Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” toʻgʻrisidagi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 25-dekabrdagi 724-I-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
Vazirlar Mahkamasining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-mart,
123-son
Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllash tartibini tasdiqlash haqida” 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qarorining:
muqaddima “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar solishga oid qismini” soʻzlaridan soʻng “va “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllash Tartibida:
Tartib nomi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish” soʻzlaridan soʻng “va reklama” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-band “27-moddasini” soʻzlaridan soʻng “va “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasini” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-bandning uchinchi xat boshi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni” soʻzlaridan soʻng “va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-bandning “b” kichik bandi chiqarib tashlansin va shu bandning “v”, “g” va “d” kichik bandlari “b”, “v” va “g” kichik bandlar deb hisoblansin;
Tartib quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi) reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganliklari uchun reklama beruvchilarga, reklama tayyorlovchilarga va uni tarqatuvchilarga:
a) notoʻgʻri reklama, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilinmaganligi va aksilreklama berish rad etilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdoridan besh yuz baravari miqdorigacha;
b) “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasida koʻrsatib oʻtilgan davlat organlariga reklamaga tegishli maʼlumotlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi uchun eng kam oylik ish haqining qirq baravari miqdoridan ellik baravari miqdorigacha;
v) reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmalar oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdorigacha jarima solishga haqlidir”.
4-band 5-band deb hisoblansin va u quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Mazkur Tartibning 3-bandi “b”, “v” va “g” kichik bandlarida, shuningdek, 4-bandi “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda jarimalar monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan mustaqil ravishda solinadi, mazkur Tartibning 3-bandi “a” kichik bandida va 4-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda esa Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari bilan kelishilgan holda solinadi”.
5 — 9-bandlar tegishli ravishda 6 — 10-bandlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 418-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 162-modda)