1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Budjetdan tashqari jamgʻarmalar | Shakllantirish manbai | Ajratmalar miqdori (foizda) |
1. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi | Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ularning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslardan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda undiriladigan jarimalar | 80 |
2. | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Ekologiya jamgʻarmasi | Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishida aybdor boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan maʼmuriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va mablagʻlar | 87 |
Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik va atrof-muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun chet el fuqarolari, shuningdek, boshqa davlatlarning yuridik shaxslaridan maʼmuriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va mablagʻlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq qonunchilik buzilgani uchun undiriladigan jarimalar va mablagʻlar bundan mustasno | 74 | ||
Atrof tabiiy muhit ifloslantirilgani va chiqindilar joylashtirilgani uchun kompensatsiya toʻlovlari | 60 | ||
Ifloslantiruvchi moddalar avariya tufayli koʻplab chiqarib tashlanishi (oqova oqizish, chiqindilarni joylashtirish) tufayli atrof- muhitga yetkazilgan zarar uchun tabiatdan foydalanuvchilardan undiriladigan mablagʻlar va jarimalar | 74 | ||
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesganlik uchun toʻlov | 78,25 | ||
Tabiiy resurslardan hamda ulardan olinadigan xom ashyodan meʼyoridan ortiqcha va nokompleks foydalanganlik (nobud qilganlik) uchun tabiatdan foydalanuvchilar toʻlovlari | 40 | ||
Xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat natijasida atrof tabiiy muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun tabiatdan foydalanuvchilardan undiriladigan mablagʻlar | 40 | ||
Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq qonunchilik buzilgani uchun undiriladigan jarimalar va mablagʻlar | 87 | ||
Musodara qilingan ov va baliq ovlash qurollari, noqonuniy ov qilish va baliq ovlash natijasida olib qoʻyilgan mahsulotlar hamda oʻsimlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlar uchun undiriladigan jarimalar va mablagʻlar | 87 | ||
Yovvoyi hayvonlarni ovlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma uchun toʻlovlar | 60 | ||
Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berishdan tushadigan tushumlar | 70 | ||
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma toʻlovlari | 78,25 | ||
Yovvoyi hayvonlarni tutishga, yovvoyi oʻsimliklarni (gʻamlash) toʻplashga, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni hamda yovvoyi oʻsimliklarni toʻplashga ruxsatnomalar uchun arizalarni koʻrib chiqish uchun undiriladigan mablagʻlar | |||
Ichki ishlar organlari profilaktika (bosh, katta, kichik) inspektorlari tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlar | 90 | ||
Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlari tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlar | 90 | ||
Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklarni olib chiqish | 100 | ||
Yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklarning boshqa turlarini olib chiqish uchun undiriladigan mablagʻlar | 100 | ||
Yalangʻoch qizilmiyaning qayta ishlangan mahsulotini (suyuq va kukunsimon ekstraktlarini), shuningdek, yalangʻoch qizilmiyani mahsulot sifatida chetga olib chiqishga berilgan ruxsatnoma uchun undiriladigan mablagʻlar | 100 | ||
Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalarida nazarda tutilgan mablagʻlar | 100 | ||
Ovchilik xoʻjaligini yuritish huquqi yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan mablagʻlar | 100 | ||
Transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadigan utilizatsiya yigʻimi | 3 | ||
Pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar uchun utilizatsiya yigʻimi | 10 | ||
Davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar yer uchastkalarini va davlat mulki obyektlarini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar | 40 | ||
Davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar, oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari hududiga kirish uchun toʻlovlardan tushgan mablagʻlar | 30 | ||
Noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni qoplashdan tushgan mablagʻlar | 87 | ||
Moratoriy davrida daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirilgan mablagʻlar | 100 | ||
3. | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi | Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha undiriladigan jarimalar hamda chiqindilar joylashtirilgani uchun undirilgan kompensatsiya toʻlovlari | 26 |
4. | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi | Koʻrsatilgan xizmatlar uchun bojxona yigʻimlari va toʻlovlar shaklidagi tushumlar | 100* |
Bojxona organlari va chegara qoʻshinlari tomonidan olib qoʻyilgan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar | 25** | ||
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima | 25** | ||
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari tomonidan buzilgani uchun undirilgan jarima: | |||
tizim joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab ikki yil davomida; | 5 | ||
tizim joriy etilib, ishga tushirilganidan ikki yil oʻtgan kundan boshlab | 7,5 | ||
Bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan qoʻllangan jarima | 50 | ||
Transport vositalarini olib chiqib ketish hamda tovar va transport vositalarini yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan kunlar uchun undirilgan yigʻimlar | 100*** | ||
5. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari | Bojxona organlari va Chegara qoʻshinlari tomonidan olib qoʻyilgan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar | 25** |
Chegara qoʻshinlari materiallari asosida fuqarolar va mansabdor shaxslarga solinadigan jarimalar | 100 | ||
6. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati | Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar | 16 |
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun undirilgan jarima (tizim joriy etilib, ishga tushirilganidan ikki yil oʻtgan kundan boshlab) | 10 | ||
7. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi | Qonunchilikda belgilangan holatlarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar | 8**** |
Prokuratura organlarining tashabbusi bilan aniqlangan yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlari boʻyicha davlat manfaatlariga yetkazilgan zararlarni undirishdan tushgan mablagʻlar | 10 | ||
8. | Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi | Kirish va chiqish hujjatlari, boshqa konsullik xizmatlari rasmiylashtirilgani uchun yigʻimlar va boshqa tushumlar | 30 |
9. | Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi | Soliq organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar | 25 |
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgani uchun moliyaviy jazolar va maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar | 20***** | ||
yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslarda oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida qoʻshimcha undirilgan summalar boʻyicha hisoblangan penya va jarima | 40 | ||
soliq xizmati organlari tomonidan tegishli maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllanilgan jarimalar | 20 | ||
noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan tushadigan tushum | 3 | ||
10. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti | Budjet mablagʻlarini oluvchi davlat organlari va tashkilotlarida Departament tomonidan oʻtkazilgan taftishlar va tekshiruvlar natijalari boʻyicha aniqlangan hamda budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadiga undirilgan budjet mablagʻlarining noqonuniy xarajatlari, oʻgʻirliklar, talon-torojliklar, kamomadlar | 10 |
Departament tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar natijalari boʻyicha budjetga qoʻshimcha ravishda hisoblangan summalardan ajratmalar va soliq haqidagi qonunchilik buzilgani uchun moliyaviy jazolar hisobidan ajratmalar | 40 | ||
11. | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi | Yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun jarimalar, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun jarimadan tashqari | 39 |
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun jarima (tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda tegishli ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun hamda bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima bundan mustasno) | 48,5 | ||
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun Bojxona qoʻmitasi tomonidan undirilgan jarima | 23,5 | ||
Avtomototransport vositalari qayta roʻyxatdan oʻtkazilganlik uchun toʻlov | 8 | ||
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar | 8 | ||
Ichki ishlar organlarining tashabbusi bilan aniqlangan yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlari boʻyicha davlat manfaatlariga yetkazilgan zararlarni undirishdan tushgan mablagʻlar | 10 | ||
Chiqish va kirish vizalari berilgani, ular muddatining uzaytirilgani, yashash joyi yoki turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun davlat bojlari | 8 | ||
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun undirilgan jarima (bundan xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari tomonidan buzilgani uchun mustasno): | |||
tizim joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab ikki yil davomida; | 8,5 | ||
tizim joriy etilib, ishga tushirilganidan ikki yil oʻtgan kundan boshlab | 13,5 | ||
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari tomonidan buzilgani uchun undirilgan jarima: | |||
tizim joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab ikki yil davomida; | 3,5 | ||
tizim joriy etilib, ishga tushirilganidan ikki yil oʻtgan kundan boshlab | 6 | ||
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar (“Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi hisobidan belgilangan tartibda oʻrnatilgan holatlarda) | 5 | ||
Oz miqdorda talon-toroj qilish uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar | 25 | ||
Oʻta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar | 25 | ||
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi va uning atrofida baliq ovlash, hayvonot va oʻsimlik dunyosidan foydalanish hamda jamoat tartibini saqlash sohasida aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar | 100 | ||
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha olib qoʻyilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar | 100 | ||
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha yetkazilgan zararlarni undirishdan tushgan mablagʻlar | 100 | ||
12. | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi | Yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun jarimalar, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun jarimadan tashqari | 16 |
Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish boʻyicha yigʻimlar | 40 | ||
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun jarimaning Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga ajratilishi belgilangan qismi | 1,5 | ||
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun undirilgan jarima | 1,5 | ||
13. | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi | Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar (davlat ijrochilari tomonidan ijro ishi boʻyicha undirilgan mablagʻlar bundan mustasno) | 5 |
Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3989-son qarori bilan joriy etilgan loyiha boʻyicha) | 25 | ||
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar (“Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi hisobidan belgilangan tartibda oʻrnatilgan holatlarda) | 25 | ||
Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish boʻyicha yigʻimlar | 20 | ||
Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar | 100 | ||
Avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha auksiondan olib, auksionga qoʻyilgan boshlangʻich narxi boʻyicha umumiy tartibda realizatsiya qilishdan olingan tushumlar | 50 | ||
14. | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi | “Xavfsiz shahar” tizimlari yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun toʻlanadigan jarimalar va koʻrsatilgan xizmatlar | 60 |
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun undirilgan jarima | 20 | ||
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar (“Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi hisobidan belgilangan tartibda oʻrnatilgan holatlarda) | 25 | ||
15. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Baholovchi va rieltorlar malaka sertifikati berilgani (malaka imtihonidan oʻtganlik) va malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilgani uchun talabgor (Baholovchi va rieltorlar)dan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan yigʻim (Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda) | 81,5 |
Baholovchi va rieltorlar malaka sertifikati berilgani (malaka imtihonidan oʻtganlik) va malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilgani uchun talabgor (Baholovchi va rieltorlar)dan qonunchilikda belgilangan tartibda undirilgan yigʻim (YIDXP orqali murojaat etilganda) | 78,25 | ||
Sud boshqaruvchisining malaka sertifikati (attestati) berilgani va malaka sertifikatining (attestatning) toifasi oshirilgani uchun talabgor (sud boshqaruvchisi)dan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan yigʻim (davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda) | 81,5 | ||
Sud boshqaruvchisining malaka sertifikati (attestati) berilgani va malaka sertifikatining (attestatning) toifasi oshirilgani uchun talabgor (sud boshqaruvchisi)dan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan yigʻim (YIDXP orqali murojaat etilganda) | 78,25 | ||
Davlat mulki obyektlari, shu jumladan, xorijdagi davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarni bajarmaganlik yoki maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlamaganlik uchun mansabdor shaxslardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar | 100 | ||
16. | Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi | Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berilgani uchun bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda yigʻim | 100 |
Iqtisodiy konsentratsiyaga rozilik olish uchun ariza topshirilganda, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida dastlabki yigʻim | 78,25 | ||
Raqobat va tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar | 100 | ||
Raqobat, tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik va Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun Qoʻmita tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan maʼmuriy jarima | 100 | ||
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar | 100 | ||
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi taqdim etgan koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun Qoʻmita yoki Qoʻmita kiritgan daʼvolar boʻyicha sud tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima | 100 | ||
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga vositachilik yigʻimi | 0.04 | ||
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga yoʻnaltirilgan moliyaviy jarimalar | 50 | ||
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilgani uchun undiriladigan yigʻim | 39 | ||
Tashqi reklama obyektini oʻrnatishga boʻlgan huquq uchun oylik yigʻimlardan tushadigan mablagʻlar boʻyicha: | |||
Toshkent shahrida yigʻim summasining 10 foizi, shundan jami yigʻim summasining 5 foizi — uning huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat unitar korxonasiga; | 5 | ||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda: yigʻim summasining 15 foizi, shundan jami yigʻim summasining 5 foizi — uning huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat unitar korxonasiga; | 10 | ||
Avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida; | 5 | ||
Transport vositalarida joylashtiriladigan tashqi reklamadan tushadigan mablagʻlar (yoʻnalishlardagi avtobuslar bundan mustasno) | 5 | ||
17. | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarining oluvchilarda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha budjet, davlat maqsadli va boshqa jamgʻarmalari daromadiga undirilgan rastratalar, talon-toroj, kamomad, penya va jarimalar hamda noqonuniy xarajatlar | 8 |
Aksiyalarning davlat ulushidan dividendlar oʻz vaqtida budjetga oʻtkazilmagani uchun jarimalar | |||
Xizmatlar koʻrsatilgani uchun bojxona yigʻimlari va toʻlovlari koʻrinishida kelib tushgan tushumlar | |||
Budjet soʻrovini, roʻyxatdan oʻtkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek, moliyaviy hisobotni va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etish tartibini buzganlik uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlarining mansabdor shaxslari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida tuzilgan bayonnomaga asosan undiriladigan jarimalar | 100 | ||
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalarining xodimlari tomonidan budjet va smeta-shtat intizomini buzish boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida tuzilgan bayonnomalarga asosan undirilgan jarima | 60 | ||
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga vositachilik yigʻimi | 0,05 | ||
Tayyorlov tashkilotlarining foizsiz qarz ajratish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga muvofiq Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasining maqsadli mablagʻlarini qaytarish bilan bogʻliq oʻz majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun jarimalar va penyalar | 100 | ||
18. | Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti) | Jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari va jarimalar | 5 |
Ijro etish boʻyicha budjetga undirilgan summalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno | 5 | ||
19. | Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi | FHDY organlari hamda notariuslar tomonidan undiriladigan davlat bojlaridan ajratmalar | 15 |
Adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hayʼatlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek, ularning oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti ramzlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining taʼsis hujjatlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun undiriladigan mablagʻlar, shuningdek, adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar | 80 | ||
20. | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi | Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji | 80 |
Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar | 18******* | ||
Ariza beruvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yoʻnaltirilgan murojaatlariga asosan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar | 10 | ||
FHDY organlari tomonidan undiriladigan davlat boji | 15 | ||
Gerbli guvohnomalar berganlik uchun undiriladigan gerb yigʻimi | 85 | ||
Mansabdor shaxslar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi buzilgani uchun qoʻllanadigan maʼmuriy jarima | 100 | ||
21. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining maxsus jamgʻarmasi | Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlarining talablari buzilgani uchun moliyaviy va maʼmuriy jarimalar | 50 |
22. | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasi | Xorijiy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlar | 20 |
Milliy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlar | 80 | ||
23. | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi | Masʼul saqlovchilardan davlat zaxiralari bilan ishlash tartibini buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va penyalar | 100 |
Davlat zaxirasi moddiy boyliklarini qarzga olishda, shuningdek, Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi tomonidan mahsulotlarni yangilash tartibida (shu jumladan, vaqti-vaqti bilan) sotishda undiriladigan qoʻshimcha toʻlov | 40 | ||
24. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi | Oʻzenergoinspeksiya tomonidan hamda Oʻzenergoinspeksiya materiallari asosida sud tomonidan qoʻllangan maʼmuriy jarimalar va iqtisodiy sanksiyalar boʻyicha undirilgan mablagʻlar | 50 |
25. | Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (“Oʻzkimyosanoat” AJ) | “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvidagi tashkilotlarning davlat mulkini xususiylashtirish va aksiyalarini sotishdan olingan mablagʻlar | 100 |
26. | Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi | Avtomobil transportida yoʻlovchilar va yukni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilgani va ularning muddati uzaytirilgani uchun davlat boji | 60 |
Avtomobilda tashish sohasida maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar | 60 | ||
Avtomobil va temir yoʻl transportida yoʻlovchilar va yuk tashish huquqini beruvchi litsenziyalarni olish uchun berilgan arizalar koʻrib chiqilgani, shuningdek, avtomobilda yoʻlovchilar va yukni xalqaro tashishni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar blankalari berilgani uchun yigʻimlar | 60 | ||
Shahar, shahar atrofi, viloyat ichida shaharlararo yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda qatnashganlik uchun toʻlovlar | 100 | ||
Temir yoʻl transportida yoʻlovchilar va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berilgani uchun davlat boji | 20 | ||
Tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish uchun undiriladigan jarimalar | 10 | ||
Yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarning avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanish huquqi uchun yigʻim | 10 | ||
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli oʻlchov nazorat shoxobchalari qayd etgan tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish uchun undiriladigan jarimalar | 15 | ||
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli koʻchma oʻlchov nazorat shoxobchalarida oʻrnatilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali aniqlangan shoxobchaga kirish joyida toʻla vazni 12 tonnadan yuqori boʻlgan N3 va O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarini yoʻnaltiruvchi yoʻl belgilariga rioya qilmagan holda shoxobcha orqali harakatlanmagan yuk avtotransport vositalari uchun qoʻllangan jarima | 50 | ||
27. | Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi) | Respublikaning tabiiy baliqchilik xoʻjaliklari suv havzalari ijaraga berilganidan tushgan mablagʻlar | 20 |
28. | Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi | Statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq solinadigan jarimalar | 100 |
29. | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi | Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarni yigʻishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilgani uchun toʻlov | 8 |
30.
| Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi
| Quyidagilardan: | 70 |
import va tranzit karantin ruxsatnomalari, transport birligini ochish va karantin koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtirilishidan olinadigan toʻlovlar | |||
laboratoriya tahlillari xizmati uchun olinadigan toʻlovlar | 100 | ||
zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlarini oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan toʻlovlar | 100 | ||
kimyoviy va biologik himoya vositalarining biologik samaradorligi boʻyicha oʻtkaziladigan sinovlar uchun olinadigan toʻlovlar | 70 | ||
xalqaro, ichki va reeksport fitosanitariya sertifikatlari rasmiylashtirilishidan olinadigan toʻlovlar | 100 | ||
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tushgan tushumlar | 100 | ||
31. | Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi | Turistik yigʻim (mehmonxona yigʻimi) va oʻz vaqtida toʻlanmagani uchun penya | 100 |
32. | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi | Yerdan xoʻjasizlarcha foydalanilgani yoxud u ishdan chiqarilgani, xoʻjalik ichki yer tuzish loyihalaridan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqilgani, davlat yer kadastrini yuritish qoidalari buzilgani, chegaralovchi va cheklovchi belgilar yoʻq qilingani yoki shikastlangani uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq solinadigan jarimalar | 100 |
33. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining rivojlantirish jamgʻarmasi | Ijro ishi yurituvi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilgan mablagʻlardan tushadigan tushumlar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga undirilgan soliq qarzdorligi bundan mustasno | 5 |
Vakolatli organlar tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablagʻlar | 8 | ||
Byuro organlari tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablagʻlar | 8 | ||
Davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yigʻimi | 100 | ||
Byuro xodimlari tomonidan qoʻllanadigan va undiriladigan jarimalar | 80 | ||
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar | 100 | ||
Byuro boʻlinmalari, shuningdek, prokuratura organlarining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablagʻlar | 50 | ||
Qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar | 100 | ||
34. | Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi | Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish, kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishdan tushgan mablagʻlar | 60 |
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik, kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, shuningdek, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzganlik, kema boshqaruvchilarining kemalar va kichik hajmli kemalarni mast holda boshqargani uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar | 60 | ||
35. | Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Davlat qurilish nazorati amalga oshirilishi shart boʻlgan barcha obyektlar boʻyicha qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,2 foiziga teng yagona miqdordagi (qoʻshilgan qiymat soligʻisiz) ajratmalar | 5 |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun aybdor shaxslardan undiriladigan jarimalar | 20 | ||
36. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi budjetdan tashqari jamgʻarmasi | Davlat qurilish nazorati amalga oshirilishi shart boʻlgan barcha obyektlar boʻyicha qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,2 foiziga teng yagona miqdordagi (qoʻshilgan qiymat soligʻisiz) ajratmalar | 10 |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun aybdor shaxslardan undiriladigan jarimalar | 60 | ||
37. | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi | Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar | 10 |
38. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining rivojlantirish jamgʻarmasi | Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi daromadlari | 20 |
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun Inspeksiya vakolatlari doirasida qoʻllangan jarima sanksiyalari summasi | 40 | ||
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar | 50 | ||
Traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, oʻziyurar mashinalar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish, davlat raqam belgilari, texnik pasportlar va guvohnomalar berish uchun yigʻimlar | 70 | ||
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida oʻtkaziladigan tekshiruvlar (taftishlar) natijalari boʻyicha aniqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadiga undirilgan davlat organlari va tashkilotlari, budjet mablagʻlarini oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy xarajatlarning, talon-taroj, rastratalar, kamomadlar summasidan ajratmalar | 10 | ||
39. | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Madaniy meros jamgʻarmasi | Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilgani uchun undirilgan jarimalar, yetkazilgan zarar, kompensatsiya va ularga hisoblangan penyalar | 100 |
40. | Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi | Oz miqdorda talon-toroj qilish uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar | 25 |
Oʻta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar | 25 | ||
Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklardan tashqari) uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar | 25 | ||
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) tomonidan undiriladigan jarimalar | 30 | ||
41. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil | Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning devoni xodimlari tomonidan qoʻllangan jarimalar hamda ular tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar asosida sudlar tomonidan qoʻllangan jarimalar | 100 |
42. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi | Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qarorlariga asosan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari bilan birga) natijalari boʻyicha Davlat moliyaviy nazorati inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari tomonidan budjet, davlat maqsadli va boshqa jamgʻarmalari daromadiga undirilgan rastratalar, talon-toroj, kamomad, penya va jarimalar hamda noqonuniy xarajatlar | 8 |
Oʻtkazilgan nazorat tadbirida tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun hisoblanib, undirilgan jarima (penya) | 10 | ||
Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan aniqlangan haqiqatda bajarilmagan va hisobotga qoʻshib yozilgan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha aniqlangan va sud qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadiga undirilgan summalari | 10 | ||
Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalarining xodimlari tomonidan budjet va smeta-shtat intizomini buzish boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida tuzilgan bayonnomalarga asosan undirilgan jarima | 40 | ||
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarimalar | 100 | ||
43. | Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi | Nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha Hisob palatasi tomonidan budjet tizimi budjetlari, belgilangan tartibda tashkil etilgan jamgʻarmalar va davlat ulushiga ega muassasalar va tashkilotlar daromadiga undirilgan rastratalar, talon-toroj, kamomad, davlat bojlari, yigʻimlar, penya va jarimalar, soliq boʻlmagan tushumlar (sof foydadan ajratma va dividenddan tashqari), moliyaviy sanksiyalar, ortiqcha hamda noqonuniy xarajatlar summalari | 8 |
Nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha Hisob palatasi tomonidan aniqlanib, ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan undirilgan rastratalar, talon-toroj, kamomad, davlat bojlari, yigʻimlar, penya va jarimalar, soliq boʻlmagan tushumlar (sof foydadan ajratma va dividenddan tashqari), moliyaviy sanksiyalar, ortiqcha hamda noqonuniy xarajatlar summalari (qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar bundan mustasno) | |||
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarimalar | 100 | ||
44. | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi | Sanitariya-epidemiologiya qonunchiligini buzganlik uchun qoʻllangan jarimalar va jarimalarni toʻlash kechiktirilgani uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablagʻlar | 50 |
Nazorat tadbirlari boshqa davlat organlari bilan birgalikda amalga oshirilganda, jarima hamda jarimalarni toʻlash kechiktirilgani uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablagʻlar | 25 | ||
45. | Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasi | Yer qaʼri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha aniqlangan zarar summasi foizi miqdoridagi ajratmalar | 40 |
Yer qaʼri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha aniqlangan zarar summasi foizi miqdoridagi ajratmalar | 10 | ||
46. | Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi | Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan vakolat doirasida qoʻllanadigan jarimalardan tushadigan mablagʻlar | 70 |
47. | Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining kirgani va tranzit oʻtishi uchun yigʻim | 25 |
Ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻylab yurishi uchun toʻlov (qatnov yoʻlini kelishib olish va yurishga ruxsatnomani rasmiylashtirish, transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan umumiy vazndan oshib ketgani, gʻildirak oʻqi haqiqiy yuklamalarining yoʻl qoʻyiladigan yoʻl konstruksiyalaridan oshib ketgani hamda transport vositasi hajmlarining oshib ketgani uchun toʻlov) | 100 | ||
Tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish uchun undiriladigan jarimalar | 80 | ||
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qurish uchun elektron onlayn auksionlar yakunlari boʻyicha huquq taqdim etishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek, tashqi reklamaning oʻrnatilgan obyektlari (konstruksiyalari) uchun oylik toʻlovlar | 60 | ||
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun yigʻimlar | 60 | ||
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun undirilgan jarima: | |||
tizim joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab ikki yil davomida; | 10 | ||
tizim joriy etilib, ishga tushirilganidan ikki yil oʻtgan kundan boshlab | 10 | ||
Yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun jarimalar (maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun jarimadan tashqari) | 5 | ||
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun jarima (tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda tegishli ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun hamda bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima bundan mustasno) | 5 | ||
Yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanish huquqi uchun yigʻim | 90 | ||
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli oʻlchov nazorat shoxobchalari qayd etgan tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish uchun undiriladigan jarimalar: | |||
tizim joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab bir yil davomida; | 35 | ||
tizim joriy etilib, ishga tushirilganidan bir yil oʻtgan kundan boshlab | 45 | ||
48. | Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining budjetdan tashqari Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamgʻarmasi | Yer qaʼri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha aniqlangan zarar summasi foizi miqdoridagi ajratmalar | 10 |
49. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi | davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisobidan neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalarining sof foydasidan oʻtkazmalar | 5 |
energiyani meʼyordan ortiqcha isteʼmol qilganlik uchun korxonalarga qoʻllanadigan oshirilgan tariflardan tushumlar | 100 | ||
Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi operatori — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning platformada xizmatlarni koʻrsatish uchun olinadigan komissiya | 40 | ||
50. | Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali operatori — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning davlat xaridlari tizimidagi xizmatlarni koʻrsatish uchun olinadigan komissiya yigʻimlaridan tushgan mablagʻ | 20 |
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga vositachilik yigʻimi | 0,01 | ||
51. | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi | Tibbiy faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik yoki litsenziyani qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun undiriladigan maʼmuriy jarimalar | 30 |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi” davlat muassasasi | 50 |
3-ILOVA