30.07.2008 yildagi PQ-929-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI XODIMLARINI MODDIY RAG‘BATLANTIRISHNI KUCHAYTIRISH VA ULAR MEHNATIGA HAQ TO‘LASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar rahbar hamda pedagog kadrlarining mehnatini moddiy rag‘batlantirish va unga haq to‘lashning yuksak kasb mahoratini namoyon etgan va ta’lim-tarbiya jarayoniga shaxsan katta hissa qo‘shayotgan iqtidorli pedagoglarni rag‘batlantirishni ko‘zda tutuvchi sifat jihatdan yangi mexanizmini joriy etish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida ehtiyoj sezilayotgan malakali mutaxassislar tayyorlashda ularning mas’uliyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 1-sentabrdan boshlab pedagog va rahbar xodimlarning lavozimlari va malaka toifalari bo‘yicha bazaviy tarif stavkalarini belgilashga, mehnatga haq to‘lashning obyektiv, ochiq-ravshan mexanizmini tatbiq etishga asoslangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan va ta’lim-tarbiya jarayoniga shaxsan aniq hissa qo‘shayotgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar xodimlariga bir martalik mukofotlar to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ularni rag‘batlantirish uchun Direktor jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Direktor jamg‘armasi barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari — kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor jamg‘armasi mablag‘lari har bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi huzurida tegishli muassasa rahbari boshchiligida hamda Vasiylik kengashi, pedagoglar va ota-onalar jamoatchiligi vakillari ishtirokida tashkil etiladigan, o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan tasarruf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2008-yil 1-sentabrdan boshlab o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlarining, o‘quv ishlari, kasbiy ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining ish haqi miqdorlari Yagona tarif tizimi bo‘yicha amaldagi stavkalarga nisbatan o‘rta hisobda 1,4 baravar oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2008-yil 1-sentabrdan boshlab o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruh rahbarligi uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 foizidan 35,2 foizigacha;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozma ishlarni tekshirish uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizidan 17,6 foizigacha;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv va laboratoriya kabinetlariga mudirlik uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 8,8 foizidan 17,6 foizigacha oshirilsin.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari mehnatini rag‘batlantirish hamda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lganligi va o‘quv-tarbiya jarayoniga shaxsan hissa qo‘shganligi, ta’lim berishdagi yuqori samaradorligi hamda sifati, o‘quvchilarning kasb-hunar ko‘nikmalari va bilimlarini rivojlantirganligi, tarbiyaviy va darsdan tashqari ishlar olib borganligi uchun Direktor jamg‘armasidan ularga bazaviy tarif stavkalarining 40 foizigacha miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi Nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Direktor jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-929-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 296-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)