30.11.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1325-3
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 30.11.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1325-3
Кучга кириш санаси
10.12.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2008
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “O‘zspirtsanoat” hissadorlik kompaniyasi korxonalarining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-204-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2004-yil 15-yanvardagi 16 va 2004-13-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan tovarlar bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan aksiz solig‘ini hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2004-yil 15-mart, ro‘yxat raqami 1325 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 11-son, 133-modda; 2005-yil, 10-11-son, 80-modda; 40-son, 310-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.