O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Qarori
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI BO‘YIChA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 29-avgustda 1845-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2012-yil 26-noyabrdagi 69/1-q/q, 63-q/q, 33-q/q-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari bo‘yicha Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1845-3, 04.12.2012-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-929-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 165-sonli qaroriga asosan, qaror qilinadi:
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari bo‘yicha yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-avgust,
39-son
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori Z. SATTOROV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-avgust,
36/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-avgust,
01-275-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 25-avgustdagi 39, 36/QQ, 01-275-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-y., 31-32-son, 296-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-y., 31-32-son, 303-modda) asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalariga nisbatan mazkur Yo‘riqnomaning ilovasiga muvofiq qo‘llaniladi.
II. Malaka tavsiflari mazmuni va qo‘llash tartibi
2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
pedagog xodimning lavozimi bo‘yicha majburiyatlari ro‘yxatini;
tegishli lavozimni egallab turgan (egallashga nomzod) xodimning bilim ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablarni;
tegishli lavozimni egallash uchun zarur bo‘lgan ish staji va ta’lim darajasiga qo‘yiladigan talablarni.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida ko‘rsatilgan har bir lavozim bo‘yicha ish mazmuni, hajmi va bajarish tartibi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan Davlat ta’lim standartlariga, ish ko‘rsatmalariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda belgilanadi.
3. U yoki bu lavozim (lavozimlar guruhi) yoki malaka toifasi uchun bir qancha tarif stavkalari belgilangan bo‘lsa, nisbatan yuqori bazaviy tarif stavkasiga ega bo‘lgan xodim nisbatan kichikroq lavozim yoki malaka toifasidagi xodimlar uchun nazarda tutilgan bilimlar, tajribalar va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
4. Xodimga lavozim (malaka toifasi) belgilash, berish o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini berish tartibi asosida amalga oshiriladi.
5. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari xodimlarini lavozim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka toifasining hisobi, shuningdek ish to‘g‘risidagi barcha hujjatlardagi yozuvlar ushbu malaka tavsiflaridagi lavozimlar va malaka toifalari nomlari bilan qat’iy mos bo‘lishi kerak.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnomaga
ILOVA
ILOVA
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI
§ 1. O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASASI DIREKTORI
Lavozim vazifalari:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarining bajarilishini ta’minlaydi;
b) ta’lim muassasasi faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, ilmiy va pedagogik kengashni boshqaradi, ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, rivojlantirish va mukammallashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
v) o‘quv-tarbiya jarayonining barcha bosqich va bo‘limlari faoliyatini tashkillashtiradi;
g) o‘quv jarayoniga Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini kiritishni ta’minlaydi,ularni tatbiq etishning nazoratini amalga oshiradi;
d) O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi ustavi talablariga rioya qilishni ta’minlaydi;
e) davlat va jamoat tashkilotlarida o‘rnatilgan tartibda ta’lim muassasasi manfaatlarini himoya qiladi;
j) ta’lim muassasasining yillik va oylik ish rejalarini tasdiqlaydi hamda o‘qituvchilar yillik ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
z) o‘quvchilar tomonidan tizimli bilimlar olishni, ularga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirishni, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni, ijodiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishni, mehnat ko‘nikmalarini, tanlangan kasbga va atrof muhitga ongli munosabatni yuzaga keltirishni ta’minlaydi;
i) o‘quv jarayoniga mukammallashgan va samarali pedagogik texnologiyalar va ta’lim vositalarini kiritadi;
y) o‘z vakolati doirasida ta’lim muassasasining moliya xo‘jalik masalalarini hal etadi, budjet va budjetdan tashqari moliyaviy mablag‘larni shakllantiradi va ulardan samarali foydalanishini ta’minlaydi, o‘quv jihozlari va boshqa o‘qitish vositalarining saqlanishini ta’minlaydi, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi;
k) pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlaydi, ularni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, shtat jadvalini belgilangan xizmat doirasida tasdiqlaydi, pedagogik xodimlar attestatsiyasini tashkillashtiradi, xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
l) mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi;
m) ta’lim muassasasining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiyaga boshchilik qiladi, maxsus komissiya qarori asosida xodimlarga qo‘shimchalar, bir martalik mukofotlar va moddiy yordamni tayinlaydi;
n) o‘quvchilarning bilim sifatini davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini, o‘quv-tarbiya ishlarining samaradorligini ta’minlaydi va nazorat qiladi, pedagog xodimlarni rag‘batlantirish uchun ta’lim standartlari talablari bajarilishini xolis hisobga olinishini tashkillashtiradi;
o) o‘qituvchilar faoliyati samaradorligi va sifatini baholash uchun o‘quvchilar o‘rtasida tanlanma testlarni tashkil etadi;
p) o‘quvchilarni ta’lim muassasasiga qabulini, kursdan kursga o‘tishini, ish yuritishning olib borilishini, o‘quvchilarga ma’lumot haqidagi hujjatlarning berilishini tashkil etadi;
r) umumta’lim maktablari 9-sinflari bitiruvchilari bilan faol kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishni tashkil qiladi;
s) o‘quvchilarni darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanishini tashkil etadi;
t) vasiylik kengashi, ota-onalar, mahalla qo‘mitasi, jamoat va homiy tashkilotlari bilan o‘quv-tarbiya ishlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini tashkil etadi, pedagog va boshqa xodimlar bilan shartnomalar tuzadi;
u) o‘quvchilarning o‘quv ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etadi, korxona, tashkilot va muassasalar bilan o‘quvchilarning o‘quv ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar tuzadi;
f) o‘smirlarning huquq va manfaatlarini himoyalash va muhofazalash bo‘yicha talabnomalarga amal qilinishini ta’minlaydi, mehnatni muhofazalash va texnika xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi;
x) kam ta’minlangan oila farzandlarini ijtimoiy himoyalash ishlarini tashkil etadi, yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarning yashashi va ovqatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi;
ts) ta’lim muassasasi bitiruvchilarini ishga joylashtirish (taqsimlash) ishlarini tashkil etadi, bitiruvchilarni ishga joylashtirish uchun talabnomalar portfelini shakllantiradi va bitiruvchilarning ishga joylashtirilishi monitoringini ta’minlaydi;
sh) mutaxassisliklar va kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlari kesimida kadrlarni tayyorlash rejalariga tegishli o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi;
e) o‘quvchilarni eng yaxshi milliy an’analar, urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalashni, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida yuqori ma’naviy axloqiy sifatlarni hosil qilish, o‘z vataniga va xalqiga sodiq fuqarolarni shakllantirishni boshqaradi;
yu) ta’lim muassasasi faoliyati haqida hisobotlar tayyorlaydi, buyruqlar chiqaradi, xodimlar uchun ijtimoiy-maishiy va malaka oshirish uchun sharoitlar yaratadi;
ya) xodimlarning majburiyatlari, vazifalarini belgilaydi va ulardan alohida o‘rnak ko‘rsatganlarini mukofotlash va rag‘batlantirish uchun tavsiya etadi, o‘z vakolati doirasida jazo choralarini qo‘llaydi;
o‘) jamoa a’zolari va o‘quvchilar kontingenti huquqlarini himoyalashga, hayoti va sog‘lig‘ini muhofazalashga g‘amxo‘rlik qiladi.
Bilishi zarur:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarini;
b) Davlat ta’lim standartlari talablari va mazmuni, jamoani samarali boshqarish usullari, xodimlarni, ularni o‘qitish va tarbiyalash sifati, standart talablarini qo‘llash natijalariga bog‘langan holda moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning tizimi va usullarini;
v) kadrlarni tanlash va joy joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
g) pedagogikani, pedagogik psixologiyani, o‘smirlar fiziologiyasini, ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etishning sanitariya-gigiyena talablarini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
d) ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq qilish usullarini;
e) o‘quvchilar bilimini nazorat qilish usullarini;
j) ta’lim muassasasi va pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
z) yoshlarga oid qonun hujjatlarni.
Bajara olishi zarur:
a) ta’lim muassasasi va alohida olingan o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yo‘llarini belgilash;
b) ta’lim muassasasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va uni boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini hosil qilish va shartnomalar tuzish, nizomlar, qoidalar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish, ishchi yig‘ilishlar, suhbatlarni olib borish;
v) hudud iqtisodiyotining kichik mutaxassis kadrlarga bo‘lgan kelajakdagi ehtiyojlarini aniqlash va tahlil qilish;
g) pedagogik jamoada sog‘lom psixologik muhitni yaratish.
Malaka talablari:
a) oliy ma’lumot (madaniyat va sport hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi ta’lim muassasalarida akademik litsey, kasb-hunar kollejining ta’lim yo‘nalishlaridan kamida bittasi yoki bilim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot);
b) ta’lim tizimidagi (pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 3 yildan kam emas yoki akademik litsey, kasb-hunar kollejining soha yo‘nalishi bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan amaliy ish staji.
(1-paragraf “Malaka talablari” qismining “a” va “b” bandlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010-yil 18-yanvardagi 89 Q/Q, 01 Q/Q va 01 Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-2, 03.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 44-modda)
Ta’lim muassasasi yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganda rahbar lavozimlaridagi shaxslarga ish staji talab qilinmaydi.
§ 2. O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASASINING O‘QUV IShLARI BO‘YIChA DIREKTOR O‘RINBOSARI
Lavozim majburiyatlari:
a) o‘quv jarayonini tashkil qiladi, ta’lim standartlarida belgilangan o‘quv, tarbiyaviy reja va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi;
b) pedagogik kadrlarni tanlash va joylashtirishda qatnashadi, pedagogik jamoaning o‘quv-uslubiy ishlarini boshqaradi, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalarining ilg‘or tajribasini o‘rganish va umumlashtirishni tashkil qiladi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etadi. Pedagog xodimlarga metodik yordamni tashkil qiladi va amalga oshiradi, jamoa va alohida o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qiladi;
v) o‘qituvchilarning yillik, chorak va oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi. O‘qituvchilarning tasdiqlangan ish rejalari asosida ish vaqtini hisoblaydi va bajarilishini nazorat qiladi. Dars jadvali, testlar, imtihonlar va boshqa o‘quv taqdimotlari grafigini ishlab chiqadi;
g) o‘quv jarayoni nazoratini tashkil qiladi, ta’lim standartlari talablarining bajarilishi, o‘quvchilarning xulqi va o‘zlashtirishining monitoringini amalga oshiradi, fakultativ darslar va fan to‘garaklarini tashkil etadi;
d) o‘quv xonalarini ko‘rgazmali va texnik o‘quv qurollari bilan, hamda axborot resurs markazlarni — kitoblar, jurnallar va boshqa axborot materiallari bilan ta’minlanishi va rasmiylashtirilishini boshqaradi;
e) fanlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordam tashkil etish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha ishlarni olib boradi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamalarini takomillashtiradi;
yo) guruh jurnallarining yuritilishi va saqlanishini ta’minlaydi, guruh rahbarlari faoliyatini boshqaradi o‘quv ishlarining holati va natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini tashkil qiladi;
j) pedagog xodimlar mehnatini muhofazalash talablari, sanitariya-gigiyena rejimi va texnika xavfsizligiga amal qilinishini ta’minlaydi;
z) jamoa a’zolari va o‘quvchilar huquqlarini himoyalash, hayoti va sog‘lig‘ini muhofazalashga g‘amxo‘rlik qiladi;
i) direktor yo‘qligida uning lavozim majburiyatlarini amalga oshiradi;
l) doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, ta’lim to‘g‘risidagi hukumat qarorlarini, ta’limni rivojlantirish strategiyalarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining ta’lim muassasasi faoliyati, uning yuritilishi va rivojlanishining iqtisodiy asoslarini tashkillashtirish va yaxshilash haqidagi buyruqlari, topshiriqlari, yo‘riqnoma va me’yoriy hujjatlarini;
b) pedagogika fani va amaliyoti, boshqarish psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini. O‘quv jarayonining amalga oshirilishi va rivojlanishining pedagogik va iqtisodiy asoslarini. Ta’lim standartlari talablari va mazmuni, jamoani boshqarishning samarali shakllari va usullari, hamda xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni;
v) davlat ta’lim standartlari mazmunini;
g) ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish usullarini. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
d) o‘quvchilar bilimini nazorat qilish usullarini;
e) yoshlarga oid qonun hujjatlarini.
Bajara olishi lozim:
a) ta’lim muassasasi va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yo‘llarini belgilash;
b) kasb-hunar kolleji(akademik litsey)ni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini hosil qilish, uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv rejalar, dasturlar, qoidalar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish;
v) ishchi yig‘ilishlar, suhbatlarni olib borish. Zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim muassasasi monitoringini tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llash;
g) pedagogik jamoada sog‘lom psixologik iqlimni yaratish.
Malakaviy talablar:
a) akademik litsey, kasb-hunar kollejining ta’lim yo‘nalishlaridan kamida bittasi bo‘yicha yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha oliy ma’lumot (madaniyat, sport hamda tibbiyot sohasi bundan mustasno);
b) ta’lim tizimidagi (pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 5 yildan kam emas.
(2-paragraf “Malakaviy talablari” qismining “a” va “b” bandlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
v) malakaviy daraja — katta o‘qituvchidan kam emas.
Oldingi tahrirga qarang.
§ 3. O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASASI DIREKTORINING MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR BO‘YIChA O‘RINBOSARI
(3-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Lavozim vazifalari:
a) ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qiladi. Ta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlar bo‘yicha yillik, oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, guruh rahbarlarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
b) milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslariga kiruvchi fanlar bo‘yicha ta’lim standartlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, bu fanlarning o‘zlashtirilishi monitoringini olib boradi;
v) o‘quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshiradi;
g) ta’lim muassasasining yotoqxonalarida o‘quvchilarning yashashiga muqobil sharoitlar yaratadi, ularni o‘rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilishini tashkil etadi;
d) sport seksiyalari va qiziqishi bo‘yicha to‘garaklarning doimiy faoliyatini ta’minlaydi;
e) milliy urf-odatlar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlarimiz misolida o‘quvchilarning vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarini tashkillashtiradi va nazorat qiladi. O‘quvchilar o‘rtasida darsdan tashqari, ommaviy-ma’rifiy ishlar va ekskursiyalarni tashkil etadi va uni muvofiqlashtiradi;
j) ta’lim muassasasida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi masalalarini echishga yo‘naltirilgan targ‘ibot va tashviqot ko‘rgazmali vositalari bilan jihozlashni tashkil etadi;
z) guruh rahbarlari uslubiy birlashmasining faoliyatini tashkil etadi, ilg‘or pedagogik tajribalar almashish jarayonini muvofiqlashtiradi, tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qiladi;
i) pedagog kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda qatnashadi, yuqori malakali ustozlarning ilg‘or pedagogik tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi;
k) umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilarini faol kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etishda qatnashadi;
l) tarbiyaviy ishlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordamni tashkil etish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini va malakasini oshirish ishlarini olib boradi;
m) san’atkorlar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalar o‘tkazilishini tashkil qiladi;
n) guruh rahbarlarining tarbiyaviy faoliyatini boshqaradi, ta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlarning holati va natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi;
o) huquq-tartibot va fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi;
p) pedagog xodimlar mehnatini muhofaza qilish talablari, sanitariya-gigiyena rejim va texnika xavfsizligiga amal qilinishini ta’minlaydi;
r) jamoa a’zolari va o‘quvchilar kontingenti huquqlarini himoyalash, hayoti va sog‘lig‘ini muhofazalashga g‘amxo‘rlik qiladi.
s) doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarini;
b) pedagogika fani va amaliyoti, boshqaruv psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlari, o‘quvchilarni vatanparvarlik, xalqimiz va vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasi tarixini hurmat qilish ruhida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash usullarini;
v) ta’lim muassasasi faoliyati va rivojlanishining pedagogik va iqtisodiy asoslari, ta’lim standartlarining talablari va mazmuni, jamoani boshqarishning samarali shakllari va usullari, xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish usullari, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni qo‘llash usullarini;
g) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
d) o‘quvchilar bilimini nazorat qilish usullarini;
e) texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari, o‘smir huquqlarini tartibga soluvchi qonunchilik aktlarini;
j) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Bajara olishi lozim:
a) ta’lim muassasasi va alohida olingan o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yo‘llarini belgilash. Ta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlar va tarbiyaviy tadbirlarni ishlab chiqish, ishchi yig‘ilishlarni, suhbatlarni olib borish.
b) zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim muassasasi monitoringini tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘llash;
v) pedagogik jamoada sog‘lom psixologik iqlimni yaratish.
Malaka talablari:
a) ijtimoiy fanlar bo‘yicha yoki pedagogik oliy ma’lumot;
b) ta’lim tizimidagi (pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 3 yildan kam emas.
(3-paragraf “Malaka talablari” qismining “a” va “b” bandlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-paragraf “Malaka talablari” qismining “v” bandlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.)bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
§ 4. O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASASINING IShLAB ChIQARISh TA’LIMI BO‘YIChA DIREKTOR O‘RINBOSARI
Lavozim vazifalari:
a) ishlab chiqarish ta’limi o‘quv jarayonini tashkil etadi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlarida ko‘zda tutilgan o‘quv, tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi;
b) o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi;
v) ishlab chiqarish ta’limi jarayonini boshqaradi, ustozlarning, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va umumlashtirishni tashkil qiladi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etadi;
g) pedagogik xodimlar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga uslubiy yordam tashkil qiladi, jamoa, ayrim o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik faoliyatini tahlil qiladi;
d) o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining yillik, chorak va oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi. Tasdiqlangan reja asosida o‘qituvchilarning ish vaqti hisobini yuritadi, dars jadvali, testlar sinovlari, imtihonlar grafigini ishlab chiqadi;
e) o‘quv jarayoni nazoratini tashkil qiladi, ta’lim standartlarining bajarilishi, o‘quvchilarning xulqi va o‘zlashtirishi monitoringini amalga oshiradi, fakultativ darslar va fan to‘garaklarini tashkil etadi;
j) o‘quv xonalarini ko‘rgazmali va texnik o‘quv qurollari bilan hamda axborot -resurs markazini kitoblar, jurnallar va boshqa axborot materiallari bilan ta’minlanishi va rasmiylashtirilishini boshqaradi;
z) o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etadi va nazorat qiladi;
i) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan bitiruvchilarni ishga joylashtirish va talabnomalar portfelini shakllantirish masalalarida hamkorlik qiladi;
k) ta’lim muassasasi bitiruvchilarini ishga taqsimlash va ishga joylashtirishda ishtirok etadi;
l) umumta’lim maktablari 9-sinf o‘quvchilarini faol kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish vazifalarini nazorat qiladi;
m) fanlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordam tashkil etish, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalarining kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha ishlarni olib boradi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamalarini takomillashtiradi;
n) o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti holati va natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi;
o) pedagoglar, xodimlar va o‘quvchilar mehnatini muhofazalash talablari, sanitariya-gigiyena tartibi va texnika xavfsizligiga amal qilinishini ta’minlaydi;
p) doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarini;
b) pedagogika fani va amaliyoti, boshqarish psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini, o‘quv jarayonining amalga oshirilishi va rivojlanishining pedagogik va iqtisodiy asoslari, Davlat ta’lim standartlarining talablari va mazmuni, jamoani boshqarishning samarali shakllari va usullari, hamda xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni;
v) ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish usullarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
g) o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriyalari mudirlari, ishlab chiqarish ustalari uchun malakaviy talablarni;
d) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Bajara olishi lozim:
a) ta’lim muassasasi, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalari faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yo‘llarini belgilash;
b) kasb-hunar kollejini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini hosil qilish, uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv rejalari, dasturlar, qoidalar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish;
v) majlislar, suhbatlar o‘tkazish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim muassasasi monitoringini tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llash;
g) pedagogik jamoada sog‘lom psixologik muhitni yaratish.
Malaka talablari:
a) kasb-hunar kollejining bilim sohasiga oid maxsus fanlardan biri bo‘yicha oliy ma’lumot;
b) pedagogik ish staji 3 yildan kam emas.
(4-paragraf “Malaka talablari” qismining “a” va “b” bandlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-paragraf “Malaka talablari” qismining “v” bandi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.)bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
§ 5. O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASASI DIREKTORINING MA’MURIY-XO‘JALIK IShLARI BO‘YIChA O‘RINBOSARI
Lavozim vazifalari:
a) umumta’lim va maxsus fan o‘quv xonalari, ishlab chiqarish ta’limi ustaxonalari, laboratoriya va texnologik jihozlarni yo‘nalish bo‘yicha ishlatiladigan texnologik loyiha me’yorlariga muvofiq joylashtirishni tashkil etadi;
b) umumta’lim va maxsus fan o‘quv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriyalarni texnika xavfsizligi qoidalariga javob beradigan zamonaviy jihozlar, moslamalar bilan ta’minlanishini nazorat qiladi;
v) o‘qituvchilar, pedagog-muhandislar bilan texnika vositalari va boshqa jihozlardan to‘g‘ri foydalanish va ularni saqlash ishlari bo‘yicha tushuntirish olib boradi;
g) o‘quv ustaxonalaridagi mavjud texnika vositalari va jihozlardan to‘g‘ri foydalanish qoidalariga rioya etilishi, mehnat, elektr va yong‘in xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablari, ishlash vaqti me’yorlariga rioya etishni tashkil etadi va amalda bajarilishini nazorat qiladi;
d) texnik vositalar va jihozlarni texnik jihatdan soz yoki nosozligini nazorat qiladi hamda texnik ko‘rik sinovi va ta’mirlash ishlarini ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda, pedagog-muhandislar bilan birgalikda, zarur hollarda shartnoma asosida boshqa tashkilotlar yordamida amalga oshiradi;
e) o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalari, o‘quv-mashq poligonlari, o‘quv xo‘jaliklarida mavjud texnik vositalar, jihoz va dastgohlardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishni ta’minlaydi. Texnik vosita, jihoz va asbob-uskunalarning hisobini olib boradi va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi. Qo‘riqlash va yong‘indan xabar beruvchi qurilma (signalizatsiya)larni o‘rnatish ishlarini tashkil etadi;
j) o‘quv ustaxonalari, laboratoriyalar va o‘quv xonalaridagi elektr energiya, suv va gaz bilan ishlovchi qurilmalar hamda moslamalar ishini to‘g‘ri tashkil etilishini nazorat qiladi;
z) moddiy javobgar shaxs bo‘lib, olib kelingan, shu jumladan chet el investitsiyalari hisobidan olib kelingan jihozlar hisobini olib boradi. Direktor, direktor o‘rinbosarlari va boshqa moddiy javobgar shaxslar ishtirokida olingan jihozlar ro‘yxatini yuk xati asosida tuzadi;
i) ta’lim muassasasining ekologik holatining saqlanishi, atrof-muhitning sanitariya-gigiyena talablari darajasida ekanligi ustidan nazorat o‘rnatadi;
k) qonun hujjatlari asosida moddiy boyliklarning butligini ta’minlash maqsadida har bir moddiy javobgar shaxs bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuzadi hamda tasdiqlash uchun direktorga taqdim etadi;
l) xo‘jalik xizmati ishchilariga rahbarlik qiladi, ta’lim muassasasi binolarini kapital va joriy ta’mirlanishini, tozaligini ta’minlaydi;
m) muntazam ravishda o‘z malakasi va kasbiy mahoratini oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarini, inson va bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyalarni, davlatning ichki va tashqi siyosatini, ta’lim va yoshlarga oid qonun hujjatlarini;
b) ta’lim va pedagogika fanining asosiy yo‘nalishlarini hamda milliy an’analar va urf-odatlarni rivojlantirish istiqbolini, mehnatni ilmiy tashkil etish va huquq asoslarini, sanitariya va gigiyena talablarini;
v) o‘quv xonalarini anjomlar bilan ta’minlash va jihozlash talablarini;
g) ta’lim uchun zarur bo‘lgan jihoz, asbob-uskuna va vositalarini qabul qilish, saqlash va foydalanish tartib va qoidalarini;
d) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, yong‘indan saqlash qoidalarini.
Malaka talablari:
ixtisoslik yoki pedagogik yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot.
§ 6. ChAQIRUVGAChA TAYYoRGARLIK RAHBARI*
Lavozim vazifalari:
a) o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining shonli an’analarini o‘rganishni tashkillashtiradi;
b) tasdiqlangan dasturlarga muvofiq ravishda o‘quvchilarni chaqiriqqacha, jumladan tibbiy tayyorgarligini amalga oshiradi;
v) o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi, o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qatnashishi hisobini yuritadi, ularning davomati, o‘quv materialini o‘zlashtirishini nazorat qilib boradi, har bir o‘quvchining qobiliyatini o‘rganadi, o‘quv-tarbiya ishini mukammallashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini tatbiq qiladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan birgalikda harbiy sport o‘yinlari musobaqalarini o‘tkazadi, harbiy kasb asoslarini o‘rganish bo‘yicha to‘garakni boshqaradi;
g) tuman (shahar) harbiy komissariyatlariga o‘quvchilarning chaqiriqqacha harbiy hisobga olishga hamkorlik qiladi;
d) favqulotda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi va himoyasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
e) alohida himoya vositalarini, harbiy texnika bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalarni va chaqiriqqacha o‘quvchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan boshqa ashyolarni foydalanishga tayyor holda ushlab turadi va saqlash qoidalariga amal qiladi;
j) mashg‘ulotlarda texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi;
z) o‘quvchilar hayoti, sog‘lig‘ini muhofazalash va huquqlarini himoya qilish haqida g‘amxo‘rlik qiladi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat”, “Mudofaa to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlarini, davlatning tashqi va ichki siyosatini;
b) jahon va mamlakatdagi pedagogika fani va amaliyotining yutuqlarini, yoshlarni vatanparvarlik ruhida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash uslubiyatini, o‘z Vatani va xalqining tarixini;
v) o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘qitishning mazmuni va usullarining o‘ziga xos xususiyatlarini;
g) yoshlarga oid qonun hujjatlari;
d) texnika xavfsizligi qoidalarini.
Bajara olishi lozim:
tasdiqlangan dasturga mos holda o‘quvchilar bilan pedagogik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish.
Malaka talablari:
maxsus harbiy-pedagogik yo‘nalishda oliy ma’lumot, zaxiradagi ofitser.
* Shtat jadvali bo‘yicha Chaqiruvgacha tayyorlash rahbari lavozimi bo‘lmaganda ko‘rsatilgan majburiyatlar direktor va uning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari orasida taqsimlanadi.
§ 7. JISMONIY TARBIYA RAHBARI
Lavozim vazifalari:
a) o‘quvchi yoshlarning jismoniy tarbiyasi va sog‘lomlashtirish ishlari bo‘yicha o‘quv, fakultativ va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etadi;
b) jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchilari ishini boshqaradi;
v) har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jadvalini tuzadi;
g) davomat va o‘zlashtirishni nazorat qiladi va hisobga oladi, o‘quv-tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish ishlarini mukammallashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi va ta’lim jarayonida o‘quvchilar sog‘lig‘i holatini kuzatib boradi;
d) jismoniy tarbiyaning ilg‘or va samarador vositalari, usullari va shakllarini tatbiq etadi;
e) “Sog‘lom avlod uchun” kompleks dasturlarining bajarilishi bo‘yicha ish olib boradi;
j) sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan o‘quvchilar sog‘lig‘ini tekshirishda qatnashadi, o‘quvchilar sog‘lig‘i holatini aniqlashda test usullaridan foydalanishni tashkillashtiradi;
z) turli korxona, tashkilot, muassasa va jamoat tashkilotlarini ommaviy sport tadbirlariga jalb etadi;
i) “Barkamol avlod” sport o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etadi;
k) sport inshootlari, inventarlaridan foydalanish va sportni rivojlantirish uchun budjetdan ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan maqbul foydalanishni ta’minlaydi;
l) jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etadi, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi.
m) jamoat instruktorlari, trenerlar va hakamlarni tayyorlash bo‘yicha ish olib boradi;
n) amalga oshirilgan ishlar, o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha axborotlar tayyorlaydi va hisobotlar tuzadi;
o) malaka va kasb mahoratlarini doimo oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, davlatning ichki va tashqi siyosatini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari talablari va mazmunini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha uslubiy hujjatlarini;
b) pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi metodikasini, o‘smirlar fiziologiyasi va anatomiyasini;
v) sanitariya va gigiyena talablari va qoidalarini, o‘quvchilar sog‘lig‘ini himoyalashni, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda texnika xavfsizligini;
g) hisobot hujjatlarini rasmiylashtirish va tuzish tartibini;
d) zamonaviy va xalq sport o‘yinlari talablari va qoidalarini.
Bajara olishi lozim:
tasdiqlangan dasturga muvofiq tarzda o‘quvchilar bilan pedagogik va tarbiyaviy ishlar olib borish.
Malaka talablari:
a) jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha oliy ma’lumot;
b) o‘qituvchi lavozimida 3 yillik amaliy ish staji.
§ 8. KASB-HUNAR KOLLEJINING KATTA USTASI
Lavozim vazifalari:
a) Davlat ta’lim standartlarining zamonaviy talablariga muvofiq kasbiy ta’lim bo‘yicha usta ishini tashkillashtiradi;
b) kasbiy ta’lim ustalarining amaliy faoliyatini nazorat qiladi va boshqaradi, ularni amaliy ishlarni rejalashtirish, ish yuritish va hisobotlar bo‘yicha zaruriy hujjatlar bilan ta’minlaydi;
v) kasbiy ta’lim ustalari o‘quv laboratoriya xonalari, ustaxonalar, poligon va boshqalarning rahbarlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish xodimlari bilan uslubiy va ko‘rsatmalar berish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi;
g) kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan birgalikda kasbiy ta’lim ustalarining malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi;
d) o‘quvchilarning kasbiy ta’lim tayyorgarligini maxsus fanlar bo‘yicha nazariy ta’lim dasturlariga uyg‘unligini ta’minlaydi;
e) o‘quvchilar amaliy tayyorgarligining davlat ta’lim standartlari talablariga mosligini nazorat qiladi;
j) o‘quv laboratoriyalari, ustaxonalar, poligonlardagi ish joylariga jihozlarni o‘z vaqtida o‘rnatishni, zarur hollarda ularni ta’mirlashni amalga oshiradi, o‘quv amaliy ish dasturlariga mos xomashyo va materiallar bilan ta’minlaydi;
z) amaliy o‘quv mashg‘ulotlari, amaliyotlar o‘tkazishda kasbiy ta’lim ustalariga yordam beradi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishida, texnik sharoitlardan kelib chiqib sifatni ta’minlashda standart talablarining bajarilishini tekshiradi;
i) o‘quvchilarni amaliy ishlaridagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlarining nazoratini amalga oshiradi;
k) kasbiy ta’lim ustalari bilan birgalikda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish korxonasini tanlaydi;
l) korxonalar bilan amaliyotni o‘tkazish to‘g‘risida shartnomalar tuzib, ularni tasdiqlashga tayyorlaydi;
m) o‘quvchilarga texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
n) o‘quvchilarni davlat attestatsiyasiga tayyorlaydi.
o) doimiy ravishda o‘z malakasini oshiradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, O‘rta maxsus kasb hunar ta’limi markazining o‘smirlar ta’limi va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha buyruqlari, topshiriqlari va boshqa hujjatlarni, O‘smirlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani;
b) kasb-hunar kolleji yo‘nalishiga mos bo‘lgan, respublikamiz va chet ellarda qo‘llanilayotgan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini;
v) kasbiy ta’lim pedagogik asoslarini;
g) o‘quv ishlab-chiqarish va amaliyot darslarini rejalashtirishni;
d) menejment va marketing xususiyatlarini, mehnatni ilmiy tashkil qilishni;
e) o‘quvchilar ishining sifati va bilimlarini baholash mezonlari;
j) mehnatni muhofazalash va texnika xavfsizligi qoidalari;
z) hisobotlar, shartnomalar, lavozim yo‘riqnomalarini tayyorlash tartibi, suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazish, ish yuritishni bajarish;
Malaka talablari:
a) kasb-hunar kollejining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muhandis-pedagog yoki muhandislik oliy ma’lumot;
b) maxsus nazariy fanlar o‘qituvchisi lavozimida 2 yillik ish staji yoki 1-toifali kasbiy ta’lim ustasi.
§ 9. KASB-HUNAR KOLLEJINING O‘QUV IShLAB-ChIQARISh USTAXONASI MUDIRI
Lavozim vazifalari:
a) o‘quv rejasi, dasturi va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv amaliyotlarini o‘tkazish grafigiga mos ravishda o‘quv-ishlab chiqarish ishini tashkillashtiradi;
b) ish joylarini zarur jihozlar, inventarlar, yo‘riqnomalar va uslubiy materiallar (plakatlar, stendlar, sxemalar, maketlar, namunalar, modellar va boshqalar) bilan o‘z vaqtida jihozlashni ta’minlaydi;
v) jihozlash, sozlash, ta’mirlashni, ularni amaliy ishlar texnologiyasiga muvofiq taqsimlash (rejalashtirish) ni tashkillashtiradi;
g) ustaxonaga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, kasbiy ta’lim ustalari va o‘quvchilar bilan ustaxonalarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlash uchun ish tartibi va sharoitlari to‘g‘risida tushuntirishlar olib boradi, majlislar o‘tkazadi;
d) amaliy mashg‘ulot va o‘quv ishlari o‘tkazishda kasbiy ta’lim ustalariga amaliy yordam ko‘rsatadi;
e) ustaxonada ishlashda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (yong‘in va elektr xavfsizligi) qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi;
j) ustaxonada mos uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlaydi va uslubiy ishlarni boshqaradi;
z) ustaxonani asboblar, inventarlar bilan jihozlanish ishini tashkillashtiradi, ularning holatini yaxshi saqlash, sanitariya-gigiyena talablari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi;
i) o‘quvchilar kasbiy tayyorgarligining davlat talablariga mosligini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
k) kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan birgalikda ustaxona xodimlarining malakasini oshirish va attestatsiyasi bilan shug‘ullanadi;
l) ustaxona faoliyatini tartiblovchi hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi;
m) doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, ta’limning rivojlanish strategiyasini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining o‘smirlar kasbiy ta’limi, amaliy tayyorgarligi va tarbiyasini tashkil etish va yaxshilash to‘g‘risidagi hujjatlari;
b) Davlat ta’lim standartlari talablari mazmuni, ularning uslubiy qo‘llanmalarini;
v) kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining tashkiliy-pedagogik asoslarini;
g) ustaxonada mashinalar, apparatlar, asboblar va moslamalarning tavsiflari va ularning qo‘llanish qoidalarini;
d) kasbiy ta’lim ustalari va ustaxonaga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablarini;
e) o‘quv va ishlab chiqarish, amaliy ishlarni tashkil etishni rejalashtirishni;
j) hisobotlar, shartnomalar, lavozim yo‘riqnomalari tuzishni, suhbatlar va uchrashuvlar o‘tkazishni, ish yuritishni olib borishni;
z) o‘quvchilar bilimini va bajarilgan ishlar, chiqarilgan mahsulotlar sifatini baholash usullarini;
i) pedagogikani, pedagogik psixologiyani, o‘smirlar fiziologiyasini, ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etishning sanitariya-gigiyena talablarini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
y) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Malaka talablari:
a) oliy pedagogik yoki muhandis-pedagogik ma’lumot yoki kasb-hunar kolleji yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus kasbiy ta’lim;
b) kasbiy ta’lim ustasi lavozimida 3 yildan kam bo‘lmagan amaliy ish staji.
§ 10. BOSh O‘QITUVChI
Lavozim vazifalari:
O‘quv ishlari:
a) o‘zining fani bo‘yicha davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalariga muvofiq o‘quvchilarning o‘qiyotgan kursi va bilim darajasiga mos ravishda nazariy va amaliy o‘quv darslarini tayyorlash va o‘tkazilishini ta’minlaydi;
b) maslahatlar o‘tkazadi, o‘quvchilarning olingan bilimlarini mustaqil amaliyotga qo‘llashga tayyorligini amalga oshiradi;
v) Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirishini xolis baholashni ta’minlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi. Shu maqsadda joriy oraliq va yakuniy testlarni (nazorat so‘rovini) amalga oshiradi, imtihonlar, o‘quvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiruvini o‘tkazadi, reyting ballarini hisoblaydi;
g) davomat hisobini yuritadi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi ustavining talablariga amal qilinishini ta’minlaydi;
d) o‘zlashtirishida bo‘shliqlari bo‘lgan o‘quvchilar bilan guruhiy va alohida ish olib boradi, dastur materiallari, davlat ta’lim standartlari talablariga mos ravishda maksimal o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
O‘quv uslubiy va ilmiy ishlar:
a) mashg‘ulotlar rejalarini ishlab chiqadi, amaliy, tajriba mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti, diplom loyihalari, didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, metodik ko‘rsatmalar tayyorlaydi;
b) amaliy mashg‘ulotlarga o‘quvchilarning mustaqil, individual va o‘quv tadqiqot ishlari, shuningdek ularning bilimini nazorat qilish uchun topshiriqlar va masalalar ishlab chiqadi;
v) o‘qituvchilar kengashi, ilmiy kengash, uslubiy kengash ishida, seminarlar ilmiy anjumanlar, treninglar, yig‘ilishlar, majlislarda, hisobotlar tuzishda qatnashadi;
d) o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasasining yetakchi, katta va boshqa o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv va metodik ishlar sifatini nazorat qiladi va baholaydi;
e) tegishli fanlar bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar o‘tkazishni boshqaradi va tashkillashtiradi;
j) o‘quvchilarda barqaror kasbiy bilimlar shakllanishini ta’minlaydi;
z) o‘quvchilarni fan olimpiadalari, turli konkurslar, konferensiyalar va festivallarga tayyorlaydi;
i) o‘quv jarayoniga progressiv axborot va kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi;
k) darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, darsliklarning elektron versiyalari, uslubiy qo‘llanmalar yaratadi, ilmiy maqolalar nashr ettiradi;
l) kasbiy ta’lim va fanlarning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy, o‘quv tadqiqot ishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi, ilmiy ishlar natijalari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlaydi;
m) o‘quvchilar amalga oshiradigan ilmiy va innovatsion ishlarning o‘tkazilishini boshqaradi.
Tashkiliy-uslubiy ishlar:
a) kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini o‘tkazishni boshqaradi, amalga oshiradi;
b) mahalla faollari bilan 9-sinf bitiruvchilarini navbatdagi ta’lim bosqichiga qamrab olish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
g) ochiq darslar (mashg‘ulotlar) o‘tkazadi va boshqa o‘qituvchilarning ochiq darslari (mashg‘ulotlari)ni kuzatadi, ochiq darslar (mashg‘ulotlar)ni baholaydi;
d) fan to‘garaklari va seksiyalarini boshqaradi;
e) tasdiqlangan o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlari doirasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmunining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlaydi;
j) o‘quv muassasasidagi maslahat markazining ishida qatnashadi;
z) o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy tanlovlar o‘tkazilishini tashkillashtiradi;
i) o‘quv kabinetlari, siklik komissiyalarga mudirlik qiladi;
k) binolar, xonalar, laboratoriyalarda unga biriktirilgan o‘quv jihozlari va o‘qitishning texnik vositalari, mulk va boshqa moddiy boyliklardan samarali foydalanishni va ularning saqlanishini ta’minlaydi;
l) o‘quvchilar foydalanadigan axborot materiallari, o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanganlik va saqlanganligini nazorat qiladi;
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar:
a) guruhga rahbarlik qiladi, ustoz-shogird munosabatlarini amalga oshiradi;
b) o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ish olib boradi, ularni shaxs sifatida rivojlanishiga yordam beradi;
v) o‘quvchilarning tarbiyaviy masalalari bo‘yicha ota-onalar, psixolog va boshqa o‘qituvchilar bilan individual uchrashuvlar o‘tkazadi;
g) o‘quvchilarning muzeylar, ko‘rgazmalarga tashrifi, ijodiy kechalar, mehnat faxriylari va jamoat arboblari bilan uchrashuvlarini tashkillashtiradi.
Boshqa majburiyatlar:
a) o‘quv va laboratoriya kabineti mudirligini amalga oshiradi (zarur bo‘lganda);
b) mehnat va ishlab chiqarish intizomiga, hamkasblari va o‘quvchilar bilan pedagogik axloq me’yorlariga va qonunlarga mos talablarga, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qiladi, o‘quv jihozlaridan foydalanishda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qiladi;
v) o‘z kasbiy darajasini doimiy oshirib boradi;
g) o‘quv muassasasida bo‘lgan vaqtda va darsdan tashqari tadbirlar o‘tkazishda unga ishonib topshirilgan o‘quvchilar kontingentining hayoti va sog‘lig‘ini himoyalashga hamkorlik qiladi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining ta’lim tizimi, Davlat ta’lim standartlarini mukammallashtirish to‘g‘risidagi hujjatlari;
b) o‘rgatilayotgan o‘quv fani, uning mazmuni va amaliy qo‘llashning ilmiy-nazariy asoslarini;
v) o‘smirlarni o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari va intensiv usullarini, ta’lim berayotgan fani bo‘yicha darslar olib borishning tartibi va uslubiyotini, didaktik tamoyillarini;
g) o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, test olishning zamonaviy va samarali usullari va baholash mezonlarini, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va faolligini baholashning reyting tizimini;
d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyoti, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini;
e) o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ta’limning texnik vositalarini amaliy qo‘llashni;
j) kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni;
z) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarb vazifalari va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilishining usullarini, muloqotda, suhbatlarda, mashg‘ulotlarda nutq madaniyati va axloqning dolzarb masalalarini;
i) mehnatni ilmiy tashkil etishni va huquq asoslarini;
k) mehnat gigiyenasi va muhofazasi, texnika xavfsizligi qoidalarini, o‘quv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlash talablarini;
l) maxsus fanlar o‘qituvchilari, shuningdek, mutaxassislikka mos ishlab chiqarish texnologiyasini, iqtisodiyot asoslari va ishlab chiqarishni boshqarishni bilishi kerak.
Malaka talablari:
a) pedagogik yoki muhandis-pedagogik yoki o‘rgatayotgan o‘quv fani yo‘nalishiga mos oliy ma’lumot va yetakchi o‘qituvchi lavozimida 3 yillik amaliy ish staji. Bosh o‘qituvchi lavozimiga da’vogarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvon bo‘lganda yetakchi o‘qituvchilik staji talab qilinmaydi
b) bosh o‘qituvchi lavozimini egallashda quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi:
malaka quyidagicha aniqlanadi:
pedagogika fani va amaliyotining, profilli bilim sohasining eng yangi yutuqlarini o‘zlashtirish darajasi;
amaliy masalalarni ijodiy hal qilish.
kasbiy yetuklik (professionalizm) quyidagicha aniqlanadi:
ta’lim-tarbiyaning usul, vosita, shakllarini optimal tanlash yoki tarqatishga tavsiya etilishi mumkin bo‘lgan pedagogik texnologiya yoki uning elementlarini mustaqil ishlab chiqish, tajribadan o‘tkazish va samarali qo‘llash ko‘nikmasi;
o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish;
amaliy faoliyatda ta’limning tadqiqot va tajriba-eksperimental usullari, pedagogik jarayonni boshqarish va istiqbolini belgilash usullari, o‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkillashtirish va rejalashtirish usullarini qo‘llashi;
salohiyati pedagog xodimning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar ta’lim tizimida o‘quvchi tayyorgarligining o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqori hisoblangan darajasini ta’minlashi bilan belgilanadi.
§ 11. ETAKChI O‘QITUVChI
Lavozim vazifalari:
O‘quv ishlari:
a) Davlat ta’lim standartlariga muvofiq kasb-hunar kolleji (akademik litsey)ning ta’lim darajasi va tegishli kurs(guruh)larga mo‘ljallangan o‘quv dasturiga asosan ma’lum o‘quv predmeti bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishni va uning o‘tkazilishini ta’minlaydi;
b) maslahatlar o‘tkazadi, o‘quvchilarni o‘zlashtirgan bilimlarini mustaqil ravishda amaliy qo‘llashga tayyorlaydi;
v) ta’lim standartlariga binoan o‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishini obyektiv baholashni ta’minlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi. Ushbu maqsadda o‘quvchilar bilimining joriy, oraliq va yakuniy nazoratini o‘tkazadi, o‘quvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiradi, reyting ballarini hisoblaydi;
g) davomatni hisobga olib boradi, o‘quvchilarning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi Ustavi talablariga amal qilishini ta’minlaydi;
d) o‘zlashtira olmagan o‘quvchilar bilan yakka tartibda va guruhda ishlar olib boradi, Davlat ta’lim standartlari talablariga binoan dasturiy materiallarning maksimal o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar:
a) mashg‘ulotlar rejalarini ishlab chiqadi, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, kurs, diplom loyihalari (ishlari)ga didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlaydi;
b) amaliy mashg‘ulotlar, o‘quvchilarning mustaqil, individual va o‘quv tadqiqotchilik ishlari bo‘yicha topshiriqlar va vazifalar, shuningdek ularning bilimlarini nazorat qilish uchun topshiriqlar tuzadi;
v) ilmiy-pedagogik kengash, uslubiy kengash, seminarlar, ilmiy anjumanlar, treninglar, yig‘ilishlar, majlislarni tashkil etish va hisobotlarni tuzish ishlarida qatnashadi;
g) o‘quvchilarni fan olimpiadalari, turli tanlovlar, anjumanlarga va festivallarga tayyorlaydi;
d) ilg‘or axborot va kommunikatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi;
e) darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ularning elektron ko‘rinishdagi nusxasini yaratadi;
j) ilmiy va o‘quv-metodik ishlarni tashkil etadi.
Tashkiliy-uslubiy ishlar:
a) umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib boradi;
b) o‘quvchilarda kasbiy tasavvurlarni shakllantiradi;
v) ochiq darslar (mashg‘ulotlar) o‘tkazadi va ochiq darslarga qatnashib, ularning sifatiga baho beradi;
g) fan to‘garaklariga rahbarlik qiladi;
d) ta’lim muassasasining maslahat markazlari ishlarida ishtirok etadi;
e) madaniy-sog‘lomlashtirish tadbirlarini va o‘quvchilar orasida ijodiy tanlovlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
j) o‘quv va laboratoriya kabinetlari mudirligini amalga oshiradi;
z) biriktirilgan xonalar, kabinetlar, laboratoriyalardagi o‘quv jihozlari, o‘qitishning texnik vositalari va moddiy mulklarning saqlanishi hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
i) o‘quvchilar foydalanadigan o‘quv-uslubiy adabiyotlar, axborot materiallarining ta’minlanganligi va saqlanishini nazorat qiladi.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar:
a) guruhga rahbarlik qiladi, ustozlikni amalga oshiradi;
b) o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi, ularning shaxs sifatida rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi;
v) o‘quvchilarni tarbiyalash masalalari bo‘yicha ota-onalar, psixolog va boshqa o‘qituvchilar bilan individual uchrashuv va suhbatlar o‘tkazadi;
g) o‘quvchilar bilan muzeylar va ko‘rgazmalarga tashrif buyurishni, yozuvchi va artistlar bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalarni o‘tkazishni tashkil etadi.
Qo‘shimcha vazifalar:
a) mehnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga, hamkasblari va o‘quvchilar bilan pedagogik axloq me’yorlariga hamda qonun hujjatlari, xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi, o‘quv jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena talablariga amal qiladi;
b) muntazam ravishda o‘zining kasbiy tayyorgarligini (mahoratini) oshirib boradi;
v) ta’lim muassasasi va darsdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish vaqtida unga topshirilgan o‘quvchilar kontingentining sog‘lig‘i va hayot xavfsizligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarini, ta’lim tizimi va davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarini, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi buyruqlarini;
b) o‘qitadigan o‘quv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mazmuni va amaliy qo‘llanishini ;
v) yoshlarga ta’lim- tarbiya berishning jadal metodlari va ilg‘or shakllarini, didaktik prinsiplarni, o‘qitadigan o‘quv predmeti bo‘yicha darsni tashkil etish metodikasini;
g) o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy va samarali nazorat qilish metodlari, shakllarini va baholash mezonlari hamda test nazoratini o‘tkazishni, o‘quvchilarning faolligi va o‘zlashtirishini reyting tizimida baholashni;
d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini;
e) o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalari hamda o‘qitishning texnik vositalaridan amaliy foydalanishni;
j) kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni;
z) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarb vazifalari va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilishining usullarini, mashg‘ulotlarda, suhbatlarda va muloqotlar jarayonlarida nutq madaniyati va axloq masalalarini;
i) mehnatni ilmiy tashkil etish va huquq asoslarini;
k) mehnat gigiyenasi va xavfsizligi qoidalari, xavfsizlik texnikasi, o‘quv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlashga qo‘yiladigan talablarni;
l) maxsus fan o‘qituvchilari bundan tashqari tegishli sohasining ishlab chiqarish texnologiyasini, ishlab chiqarishni boshqarish va iqtisodiyot asoslarini bilishi kerak.
Malaka talablari:
a) yetakchi o‘qituvchi eng kamida oliy pedagogik yoki muhandis-pedagog ma’lumotga yoki tegishli sohaga oid ma’lumotga ega bo‘lishi, 3 yildan kam bo‘lmagan muddatda katta o‘qituvchi lavozimi ish stajiga ega bo‘lishi zarur;
b) yetakchi o‘qituvchi vazifasini bajarishda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar hisobga olinadi:
malaka quyidagicha aniqlanadi:
ta’lim jarayoni individuallashtirish texnologiyasi, zamonaviy psixologik-pedagogik diagnostika usullarini yuqori darajada egallaganligi;
o‘qitadigan o‘quv predmeti mazmunining asosiy komponentlarini egallaganligi va turdosh fanlar bo‘yicha yuqori darajada bilimga ega bo‘lishi;
turli darajada o‘qitishga imkon beruvchi nazariy bilimlarga egaligi.
kasbiy yetuklik quyidagicha aniqlanadi:
ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va shakllarini tanlab olishda o‘quvchilarning psixologik o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish malakalari;
rivojlanish darajasi, moyilligi, qobiliyati, qiziqishi va sog‘lig‘i holati turlicha bo‘lgan o‘quvchilar bilan pedagogik vazifalarini echish qobiliyati;
kasbiy-pedagogik faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish omillari, o‘quv-uslubiy ishlarni tahlil etish metodikasini qo‘llash qobiliyati.
Salohiyati o‘quvchilarni o‘z ixtisosligi bo‘yicha tuman, shahar bo‘yicha yuqori tayyorgarligining ta’minlanganligi bilan aniqlanadi.
§ 12. KATTA O‘QITUVChI
Lavozim vazifalari:
O‘quv ishlari bo‘yicha:
a) ma’lum bosqich (guruh) va ta’lim darajasi uchun ko‘zda tutilgan, davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlariga muvofiq predmet, fan bo‘yicha o‘quvchilarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash va o‘tkazishni ta’minlaydi;
b) o‘quvchilar tomonidan olingan bilimlarni amaliyotga mustaqil tatbiq etishga tayyorlaydi, maslahatlar beradi;
v) ta’lim standartlariga mos ravishdagi o‘quv materiallarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini obyektiv baholanishini ta’minlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi. Shu maqsadda o‘quvchilar bilimini joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarini amalga oshiradi, o‘quvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiradi, reyting ballarini hisoblaydi;
g) davomat hisobini yuritadi, ta’lim muassasasi nizomi talablarining ular (o‘quvchilar) tomonidan bajarilishini ta’minlaydi;
d) qiyin o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan guruhli va yakka tartibda mashg‘ulotlar olib boradi, dasturiy materialni davlat ta’lim standarti talablari asosida maksimal o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha:
a) mashg‘ulot rejasini ishlab chiqadi, didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallarni, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarga, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlariga, kurs va diplom loyihalari(ishlari)ga uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlaydi;
b) amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil, individual va o‘quvchilarning o‘quv-tadqiqot ishlari bo‘yicha topshiriqlar va masalalar, shuningdek ularning bilimlarini nazorat qilish uchun topshiriqlar tuzadi;
v) o‘quvchilarni fan olimpiadalariga, turli ko‘rik tanlovlarga, ilmiy konferensiyalar va festivallarga tayyorlaydi;
g) ta’lim jarayoniga rivojlangan (progressiv) axborot va kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi;
d) ilmiy va o‘quv tadqiqot ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi, uning natijasi bo‘yicha ma’ruza qiladi;
Tashkiliy-uslubiy ishlar:
a) umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib boradi;
b) o‘quvchilarda kasb to‘g‘risida umumiy tushunchani shakllantiradi;
v) ochiq dars ( mashg‘ulotlar) o‘tkazadi, ularga qatnashadi;
g) fan to‘garaklari ishlariga rahbarlik qiladi;
d) ta’lim muassasasining maslahat markazlari ishlarida ishtirok etadi;
e) biriktirilgan o‘quv guruhida madaniy-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
j) “Barkamol avlod” sport o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishda, o‘quvchilar orasida ijodiy ko‘rik tanlovlar o‘tkazishda, navbatchilikda ishtirok etadi;
z) fan kabinetiga, kafedraga (zarur hollarda) mudirlik qiladi;
i) biriktirilgan bino, kabinet, laboratoriyalardagi o‘quv jihozlari, ta’limning texnik vositalari, buyumlar va boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
k) biriktirilgan guruhdagi o‘quvchilar foydalanayotgan o‘quv-uslubiy adabiyotlar, axborot materiallarining ta’minlanishi va saqlanishi darajasini nazorat qiladi.
Ma’naviy-ma’rifiy va boshqa tarbiyaviy ishlar:
a) o‘quv guruhiga rahbarlik qiladi;
b) shaxsni shakllantirish, ularni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga, musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha o‘smirlar orasida tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Ushbu maqsadda ota-onalar, psixologlar va boshqa o‘qituvchilar bilan individual uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazadi;
v) ijodiy kechalar va uchrashuvlar o‘tkazishni, muzey va ko‘rgazmalarga tashrifni tashkil etadi.
Boshqa vazifalari:
a) mehnat va ishlab chiqarish intizomi, xizmatdoshlar va o‘quvchilar bilan pedagogik axloq me’yorlari qoidalariga va huquqiy hujjat talablariga, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qiladi, o‘quv jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena talablarini bajaradi;
b) o‘zining kasbiy tayyorgarligini doimiy ravishda oshirib boradi;
v) ta’lim muassasasida va auditoriyadan tashqarida o‘tkaziladigan tadbirlar paytida unga ishonib topshirilgan o‘quvchilar kontingentining hayoti va sog‘lig‘i haqida qayg‘uradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, boshqa qonun hujjatlarini, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining ta’lim tizimini, Davlat ta’lim standartini takomillashtirish borasidagi buyruqlarini;
b) dars berilayotgan o‘quv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mazmunini va amaliy tadbig‘ini;
v) o‘smirlarni o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari hamda faol metodlarini, didaktik tamoyillarni, o‘qitilayotgan fan bo‘yicha darslarni tashkil etish va olib borishni;
g) nazoratning zamonaviy, faol shakllarini, metodlarini, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish va baholash mezonlarini, o‘quvchilar faolligini va o‘zlashtirishini baholashning reyting tizimini;
d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini;
e) ta’lim jarayonida o‘qitishning texnik vositalarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliy qo‘llashni;
j) kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi omillarni;
z) ma’naviyat va ma’rifatning dolzarb masalalarini va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni, muomalada, suhbatda va mashg‘ulotlarda nutq madaniyati va axloq masalalarini;
i) mehnatni ilmiy tashkil etish va huquq asoslarini;
k) mehnat muhofazasi va gigiyena qoidalarini, xavfsizlik texnikasini, fan kabinetlari, auditoriya va boshqa binolarni jihozlashga qo‘yiladigan talablarni;
l) maxsus fan o‘qituvchilari mutaxassislik bo‘yicha ishlab chiqarish texnologiyasini, iqtisod va ishlab chiqarishni boshqarish asoslarini bilishi kerak.
Malaka talablari:
a) katta o‘qituvchi kasb-hunar kolleji (akademik litsey) ta’lim sohasiga mos oliy ma’lumotli pedagog, muhandis-pedagog yoki boshqa ma’lumotga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kamida 3 yil o‘qituvchilik stajiga ega bo‘lishi kerak. Magistr darajasiga ega bo‘lgan xodimga attestatsiya o‘tkazilmasdan, o‘qituvchilik stajiga qo‘yiladigan talablardan qat’i nazar, katta o‘qituvchi malaka darajasi beriladi;
b) katta o‘qituvchi lavozimi berilayotganda quyidagi ko‘rsatkichlar e’tiborga olinadi:
malaka quyidagilar bilan aniqlanadi:
pedagogika nazariyasi, psixologiya va yosh fiziologiyasi asoslarini bilishi;
o‘qitilayotgan fanning tayanch komponentlari mazmuni va ta’lim-tarbiya metodlarini yaxshi bilishi.
kasbiy yetuklik (professionalizm) quyidagilar bilan aniqlanadi:
ta’lim jarayonida qulay mikroiqlim yarata olishi, ta’lim jarayoni variativligini ta’minlovchi metodlar, usullar va ta’lim vositalarini amaliy faoliyatga keng tatbiq qila olishi;
pedagogik tashxisning asosiy metodlari va vositalarini, ta’lim oluvchilar kontingentini differensiyalash (tabaqalashtirish) ning asosiy shakllarini; ta’lim oluvchilarning anglash va kommunikativ (muloqotga kirishish) madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy metodlarini qo‘llay olishi.
salohiyati quyidagilar bilan aniqlanadi:
pedagog bevosita munosabatda bo‘layotgan o‘quvchilar kontingentini saqlashni ta’minlaydigan ish tajribasining mavjudligi;
o‘quvchilarning davlat ta’lim standarti talablariga mos keluvchi va ushbu muassasasida yuqori deb qaralgan tayyorgarlik darajasini ta’minlashi.
§ 13. OLIY MA’LUMOTLI O‘QITUVChI
Lavozim vazifalari:
O‘quv ishlari bo‘yicha:
a) ta’lim darajasi va ma’lum kurslar (guruhlar) uchun mo‘ljallangan, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga asoslangan tegishli fan bo‘yicha o‘quvchilarga nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishni va o‘tishni ta’minlaydi;
b) o‘quvchilarning olgan bilimlarini amalda mustaqil ravishda qo‘llashlari uchun tayyorlaydi, maslahat beradi;
v) ta’lim standartlari talablariga asosan o‘quv materiallarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini obyektiv baholashni ta’minlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi. Bu maqsadda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni amalga oshiradi, o‘quvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshiradi, reyting ballarini hisoblaydi;
g) o‘quvchilar davomatining nazoratini olib boradi, ularning ta’lim muassasasi ustavi talablariga rioya qilishlarini ta’minlaydi;
d) bilimlarda oqsayotgan o‘quvchilar bilan yakka tartibda va guruhli ishlarni olib boradi, davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quv materiallarini to‘liq o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi.
O‘quv-metodik va ilmiy ishlar bo‘yicha:
a) o‘quv mashg‘uloti rejalarini ishlab chiqadi, didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallarni tayyorlaydi, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlariga, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlariga, kurs ishi, diplom loyihalari (ishlari)ga metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqadi;
b) amaliy mashg‘ulotlarga masala va topshiriqlar, o‘quvchilarning mustaqil, yakka tartibdagi va o‘quv-izlanish ishlari, ularning bilimlarini nazorat qilish bo‘yicha vazifalar tayyorlaydi;
v) ilmiy-pedagogik kengash, metodik kengash ishlarida, seminarlarda, ilmiy konferensiya treninglarida, majlislarda, planyorkalarda, hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
g) o‘quvchilarni fanlar bo‘yicha olimpiadalarga, turli musobaqalarga, ilmiy konferensiya va festivallarga tayyorlaydi;
d) o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishida qatnashadi.
Tashkiliy-metodik ishlar:
a) maktablarda kasbga yo‘naltirish ishlarini olib boradi;
b) mahalla faollari bilan 9-sinf bitiruvchilarini ta’limning kelgusi bosqichlariga qamrab olish masalalari bo‘yicha ishlar olib boradi;
v) o‘quvchilarda umumiy kasblar haqida tasavvurni shakllantiradi;
g) ochiq darslar (mashg‘ulotlar) o‘tkazadi va ularda ishtirok etadi;
d) fan to‘garaklari ishlariga rahbarlik qiladi;
e) ta’lim muassasasining maslahat markazlari ishlarida qatnashadi;
j) madaniy-hordiq tadbirlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
z) “Barkamol avlod” sport o‘yinlarining o‘tkazilishida, o‘quvchilar orasida ijodiy ko‘rik tanlovlarini tashkil etishda qatnashadi;
i) laboratoriya, kabinet, unga biriktirilgan xonalarning o‘quv jihozlari va o‘qitishning texnik vositalari, mulki va moddiy boyliklarining saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
k) o‘quvchilarni foydalaniladigan o‘quv-metodik adabiyotlar va axborot ma’lumotlari bilan ta’minlanishi va ularning saqlanishini nazorat qiladi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha:
a) o‘quv guruhlariga rahbarlik qiladi;
b) o‘smirlarning tarbiyasi, ular shaxsini rivojlanishi, ularni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga, musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazadi, buning uchun ota-onalar bilan, psixolog hamda boshqa o‘qituvchilar bilan yakka tartibda suhbat va uchrashuvlar o‘tkazadi;
v) biriktirilgan guruh bilan muzey, ko‘rgazmalarga tashriflar, yozuvchi va artistlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishini tashkil etadi.
Boshqa majburiyatlari:
a) mehnat va ishlab chiqarish intizomiga, hamkasblari bilan pedagogik axloq normalariga, tegishli qonuniy me’yor talablariga, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi, o‘quv jihozlaridan foydalanganda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qiladi;
b) o‘z kasbiy tayyorgarligini (malakasini) doimiy ravishda oshirib turadi;
v) unga biriktirilgan o‘quvchilar kontingentining ta’lim muassasasida bo‘lganda yoki auditoriyadan tashqarida o‘tkaziladigan tadbirlarda hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha qayg‘uradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, qonun hujjatlari va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining ta’lim tizimini, davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish bo‘yicha buyruqlarini;
b) o‘qitadigan o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mazmuni va amalda qo‘llanilishini;
v) o‘smirlarning ta’limi va tarbiyasining ilg‘or shakllari, didaktik tamoyillari, o‘qitadigan fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasini;
g) zamonaviy va samarali nazorat metodlari, testlar va o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlarini, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va faolligini baholovchi reyting tizimini;
d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini;
e) o‘quv jarayonida foydalanadigan ta’lim vositalarini amaliy qo‘llashni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini;
j) kadrlarni tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi omillarni;
z) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarb vazifalarini, yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish usullarini, muloqotda, suhbatlarda, mashg‘ulotlar olib borishda axloq va muomala madaniyati masalalarini;
i) huquq asoslari va mehnatni ilmiy tashkil etishni;
k) mehnat xavfsizligi va gigiyenasi qoidalarini, o‘quv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlashga qo‘yilgan talablarni;
l) maxsus fan o‘qituvchilari texnologik ishlab chiqarish, tegishli yo‘nalishda ishlab chiqarishni boshqarish va iqtisod asoslari bo‘yicha bilimlarga ham ega bo‘lishlari shart.
Malaka talablari:
tayyorlov yo‘nalishida dars berayotgan fani bo‘yicha oliy pedagogik yoki muhandis-pedagog darajasida ma’lumot.
§ 14. O‘RTA MAXSUS MA’LUMOTLI O‘QITUVChI
Lavozim vazifalari:
O‘quv ishlari:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Davlat ta’lim standartiga asosan ta’lim darajasi va tegishli kurs (guruh)lariga mo‘ljallangan o‘quv dasturiga binoan ma’lum o‘quv predmeti bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishni va uning o‘tkazilishini ta’minlaydi (tibbiyot sohasi bundan mustasno);
(14-paragraf “O‘quv ishlari” qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
b) maslahatlarni o‘tkazadi, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini mustaqil ravishda amaliy qo‘llashga tayyorlaydi;
v) ta’lim standartlariga binoan o‘quv materialini o‘quvchilarning o‘zlashtirishini obyektiv baholashni ta’minlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi, ushbu maqsadda o‘quvchilar bilimining joriy, oraliq va yakuniy nazoratini o‘tkazadi, o‘quvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiradi, reyting ballarini hisoblaydi;
g) davomatni hisobga olib boradi, o‘quvchilarning ta’lim muassasasi ustavi talablariga amal qilishini ta’minlaydi;
d) o‘zlashtira olmagan o‘quvchilar bilan yakka tartibda va guruhda ishlar olib boradi, Davlat ta’lim standartlari talablariga binoan dasturiy materiallarning maksimal o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
O‘quv-uslubiy ishlar:
a) mashg‘ulotlar rejalarini ishlab chiqadi, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, kurs (ishlari)ga didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar tayyorlaydi;
b) o‘quvchilarning nazariy va amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha bilimlarini nazorat qilish uchun topshiriqlar tuzadi;
v) treninglar, yig‘ilishlar, majlislar va hisobotlarni tuzish ishlarida qatnashadi.
(14-paragraf “O‘quv-uslubiy” qismining “a”, “b” va “v” bandlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Tashkiliy-uslubiy ishlar:
a) umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib boradi;
b) o‘quvchilarda kasbiy tasavvurlarni shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-paragraf “Tashkiliy-uslubiy ishlar” qismining “v” bandi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) amaliy to‘garaklari ishlarini olib boradi;
(14-paragraf “Tashkiliy-uslubiy ishlar” qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
d) ta’lim muassasasining maslahat markazlari ishlarida ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-paragraf “Tashkiliy-uslubiy ishlar” qismining “e” bandi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
j) o‘quvchilar orasida “Barkamol avlod” sport o‘yinlari, ijodiy tanlovlar va navbatchilikni tashkil etishda qatnashadi;
z) biriktirilgan xonalar, kabinetlar, laboratoriyalardagi o‘quv jihozlari, o‘qitishning texnik vositalari va moddiy mulklarning saqlanishi hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
i) o‘quvchilar foydalanadigan o‘quv-uslubiy adabiyotlar, axborot materiallarining ta’minlanganligi va saqlanishini nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-paragrafning “Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar” qismi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.)bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
Qo‘shimcha vazifalari:
a) mehnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga, hamkasblari va o‘quvchilar bilan pedagogik axloq me’yorlariga hamda qonun hujjatlari, xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi, o‘quv jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena talablariga amal qiladi;
b) muntazam ravishda o‘zining kasbiy tayyorgarligini oshirib boradi;
v) ta’lim muassasasi va darsdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish vaqtida unga topshirilgan o‘quvchilar kontingentining sog‘lig‘i va hayot xavfsizligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarini, ta’lim tizimi va davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha hukumat tomonidan qabul qilingan farmonlar, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi buyruqlarini;
b) o‘smirlarni o‘qitish va tarbiya berish shakllari, didaktik prinsiplarni, o‘qitadigan o‘quv predmeti bo‘yicha darsni tashkil etish metodikasini;
v) o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish metodlari, shaklarini va baholash mezonlari hamda test nazoratini o‘tkazishni, o‘quvchilarning faolligi va o‘zlashtirishini reyting tizimida baholashni;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-paragraf “Bilishi lozim” qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
d) o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalari hamda o‘qitishning texnik vositalaridan amaliy foydalanishni;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-paragraf “Bilishi lozim” qismining “e”, “j” va “z” bandlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
i) mehnat gigiyenasi va xavfsizligi qoidalari, xavfsizlik texnikasi, o‘quv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlashga qo‘yiladigan talablarni.
Malaka talablari:
a) o‘qituvchi o‘qitiladigan fanga tegishli kasb bo‘yicha eng kamida o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lishi kerak;
b) boshqa pedagogik lavozimlarda ikki yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi kerak.
§ 15. PSIXOLOG
Lavozim vazifalari:
a) ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ruhiy, jismoniy va ijtimoiy tomondan muhofaza qiladi va psixologik shart-sharoit yaratadi;
b) bolalar huquqini himoya qilish konvensiyasi asosida faoliyat yuritadi. Ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi va ijtimoiy moslashmaslik va zo‘riqishlarning yuz berishini oldini olishni ta’minlaydi.
v) ta’lim muassasasining me’yoriy-uslubiy hujjatlariga mos holda ijtimoiy-psixologik xizmatni tashkil qiladi;
g) o‘quvchi shaxsini aniqlashda ularga maxsus metodikalar asosida psixologik-pedagogik va ijtimoiy-psixologik tashxis qo‘yadi;
d) o‘quvchi shaxsini rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlaydi. Psixologik yordam ko‘rsatish yo‘llarini topadi (Psixologik tuzatish va rivojlantirish, reabilitatsiya va maslahat berish). Muammolarni hal qilishda o‘quvchilar, ota-onalar va pedagogik jamoaga yordam ko‘rsatadi;
e) o‘quvchilardagi ruhiy, jismoniy va boshqa xarakterlarni aniqlash uchun testlar o‘tkazadi. Bulardan tashqari aqliy rivojlanish, qobiliyat, iqtidor va imkoniyatlarni testlar orqali aniqlaydi. Test natijalarini baholaydi va izohlaydi;
j) o‘tkazilgan tadqiqotlarga asosan ota-ona, pedagogik jamoaga o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi muammolar yuzasidan psixologik va pedagogik xulosalarni yetkazadi;
z) hujjatlarni talab darajasida yuritadi va ulardan o‘rnatilgan tartibda foydalanadi. O‘quvchilarni individual va yosh xususiyatlariga qarab rivojlantiruvchi va korreksion dasturlar tuzish va rejalashtirishda ishtirok etadi. Ularga hayotiy va kasbiy o‘z-o‘zini anglashida, turli holatlarda muammolarni o‘zlari hal qilishlariga tayyorligini shakllantirishda yordam beradi;
i) iqtidorli o‘quvchilarni ruhan qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning rivojlanishiga va izlanishiga ko‘mak beradi. O‘quvchilarni aqliy, jismoniy, hissiy hamda ijtimoiy rivojlanishidagi og‘ishlar darajasini aniqlaydi va pedagogik-psixologik korreksiya ishlarini olib boradi;
k) o‘quvchilar, ota-onalar, pedagogik xodimlarning psixologik madaniyatini oshiradi. O‘quvchilarda jinsiy tarbiya madaniyatini shakllantiradi. Ta’lim muassasasi xodimlariga muassasaning rivojlanishi haqida maslahatlar beradi. Amaliy psixologiyani qo‘llash, o‘quvchilar, ota-onalar va pedagogik xodimlarni ijtimoiy-psixologik malakalarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, qonun hujjatlari, O‘rta maxsus ta’lim markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini, ko‘rsatma va axborotlarini ta’lim muassasasining ustavini;
b) jamoa muhitiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik ta’sir va omillarni bilishi. Umumiy va ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, yosh psixologiyasi xususiyatlari, bolalar neyropsixologiyasi asoslari, psixodiagnostikada erishilgan yutuqlarni, individual psixologik xususiyatlarni, injenerlik psixologiyasi va mehnat psixologiyasi, defektologiya asoslari, psixoterapiya, seksologiya, psixogigiyena, kasb-hunarga yo‘naltirish, kasbga kirish, test o‘tkazish metodikasi, kasbiy maslahat berishning zamonaviy usullarni qo‘llash va individual va guruhiy tarzda ishlashni. Xulqi yomon o‘quvchilarni tashxis qilish va ular bilan korreksion ishlar olib borishni;
v) tadqiqot o‘tkazish texnologiyasini bilish, natijalarni kompyuterda tahlil qilish. Psixodiagnostikaning dolzarb ilmiy axborotlarini;
g) mehnat xavfsizligini, sog‘liqni muhofaza qilish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish.
Bajarishi lozim:
a) muhim muammolarni hal etish va ularning samarali yo‘llarini topishni;
b) vazifasi yuzasidan suhbatlar va munozaralar, uchrashuvlar tashkil qilishni.
Malaka talablari:
oliy psixologik yoki pedagogik ma’lumot.
§ 16. TARBIYAChI
Lavozim vazifalari:
a) biriktirilgan o‘quvchilar bilan darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkillashtiradi. Yotoqxonada o‘qituvchi — guruh rahbari va boshqa o‘qituvchilar, pedagogik xodimlar, ota-onalar bilan ma’naviy-tarbiyaviy, ma’daniy-tashkiliy, sog‘lomlashtirish sport tadbirlari, darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtiradi va birgalikda o‘tkazadi;
b) o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtidan samarali foydalanishini, ularni darsga, olimpiadalarga, ko‘rik-tanlovlarga, musobaqalarga tayyorgarligini kuzatadi;
v) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining yotoqxonalarida o‘zini tutish qoidalari va kun tartibiga rioya qilishini nazorat qiladi;
g) o‘quvchilarda mehnatga bo‘lgan muhabbatni, o‘z kasbiga bo‘lgan hurmatni shakllantiradi;
d) o‘quvchilarning oilaviy ahvolini o‘rganadi, ular bilan suhbatlar o‘tkazadi;
e) seksiya va to‘garak ishlariga yo‘naltiradi;
j) ta’til vaqtida o‘quvchilarning samarali dam olishlarini, ekskursiyalar, ziyorat qiladigan joylarga , muzeylarga tashrif buyurishlarini tashkillashtiradi;
z) o‘quvchilarda o‘z Vataniga bo‘lgan faxrlanish tuyg‘usini, bebaho tarixga boy bo‘lgan milliy an’ana va marosimlarga, o‘z xalqining madaniyatiga, mashhur olimlariga, san’at, madaniyat va sport ustalariga bo‘lgan sodiqligini va hurmatini tarbiyalaydi;
i) g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishda (ommaviy-sport va madaniy tadbirlarda, teatrlashtirilgan bayramlarda, Yangi yilga bag‘ishlangan, Navro‘z, “8-mart”, Mustaqillik, Ustoz va O‘qituvchilar kuni va boshqalar) tadbirlar, ta’lim muassasasiga tegishli rejalashtirilgan tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchilar, guruh rahbarlari va boshqa pedagogik xodimlar bilan birgalikda ishtirok etadi;
k) o‘yin va boshqa madaniy-ommaviy, tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy materiallarni ishlab chiqadi;
l) “Mahalla”, “Sog‘lom avlod uchun”jamg‘armasi, mahalla qo‘mitasi, sport seksiyalari va inshootlari, xiyobonlar, muzeylar, kinochilar uylari, teatrlar, madaniyat markazlari, “Kamolot” ommaviy yoshlar harakati xodimlari va boshqa muassasalar bilan o‘quvchilarning tarbiyaviy masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, ta’lim standartlarining talablari va mazmuni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining boshqaruvga taalluqli qarorlari, buyruqlari, tarbiyaviy, darsdan tashqari ishlar bo‘yicha me’yoriy, uslubiy va yo‘riqnoma materiallari, tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi, Bolalar huquqlari haqidagi konvensiyani;
b) tarbiyaviy ishlar bo‘yicha siyosatini, mehnat haqidagi qonunchilikni, mehnatni ilmiy tashkil qilishning asoslarini;
v) pedagogika, psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, uslubiy tarbiyaviy ishlar, sanitariya va gigiyena asoslari;
g) manfaatdor tashkilotlar: “Sog‘lom avlod uchun”, “Ekosan”, “Mahalla”, “Kamolot” va boshqa jamoat va kasaba uyushmalari bilan hamkorlikdagi ishlarni rivojlantirish yo‘nalishlarini;
d) o‘smirlarni tarbiyalashdagi ilg‘or tajribalarni.
Bajara olishi lozim:
a) o‘quvchilarni to‘garak mashg‘ulotlariga, sport seksiyalariga, musobaqalarda qatnashishga, ommaviy tadbirlarga qiziqtirish va qiziqishlarini rag‘batlantirishni;
b) kerakli hujjatlarni tuzish, majlislar va suhbatlar olib borishni.
Malaka talablari:
amaliy ish stajiga talab bo‘lmagan holda oliy pedagogik, muhandis-pedagogik ma’lumoti yoki o‘rta maxsus pedagogik va 2 yillik amaliy pedagogik ish staji bo‘lishi kerak.
§ 17. KASB-HUNAR KOLLEJINING IShLAB ChIQARISh TA’LIMI USTASI
Lavozim vazifalari:
a) biriktirilgan guruhlar bilan amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtiradi va o‘tkazadi;
b) xonalarni, auditoriyalarni, ko‘rgazmali vositalar, jihozlar va boshqa texnika vositalarini, amaliy mashg‘ulotlarga, ishlarga kerak bo‘lgan materiallarni tayyorlaydi;
v) amaliy mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarda nazariy bilimlarni mustahkamlashda, ularda mehnat va kasbiy tajribalarni shakllantirishni va ular bazasida ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llay olishni ta’minlaydi;
g) mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar,tashkilotlar va alohida shaxslar bilan bitimlar tuzishda qatnashadi;
d) o‘quvchilarni malakali ishlarni bajarishga, bitiruv imtihonlarini va kasbiy attestatsiyani topshirishga tayyorlaydi;
e) biriktirilgan guruhlarda tarbiyaviy ish olib boradi, bu sohada uslubiy va fan komissiyalari, o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik ishlarini olib boradi va darsdan tashqari tashkiliy-madaniy va tushuntirish tadbirlarini o‘tkazishda qatnashadi;
j) doimo o‘zining kasbiy va uslubiy mahoratini oshirib boradi. Uslubiy tashkilotlarning va uslubiy ishlarning boshqa shakllaridagi faoliyatida qatnashadi;
z) o‘qituvchi va tarbiyachilar bilan yaqin muloqotda ishlaydi, kerak bo‘lganda nazariy mashg‘ulotlarga kirib turadi;
i) shaxsning umumiy madaniy shakllanishiga, ijtimoiylashishiga, kasbiy dasturlarni ongli ravishda o‘rganishiga va tanlashiga yordam beradi. Davlat standartlari doirasida ta’lim tizimining turli shakllarini, uslublarini, qo‘llanmalarni ishlatadi;
k) o‘quvchilarni Davlat ta’lim standarti talablariga mos keladigan darajada tayyorlashni ta’minlaydi;
l) yong‘inga qarshi himoya, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlarining bajarilishini ta’minlaydi;
m) ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning sog‘lig‘ini va hayotini muhofaza qilishni ta’minlaydi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, boshqa qonun hujjatlarni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining qo‘llanma va axborot, normativ materiallarini, buyruqlarini, ta’lim bo‘yicha statistik ma’lumotlarni, Bola huquqlari haqidagi konvensiyani;
b) o‘quvchilarning pedagogikasi va psixologiyasining asoslarini, kasbiy va amaliy faoliyatga tegishli masalalar bo‘yicha me’yoriy va uslubiy hujjatlarni, o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha mavjud bo‘lgan dasturlar, uslubiy adabiyotlar va tegishli fan, texnika va texnologiya yutuqlari;
v) tarmoq menejmenti va marketingining xususiyatlarini;
g) mehnat qonunchiligi, mehnat muhofazasining qoidalari va me’yorlarini, texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi muhofazani.
Bajara olishi lozim:
o‘quv dasturi va davlat ta’lim standartlariga tegishli amaliy ishlarning barcha turlarini.
Malaka talablari:
a) ta’lim muassasasining yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot yoki ish staji so‘ralmagan holda muhandis-pedagogik ma’lumot;
Oldingi tahrirga qarang.
b) kasb (mutaxassislik) bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan amaliy ish staji va o‘rta maxsus kasbiy ma’lumot.
(17-paragraf “Malaka talablari” qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1845-1-son, 13.12.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 505-modda)
§ 18. USLUBChI
Lavozim vazifalari:
a) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida, uslubiy xonalarda (markazlarda) uslubiy ishlarini tashkil qiladi;
b) ta’lim muassasasidagi o‘quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlar holatini, uning davlat ta’lim standartlariga mos kelishini tahlil qiladi va uning samarasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
v) o‘qituvchilarning va boshqa pedagogik xodimlarning, shu qatorda muhandis-pedagoglarning, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va tarbiyachilarning ilg‘or va rivojlangan ish tajribalarini o‘rganadi va tarqatadi;
g) o‘quv guruhlarni, to‘garaklarni va o‘quvchilar tashkilotlarini tuzishda qatnashadi;
d) ta’lim muassasalarining mutaxassislari va rahbarlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashni rejalashtirish va istiqbolini belgilash, diagnostik, axborot va uslubiy materiallarni ishlab chiqishda qatnashadi;
e) o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasasining pedagogik xodimlariga ularning faoliyat yo‘nalishiga tegishli holda ta’lim mazmunini, shakllarini, uslublari va qurollarini aniqlashda maslahat va amaliy yordam beradi. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishda qatnashadi;
j) o‘quv, o‘quv-taqvim rejalarni, fanlar hamda o‘quv kurslari bo‘yicha dasturlarni tuzadi;
z) o‘quv-uslubiy hujjatlarni, qo‘llanmalarni (o‘quv fanlari, didaktik materiallar, jihozlar ro‘yxati turlari va boshqalar) ishlab chiqishni, taqriz qilishni va tasdiqlashni tashkillashtiradi;
i) muassasalarning tajriba-sinov ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
k) muassasalar mutaxassislari va rahbarlarining eng natijaviy tajribalarini umumlashtiradi va joriy qilish bo‘yicha choralar ko‘radi;
l) konferensiyalar, seminarlar, konkurslar, ko‘rgazmalar, olimpiadalar, musobaqalar va boshqalarni o‘tkazish bo‘yicha lozim bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqadi va tashkil qiladi;
m) ta’lim mazmunini ekspertiza qilish va ilmiy-uslubiy ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi. Uslubiy materiallar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklarni nashr etishning kelajak rejalarini ishlab chiqishda va ularning mualliflarini tanlashda ishtirok etadi. Uslubiy xonalarga va ta’lim muassasalariga nashr etilayotgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, videomateriallar, ta’limning audiovizual va boshqa vositalari haqida axborot berib turadi va muassasalarning ularga bo‘lgan ehtiyojlarini tahlil qiladi;
n) jahon pedagogik tajribalar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganadi va ta’lim hamda tarbiya bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy qilishni tashkil qiladi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, ta’lim standartlarining mazmuni va talablarini. O‘quv uslubi va tarbiyaviy ish masalalari bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazining buyruqlari, farmoyishlari, uslubiy va boshqa boshqaruv materiallarni;
b) didaktika prinsiplarini, pedagogika va o‘smir psixologiyasi asoslari, ta’lim berishning umumiy va shaxsiy texnologiyalari, o‘quv fanini yoki faoliyat yo‘nalishini uslubiy ta’minlash prinsiplari va qo‘llash uslublarini, muassasada ta’lim jarayonini tashkil qilish tizimini;
v) muassasadagi pedagogik ishlarning samarali uslublarini aniqlash, umumlashtirish va ularni tarqatish usullarini;
g) muassasa pedagogik xodimlarining uslubiy uyushmalari ishlarining mazmuni va uni tashkil qilish tamoyillarini;
d) mutaxassisliklar, ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv-dasturiy hujjatlar, o‘quv rejalar, o‘quv jihozlarining ro‘yxatlari turlari va boshqa o‘quv-uslubiy hujjatlarini ishlab chiqish tartibi va tamoyillarini;
e) nashriyotlar bilan ishlash asoslari, uslubiy va axborot materiallarini tizimga kiritish tamoyillari, ta’limning audiovizual va interfaol vositalariga bo‘lgan asosiy talablarni.
Malaka talablari:
a) oliy pedagogik yoki muhandis-pedagogik ma’lumot;
b) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida pedagogik ish staji 5 yildan kam bo‘lmasligi kerak.
§ 19. TO‘GARAK RAHBARI
Lavozim vazifalari:
a) ta’lim muassasasining to‘garak ishini tashkillashtiradi va rahbarlik qiladi;
b) to‘garak ishini buyuk ajdodlarimiz merosiga chuqur hurmat bilan yondashish, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat ruhida, darsdan tashqari vaqtdan unumli foydalanish maqsadida to‘garak faoliyatini yurgizadi;
v) yo‘nalish bo‘yicha to‘garak a’zolari (jamoa) individual va guruhiy mashg‘ulotlar olib boradi;
g) to‘garak a’zolaridan kasbiy mahoratni mustahkamlash va bilim darajasini yuksaltirishga harakat qiladi;
d) uslubiy ishlarda faol ishtirok etadi. O‘quvchilarni to‘garakka jalb qilish maqsadida saralash va jamlash ishlarini olib boradi. To‘garak a’zolarini (jamoa) turli musobaqa, ko‘rgazma, konsertlar va boshqa ommaviy tadbirlarda qatnashishni ta’minlaydi;
e) to‘garak a’zolarining (jamoa) o‘quv intizomiga rioya etishini nazorat qiladi va davomatini olib boradi;
j) ota-onalar, axborot-resurs markazlari xodimlari, guruh tarbiyachilari va o‘qituvchilar bilan hamkorlik qiladi;
z) to‘garak ishi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif beradi, to‘garak ishini aks ettiruvchi burchakni rasmiylashtiradi va uni reklama qiladi;
i) to‘garak ishi bilan bog‘liq bo‘lgan hisobotni tuzadi va hujjatlarni yuritadi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, ta’lim to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari, darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining normativ-huquqiy hujjatlarini, ushbu yo‘nalish bo‘yicha to‘garak ishlari dasturini, uslubiy tavsiyanomalarni, to‘garaklarda ish yuritishning shakl va uslublarini, pedagogika asoslari, pedagogik psixologiya, o‘smirlar psixologiyasini;
b) o‘quvchilar shaxsini rivojlantirishning huquqiy hujjatlarini, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini;
v) zamonaviy tarbiya va o‘qitish usullari va uslublarini, turli madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazishni, madaniyat va san’at, fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini;
g) seksiya va klublarni rivojlantirish dasturlarini;
d) o‘qitishda texnik vositalardan foydalanishni;
e) ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etishga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablarini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
j) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Malaka talablari:
a) to‘garak yo‘nalishi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga ega bo‘lishi;
b) amaliy ish staji shart emas.
§ 20. OLIMPIYA ZAXIRALARI KOLLEJINING TRENER-O‘QITUVChISI
Lavozim vazifalari:
a) o‘quvchilar tomonidan yuqori sport natijalariga erishish uchun yo‘naltirilgan yillik va joriy rejalarni, o‘quv-mashg‘ulot va uslubiy ishlarning dasturini ishlab chiqadi;
b) o‘quvchilarning o‘quv-mashg‘ulot ishlarini va o‘quv-mashg‘ulot yig‘ilishlarini o‘tkazadi;
v) sport bilan shug‘ullanishga istak bildirgan va tibbiy tomondan salbiy ko‘rsatgichlarga ega bo‘lmagan shaxslarni sport guruhlariga (seksiyalariga) qabul qiladi;
g) o‘quv-mashg‘ulot va tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘quvchilarni tanlash, tavsiyalar berish maqsadida ularning jismoniy, axloqiy va boshqa muhim xususiyatlarini tahlil qiladi;
d) kelajakda yuqori natijalarga erishadigan o‘smirlarni saralash va yo‘naltirish ishlarini olib boradi;
e) o‘quvchilarning jismoniy, nazariy, texnik va sport tayyorgarligini oshirishni, dars jarayonida o‘quvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va muhofaza qilishni, o‘quv mashg‘ulotlari xavfsizligini ta’minlaydi;
j) sportchilar tomonidan turli xil dopinglarni iste’mol etish hollarini oldini oladi;
z) ish faoliyatining natijaliligi va samaradorligini oshirish maqsadida boshqa o‘qituvchilar, trenerlar, tarbiyachilar, psixolog va tibbiy xodimlar bilan hamkorlik qiladi;
i) o‘z ishining natijalari va mazmunini tizimli ravishda hisobotini olib boradi, tahlil qiladi va umumlashtiradi. O‘z ishi to‘g‘risida hisobotlar tuzadi;
k) mehnat natijalarini muhokama qilish, o‘quv, tarbiyaviy, jismoniy, sport ishlari hamda o‘quv sifatini yaxshilash bo‘yicha turli yig‘ilish, konferensiya, majlisda qatnashadi;
l) ish faoliyatida o‘quvchilarni sog‘lomlashtirishni va sport tayyorgarligining eng samarali uslublaridan foydalanadi;
m) o‘quvchilari bilan sport musobaqalarida trener sifatida qatnashadi va kerak paytda sport musobaqalarida uning sharafini himoya qiladi;
n) o‘quvchilarni testdan o‘tkazadi, bilim mahoratini aniqlaydi, jismoniy va amaliy tayyorgarligini aniqlaydi;
o) texnika xavfsizligi qoidalariga amal qiladi;
p) qaramog‘idagi o‘quvchilar va jamoa to‘g‘risida, hayoti, sog‘lig‘i va huquqlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarini, ta’lim to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlarini, sportni rivojlantirish, jismoniy tarbiyani yuksaltirish, tarbiya uslublari, sport musobaqalari qatnashuvchilariga jismoniy tarbiya fanini o‘qitishni;
b) xalqaro va milliy musobaqalar o‘tkazishning alohida talablari va qoidalarini;
v) pedagogika, psixologiya, o‘smirlar fiziologiyasi, gigiyenasi, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
g) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Malaka talablari:
a) oliy jismoniy tarbiya bo‘yicha pedagogik ma’lumot;
b) kamida uch yillik trenerlik, o‘qituvchilik stajiga ega bo‘lishi.
§ 21. SPORT KOLLEJINING TRENER-O‘QITUVChISI
Lavozim vazifalari:
a) o‘quv-mashq, sport ishi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi;
b) o‘quv-mashq va uslubiy ish dasturiga hamda ta’lim standartlarining talablariga muvofiq yillik va joriy shaxsiy ish rejalarini ishlab chiqadi;
v) jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga istak bildirgan va tibbiy tomondan salbiy ko‘rsatgichlarga ega bo‘lmagan shaxslarni sport seksiyalariga, sport va sog‘lomlashtirish guruhlariga qabul qilishda ishtirok etadi;
g) o‘quvchilar bilan o‘quv-mashq va tarbiyaviy ishlar olib borish jarayonida tegishli qaror qabul qilish va maslahat berish maqsadida o‘quvchilarning jismoniy va axloqiy fazilatlarini o‘rganadi, tahlil qiladi;
d) shug‘ullanuvchilarning jismoniy, nazariy, axloq-irodaviy, texnik va sport tayyorgarligini, mashg‘ulot paytida o‘quvchilar sog‘lomligining mustahkamlanishini va muhofazasini, o‘quv-mashq jarayonining xavfsizligini ta’minlaydi;
e) boshqa o‘qituvchilar, murabbiylar, tarbiyachilar, psixolog va tibbiy xodimlar bilan o‘z ishining natijalarini va uning samaradorligini oshirishda hamkorlik qiladi;
j) o‘z ishining natijalarini va mazmunini muntazam ravishda hisobga oladi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
z) o‘quvchilar va sportchilar bilan test o‘tkazadi, ularning bilimlarini, mahoratlarini va amaliy tayyorgarligini baholaydi;
i) ish natijalarini muhokama qilish bo‘yicha hamda o‘quv, tarbiyaviy va jismoniy-sport ishlarini yaxshilashga oid masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislar, kengashlar, konferensiyalar va yig‘ilishlarda ishtirok etadi;
k) shug‘ullanayotgan shaxslar va o‘quvchilar sport tayyorgarligining va ularni sog‘lomlashtirishning eng samarali usullaridan o‘z ishida foydalanadi;
l) mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qiladi;
m) unga ishonib topshirilgan o‘quvchilarning va jamoaning hayoti, sog‘lomligi va huquqlarining daxlsizligi uchun javob beradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarini, ta’lim sohasida boshqa qonun hujjatlarini, ta’limni rivojlanishi strategiyasini, jismoniy tarbiya va sport rivojlanishi yo‘nalishlarini va istiqbollarini, shug‘ullanayotgan shaxslar tarbiyasini, jismoniy tarbiya fanini o‘qitish va sport mashqlari o‘tkazish usullarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarini;
b) pedagogika, psixologiya, o‘smirlar fiziologiyasi, gigiyenasi asoslarini, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
v) yoshlarga oid qonun hujjatlari.
Malaka talablari:
ish stajiga talablar yo‘q bo‘lgan holda, oliy yoki o‘rta maxsus jismoniy tarbiya bo‘yicha ma’lumot.
§ 22. OLIMPIADA ZAXIRASI KOLLEJINING INSTRUKTOR-USLUBChISI
Lavozim vazifalari:
a) jismoniy-sog‘lomlashtirish va sport-ommaviy ishlar bo‘yicha tashkiliy-uslubiy ishlarni olib boradi;
b) jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga istak bildirgan va tibbiy tomondan salbiy ko‘rsatgichlarga ega bo‘lmagan shaxslarni sport seksiyalariga, sport va sog‘lomlashtirish guruhlariga qabul qilishda ishtirok etadi, shug‘ullanayotgan shaxslarga maslahatlar beradi;
v) sport-ommaviy va jismoniy-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil qiladi va o‘tkazadi, sportchilarni hamda ommaviy razryadli va hakamlik toifasidagi hakamlarni tayyorlaydi;
g) jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazani mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil qilishda ishtirok etadi;
d) o‘quvchilar, sportchilar tomonidan taqiqlangan preparatlar (doping)dan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
e) instruktor-jamoatchilarning faoliyatini tashkiliy-uslubiy boshqaruvini ta’minlaydi, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qiladi va o‘tkazadi, sport zallari, xonalar, maydonchalarni bezashda yordam beradi;
j) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha instruktor-uslubchilar ishining yetakchi, shu jumladan xalqaro ilg‘or tajribalarini o‘rganadi, tashkilotning ish natijalarini tahlil qiladi va ishni takomillashtirishni rejalashtirishda ishtirok etadi;
z) jismoniy tarbiya va sportni, sog‘lom turmush tarzi g‘oyasini targ‘ib qiladi, shug‘ullanayotgan shaxslar ustidan tibbiy kuzatish olib borishni ta’minlash hamda sportni takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida sog‘liqni saqlash organlari, psixologlar, o‘qituvchilar bilan keng hamkorlikda ishlaydi;
i) xalqaro musobaqalarni olib borish amaliyotini, sport musobaqalarning qoidalariga yangi kiritilgan tartib-qoidalarni o‘rganadi;
k) mehnatni muhofaza qilish hamda shug‘ullanayotgan shaxslarning xavfsizlik texnikasini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar va nazariy mashg‘ulotlar kompleksini o‘tkazadi;
l) o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarini, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani va boshqa qonun hujjatlarini, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining o‘quv, tarbiyaviy ishlar va sportchilarning tayyorgarligi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarini;
b) jismoniy-sog‘lomlashtirish ishining asoslarini, sport va jismoniy-ommaviy chora-tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish usullarini;
v) tibbiy nazorat va tez tibbiy yordam ko‘rsatish asoslarini, shug‘ullanayotgan shaxslarning fiziologik xususiyatlarini;
g) o‘quvchilarning bilim, mahorat va qobiliyatlarini baholash usullarini;
d) o‘quv-mashq jarayonida kompyuter va zamonaviy jihozlardan foydalanishni;
e) hisobot va shartnomalar tuzishni, suhbatlar va sport tadbirlarini o‘tkazishni;
j) sport inshootlaridan, jihozlardan va sport texnikasidan foydalanish qoidalarini, xavfsizlik texnikasini hamda ishlab chiqarish jarayonining sanitariya qoidalarini.
Malaka talablari:
jismoniy tarbiya bo‘yicha oliy ma’lumot va trener-o‘qituvchi lavozimida 3 yillik ish staji.
§ 23. MADANIYAT VA SAN’AT KASB-HUNAR KOLLEJI(AKADEMIK LITSEY)NING KONSERTMEYSTERI
Lavozim vazifalari:
a) Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, dasturlarining tegishli talablariga muvofiq tegishli san’at turi bo‘yicha (musiqa, raqs, ashulachilik, teatr) ixtisoslashtirilgan nazariy, amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtiradi, tashkil qiladi va olib boradi, maslahatlar beradi;
b) o‘quvchilarning musiqiy yoki boshqa emotsional sohadagi qobiliyatlarini, ularning ijodiy faoliyatlarini rivojlantiradi;
v) jamoaning o‘quv, badiiy, ilmiy-pedagogik kengashining yig‘ilishlarida qatnashadi;
g) o‘quv-uslubiy materiallarni, imtihon savollarini, mashqlarini, testlarini va topshiriqlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
d) musiqiy faoliyatining har qanday turlaridan va shakllaridan foydalanib, o‘quvchilarda estetik xususiyatlarni shakllantiradi;
e) bir necha musiqiy asboblarda ijro etishning texnikasini professional tarzda biladi;
j) o‘quvchilar bilan shaxsiy ish olib boradi, qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni tanlab olib, ularning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda yordam beradi;
z) o‘smirlarning shaxsiy va yoshga oid xususiyatlarini, shuningdek ularning ijodiy qobiliyatlarini inobatga olib, o‘z pedagogik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
i) o‘quvchilarni konsertlarda, konkurslarda, olimpiadalarda, festivallarda va boshqa ommaviy tadbirlarga chiqishiga tayyorlaydi;
k) o‘quvchilarning bilimlari, amaliy ijro mahoratlari ustidan nazorat qiladi, imtihonlar, testlar va nazorat ishlarini o‘tkazadi, davomatni va o‘zlashtirishni hisobga oladi;
l) boshqa o‘qituvchilar, guruhlar rahbarlari, psixolog va ota-onalar bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha hamkorlik qiladi;
m) o‘z malakasini muntazam ravishda oshiradi;
n) mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda xavfsizlik texnikasiga amal qiladi.
Bilishi lozim:
a) o‘rta maxsus musiqiy ta’limning davlat standartlari mazmunini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha uslubiy, me’yoriy, yo‘riqnomaviy va boshqa boshqaruv materiallarini;
b) madaniyatning shakllari va turlarini, jahonning asosiy hamda madaniy-tarixiy markazlarini va joylarini;
v) O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixini;
g) o‘smirlar musiqiy ta’limining nazariyasi va amaliyoti asoslarini, musiqiy adabiyotni, xoreografiya asoslarini, ashulachilar jamoasi bilan ishlash tartibini. Ssenariylarni, dasturlarni amaliy ishlab chiqishni, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish tartibini;
d) o‘smir shaxsi rivojlanishining xususiyatlarini, turli yoshdagi shaxslarning musiqaviy qabul qilishi, emotsiyalari, motorikasi va musiqaviy imkoniyatlarini;
e) zamonaviy va klassik o‘zbek, sharq va xorijiy bastakorlarning hayoti va ijodini, xalq hofizlarining ijodini, musiqa tarixini va musiqiy madaniyatni, milliy va klassik repertuardagi asarlarni;
j) musiqa asboblarini (o‘zbek, sharq va xorijiy), shuningdek o‘zbek, sharq, yevropa klassik musiqiy madaniyatini, operasini, baletini;
z) musiqa uslublarini va usullarini, O‘zbekistonning turli joylariga xos bo‘lgan asbob va ijro yo‘nalishlarini. Musiqiy o‘yinlarni, musiqiy ritmik harakatlarni;
i) o‘zining rivojlanishida orqada qolgan bolalar bilan ishlashda defektologiya asoslarini va tegishli uslublarni;
k) musiqiy asbobda a’lo darajada ijro etishni, qo‘shiqchilik va jamoada qo‘shiq aytish mahoratini, musiqiy yoki boshqa san’at asarlarini yaratish va ijro etishni, raqslarni qo‘ya bilishni.
Malakaviy talablar:
musiqiy-pedagogik oliy ma’lumot.
§ 24. KASB-HUNAR KOLLEJI(AKADEMIK LITSEY)NING KONSERTMEYSTERI
Lavozim vazifalari:
a) musiqiy, raqs va xoreografik san’atning tegishli turi bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtiradi, tashkil qiladi va olib boradi, maslahatlar beradi, ijodiy musiqiy to‘garaklarni tashkil qiladi;
b) o‘quvchilarning musiqiy yoki boshqa qobiliyatlarini, ularning emotsional doirasini va ijodiy faoliyatlarini rivojlantiradi;
v) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining ilmiy-pedagogik va badiiy (agarda u ko‘zda tutilgan bo‘lsa) kengashining yig‘ilishlarida qatnashadi;
g) musiqiy faoliyatni tashkil qilishning har qanday turlaridan va shakllaridan foydalanib, o‘quvchilarda estetik xususiyatlarni shakllantiradi;
d) musiqiy asbobda ijro etish texnikasini professional tarzda biladi;
e) o‘quvchilar bilan shaxsiy ish olib boradi, qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni ularning shaxsiy va yoshga oid xususiyatlarini inobatga olgan holda tanlab oladi, shuningdek ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda yordam beradi;
j) o‘quvchilarning konsertlarda, konkurslarda, olimpiadalarda, festivallarga va boshqa ommaviy tadbirlarda chiqishiga tayyorlaydi;
z) havaskorlik spektakllarini, tomoshalarni, konsertlarni musiqiy jo‘rlik bilan ta’minlaydi;
i) tarbiyachilar bilan birga o‘quvchilarni estetik tarbiyalash bo‘yicha ishlar olib boradi, professional artistlar ishtirokida ijodiy kechalarni o‘tkazadi;
k) o‘qituvchilar, guruhlar rahbarlari, psixolog va ota-onalar bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qiladi;
l) o‘z malakasini muntazam ravishda oshiradi;
m) mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda xavfsizlik texnikasiga amal qiladi.
Bilishi lozim:
a) o‘rta maxsus musiqiy ta’limning davlat standartlari mazmunini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha uslubiy, me’yoriy, yo‘riqnomaviy va boshqa boshqaruv materiallarini;
b) madaniyatning shakllari va turlarini, jahonning asosiy hamda madaniy-tarixiy markazlarini va joylarini;
v) O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixini;
g) o‘smirlar musiqiy ta’limining nazariyasi va amaliyoti asoslarini, musiqiy adabiyotlarni, xoreografiya asoslarini, qo‘shiqchilar jamoasi bilan ishlash tartibini. Ssenariylarni, dasturlarni amaliy ishlab chiqishni, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish tartibini;
d) bolalar va o‘smirlar shaxsi rivojlanishining xususiyatlarini, turli yoshdagi shaxslarning musiqaviy qabul qilishi, emotsiyalari, motorikasi va musiqaviy imkoniyatlarini;
e) zamonaviy va klassik o‘zbek, sharq va xorijiy bastakorlarning hayoti va ijodini, xalq hofizlarining ijodini, musiqa tarixini va musiqiy madaniyatni, bolalar repertuari asarlarini;
j) musiqiy asboblarni (o‘zbek, sharq va xorijiy), shuningdek o‘zbek, sharq, yevropa klassik musiqiy madaniyatini;
z) musiqa uslublari va usullarini, O‘zbekistonning turli joylariga xos bo‘lgan asboblar va ijro yo‘nalishlarini. Musiqiy o‘yinlarni, musiqiy ritmik harakatlarni;
i) musiqiy asbobda a’lo darajada ijro etishni, qo‘shiqchilik va jamoada qo‘shiq ayta olish mahoratini, musiqiy yoki boshqa san’at asarlarini yaratishni va ijro etishni.
Malaka talablari:
o‘rta maxsus musiqiy-pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 35-36-son, 350-modda, 51-son, 505-modda; 2010-y., 5-son, 44-modda)