O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)
“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son hamda “Tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik sohasidagi qonun buzilishlari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 24-iyundagi PF-3622-son farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-noyabr,
235-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 547-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 4-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-fevraldagi 121-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 09/25/121/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 6-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risida nizomda:
a) 4-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ularning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin bir yil mobaynida standartlarning majburiy talablari takroriy buzilganligi uchun xo‘jalik faoliyati subyektlariga nisbatan sotilgan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida jarimalar qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish”;
o‘n to‘rtinchi xatboshidagi “sotishni taqiqlash to‘g‘risida” so‘zlari “sotishni taqiqlash yoki to‘xtatib turish to‘g‘risida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Jarima solish sud tomonidan, xo‘jalik faoliyati subyekti sodir etilgan qonun buzilishi aybini tan olganda va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘laganda esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat bosh inspektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat bosh inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi”;
o‘n beshinchi xatboshi o‘n oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 9-band qo‘shilsin:
“9. Xo‘jalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan jarimalarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi”;
9-band 10-band deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)
11. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning o‘zida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomning 4-bandidagi “soliq organlari qarorlari asosida musodara qilish” so‘zlari “ularni keyinchalik sud tartibida davlat daromadiga o‘tkazish uchun soliq xizmati organlari tomonidan belgilangan tartibda vaqtinchalik olib qo‘yish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 945-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/945/2210-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 15-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
16. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda):
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi olib qo‘yiladi” va “esa” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 7-bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini olib kelishni va uning tranzitini taqiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 15-maydagi 213-son qarorining 2-bandidagi “spirtni davlat foydasiga musodara qilsinlar” so‘zlari “spirtni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rsinlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid nizomning “Umumiy qoidalar” bo‘limi oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining ruxsatisiz keltirilgan chet el oziq-ovqat spirtidan alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Chet el oziq-ovqat spirti mavjudligi, shuningdek bunday spirtni keltirishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan korxonalar tomonidan mazkur spirtdan alkogolli mahsulot ishlab chiqarish hollari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari spirtni va ushbu spirtdan ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘radilar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son)
24. Vazirlar Mahkamasining “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 23-sentabrdagi 444-son qarorining 7-bandi beshinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 58-modda) chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 929-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 185-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/185/0864-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
31. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarorining 3-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 31-modda):
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshi ikkinchi va uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“belgilangan savdo qoidalari buzilgan, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanilmagan va naqd pul mablag‘lari bank kassalariga o‘z vaqtida topshirilmagan hollarda shaharlar va tumanlar hokimliklari soliq organlarining taqdimnomasiga ko‘ra chakana savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish uchun berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yadi yoxud o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki ruxsatnomalarni bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 025 yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
33. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda):
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidan “va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “chakana savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalarning amal qilishini to‘xtatishgacha bo‘lgan” so‘zlari “shu jumladan chakana savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish uchun berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatish bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-banddan “Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) ilovada:
2-bandning “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidan “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
5-bandning “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidan “tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
6-bandning “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidan “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
10-bandning “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidan “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
35. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 28 va 39-bandlar matnlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ruxsat guvohnomasini chaqirib olish sud tartibida amalga oshiriladi”;
b) 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi hafta mobaynida savdo aylanmasi mavjud bo‘lmagan yoki naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilgan taqdirda xizmat ko‘rsatuvchi bank axboroti asosida davlat soliq xizmati organi taqdimnomasiga ko‘ra o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin. Ruxsatnomani bergan tuman (shahar) hokimligi ruxsat guvohnomasining amal qilishini tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tovarlar olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan taqdirda tiklashi mumkin. Ruxsat guvohnomasining amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
38. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarining 26-bandi to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ruxsat guvohnomasini olib qo‘yish va bekor qilish, shuningdek uning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib qo‘yish va to‘xtatish ularni berish vakolatiga ega bo‘lgan organning murojaati bo‘yicha sud tartibida, o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish esa — ularni berishga vakolatli bo‘lgan organning qarori bo‘yicha amalga oshiriladi. Mazkur Qoidalarga rioya qilinishini tekshirish dalolatnomalari yoki vakolatli davlat organlarining taqdimnomalari sudga murojaat qilish uchun asos hisoblanadi. Ayni bir qonun buzilishi uchun bir necha sanksiya qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
42. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomda:
a) 21-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin va quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“reyestrdan chiqarish to‘g‘risida sudga murojaat qilish”;
b) 23-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“sudning qarori”.
43. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
a) 37-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
b) 39-bandning birinchi xatboshidan “litsenziyalovchi organ tomonidan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-sonli qaroriga asosan 45-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 3-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 191-modda)
48. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’mol tovarlari olib kelish va sotish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 97-modda) 1-ilovaning 13-bandi chiqarib tashlansin.
49. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 27-oktabrdagi 467-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 101-modda) ilovaning 4-bandi chiqarib tashlansin.
50. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 31-oktabrdagi 477-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 106-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(50-bandining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 102-modda)
b) 2-ilovada:
26-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
28-bandning birinchi xatboshidan “litsenziyalovchi organ tomonidan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 328-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/328/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan 2019-yil 20-martidan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktabrdagi 880-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/880/2124-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
59. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ba’zilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi “b” kichik bandining oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘llash tartibini tasdiqlash haqida” 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 19-martdagi 123-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 69-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 27-oktabrdagi 467-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 101-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2008-y., 14-15-son, 102-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; 2010-y., 21-son, 162-modda, 42-43-son, 364-modda; 2011-y., 47-son, 488-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda, 35-son, 403-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 41-son, 547-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda, 49-son, 613-modda; 2016-y., 18-son, 191-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda, 35-son, 929-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/185/0864-son, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son, 30.10.2018-y., 09/18/880/2124-son, 23.11.2018-y., 09/18/945/2210-son, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son; 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son, 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son; 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 23.05.2020-y., 09/20/328/0652-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son; 26.02.2025-y., 09/25/121/0186-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)