15.01.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1654
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 15.01.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1654
Кучга кириш санаси
25.01.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2018
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 29-dekabrdagi 584-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1654-2, 29.12.2018-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/1654-2/2418-son)
O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
Mazkur Yo‘riqnoma, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibini belgilaydi.
1. Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni keltirish Jinoyat-protsessual kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq majburlov chorasi hisoblanadi.
12. Qonuniy talablarga qarshilik ko‘rsatilganda yoki ashaddiy bo‘ysunmaslik holatlarida ichki ishlar organlari xodimlari “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy kuch, maxsus vosita va o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega. Mazkur holda bayonnoma tuziladi va unda huquqbuzarlikning xususiyati, vaqti va joyi hamda shaxsga nisbatan qo‘llanilgan choralar ko‘rsatiladi. Bayonnoma qonunda nazarda tutilgan choralar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi bildirgi bilan birga ichki ishlar organi bo‘lim boshlig‘iga taqdim etiladi. Bu haqda ajrimi bo‘yicha majburiy keltirish amalga oshirilgan sudya xabardor qilinadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2016-yil 28-dekabrdagi 6, 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1654-1, 05.01.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 23-modda)