1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.09.00.00 Deputatlar va Senat a’zolari / 01.09.02.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining maqomi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.09.00.00 Deputatlar va Senat a’zolari / 01.09.04.00 Mahalliy xalq deputatlari kengashi deputatining maqomi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DEPUTATLARNING MAQOMI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining maqomini, eng muhim vakolatlarini va deputatlik faoliyatining kafolatlarini mustahkamlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Deputatning davlat hokimiyatini amalga oshirishdagi ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis va Jo‘qorg‘i Kengesning qonun chiqaruvchi hokimiyatini amalga oshirishi deputatlarning qonunlar tayyorlash va ularni qabul qilishda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida oliy davlat vakillik organlarining ixtiyoriga berilgan masalalarni hal qilishda tashabbuskorlik bilan faol ishtirok etishiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarning viloyat, tuman, shahar Kengashlarining ishida ishtirok etib, hududni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirishning muhim masalalarini hal etadilar, qonunlar va davlat hokimiyati yuqori organlari qarorlarining joylarda ijro etilishini nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati o‘z faoliyatida saylovchilarning, shuningdek o‘zini deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan tegishli siyosiy partiyaning yoxud tegishli hokimiyat vakillik organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining manfaatlarini ifoda etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek xalq deputatlari tegishli Kengashlarining qarorlari va tegishli siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari asosida tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Deputat vakolatlarining vujudga kelishi va muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning vakolatlari u tegishincha Oliy Majlisga, Jo‘qorg‘i Kengesga, xalq deputatlari viloyat, tuman yoki shahar Kengashiga saylangan kundan boshlanadi.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning vakolatlari yangi chaqiriq Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari saylangan kunda yoki ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan hollarda tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Deputatlik faoliyatini ishlab chiqarish va xizmat vazifalarini bajarish bilan qo‘shib olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar o‘z vakolatlarini, qoida tariqasida, ishlab chiqarish yoki xizmat faoliyatini to‘xtatmagan holda amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar deputatlik faoliyatini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan qonun hujjatlariga muvofiq ozod qilinishga haqlidirlar.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasiga muvofiq xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (jumladan, deputatlik vazifalarini bajarish vaqtida) ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart va ana shu vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning yoki Jo‘qorg‘i Kengesning deputatlari tegishincha Oliy Majlisda, Jo‘qorg‘i Kengesda doimiy asosda ishlashlari mumkin. Deputatni Oliy Majlis yoki Jo‘qorg‘i Kengesga doimiy ishga o‘tkazishni rasmiylashtirish tartibi tegishli hokimiyat oliy vakillik organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisda va Jo‘qorg‘i Kengesda doimiy ishlaydigan deputatlar o‘z vakolatlari davrida boshqa haq to‘lanadigan biron-bir lavozimni egallashlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisga, Jo‘qorg‘i Kengesga saylangan deputatlarga ularning deputatlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi 23-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari faoliyatining ta’minoti to‘g‘risida”gi nizomning 4-bandiga muvofiq Oliy Majlis deputatlariga deputatlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlari uchun oy sayin eng kam ish haqining besh baravari miqdorida daromad solig‘i olinmaydigan mablag‘ to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Deputatning saylovchilar bilan, uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiyalar va organlar bilan o‘zaro munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat o‘zini deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiyalar, hokimiyat vakillik organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan aloqa bog‘lab turadi, tegishli hokimiyat vakillik organida ularning manfaatlarini ifoda etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat saylovchilar oldida mas’ul va hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilarning ishonchini oqlamagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Deputatning tegishli hokimiyat vakillik organi bilan o‘zaro munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat tegishli hokimiyat vakillik organining, bu organ tuzadigan qo‘mitalarning, komissiyalarning ishida faol ishtirok etishini ta’minlaydigan barcha huquqlarga to‘la-to‘kis egadir, u bu organlar oldida mas’uldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimiyat vakillik organi deputatning o‘z ishi to‘g‘risidagi, qabul qilingan qarorlar va o‘ziga berilgan topshiriqlarni qanday bajarayotganligi haqidagi axborotlarini tinglashga haqli. Deputat o‘z vazifalarini bajarmagan, belgilab qo‘yilgan ish tartibini buzgan taqdirda uning xulqi to‘g‘risidagi masala tegishli hokimiyat vakillik organi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra boshqa organ yoxud komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimliklar deputatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturlari qanday bajarilayotgani to‘g‘risida, ularning tanqidiy mulohazalari va takliflari yuzasidan qabul qilingan choralar haqida xabardor qiladi, deputatlarning qonun hujjatlarini, hokimiyat vakillik organlarining ish tajribasini, jamoatchilik fikrini o‘rganishiga ko‘maklashadi va ularning ishiga zarur boshqa yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Deputatlik odobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida deputat odob qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim. Deputatning o‘z maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlik odobi buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori to‘g‘risidagi masala tegishli hokimiyat vakillik organi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra boshqa organ yoki komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Deputat vakolatlarining muddatidan ilgari to‘xtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning vakolatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u o‘z vakolatini zammasidan soqit qilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga ko‘ra deputatlik vakolatini bajarishiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: mazkur Qonunning 3-moddasi to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 66-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqirib olingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etgan taqdirda muddatidan ilgari to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli hokimiyat vakillik organi qarori bilan muddatidan ilgari to‘xtatilishi mumkin. Deputat degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan organ (partiya) oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bu organning (partiyaning) taklifi ham deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. DEPUTATNING HOKIMIYAT VAKILLIK ORGANIDAGI FAOLIYATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Deputatning hokimiyat vakillik organidagi faoliyatini amalga oshirish chog‘idagi huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat tegishli hokimiyat vakillik organining sessiyalarida, o‘zi saylangan qo‘mitalar va komissiyalarning majlislarida qatnashishi, ularning ishida faol ishtirok etishi shart. Sessiyaga yoki qo‘mita, komissiya majlisiga yetib kelish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda deputat bu haqda tegishli hokimiyat vakillik organining yoki qo‘mitaning, komissiyaning rahbarlaridan biriga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat tegishli hokimiyat vakillik organining sessiyasida ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan bayon qilgan nuqtai nazari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishincha Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges, viloyat, tuman, shahar Kengashlari organlariga saylash va saylanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vakillik organi qarab chiqishi uchun masalalar taklif etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi va ularning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror loyihalari va ularga kiritish uchun tuzatish taklif etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vakillik organi tuzadigan organlarning shaxsiy tarkibi, ushbu vakillik organi saylab qo‘yadigan, tayinlaydigan yoki tasdiqlaydigan mansabdor shaxslarning nomzodlari xususida o‘z fikrini bildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralarda qatnashishga, so‘rov bilan murojaat qilishga, ma’ruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish sabablari xususida izoh berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyada hokimiyat vakillik organiga hisobdor yoki uning nazoratida bo‘lgan har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisobotini yoki axborotini eshitish to‘g‘risida taklif kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, tegishli hokimiyat vakillik organi qarorlarining bajarilishini tekshirish haqida ko‘rib chiqish uchun masalalar taklif etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z nutqlarining stenogrammalardagi matnlari bilan tanishishga va e’lon qilinmaydigan nutqlarning matnlari bilan belgilangan tartibda tanishishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat sessiyada muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o‘z nutqi, taklifi va mulohazasining matnini sessiya stenogrammasiga kiritish uchun raislik qiluvchiga topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat ushbu Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga vazifalarni ham bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur huquqlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va tegishli hokimiyat vakillik organining reglamenti bilan, boshqa qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges deputatining qonunchilik tashabbusi huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges deputati tegishli hokimiyat oliy vakillik organida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lib, bu huquq yangi qonun ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida masala qo‘yish, yangi qonun loyihalarini, amaldagi qonunlarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini kiritish, shuningdek amaldagi qonunlarga o‘zgartishlar kiritish haqida takliflar bilan chiqish tarzida ro‘yobga chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik tashabbusi huquqi tegishli qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges deputatining qonunchilik tashabbusi huquqini ro‘yobga chiqarish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges deputatining qonunchilik tashabbusi huquqi qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan taklifni Oliy Majlis va Jo‘qorg‘i Kenges majlisida albatta ko‘rib chiqib, qonun qabul qilish; yangi qonun loyihasini ishlab chiqishni boshlash haqida qaror qabul qilish; taklif qilingan qonun loyihasini takomiliga yetkazish uchun tegishli qo‘mitalar va komissiyalarga yuborish; qonun loyihasini, taklifni asosli rad qilish singari qarorlardan birini qabul qilish bilan kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.06 Fraksiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Deputatlarning fraksiyalar, bloklar va boshqa deputatlar guruhlariga birlashish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar o‘zaro kelishuv asosida fraksiyalar, bloklar va boshqa deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Deputat so‘rovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat so‘rovi — sessiyada davlat organlari yoxud mansabdor shaxslarga ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilib berish haqida qo‘yilgan talabdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges deputati tegishli oliy vakillik organining sessiyalarida tegishincha Oliy Majlisning Raisiga va O‘zbekiston Respublikasining Hukumatiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga va Vazirlar Kengashiga, vazirlarga, boshqa davlat organlari rahbarlariga so‘rov bilan murojaat qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges deputati qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatiga va boshqaruvi mahalliy organlariga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga so‘rov kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati hokimga, hokim o‘rinbosarlariga, hokimlik bo‘limlari va boshqarmalarning rahbarlariga, shuningdek Kengash hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga so‘rov bilan murojaat qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rov deputat yoki bir guruh deputatlar tomonidan yozma ravishda yoxud og‘zaki kiritilishi mumkin. Yozma ravishda kiritilgan so‘rov hokimiyat vakillik organining sessiyasida o‘qib eshittirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rov qaratilgan davlat organi yoki mansabdor shaxs so‘rovga kechi bilan uch kunlik muddat ichida yoki tegishli hokimiyat vakillik organi belgilab qo‘ygan boshqa muddatda sessiyada og‘zaki yoki yozma ravishda javob berishi shart. So‘rov munosabati bilan o‘tkazilgan muhokama natijasi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Hokimiyat vakillik organi sessiyasida deputatlar bildirgan taklif va mulohazalarni ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar sessiyada og‘zaki bildirgan yoki sessiyada raislik qiluvchiga yozma ravishda bergan taklif va mulohazalar hokimiyat vakillik organi, uning qo‘mitalari yoki komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi yoxud ko‘rib chiqish uchun tegishli davlat organlari, jamoat birlashmalarining organlari va mansabdor shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyada deputatlar bildirgan taklif va mulohazalarning olgan davlat organlari, jamoat birlashmalarining organlari, mansabdor shaxslar kechi bilan bir oylik muddat ichida bu taklif va mulohazalarni ko‘rib chiqishlari hamda natijalari to‘g‘risida bevosita deputatga va tegishli hokimiyat vakillik organiga ma’lum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarning taklif va mulohazalarini ko‘rib chiqish hamda ularni ro‘yobga chiqarish ustidan nazorat Oliy Majlis Kengashi, Jo‘qorg‘i Kenges, tegishli komissiyalar va qo‘mitalar, Hukumat, hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Deputatning Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari organlaridagi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita, komissiya yoki boshqa organlar tarkibiga kirgan deputat mazkur organlar ko‘rib chiqish uchun har qanday masala va taklif kiritishga, bu masala va takliflarni ko‘rib chiqish uchun tayyorlashda, ularni muhokama qilish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishda, shuningdek qabul qilingan qarorlar ro‘yobga chiqarilishini tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat tegishli organning tarkibida bo‘lsa-yu, uning qaroriga qo‘shilmasa, o‘z nuqtai nazarini sessiyada bayon qilishga yoki bu haqda raislik qiluvchiga yozma ravishda ma’lum qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita yoki komissiya tarkibiga saylangan deputat ularning ishida hal qiluvchi ovoz bilan qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita yoki komissiyaning a’zosi bo‘lmagan deputat ularning majlisida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DEPUTATNING SAYLOV OKRUGIDAGI FAOLIYATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Deputatning saylov okrugidagi ish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat saylov okrugida o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hokimiyat vakillik organi nazorati ostidagi tashkilotlarda o‘z saylov okrugidagi fuqarolarning muhim manfaatlariga taalluqli bo‘lgan har qanday masala ko‘rib chiqilishi chog‘ida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
okrug saylovchilari bilan yig‘ilishlar, mehnat jamoalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalarning tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat o‘z deputatlik faoliyatiga doir masalalar yuzasidan matbuot organlarida chiqish, radio va televideniye orqali so‘zlash borasida imtiyozli huquqqa egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat o‘z saylov okrugida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini tegishincha Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining ishi to‘g‘risida muntazam xabardor qilib turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarning va hokimiyat vakillik organlari qarorlarining bajarilishini tashkil etish haqida nazorat qilishda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik fikrini, aholining talab va ehtiyojlarini o‘rganishi, bular haqida tegishli davlat hokimiyati organlariga xabar berishi, tegishli qonunlar va qarorlar tayyorlash chog‘ida o‘z takliflarini kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat ushbu Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga vazifalarni ham bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Deputatning fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning saylovchilardan o‘ziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda ko‘rib chiqadi, ularni o‘z vaqtida to‘g‘ri hal etish choralarini ko‘radi, o‘z saylov okrugida fuqarolarni muntazam ravishda qabul qilib turadi. Deputat fuqarolarni qabul qilishda ishtirok etish uchun tegishli hokimiyat vakillik organi hududida joylashgan davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini taklif qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat shikoyatlarni keltirib chiqarayotgan sabablarni o‘rganadi va zarur hollarda o‘z takliflarini tegishli hokimiyat vakillik organiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat o‘zi yuborgan taklif, ariza va shikoyatlar tegishli hokimiyat organi hududida joylashgan davlat organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ko‘rib chiqilishini nazorat qilishga va ularning ko‘rib chiqilishida shaxsan ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Deputatning saylovchilar oldida hisob berishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis va Jo‘qorg‘i Kenges deputati vaqti-vaqti bilan, ammo yiliga kamida bir marta, viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati esa yiliga kamida ikki marta o‘z ishi to‘g‘risida saylovchilarga hisobot berib turishi va o‘zi saylangan hokimiyat vakillik organining ishi haqida xabardor etib borishi shart. Deputatning hisoboti saylovchilar talabi bilan ham o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning hisobotlari shu maqsadda chaqiriladigan saylovchilar yig‘ilishlarida yoki mazkur saylov okrugi vakillarining yig‘ilishlarida o‘tkaziladi. Deputatning hisoboti yuzasidan yig‘ilish qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli ommaviy axborot vositalari deputatlarning hisobotlari yoritilishini ta’minlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Hisobotlarni va saylovchilar bilan uchrashuvlarni o‘tkazishda deputatga ko‘maklashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarning hisobotlarini va ular bilan uchrashuvlarni o‘tkazish uchun saylovchilarning yig‘ilishlari tegishli hokimliklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot berish va saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun deputatga zarur shart-sharoitlar ta’minlanadi. Uning iltimosiga ko‘ra hokimiyat ijroiya organlari bino ajratib, deputatning hisoboti, uning saylovchilar bilan uchrashuvlari o‘tkaziladigan, deputat fuqarolarni qabul qiladigan vaqt va joyini fuqarolarga ma’lum qiladilar, qabul va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun deputatning taklifiga binoan o‘zlarining mas’ul vakillarini yuboradilar, shuningdek deputatning joylardagi ishiga ko‘maklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotlar va so‘zga chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnoma hamda axborot materiallari deputatning iltimosiga binoan tegishli hokimiyat ijroiya organlari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Deputatning quyi Kengashlar ishida qatnashishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat quyi Kengashlar va ularning organlari majlislarida maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Deputatning qonuniylik buzilgan hollarni bartaraf etishni talab qilish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari buzilgan taqdirda yoki qonuniylikni buzishning boshqa hollarida deputat davlat hokimiyatining vakili sifatida, o‘sha joyning o‘zida bunday qonunbuzarlik to‘xtatilishini talab qilishga, zarur hollarda esa, ularga chek qo‘yishni talab qilib, tegishli organlar va mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqlidir. Qonunbuzarlik fakti deputatning o‘zi yoki uning talabi bilan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki nazorat organining vakili tuzgan bayonnomada qayd etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat talab bilan murojaat etgan davlat organlarining mansabdor shaxslari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining rahbarlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning ma’muriyati, shuningdek militsiya xodimlari qonun buzilgan hollarni bartaraf etish uchun, zarur hollarda esa aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun zudlik bilan chora ko‘rishlari va keyinchalik buni deputatga ma’lum qilishlari shart. Chora ko‘rmagan taqdirda mansabdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 193-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. DEPUTATLIK FAOLIYATINING ASOSIY KAFOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Deputatning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida har bir deputatga o‘z vakolatlarini moneliksiz va samarali amalga oshirishi uchun sharoit yaratilishiga kafolat beriladi, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning sha’ni va qadr-qimmatiga qasd qilgan shaxslar qonunga muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki o‘zga javobgarlikka tortiladilar. Deputatni haqorat qilish, shuningdek unga nisbatan tuhmat qilish qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40 va 41-moddalari hamda Jinoyat kodeksining 139 va 140-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat oldidagi o‘z vazifalarini bajarmaydigan, uning ishiga to‘sqinlik qiladigan, unga ataylab soxta ma’lumot beradigan, deputatlik faoliyati kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 193-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlik vazifalarini bajarishga biron-bir shaklda monelik qilish yoki kimningdir foydasiga qaror qabul qilinishiga erishish maqsadida deputatga qanaqa tarzda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatish qonunda belgilangan tartibda jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198-moddasi hamda Jinoyat kodeksining 219-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Deputatning mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinishi huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlik faoliyati masalalari yuzasidan Oliy Majlis deputati deputatlik guvohnomasini ko‘rsatib, respublika hududidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek ularning rahbarlari va davlat hokimiyati organlari hamda jamoat birlashmalarining boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jo‘qorg‘i Kenges deputati mazkur huquqdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida, viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati esa tegishli Kengashga qarashli hududda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati davlat siri bilan hamda qonun tomonidan muhofaza qilinadigan boshqa sir bilan bog‘liq korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga deputatlarning kirishi tartibi qonunda belgilab qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Deputatning murojaatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan mansabdor shaxslarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalariga, mulkichilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga deputatlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qilishga va o‘rtaga qo‘yilgan masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etishga haqlidir. Mazkur organlar va mansabdor shaxslar deputatning murojaatiga darhol, qo‘shimcha ravishda o‘rganish yoki tekshirish zarur bo‘lgan taqdirda esa, kechi bilan bir oylik muddat ichida javob qaytarishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarning g‘oyat muhim masalalar, shu jumladan tegishli organning qaror qabul qilishi, qabul qilgan qarorini o‘zgartirishi yoki bekor qilishi zarurligi to‘g‘risidagi murojaatlari ko‘rib chiqilishi shart. Murojaat ko‘rib chiqiladigan kun to‘g‘risida deputat oldindan xabardor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Deputatga o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor shaxslari deputat o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratib beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges deputatlarining faoliyatini ta’minlash tartibi tegishli ravishda Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi 23-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari faoliyatining ta’minoti to‘g‘risida”gi Nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Deputatning axborot va maslahatlar olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges devoni, hokimliklar tegishli deputatlarni tegishli hokimiyat vakillik organlari qabul qilgan hujjatlar bilan ta’minlaydilar, axborot va yordamchi materiallar bilan ta’minlashga ko‘maklashadilar, deputatlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mutaxassislarning maslahatlarini uyushtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Deputatga huquqiy yordam berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimliklar, korxonalarning, tashkilotlarning, ilmiy, yuridik muassasalarning, o‘quv yurtlarining ma’muriyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar deputatga uning deputatlik faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy masalalarda yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Deputatning transportda tekin yurish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputati respublika hududida barcha turdagi davlat passajir transportida (taksi va boshqa turdagi transport turlarining buyurtma yo‘nalishlari bundan mustasno) tekin yurish, shuningdek yo‘l pattalarini navbatsiz olish huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jo‘qorg‘i Kenges, viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, tuman, shahar hududida davlat passajir transportining barcha turlarida (taksi va boshqa turdagi transport turlarining buyurtma yo‘nalishlari bundan mustosno) tekin yurish huquqidan foydalanadi.
LexUZ sharhi
27-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarining shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishga doir qismi O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarning transportda tekin yurish tartibi va shartlarini, shu ish bilan bog‘liq ravishda transport tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish tartibini tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. O‘zbekiston Respublikasida deputatning mehnat huquqlari kafolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning hokimiyat vakillik organida ishlagan vaqti umumiy va uzluksiz ish stajiga, avvalgi ixtisosi bo‘yicha ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatining ta’tili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatiga har yili 36 ish kuniga teng haq to‘lanadigan ta’til beriladi, qonun hujjatlarida bundan ham ko‘proq davom etadigan ta’til nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Oliy Majlis, Jo‘qorg‘i Kenges deputatining daxlsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputati Oliy Majlisning, sessiyalar oralig‘idagi davrda esa — Oliy Majlis Kengashining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jo‘qorg‘i Kenges deputati O‘zbekiston Respublikasining butun hududida Jo‘qorg‘i Kengesning, sessiyalar oralag‘idagi davrda esa — Jo‘qorg‘i Kenges Raisining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Jo‘qorg‘i Kenges Raisining rozilik berish haqidagi qarori keyinchalik Jo‘qorg‘i Kenges tasdig‘iga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputatiga nisbatan jinoiy ish faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan, Jo‘qorg‘i Kenges deputatiga nisbatan esa — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis va Jo‘qorg‘i Kenges deputatini majburan keltirish, ushlash, shuningdek uning shaxsiy buyumlarini, yuki, transporti, uy-joyi yoki xizmat xonasini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar, Kengashi deputatining daxlsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati tegishli hududda tegishli Kengashning, sessiyalar oralig‘idagi davrda esa — hokimning yoki hokim vazifasini ijro etuvchi mansabdor shaxsning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Hokimning yoki hokim vazifasini ijro etuvchi mansabdor shaxsning rozilik berish haqidagi qarori keyinchalik tegishli hokimiyat vakillik organi tasdig‘iga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va Toshkent shahar Kengashining deputatiga nisbatan jinoiy ish tegishli viloyat, Toshkent shahri prokurori yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan, tuman, shahar Kengashining deputatiga nisbatan esa — tegishli tuman, shahar prokurori yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Deputatni javobgarlikka tortish uchun rozilik olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, hibsga olish yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy jazoga tortishga Oliy Majlisning va Jo‘qorg‘i Kengesning, viloyat, tuman, shahar Kengashining roziligini, sessiyalar oralig‘idagi davrda esa — Oliy Majlis Kengashining, Jo‘qorg‘i Kenges Raisining, tegishli hokimning roziligini olish uchun tegishli prokuror taqdimnoma kiritadi. Taqdimnomani yuqori turuvchi prokuror ham kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday taqdimnoma deputatga ayb qo‘yish yoki uni qamoqqa olishga sanksiya berish oldidan yoxud ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni sudga yuborish oldidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori turuvchi prokuror deputatni javobgarlikka tortishga rozilik olish to‘g‘risida quyi prokuror tomonidan kiritilgan taqdimnomani chaqirtirib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning taqdimnomasi kechi bilan bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Taqdimnomada qo‘yilgan masalani hal etish uchun prokurordan zarur qo‘shimcha materiallar ham so‘rab olinishi mumkin, qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli prokuror uch kunlik muddat ichida xabardor qilinadi. Asos bo‘lgan taqdirda ilgari qabul qilingan qaror qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Deputat o‘zining deputatlik daxlsizligi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotganida ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimiyat vakillik organining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda yuqori turuvchi prokuror qarorni bekor qilish va masalani qayta ko‘rib chiqishi uchun tegishli hokimiyat vakillik organiga topshirish to‘g‘risida tegishincha yuqori Kengashga, Jo‘qorg‘i Kengesga, Oliy Majlisga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti prokurorning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda kiritilgan taqdimnomasi tegishli hokimiyat vakillik organi tomonidan bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqilmagan bo‘lsa, yuqori hokimiyat vakillik organi tegishli prokuror yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan uning darhol ko‘rib chiqilishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnoma kiritgan prokuror ishni ko‘rib chiqish tugagan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida deputatni javobgarlikka tortishga va uni hibsga olishga rozilik bergan hokimiyat vakillik organiga ishni ko‘rib chiqish chog‘idagi tekshirish natijalari to‘g‘risida xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti deputat o‘zi saylangan Kengashga qarashli bo‘lmagan hududda jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputatini jinoiy javobgarlikka tortish, hibsga olish yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy jazoga tortish uchun rozilik olish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Deputatlik guvohnomasi va deputatning ko‘krak nishoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatda deputatlik guvohnomasi va deputatning ko‘krak nishoni bo‘ladi, bu guvohnoma bilan nishon unga deputat tariqasida ro‘yxatga olinganidan keyin topshiriladi. Deputatlik guvohnomasi va ko‘krak nishonidan deputat o‘z vakolatlari muddati davomida foydalanadi.
(33-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 114-modda; 1996-y., 9-son, 141-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda)