OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Qarori
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI BOʻYIChA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 29-avgustda 1845-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2012-yil 26-noyabrdagi 69/1-q/q, 63-q/q, 33-q/q-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1845-3, 04.12.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va ularni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-929-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 165-sonli qaroriga asosan, qaror qilinadi:
1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-avgust,
39-son
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Z. SATTOROV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-avgust,
36/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-avgust,
01-275-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 25-avgustdagi 39, 36/QQ, 01-275-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2008-y., 31-32-son, 296-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2008-y., 31-32-son, 303-modda) asosan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilangan oʻrta maxsus, kasb- hunar taʼlimi muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalariga nisbatan mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq qoʻllaniladi.
II. Malaka tavsiflari mazmuni va qoʻllash tartibi
2. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
pedagog xodimning lavozimi boʻyicha majburiyatlari roʻyxatini;
tegishli lavozimni egallab turgan (egallashga nomzod) xodimning bilim koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablarni;
tegishli lavozimni egallash uchun zarur boʻlgan ish staji va taʼlim darajasiga qoʻyiladigan talablarni.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida koʻrsatilgan har bir lavozim boʻyicha ish mazmuni, hajmi va bajarish tartibi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi tomonidan Davlat taʼlim standartlariga, ish koʻrsatmalariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda belgilanadi.
3. U yoki bu lavozim (lavozimlar guruhi) yoki malaka toifasi uchun bir qancha tarif stavkalari belgilangan boʻlsa, nisbatan yuqori bazaviy tarif stavkasiga ega boʻlgan xodim nisbatan kichikroq lavozim yoki malaka toifasidagi xodimlar uchun nazarda tutilgan bilimlar, tajribalar va koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.
4. Xodimga lavozim (malaka toifasi) belgilash, berish oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berish tartibi asosida amalga oshiriladi.
5. Oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari xodimlarini lavozim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka toifasining hisobi, shuningdek ish toʻgʻrisidagi barcha hujjatlardagi yozuvlar ushbu malaka tavsiflaridagi lavozimlar va malaka toifalari nomlari bilan qatʼiy mos boʻlishi kerak.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini qoʻllash boʻyicha Yoʻriqnomaga
ILOVA
ILOVA
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI
§ 1. OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASASI DIREKTORI
Lavozim vazifalari:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarining bajarilishini taʼminlaydi;
b) taʼlim muassasasi faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, ilmiy va pedagogik kengashni boshqaradi, taʼlim sifatini yaxshilash, oʻquv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, rivojlantirish va mukammallashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
v) oʻquv-tarbiya jarayonining barcha bosqich va boʻlimlari faoliyatini tashkillashtiradi;
g) oʻquv jarayoniga Davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini kiritishni taʼminlaydi,ularni tatbiq etishning nazoratini amalga oshiradi;
d) Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi ustavi talablariga rioya qilishni taʼminlaydi;
e) davlat va jamoat tashkilotlarida oʻrnatilgan tartibda taʼlim muassasasi manfaatlarini himoya qiladi;
j) taʼlim muassasasining yillik va oylik ish rejalarini tasdiqlaydi hamda oʻqituvchilar yillik ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
z) oʻquvchilar tomonidan tizimli bilimlar olishni, ularga boʻlgan ehtiyojni rivojlantirishni, bazaviy oʻquv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni, ijodiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishni, mehnat koʻnikmalarini, tanlangan kasbga va atrof muhitga ongli munosabatni yuzaga keltirishni taʼminlaydi;
i) oʻquv jarayoniga mukammallashgan va samarali pedagogik texnologiyalar va taʼlim vositalarini kiritadi;
y) oʻz vakolati doirasida taʼlim muassasasining moliya xoʻjalik masalalarini hal etadi, budjet va budjetdan tashqari moliyaviy mablagʻlarni shakllantiradi va ulardan samarali foydalanishini taʼminlaydi, oʻquv jihozlari va boshqa oʻqitish vositalarining saqlanishini taʼminlaydi, taʼlim muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi;
k) pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlaydi, ularni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni amalga oshiradi, shtat jadvalini belgilangan xizmat doirasida tasdiqlaydi, pedagogik xodimlar attestatsiyasini tashkillashtiradi, xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
l) mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini taʼminlaydi;
m) taʼlim muassasasining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiyaga boshchilik qiladi, maxsus komissiya qarori asosida xodimlarga qoʻshimchalar, bir martalik mukofotlar va moddiy yordamni tayinlaydi;
n) oʻquvchilarning bilim sifatini davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini, oʻquv-tarbiya ishlarining samaradorligini taʼminlaydi va nazorat qiladi, pedagog xodimlarni ragʻbatlantirish uchun taʼlim standartlari talablari bajarilishini xolis hisobga olinishini tashkillashtiradi;
o) oʻqituvchilar faoliyati samaradorligi va sifatini baholash uchun oʻquvchilar oʻrtasida tanlanma testlarni tashkil etadi;
p) oʻquvchilarni taʼlim muassasasiga qabulini, kursdan kursga oʻtishini, ish yuritishning olib borilishini, oʻquvchilarga maʼlumot haqidagi hujjatlarning berilishini tashkil etadi;
r) umumtaʼlim maktablari 9-sinflari bitiruvchilari bilan faol kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini olib borishni tashkil qiladi;
s) oʻquvchilarni darslik va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlanishini tashkil etadi;
t) vasiylik kengashi, ota-onalar, mahalla qoʻmitasi, jamoat va homiy tashkilotlari bilan oʻquv-tarbiya ishlarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik ishlarini tashkil etadi, pedagog va boshqa xodimlar bilan shartnomalar tuzadi;
u) oʻquvchilarning oʻquv ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etadi, korxona, tashkilot va muassasalar bilan oʻquvchilarning oʻquv ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzadi;
f) oʻsmirlarning huquq va manfaatlarini himoyalash va muhofazalash boʻyicha talabnomalarga amal qilinishini taʼminlaydi, mehnatni muhofazalash va texnika xavfsizligi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib boradi;
x) kam taʼminlangan oila farzandlarini ijtimoiy himoyalash ishlarini tashkil etadi, yotoqxonaga ehtiyoji boʻlgan oʻquvchilarning yashashi va ovqatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi;
ts) taʼlim muassasasi bitiruvchilarini ishga joylashtirish (taqsimlash) ishlarini tashkil etadi, bitiruvchilarni ishga joylashtirish uchun talabnomalar portfelini shakllantiradi va bitiruvchilarning ishga joylashtirilishi monitoringini taʼminlaydi;
sh) mutaxassisliklar va kasbiy tayyorgarlik yoʻnalishlari kesimida kadrlarni tayyorlash rejalariga tegishli oʻzgartirishlar va tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar kiritadi;
e) oʻquvchilarni eng yaxshi milliy anʼanalar, urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalashni, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi asosida yuqori maʼnaviy axloqiy sifatlarni hosil qilish, oʻz vataniga va xalqiga sodiq fuqarolarni shakllantirishni boshqaradi;
yu) taʼlim muassasasi faoliyati haqida hisobotlar tayyorlaydi, buyruqlar chiqaradi, xodimlar uchun ijtimoiy-maishiy va malaka oshirish uchun sharoitlar yaratadi;
ya) xodimlarning majburiyatlari, vazifalarini belgilaydi va ulardan alohida oʻrnak koʻrsatganlarini mukofotlash va ragʻbatlantirish uchun tavsiya etadi, oʻz vakolati doirasida jazo choralarini qoʻllaydi;
oʻ) jamoa aʼzolari va oʻquvchilar kontingenti huquqlarini himoyalashga, hayoti va sogʻligʻini muhofazalashga gʻamxoʻrlik qiladi.
Bilishi zarur:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarini;
b) Davlat taʼlim standartlari talablari va mazmuni, jamoani samarali boshqarish usullari, xodimlarni, ularni oʻqitish va tarbiyalash sifati, standart talablarini qoʻllash natijalariga bogʻlangan holda moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishning tizimi va usullarini;
v) kadrlarni tanlash va joy joyiga qoʻyish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
g) pedagogikani, pedagogik psixologiyani, oʻsmirlar fiziologiyasini, taʼlim muassasasi faoliyatini tashkil etishning sanitariya-gigiyena talablarini, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalarini;
d) ilgʻor pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq qilish usullarini;
e) oʻquvchilar bilimini nazorat qilish usullarini;
j) taʼlim muassasasi va pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va mezonlarini;
z) yoshlarga oid qonun hujjatlarni.
Bajara olishi zarur:
a) taʼlim muassasasi va alohida olingan oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yoʻllarini belgilash;
b) taʼlim muassasasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va uni boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini hosil qilish va shartnomalar tuzish, nizomlar, qoidalar, lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish, ishchi yigʻilishlar, suhbatlarni olib borish;
v) hudud iqtisodiyotining kichik mutaxassis kadrlarga boʻlgan kelajakdagi ehtiyojlarini aniqlash va tahlil qilish;
g) pedagogik jamoada sogʻlom psixologik muhitni yaratish.
Malaka talablari:
Oldingi tahrirga qarang.
a) akademik litsey, kasb-hunar kollejining taʼlim yoʻnalishlaridan kamida bittasi boʻyicha yoki bilim sohasi boʻyicha, shuningdek taʼlim muassasasi joylashgan hududning kadrlar potensialini hisobga olgan holda, istisno tariqasida umumtaʼlim fanlari boʻyicha oliy maʼlumot (madaniyat, sport hamda tibbiyot sohasi bundan mustasno);
b) taʼlim tizimidagi (pedagogik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy faoliyati) ish staji 3 yildan kam emas, shu jumladan taʼlim tizimida kamida 1 yil boshqaruv lavozimlarida ish staji.
(1-paragraf “Malaka talablari” qismining “a” va “b” bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori(roʻyxat raqami1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Taʼlim muassasasi yoʻnalishi boʻyicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlganda rahbar lavozimlaridagi shaxslarga ish staji talab qilinmaydi.
§ 2. OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASASINING OʻQUV IShLARI BOʻYIChA DIREKTOR OʻRINBOSARI
Lavozim majburiyatlari:
a) oʻquv jarayonini tashkil qiladi, taʼlim standartlarida belgilangan oʻquv, tarbiyaviy reja va dasturlarning bajarilishini taʼminlaydi;
b) pedagogik kadrlarni tanlash va joylashtirishda qatnashadi, pedagogik jamoaning oʻquv-uslubiy ishlarini boshqaradi, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ustalarining ilgʻor tajribasini oʻrganish va umumlashtirishni tashkil qiladi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etadi. Pedagog xodimlarga metodik yordamni tashkil qiladi va amalga oshiradi, jamoa va alohida oʻqituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qiladi;
v) oʻqituvchilarning yillik, chorak va oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi. Oʻqituvchilarning tasdiqlangan ish rejalari asosida ish vaqtini hisoblaydi va bajarilishini nazorat qiladi. Dars jadvali, testlar, imtihonlar va boshqa oʻquv taqdimotlari grafigini ishlab chiqadi;
g) oʻquv jarayoni nazoratini tashkil qiladi, taʼlim standartlari talablarining bajarilishi, oʻquvchilarning xulqi va oʻzlashtirishining monitoringini amalga oshiradi, fakultativ darslar va fan toʻgaraklarini tashkil etadi;
d) oʻquv xonalarini koʻrgazmali va texnik oʻquv qurollari bilan, hamda axborot resurs markazlarni — kitoblar, jurnallar va boshqa axborot materiallari bilan taʼminlanishi va rasmiylashtirilishini boshqaradi;
e) fanlar boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordam tashkil etish, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish boʻyicha ishlarni olib boradi, oʻquvchilarning oʻquv yuklamalarini takomillashtiradi;
yo) guruh jurnallarining yuritilishi va saqlanishini taʼminlaydi, guruh rahbarlari faoliyatini boshqaradi oʻquv ishlarining holati va natijalari boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini tashkil qiladi;
j) pedagog xodimlar mehnatini muhofazalash talablari, sanitariya-gigiyena rejimi va texnika xavfsizligiga amal qilinishini taʼminlaydi;
z) jamoa aʼzolari va oʻquvchilar huquqlarini himoyalash, hayoti va sogʻligʻini muhofazalashga gʻamxoʻrlik qiladi;
i) direktor yoʻqligida uning lavozim majburiyatlarini amalga oshiradi;
l) doimiy ravishda oʻz malakasini oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunini, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, taʼlim toʻgʻrisidagi hukumat qarorlarini, taʼlimni rivojlantirish strategiyalarini, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazining taʼlim muassasasi faoliyati, uning yuritilishi va rivojlanishining iqtisodiy asoslarini tashkillashtirish va yaxshilash haqidagi buyruqlari, topshiriqlari, yoʻriqnoma va meʼyoriy hujjatlarini;
b) pedagogika fani va amaliyoti, boshqarish psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini. Oʻquv jarayonining amalga oshirilishi va rivojlanishining pedagogik va iqtisodiy asoslarini. Taʼlim standartlari talablari va mazmuni, jamoani boshqarishning samarali shakllari va usullari, hamda xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishni;
v) davlat taʼlim standartlari mazmunini;
g) ilgʻor pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish usullarini. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullari, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalarini;
d) oʻquvchilar bilimini nazorat qilish usullarini;
e) yoshlarga oid qonun hujjatlarini.
Bajara olishi lozim:
a) taʼlim muassasasi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yoʻllarini belgilash;
b) kasb-hunar kolleji(akademik litsey)ni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, taʼlim muassasasini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini hosil qilish, uslubiy tavsiyanomalar, oʻquv rejalar, dasturlar, qoidalar, lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish;
v) ishchi yigʻilishlar, suhbatlarni olib borish. Zamonaviy texnologiyalar asosida taʼlim muassasasi monitoringini tashkil etish, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim jarayoniga qoʻllash;
g) pedagogik jamoada sogʻlom psixologik iqlimni yaratish.
Malakaviy talablar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) akademik litsey, kasb-hunar kollejining taʼlim yoʻnalishlaridan kamida bittasi boʻyicha yoki umumtaʼlim fanlari boʻyicha oliy maʼlumot (madaniyat, sport hamda tibbiyot sohasi bundan mustasno);
b) taʼlim tizimidagi (pedagogik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 5 yildan kam emas.
(2-paragraf “Malakaviy talablari” qismining “a” va “b” bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
v) malakaviy daraja — katta oʻqituvchidan kam emas.
Oldingi tahrirga qarang.
§ 3. OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASASI DIREKTORINING MAʼNAVIY-MAʼRIFIY IShLAR BOʻYIChA OʻRINBOSARI
(3-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Lavozim vazifalari:
a) taʼlim muassasasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil qiladi. Taʼlim muassasasida tarbiyaviy ishlar boʻyicha yillik, oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, guruh rahbarlarining tarbiyaviy ishlar boʻyicha ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
b) milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslariga kiruvchi fanlar boʻyicha taʼlim standartlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, bu fanlarning oʻzlashtirilishi monitoringini olib boradi;
v) oʻquvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshiradi;
g) taʼlim muassasasining yotoqxonalarida oʻquvchilarning yashashiga muqobil sharoitlar yaratadi, ularni oʻrnatilgan tartib-qoidalarga amal qilishini tashkil etadi;
d) sport seksiyalari va qiziqishi boʻyicha toʻgaraklarning doimiy faoliyatini taʼminlaydi;
e) milliy urf-odatlar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlarimiz misolida oʻquvchilarning vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarini tashkillashtiradi va nazorat qiladi. Oʻquvchilar oʻrtasida darsdan tashqari, ommaviy-maʼrifiy ishlar va ekskursiyalarni tashkil etadi va uni muvofiqlashtiradi;
j) taʼlim muassasasida oʻquvchilarning maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi masalalarini echishga yoʻnaltirilgan targʻibot va tashviqot koʻrgazmali vositalari bilan jihozlashni tashkil etadi;
z) guruh rahbarlari uslubiy birlashmasining faoliyatini tashkil etadi, ilgʻor pedagogik tajribalar almashish jarayonini muvofiqlashtiradi, tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qiladi;
i) pedagog kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda qatnashadi, yuqori malakali ustozlarning ilgʻor pedagogik tajribalarini oʻrganadi, umumlashtiradi va tarqatadi;
k) umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilarini faol kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etishda qatnashadi;
l) tarbiyaviy ishlar boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordamni tashkil etish, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini va malakasini oshirish ishlarini olib boradi;
m) sanʼatkorlar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalar oʻtkazilishini tashkil qiladi;
n) guruh rahbarlarining tarbiyaviy faoliyatini boshqaradi, taʼlim muassasasida tarbiyaviy ishlarning holati va natijalari boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etadi;
o) huquq-tartibot va fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari bilan oʻquvchilar oʻrtasida huquqbuzarlikning oldini olish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi;
p) pedagog xodimlar mehnatini muhofaza qilish talablari, sanitariya-gigiyena rejim va texnika xavfsizligiga amal qilinishini taʼminlaydi;
r) jamoa aʼzolari va oʻquvchilar kontingenti huquqlarini himoyalash, hayoti va sogʻligʻini muhofazalashga gʻamxoʻrlik qiladi.
s) doimiy ravishda oʻz malakasini oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarini;
b) pedagogika fani va amaliyoti, boshqaruv psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlari, oʻquvchilarni vatanparvarlik, xalqimiz va vatanimiz — Oʻzbekiston Respublikasi tarixini hurmat qilish ruhida maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash usullarini;
v) taʼlim muassasasi faoliyati va rivojlanishining pedagogik va iqtisodiy asoslari, taʼlim standartlarining talablari va mazmuni, jamoani boshqarishning samarali shakllari va usullari, xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish usullari, ilgʻor pedagogik texnologiyalar va ularni qoʻllash usullarini;
g) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
d) oʻquvchilar bilimini nazorat qilish usullarini;
e) texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari, oʻsmir huquqlarini tartibga soluvchi qonunchilik aktlarini;
j) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Bajara olishi lozim:
a) taʼlim muassasasi va alohida olingan oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yoʻllarini belgilash. Taʼlim muassasasida tarbiyaviy ishlar va tarbiyaviy tadbirlarni ishlab chiqish, ishchi yigʻilishlarni, suhbatlarni olib borish.
b) zamonaviy texnologiyalar asosida taʼlim muassasasi monitoringini tashkil etish, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga qoʻllash;
v) pedagogik jamoada sogʻlom psixologik iqlimni yaratish.
Malaka talablari:
Oldingi tahrirga qarang.
a) ijtimoiy fanlar boʻyicha yoki pedagogik oliy maʼlumot;
b) taʼlim tizimidagi (pedagogik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 3 yildan kam emas.
(3-paragraf “Malaka talablari” qismining “a” va “b” bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-paragraf “Malaka talablari” qismining “v” bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.)bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
§ 4. OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASASINING IShLAB ChIQARISh TAʼLIMI BOʻYIChA DIREKTOR OʻRINBOSARI
Lavozim vazifalari:
a) ishlab chiqarish taʼlimi oʻquv jarayonini tashkil etadi, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi standartlarida koʻzda tutilgan oʻquv, tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini taʼminlaydi;
b) oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etadi;
v) ishlab chiqarish taʼlimi jarayonini boshqaradi, ustozlarning, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ilgʻor tajribalarini oʻrganish va umumlashtirishni tashkil qiladi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etadi;
g) pedagogik xodimlar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga uslubiy yordam tashkil qiladi, jamoa, ayrim oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik faoliyatini tahlil qiladi;
d) oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining yillik, chorak va oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi. Tasdiqlangan reja asosida oʻqituvchilarning ish vaqti hisobini yuritadi, dars jadvali, testlar sinovlari, imtihonlar grafigini ishlab chiqadi;
e) oʻquv jarayoni nazoratini tashkil qiladi, taʼlim standartlarining bajarilishi, oʻquvchilarning xulqi va oʻzlashtirishi monitoringini amalga oshiradi, fakultativ darslar va fan toʻgaraklarini tashkil etadi;
j) oʻquv xonalarini koʻrgazmali va texnik oʻquv qurollari bilan hamda axborot -resurs markazini kitoblar, jurnallar va boshqa axborot materiallari bilan taʼminlanishi va rasmiylashtirilishini boshqaradi;
z) oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etadi va nazorat qiladi;
i) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan bitiruvchilarni ishga joylashtirish va talabnomalar portfelini shakllantirish masalalarida hamkorlik qiladi;
k) taʼlim muassasasi bitiruvchilarini ishga taqsimlash va ishga joylashtirishda ishtirok etadi;
l) umumtaʼlim maktablari 9-sinf oʻquvchilarini faol kasbga yoʻnaltirish ishlarini amalga oshirish vazifalarini nazorat qiladi;
m) fanlar boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordam tashkil etish, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ustalarining kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish boʻyicha ishlarni olib boradi, oʻquvchilarning oʻquv yuklamalarini takomillashtiradi;
n) oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti holati va natijalari boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etadi;
o) pedagoglar, xodimlar va oʻquvchilar mehnatini muhofazalash talablari, sanitariya-gigiyena tartibi va texnika xavfsizligiga amal qilinishini taʼminlaydi;
p) doimiy ravishda oʻz malakasini oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarini;
b) pedagogika fani va amaliyoti, boshqarish psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini, oʻquv jarayonining amalga oshirilishi va rivojlanishining pedagogik va iqtisodiy asoslari, Davlat taʼlim standartlarining talablari va mazmuni, jamoani boshqarishning samarali shakllari va usullari, hamda xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishni;
v) ilgʻor pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish usullarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalarini;
g) oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriyalari mudirlari, ishlab chiqarish ustalari uchun malakaviy talablarni;
d) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Bajara olishi lozim:
a) taʼlim muassasasi, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ustalari faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yoʻllarini belgilash;
b) kasb-hunar kollejini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, taʼlim muassasasini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini hosil qilish, uslubiy tavsiyanomalar, oʻquv rejalari, dasturlar, qoidalar, lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish;
v) majlislar, suhbatlar oʻtkazish, zamonaviy texnologiyalar asosida taʼlim muassasasi monitoringini tashkil etish, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim jarayoniga qoʻllash;
g) pedagogik jamoada sogʻlom psixologik muhitni yaratish.
Malaka talablari:
Oldingi tahrirga qarang.
a) kasb-hunar kollejining bilim sohasiga oid maxsus fanlardan biri boʻyicha oliy maʼlumot;
b) pedagogik ish staji 3 yildan kam emas.
(4-paragraf “Malaka talablari” qismining “a” va “b” bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-paragraf “Malaka talablari” qismining “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.)bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
§ 5. OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASASI DIREKTORINING MAʼMURIY-XOʻJALIK IShLARI BOʻYIChA OʻRINBOSARI
Lavozim vazifalari:
a) umumtaʼlim va maxsus fan oʻquv xonalari, ishlab chiqarish taʼlimi ustaxonalari, laboratoriya va texnologik jihozlarni yoʻnalish boʻyicha ishlatiladigan texnologik loyiha meʼyorlariga muvofiq joylashtirishni tashkil etadi;
b) umumtaʼlim va maxsus fan oʻquv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriyalarni texnika xavfsizligi qoidalariga javob beradigan zamonaviy jihozlar, moslamalar bilan taʼminlanishini nazorat qiladi;
v) oʻqituvchilar, pedagog-muhandislar bilan texnika vositalari va boshqa jihozlardan toʻgʻri foydalanish va ularni saqlash ishlari boʻyicha tushuntirish olib boradi;
g) oʻquv ustaxonalaridagi mavjud texnika vositalari va jihozlardan toʻgʻri foydalanish qoidalariga rioya etilishi, mehnat, elektr va yongʻin xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablari, ishlash vaqti meʼyorlariga rioya etishni tashkil etadi va amalda bajarilishini nazorat qiladi;
d) texnik vositalar va jihozlarni texnik jihatdan soz yoki nosozligini nazorat qiladi hamda texnik koʻrik sinovi va taʼmirlash ishlarini taʼlim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda, pedagog-muhandislar bilan birgalikda, zarur hollarda shartnoma asosida boshqa tashkilotlar yordamida amalga oshiradi;
e) oʻquv ishlab chiqarish ustaxonalari, oʻquv-mashq poligonlari, oʻquv xoʻjaliklarida mavjud texnik vositalar, jihoz va dastgohlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanishni taʼminlaydi. Texnik vosita, jihoz va asbob-uskunalarning hisobini olib boradi va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini amalga oshiradi. Qoʻriqlash va yongʻindan xabar beruvchi qurilma (signalizatsiya)larni oʻrnatish ishlarini tashkil etadi;
j) oʻquv ustaxonalari, laboratoriyalar va oʻquv xonalaridagi elektr energiya, suv va gaz bilan ishlovchi qurilmalar hamda moslamalar ishini toʻgʻri tashkil etilishini nazorat qiladi;
z) moddiy javobgar shaxs boʻlib, olib kelingan, shu jumladan chet el investitsiyalari hisobidan olib kelingan jihozlar hisobini olib boradi. Direktor, direktor oʻrinbosarlari va boshqa moddiy javobgar shaxslar ishtirokida olingan jihozlar roʻyxatini yuk xati asosida tuzadi;
i) taʼlim muassasasining ekologik holatining saqlanishi, atrof-muhitning sanitariya-gigiyena talablari darajasida ekanligi ustidan nazorat oʻrnatadi;
k) qonun hujjatlari asosida moddiy boyliklarning butligini taʼminlash maqsadida har bir moddiy javobgar shaxs bilan oʻrnatilgan tartibda shartnoma tuzadi hamda tasdiqlash uchun direktorga taqdim etadi;
l) xoʻjalik xizmati ishchilariga rahbarlik qiladi, taʼlim muassasasi binolarini kapital va joriy taʼmirlanishini, tozaligini taʼminlaydi;
m) muntazam ravishda oʻz malakasi va kasbiy mahoratini oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarini, inson va bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyalarni, davlatning ichki va tashqi siyosatini, taʼlim va yoshlarga oid qonun hujjatlarini;
b) taʼlim va pedagogika fanining asosiy yoʻnalishlarini hamda milliy anʼanalar va urf-odatlarni rivojlantirish istiqbolini, mehnatni ilmiy tashkil etish va huquq asoslarini, sanitariya va gigiyena talablarini;
v) oʻquv xonalarini anjomlar bilan taʼminlash va jihozlash talablarini;
g) taʼlim uchun zarur boʻlgan jihoz, asbob-uskuna va vositalarini qabul qilish, saqlash va foydalanish tartib va qoidalarini;
d) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, yongʻindan saqlash qoidalarini.
Malaka talablari:
ixtisoslik yoki pedagogik yoʻnalish boʻyicha oliy maʼlumot.
§ 6. ChAQIRUVGAChA TAYYoRGARLIK RAHBARI*
Lavozim vazifalari:
a) oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining shonli anʼanalarini oʻrganishni tashkillashtiradi;
b) tasdiqlangan dasturlarga muvofiq ravishda oʻquvchilarni chaqiriqqacha, jumladan tibbiy tayyorgarligini amalga oshiradi;
v) oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazadi, oʻquvchilarning mashgʻulotlarga qatnashishi hisobini yuritadi, ularning davomati, oʻquv materialini oʻzlashtirishini nazorat qilib boradi, har bir oʻquvchining qobiliyatini oʻrganadi, oʻquv-tarbiya ishini mukammallashtirish boʻyicha takliflar kiritadi, taʼlim va tarbiyaning ilgʻor shakl va usullarini tatbiq qiladi. Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari bilan birgalikda harbiy sport oʻyinlari musobaqalarini oʻtkazadi, harbiy kasb asoslarini oʻrganish boʻyicha toʻgarakni boshqaradi;
g) tuman (shahar) harbiy komissariyatlariga oʻquvchilarning chaqiriqqacha harbiy hisobga olishga hamkorlik qiladi;
d) favqulotda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi va himoyasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
e) alohida himoya vositalarini, harbiy texnika boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalarni va chaqiriqqacha oʻquvchilarni tayyorlashda qoʻllaniladigan boshqa ashyolarni foydalanishga tayyor holda ushlab turadi va saqlash qoidalariga amal qiladi;
j) mashgʻulotlarda texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishini taʼminlaydi;
z) oʻquvchilar hayoti, sogʻligʻini muhofazalash va huquqlarini himoya qilish haqida gʻamxoʻrlik qiladi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat”, “Mudofaa toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlarini, davlatning tashqi va ichki siyosatini;
b) jahon va mamlakatdagi pedagogika fani va amaliyotining yutuqlarini, yoshlarni vatanparvarlik ruhida maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash uslubiyatini, oʻz Vatani va xalqining tarixini;
v) oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻqitishning mazmuni va usullarining oʻziga xos xususiyatlarini;
g) yoshlarga oid qonun hujjatlari;
d) texnika xavfsizligi qoidalarini.
Bajara olishi lozim:
tasdiqlangan dasturga mos holda oʻquvchilar bilan pedagogik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish.
Malaka talablari:
maxsus harbiy-pedagogik yoʻnalishda oliy maʼlumot, zaxiradagi ofitser.
* Shtat jadvali boʻyicha Chaqiruvgacha tayyorlash rahbari lavozimi boʻlmaganda koʻrsatilgan majburiyatlar direktor va uning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari orasida taqsimlanadi.
§ 7. JISMONIY TARBIYA RAHBARI
Lavozim vazifalari:
a) oʻquvchi yoshlarning jismoniy tarbiyasi va sogʻlomlashtirish ishlari boʻyicha oʻquv, fakultativ va darsdan tashqari mashgʻulotlarni tashkil etadi;
b) jismoniy tarbiya va sport oʻqituvchilari ishini boshqaradi;
v) har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashgʻulotlari jadvalini tuzadi;
g) davomat va oʻzlashtirishni nazorat qiladi va hisobga oladi, oʻquv-tarbiyaviy va sogʻlomlashtirish ishlarini mukammallashtirish boʻyicha takliflar kiritadi va taʼlim jarayonida oʻquvchilar sogʻligʻi holatini kuzatib boradi;
d) jismoniy tarbiyaning ilgʻor va samarador vositalari, usullari va shakllarini tatbiq etadi;
e) “Sogʻlom avlod uchun” kompleks dasturlarining bajarilishi boʻyicha ish olib boradi;
j) sogʻliqni saqlash tashkilotlari tomonidan oʻquvchilar sogʻligʻini tekshirishda qatnashadi, oʻquvchilar sogʻligʻi holatini aniqlashda test usullaridan foydalanishni tashkillashtiradi;
z) turli korxona, tashkilot, muassasa va jamoat tashkilotlarini ommaviy sport tadbirlariga jalb etadi;
i) “Barkamol avlod” sport oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etadi;
k) sport inshootlari, inventarlaridan foydalanish va sportni rivojlantirish uchun budjetdan ajratilgan moliyaviy mablagʻlardan maqbul foydalanishni taʼminlaydi;
l) jismoniy tarbiya va sport boʻyicha oʻqituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etadi, ularni attestatsiyadan oʻtkazish va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etadi.
m) jamoat instruktorlari, trenerlar va hakamlarni tayyorlash boʻyicha ish olib boradi;
n) amalga oshirilgan ishlar, oʻtkazilgan tadbirlar boʻyicha axborotlar tayyorlaydi va hisobotlar tuzadi;
o) malaka va kasb mahoratlarini doimo oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, davlatning ichki va tashqi siyosatini, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat standartlari talablari va mazmunini, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha uslubiy hujjatlarini;
b) pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi metodikasini, oʻsmirlar fiziologiyasi va anatomiyasini;
v) sanitariya va gigiyena talablari va qoidalarini, oʻquvchilar sogʻligʻini himoyalashni, sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazishda texnika xavfsizligini;
g) hisobot hujjatlarini rasmiylashtirish va tuzish tartibini;
d) zamonaviy va xalq sport oʻyinlari talablari va qoidalarini.
Bajara olishi lozim:
tasdiqlangan dasturga muvofiq tarzda oʻquvchilar bilan pedagogik va tarbiyaviy ishlar olib borish.
Malaka talablari:
a) jismoniy tarbiya va sport boʻyicha oliy maʼlumot;
b) oʻqituvchi lavozimida 3 yillik amaliy ish staji.
§ 8. KASB-HUNAR KOLLEJINING KATTA USTASI
Lavozim vazifalari:
a) Davlat taʼlim standartlarining zamonaviy talablariga muvofiq kasbiy taʼlim boʻyicha usta ishini tashkillashtiradi;
b) kasbiy taʼlim ustalarining amaliy faoliyatini nazorat qiladi va boshqaradi, ularni amaliy ishlarni rejalashtirish, ish yuritish va hisobotlar boʻyicha zaruriy hujjatlar bilan taʼminlaydi;
v) kasbiy taʼlim ustalari oʻquv laboratoriya xonalari, ustaxonalar, poligon va boshqalarning rahbarlari, shuningdek xizmat koʻrsatish xodimlari bilan uslubiy va koʻrsatmalar berish boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
g) kasbiy taʼlim boʻyicha direktor oʻrinbosari bilan birgalikda kasbiy taʼlim ustalarining malakasini oshirish va attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etadi;
d) oʻquvchilarning kasbiy taʼlim tayyorgarligini maxsus fanlar boʻyicha nazariy taʼlim dasturlariga uygʻunligini taʼminlaydi;
e) oʻquvchilar amaliy tayyorgarligining davlat taʼlim standartlari talablariga mosligini nazorat qiladi;
j) oʻquv laboratoriyalari, ustaxonalar, poligonlardagi ish joylariga jihozlarni oʻz vaqtida oʻrnatishni, zarur hollarda ularni taʼmirlashni amalga oshiradi, oʻquv amaliy ish dasturlariga mos xomashyo va materiallar bilan taʼminlaydi;
z) amaliy oʻquv mashgʻulotlari, amaliyotlar oʻtkazishda kasbiy taʼlim ustalariga yordam beradi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishida, texnik sharoitlardan kelib chiqib sifatni taʼminlashda standart talablarining bajarilishini tekshiradi;
i) oʻquvchilarni amaliy ishlaridagi bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishlarining nazoratini amalga oshiradi;
k) kasbiy taʼlim ustalari bilan birgalikda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish korxonasini tanlaydi;
l) korxonalar bilan amaliyotni oʻtkazish toʻgʻrisida shartnomalar tuzib, ularni tasdiqlashga tayyorlaydi;
m) oʻquvchilarga texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilish boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
n) oʻquvchilarni davlat attestatsiyasiga tayyorlaydi.
o) doimiy ravishda oʻz malakasini oshiradi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, Oʻrta maxsus kasb hunar taʼlimi markazining oʻsmirlar taʼlimi va tarbiyaviy ishlar boʻyicha buyruqlari, topshiriqlari va boshqa hujjatlarni, Oʻsmirlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani;
b) kasb-hunar kolleji yoʻnalishiga mos boʻlgan, respublikamiz va chet ellarda qoʻllanilayotgan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini;
v) kasbiy taʼlim pedagogik asoslarini;
g) oʻquv ishlab-chiqarish va amaliyot darslarini rejalashtirishni;
d) menejment va marketing xususiyatlarini, mehnatni ilmiy tashkil qilishni;
e) oʻquvchilar ishining sifati va bilimlarini baholash mezonlari;
j) mehnatni muhofazalash va texnika xavfsizligi qoidalari;
z) hisobotlar, shartnomalar, lavozim yoʻriqnomalarini tayyorlash tartibi, suhbatlar, uchrashuvlar oʻtkazish, ish yuritishni bajarish;
Malaka talablari:
a) kasb-hunar kollejining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha muhandis-pedagog yoki muhandislik oliy maʼlumot;
b) maxsus nazariy fanlar oʻqituvchisi lavozimida 2 yillik ish staji yoki 1-toifali kasbiy taʼlim ustasi.
§ 9. KASB-HUNAR KOLLEJINING OʻQUV IShLAB-ChIQARISh USTAXONASI MUDIRI
Lavozim vazifalari:
a) oʻquv rejasi, dasturi va amaliy mashgʻulotlar, oʻquv amaliyotlarini oʻtkazish grafigiga mos ravishda oʻquv-ishlab chiqarish ishini tashkillashtiradi;
b) ish joylarini zarur jihozlar, inventarlar, yoʻriqnomalar va uslubiy materiallar (plakatlar, stendlar, sxemalar, maketlar, namunalar, modellar va boshqalar) bilan oʻz vaqtida jihozlashni taʼminlaydi;
v) jihozlash, sozlash, taʼmirlashni, ularni amaliy ishlar texnologiyasiga muvofiq taqsimlash (rejalashtirish) ni tashkillashtiradi;
g) ustaxonaga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar, kasbiy taʼlim ustalari va oʻquvchilar bilan ustaxonalarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini taʼminlash uchun ish tartibi va sharoitlari toʻgʻrisida tushuntirishlar olib boradi, majlislar oʻtkazadi;
d) amaliy mashgʻulot va oʻquv ishlari oʻtkazishda kasbiy taʼlim ustalariga amaliy yordam koʻrsatadi;
e) ustaxonada ishlashda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (yongʻin va elektr xavfsizligi) qoidalariga amal qilinishini taʼminlaydi;
j) ustaxonada mos uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlaydi va uslubiy ishlarni boshqaradi;
z) ustaxonani asboblar, inventarlar bilan jihozlanish ishini tashkillashtiradi, ularning holatini yaxshi saqlash, sanitariya-gigiyena talablari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini taʼminlaydi;
i) oʻquvchilar kasbiy tayyorgarligining davlat talablariga mosligini taʼminlaydi va nazorat qiladi;
k) kasbiy taʼlim boʻyicha direktor oʻrinbosari bilan birgalikda ustaxona xodimlarining malakasini oshirish va attestatsiyasi bilan shugʻullanadi;
l) ustaxona faoliyatini tartiblovchi hujjatlarning toʻgʻri yuritilishini taʼminlaydi;
m) doimiy ravishda oʻz malakasini oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, taʼlimning rivojlanish strategiyasini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazining oʻsmirlar kasbiy taʼlimi, amaliy tayyorgarligi va tarbiyasini tashkil etish va yaxshilash toʻgʻrisidagi hujjatlari;
b) Davlat taʼlim standartlari talablari mazmuni, ularning uslubiy qoʻllanmalarini;
v) kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarining tashkiliy-pedagogik asoslarini;
g) ustaxonada mashinalar, apparatlar, asboblar va moslamalarning tavsiflari va ularning qoʻllanish qoidalarini;
d) kasbiy taʼlim ustalari va ustaxonaga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga qoʻyiladigan malaka talablarini;
e) oʻquv va ishlab chiqarish, amaliy ishlarni tashkil etishni rejalashtirishni;
j) hisobotlar, shartnomalar, lavozim yoʻriqnomalari tuzishni, suhbatlar va uchrashuvlar oʻtkazishni, ish yuritishni olib borishni;
z) oʻquvchilar bilimini va bajarilgan ishlar, chiqarilgan mahsulotlar sifatini baholash usullarini;
i) pedagogikani, pedagogik psixologiyani, oʻsmirlar fiziologiyasini, taʼlim muassasasi faoliyatini tashkil etishning sanitariya-gigiyena talablarini, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalarini;
y) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Malaka talablari:
a) oliy pedagogik yoki muhandis-pedagogik maʼlumot yoki kasb-hunar kolleji yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus kasbiy taʼlim;
b) kasbiy taʼlim ustasi lavozimida 3 yildan kam boʻlmagan amaliy ish staji.
§ 10. BOSh OʻQITUVChI
Lavozim vazifalari:
Oʻquv ishlari:
a) oʻzining fani boʻyicha davlat taʼlim standartlari va oʻquv rejalariga muvofiq oʻquvchilarning oʻqiyotgan kursi va bilim darajasiga mos ravishda nazariy va amaliy oʻquv darslarini tayyorlash va oʻtkazilishini taʼminlaydi;
b) maslahatlar oʻtkazadi, oʻquvchilarning olingan bilimlarini mustaqil amaliyotga qoʻllashga tayyorligini amalga oshiradi;
v) Davlat taʼlim standartlariga mos ravishda oʻquvchilar tomonidan oʻquv materialini oʻzlashtirishini xolis baholashni taʼminlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi. Shu maqsadda joriy oraliq va yakuniy testlarni (nazorat soʻrovini) amalga oshiradi, imtihonlar, oʻquvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiruvini oʻtkazadi, reyting ballarini hisoblaydi;
g) davomat hisobini yuritadi, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi ustavining talablariga amal qilinishini taʼminlaydi;
d) oʻzlashtirishida boʻshliqlari boʻlgan oʻquvchilar bilan guruhiy va alohida ish olib boradi, dastur materiallari, davlat taʼlim standartlari talablariga mos ravishda maksimal oʻzlashtirishni taʼminlaydi.
Oʻquv uslubiy va ilmiy ishlar:
a) mashgʻulotlar rejalarini ishlab chiqadi, amaliy, tajriba mashgʻulotlari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti, diplom loyihalari, didaktik, koʻrgazmali va tarqatma materiallar, metodik koʻrsatmalar tayyorlaydi;
b) amaliy mashgʻulotlarga oʻquvchilarning mustaqil, individual va oʻquv tadqiqot ishlari, shuningdek ularning bilimini nazorat qilish uchun topshiriqlar va masalalar ishlab chiqadi;
v) oʻqituvchilar kengashi, ilmiy kengash, uslubiy kengash ishida, seminarlar ilmiy anjumanlar, treninglar, yigʻilishlar, majlislarda, hisobotlar tuzishda qatnashadi;
d) oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasasining yetakchi, katta va boshqa oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazilgan oʻquv va metodik ishlar sifatini nazorat qiladi va baholaydi;
e) tegishli fanlar boʻyicha seminarlar, konferensiyalar oʻtkazishni boshqaradi va tashkillashtiradi;
j) oʻquvchilarda barqaror kasbiy bilimlar shakllanishini taʼminlaydi;
z) oʻquvchilarni fan olimpiadalari, turli konkurslar, konferensiyalar va festivallarga tayyorlaydi;
i) oʻquv jarayoniga progressiv axborot va kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi;
k) darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar, darsliklarning elektron versiyalari, uslubiy qoʻllanmalar yaratadi, ilmiy maqolalar nashr ettiradi;
l) kasbiy taʼlim va fanlarning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy, oʻquv tadqiqot ishlarini tashkil etadi va oʻtkazadi, ilmiy ishlar natijalari boʻyicha maʼruzalar tayyorlaydi;
m) oʻquvchilar amalga oshiradigan ilmiy va innovatsion ishlarning oʻtkazilishini boshqaradi.
Tashkiliy-uslubiy ishlar:
a) kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini oʻtkazishni boshqaradi, amalga oshiradi;
b) mahalla faollari bilan 9-sinf bitiruvchilarini navbatdagi taʼlim bosqichiga qamrab olish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
g) ochiq darslar (mashgʻulotlar) oʻtkazadi va boshqa oʻqituvchilarning ochiq darslari (mashgʻulotlari)ni kuzatadi, ochiq darslar (mashgʻulotlar)ni baholaydi;
d) fan toʻgaraklari va seksiyalarini boshqaradi;
e) tasdiqlangan oʻquv dasturlari va davlat taʼlim standartlari doirasida nazariy va amaliy mashgʻulotlar mazmunining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlaydi;
j) oʻquv muassasasidagi maslahat markazining ishida qatnashadi;
z) oʻquvchilar oʻrtasida ijodiy tanlovlar oʻtkazilishini tashkillashtiradi;
i) oʻquv kabinetlari, siklik komissiyalarga mudirlik qiladi;
k) binolar, xonalar, laboratoriyalarda unga biriktirilgan oʻquv jihozlari va oʻqitishning texnik vositalari, mulk va boshqa moddiy boyliklardan samarali foydalanishni va ularning saqlanishini taʼminlaydi;
l) oʻquvchilar foydalanadigan axborot materiallari, oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlanganlik va saqlanganligini nazorat qiladi;
Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar:
a) guruhga rahbarlik qiladi, ustoz-shogird munosabatlarini amalga oshiradi;
b) oʻquvchilar bilan tarbiyaviy ish olib boradi, ularni shaxs sifatida rivojlanishiga yordam beradi;
v) oʻquvchilarning tarbiyaviy masalalari boʻyicha ota-onalar, psixolog va boshqa oʻqituvchilar bilan individual uchrashuvlar oʻtkazadi;
g) oʻquvchilarning muzeylar, koʻrgazmalarga tashrifi, ijodiy kechalar, mehnat faxriylari va jamoat arboblari bilan uchrashuvlarini tashkillashtiradi.
Boshqa majburiyatlar:
a) oʻquv va laboratoriya kabineti mudirligini amalga oshiradi (zarur boʻlganda);
b) mehnat va ishlab chiqarish intizomiga, hamkasblari va oʻquvchilar bilan pedagogik axloq meʼyorlariga va qonunlarga mos talablarga, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qiladi, oʻquv jihozlaridan foydalanishda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qiladi;
v) oʻz kasbiy darajasini doimiy oshirib boradi;
g) oʻquv muassasasida boʻlgan vaqtda va darsdan tashqari tadbirlar oʻtkazishda unga ishonib topshirilgan oʻquvchilar kontingentining hayoti va sogʻligʻini himoyalashga hamkorlik qiladi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining taʼlim tizimi, Davlat taʼlim standartlarini mukammallashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlari;
b) oʻrgatilayotgan oʻquv fani, uning mazmuni va amaliy qoʻllashning ilmiy-nazariy asoslarini;
v) oʻsmirlarni oʻqitish va tarbiyalashning ilgʻor shakllari va intensiv usullarini, taʼlim berayotgan fani boʻyicha darslar olib borishning tartibi va uslubiyotini, didaktik tamoyillarini;
g) oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilish, test olishning zamonaviy va samarali usullari va baholash mezonlarini, oʻquvchilarning oʻzlashtirishi va faolligini baholashning reyting tizimini;
d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyoti, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini;
e) oʻquv jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, taʼlimning texnik vositalarini amaliy qoʻllashni;
j) kadrlar tayyorlash sifatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni;
z) maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning dolzarb vazifalari va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilishining usullarini, muloqotda, suhbatlarda, mashgʻulotlarda nutq madaniyati va axloqning dolzarb masalalarini;
i) mehnatni ilmiy tashkil etishni va huquq asoslarini;
k) mehnat gigiyenasi va muhofazasi, texnika xavfsizligi qoidalarini, oʻquv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlash talablarini;
l) maxsus fanlar oʻqituvchilari, shuningdek, mutaxassislikka mos ishlab chiqarish texnologiyasini, iqtisodiyot asoslari va ishlab chiqarishni boshqarishni bilishi kerak.
Malaka talablari:
a) pedagogik yoki muhandis-pedagogik yoki oʻrgatayotgan oʻquv fani yoʻnalishiga mos oliy maʼlumot va yetakchi oʻqituvchi lavozimida 3 yillik amaliy ish staji. Bosh oʻqituvchi lavozimiga daʼvogarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvon boʻlganda yetakchi oʻqituvchilik staji talab qilinmaydi
b) bosh oʻqituvchi lavozimini egallashda quyidagi koʻrsatkichlar hisobga olinadi:
malaka quyidagicha aniqlanadi:
pedagogika fani va amaliyotining, profilli bilim sohasining eng yangi yutuqlarini oʻzlashtirish darajasi;
amaliy masalalarni ijodiy hal qilish.
kasbiy yetuklik (professionalizm) quyidagicha aniqlanadi:
taʼlim-tarbiyaning usul, vosita, shakllarini optimal tanlash yoki tarqatishga tavsiya etilishi mumkin boʻlgan pedagogik texnologiya yoki uning elementlarini mustaqil ishlab chiqish, tajribadan oʻtkazish va samarali qoʻllash koʻnikmasi;
oʻquvchilarning ijodiy imkoniyatlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish;
amaliy faoliyatda taʼlimning tadqiqot va tajriba-eksperimental usullari, pedagogik jarayonni boshqarish va istiqbolini belgilash usullari, oʻquvchilarning mustaqil taʼlimini tashkillashtirish va rejalashtirish usullarini qoʻllashi;
salohiyati pedagog xodimning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar taʼlim tizimida oʻquvchi tayyorgarligining oʻz yoʻnalishi boʻyicha yuqori hisoblangan darajasini taʼminlashi bilan belgilanadi.
§ 11. ETAKChI OʻQITUVChI
Lavozim vazifalari:
Oʻquv ishlari:
a) Davlat taʼlim standartlariga muvofiq kasb-hunar kolleji (akademik litsey)ning taʼlim darajasi va tegishli kurs(guruh)larga moʻljallangan oʻquv dasturiga asosan maʼlum oʻquv predmeti boʻyicha nazariy va amaliy oʻquv mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrishni va uning oʻtkazilishini taʼminlaydi;
b) maslahatlar oʻtkazadi, oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini mustaqil ravishda amaliy qoʻllashga tayyorlaydi;
v) taʼlim standartlariga binoan oʻquv materialini oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirishini obyektiv baholashni taʼminlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi. Ushbu maqsadda oʻquvchilar bilimining joriy, oraliq va yakuniy nazoratini oʻtkazadi, oʻquvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiradi, reyting ballarini hisoblaydi;
g) davomatni hisobga olib boradi, oʻquvchilarning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi Ustavi talablariga amal qilishini taʼminlaydi;
d) oʻzlashtira olmagan oʻquvchilar bilan yakka tartibda va guruhda ishlar olib boradi, Davlat taʼlim standartlari talablariga binoan dasturiy materiallarning maksimal oʻzlashtirilishini taʼminlaydi.
Oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar:
a) mashgʻulotlar rejalarini ishlab chiqadi, amaliy, laboratoriya mashgʻulotlari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari, kurs, diplom loyihalari (ishlari)ga didaktik, koʻrgazmali va tarqatma materiallar, uslubiy koʻrsatmalar tayyorlaydi;
b) amaliy mashgʻulotlar, oʻquvchilarning mustaqil, individual va oʻquv tadqiqotchilik ishlari boʻyicha topshiriqlar va vazifalar, shuningdek ularning bilimlarini nazorat qilish uchun topshiriqlar tuzadi;
v) ilmiy-pedagogik kengash, uslubiy kengash, seminarlar, ilmiy anjumanlar, treninglar, yigʻilishlar, majlislarni tashkil etish va hisobotlarni tuzish ishlarida qatnashadi;
g) oʻquvchilarni fan olimpiadalari, turli tanlovlar, anjumanlarga va festivallarga tayyorlaydi;
d) ilgʻor axborot va kommunikatsion texnologiyalarni oʻquv jarayoniga joriy etish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi;
e) darsliklar, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, ularning elektron koʻrinishdagi nusxasini yaratadi;
j) ilmiy va oʻquv-metodik ishlarni tashkil etadi.
Tashkiliy-uslubiy ishlar:
a) umumtaʼlim maktablarida kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini olib boradi;
b) oʻquvchilarda kasbiy tasavvurlarni shakllantiradi;
v) ochiq darslar (mashgʻulotlar) oʻtkazadi va ochiq darslarga qatnashib, ularning sifatiga baho beradi;
g) fan toʻgaraklariga rahbarlik qiladi;
d) taʼlim muassasasining maslahat markazlari ishlarida ishtirok etadi;
e) madaniy-sogʻlomlashtirish tadbirlarini va oʻquvchilar orasida ijodiy tanlovlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
j) oʻquv va laboratoriya kabinetlari mudirligini amalga oshiradi;
z) biriktirilgan xonalar, kabinetlar, laboratoriyalardagi oʻquv jihozlari, oʻqitishning texnik vositalari va moddiy mulklarning saqlanishi hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi;
i) oʻquvchilar foydalanadigan oʻquv-uslubiy adabiyotlar, axborot materiallarining taʼminlanganligi va saqlanishini nazorat qiladi.
Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar:
a) guruhga rahbarlik qiladi, ustozlikni amalga oshiradi;
b) oʻquvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi, ularning shaxs sifatida rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadi;
v) oʻquvchilarni tarbiyalash masalalari boʻyicha ota-onalar, psixolog va boshqa oʻqituvchilar bilan individual uchrashuv va suhbatlar oʻtkazadi;
g) oʻquvchilar bilan muzeylar va koʻrgazmalarga tashrif buyurishni, yozuvchi va artistlar bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalarni oʻtkazishni tashkil etadi.
Qoʻshimcha vazifalar:
a) mehnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga, hamkasblari va oʻquvchilar bilan pedagogik axloq meʼyorlariga hamda qonun hujjatlari, xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi, oʻquv jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena talablariga amal qiladi;
b) muntazam ravishda oʻzining kasbiy tayyorgarligini (mahoratini) oshirib boradi;
v) taʼlim muassasasi va darsdan tashqari tadbirlarni oʻtkazish vaqtida unga topshirilgan oʻquvchilar kontingentining sogʻligʻi va hayot xavfsizligi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarini, taʼlim tizimi va davlat taʼlim standartlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini, Oʻrta maxsus, kasb- hunar taʼlimi markazi buyruqlarini;
b) oʻqitadigan oʻquv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mazmuni va amaliy qoʻllanishini ;
v) yoshlarga taʼlim- tarbiya berishning jadal metodlari va ilgʻor shakllarini, didaktik prinsiplarni, oʻqitadigan oʻquv predmeti boʻyicha darsni tashkil etish metodikasini;
g) oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini zamonaviy va samarali nazorat qilish metodlari, shakllarini va baholash mezonlari hamda test nazoratini oʻtkazishni, oʻquvchilarning faolligi va oʻzlashtirishini reyting tizimida baholashni;
d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini;
e) oʻquv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalari hamda oʻqitishning texnik vositalaridan amaliy foydalanishni;
j) kadrlar tayyorlash sifatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni;
z) maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning dolzarb vazifalari va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilishining usullarini, mashgʻulotlarda, suhbatlarda va muloqotlar jarayonlarida nutq madaniyati va axloq masalalarini;
i) mehnatni ilmiy tashkil etish va huquq asoslarini;
k) mehnat gigiyenasi va xavfsizligi qoidalari, xavfsizlik texnikasi, oʻquv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlashga qoʻyiladigan talablarni;
l) maxsus fan oʻqituvchilari bundan tashqari tegishli sohasining ishlab chiqarish texnologiyasini, ishlab chiqarishni boshqarish va iqtisodiyot asoslarini bilishi kerak.
Malaka talablari:
a) yetakchi oʻqituvchi eng kamida oliy pedagogik yoki muhandis-pedagog maʼlumotga yoki tegishli sohaga oid maʼlumotga ega boʻlishi, 3 yildan kam boʻlmagan muddatda katta oʻqituvchi lavozimi ish stajiga ega boʻlishi zarur;
b) yetakchi oʻqituvchi vazifasini bajarishda quyidagi asosiy koʻrsatkichlar hisobga olinadi:
malaka quyidagicha aniqlanadi:
taʼlim jarayoni individuallashtirish texnologiyasi, zamonaviy psixologik-pedagogik diagnostika usullarini yuqori darajada egallaganligi;
oʻqitadigan oʻquv predmeti mazmunining asosiy komponentlarini egallaganligi va turdosh fanlar boʻyicha yuqori darajada bilimga ega boʻlishi;
turli darajada oʻqitishga imkon beruvchi nazariy bilimlarga egaligi.
kasbiy yetuklik quyidagicha aniqlanadi:
taʼlim-tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va shakllarini tanlab olishda oʻquvchilarning psixologik oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish malakalari;
rivojlanish darajasi, moyilligi, qobiliyati, qiziqishi va sogʻligʻi holati turlicha boʻlgan oʻquvchilar bilan pedagogik vazifalarini echish qobiliyati;
kasbiy-pedagogik faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, oʻquvchi shaxsini rivojlantirish omillari, oʻquv-uslubiy ishlarni tahlil etish metodikasini qoʻllash qobiliyati.
Salohiyati oʻquvchilarni oʻz ixtisosligi boʻyicha tuman, shahar boʻyicha yuqori tayyorgarligining taʼminlanganligi bilan aniqlanadi.
§ 12. KATTA OʻQITUVChI
Lavozim vazifalari:
Oʻquv ishlari boʻyicha:
a) maʼlum bosqich (guruh) va taʼlim darajasi uchun koʻzda tutilgan, davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlariga muvofiq predmet, fan boʻyicha oʻquvchilarga nazariy va amaliy mashgʻulotlarni tayyorlash va oʻtkazishni taʼminlaydi;
b) oʻquvchilar tomonidan olingan bilimlarni amaliyotga mustaqil tatbiq etishga tayyorlaydi, maslahatlar beradi;
v) taʼlim standartlariga mos ravishdagi oʻquv materiallarini oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishini obyektiv baholanishini taʼminlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi. Shu maqsadda oʻquvchilar bilimini joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarini amalga oshiradi, oʻquvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiradi, reyting ballarini hisoblaydi;
g) davomat hisobini yuritadi, taʼlim muassasasi nizomi talablarining ular (oʻquvchilar) tomonidan bajarilishini taʼminlaydi;
d) qiyin oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan guruhli va yakka tartibda mashgʻulotlar olib boradi, dasturiy materialni davlat taʼlim standarti talablari asosida maksimal oʻzlashtirilishini taʼminlaydi.
Oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar boʻyicha:
a) mashgʻulot rejasini ishlab chiqadi, didaktik, koʻrgazmali va tarqatma materiallarni, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlarga, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlariga, kurs va diplom loyihalari(ishlari)ga uslubiy koʻrsatmalar tayyorlaydi;
b) amaliy mashgʻulotlar, mustaqil, individual va oʻquvchilarning oʻquv-tadqiqot ishlari boʻyicha topshiriqlar va masalalar, shuningdek ularning bilimlarini nazorat qilish uchun topshiriqlar tuzadi;
v) oʻquvchilarni fan olimpiadalariga, turli koʻrik tanlovlarga, ilmiy konferensiyalar va festivallarga tayyorlaydi;
g) taʼlim jarayoniga rivojlangan (progressiv) axborot va kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etish boʻyicha dasturlar ishlab chiqadi;
d) ilmiy va oʻquv tadqiqot ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi, uning natijasi boʻyicha maʼruza qiladi;
Tashkiliy-uslubiy ishlar:
a) umumtaʼlim maktablarida kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini olib boradi;
b) oʻquvchilarda kasb toʻgʻrisida umumiy tushunchani shakllantiradi;
v) ochiq dars ( mashgʻulotlar) oʻtkazadi, ularga qatnashadi;
g) fan toʻgaraklari ishlariga rahbarlik qiladi;
d) taʼlim muassasasining maslahat markazlari ishlarida ishtirok etadi;
e) biriktirilgan oʻquv guruhida madaniy-sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
j) “Barkamol avlod” sport oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazishda, oʻquvchilar orasida ijodiy koʻrik tanlovlar oʻtkazishda, navbatchilikda ishtirok etadi;
z) fan kabinetiga, kafedraga (zarur hollarda) mudirlik qiladi;
i) biriktirilgan bino, kabinet, laboratoriyalardagi oʻquv jihozlari, taʼlimning texnik vositalari, buyumlar va boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi;
k) biriktirilgan guruhdagi oʻquvchilar foydalanayotgan oʻquv-uslubiy adabiyotlar, axborot materiallarining taʼminlanishi va saqlanishi darajasini nazorat qiladi.
Maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa tarbiyaviy ishlar:
a) oʻquv guruhiga rahbarlik qiladi;
b) shaxsni shakllantirish, ularni maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga, musobaqalarga tayyorlash boʻyicha oʻsmirlar orasida tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Ushbu maqsadda ota-onalar, psixologlar va boshqa oʻqituvchilar bilan individual uchrashuvlar va suhbatlar oʻtkazadi;
v) ijodiy kechalar va uchrashuvlar oʻtkazishni, muzey va koʻrgazmalarga tashrifni tashkil etadi.
Boshqa vazifalari:
a) mehnat va ishlab chiqarish intizomi, xizmatdoshlar va oʻquvchilar bilan pedagogik axloq meʼyorlari qoidalariga va huquqiy hujjat talablariga, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qiladi, oʻquv jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena talablarini bajaradi;
b) oʻzining kasbiy tayyorgarligini doimiy ravishda oshirib boradi;
v) taʼlim muassasasida va auditoriyadan tashqarida oʻtkaziladigan tadbirlar paytida unga ishonib topshirilgan oʻquvchilar kontingentining hayoti va sogʻligʻi haqida qaygʻuradi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, boshqa qonun hujjatlarini, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining taʼlim tizimini, Davlat taʼlim standartini takomillashtirish borasidagi buyruqlarini;
b) dars berilayotgan oʻquv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mazmunini va amaliy tadbigʻini;
v) oʻsmirlarni oʻqitish va tarbiyalashning ilgʻor shakllari hamda faol metodlarini, didaktik tamoyillarni, oʻqitilayotgan fan boʻyicha darslarni tashkil etish va olib borishni;
g) nazoratning zamonaviy, faol shakllarini, metodlarini, oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini tekshirish va baholash mezonlarini, oʻquvchilar faolligini va oʻzlashtirishini baholashning reyting tizimini;
d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini;
e) taʼlim jarayonida oʻqitishning texnik vositalarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliy qoʻllashni;
j) kadrlar tayyorlash sifatiga taʼsir etuvchi omillarni;
z) maʼnaviyat va maʼrifatning dolzarb masalalarini va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni, muomalada, suhbatda va mashgʻulotlarda nutq madaniyati va axloq masalalarini;
i) mehnatni ilmiy tashkil etish va huquq asoslarini;
k) mehnat muhofazasi va gigiyena qoidalarini, xavfsizlik texnikasini, fan kabinetlari, auditoriya va boshqa binolarni jihozlashga qoʻyiladigan talablarni;
l) maxsus fan oʻqituvchilari mutaxassislik boʻyicha ishlab chiqarish texnologiyasini, iqtisod va ishlab chiqarishni boshqarish asoslarini bilishi kerak.
Malaka talablari:
a) katta oʻqituvchi kasb-hunar kolleji (akademik litsey) taʼlim sohasiga mos oliy maʼlumotli pedagog, muhandis-pedagog yoki boshqa maʼlumotga, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kamida 3 yil oʻqituvchilik stajiga ega boʻlishi kerak. Magistr darajasiga ega boʻlgan xodimga attestatsiya oʻtkazilmasdan, oʻqituvchilik stajiga qoʻyiladigan talablardan qatʼi nazar, katta oʻqituvchi malaka darajasi beriladi;
b) katta oʻqituvchi lavozimi berilayotganda quyidagi koʻrsatkichlar eʼtiborga olinadi:
malaka quyidagilar bilan aniqlanadi:
pedagogika nazariyasi, psixologiya va yosh fiziologiyasi asoslarini bilishi;
oʻqitilayotgan fanning tayanch komponentlari mazmuni va taʼlim-tarbiya metodlarini yaxshi bilishi.
kasbiy yetuklik (professionalizm) quyidagilar bilan aniqlanadi:
taʼlim jarayonida qulay mikroiqlim yarata olishi, taʼlim jarayoni variativligini taʼminlovchi metodlar, usullar va taʼlim vositalarini amaliy faoliyatga keng tatbiq qila olishi;
pedagogik tashxisning asosiy metodlari va vositalarini, taʼlim oluvchilar kontingentini differensiyalash (tabaqalashtirish) ning asosiy shakllarini; taʼlim oluvchilarning anglash va kommunikativ (muloqotga kirishish) madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy metodlarini qoʻllay olishi.
salohiyati quyidagilar bilan aniqlanadi:
pedagog bevosita munosabatda boʻlayotgan oʻquvchilar kontingentini saqlashni taʼminlaydigan ish tajribasining mavjudligi;
oʻquvchilarning davlat taʼlim standarti talablariga mos keluvchi va ushbu muassasasida yuqori deb qaralgan tayyorgarlik darajasini taʼminlashi.
§ 13. OLIY MAʼLUMOTLI OʻQITUVChI
Lavozim vazifalari:
Oʻquv ishlari boʻyicha:
a) taʼlim darajasi va maʼlum kurslar (guruhlar) uchun moʻljallangan, davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga asoslangan tegishli fan boʻyicha oʻquvchilarga nazariy va amaliy oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etishni va oʻtishni taʼminlaydi;
b) oʻquvchilarning olgan bilimlarini amalda mustaqil ravishda qoʻllashlari uchun tayyorlaydi, maslahat beradi;
v) taʼlim standartlari talablariga asosan oʻquv materiallarini oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishini obyektiv baholashni taʼminlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi. Bu maqsadda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni amalga oshiradi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshiradi, reyting ballarini hisoblaydi;
g) oʻquvchilar davomatining nazoratini olib boradi, ularning taʼlim muassasasi ustavi talablariga rioya qilishlarini taʼminlaydi;
d) bilimlarda oqsayotgan oʻquvchilar bilan yakka tartibda va guruhli ishlarni olib boradi, davlat taʼlim standartlari talablari asosida oʻquv materiallarini toʻliq oʻzlashtirishlarini taʼminlaydi.
Oʻquv-metodik va ilmiy ishlar boʻyicha:
a) oʻquv mashgʻuloti rejalarini ishlab chiqadi, didaktik, koʻrgazmali va tarqatma materiallarni tayyorlaydi, amaliy, laboratoriya mashgʻulotlariga, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlariga, kurs ishi, diplom loyihalari (ishlari)ga metodik koʻrsatmalar ishlab chiqadi;
b) amaliy mashgʻulotlarga masala va topshiriqlar, oʻquvchilarning mustaqil, yakka tartibdagi va oʻquv-izlanish ishlari, ularning bilimlarini nazorat qilish boʻyicha vazifalar tayyorlaydi;
v) ilmiy-pedagogik kengash, metodik kengash ishlarida, seminarlarda, ilmiy konferensiya treninglarida, majlislarda, planyorkalarda, hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
g) oʻquvchilarni fanlar boʻyicha olimpiadalarga, turli musobaqalarga, ilmiy konferensiya va festivallarga tayyorlaydi;
d) oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishida qatnashadi.
Tashkiliy-metodik ishlar:
a) maktablarda kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib boradi;
b) mahalla faollari bilan 9-sinf bitiruvchilarini taʼlimning kelgusi bosqichlariga qamrab olish masalalari boʻyicha ishlar olib boradi;
v) oʻquvchilarda umumiy kasblar haqida tasavvurni shakllantiradi;
g) ochiq darslar (mashgʻulotlar) oʻtkazadi va ularda ishtirok etadi;
d) fan toʻgaraklari ishlariga rahbarlik qiladi;
e) taʼlim muassasasining maslahat markazlari ishlarida qatnashadi;
j) madaniy-hordiq tadbirlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;
z) “Barkamol avlod” sport oʻyinlarining oʻtkazilishida, oʻquvchilar orasida ijodiy koʻrik tanlovlarini tashkil etishda qatnashadi;
i) laboratoriya, kabinet, unga biriktirilgan xonalarning oʻquv jihozlari va oʻqitishning texnik vositalari, mulki va moddiy boyliklarining saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
k) oʻquvchilarni foydalaniladigan oʻquv-metodik adabiyotlar va axborot maʼlumotlari bilan taʼminlanishi va ularning saqlanishini nazorat qiladi.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha:
a) oʻquv guruhlariga rahbarlik qiladi;
b) oʻsmirlarning tarbiyasi, ular shaxsini rivojlanishi, ularni maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga, musobaqalarga tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar oʻtkazadi, buning uchun ota-onalar bilan, psixolog hamda boshqa oʻqituvchilar bilan yakka tartibda suhbat va uchrashuvlar oʻtkazadi;
v) biriktirilgan guruh bilan muzey, koʻrgazmalarga tashriflar, yozuvchi va artistlar bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazilishini tashkil etadi.
Boshqa majburiyatlari:
a) mehnat va ishlab chiqarish intizomiga, hamkasblari bilan pedagogik axloq normalariga, tegishli qonuniy meʼyor talablariga, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi, oʻquv jihozlaridan foydalanganda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qiladi;
b) oʻz kasbiy tayyorgarligini (malakasini) doimiy ravishda oshirib turadi;
v) unga biriktirilgan oʻquvchilar kontingentining taʼlim muassasasida boʻlganda yoki auditoriyadan tashqarida oʻtkaziladigan tadbirlarda hayoti va sogʻligʻini saqlash boʻyicha qaygʻuradi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, qonun hujjatlari va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining taʼlim tizimini, davlat taʼlim standartlarini takomillashtirish boʻyicha buyruqlarini;
b) oʻqitadigan oʻquv fanining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mazmuni va amalda qoʻllanilishini;
v) oʻsmirlarning taʼlimi va tarbiyasining ilgʻor shakllari, didaktik tamoyillari, oʻqitadigan fani boʻyicha mashgʻulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasini;
g) zamonaviy va samarali nazorat metodlari, testlar va oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash mezonlarini, oʻquvchilarning oʻzlashtirishi va faolligini baholovchi reyting tizimini;
d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini;
e) oʻquv jarayonida foydalanadigan taʼlim vositalarini amaliy qoʻllashni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini;
j) kadrlarni tayyorlash sifatiga taʼsir etuvchi omillarni;
z) maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning dolzarb vazifalarini, yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish usullarini, muloqotda, suhbatlarda, mashgʻulotlar olib borishda axloq va muomala madaniyati masalalarini;
i) huquq asoslari va mehnatni ilmiy tashkil etishni;
k) mehnat xavfsizligi va gigiyenasi qoidalarini, oʻquv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlashga qoʻyilgan talablarni;
l) maxsus fan oʻqituvchilari texnologik ishlab chiqarish, tegishli yoʻnalishda ishlab chiqarishni boshqarish va iqtisod asoslari boʻyicha bilimlarga ham ega boʻlishlari shart.
Malaka talablari:
tayyorlov yoʻnalishida dars berayotgan fani boʻyicha oliy pedagogik yoki muhandis-pedagog darajasida maʼlumot.
§ 14. OʻRTA MAXSUS MAʼLUMOTLI OʻQITUVChI
Lavozim vazifalari:
Oʻquv ishlari:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Davlat taʼlim standartiga asosan taʼlim darajasi va tegishli kurs (guruh)lariga moʻljallangan oʻquv dasturiga binoan maʼlum oʻquv predmeti boʻyicha nazariy va amaliy oʻquv mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrishni va uning oʻtkazilishini taʼminlaydi (tibbiyot sohasi bundan mustasno);
(14-paragraf “Oʻquv ishlari” qismining “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
b) maslahatlarni oʻtkazadi, oʻquvchilarning oʻzlashtirgan bilimlarini mustaqil ravishda amaliy qoʻllashga tayyorlaydi;
v) taʼlim standartlariga binoan oʻquv materialini oʻquvchilarning oʻzlashtirishini obyektiv baholashni taʼminlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi, ushbu maqsadda oʻquvchilar bilimining joriy, oraliq va yakuniy nazoratini oʻtkazadi, oʻquvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiradi, reyting ballarini hisoblaydi;
g) davomatni hisobga olib boradi, oʻquvchilarning taʼlim muassasasi ustavi talablariga amal qilishini taʼminlaydi;
d) oʻzlashtira olmagan oʻquvchilar bilan yakka tartibda va guruhda ishlar olib boradi, Davlat taʼlim standartlari talablariga binoan dasturiy materiallarning maksimal oʻzlashtirilishini taʼminlaydi.
Oʻquv-uslubiy ishlar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) mashgʻulotlar rejalarini ishlab chiqadi, amaliy, laboratoriya mashgʻulotlari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari, kurs (ishlari)ga didaktik, koʻrgazmali va tarqatma materiallar tayyorlaydi;
b) oʻquvchilarning nazariy va amaliy mashgʻulotlari boʻyicha bilimlarini nazorat qilish uchun topshiriqlar tuzadi;
v) treninglar, yigʻilishlar, majlislar va hisobotlarni tuzish ishlarida qatnashadi.
(14-paragraf “Oʻquv-uslubiy” qismining “a”, “b” va “v” bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Tashkiliy-uslubiy ishlar:
a) umumtaʼlim maktablarida kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini olib boradi;
b) oʻquvchilarda kasbiy tasavvurlarni shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-paragraf “Tashkiliy-uslubiy ishlar” qismining “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) amaliy toʻgaraklari ishlarini olib boradi;
(14-paragraf “Tashkiliy-uslubiy ishlar” qismining “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
d) taʼlim muassasasining maslahat markazlari ishlarida ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-paragraf “Tashkiliy-uslubiy ishlar” qismining “e” bandi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
j) oʻquvchilar orasida “Barkamol avlod” sport oʻyinlari, ijodiy tanlovlar va navbatchilikni tashkil etishda qatnashadi;
z) biriktirilgan xonalar, kabinetlar, laboratoriyalardagi oʻquv jihozlari, oʻqitishning texnik vositalari va moddiy mulklarning saqlanishi hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi;
i) oʻquvchilar foydalanadigan oʻquv-uslubiy adabiyotlar, axborot materiallarining taʼminlanganligi va saqlanishini nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-paragrafning “Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar” qismi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.)bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Qoʻshimcha vazifalari:
a) mehnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga, hamkasblari va oʻquvchilar bilan pedagogik axloq meʼyorlariga hamda qonun hujjatlari, xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi, oʻquv jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena talablariga amal qiladi;
b) muntazam ravishda oʻzining kasbiy tayyorgarligini oshirib boradi;
v) taʼlim muassasasi va darsdan tashqari tadbirlarni oʻtkazish vaqtida unga topshirilgan oʻquvchilar kontingentining sogʻligʻi va hayot xavfsizligi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarini, taʼlim tizimi va davlat taʼlim standartlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha hukumat tomonidan qabul qilingan farmonlar, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi buyruqlarini;
b) oʻsmirlarni oʻqitish va tarbiya berish shakllari, didaktik prinsiplarni, oʻqitadigan oʻquv predmeti boʻyicha darsni tashkil etish metodikasini;
v) oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilish metodlari, shaklarini va baholash mezonlari hamda test nazoratini oʻtkazishni, oʻquvchilarning faolligi va oʻzlashtirishini reyting tizimida baholashni;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-paragraf “Bilishi lozim” qismining “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
d) oʻquv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalari hamda oʻqitishning texnik vositalaridan amaliy foydalanishni;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-paragraf “Bilishi lozim” qismining “e”, “j” va “z” bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
i) mehnat gigiyenasi va xavfsizligi qoidalari, xavfsizlik texnikasi, oʻquv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlashga qoʻyiladigan talablarni.
Malaka talablari:
a) oʻqituvchi oʻqitiladigan fanga tegishli kasb boʻyicha eng kamida oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlishi kerak;
b) boshqa pedagogik lavozimlarda ikki yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlishi kerak.
§ 15. PSIXOLOG
Lavozim vazifalari:
a) taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarga taʼlim-tarbiya berish jarayonida ruhiy, jismoniy va ijtimoiy tomondan muhofaza qiladi va psixologik shart-sharoit yaratadi;
b) bolalar huquqini himoya qilish konvensiyasi asosida faoliyat yuritadi. Taʼlim muassasasining ijtimoiy muhitini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi va ijtimoiy moslashmaslik va zoʻriqishlarning yuz berishini oldini olishni taʼminlaydi.
v) taʼlim muassasasining meʼyoriy-uslubiy hujjatlariga mos holda ijtimoiy-psixologik xizmatni tashkil qiladi;
g) oʻquvchi shaxsini aniqlashda ularga maxsus metodikalar asosida psixologik-pedagogik va ijtimoiy-psixologik tashxis qoʻyadi;
d) oʻquvchi shaxsini rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillarni aniqlaydi. Psixologik yordam koʻrsatish yoʻllarini topadi (Psixologik tuzatish va rivojlantirish, reabilitatsiya va maslahat berish). Muammolarni hal qilishda oʻquvchilar, ota-onalar va pedagogik jamoaga yordam koʻrsatadi;
e) oʻquvchilardagi ruhiy, jismoniy va boshqa xarakterlarni aniqlash uchun testlar oʻtkazadi. Bulardan tashqari aqliy rivojlanish, qobiliyat, iqtidor va imkoniyatlarni testlar orqali aniqlaydi. Test natijalarini baholaydi va izohlaydi;
j) oʻtkazilgan tadqiqotlarga asosan ota-ona, pedagogik jamoaga oʻquvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi muammolar yuzasidan psixologik va pedagogik xulosalarni yetkazadi;
z) hujjatlarni talab darajasida yuritadi va ulardan oʻrnatilgan tartibda foydalanadi. Oʻquvchilarni individual va yosh xususiyatlariga qarab rivojlantiruvchi va korreksion dasturlar tuzish va rejalashtirishda ishtirok etadi. Ularga hayotiy va kasbiy oʻz-oʻzini anglashida, turli holatlarda muammolarni oʻzlari hal qilishlariga tayyorligini shakllantirishda yordam beradi;
i) iqtidorli oʻquvchilarni ruhan qoʻllab-quvvatlaydi. Ularning rivojlanishiga va izlanishiga koʻmak beradi. Oʻquvchilarni aqliy, jismoniy, hissiy hamda ijtimoiy rivojlanishidagi ogʻishlar darajasini aniqlaydi va pedagogik-psixologik korreksiya ishlarini olib boradi;
k) oʻquvchilar, ota-onalar, pedagogik xodimlarning psixologik madaniyatini oshiradi. Oʻquvchilarda jinsiy tarbiya madaniyatini shakllantiradi. Taʼlim muassasasi xodimlariga muassasaning rivojlanishi haqida maslahatlar beradi. Amaliy psixologiyani qoʻllash, oʻquvchilar, ota-onalar va pedagogik xodimlarni ijtimoiy-psixologik malakalarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, qonun hujjatlari, Oʻrta maxsus taʼlim markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini, koʻrsatma va axborotlarini taʼlim muassasasining ustavini;
b) jamoa muhitiga taʼsir qiluvchi ijtimoiy-psixologik taʼsir va omillarni bilishi. Umumiy va ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, yosh psixologiyasi xususiyatlari, bolalar neyropsixologiyasi asoslari, psixodiagnostikada erishilgan yutuqlarni, individual psixologik xususiyatlarni, injenerlik psixologiyasi va mehnat psixologiyasi, defektologiya asoslari, psixoterapiya, seksologiya, psixogigiyena, kasb-hunarga yoʻnaltirish, kasbga kirish, test oʻtkazish metodikasi, kasbiy maslahat berishning zamonaviy usullarni qoʻllash va individual va guruhiy tarzda ishlashni. Xulqi yomon oʻquvchilarni tashxis qilish va ular bilan korreksion ishlar olib borishni;
v) tadqiqot oʻtkazish texnologiyasini bilish, natijalarni kompyuterda tahlil qilish. Psixodiagnostikaning dolzarb ilmiy axborotlarini;
g) mehnat xavfsizligini, sogʻliqni muhofaza qilish, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini toʻgʻri tashkil qilish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish.
Bajarishi lozim:
a) muhim muammolarni hal etish va ularning samarali yoʻllarini topishni;
b) vazifasi yuzasidan suhbatlar va munozaralar, uchrashuvlar tashkil qilishni.
Malaka talablari:
oliy psixologik yoki pedagogik maʼlumot.
§ 16. TARBIYAChI
Lavozim vazifalari:
a) biriktirilgan oʻquvchilar bilan darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkillashtiradi. Yotoqxonada oʻqituvchi — guruh rahbari va boshqa oʻqituvchilar, pedagogik xodimlar, ota-onalar bilan maʼnaviy-tarbiyaviy, maʼdaniy-tashkiliy, sogʻlomlashtirish sport tadbirlari, darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtiradi va birgalikda oʻtkazadi;
b) oʻquvchilarning darsdan tashqari vaqtidan samarali foydalanishini, ularni darsga, olimpiadalarga, koʻrik-tanlovlarga, musobaqalarga tayyorgarligini kuzatadi;
v) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining yotoqxonalarida oʻzini tutish qoidalari va kun tartibiga rioya qilishini nazorat qiladi;
g) oʻquvchilarda mehnatga boʻlgan muhabbatni, oʻz kasbiga boʻlgan hurmatni shakllantiradi;
d) oʻquvchilarning oilaviy ahvolini oʻrganadi, ular bilan suhbatlar oʻtkazadi;
e) seksiya va toʻgarak ishlariga yoʻnaltiradi;
j) taʼtil vaqtida oʻquvchilarning samarali dam olishlarini, ekskursiyalar, ziyorat qiladigan joylarga , muzeylarga tashrif buyurishlarini tashkillashtiradi;
z) oʻquvchilarda oʻz Vataniga boʻlgan faxrlanish tuygʻusini, bebaho tarixga boy boʻlgan milliy anʼana va marosimlarga, oʻz xalqining madaniyatiga, mashhur olimlariga, sanʼat, madaniyat va sport ustalariga boʻlgan sodiqligini va hurmatini tarbiyalaydi;
i) gʻoyaviy-tarbiyaviy ishlarni oʻtkazishda (ommaviy-sport va madaniy tadbirlarda, teatrlashtirilgan bayramlarda, Yangi yilga bagʻishlangan, Navroʻz, “8-mart”, Mustaqillik, Ustoz va Oʻqituvchilar kuni va boshqalar) tadbirlar, taʼlim muassasasiga tegishli rejalashtirilgan tarbiyaviy ishlarda oʻqituvchilar, guruh rahbarlari va boshqa pedagogik xodimlar bilan birgalikda ishtirok etadi;
k) oʻyin va boshqa madaniy-ommaviy, tarbiyaviy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha uslubiy materiallarni ishlab chiqadi;
l) “Mahalla”, “Sogʻlom avlod uchun”jamgʻarmasi, mahalla qoʻmitasi, sport seksiyalari va inshootlari, xiyobonlar, muzeylar, kinochilar uylari, teatrlar, madaniyat markazlari, “Kamolot” ommaviy yoshlar harakati xodimlari va boshqa muassasalar bilan oʻquvchilarning tarbiyaviy masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, taʼlim standartlarining talablari va mazmuni, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining boshqaruvga taalluqli qarorlari, buyruqlari, tarbiyaviy, darsdan tashqari ishlar boʻyicha meʼyoriy, uslubiy va yoʻriqnoma materiallari, tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi, Bolalar huquqlari haqidagi konvensiyani;
b) tarbiyaviy ishlar boʻyicha siyosatini, mehnat haqidagi qonunchilikni, mehnatni ilmiy tashkil qilishning asoslarini;
v) pedagogika, psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, uslubiy tarbiyaviy ishlar, sanitariya va gigiyena asoslari;
g) manfaatdor tashkilotlar: “Sogʻlom avlod uchun”, “Ekosan”, “Mahalla”, “Kamolot” va boshqa jamoat va kasaba uyushmalari bilan hamkorlikdagi ishlarni rivojlantirish yoʻnalishlarini;
d) oʻsmirlarni tarbiyalashdagi ilgʻor tajribalarni.
Bajara olishi lozim:
a) oʻquvchilarni toʻgarak mashgʻulotlariga, sport seksiyalariga, musobaqalarda qatnashishga, ommaviy tadbirlarga qiziqtirish va qiziqishlarini ragʻbatlantirishni;
b) kerakli hujjatlarni tuzish, majlislar va suhbatlar olib borishni.
Malaka talablari:
amaliy ish stajiga talab boʻlmagan holda oliy pedagogik, muhandis-pedagogik maʼlumoti yoki oʻrta maxsus pedagogik va 2 yillik amaliy pedagogik ish staji boʻlishi kerak.
§ 17. KASB-HUNAR KOLLEJINING IShLAB ChIQARISh TAʼLIMI USTASI
Lavozim vazifalari:
a) biriktirilgan guruhlar bilan amaliy mashgʻulotlarni rejalashtiradi va oʻtkazadi;
b) xonalarni, auditoriyalarni, koʻrgazmali vositalar, jihozlar va boshqa texnika vositalarini, amaliy mashgʻulotlarga, ishlarga kerak boʻlgan materiallarni tayyorlaydi;
v) amaliy mashgʻulotlar jarayonida oʻquvchilarda nazariy bilimlarni mustahkamlashda, ularda mehnat va kasbiy tajribalarni shakllantirishni va ular bazasida ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllay olishni taʼminlaydi;
g) mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha korxonalar,tashkilotlar va alohida shaxslar bilan bitimlar tuzishda qatnashadi;
d) oʻquvchilarni malakali ishlarni bajarishga, bitiruv imtihonlarini va kasbiy attestatsiyani topshirishga tayyorlaydi;
e) biriktirilgan guruhlarda tarbiyaviy ish olib boradi, bu sohada uslubiy va fan komissiyalari, oʻquvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik ishlarini olib boradi va darsdan tashqari tashkiliy-madaniy va tushuntirish tadbirlarini oʻtkazishda qatnashadi;
j) doimo oʻzining kasbiy va uslubiy mahoratini oshirib boradi. Uslubiy tashkilotlarning va uslubiy ishlarning boshqa shakllaridagi faoliyatida qatnashadi;
z) oʻqituvchi va tarbiyachilar bilan yaqin muloqotda ishlaydi, kerak boʻlganda nazariy mashgʻulotlarga kirib turadi;
i) shaxsning umumiy madaniy shakllanishiga, ijtimoiylashishiga, kasbiy dasturlarni ongli ravishda oʻrganishiga va tanlashiga yordam beradi. Davlat standartlari doirasida taʼlim tizimining turli shakllarini, uslublarini, qoʻllanmalarni ishlatadi;
k) oʻquvchilarni Davlat taʼlim standarti talablariga mos keladigan darajada tayyorlashni taʼminlaydi;
l) yongʻinga qarshi himoya, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlarining bajarilishini taʼminlaydi;
m) taʼlim olish jarayonida oʻquvchilarning sogʻligʻini va hayotini muhofaza qilishni taʼminlaydi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisidagi”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, boshqa qonun hujjatlarni, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining qoʻllanma va axborot, normativ materiallarini, buyruqlarini, taʼlim boʻyicha statistik maʼlumotlarni, Bola huquqlari haqidagi konvensiyani;
b) oʻquvchilarning pedagogikasi va psixologiyasining asoslarini, kasbiy va amaliy faoliyatga tegishli masalalar boʻyicha meʼyoriy va uslubiy hujjatlarni, oʻquvchilar bilan ishlash boʻyicha mavjud boʻlgan dasturlar, uslubiy adabiyotlar va tegishli fan, texnika va texnologiya yutuqlari;
v) tarmoq menejmenti va marketingining xususiyatlarini;
g) mehnat qonunchiligi, mehnat muhofazasining qoidalari va meʼyorlarini, texnika xavfsizligi va yongʻinga qarshi muhofazani.
Bajara olishi lozim:
oʻquv dasturi va davlat taʼlim standartlariga tegishli amaliy ishlarning barcha turlarini.
Malaka talablari:
a) taʼlim muassasasining yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot yoki ish staji soʻralmagan holda muhandis-pedagogik maʼlumot;
Oldingi tahrirga qarang.
b) kasb (mutaxassislik) boʻyicha 3 yildan kam boʻlmagan amaliy ish staji va oʻrta maxsus kasbiy maʼlumot.
(17-paragraf “Malaka talablari” qismining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
§ 18. USLUBChI
Lavozim vazifalari:
a) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida, uslubiy xonalarda (markazlarda) uslubiy ishlarini tashkil qiladi;
b) taʼlim muassasasidagi oʻquv-uslubiy va tarbiyaviy ishlar holatini, uning davlat taʼlim standartlariga mos kelishini tahlil qiladi va uning samarasini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
v) oʻqituvchilarning va boshqa pedagogik xodimlarning, shu qatorda muhandis-pedagoglarning, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va tarbiyachilarning ilgʻor va rivojlangan ish tajribalarini oʻrganadi va tarqatadi;
g) oʻquv guruhlarni, toʻgaraklarni va oʻquvchilar tashkilotlarini tuzishda qatnashadi;
d) taʼlim muassasalarining mutaxassislari va rahbarlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashni rejalashtirish va istiqbolini belgilash, diagnostik, axborot va uslubiy materiallarni ishlab chiqishda qatnashadi;
e) oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasasining pedagogik xodimlariga ularning faoliyat yoʻnalishiga tegishli holda taʼlim mazmunini, shakllarini, uslublari va qurollarini aniqlashda maslahat va amaliy yordam beradi. Tegishli yoʻnalishlar boʻyicha xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishda qatnashadi;
j) oʻquv, oʻquv-taqvim rejalarni, fanlar hamda oʻquv kurslari boʻyicha dasturlarni tuzadi;
z) oʻquv-uslubiy hujjatlarni, qoʻllanmalarni (oʻquv fanlari, didaktik materiallar, jihozlar roʻyxati turlari va boshqalar) ishlab chiqishni, taqriz qilishni va tasdiqlashni tashkillashtiradi;
i) muassasalarning tajriba-sinov ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
k) muassasalar mutaxassislari va rahbarlarining eng natijaviy tajribalarini umumlashtiradi va joriy qilish boʻyicha choralar koʻradi;
l) konferensiyalar, seminarlar, konkurslar, koʻrgazmalar, olimpiadalar, musobaqalar va boshqalarni oʻtkazish boʻyicha lozim boʻlgan hujjatlarni ishlab chiqadi va tashkil qiladi;
m) taʼlim mazmunini ekspertiza qilish va ilmiy-uslubiy taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkil qiladi. Uslubiy materiallar, oʻquv qoʻllanmalar, darsliklarni nashr etishning kelajak rejalarini ishlab chiqishda va ularning mualliflarini tanlashda ishtirok etadi. Uslubiy xonalarga va taʼlim muassasalariga nashr etilayotgan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, videomateriallar, taʼlimning audiovizual va boshqa vositalari haqida axborot berib turadi va muassasalarning ularga boʻlgan ehtiyojlarini tahlil qiladi;
n) jahon pedagogik tajribalar haqidagi maʼlumotlarni oʻrganadi va taʼlim hamda tarbiya boʻyicha ilgʻor texnologiyalarni joriy qilishni tashkil qiladi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi, taʼlim standartlarining mazmuni va talablarini. Oʻquv uslubi va tarbiyaviy ish masalalari boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazining buyruqlari, farmoyishlari, uslubiy va boshqa boshqaruv materiallarni;
b) didaktika prinsiplarini, pedagogika va oʻsmir psixologiyasi asoslari, taʼlim berishning umumiy va shaxsiy texnologiyalari, oʻquv fanini yoki faoliyat yoʻnalishini uslubiy taʼminlash prinsiplari va qoʻllash uslublarini, muassasada taʼlim jarayonini tashkil qilish tizimini;
v) muassasadagi pedagogik ishlarning samarali uslublarini aniqlash, umumlashtirish va ularni tarqatish usullarini;
g) muassasa pedagogik xodimlarining uslubiy uyushmalari ishlarining mazmuni va uni tashkil qilish tamoyillarini;
d) mutaxassisliklar, taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv-dasturiy hujjatlar, oʻquv rejalar, oʻquv jihozlarining roʻyxatlari turlari va boshqa oʻquv-uslubiy hujjatlarini ishlab chiqish tartibi va tamoyillarini;
e) nashriyotlar bilan ishlash asoslari, uslubiy va axborot materiallarini tizimga kiritish tamoyillari, taʼlimning audiovizual va interfaol vositalariga boʻlgan asosiy talablarni.
Malaka talablari:
a) oliy pedagogik yoki muhandis-pedagogik maʼlumot;
b) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida pedagogik ish staji 5 yildan kam boʻlmasligi kerak.
§ 19. TOʻGARAK RAHBARI
Lavozim vazifalari:
a) taʼlim muassasasining toʻgarak ishini tashkillashtiradi va rahbarlik qiladi;
b) toʻgarak ishini buyuk ajdodlarimiz merosiga chuqur hurmat bilan yondashish, milliy gʻurur va Vatanga sadoqat ruhida, darsdan tashqari vaqtdan unumli foydalanish maqsadida toʻgarak faoliyatini yurgizadi;
v) yoʻnalish boʻyicha toʻgarak aʼzolari (jamoa) individual va guruhiy mashgʻulotlar olib boradi;
g) toʻgarak aʼzolaridan kasbiy mahoratni mustahkamlash va bilim darajasini yuksaltirishga harakat qiladi;
d) uslubiy ishlarda faol ishtirok etadi. Oʻquvchilarni toʻgarakka jalb qilish maqsadida saralash va jamlash ishlarini olib boradi. Toʻgarak aʼzolarini (jamoa) turli musobaqa, koʻrgazma, konsertlar va boshqa ommaviy tadbirlarda qatnashishni taʼminlaydi;
e) toʻgarak aʼzolarining (jamoa) oʻquv intizomiga rioya etishini nazorat qiladi va davomatini olib boradi;
j) ota-onalar, axborot-resurs markazlari xodimlari, guruh tarbiyachilari va oʻqituvchilar bilan hamkorlik qiladi;
z) toʻgarak ishi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha taklif beradi, toʻgarak ishini aks ettiruvchi burchakni rasmiylashtiradi va uni reklama qiladi;
i) toʻgarak ishi bilan bogʻliq boʻlgan hisobotni tuzadi va hujjatlarni yuritadi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, taʼlim toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlari, darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining normativ-huquqiy hujjatlarini, ushbu yoʻnalish boʻyicha toʻgarak ishlari dasturini, uslubiy tavsiyanomalarni, toʻgaraklarda ish yuritishning shakl va uslublarini, pedagogika asoslari, pedagogik psixologiya, oʻsmirlar psixologiyasini;
b) oʻquvchilar shaxsini rivojlantirishning huquqiy hujjatlarini, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini;
v) zamonaviy tarbiya va oʻqitish usullari va uslublarini, turli madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish va oʻtkazishni, madaniyat va sanʼat, fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini;
g) seksiya va klublarni rivojlantirish dasturlarini;
d) oʻqitishda texnik vositalardan foydalanishni;
e) taʼlim muassasasi faoliyatini tashkil etishga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablarini, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalarini;
j) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Malaka talablari:
a) toʻgarak yoʻnalishi boʻyicha kamida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga ega boʻlishi;
b) amaliy ish staji shart emas.
§ 20. OLIMPIYA ZAXIRALARI KOLLEJINING TRENER-OʻQITUVChISI
Lavozim vazifalari:
a) oʻquvchilar tomonidan yuqori sport natijalariga erishish uchun yoʻnaltirilgan yillik va joriy rejalarni, oʻquv-mashgʻulot va uslubiy ishlarning dasturini ishlab chiqadi;
b) oʻquvchilarning oʻquv-mashgʻulot ishlarini va oʻquv-mashgʻulot yigʻilishlarini oʻtkazadi;
v) sport bilan shugʻullanishga istak bildirgan va tibbiy tomondan salbiy koʻrsatgichlarga ega boʻlmagan shaxslarni sport guruhlariga (seksiyalariga) qabul qiladi;
g) oʻquv-mashgʻulot va tarbiyaviy ishlar jarayonida oʻquvchilarni tanlash, tavsiyalar berish maqsadida ularning jismoniy, axloqiy va boshqa muhim xususiyatlarini tahlil qiladi;
d) kelajakda yuqori natijalarga erishadigan oʻsmirlarni saralash va yoʻnaltirish ishlarini olib boradi;
e) oʻquvchilarning jismoniy, nazariy, texnik va sport tayyorgarligini oshirishni, dars jarayonida oʻquvchilarning sogʻligʻini mustahkamlash va muhofaza qilishni, oʻquv mashgʻulotlari xavfsizligini taʼminlaydi;
j) sportchilar tomonidan turli xil dopinglarni isteʼmol etish hollarini oldini oladi;
z) ish faoliyatining natijaliligi va samaradorligini oshirish maqsadida boshqa oʻqituvchilar, trenerlar, tarbiyachilar, psixolog va tibbiy xodimlar bilan hamkorlik qiladi;
i) oʻz ishining natijalari va mazmunini tizimli ravishda hisobotini olib boradi, tahlil qiladi va umumlashtiradi. Oʻz ishi toʻgʻrisida hisobotlar tuzadi;
k) mehnat natijalarini muhokama qilish, oʻquv, tarbiyaviy, jismoniy, sport ishlari hamda oʻquv sifatini yaxshilash boʻyicha turli yigʻilish, konferensiya, majlisda qatnashadi;
l) ish faoliyatida oʻquvchilarni sogʻlomlashtirishni va sport tayyorgarligining eng samarali uslublaridan foydalanadi;
m) oʻquvchilari bilan sport musobaqalarida trener sifatida qatnashadi va kerak paytda sport musobaqalarida uning sharafini himoya qiladi;
n) oʻquvchilarni testdan oʻtkazadi, bilim mahoratini aniqlaydi, jismoniy va amaliy tayyorgarligini aniqlaydi;
o) texnika xavfsizligi qoidalariga amal qiladi;
p) qaramogʻidagi oʻquvchilar va jamoa toʻgʻrisida, hayoti, sogʻligʻi va huquqlari uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarini, taʼlim toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarini, sportni rivojlantirish, jismoniy tarbiyani yuksaltirish, tarbiya uslublari, sport musobaqalari qatnashuvchilariga jismoniy tarbiya fanini oʻqitishni;
b) xalqaro va milliy musobaqalar oʻtkazishning alohida talablari va qoidalarini;
v) pedagogika, psixologiya, oʻsmirlar fiziologiyasi, gigiyenasi, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalarini;
g) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Malaka talablari:
a) oliy jismoniy tarbiya boʻyicha pedagogik maʼlumot;
b) kamida uch yillik trenerlik, oʻqituvchilik stajiga ega boʻlishi.
§ 21. SPORT KOLLEJINING TRENER-OʻQITUVChISI
Lavozim vazifalari:
a) oʻquv-mashq, sport ishi boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib boradi;
b) oʻquv-mashq va uslubiy ish dasturiga hamda taʼlim standartlarining talablariga muvofiq yillik va joriy shaxsiy ish rejalarini ishlab chiqadi;
v) jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga istak bildirgan va tibbiy tomondan salbiy koʻrsatgichlarga ega boʻlmagan shaxslarni sport seksiyalariga, sport va sogʻlomlashtirish guruhlariga qabul qilishda ishtirok etadi;
g) oʻquvchilar bilan oʻquv-mashq va tarbiyaviy ishlar olib borish jarayonida tegishli qaror qabul qilish va maslahat berish maqsadida oʻquvchilarning jismoniy va axloqiy fazilatlarini oʻrganadi, tahlil qiladi;
d) shugʻullanuvchilarning jismoniy, nazariy, axloq-irodaviy, texnik va sport tayyorgarligini, mashgʻulot paytida oʻquvchilar sogʻlomligining mustahkamlanishini va muhofazasini, oʻquv-mashq jarayonining xavfsizligini taʼminlaydi;
e) boshqa oʻqituvchilar, murabbiylar, tarbiyachilar, psixolog va tibbiy xodimlar bilan oʻz ishining natijalarini va uning samaradorligini oshirishda hamkorlik qiladi;
j) oʻz ishining natijalarini va mazmunini muntazam ravishda hisobga oladi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
z) oʻquvchilar va sportchilar bilan test oʻtkazadi, ularning bilimlarini, mahoratlarini va amaliy tayyorgarligini baholaydi;
i) ish natijalarini muhokama qilish boʻyicha hamda oʻquv, tarbiyaviy va jismoniy-sport ishlarini yaxshilashga oid masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislar, kengashlar, konferensiyalar va yigʻilishlarda ishtirok etadi;
k) shugʻullanayotgan shaxslar va oʻquvchilar sport tayyorgarligining va ularni sogʻlomlashtirishning eng samarali usullaridan oʻz ishida foydalanadi;
l) mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qiladi;
m) unga ishonib topshirilgan oʻquvchilarning va jamoaning hayoti, sogʻlomligi va huquqlarining daxlsizligi uchun javob beradi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarini, taʼlim sohasida boshqa qonun hujjatlarini, taʼlimni rivojlanishi strategiyasini, jismoniy tarbiya va sport rivojlanishi yoʻnalishlarini va istiqbollarini, shugʻullanayotgan shaxslar tarbiyasini, jismoniy tarbiya fanini oʻqitish va sport mashqlari oʻtkazish usullarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarini;
b) pedagogika, psixologiya, oʻsmirlar fiziologiyasi, gigiyenasi asoslarini, xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi qoidalarini;
v) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Malaka talablari:
ish stajiga talablar yoʻq boʻlgan holda, oliy yoki oʻrta maxsus jismoniy tarbiya boʻyicha maʼlumot.
§ 22. OLIMPIADA ZAXIRASI KOLLEJINING INSTRUKTOR-USLUBChISI
Lavozim vazifalari:
a) jismoniy-sogʻlomlashtirish va sport-ommaviy ishlar boʻyicha tashkiliy-uslubiy ishlarni olib boradi;
b) jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga istak bildirgan va tibbiy tomondan salbiy koʻrsatgichlarga ega boʻlmagan shaxslarni sport seksiyalariga, sport va sogʻlomlashtirish guruhlariga qabul qilishda ishtirok etadi, shugʻullanayotgan shaxslarga maslahatlar beradi;
v) sport-ommaviy va jismoniy-sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil qiladi va oʻtkazadi, sportchilarni hamda ommaviy razryadli va hakamlik toifasidagi hakamlarni tayyorlaydi;
g) jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik bazani mustahkamlash va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil qilishda ishtirok etadi;
d) oʻquvchilar, sportchilar tomonidan taqiqlangan preparatlar (doping)dan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
e) instruktor-jamoatchilarning faoliyatini tashkiliy-uslubiy boshqaruvini taʼminlaydi, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qiladi va oʻtkazadi, sport zallari, xonalar, maydonchalarni bezashda yordam beradi;
j) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha instruktor-uslubchilar ishining yetakchi, shu jumladan xalqaro ilgʻor tajribalarini oʻrganadi, tashkilotning ish natijalarini tahlil qiladi va ishni takomillashtirishni rejalashtirishda ishtirok etadi;
z) jismoniy tarbiya va sportni, sogʻlom turmush tarzi gʻoyasini targʻib qiladi, shugʻullanayotgan shaxslar ustidan tibbiy kuzatish olib borishni taʼminlash hamda sportni takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida sogʻliqni saqlash organlari, psixologlar, oʻqituvchilar bilan keng hamkorlikda ishlaydi;
i) xalqaro musobaqalarni olib borish amaliyotini, sport musobaqalarning qoidalariga yangi kiritilgan tartib-qoidalarni oʻrganadi;
k) mehnatni muhofaza qilish hamda shugʻullanayotgan shaxslarning xavfsizlik texnikasini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar va nazariy mashgʻulotlar kompleksini oʻtkazadi;
l) oʻz malakasini muntazam ravishda oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarini, Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani va boshqa qonun hujjatlarini, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining oʻquv, tarbiyaviy ishlar va sportchilarning tayyorgarligi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarini;
b) jismoniy-sogʻlomlashtirish ishining asoslarini, sport va jismoniy-ommaviy chora-tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish usullarini;
v) tibbiy nazorat va tez tibbiy yordam koʻrsatish asoslarini, shugʻullanayotgan shaxslarning fiziologik xususiyatlarini;
g) oʻquvchilarning bilim, mahorat va qobiliyatlarini baholash usullarini;
d) oʻquv-mashq jarayonida kompyuter va zamonaviy jihozlardan foydalanishni;
e) hisobot va shartnomalar tuzishni, suhbatlar va sport tadbirlarini oʻtkazishni;
j) sport inshootlaridan, jihozlardan va sport texnikasidan foydalanish qoidalarini, xavfsizlik texnikasini hamda ishlab chiqarish jarayonining sanitariya qoidalarini.
Malaka talablari:
jismoniy tarbiya boʻyicha oliy maʼlumot va trener-oʻqituvchi lavozimida 3 yillik ish staji.
§ 23. MADANIYAT VA SANʼAT KASB-HUNAR KOLLEJI(AKADEMIK LITSEY)NING KONSERTMEYSTERI
Lavozim vazifalari:
a) Davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari, dasturlarining tegishli talablariga muvofiq tegishli sanʼat turi boʻyicha (musiqa, raqs, ashulachilik, teatr) ixtisoslashtirilgan nazariy, amaliy mashgʻulotlarni rejalashtiradi, tashkil qiladi va olib boradi, maslahatlar beradi;
b) oʻquvchilarning musiqiy yoki boshqa emotsional sohadagi qobiliyatlarini, ularning ijodiy faoliyatlarini rivojlantiradi;
v) jamoaning oʻquv, badiiy, ilmiy-pedagogik kengashining yigʻilishlarida qatnashadi;
g) oʻquv-uslubiy materiallarni, imtihon savollarini, mashqlarini, testlarini va topshiriqlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
d) musiqiy faoliyatining har qanday turlaridan va shakllaridan foydalanib, oʻquvchilarda estetik xususiyatlarni shakllantiradi;
e) bir necha musiqiy asboblarda ijro etishning texnikasini professional tarzda biladi;
j) oʻquvchilar bilan shaxsiy ish olib boradi, qobiliyatli va isteʼdodli oʻquvchilarni tanlab olib, ularning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda yordam beradi;
z) oʻsmirlarning shaxsiy va yoshga oid xususiyatlarini, shuningdek ularning ijodiy qobiliyatlarini inobatga olib, oʻz pedagogik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
i) oʻquvchilarni konsertlarda, konkurslarda, olimpiadalarda, festivallarda va boshqa ommaviy tadbirlarga chiqishiga tayyorlaydi;
k) oʻquvchilarning bilimlari, amaliy ijro mahoratlari ustidan nazorat qiladi, imtihonlar, testlar va nazorat ishlarini oʻtkazadi, davomatni va oʻzlashtirishni hisobga oladi;
l) boshqa oʻqituvchilar, guruhlar rahbarlari, psixolog va ota-onalar bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha hamkorlik qiladi;
m) oʻz malakasini muntazam ravishda oshiradi;
n) mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda xavfsizlik texnikasiga amal qiladi.
Bilishi lozim:
a) oʻrta maxsus musiqiy taʼlimning davlat standartlari mazmunini, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining madaniyat va sanʼat masalalari boʻyicha uslubiy, meʼyoriy, yoʻriqnomaviy va boshqa boshqaruv materiallarini;
b) madaniyatning shakllari va turlarini, jahonning asosiy hamda madaniy-tarixiy markazlarini va joylarini;
v) Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixini;
g) oʻsmirlar musiqiy taʼlimining nazariyasi va amaliyoti asoslarini, musiqiy adabiyotni, xoreografiya asoslarini, ashulachilar jamoasi bilan ishlash tartibini. Ssenariylarni, dasturlarni amaliy ishlab chiqishni, madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibini;
d) oʻsmir shaxsi rivojlanishining xususiyatlarini, turli yoshdagi shaxslarning musiqaviy qabul qilishi, emotsiyalari, motorikasi va musiqaviy imkoniyatlarini;
e) zamonaviy va klassik oʻzbek, sharq va xorijiy bastakorlarning hayoti va ijodini, xalq hofizlarining ijodini, musiqa tarixini va musiqiy madaniyatni, milliy va klassik repertuardagi asarlarni;
j) musiqa asboblarini (oʻzbek, sharq va xorijiy), shuningdek oʻzbek, sharq, yevropa klassik musiqiy madaniyatini, operasini, baletini;
z) musiqa uslublarini va usullarini, Oʻzbekistonning turli joylariga xos boʻlgan asbob va ijro yoʻnalishlarini. Musiqiy oʻyinlarni, musiqiy ritmik harakatlarni;
i) oʻzining rivojlanishida orqada qolgan bolalar bilan ishlashda defektologiya asoslarini va tegishli uslublarni;
k) musiqiy asbobda aʼlo darajada ijro etishni, qoʻshiqchilik va jamoada qoʻshiq aytish mahoratini, musiqiy yoki boshqa sanʼat asarlarini yaratish va ijro etishni, raqslarni qoʻya bilishni.
Malakaviy talablar:
musiqiy-pedagogik oliy maʼlumot.
§ 24. KASB-HUNAR KOLLEJI(AKADEMIK LITSEY)NING KONSERTMEYSTERI
Lavozim vazifalari:
a) musiqiy, raqs va xoreografik sanʼatning tegishli turi boʻyicha darsdan tashqari mashgʻulotlarni rejalashtiradi, tashkil qiladi va olib boradi, maslahatlar beradi, ijodiy musiqiy toʻgaraklarni tashkil qiladi;
b) oʻquvchilarning musiqiy yoki boshqa qobiliyatlarini, ularning emotsional doirasini va ijodiy faoliyatlarini rivojlantiradi;
v) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining ilmiy-pedagogik va badiiy (agarda u koʻzda tutilgan boʻlsa) kengashining yigʻilishlarida qatnashadi;
g) musiqiy faoliyatni tashkil qilishning har qanday turlaridan va shakllaridan foydalanib, oʻquvchilarda estetik xususiyatlarni shakllantiradi;
d) musiqiy asbobda ijro etish texnikasini professional tarzda biladi;
e) oʻquvchilar bilan shaxsiy ish olib boradi, qobiliyatli va isteʼdodli oʻquvchilarni ularning shaxsiy va yoshga oid xususiyatlarini inobatga olgan holda tanlab oladi, shuningdek ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda yordam beradi;
j) oʻquvchilarning konsertlarda, konkurslarda, olimpiadalarda, festivallarga va boshqa ommaviy tadbirlarda chiqishiga tayyorlaydi;
z) havaskorlik spektakllarini, tomoshalarni, konsertlarni musiqiy joʻrlik bilan taʼminlaydi;
i) tarbiyachilar bilan birga oʻquvchilarni estetik tarbiyalash boʻyicha ishlar olib boradi, professional artistlar ishtirokida ijodiy kechalarni oʻtkazadi;
k) oʻqituvchilar, guruhlar rahbarlari, psixolog va ota-onalar bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish boʻyicha hamkorlik qiladi;
l) oʻz malakasini muntazam ravishda oshiradi;
m) mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda xavfsizlik texnikasiga amal qiladi.
Bilishi lozim:
a) oʻrta maxsus musiqiy taʼlimning davlat standartlari mazmunini, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining madaniyat va sanʼat masalalari boʻyicha uslubiy, meʼyoriy, yoʻriqnomaviy va boshqa boshqaruv materiallarini;
b) madaniyatning shakllari va turlarini, jahonning asosiy hamda madaniy-tarixiy markazlarini va joylarini;
v) Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixini;
g) oʻsmirlar musiqiy taʼlimining nazariyasi va amaliyoti asoslarini, musiqiy adabiyotlarni, xoreografiya asoslarini, qoʻshiqchilar jamoasi bilan ishlash tartibini. Ssenariylarni, dasturlarni amaliy ishlab chiqishni, madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibini;
d) bolalar va oʻsmirlar shaxsi rivojlanishining xususiyatlarini, turli yoshdagi shaxslarning musiqaviy qabul qilishi, emotsiyalari, motorikasi va musiqaviy imkoniyatlarini;
e) zamonaviy va klassik oʻzbek, sharq va xorijiy bastakorlarning hayoti va ijodini, xalq hofizlarining ijodini, musiqa tarixini va musiqiy madaniyatni, bolalar repertuari asarlarini;
j) musiqiy asboblarni (oʻzbek, sharq va xorijiy), shuningdek oʻzbek, sharq, yevropa klassik musiqiy madaniyatini;
z) musiqa uslublari va usullarini, Oʻzbekistonning turli joylariga xos boʻlgan asboblar va ijro yoʻnalishlarini. Musiqiy oʻyinlarni, musiqiy ritmik harakatlarni;
i) musiqiy asbobda aʼlo darajada ijro etishni, qoʻshiqchilik va jamoada qoʻshiq ayta olish mahoratini, musiqiy yoki boshqa sanʼat asarlarini yaratishni va ijro etishni.
Malaka talablari:
oʻrta maxsus musiqiy-pedagogik maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 350-modda, 51-son, 505-modda; 2010-y., 5-son, 44-modda)