Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
“Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1662-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 40-son va Kapital bozorini rivojlantirish agentligining 2020-yil 9-sentabrdagi 2020-11-sonli ““Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1662-5, 12.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2006-yil 14-dekabrdagi 102, 01/KKBFMNM-18/07-son “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1662, 2007-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 101-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-oktabr,
83-son
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-oktabr,
01/09-26/41-son
Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 83, 01/09-26/41-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror muqaddimasidagi “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda)” degan soʻzlar “va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) muqaddimadagi “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda)” degan soʻzlar “va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1-banddan “va boshqa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
v) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“investitsiya fondi (bundan buyon matnda IF deb yuritiladi) — investorlarning pul mablagʻlarini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qoʻyish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati;”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi — ishonchli boshqaruvning belgilangan muddati mobaynida, unga egalik qilish uchun topshirilgan va IFga yoki XIFga tegishli boʻlgan investitsiya aktivlarini IFning yoki XIFning (yoki u koʻrsatgan shaxsning) manfaatlarini koʻzlab boshqarish boʻyicha faoliyatni oʻz nomidan amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir;
investitsiya portfeli — IF va XIF ixtiyorida boʻlgan qimmatli qogʻozlar, ulushlar, pul mablagʻlari (shu jumladan chet el valyutasi), omonatlar va koʻchmas mulklar yigʻindisi;”;
g) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. IFning va XIFning moliyaviy hisoboti investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan organlarga oʻrnatilgan muddatda va hajmda taqdim etiladi.
IF va XIF axborotni qonun hujjatlarida aksiyadorlik jamiyatlari uchun belgilangan tartibga asosan oshkor qiladi.”.
d) 16-bandda:
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
e) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. IF va XIFning qoʻshimcha aksiyalarini dastlabki sotish nominal qiymatidan yuqori bahoda amalga oshirilganda, sotish va nominal qiymati oʻrtasidagi farq summasi emissiya daromadi sifatida qaraladi va hisobda qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi.”.
j) 24 va 25-bandlardan “Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
z) 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. IFlar va XIFlar qimmatli qogʻozlarga qilingan qoʻyilmalarni qayta baholashda Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1411, 2004-yil 17-sentabr) muvofiq qayta baholashni amalga oshirish sanasidagi ushbu chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursi boʻyicha chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlarning bozor bahosini milliy valyutaga qayta hisoblaydi.”.
i) 54-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditorlik tekshiruvini oʻtkazish, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish xarajatlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar.”;
k) V bob va 1 — 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 47-son, 544-modda)