Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
HISOB-KITOBLAR MAʼLUMOTNOMASINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-mayda 1137-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 22-dekabrdagi 35/4, 01-02/19-47-sonli “Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1137-4, 27.12.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 24-yanvardagi “Toʻlov intizomi va oʻzaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-1363-sonli va 2002-yil 31-yanvardagi “Sugʻurta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3022-sonli farmonlariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat bojxona qoʻmitasi Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qaror kuchga kiritilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 1-aprelda 696-raqam bilan roʻyxatga olingan “Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari M.R. JUMAGALDIYEV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-aprel,
215-V-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari S.A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2002-yil22-aprel,
02/19-10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
bank Boshqaruvi va Davlat bojxona
qoʻmitasining 2002-yil 22-apreldagi
215-V, 02/19-10-son qaroriga
ILOVA
bank Boshqaruvi va Davlat bojxona
qoʻmitasining 2002-yil 22-apreldagi
215-V, 02/19-10-son qaroriga
ILOVA
Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(yangi tahriri)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻlov intizomi va oʻzaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 24-yanvardagi PF-1363-sonli va “Sugʻurta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-yanvardagi PF-3022-sonli farmonlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, eksport qilinayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
1. Korxona va tashkilotlar eksportga chiqarilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda bojxona organlariga 2-sonli ilovada koʻrsatilgan talablarga muvofiq toʻldirilgan 1-sonli ilovada belgilangan shakl boʻyicha hisob-kitoblar maʼlumotnomasini taqdim etadilar.
Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini blanklari eksport qiluvchi korxonaga xizmat koʻrsatayotgan vakolatli bank tomonidan bosmaxona usulida, oʻzining indeksini koʻrsatgan holda tayyorlanadi. Berilgan maʼlumotnoma vakolatli bankning masʼul shaxsi tomonidan imzolanadi va bank muhri bilan tasdiqlanadi. Hisob-kitoblar maʼlumotnomasi qatʼiy hisobda turadigan blank boʻlib, unda hisob yuritish seriyasi, raqami va himoya darajasi boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulot taqsimotiga oid Bitimlarni amalga oshirish doirasida qazib olingan (ishlab chiqarilgan) va Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan koʻrsatilgan Bitimlar shartlariga muvofiq eksport qilinayotgan mahsulotni bojxona rasmiylashtiruvida vakolatli bank tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi hisob-kitoblar maʼlumotnomasi taqdim etiladi. Bunda koʻrsatilgan maʼlumotnomani berish vakolatli bankda shartnomani hisobga qoʻymagan holda amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 26-yanvardagi 215-V-3, 01-02/19-12-son qarori asosida (roʻyxat raqami 1137-3,05.03.2008-y.) xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 68-modda)
2. Hisob-kitoblar maʼlumotnomasi xaridorlarga xizmat koʻrsatuvchi bank kafolatli yoki eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat xatarlaridan sugʻurtalash polisi mavjud boʻlganda yoki oldindan haq olinganda yoxud joʻnatilayotgan mahsulot summasiga akkreditiv ochilganda, shartnomani hisobga olish uchun qabul qilgan bank muassasasi tomonidan ikki nusxada toʻldiriladi. Bir nusxasi mijozga beriladi, ikkinchisi esa bankda qoladi.
Eksport qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda bojxona organlariga hisob-kitoblar maʼlumotnomasining asli va uning korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar.
Eksport qilinayotgan tovarni rasmiylashtirayotgan bojxona postining mansabdor shaxsi hisob-kitoblar maʼlumotnomasining asli va uning nusxasi orqasiga bojxona yuk deklaratsiyasining tartib raqami, eksport qilinayotgan tovarning miqdori va qiymatini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi va ularni shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlaydi. Hisob-kitoblar maʼlumotnomasining asli deklarantga qaytarib beriladi, uning nusxasi esa bojxona organida qoladi.
Bitta hisob-kitoblar maʼlumotnomasi qiymati doirasida tovarlar bir nechta partiyalarda eksport qilingan holatda, eksport qilinadigan tovarlarning har bir partiyasining bojxona rasmiylashtiruvi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda eksport qilinadigan tovarlarning ikkinchi va keyingi partiyalarini bojxonada rasmiylashtirishda hisob-kitoblar maʼlumotnomasining asli va uning nusxasi orqa tarafidagi bojxona organlarining yozuvlari bilan, korxona rahbari tomonidan ham orqa tarafi tasdiqlanadi va bojxona organlariga taqdim qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2006-yil 11-martdagi 215-V-1, 01-02/19-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1137-1, 28.04.2006-y.) tahririda — OʻRQHT, 2006-yil, 17-son, 145-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Eksport qilinadigan tovarlarning bojxonada rasmiylashtirilishiga faqat toʻldirilgan hisob-kitoblar maʼlumotnomasi mavjud boʻlgan holdagina yoʻl qoʻyiladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan omborlardan FOB, EX Warehouse shartlarida markazlashtirilgan holda yuklab joʻnatish, milliy valyuta — soʻmda toʻlov amalga oshirish sharti bilan birja va yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar boʻyicha hamda chet el valyutasida toʻlov amalga oshirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi tovar – xomashyo birjasida tuzilgan eksport shartnomalari boʻyicha yuklab joʻnatish bundan mustasno.
(3-bandning birinchi xatboshi Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 10-noyabrdagi 215-V-2, 01-02/19-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 1137-2, 26.11.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 48-49-son, 489-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, tashqariga chiqarilayotgan tovarlar, shu jumladan, bir nechta partiyalarda chiqarilayotgani summasi olingan kafolatlar yoki eksport shartnomalarni siyosiy va tijorat xatarlaridan sugʻurtalash polisi, oldindan toʻlangan haq yoki maʼlumotnomada koʻrsatilgan akkreditiv summasidan oshmasligi shart.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2006-yil 11-martdagi 215-V-1, 01-02/19-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1137-1, 28.04.2006-y.) tahririda — OʻR QHT, 2006-yil, 17-son, 145-modda)
4. Barter kontraktlar boʻyicha sotilishi uchun maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan tovarlar shartnomaning umumiy summasiga kafolat yoki eksport shartnomalarni siyosiy va tijorat xatarlaridan sugʻurtalash polisi mavjud boʻlganda tashqariga chiqariladi, bu haqda hisob-kitoblar maʼlumotnomasida qayd etiladi.
Barter shartnomalari boʻyicha import tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga amalda kirib kelgan boʻlsa, bojxona idoralari tovarlarni hisob-kitoblar maʼlumotnomasisiz tashqariga chiqaradi.
5. Vakolatli banklar xorijiy vakil banklar kafolatlarini qabul qiladilar.
Agar kafolatnoma vakillik munosabatlari oʻrnatilmagan bank tomonidan berilgan boʻlsa, vakolatli banklar bevosita vakillik munosabatlari oʻrnatilgan xorijiy banklardan kafolat tasdiq xatini olishlari lozim.
6. Vakolatli banklarning rahbarlari hisob-kitoblar maʼlumotnomasini toʻgʻri rasmiylashtirilishi, shuningdek, obyektiv sabablar boʻlmay turib, uning oʻz vaqtida rasmiylashtirilmaganligi uchun javobgardirlar.
| | | | |
| Indeks XX | | № 000000 | |
| | | | |
|
Hisob-kitoblar | |||
| | | | |
| 1. Bank muassasasining toʻliq nomi __________________________________________________ | |||
| | | | |
| 2. Tovar joʻnatuvchi/eksport qiluvchi korxonaning nomi _________________________________ | |||
| | | | |
| 3. Tovar oluvchi/import qiluvchi korxonaning nomi _____________________________________ | |||
| | | | |
| 5. Shartnomaning summasi ________________________________________________________ | |||
| | | | |
| 6. Tovarlarning nomi _____________________________________________________________ | |||
| | | | |
| 7. Toʻlovlarni amalga oshirish: _____________________________________________________ | |||
| | | | |
|
a) Xorijiy bank kafolati yoki eksport shartnomalarni siyosiy va tijorat xatarlaridan sugʻurtalash polisi 200 __ yil “____” ___________ da ________ amal qilish muddati bilan _______________soʻm miqdorida olingan | |||
| | | | |
| b) _________________________ soʻmda oldindan toʻlanadigan haq kelib tushdi | |||
| | | | |
| v) Akkreditiv sanasi va summasi ___________________________________________________ amal qilish muddati _____________________________________________________________ | |||
| | | | |
| | | | |
| Bank rahbari ________________ | | | |
| | | | |
| Bosh buxgalter _______________ | | | |
| | | | |
| | | | |
| M.Oʻ. | | | |
Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan
TALABLAR
1-xatboshida maʼlumotnomani rasmiylashtirgan bank muassasasining toʻliq nomi koʻrsatiladi;
2-xatboshida tovar joʻnatuvchi/eksport qiluvchi korxonaning toʻliq nomi, KTUT kodi;
3-xatboshida tovar oluvchi/import qiluvchi korxonaning toʻliq nomi;
4-xatboshida shartnomaning sanasi va raqami;
5-xatboshida shartnomaning umumiy summasi;
6-xatboshida shartnoma shartlariga muvofiq tovarning nomi;
7-xatboshida xorijiy bankning kafolati yoki eksport shartnomalarni siyosiy va tijorat xatarlaridan sugʻurtalash polisi mavjudligi, oldindan kelib tushadigan haqning tushishi, hujjatning summasi, sanasi va amal qilish muddati koʻrsatilgan holda akkreditivning ochilganligi koʻrsatiladi.
Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
| | |
“NAMUNA” |
|
| ||
| 200__y. “___” ________ _______-son 1. Bankning toʻliq nomi _______________________________________________ 2. Tovar joʻnatuvchi/eksport qiluvchi korxonaning nomi ___________________ ____________________________________________________________________ 3. Tovar oluvchi/import qiluvchi korxonaning nomi _______________________ ____________________________________________________________________ 4. Mahsulotlar taqsimotiga oid Bitim (sanasi va kim bilan tuzilganligi) ____________________________________________________________________ 5. Tovarning nomi ___________________________________________________ 6. Chet el valyutasidagi kelib tushgan tushum miqdori ______________________ 7. Chet el valyutasidagi tushumning kelib tushgan davri ____________________ | ||
Bank rahbari |
|
|
| |
(imzo) |
(F.I.Sh.) |
| Bosh buxgalter |
_____________ |
_______________________ |
| |
(imzo) |
(F.I.Sh.) |
|
M.Oʻ. |
| |
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 26-yanvardagi 215-V-3, 01-02/19-12-son qarori (roʻyxat raqami 1137-3,05.03.2008-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 68-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 145-modda; 2007-y., 48-49-son, 489-modda; 2008-y., 10-11-son, 68-modda)