OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 4-aprelda 1558-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2019-yil 18-noyabrdagi 167-sonli “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3204, 19.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 256-son qarorining bajarilishini taʼminlash hamda axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibini tasdiqlash maqsadida buyuraman:
1. “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan 10 kun oʻtganidan keyin kuchga kiritilsin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-fevral,
42-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 120-modda; 2007-y., 23-son, 242-modda)