23.12.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1883
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA XORIJIY DAVLATLARNING BANKLARI VAKOLATXONALARINI AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-dekabrda 1883-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7, 9 va 17-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1996-yil 20-iyulda 241-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el banklari vakolatxonalarini ochish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va akkreditatsiyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (1999-yil 16-yanvar, ro‘yxat raqami 598) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26/6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 22-noyabrdagi 26/6-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatning banki (keyingi o‘rinlarda — Bank) xorijiy davlat hududida ro‘yxatga olingan va u joylashgan hamda ro‘yxatga olingan joydagi bank nazorati organi tomonidan berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatning banki vakolatxonasi (keyingi o‘rinlarda — Vakolatxona) — O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida uning akkreditatsiya qilinganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining sertifikatiga ega bo‘lgan, bank va boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqisiz Bank manfaatlarini ko‘zlab ish yuritadigan alohida Bank bo‘linmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonani akkreditatsiya qilish — xorijiy davlatning banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z Vakolatxonasini ochish va uning faoliyat olib borishi uchun ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya to‘g‘risida sertifikat (keyingi o‘rinlarda — Sertifikat) — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Vakolatxona akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi yozma hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatxona O‘zbekiston Respublikasi bank sohasidagi iqtisodiy vaziyatni va holatni o‘rganish maqsadida, maslahat berish, O‘zbekiston Respublikasida Bank manfaatlarini ifodalash, kredit tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun Bank tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Bank Vakolatxonasini ochish va akkreditatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasida Bankning Vakolatxonasini akkreditatsiya qilish masalasini Bank ariza taqdim etganda ko‘rib chiqadi. Bunda, Bank o‘zining davlatida kamida besh yil mobaynida faoliyat ko‘rsatayotgan, bank tizimida yaxshi obro‘-e’tiborga va mustahkam moliyaviy holatga ega bo‘lib, ushbu ma’lumotlar Bankni ro‘yxatdan o‘tkazgan davlatning bank nazorati organi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasida o‘z vakolatxonasini ochish istagini bildirgan Bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi nomiga, quyidagilar qayd etilgan holda ariza:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonani tashkil etish zaruriyati to‘g‘risidagi asos;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mo‘ljallanayotgan faoliyat dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning O‘zbekiston Respublikasi banklari bilan amaliy va boshqa turdagi aloqalar, Vakolatxona tomonidan bajarilishiga ko‘maklashishni ko‘zda tutadigan shartnoma va bitimlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikning rivojlanish istiqbollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank nomidan ishlarni olib borish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bankning O‘zbekiston Respublikasi hududida Vakolatxona ochish to‘g‘risidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Bank ustavi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Bankning ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki bank reyestridan ko‘chirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Bankni ro‘yxatga olgan mamlakat nazorat organining Vakolatxonani ochishga bergan roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Bankning yillik hisobotlari, jumladan, auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan, oxirgi uch moliya yili uchun yig‘ma balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Vakolatxona ochish yuzasidan muzokaralar olib boruvchi shaxsga Bankning vakolatli organi tomonidan berilgan ishonchnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Bankning boshqaruv organlari tuzilmasi to‘g‘risida axborot bilan birga Bank to‘g‘risida ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Bankning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan Vakolatxona to‘g‘risidagi nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Vakolatxona ofisi uchun binoni ijaraga olish to‘g‘risidagi shartnoma yoki bino egasining binoni ijaraga berishga tayyorligini tasdiqlovchi (ijara shartlari va muddatini ko‘rsatgan holda) kafolat xati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar notarial tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi bilan ikki nusxada taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Bank tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda yoki ularda noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu Bankka kamchiliklarni to‘liq ko‘rsatgan holda, xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat (imkoniyat) beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, arizani ko‘rib chiqish muddati xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida to‘xtatib turiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1883-2, 06.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2025-y., 10/25/1883-2/0417-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning ayrimlari Bank mamlakatining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Bank ta’sis etilgan mamlakatning vakolatli organining yoxud O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasining bu haqidagi tasdiqnomasini taqdim etadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatxonani akkreditatsiya qilganlik uchun to‘lovlar undirilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Offshor hududlarda ro‘yxatga olingan Banklarga O‘zbekiston Respublikasida Vakolatxona ochish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar o‘sha kunning o‘zida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va Bankka ariza qabul qilinganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron tasdiqnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda ariza navbatdagi ish kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Vakolatxonani akkreditatsiya qilish (akkreditatsiyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish) to‘g‘risidagi qarorni ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan vaqtdan boshlab bir oy muddat ichida qabul qiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1883-2, 06.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2025-y., 10/25/1883-2/0417-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Vakolatxonani akkreditatsiya qilishni yoki akkreditatsiyaning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qasddan qalbaki hujjatlar taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vakolatxona to‘g‘risidagi nizomning O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zidligi;
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga nomuvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatxonaga akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi sertifikat berilgan kundan boshlab, u akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Vakolatxonaga akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikat beriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida sertifikat berilganda O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini ro‘yxatga olish kitobida qayd etiladi hamda ushbu axborot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining veb-saytida e’lon qilinadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatxona akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikatni olgandan keyin qonunchilikda belgilangan muddatda, Vakolatxona joylashgan hududdagi soliq organlarida hisobda turishi va uning hisobga qo‘yilgani to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ma’lumotnoma taqdim etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatxona ko‘pi bilan 3 yil muddatga akkreditatsiya qilinadi. Akkreditatsiya qilish muddatini uzaytirish zarurati tug‘ilgan taqdirda, Vakolatxona O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga akkreditatsiyani amal qilish muddati tugashidan 1 oy oldin xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi hududida vakolatxonaga ega bo‘lgan Bank qayta tashkil etilganda, tugatilganda yoki nomi o‘zgarganda hamda Vakolatxonaning joylashgan manzili o‘zgargan taqdirda, Vakolatxona O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bu haqda ikki hafta muddatda ma’lum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish muddatini uzaytirish uchun Bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) akkreditatsiya qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida yozma ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bank tomonidan Vakolatxona boshlig‘iga berilgan vakolatlar hamda uning pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) ma’lumotlari to‘liq ko‘rsatilgan holda berilgan ishonchnoma (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ilgari berilgan ishonchnomaning muddati o‘tgan taqdirda);
(17-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) o‘z pochta manzilini yozma ravishda tasdiqlovchi hujjat (ijara shartnomasi nusxasini ilova qilgan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatxona rahbarini akkreditatsiya qilish uchun Bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli shaxs tomonidan imzolangan yozma ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatxona rahbarini akkreditatsiya qilish uchun berilgan arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Bank tomonidan tayinlangan shaxsning vakolati, huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan holda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan ikki nusxada shaxsiy varaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ikkita fotosurat (3x4 o‘lchamda);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) pasport (identifikatsiya ID-kartasi) nusxasi.
(19-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Markaziy bank tomonidan Vakolatxona rahbariga shaxsiy akkreditatsiya kartochkasini berish ariza berilgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vakolatxona boshlig‘ining akkreditatsiya muddatini uzaytirish zaruriyati tug‘ilgan taqdirda, Bank ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Vakolatxonaning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oldidagi hisoboti va faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatxona ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi talablariga va Vakolatxona to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vakolatxona o‘z faoliyatini tasdiqlangan Vakolatxona to‘g‘risidagi nizomda belgilangan vakolatlar doirasida uni tashkil qilgan Bank nomidan amalga oshiradi va u yuridik shaxs hisoblanmaydi hamda bank yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vakolatxona xarajatlari Bank tomonidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vakolatxona o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining rezident banklaridan birida bank hisobvarag‘ini ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatxona boshlig‘i Bankning ishonchnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan akkreditatsiya kartochkasi asosida faoliyat yurituvchi Vakolatxona rahbari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vakolatxona O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir yilda ikki marta o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi (joriy yilning 15-iyuligacha birinchi yarim yillik uchun, kelgusi yilning 15-yanvarigacha yillik).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Hisobotda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vakolatxonaning shaxsiy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bankning O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan asosiy loyihalari bo‘yicha muddati, hajmi va hamkorlari ko‘rsatilgan holda qisqacha tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki va tijorat banklari bilan hamkorliklari to‘g‘risida ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hisobot davrida Bank xodimlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari to‘g‘risida ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hamkorlik sohasidagi boshqa masalalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vakolatxona boshlig‘i xodimlar shtatining o‘zgarishi hamda Vakolatxona faoliyati bilan bog‘liq favqulodda hodisalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini o‘z vaqtida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vakolatxona O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini hamda chet el fuqarolarini ishga qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vakolatxona o‘z ehtiyojlarini qoplash yuzasidan hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vakolatxona Bank tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Vakolatxona faoliyatini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Quyidagi hollarda Vakolatxona faoliyati tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonani tashkil etgan Bankning vakolatli organi qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy ravishda xabar bergan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya muddati tugaganda, agar Bank bu muddatni uzaytirish to‘g‘risida iltimos bilan murojaat qilmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Quyidagi hollarda Vakolatxonadan Sertifikat qaytarib olinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat berilishida asos bo‘lgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank operatsiyalari va tasdiqlangan nizomda ko‘zda tutilmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank faoliyati tugatilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Vakolatxona faoliyati qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Vakolatxona faoliyati Bank qaroriga asosan tugatilgan taqdirda, Vakolatxona ikki hafta muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Vakolatxona tugatilishi to‘g‘risida Bank qarorining nusxasini va akkreditatsiya hujjatlarini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Vakolatxona faoliyati tugatilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini ro‘yxatga olish kitobidan chiqarilganligi to‘g‘risida Bankka va uning Vakolatxonasiga xabar beradi hamda ushbu axborotni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining veb-saytida e’lon qiladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-yanvardagi 31/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1883-1, 14.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risida Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

AKKREDITATSIYA TO‘G‘RISIDAGI SERTIFIKAT

1. Ushbu akkreditatsiya to‘g‘risidagi sertifikat __________________________

(bank nomi)‎

‎‎Vakolatxonasini ochilishi va faoliyat olib borishi uchun huquq berilganligini tasdiqlaydi.

‎2. Vakolatxona boshlig‘i vakolatlari __________________________________ bankning ishonchnomasi hamda Markaziy bank bergan akkreditatsiya guvohnomasi bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar bir yo‘la ko‘rsatilganda yuridik kuchga ega.

‎3. Vakolatxona O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 20___ yil ___ _______ da ___-son bilan akkreditatsiya qilingan.

‎4. Vakolatxona _____________________________________________ bank nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab, bank hamda boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqisiz vakillik vazifalarini bajaradi.

‎5. Sertifikat 20___ yil ___ _______ da berildi va 20___yil ___ _________ gacha (ko‘pi bilan uch yillik muddat ko‘rsatiladi) amal qiladi.

‎O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari ‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 535-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 14.01.2022-y., 10/22/1883-1/0025-son; 07.05.2025-y., 10/25/1883-2/0417-son)