01.07.2019 yildagi PQ-4381-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda bugungi kunda 226 ta baholash tashkilotlari, shu jumladan xalqaro kompaniyalar mavjud bo‘lib, ularda 700 dan ortiq baholovchilar professional faoliyat yuritib kelmoqda, mol-mulkni baholash bo‘yicha 110 mingdan ortiq shartnomalar tuzilgan. Shu bilan birga, baholash xizmatlari bozori hajmi 2018-yilda atigi 50 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash tashkilotlari faoliyati iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichi talablariga to‘liq mos emasligi yuzaga kelgan holatning asosiy sababi hisoblanadi. Baholash ishlari, aksariyat hollarda rasmiyatchilik uchun, yetarlicha professional bo‘lmagan darajada o‘tkazilmoqda, baholash tashkilotlarining lozim darajadagi mustaqilligi hamda obyektlarni real narxda baholashning obyektivligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati uchun javobgarligi ta’minlanmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, davlat va xususiy aktivlarni baholashda yagona yondashuv va standartlar mavjud emas, natijada davlat aktivlari ko‘pincha asossiz ravishda oshirilgan narxlarda baholanmoqda, bu esa ularni sotish muddatlarining cho‘zilishiga olib kelmoqda va keyinchalik narxlarni qadam-baqadam pasaytirish mexanizmlarini qo‘llash zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil baholash tizimini yanada rivojlantirish, baholash xizmatlarining professional darajasi va sifatini oshirish, baholash tashkilotlari faoliyatini tartibga solishning samarali usullarini joriy etish, o‘tkaziladigan baholash ishlarining natijalari va obyektivligi uchun ularning javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, davlat aktivlarini sotish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, baholovchilarni toifalash O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari ishtirokida amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar eng yaxshi xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, baholashning xalqaro standartlari tamoyillari asosida, mulkchilik shaklidan qat’i nazar obyektlarni baholashning yagona milliy standartlarini tasdiqlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni sotish tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risida quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat aktivlarini ular boshlang‘ich savdoga qo‘yilgan narxdan past nominal qiymatda sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq, auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan buxgalterlik balansi bo‘yicha 2019-yil 1-yanvar holatida jamiyat sof aktivlarining proporsional ulushiga teng boshlang‘ich narxda, jamiyat qatnashchilarining sotib olishdagi ustunlik huquqini qo‘llamagan holda ochiq savdolarga qo‘yish. Xo‘jalik jamiyatlari sof aktivlarining miqdori ularning ustav kapitali miqdoridan kamroq bo‘lgan taqdirda, davlat aksiyalar paketi (ulushlari) nominal qiymatda sotuvga qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) investorlarga sotib olinayotgan davlat aksiyalar paketi (ulushlari) qiymatini investorlarning tovar-xom ashyo birjalari hisob-kitob kliring palatalaridagi hisobvaraqlarida, respublikaning vakolatli banklarida ochilgan xorijiy banklarning “loro” vakillik hisobvaraqlarida bo‘lgan milliy valyutadagi pul mablag‘lari bilan to‘lagan holda davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni sotib olish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) anderrayting faoliyatini amalga oshirish uchun, keyingi uch yil mobaynida faoliyatning ijobiy moliyaviy natijasini tasdiqlaydigan auditorlik xulosasi mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi hamda qimmatli qog‘ozlar bozorining malakali attestatini olish uchun ta’lim muassasasining qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash yoki ularning malakasini oshirish kurslarini tugatganlik haqida sertifikatini taqdim qilish to‘g‘risidagi talablarni bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga va davlat ulushlari ko‘proq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlariga Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda, istisno tariqasida, 2020-yilning 1-yanvariga qadar investitsiya maslahatchisi sifatida tashkilotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish litsenziyasini olmasdan va yangi rezident — yuridik shaxsni tashkil etmasdan yoki amaldagi yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etmasdan qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi jamiyatlar sof aktivlarining proporsional ulushiga teng boshlang‘ich narxda, ustun huquqni qo‘llamagan holda ochiq savdoga qo‘yiladigan davlat aksiyalar paketlari (ulushlari) ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tugatish yoki bankrotlik tartib-taomillari qo‘llaniladigan past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlanishini nazarda tutuvchi qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar kiritgan holda, shu jumladan mulk qiymatini amaldagi standartlarga va ushbu sohadagi xalqaro talablarga mos kelishi nuqtai nazaridan ekspertiza metodologiyasini unifikatsiyalashni nazarda tutgan holda sud-tergov organlarining so‘rovnomalari bo‘yicha mol-mulk qiymatini belgilash yuzasidan o‘tkaziladigan ekspertizaning baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi nuqtai nazaridan Markazning ushbu sohadagi faoliyatini tanqidiy o‘rganib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Baholash tashkilotlari assotsiatsiyasi va Baholovchilar jamiyatining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-avgustdan boshlab baholovchilarning malaka darajasi va baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlaridagi a’zoligidan kelib chiqqan holda ularni toifalashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toifalash natijalarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Baholash tashkilotlari assotsiatsiyasi va Baholovchilar jamiyatining veb-saytlarida e’lon qilish amaliyotini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Baholash tashkilotlari assotsiatsiyasi va Baholovchilar jamiyati tomonidan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab baholash to‘g‘risidagi hisobotlar monitoringi asosida, shtatda bilimdon baholovchilarning mavjudligi, mazkur baholash tashkiloti tomonidan bozorda egallagan o‘rni hamda boshqa mezonlarga qarab beriladigan baholash tashkilotlarining reytingini joriy etish to‘g‘risidagi va uni jamoat tashkilotlarining veb-saytlarida e’lon qilish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yil 1-avgustdan boshlab oyma-oy asosda qurilish-montaj ishlari qimmatlashuvi indeksining hisob-kitobini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Baholash tashkilotlari assotsiatsiyasi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar binolar va inshootlar qurilishining zamonaviy tendensiyalarini hisobga oluvchi qayta tiklash qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Baholash tashkilotlari assotsiatsiyasi va Baholovchilar jamiyatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy baholovchilar uchun yagona baholash standartlarini, shu jumladan xalqaro ekspertlar va baholash kompaniyalarini jalb etgan holda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha seminarlar va treninglarni muntazam asosda o‘tkazib turishni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va milliy baholash kompaniyalarining xizmatlarini chet el bozorlariga olib chiqishda ularga ko‘maklashish, baholash faoliyati sohasidagi mashhur xorijiy jamoat tashkilotlarining O‘zbekistonda vakolatxonalarini ochishda tashabbus ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, tahliliy sharhlar va ma’lumotlar bazalaridan umumiy foydalanish, axborot ayirboshlash, doimiy asosda seminarlar, o‘quv kurslari, davra suhbatlari, uchrashuvlar, konferensiyalar o‘tkazish, keyinchalik davlat organlarida tatbiq etish maqsadida baholash faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va baholovchilar o‘rtasida keng muhokama qilish orqali, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari bilan birgalikda baholash bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish yuzasidan barcha baholash tashkilotlari, baholovchilar bilan (ayniqsa hududlarda) davlat organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, davlat aksiyalar paketlari (ulushlari)ni xususiylashtirishda investitsiya vositachisi yoki maslahatchisining xizmatlari uchun miqdori shartnomada belgilanadigan mukofot puli, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 foizgacha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qarori bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 foizdan ortiq — Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi qarori bilan to‘lanadi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq davlatning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish savdolari 2019-yil 1-iyuldan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish, davlat mulkini ijaraga berishdan tushadigan mablag‘lar tushumi va uni taqsimlash tegishli g‘aznachilik shaxsiy hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4381-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5656-son Farmonining 6-bandi to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2200-son qarori 6-ilovasining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Oshkora savdolarda davlat aktivlarini sotib olishga ikki oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda, ularni dastlab qo‘yilgan narxni qadam-baqadam pasaytirib borish mexanizmini qo‘llagan holda sotish amalga oshiriladi va bu qadam quyidagilar bo‘yicha har 15 kunda dastlab qo‘yilgan narxning 10 foizini tashkil qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha — dastlab qo‘yilgan narxdan 50 foizgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar (ulushlar) bo‘yicha — dastlab qo‘yilgan narxdan 50 foizgacha, shu jumladan nominal qiymatidan past miqdorda, Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan narxni qadam-baqadam pasaytirib borish mexanizmi kelgusida qo‘llanilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2340-son qarorining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 va 2-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3764-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning “a” kichik bandidagi “baholash faoliyatini litsenziyalash va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish namunaviy dasturlari baholash faoliyati sohasidagi litsenziyalovchi organ (keyingi o‘rinlarda — litsenziyalovchi organ) tomonidan baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlari takliflarini inobatga olgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda nodavlat ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — o‘quv markazlar) tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 10-iyulga qadar Baholovchilarga toifalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlasin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2020-yil 1-yanvardan boshlab baholash haqida hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilish uchun faqat birinchi yoki oliy toifa baholovchilar jalb etilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi “Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-4118-son qarori 1-ilovasining izohi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)