13.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1662
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining qarori, 13.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1662
Кучга кириш санаси
23.03.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.10.2020
 LexUZ sharhi
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Ushbu Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga (BHMS) muvofiq investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona uslubiy asoslarini belgilash maqsadida ishlab chiqildi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. IFlar va XIFlar qimmatli qog‘ozlarga qilingan qo‘yilmalarni qayta baholashda Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1411, 2004-yil 17-sentabr) muvofiq qayta baholashni amalga oshirish sanasidagi ushbu chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursi bo‘yicha chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog‘ozlarning bozor bahosini milliy valyutaga qayta hisoblaydi.
54. IFlar va XIFlar xarajatlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 9-modda), xamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq aniqlanadi va fond tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi maxsus xususiyatli xarajatlarni o‘z ichiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
55. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari to‘g‘risidagi nizomning 51-bandiga muvofiq, IFga yoki XIFga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini taqdirlash IF yoki XIF tomonidan asosiy va qo‘shimcha (mukofotlash) taqdirlash shaklida to‘lanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini asosiy taqdirlash choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda bir yil uchun qat’iy summada belgilanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori IF yoki XIFning sof aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining 5 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan summaga IFni yoki XIFni boshqarish to‘g‘risidagi shartnoma (kontrakt)ni bajarish bo‘yicha investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining barcha xarajatlari (ularni qoplash) kiritiladi, bundan qonunchilikka muvofiq IF yoki XIF hisobiga olib boriladigan xarajatlar mustasno. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisini qo‘shimcha (mukofot puli) taqdirlash shartnoma (kontrakt)ga binoan yil natijalari bo‘yicha, biroq IF yoki XIF aksiyadorlariga yil mobaynida hisoblangan dividendlar hisobga olingan holda IF yoki XIF sof aktivlari yillik o‘sishi summasidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha sof aktivlarni depozitlarda joylashtirishda yuz beradigan o‘sishdan 7 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
56. IFlar va XIFlar faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar qat’iy belgilab qo‘yilgan va belgilanmagan xarajatlarga bo‘linadi. IFning yoki XIFning belgilab qo‘yilgan xarajatlariga, IFni yoki XIFni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini va kuzatuv kengashini mukofotlash kabi xarajatlari kiradi va ularning miqdori mazkur Nizomning 54-bandiga muvofiq aniqlanadi. Mazkur operatsiyalar buxgalteriya hisobida davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9400) qo‘shimcha ochiladigan “Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining ko‘rsatgan xizmatlarini mukofotlash bo‘yicha xarajatlar”, “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining fondga ko‘rsatgan xizmatini mukofotlash bo‘yicha xarajatlar” va “Kuzatuv kengashini mukofotlash bo‘yicha xarajatlar” schyotlarida hisobga olinadi. Bunda IFning yoki XIFning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qat’iy belgilanmagan xarajatlar buxgalteriya hisobida IFning yoki XIFning xarajatlariga olib boriladi va davr xarajatlarini hisobga oluvchi tegishli schyotlarda (9400) hisobga olinadi.
57. IFning yoki XIFning daromadlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(V bob Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1662-4, 22.11.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘R QHT, 2016-y., 47-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.