Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining
Buyrugʻi
AXBOROTNI HUJJATLAShTIRISh, DAVLAT AXBOROT RESURSLARINI HISOBGA OLISh VA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 2-iyunda 1558-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2019-yil 18-noyabrdagi 167-sonli “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3204, 19.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-fevraldagi “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 34-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 7-8-son, 65-modda) ijrosi yuzasidan, buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining 2006-yil 10-fevraldagi 42-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2006-yil 4-aprel, roʻyxat raqami 1558 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 120-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish Bosh direktor oʻrinbosari A.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-may,
130-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 242-modda)