O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish hamda budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini va qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotishdan tushadigan pul mablag‘larini taqsimlash mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqadimma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 31-dekabr,
343-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi budjet tashkilotlarining uchinchi shaxslarning budjet tashkilotlaridan qarzlarini qaytarish hisobiga undirilgan asosiy vositalariga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlariga tatbiq etilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini va qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotishdan tushgan mablag‘lar yoki ularning bir qismi boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan taqdirda ushbu Nizom ularning qolgan qismiga nisbatan tatbiq etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish quyidagi shartlardan biri qoniqtirilgan taqdirda amalga oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq sotiladiganlari bundan mustasno):
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
belgilangan xizmat qilish muddatining tamom bo‘lishi (to‘liq eskirish hisobga o‘tkazilishi);
ularning jismoniy eskirishi, avariyalar, tabiiy ofatlar, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi oqibatida yaroqsiz holga kelishi;
ma’naviy eskirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlarining qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiya qilinishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shab qolishi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
II. Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini va qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish hamda ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash
Oldingi tahrirga qarang.
5. Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining qolgan asosiy vositalari budjet tashkilotlari tomonidan yuqori tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot bo‘lmagan taqdirda — qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda sotiladi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari), avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarda sotilishi kerak.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumfuqaro foydalanishda bo‘lgan va bo‘shayotgan avtomototransport vositalari qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin, istisno tariqasida, ushbu Nizomning 8-bandi talablarini hisobga olgan holda, Mudofaa vazirligi tomonidan tashkillashtiriladigan yopiq auksion savdolari orqali sotiladi. Bunda uch oy muddat davomida avtomototransport vositalari yopiq auksionda sotilmagan yoki yopiq auksionda qatnashish bo‘yicha arizalar kelib tushmagan taqdirda, mazkur avtomototransport vositalari umumiy tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasining ommaviy savdolariga chiqariladi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuqori tashkilotning (mavjud bo‘lganda) talabiga ko‘ra yoki budjet tashkilotlarining o‘z tashabbusi bilan asosiy vositalar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarda sotilishi mumkin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
6. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi budjet tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan obyektlari quyidagi tartibda sotiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
binolar va inshootlar (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/273/0552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qolgan asosiy vositalar — O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalari tomonidan yuqori tashkilot bilan (mavjud bo‘lganda) kelishgan holda vakolatxona joylashgan mamlakatning qonunchilikka muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali mustaqil ravishda sotiladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27 bobi (“Shartnoma tuzish”).
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ushbu Nizomning 5-bandi birinchi xatboshida nazarda tutilgan binolar va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasining hisobraqamlarida jamlanadi va ular, sotib olish manbalaridan qat’i nazar, Agentlik tomonidan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar budjet tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar “E-auksion” elektron savdo platformasi tomonidan avtomatik tarzda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
(8-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
50 foizi — tegishli budjet daromadiga o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
50 foizi — budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga yo‘naltiriladi.
(8-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotilgan taqdirda ularni baholash va sotish xarajatlari budjet tashkilotlari tomonidan to‘lanadi.
(8-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan umumfuqaro foydalanishidagi bo‘shayotgan mol-mulklar, shuningdek, avtomobil va maxsus texnikalarni sotishdan olingan pul mablag‘lari to‘liq miqdorda Mudofaa vazirligining ixtiyorida qoladi va maqsadli ravishda Mudofaa vazirligi bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 462-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2020-y., 09/20/462/1139-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Budjet tashkilotlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (shu jumladan avtomototransport vositalarini sotib olishga), shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga yo‘naltiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
10. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi budjet tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotishdan tushgan mablag‘lar:
binolar va inshootlar bo‘yicha (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi) — ularni sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida belgilangan tartibda;
qolgan asosiy vositalar bo‘yicha — xarajatlar smetasida nazarda tutilgan asosiy vositalarni sotib olishga, faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Asosiy vositalarni balansda saqlovchi ishtirokida Agentlik bilan xaridor o‘rtasida tuzilgan asosiy vositalarning oldi-sotdi shartnomasi va asosiy vositalarning chiqib ketganligini tasdiqlaydigan hujjat ushbu Nizomning 5-bandi birinchi xatboshida nazarda tutilgan budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini balansdan hisobdan chiqarish uchun asos hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
IV. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
18. Asosiy vositalar sotilishi munosabati bilan ularni balansdan chiqarish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish budjet tashkilotlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Budjet tashkilotlarining rahbarlari taqdim etilayotgan axborotning ishonchliligi va ushbu Nizomga muvofiq o‘zlarining tegishli hisob raqamlariga tushayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6 oktyabdagi 279-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari to‘g‘risidagi Nizomning 17-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Bunda bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) sotish Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar, ularni sotib olish manbalaridan qat’i nazar, davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar tarzida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan taqsimlanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-maydagi 135-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 269-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat avtomototransport vositalarini sotish tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 28-sentabrdagi 489-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat avtomototransport vositalarini jismoniy va davlat tasarrufida bo‘lmagan yuridik shaxslarga sotish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 18-avgustdagi 325-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 8-son, 29-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat avtomototransport vositalarini sotish tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 28-sentabrdagi 489-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1996-yil 19-sentabrdagi 326-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 9-son, 26-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 578-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2014-y., 41-son, 506-modda; 2015-y., 21-son, 269-modda, 26-son, 340-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 08.05.2020-y., 09/20/273/0552-son, 05.08.2020-y., 09/20/462/1139-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/519/0795-son, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)