Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2017 19.12.2006 yildagi 261-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI BOShQARISh HUQUQINI BERUVChI MILLIY HAYDOVChILIK GUVOHNOMASINING YaNGI NAMUNASINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-sonli “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-oktabridan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasi va talonining yangi namunalari hamda tavsiflari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin va 2007-yil 1-martdan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2007-yil 1-martdan boshlab milliy haydovchilik guvohnomasi va uning talonini amalda joriy etishni taʼminlash uchun ularni tayyorlash yuzasidan buyurtma bersin va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boʻlinmalariga taqsimlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmasi asosida milliy haydovchilik guvohnomasi va uning talonini yetarli miqdorda, sifatli tayyorlab berish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash (malakasini oshirish), imtihondan oʻtkazish va ularga milliy haydovchilik guvohnomalari berish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 19-oktabrdagi 445-son qarori 2007-yil 1-martdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov va Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261-son

Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 19-dekabrdagi 261-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy haydovchilik guvohnomasining namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilik guvohnomasi namunasining
TASNIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilik guvohnomasi toʻrtburchak shakldagi, oʻlchamlari 102 x 62 mm. boʻlgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan va ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan qogʻozdan tayyorlanadi. Qogʻoz qatlami orasiga joylashgan, ultarbinafsha nurda koʻrinadigan koʻk va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanogʻi” koʻrinishidagi uch oʻlchamli umumiy “suv belgi”si mavjud. Ofsetli yozuv, seriyasi ikki harfli, nomeri oltita raqamli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Blanka quyidagi maxsus himoyalarga ega:

kimyoviy taʼsirga bardoshli poligraf boʻyoqdan foydalanilgan, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilovlanishi taʼminlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn koʻrinadi, ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan tasvirlar va yettita raqamli son koʻrinadi. Maxsus qabariq va oʻyiqlar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lotin alifbosi harflaridagi oʻzbek tili qoʻllangan.

“Haydovchilik guvohnomasi”ning old tomonida uning nomlanishi oʻzbek va fransuz tillarida yozilgan, Vena konvensiyasi talabida belgilangan majburiy maʼlumotlarning 10 ta bandi kiritilgan, fotosurat va muhr oʻrni koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilik guvohnomasining orqa tomonida respublika nomi oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan, Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan. Vena konvensiyasi talabida belgilangan majburiy maʼlumotlarning 11-bandi kiritilgan. A, V, S, D va E toifalari qisqa tavsifi bilan yozilgan va beriladigan ruxsat belgisi uchun joy koʻrsatilgan. Shuningdek, haydovchilik guvohnomasi taloni seriyasi va raqamlari, almashtirilganligi hamda dublikati berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 19-dekabrdagi 261-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy haydovchilik guvohnomasi talonining namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilik guvohnomasi taloni namunasining
TASNIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilik guvohnomasining taloni toʻrtburchak shakldagi, oʻlchamlari 102 x 62 mm. boʻlgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan va ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan qogʻozdan tayyorlanadi. Qogʻoz qatlami orasiga joylashgan, ultarbinafsha nurda koʻrinadigan koʻk va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanogʻi” koʻrinishidagi uch oʻlchamli umumiy “suv belgi”si mavjud. Ofsetli yozuv, seriyasi “OʼzR”, nomeri yettita raqamli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Blanka quyidagi maxsus himoyalarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy taʼsirga bardoshli poligraf boʻyoqdan foydalanilgan, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilolanishi taʼminlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn koʻrinadi, ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan tasvirlar va yettita raqamli son koʻrinadi. Maxsus qabariq va oʻyiqlar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lotin alifbosi harflaridagi oʻzbek tili qoʻllangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talonning old tomonida berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va raqamlarini yozish uchun joy, blanka nomi va uning seriyasi hamda nomeri, egasi haqida maʼlumot, kim tomonidan qachon berilganligi, A, V, S, D va E toifalari koʻrsatilgan, nurda aniq koʻrinuvchi sakkiz qirrali yulduz rasmi va “UZ” yozuvi tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilik guvohnomasi talonining orqa tomonidan yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishlarini qayd etish uchun jadval, haydovchilik guvohnomasi kim tomonidan va qachon olib qoʻyilganligi toʻgʻrisida belgilar uchun joy va muhr oʻrni koʻrsatilgan. Toifalari boʻyicha transport vositalarining surati tushirilgan.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 513-modda)