OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-martda 1662-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 40-son va Kapital bozorini rivojlantirish agentligining 2020-yil 9-sentabrdagi 2020-11-sonli ““Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1662-5, 12.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
1. Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan “Xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizom” (1998-yil 14-iyul, roʻyxat raqami 454);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 31-dekabrda 30-01-12/332-son bilan, Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 10-dekabrda 9-son bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar” (1999-yil 18-fevral, roʻyxat raqami 454-1);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 24-noyabrda 89-son bilan, Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 9-noyabrda 16-son bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar” (1999-yil 15-dekabr, roʻyxat raqami 454-2).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-dekabr,
102-son
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-dekabr,
01/KKBFMNM-18/07-son
Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining
2006-yil 14-dekabrdagi 102, 01/KKBFMNM-18/07-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2006-yil 14-dekabrdagi 102, 01/KKBFMNM-18/07-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga (BHMS) muvofiq investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona uslubiy asoslarini belgilash maqsadida ishlab chiqildi.
(muqaddima Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizomning amal qilishi investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari uchun, qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishda tatbiq etiladi.
(1-band Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
2. Mazkur Nizomda foydalaniladigan tushunchalar:
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya fondi (bundan buyon matnda IF deb yuritiladi) — investorlarning pul mablagʻlarini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qoʻyish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xususiylashtirish investitsiya fondi (keyingi oʻrinlarda — XIF) — oʻz aksiyalari emissiyasi hisobidan mablagʻlarini xususiylashtirilayotgan korxonalarning qimmatli qogʻozlariga jalb qilish, oʻz mablagʻlarini va olingan maxsus davlat kreditlarini investitsiya qilish, qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish, oʻz aksiyalariga egalik qilgan korxonalarni rivojlantirishda va samaradorligini oshirishda aksiyador huquqi bilan qatnashishdan iborat faoliyatni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyati;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 1-iyundagi 48, 01/09-26/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-3, 05.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 22-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi — ishonchli boshqaruvning belgilangan muddati mobaynida, unga egalik qilish uchun topshirilgan va IFga yoki XIFga tegishli boʻlgan investitsiya aktivlarini IFning yoki XIFning (yoki u koʻrsatgan shaxsning) manfaatlarini koʻzlab boshqarish boʻyicha faoliyatni oʻz nomidan amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya portfeli — IF va XIF ixtiyorida boʻlgan qimmatli qogʻozlar, ulushlar, pul mablagʻlari (shu jumladan chet el valyutasi), omonatlar va koʻchmas mulklar yigʻindisi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus davlat krediti — Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan XIFlarga xususiylashtirilgan korxonalarning sotib olingan aksiyalari uchun toʻlov muddatini kechiktirish shaklida beriladigan kredit;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 26-fevraldagi 13, 01/09-26/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-2, 17.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 12-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 26-fevraldagi 13, 01/09-26/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-2, 17.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 12-son, 141-modda)
II. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
3. IFlarda va XIFlarda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish, ularni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. IFlar va XIFlarning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish qonunchilik talablariga muvofiq boʻlgan hamda IF va XIFning Kuzatuv kengashi bilan shartnoma (kontrakt) tuzgan yoxud qonunchilikda belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. IF yoki XIF va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi oʻrtasidagi shartnoma qonunchilikka muvofiq tuziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. IFlar va XIFlar investitsiya aktivlarini boshqarishni amalga oshirish vaqtida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi ushbu IFlar yoki XIFlar nomidan harakat qiladi. Bunda u IF yoki XIF bilan tuzilgan shartnomada (kontraktda) IFning yoki XIFning nomini eʼtirof qilgan holda, IFning yoki XIFning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi sifatida ishtirok etayotganligini koʻrsatib oʻtishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. IFlarda va XIFlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hisobini yuritishni tashkil qilish, shuningdek IF va XIF hisobotlarini oʻz vaqtida tuzish majburiyati yuklatilgan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining mansabdor shaxsi masʼul hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. IFning yoki XIFning buxgalteriya hisobini yuritish uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan muayyan IF yoki XIF bilan ishlashga masʼul boʻlgan mansabdor shaxs (tarkibiy boʻlinma) tayinlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi har bir IF va XIF boʻyicha IFlar va XIFlar mulkini, shuningdek investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga tegishli mulk bilan IFlar va XIFlar mulkining aralashishiga yoʻl qoʻymagan holda alohida hisob yuritishi lozim. IFning va XIFning pul mablagʻlari hisobini alohida yuritilishini tashkil etish maqsadida bankda milliy valyutada, zarur boʻlganda esa chet el valyutasida schyot ochiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. IFning va XIFning moliyaviy hisoboti investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan organlarga oʻrnatilgan muddatda va hajmda taqdim etiladi.
IF va XIF axborotni qonun hujjatlarida aksiyadorlik jamiyatlari uchun belgilangan tartibga asosan oshkor qiladi.
(10-band Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
11. IFning yoki XIFning faoliyatini amalga oshirish bilan bevosita bogʻliq xarajatlar, qaysi davrda amalga oshirilgan boʻlsa, IFning yoki XIFning shu davrdagi xarajatlariga olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi IFning va XIFning kuzatuv kengashiga investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi va IF va XIF oʻrtasida tuzilgan shartnomada (kontraktda) belgilangan muddatlarda, amalga oshirilgan barcha bitimlar boʻyicha hisobotni taqdim etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. IFning va XIFning boshlangʻich hujjatlari, hisob registrlari, moliyaviy va boshqa hisobotlari investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchida oʻrnatilgan tartibda majburiy tarzda saqlanishi lozim. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi mazkur hujjatlar bilan ishlash davrida uning saqlanishini taʼminlash yuzasidan tuzilgan shartnomaga (kontraktga) muvofiq masʼul hisoblanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi almashganda, mazkur hujjatlar IFning yoki XIFning investitsiya aktivlarini boshqarishni amalga oshiradigan yangi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga oʻrnatilgan tartibda oʻtkaziladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
14. Hisobot yili yakuni boʻyicha IFning yoki XIFning faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish, IF yoki XIF aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida tasdiqlangan, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
15. Xususiylashtirilgan korxonalar ulushlari (paylari) bilan bogʻliq operatsiyalarning buxgalteriya hisobi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
III. IFlarda va PIFlarda ayrim operatsiyalar buxgalteriya hisobining xususiyatlari
§ 1. Ustav, qoʻshilgan va rezerv kapitali hisobi
16. IFning ustav kapitali (fondi), u taʼsis etilganida uning taʼsischilari ulushlari hisobiga shakllanadi va uning miqdori qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim. IFni taʼsis etish vaqtida uning ustav kapitali (fondi) taʼsischilar oʻrtasida taqsimlangan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) asosan chiqarilgan —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
IFning ustav kapitali (fondi) pul mablagʻlari bilan naqd pul yoki naqd pulsiz tartibda, qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk va boshqa mol-mulk bilan shakllanishi mumkin.
IFni taʼsis etishda uning ustav kapitalining (fondining) kamida 75 foizi pul shaklida toʻlanishi lozim.
17. IFning ustav kapitali roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiya risolasidagi summada 8310 “Oddiy aksiyalar” schyotining kreditida 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyoti bilan bogʻlangan xolda aks ettiriladi. Pul mablagʻlari va tegishli mulklarning oʻrnatilgan tartibda IFning aksiyasi uchun toʻlov sifatida uning taʼsischilari va aksiyadorlaridan kelib tushishi buxgalteriya hisobida 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyoti kreditida hamda tegishli pul mablagʻlari va boshqa mulklarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
18. XIFning ustav kapitali (fondi), u taʼsis etilganida uning taʼsischilari ulushlari hisobiga shakllanadi va uning miqdori qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim. XIFning ustav kapitali (fondi) faqat pul mablagʻlarini kiritish yoʻli bilan shakllantiriladi. Taʼsischilar XIF davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kundan kechikmay ustav kapitali (fondi) miqdorining 100 foizini toʻlashlari lozim.
19. XIFning ustav kapitali (fondi), eʼlon qilingan ustav kapitali (fondi) miqdorida aks ettiriladi va buxgalteriya hisobida 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining debetida va 8310 “Oddiy aksiyalar” schyoti kreditida hisobga olinadi. Pul mablagʻlarining oʻrnatilgan tartibda XIFning aksiyalari uchun toʻlov sifatida uning taʼsischilari va aksiyadorlaridan kelib tushishi, buxgalteriya hisobida 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining krediti hamda tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
20. Aksiyalarni joylashtirish muddati tugaganidan soʻng 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotida debet qoldiq qolgan boʻlsa va mos ravishda sotib olish uchun taklif etilgan, ammo investorlar tomonidan sotib olinmagan aksiyalar mavjud boʻlsa, XIF oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav kapitalining (fondining) miqdorini haqiqatda joylashtirilgan aksiyalar summasiga moslashtirishi lozim. Taʼsis hujjatlari oʻrnatilgan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng joylashtirilmagan aksiyalar summasi buxgalteriya hisobida 8310 “Oddiy aksiyalar” schyotining debeti va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. IF va XIFning qoʻshimcha aksiyalarini dastlabki sotish nominal qiymatidan yuqori bahoda amalga oshirilganda, sotish va nominal qiymati oʻrtasidagi farq summasi emissiya daromadi sifatida qaraladi va hisobda qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi.
(21-band Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
22. Qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotda hisobga olingan summa, sotib olingan xususiy aksiyalar bekor qilinganda nominal va sotib olish qiymati oʻrtasidagi farqni qoplash uchun ishlatiladi.
23. IFlarda va XIFlarda, IFning va XIFning ustavida nazarda tutilgan miqdorda va qonun hujjatlariga muvofiq rezerv fondi (kapitali) tuziladi. Rezerv fondi (kapitali) IFning va XIFning ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan majburiy ajratmalar oʻtkazish orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori IF va XIF ustavida belgilanadi, ammo bu miqdor qonun hujjatlarida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlmasligi lozim. Sof foydadan tashkil qilinadigan rezerv fondi (kapitali), IFlarining va XIFlarining zararlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplash uchun moʻljallangan va buxgalteriya hisobida rezerv fondining (kapitalining) tashkil qilinishi 8520 “Rezerv kapitali” schyotining kreditida 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
§ 2. IFning xususiy aksiyalarini sotib olish hisobi
Oldingi tahrirga qarang.
24. IFlari qimmatli qogʻozlarni ularni sotib olish majburiyati bilan emissiya qilishi, yaʼni ushbu IFning qimmatli qogʻozlari egalariga ularni pul mablagʻi yoki qonun hujjatlariga muvofiq boshqa mulklarga almashtirish huquqini berishi mumkin.
(24-band Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
25. IFlari aksiyadorlari — oddiy aksiyalar egalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, IFdan oʻziga tegishli aksiyalarning barchasini yoki bir qismini sotib olishni talab qilishga haqlidir. IFning xususiy aksiyalarini sotib olish qiymati qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(25-band Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
26. IFning oʻz aksiyadorlaridan xususiy aksiyalarini sotib olish operatsiyalari buxgalteriya hisobida sotib olingan haqiqiy qiymatda 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar-oddiy” schyotining debetida hamda pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
27. Sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olingan narxidan yuqori narxda qayta sotilganda, sotilgan summaga — pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar debetlanib, sotib olingan qiymatga — 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar-oddiy” schyoti kreditlanadi, shuningdek, sotilgan qiymatning sotib olingan qiymatdan oshgan summaga — 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyoti kreditlanadi. Agar sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olingan narxidan past narxda qayta sotilsa, u holda sotib olingan va qayta sotilgan qiymat oʻrtasidagi past farqga 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyoti debetlanadi.
28. Nominal qiymatidan past bahoda qaytarib sotib olingan xususiy aksiyalar bekor qilinganda, nominal qiymatga — 8310 “Oddiy aksiyalar” schyoti debetlanib, qaytarib sotib olish qiymatiga — 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar-oddiy” schyoti kreditlanadi, hamda nominal va sotib olish qiymati oʻrtasidagi farq summasiga 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyoti kreditlanadi.
29. Agar, bekor qilingan qaytarib sotib olingan xususiy aksiyalar qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda nominal qiymati summasi ustav kapitalini (fondini) hisobga oluvchi schyotning debetida va 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar-oddiy” schyotining kreditida, emissiya daromadi doirasidagi farq summasiga 8410 “Emissiya daromadi” schyotining debetida va farqning emissiya daromadidan ortiqcha qismiga 9690 “Moliyaviy faoliyatning boshqa xarajatlari” schyotining debetida va 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar-oddiy” schyotining kreditida aks ettiriladi.
§ 3. Qimmatli qogʻozlarni sotib olish operatsiyalari hisobi
30. Xususiylashtirilgan korxonalar qimmatli qogʻozlari va ulushlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar (0600) va qisqa muddatli investitsiyalar (5800) hisobi alohida buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida yuritiladi.
31. IFlar va XIFlar tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar buxgalteriya hisobida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 23-dekabrdagi 65-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan (1999-yil 16-yanvar, roʻyxat raqami 596 — Meʼyoriy hujjatlar Axborotnomasi, 1999-y. 3 va 6-son) Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-sonli BHMS) “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” ga muvofiq aniqlanadigan sotib olish qiymati boʻyicha kirim qilinadi.
32. Uzoq muddatli investitsiyalar (0600) va qisqa muddatli investitsiyalar (5800) schyotlarida hisobga olingan chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar qiymati, milliy valyutaga qayta hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning chet el valyutasida ifodalangan qiymatini milliy valyutaga qayta hisoblash, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2004-yil 23-martdagi 51-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (22 — sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar hisobi”ga (2004-yil 21-may, roʻyxat raqami 1364 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y. 20-son, 246 modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mazkur qimmatli qogʻozlar bilan operatsiya amalga oshirilgan sanadagi ana shu chet el valyutasining milliy valyutaga (soʻmga) nisbatan belgilangan kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
33. Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari XIF tomonidan oʻz mablagʻlari, hamda maxsus davlat krediti hisobiga sotib olinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Maxsus davlat krediti Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan besh yilga beriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 26-fevraldagi 13, 01/09-26/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-2, 17.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 12-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Maxsus davlat krediti XIFga uning murojaatnomasi asosida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini Davlat raqobat qoʻmitasidan sotib olingan taqdirda beriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 26-fevraldagi 13, 01/09-26/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-2, 17.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 12-son, 141-modda)
Bunda XIFga berilgan xususiylashtirilgan korxona aksiyalari paketi qiymatining 30 foizi XIFning xususiy pul mablagʻlari hisobidan toʻlanishi, aksiyalar paketi qiymatining qolgan 70 foizi maxsus kredit hisobiga sotib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. XIF tomonidan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini, Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan berilgan maxsus davlat krediti hisobiga sotib olish buxgalteriya hisobida “Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari” schyotini alohida ajratgan holda uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotning (0600) debetida va “Maxsus davlat krediti” schyotini alohida ajratgan holda uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning (7800) kreditida aks ettiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 26-fevraldagi 13, 01/09-26/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-2, 17.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 12-son, 141-modda)
37. Obligatsiyalarni sotib olish IFning yoki XIFning buxgalteriya hisobida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (0600) qoʻshimcha ochiladigan “Uzoq muddatli obligatsiyalar” schyoti va/yoki qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (5800) qoʻshimcha ochiladigan “Qisqa muddatli obligatsiyalar” schyotining debeti boʻyicha va tegishli pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi.
38. Agar IF yoki XIF tomonidan xarid qilingan obligatsiyalarning xarid bahosi nominal (soʻndiriladigan) qiymatidan yuqori (yoki past) boʻlsa, u holda xarid qiymati va nominal qiymati oʻrtasidagi tegishli yuqori (chegirma) farq summasi IFning yoki XIFning moliyaviy faoliyat natijalariga olib borilib hisobdan chiqariladi va obligatsiyani qoplash vaqtida uning balans qiymati nominal (soʻndiriladigan) qiymatiga muvofiq boʻlishi lozim.
Bunda, qayd etilgan hisobdan chiqarish yoki qoʻshimcha hisoblash qachon amalga oshirilgan boʻlsa shu hisobot davrida aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida obligatsiyalarning balans qiymatini nominal qiymatigacha qoʻshimcha hisoblash (hisobdan chiqarish) quyidagicha aks ettiriladi:
a) obligatsiyalarning sotib olish qiymati uning nominal qiymatidan yuqori boʻlgan taqdirda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha boʻlgan davrda xarid qiymati va nominal qiymat oʻrtasidagi farq uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (0600) qoʻshimcha ochiladigan “Uzoq muddatli obligatsiyalar” schyotining va\yoki qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotiga (5800) qoʻshimcha ochiladigan “Qisqa muddatli obligatsiyalar” schyotining kreditidan 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi;
b) agar obligatsiyalarning sotib olish qiymati uning nominal (soʻndiriladigan) qiymatidan past boʻlsa, u holda obligatsiyaning hisob qiymatiga qoʻshimcha hisoblash uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (0600) qoʻshimcha ochiladigan “Uzoq muddatli obligatsiyalar” schyotining va/yoki qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (5800) qoʻshimcha ochiladigan “Qisqa muddatli obligatsiyalar” schyotining debetida (IF va XIF tomonidan aniqlangan obligatsiyaning sotib olish va nominal qiymati oʻrtasidagi farqi qismiga) va 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotining kreditida aks ettiriladi.
§ 4. Qimmatli qogʻozlarni qayta baholash va uning natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
39. IFlar va XIFlar, fond birjasi qoidalariga muvofiq kotirovkasi aniqlanadigan va muntazam ravishda eʼlon qilib boriladigan qimmatli qogʻozlarga qilingan qoʻyilmani qayta baholashni oʻtkazadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 26-fevraldagi 13, 01/09-26/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-2, 17.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 12-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Qimmatli qogʻozlarga qilingan qoʻyilmalarni qayta baholash, portfeldagi mavjud qimmatli qogʻozlar sonini mazkur qimmatli qogʻozlarning kotirovka bahosiga koʻpaytirish orqali har chorakda hisobot oyining oxirgi sanasiga oʻtkaziladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 26-fevraldagi 13, 01/09-26/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-2, 17.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 12-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Agar qayta baholash sanasida aynan bitta qimmatli qogʻoz boʻyicha birjaning ikki va undan ortiq maydonchalarida bitimlar amalga oshirilgan boʻlsa, unda mazkur savdo kunida ushbu qimmatli qogʻozlar boʻyicha eng koʻp bitimlar hajmiga ega boʻlgan maydonchadagi qimmatli qogʻozlar kotirovka bahosi tanlanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 26-fevraldagi 13, 01/09-26/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-2, 17.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 12-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Agar qimmatli qogʻozlarni baholash sanasida birja maydonchalari tomonidan shunday qimmatli qogʻozlar bilan savdo oʻtkazilmagan boʻlsa, ushbu qimmatli qogʻozlarni baholashgacha oʻtkazilgan eng yaqin savdo kunidagi baho qoʻllanishi lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 26-fevraldagi 13, 01/09-26/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-2, 17.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 12-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Qimmatli qogʻozlarni har chorakda qayta baholashdan hosil boʻlgan qiymatlar orasidagi farq toʻgʻri olib borish usuli qoʻllanilganda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga olib borilib, hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 26-fevraldagi 13, 01/09-26/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-2, 17.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 12-son, 141-modda)
a) agar qayta baholash vaqtida qimmatli qogʻozning baholash qiymati uning hisob qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda qiymatlar orasidagi farq “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar (qimmatli qogʻozlarning turlari boʻyicha)” schyotining kreditida aks ettiriladi;
b) agar qayta baholash vaqtida qimmatli qogʻozning baholash qiymati uning hisob qiymatidan past boʻlsa, u holda qiymatlar orasidagi farq moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9600) qoʻshimcha ochiladigan “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan zararlar (qimmatli qogʻozlarning turlari boʻyicha)” schyotining debetida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Qimmatli qogʻozlarni har chorakda qayta baholashdan hosil boʻlgan qiymatlar orasidagi farq jamlash usuli qoʻllanilganda ular vujudga kelgan vaqtda IFning yoki XIFning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga olib borilmaydi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 26-fevraldagi 13, 01/09-26/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-2, 17.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 12-son, 141-modda)
a) agar qayta baholash vaqtida qimmatli qogʻozning baholash qiymati uning hisob qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda qiymatlar orasidagi farq — 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotining krediti boʻyicha — ularning joriy qismi va (yoki) 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotining krediti boʻyicha — ularning uzoq muddatli qismi aks ettiriladi;
b) agar qayta baholash vaqtida qimmatli qogʻozning baholash qiymati uning hisob qiymatidan past boʻlsa, u holda qiymatlar orasidagi farq — 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debeti boʻyicha — ularning joriy qismi va (yoki) 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debeti boʻyicha — ularning uzoq muddatli qismi aks ettiriladi.
Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan jamlangan farq IFning yoki XIFning faoliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijasiga qimmatli qogʻozlarni sotish jarayonida olib boriladi.
Kurs farqlarini olib borishda qoʻllanilayotgan usullar IFning va XIFning hisob siyosatida albatta aks ettirilishi lozim. Bunda IFlar va XIFlar hisob siyosatini kalendar yil davomida oʻzgartirmasligi lozim, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (1998-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 474 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 5-son) ning 56-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
45. IFlar va XIFlar qimmatli qogʻozlarga qilingan qoʻyilmalarni qayta baholashda Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1411, 2004-yil 17-sentabr) muvofiq qayta baholashni amalga oshirish sanasidagi ushbu chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursi boʻyicha chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlarning bozor bahosini milliy valyutaga qayta hisoblaydi.
(45-band Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
46. Takrorlanish holatining oldini olish maqsadida, agar IFlar va XIFlar investitsiya portfelidagi chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni kotirovkasi doimiy eʼlon qilinadigan xalqaro fond birjalari kursi boʻyicha qayta baholasa, u holda ushbu chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan kursi boʻyicha qayta hisoblanmaydi.
§ 5. Foydani taqsimlash, qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividend va foizlar hisobining tartibi
47. IFning yoki XIFning sof foydasining bir qismi aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra taqsimlashda IFning yoki XIFning ustav kapitalining (fondining) oshirilishiga yoʻnaltirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
IFning yoki XIFning sof foydasi barcha soliqlar va majburiy toʻlovlar xamda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga mukofotlar toʻlangandan keyin uning aksiyadorlari oʻrtasida dividend sifatida taqsimlanishi mumkin.
(47-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
48. IF va XIF aksiyalari boʻyicha hisoblangan dividendlar ular eʼlon qilingan vaqtda buxgalteriya hisobida 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotining debetida va 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. IF va XIF aksiyadorlariga dividendlarni toʻlash hisobda 6610 “Toʻladigan dividendlar” schyotining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
49. Hisobot davrining yakuni boʻyicha hisoblangan dividend summasi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra IFning va XIFning ustav kapitalining (fondining) oshirilishiga yoʻnaltirilishi mumkin. Buxgalteriya hisobida sof foyda hisobidan ustav kapitalini (fondini) oshirish boʻyicha operatsiyalar quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi:
a) ustav kapitali (fondi) miqdorining oshirilishi eʼlon qilinganda:
debet 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyoti;
kredit 8310 “Oddiy aksiyalar” schyoti;
b) aksiyalarga dividend hisoblanganda:
debet 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti;
kredit 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” schyoti;
v) hisoblangan dividendlar ustav kapitalining (fondining) oshirilishiga yoʻnaltirilganda:
debet 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” schyoti;
kredit 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyoti.
50. Aksiyadorlik jamiyatlarining IFga yoki XIFga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha dividendlar hisoblanganda (agarda IF yoki XIF vakili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etganda, bildirish xatini olganda, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonnomasini olganda, ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilinganda va boshqa tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan holatlarda) buxgalteriya hisobida hisoblangan dividendlar 4840 “Olinadigan dividendlar” schyotining debetida va 9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida, ularning kelib tushishi esa — pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4840 “Olinadigan dividendlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
51. IFning va XIFning moliyaviy investitsiyalari tarkibidagi obligatsiyalar boʻyicha hisoblangan foizlar buxgalteriya hisobida 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining debetida va 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida, ularning kelib tushishi esa — pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
§ 6. Qimmatli qogʻozlarni sotish hisobi
52. IFlarning va XIFlarning investitsiya portfelidagi qimmatli qogʻozlarni sotish va boshqa xil tasarrufdan chiqarish qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
XIFning investitsiya portfelini tashkil qiluvchi aksiyalarni sotish, faqat ular tomonidan chiqarilgan aksiyalarning qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilari tomonidan uyushtirilgan birja yoki birjadan tashqari bozorlari orqali aholi oʻrtasida joylashtirilishi tugallangandan keyingina amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʻozlarni sotishdan daromad, sotish narxi va hisob qiymati oʻrtasidagi farqdan iborat boʻladi va u asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9000) qoʻshimcha ochiladigan “Qimmatli qogʻozlarni sotishdan daromadlar (qimmatli qogʻozlarning turlari boʻyicha)” schyotida aks ettiriladi.
53. IF va XIF tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotish buxgalteriya hisobida 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyotining debetida — qimmatli qogʻozlarning sotish summasi va uzoq muddatli investitsiyalar (0600) va/yoki qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (qimmatli qogʻozlarning turlari boʻyicha) (5800) kreditida — qimmatli qogʻozning hisob qiymatiga, hamda bir vaqtda asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9000) qoʻshimcha ochiladigan “Qimmatli qogʻozlarni sotishdan daromadlar (qimmatli qogʻozlarning turlari boʻyicha)” schyotining kreditida — sotilgan qimmatli qogʻozlarning sotish bahosining hisob qiymatidan oshgan summasi aks ettiriladi.
Qimmatli qogʻozlar hisob qiymatidan past bahoda sotilganda sotish bahosi va hisob qiymati oʻrtasidagi farq sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi schyotga qoʻshimcha ochiladigan “Qimmatli qogʻozlarni sotishdan zararlar (qimmatli qogʻozlarning turlari boʻyicha)” schyotida aks ettiriladi.
IV. Fondlarda xarajatlar tarkibining xususiyatlari va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
54. IFlar va XIFlar xarajatlari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda), xamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq aniqlanadi va fond tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi maxsus xususiyatli xarajatlarni oʻz ichiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
kontraktga muvofiq, biroq IFning va XIFning sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining koʻrsatgan xizmatlari uchun mukofot;
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
kontraktga muvofiq, biroq IFning va XIFning sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 2 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining IFga yoki XIFga koʻrsatgan xizmatlari uchun mukofot;
(54-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
IF yoki XIF faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan IF yoki XIF ustaviga, emissiya risolasiga yoki boshqa huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish xarajatlari va taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq ularni roʻyxatdan oʻtkazishga ketadigan xarajatlar;
(54-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy axborot vositalarida IF va XIFning reklamasiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizomda oʻrnatilgan miqdorda;
(54-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(54-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
IF yoki XIF sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 0,3 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda IF yoki XIFning Kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash va mukofotlash;
Oldingi tahrirga qarang.
IFning yoki XIFning faoliyati bilan bogʻliq soliqlar (investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi, IF yoki XIF aksiyalarini tarqatuvchilar va Kuzatuv kengashi aʼzolaridan olgan mukofotlaridan ushlab qolinadigan soliqlardan tashqari);
(54-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish xarajatlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar.
(54-bandning sakkizinchi xatboshisi Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi nizomning 51-bandiga muvofiq, IFga yoki XIFga koʻrsatilgan xizmatlar uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini taqdirlash IF yoki XIF tomonidan asosiy va qoʻshimcha (mukofotlash) taqdirlash shaklida toʻlanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini asosiy taqdirlash choraklar boʻyicha taqsimlagan holda bir yil uchun qatʼiy summada belgilanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori IF yoki XIFning sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan summaga IFni yoki XIFni boshqarish toʻgʻrisidagi shartnoma (kontrakt)ni bajarish boʻyicha investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining barcha xarajatlari (ularni qoplash) kiritiladi, bundan qonunchilikka muvofiq IF yoki XIF hisobiga olib boriladigan xarajatlar mustasno. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisini qoʻshimcha (mukofot puli) taqdirlash shartnoma (kontrakt)ga binoan yil natijalari boʻyicha, biroq IF yoki XIF aksiyadorlariga yil mobaynida hisoblangan dividendlar hisobga olingan holda IF yoki XIF sof aktivlari yillik oʻsishi summasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan moliyalashtirish stavkasi boʻyicha sof aktivlarni depozitlarda joylashtirishda yuz beradigan oʻsishdan 7 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
56. IFlar va XIFlar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar qatʼiy belgilab qoʻyilgan va belgilanmagan xarajatlarga boʻlinadi. IFning yoki XIFning belgilab qoʻyilgan xarajatlariga, IFni yoki XIFni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini va kuzatuv kengashini mukofotlash kabi xarajatlari kiradi va ularning miqdori mazkur Nizomning 54-bandiga muvofiq aniqlanadi. Mazkur operatsiyalar buxgalteriya hisobida davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9400) qoʻshimcha ochiladigan “Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining koʻrsatgan xizmatlarini mukofotlash boʻyicha xarajatlar”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining fondga koʻrsatgan xizmatini mukofotlash boʻyicha xarajatlar” va “Kuzatuv kengashini mukofotlash boʻyicha xarajatlar” schyotlarida hisobga olinadi. Bunda IFning yoki XIFning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qatʼiy belgilanmagan xarajatlar buxgalteriya hisobida IFning yoki XIFning xarajatlariga olib boriladi va davr xarajatlarini hisobga oluvchi tegishli schyotlarda (9400) hisobga olinadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
57. IFning yoki XIFning daromadlari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(V bob Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
VI. Fondni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining javobgarligi
(VI-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
60. IFni va XIFni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda IFlarda va XIFlarda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi va yuritilishi, moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri tuzish va taqdim etish uchun javobgar boʻladi, shuningdek investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining ehtiyotsizligi, firibgarligi yoki qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa harakatlari natijasida IFga va XIFga keltirilgan zararlari uchun javobgar hisoblanadi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
VII. Yakuniy qoidalar
61. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-yanvar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 101-modda; 2010-y., 49-son, 466-modda; 2014-y., 12-son, 141-modda; 2015-y., 22-son, 300-modda; 2016-y., 47-son, 544-modda)