Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 24.06.2005 yildagi PF-3622-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING XO‘JALIK SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARI UChUN MOLIYAVIY JAVOBGARLIGINI ERKINLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish maqsadida, shuningdek javobgarlikni qo‘llashning xalqaro umumhuquqiy prinsiplaridan kelib chiqqan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlari tomonidan birinchi marta sodir etilgan, qasddan qilinmagan va kam ahamiyatli, shuningdek Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar kamroq tushishiga olib kelmaydigan huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda materiallarni sud organlariga taqdim etmasdan faqat ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Materiallar sud instansiyalariga topshirilgan hollarda, tadbirkorlik subyekti soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaganlik uchun sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini bir oy mobaynida ixtiyoriy ravishda qoplagan hamda uning oqibatlarini bartaraf etgan, jumladan penya to‘lagan tadbirkorlik subyekti moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishidan ozod etilishi belgilab qo‘yilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish hamda ma’muriy islohotlarni amalga oshirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi takliflari ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi ilovada ko‘rsatilgan takliflarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritsin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini ularga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n kun muddatda — huquqbuzarlik va uning oqibatlari xususiyatiga qarab moliyaviy sanksiyalar bekor qilinishi yoki miqdorlari kamaytirilishini, shuningdek ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni tadbirkorlik subyektlaridan ularning mansabdor shaxslari zimmasiga yuklashni nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 24-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3622-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 25-26-son, 178-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda)