tashlansin;
9) 222-modda:
birinchi xatboshisidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhi yigʻilishining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi “va saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10) 23-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sodir etgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar”;
11) 24-moddaning:
birinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi “yoxud saylovchilar tashabbuskor guruhini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
12) 25-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Saylovchilarning yigʻilishlari siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi. Saylovchilarning yigʻilishlari oʻtkaziladigan joy va vaqt, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi. Mahalliy hokimiyat organlari va jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlarga yigʻilishlar oʻtkazish uchun jihozlangan xonalar ajratishlari, ularga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishni tashkil etishda, zarur maʼlumot va axborot materiallarini olishda yordam koʻrsatishlari shart”;
toʻrtinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
13) 28-moddaning:
birinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Siyosiy partiya faoliyatining tugatilganligi deputatlikka nomzodni shu partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi”;
14) 32-moddaning birinchi qismidagi “yoxud saylovchilar tashabbuskor guruhi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
15) 39-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi—oʻninchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida koʻrib chiqiladi va saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi, boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnomada aks ettiriladi. Shundan keyin bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan oʻqib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning koʻchirma nusxasi uchastka saylov komissiyasi binosida hamma tanishib chiqishi uchun 48 soatdan kam boʻlmagan muddatga osib qoʻyiladi. Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi tegishli okrug saylov komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi bilan tanishish huquqiga ega”;
16) 49-moddadagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlarining aʼzolari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi 704-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 8-modda) 9-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Deputat oʻz okrugi saylovchilari bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bogʻlab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar mazkur harakat bilan aloqa bogʻlab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini chaqirib olish toʻgʻrisida”gi 708-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 12-modda) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan toʻldirilsin:
“71-modda. Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatining chaqirib olinishi
Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish uning oliy organi tomonidan amalga oshiriladi”.
14-modda. Ushbu Qonun 2009-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-dekabr,
OʻRQ-194-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son; 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)