Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT AXBOROT RESURSLARI HAMDA ULARNI ShAKLLANTIRISh, ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh UChUN MASʼUL BOʻLGAN DAVLAT ORGANLARI ROʻYXATIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Davlat axborot resurslarini hisobga olishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar:
tegishli davlat axborot resurslari shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi va ularning oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishi va yangilanishini taʼminlasinlar;
davlat organlarining ishlatilayotgan axborot tizimlarini joriy yil 30-iyungacha belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2007-yil 16-fevral,
34-son
Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 1-1-pozitsiya qoʻshilsin:
|
1-1 |
Auditorlar va auditorlik tashkilotlari | Moliya vazirligi |
2. 17-pozitsiya quyidagi mazmunda bayon qilinsin:
|
17 |
Davlat, tarmoq standartlari, maʼmuriy-hududiy standartlar hamda amal qilinadigan hujjatlar va ularga oʻzgartirishlar, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normalar va qoidalar davlat reyestri |
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash-tirish agentligi |
3. 17-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 17-1 va 17-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:
|
17-1 |
Korxonalarning mahsulotlarga texnik shartlari, standartlari va ularga oʻzgartirishlar davlat reyestri | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
17-2 |
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestri |
4. 40-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 40-1 va 40-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:
|
40-1 |
Oʻzbekiston Respublikasi matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish Yagona davlat reyestri |
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
40-2 |
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan nashriyotlar davlat reyestri |
5. 42-pozitsiyadagi “Davlat axborot resurslari nomi” ustunida “axborot resurslari” soʻzlaridan keyin “va davlat organlarining axborot tizimlari” soʻzlari qoʻshilsin.
6. 43-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 43-1-pozitsiya qoʻshilsin:
|
43-1 |
Telekommunikatsiyalar sohasida berilgan litsenziyalar reyestri |
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish |
7. Quyidagi mazmundagi 45-51-pozitsiyalar qoʻshilsin:
| 45 | Sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar maʼlumotlar bazasi | Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
| 46 | Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
| 47 | Energetik tekshirishlar va ekspertizalar oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi |
| 48 | Import va eksport boʻyicha gʻallani va uni qayta ishlash mahsulotlarini davlat inspeksiyasidan oʻtkazish reyestri | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi |
| 49 | Bank depozitorlari milliy axborot bazasi | Markaziy bank |
| 50 | Elektron maʼlumotnomalar yagona bazasi (MB EMYaB) | |
| 51 | Oʻzbekiston Respublikasi eksport qiluvchilari maʼlumotlar bazasi | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 65-modda)