22.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1692
ONLINE TRANSLATE
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining, Markaziy bank Boshqaruvining qarori, 22.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1692
Кучга кириш санаси
02.07.2007
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 22-iyunda 1692-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 27-dekabrdagi 2006-16 , 284-V-sonli, O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab, o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-04-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Markaziy banki Boshqaruvining
2007-yil 4-apreldagi 2007-04, 290-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibini belgilaydi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarga (bundan keyingi o‘rinlarda — qimmatli qog‘ozlar) nisbatan tatbiq etiladi.
(nizomning muqaddimasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar — O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari yoki xorijiy davlatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan hujjatlari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi — O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog‘ozlar egasining almashishiga olib keladigan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish hamda ular bilan bog‘liq boshqa harakatlar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda — HKP) — o‘zaro majburiyatlarni (qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha axborotni to‘plash, solishtirish, tuzatish va ularga doir hujjatlarini tayyorlash) aniqlash hamda qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish va ular yuzasidan hisob-kitoblar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni hisobga olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
(1-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisi — qimmatli qog‘ozlar bilan birja va birjadan tashqari savdolarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradigan va Markaziy depozitariy va HKP bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatuvchi bank — chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan, HKP a’zolari va mijozlarining pul mablag‘larining hisobini yuritish va saqlashga mo‘ljallangan HKPning chet el valyutasidagi ikkilamchi talab qilinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzgan vakolatli bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisining qoidalari — qimmatli qog‘ozlarni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlarning kotirovka narxlarini belgilash, savdolar tashkilotchisi tomonidan qatnashchilarni savdoda ishtirok etishlariga ruxsat berish tartibini, axborotlarni oshkor qilish tartibini va qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlarni o‘z ichiga oluvchi savdolar tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning muomalasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyingina yo‘l qo‘yiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning majburiy rekvizitlari ro‘yxati qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika budjetiga yig‘im to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatiga olishga doir hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun olinadigan yig‘im emitentlar tomonidan eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida to‘lanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati chet el valyutasida yaxlit o‘lchamlarda ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar emitentlar tomonidan faqat hujjatsiz shaklda chiqariladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni saqlash, ularning hisobini yuritish va chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlash, shuningdek chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar zimmasiga yuklangan majburiyatlarni va bunday yuklashlarni tugatish holatlari hisobi Markaziy depozitariyda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning muomalasi va ularni joylashtirish, shu jumladan ularni Markaziy depozitariyda hisobga qo‘yish faqat qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida ularni chiqarish davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan tashqari bozorlarida muomalada bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning joylashtirish bo‘yicha oldi-sotdi bitishuvlari birja bozorlarida kabi birjadan tashqari bozorlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning muomalasi bo‘yicha oldi-sotdi bitishuvlari faqat birja va tashkillashtirilgan birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egasining almashishiga olib keladigan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq boshqa operatsiyalar birjadan tashqari bozorda amalga oshirilishi mumkin va ular qonunchilik hujjatlarida milliy valyutada muomalaga chiqaralayotgan qimmatli qog‘ozlar uchun belgilangan tartibda va muddatlarda albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitishuvlari, O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlarni chet el valyutasida to‘lash holatlaridan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari chiqargan qimmatli qog‘ozlarni norezidentlar tomonidan sotib olinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish shartlari norezidentlarga ushbu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishni taqiqlamagan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarishga yo‘l qo‘yilgan har qanday qimmatli qog‘ozlarni norezedent xorijiy valyutada sotib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Norezident tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar birja va birjadan tashqari bozorlarda qonunchilik hujjatlarida milliy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar sotilishi uchun belgilangan tartibda sotilishi mumkin.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norezidentlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlarni rezidentlarga sotish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Norezidentlar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun pul mablag‘larini deponentga qo‘yish tartibi, shuningdek to‘lov muddatlari HKP va savdolar tashkilotchilarining qoidalari bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tashkillashtirilgan birja bozorida rezidentlar tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlar norezident tomonidan sotib olinayotgan yoki sotilayotganda, uning tomonidan vakolat qilingan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi topshiriq (komissiya) shartnomasiga asosan, savdoda qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi yoki sotadi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan bitishuv to‘g‘risida norezidentga hisobot beradi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarni tashkillashtirilgan birjadan tashqari bozorda sotib olinayotganda yoki sotilayotganda, norezident bitishuvni xuddi shu tartibda yoki mustaqil amalga oshirishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Norezidentning “depo” hisobvarag‘iga kelib tushgan qimmatli qog‘ozlar hisobi norezident bilan belgilangan shaklda shartnoma tuzilgan depozitariyda yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Norezidentlar tomonidan davlat aktivlarini aksiya ko‘rinishida sotib olish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. Tijorat banklari aksiyalarini olishning o‘ziga xos xususiyatlari
(4-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 2014-17, 290-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-3, 30.04.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 18-son, 204-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizomning 22 va 23-bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan bank-rezidentlar aksiyalarini olishga doir bitishuvlar faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan ruxsati olinganidan so‘ng amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 2014-17, 290-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-3, 30.04.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 18-son, 204-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Respublikasi bank-rezidentlari aksiyalarini olish uchun quyidagi shaxslar (bundan keyingi o‘rinlarda oluvchi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning oldindan ruxsatini olishlari shart:
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 2014-17, 290-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-3, 30.04.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 18-son, 204-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ellik foizdan ortiq aksiyalari (ishtirokchilar badallari) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining egaligida, foydalanuvida va(yoki) tasarrufida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik shaxslari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oluvchilarning mablag‘larini tasarruf etuvchilari (ishonchli vakillari) bo‘lib hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, shuningdek, oluvchilar uchun bank-rezidentlarning aksiyalarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning oldindan ruxsatini olishlari shart.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 2014-17, 290-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-3, 30.04.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 18-son, 204-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Offshor zonalarda ro‘yxatga olingan oluvchilar — yuridik shaxslar banklar-rezidentlar aksiyalarini olishlari mumkin emas.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 2014-17, 290-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-3, 30.04.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 18-son, 204-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25 — 32-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 2014-17, 290-V-3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1692-3, 30.04.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 18-son, 204-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda bank-rezident aksiyalarini olgan oluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bank aksiyadorlari reyestriga kiritiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 5. O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar ishtirokida qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisini amalga oshirishda o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashkillashtirilgan bozorlarda chet el valyutasida tuziladigan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitishuvlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda chet el valyutasidagi HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. O‘zbekiston Respublikasining tashkillashtirilgan bozorlarida norezidentlar, shuningdek xorijiy hisobvaraqlaridan foydalangan rezidentlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan tuziladigan bitishuvlari bo‘yicha pul mablag‘larining hisob-kitobi O‘zbekiston Respublikasi hududida HKP ishtirokida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni norezidentlar tomonidan xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu bitishuvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinganidan so‘nggina amalga oshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Norezident tomonidan xarid qilingan qimmatli qog‘ozlar to‘liq qiymatining to‘lov muddatlari milliy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlar uchun qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan joylashtirilgan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitishuvlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvarag‘i orqali milliy valyutada naqd pulsiz shaklda, shuningdek agar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, chet el valyutasida ham amalga oshiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 6. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni to‘lash, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha barcha daromadlar to‘lov kuniga, agar ularni chiqarish shartlarida boshqacha shartlar belgilangan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish, qiymati milliy valyutada ifodalangan qimmatli qog‘ozlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent chiqarish to‘g‘risidagi qarorida va emissiya risolasida qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish (sotib olish) valyutasini ko‘rsatishi lozim.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Norezidentlarning qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan milliy valyutadagi mablag‘lari zaruriyat bo‘lganda, chet el banklarining milliy valyutadagi “loro” vakillik hisobvaraqlariga kiritilishi, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun foydalanishi mumkin.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 7. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha axborotlarni oshkor qilish va hisobotlarni taqdim qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va savdo tashkilotchilari chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘zlari amalga oshirayotgan barcha operatsiyalar va bitimlar hisobini yuritadilar va ular bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga ma’lumotlar taqdim etadilar.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar emitenti qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga hisobotlarni qimmatli qog‘ozlarni milliy valyutada chiqaradigan emitentlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etadi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar emitenti axborotlarni oshkor etilishini, qimmatli qog‘ozlarni milliy valyutada chiqargan emitentlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi, va oshkor etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni ingliz tilida, shuningdek emitentning xohishiga ko‘ra har qanday boshqa chet tilida qo‘shimcha ravishda respublika matbuotida chop etishga haqlidir.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 8. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Norezidentlar ishtirokidagi bitishuvlarni, shu jumladan, muddatida to‘lovi amalga oshirilmagan bitishuvlarni bekor qilish va ularni haqiqiy emas deb topish shartlari va tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari mazkur Nizom talablariga rioya etmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu Nizom talablariga rioya qilinmaganlik uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rishga haqli.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 25-26-son, 274-modda; 2009-y., 6-son, 60-modda; 2014-y., 9-son, 96-modda, 18-son, 204-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1692-4/2871-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)