1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Jahon savdo tashkilotining Savdo tartibotlarini soddalashtirish bitimi talablari asosida bojxona auditi yoʻnalishini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: soliq va bank qonunchiligi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarida xodimlar malakasini oshirish; avtomototransport vositalarining “VIN (Vehicle identification number)” kodlarini bojxona rasmiylashtiruvidan keyin transport vositalariga kiritilgan oʻzgartirishlarni tegishli vazirliklar axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda aniqlash yuzasidan modulni joriy etish; tizimda bojxona toʻlovlaridan mavjud qarzdorliklar hisobini yuritish faoliyatini muvofiqlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
2. | “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti negizida elektron savdo maydonchalari orqali xarid qilinayotgan tovarlarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazishga moʻljallangan “Elektron tijorat” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postini tashkil etish. Bunda: markazlashtirilgan xalqaro logistika xabi imkoniyatlariga ega infratuzilmani yaratish; xalqaro kuryerlik joʻnatmalarining vaznini oʻlchash, skanerlash, saralash va qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshirish imkoniyatini yaratuvchi konveyer lentalar va boshqa texnologiyalar bilan jihozlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
3. | Bojxona organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqish. Bunda: tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etiladigan holatlar; tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatidan foydalanishining eng kam va eng koʻp miqdorlari belgilanishini inobatga olish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2026-yil fevral | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) |
Bojxona organlari tomonidan koʻrsatiladigan barcha pulli xizmatlar roʻyxati va tariflarini yagona hujjatda belgilash. Bunda amalda joriy etilgan pulli xizmatlar bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, logistika, sugʻurta kompaniyalari va bojxona terminallariga, shuningdek, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida Bojxona qoʻmitasi axborot tizimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish orqali maʼlumotlarni olish hamda raqamlashtirish yoʻnalishida pulli xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil avgust | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) | |
5. | Bojxona toʻlovlarini hisoblash va ularning undirilishini nazorat qilish hamda monitoring qilishning yagona tizimini yaratish orqali Bojxona qoʻmitasining Bojxona toʻlovlari tarkibiy tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish. Bunda: tadbirkorlik subyektlari tomonidan bojxona va boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun yagona gʻazna hisobvaragʻini yaratish; bojxona imtiyozlari, bojxona toʻlovlari taʼminoti usullari, bojxona yigʻimlari yoʻnalishlarini markazlashtirilgan holda muvofiqlashtirish; hududiy boshqarmalarning bojxona toʻlovlari yoʻnalishidagi funksiyalarini qayta koʻrib chiqish va ularni markazlashtirish hisobiga bojxona toʻlovlari tuzilmalari shtat birliklarini optimallashtirish; bojxona toʻlovlari, shu jumladan, pul mablagʻlari aylanmasi va imtiyozlar axborot tizimini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
6. | Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi boʻyicha bojxona postlarini optimallashtirish jihatdan qayta koʻrib chiqish; masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari faoliyatini tahlil qilish orqali ularni markazlashtirish masalasini koʻrib chiqish; hududlarda tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarini birlashtirish va zarur holda ularning punktlarini tashkil etish; | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyun | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
bojxona organlari shtat birliklarini optimallashtirish orqali xalqaro maqomdagi davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida qonunchilik hujjatlari talablari asosida 3-4 smenali ish tartibini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) | |
7. | Xalqaro valyuta jamgʻarmasidan texnik koʻmak jalb qilgan holda bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish. | Tahliliy maʼlumotnoma | 2025-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
II. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatlari samaradorligini oshirish | ||||
8. | Bojxona organlarining surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatlarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga Prezident qarori loyihasini kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2026-yil sentabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. | Davlat bojxona xizmati organlariga oz miqdordagi kontrabanda ashyolarini hamda koʻp miqdordagi tovarlarni olib oʻtish bilan bogʻliq jinoyatlar boʻyicha surishtiruv oʻtkazish vakolatini berish. | Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi | 2025-yil noyabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
10. | Bojxona bojini toʻlashdan boʻyin tovlash qilmishlarini soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash jinoyatlari doirasiga kiritish. Bunda bojxona bojini toʻlashdan boʻyin tovlash holatlari boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt huquqbuzarlik sodir etilganligi va yetkazilgan zarar hajmi toʻgʻrisida bojxona organining xabarini olgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida davlatga yetkazilgan zarar qoplanmagan taqdirda, jinoyat ishi qoʻzgʻatilishini belgilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi | 2025-yil noyabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
III. 2025-2026-yillarda Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida davlat nazoratini yanada samarali tashkil etish | ||||
11. | Bojxona postlarida fitosanitariya va veterinariya nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan jihoz va texnik vositalar bilan taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Veterinariya qoʻmitasi (B. Norqobilov), Karantin agentligi (I. Ergashev) |
12. | Oʻtkazish punktlarida veterinariya va fitosanitariya nazorati qoidalariga rioya etish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish. Bunda: videoroliklar tayyorlash va chegara oʻtkazish punktlarida doimiy namoyish etish; chet davlatlarning veterinariya va fitosanitar qoidalarini aks ettiruvchi flayerlar tayyorlash hamda oʻtkazish punktlarini taʼminlash; ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarga veterinariya va fitosanitariya qoidalarini yetkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Veterinariya qoʻmitasi (B. Norqobilov), Karantin agentligi (I. Ergashev), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
13. | Sugʻurta tashkilotlari bilan bojxona organlari axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilgan holda chegara orqali harakatlanayotgan avtotransport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish mexanizmini yoʻlga qoʻyish. Bunda: bojxona postiga kirib kelgan avtotransport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisida sugʻurta polisini rasmiylashtirishni bojxona organlari axborot tizimlari orqali amalga oshirish; Bojxona qoʻmitasining tegishli dasturlarini Istiqbolli loyihalar milliy agentligining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish; chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishni fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisida sugʻurta polisi mavjud boʻlganda amalga oshirish; sugʻurta tashkilotlarini bojxona organlari tomonidan belgilangan mezonlar (xalqaro reytingda yuqori oʻrinlarga ega boʻlishi, moliyaviy barqarorligi, qarzdorlikning mavjud emasligi, sugʻurta bozoridagi tajribasi, toʻlov qobiliyatini depozit mablagʻlar hisobidan kafolatlashi va boshqa) asosida tanlab olish; sugʻurta tashkilotlarini bojxona organlari axborot tizimiga integratsiya qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyul | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (D. Li), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
14. | Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasining yangi shaklini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil may | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
15. | Mamlakatimizga kirib kelayotgan fuqarolarni “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi asosida tahlil qilish orqali ularni tezkor bojxona nazoratidan oʻtkazish tizimini takomillashtirish. Bunda davlat chegarasini kesib oʻtayotgan fuqarolarning biometrik maʼlumotlarini va suratlarini onlayn rejimida almashish boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari axborot tizimini Bojxona qoʻmitasi axborot tizimiga integratsiya qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (S. Xusanov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
16. | Aviakompaniyalar tomonidan havo transportida tashilayotgan yuklar boʻyicha maʼlumotlarni oldindan bojxona organlariga taqdim etish tizimini takomillashtirish. Bunda aviakompaniyalar tomonidan yuklar boʻyicha maʼlumotlarni bojxona organlariga “yagona darcha” tamoyili asosida taqdim etish hamda maʼlumotlarni taqdim etmagan aviakompaniyalarga jarima qoʻllash mexanizmini yoʻlga qoʻyish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil noyabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Uzbekistan Airways” AJ (Sh. Xudaykulov), “Uzbekistan Airports” AJ (J. Umarxodjayev) |
17. | Chegara oʻtkazish punktlari orqali harakatlanayotgan fuqarolarning boshqaruvidagi avtotransport vositasiga egalik qilishi yoki undan foydalanish yoxud uni tasarruf etish huquqini beruvchi hujjatning mavjudligi haqida maʼlumotlarni tasdiqlash uchun idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil mart | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) |
18. | Respublika hududidan belgilangan muddatda olib chiqilmagan xorijiy transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. Bunda xorijiy transport vositalarini Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazishga va ularni qayta jihozlashga asos boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil avgust | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) |
19. | Chegarada barcha tashuvchilar tomonidan xalqaro yuk tashish shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini taʼminlash maqsadida real vaqt rejimida Bojxona qoʻmitasi bilan Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun beriladigan maxsus ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
IV. Kadrlarni tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qoʻyishning ilgʻor mexanizmlarini joriy etish, ularning malakasi, maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini oshirish, ijtimoiy himoyasini yaxshilash hamda sohada korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish | ||||
20. | Xodimlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, oʻz xizmat burchini ado etishdagi xizmatlari uchun ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida bojxona organlarida eng yaxshi xodimlar nominatsiyalarini aniqlash hamda 26-yanvar — Bojxona organlari xodimlari kunini nishonlash chogʻida ularni eʼlon qilish va ragʻbatlantirish tizimini joriy etish. Jumladan: “Eng yaxshi hududiy bojxona organi boshligʻi”; “Eng yaxshi tezkor xodim”; “Eng yaxshi surishtiruvchi xodim”; “Eng yaxshi chegara bojxona posti xodimi”; “Eng yaxshi xavfni boshqaruvchi xodim”; “Eng yaxshi tashabbuskor xodim”; “Eng yaxshi tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimi”; “Eng yaxshi masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona posti xodimi”; “Eng yaxshi kinolog” va boshqa nominatsiyalar boʻyicha respublika tanlovini tashkil etish. Bunda yuqori oʻrinlarni egallagan ishtirokchi sovrindorlarni bojxona organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda bir martalik ragʻbatlantirish tartibini joriy etish. Nominatsiyalar turlari, oʻtkazish shartlari va ragʻbatlantirish tartibini belgilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
21. | Bojxona qoʻmitasining idoraviy mukofotlarini tayyorlash va ular bilan taqdirlash tartibini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
22. | Axborot texnologiyalari sohasida xizmat qilayotgan xodimlarning dasturlash, server va telekommunikatsiya qurilmalarini maʼmuriy boshqarish hamda sunʼiy intellekt yoʻnalishlarida bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida xalqaro darajadagi oʻquv kurslarini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
23. | Bojxona organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni amalga oshirishda dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish, funksional kengaytirish, texnik kuzatuvni amalga oshirish hamda xarid qilingan GPS plombalar, inspeksion koʻrik majmualar, rentgen qurilmalar va boshqa bojxona nazoratining texnik vositalarini doimiy soz holda ishlashini taʼminlash boʻyicha Bojxona qoʻmitasi va “Bojxona-servis” davlat muassasasiga xususiy sektorni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish yoʻli bilan jalb qilishga ruxsat berish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
24. | Bojxona organlarida korrupsion omillarni aniqlash va ular sodir etilishining oʻz vaqtida oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tegishli vazirlik idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlar bazasidan toʻlaqonli foydalanish imkoniyatini yaratish, shu jumladan, ularning axborot tizimlarini “Korrupsion xavflarni boshqarish” dasturiga integratsiya qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyul | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
25. | Yangi Toshkent shahri hududida davlat xizmatchilari uchun uy-joylar qurilishida Bojxona qoʻmitasining buyurtmasi asosida bojxona xodimlari uchun imtiyozli narx va shartlarda tayyor taʼmirlangan xonadonlar ajratish. Bunda xodimlar tomonidan xonadonlarni xarid qilish uchun boshlangʻich toʻlovlar Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasidan ajratilgan foizsiz ssuda va subsidiya hisobidan, qolgan qismi banklar tomonidan imtiyozli ipoteka kreditlari orqali moliyalashtirish amaliyotini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025 — 2028-yillar | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (D. Adilov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) Markaziy bank (T. Ishmetov) Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
V. Bojxona organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda bojxona operatsiyalarini yanada soddalashtirish orqali bojxona organlari faoliyati shaffofligi hamda samaradorligini taʼminlash | ||||
26. | Bojxona organlarida tashkil etilgan ekspertizalar samaradorligini yanada oshirish hamda yangi ekspertiza turlarini joriy qilish maqsadida Markaziy bojxona laboratoriyasining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi laboratoriya qurilmalarini xarid qilish: ICP-MS (induktiv bogʻlangan plazmali mass-spektrometr) qurilmasi; GC-MS/MS (tanlash detektorining uch kvadrupol massali gazli xromatograf) qurilmasi; FTIR (Furyesi oʻzgaruvchan infraqizil spektometr) qurilmasi; IRMS (izotop jihatlarini aniqlashning mass-spektometri) qurilmasi; UNPLC (yuqori samarali suyuqlik xromatografi) qurilmasi. | Texnik topshiriqlarni tasdiqlash va “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasiga taqdim etish | 2026-yil may | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi (X. Yusupov) |
27. | Vaqtincha olib kirishda bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etiladigan ayrim tovarlar roʻyxati, imtiyoz berish muddatlari va shartlarini qaytadan koʻrib chiqib, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2025-yil iyun | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
28. | Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda: joʻnatmalarni qabul qiluvchi fuqarolar tomonidan elektron tizim yordamida tasdiqlash mexanizmini yaratish; joʻnatmalarni xavf darajasidan kelib chiqib bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibini belgilash; mahalliy tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali qonunchilikda belgilangan meʼyorlar doirasida eksportga rasmiylashtirish tartibini belgilashni nazarda tutish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2025-yil iyun | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
29. | “Gʻishtkoʻprik”, “Zangiota” va “Dovut ota” chegara oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yoʻlakli xavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan davlat nazorat tartibotini yoʻlga qoʻyish. Bunda: chegara oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalariga alohida yoʻlaklarni tashkil etish orqali sinovdan oʻtkazish va natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish; 2026-yil 1-sentabrdan boshlab mazkur amaliyotni bosqichma-bosqich inspeksion koʻrik majmuasi mavjud barcha avtomobil chegara oʻtkazish punktlarida joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (S. Xusanov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
VI. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning bojxona xizmatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish | ||||
30. | Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi va Qozogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qoʻmitasi oʻrtasida bojxona laboratoriyasi faoliyati sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim loyihasini ishlab chiqish va imzolash choralarini koʻrish. | Bitim loyihasi | 2025-yil davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
31. | Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi bilan Ozarbayjon Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi oʻrtasida vakolatli iqtisodiy operator institutlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitim loyihasini ishlab chiqish va imzolash. | Bitim loyihasi | 2025-yil davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
32. | Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston va Qozogʻiston bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish toʻgʻrisidagi bitim loyihasini ishlab chiqish va kelgusi tadbirlar doirasida imzolash choralarini koʻrish. | Bitim loyihasi | 2025-yil davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
Bunda Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi elchixonasida bojxona masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimini joriy etish chorasini koʻrish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil noyabr | ||
33. | Bojxona qoʻmitasi rahbariyatining Vengriya, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlarga ilgʻor tajribalarni oʻrganish uchun ikki tomonlama tashriflarini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
34. | Kinologiya sohasida xorijiy hamkorlikni rivojlantirish. Bunda Milliy kinologiya markazida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlarning bojxona xizmati kinolog xodimlariga (xizmat iti bilan birga) tabiiy giyohvandlik vositalaridan foydalangan holda “Havo oʻtkazish punktlarida (avia chegara bojxona postlarida) yoʻlovchilar yuklari ichida giyohvandlik vositalarini qidirib topish yoʻnalishida xizmat itlarini tayyorlash va qoʻllashning oʻziga xosligi” mavzusida xalqaro seminarlar tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
35. | Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma bojxona kengashining navbatdagi yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
36. | Xalqaro hamkorlik sohasida amalga oshirilgan ishlar, tuzilgan bitim va kelishuvlar, hamkor davlatlar va tashkilotlar bilan aloqalar hisobini yuritish bilan bogʻliq faoliyatni raqamlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
37. | Bojxona organlarining xalqaro hamkorlik faoliyatini mustahkamlashda fidoyilik va qatʼiyat koʻrsatgan hamda xorijiy davlat bojxona xizmatlari bilan hamkorlikni faollashtirishga hissa qoʻshgan bojxona organlari xodimlari va faxriylari, shuningdek, boshqa davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy bojxona idoralari vakillarini taqdirlash maqsadida “Xalqaro hamkorlik uchun” esdalik nishonini taʼsis etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil avgust | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya |
VII. Bojxona organlari infratuzilma obyektlarining institutsional asoslarini rivojlantirish | ||||
38. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Veterinariya qoʻmitasi (B. Norqobilov) | |
40. | Toshkent viloyatining “Oybek” chegara bojxona postida chegara orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish. Bunda: bojxona postini kengaytirish uchun yondosh hududdagi yer maydonini qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlardan ozod qilgan holda viloyat bojxona boshqarmasiga ajratish yuzasidan Hukumat komissiyasi bilan hamkorlikda tegishli tadbirlarni tashkillashtirish; | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyul | Toshkent viloyati hokimligi (T. Mirzayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov) Kadastr agentligi (F. Pulatov) |
ajratilgan yer maydonida Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida bojxona postini zamonaviy koʻrinishda yangidan qurish. | 2025 — 2029-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Toshkent viloyati hokimligi (T. Mirzayev), manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
41. | Chegara bojxona postlarining bino va inshootlari hamda yoʻl qoplamalarini doimiy talab darajasida saqlash yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazib, Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tegishli qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
42. | “Dovut-ota” chegara bojxona postiga yondosh hududda qurilgan bojxona terminali hududida ajratilgan yer maydonida tovarlarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish uchun fitosanitariya laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Karantin agentligi (I. Ergashev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
43. | Fargʻona viloyati Soʻx tumanida bojxona xodimlari uchun Qoʻmitaning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yotoqxona binosini qurish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov) |
44. | Xorazm viloyatida bojxona xodimlari uchun Qoʻmitaning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xizmat uyini qurish ishlarini yakunlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
45. | Xorazm viloyatining “Shovot” chegara bojxona postida Qoʻmitaning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan fuqarolarni kirish chiqish zallarini kengaytirish va hududini obodonlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
46. | Surxondaryo viloyatining “Gulbahor” chegara bojxona postida grant mablagʻlari hisobidan avtokoʻrik bostirmasini qurish va hududini obodonlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Raqamli iqtisodiyot doirasida zamonaviy va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bojxona sohasiga joriy etish orqali bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish | ||||
1. | Xalqaro yoʻnalishda harakatlanuvchi avtobuslar va ulardagi yoʻlovchilarni soddalashtirilgan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazish maqsadida yoʻlovchilar va ularning yuklari boʻyicha oldindan maʼlumot olish uchun Transport vazirligining “Smart Bus Station” tizimi bilan integratsiya qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
2. | Avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyatini litsenziyalash talablariga chegara qoʻshinlari va bojxona organlariga xalqaro qatnov yoʻllarida harakatlanuvchi yoʻlovchilar hamda ularning yuklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Smart Bus Station” tizimi orqali taqdim etish talabini kiritish. Tashuvni amalga oshirayotgan litsenziatlarga xalqaro yoʻnalishda harakatlanuvchi avtobuslar, yoʻlovchilar va ularning yuklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Smart Bus Station” tizimiga toʻliq kiritish tartibini belgilash. Bunda alohida ruxsatnoma asosida yoʻlovchilar tashuvi amalga oshirilayotgan holatlarni ham inobatga olish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil oktabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
3. | Temir yoʻl transporti tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash orqali bojxona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat ichidagi harakatlari haqidagi maʼlumotlarni begʻaraz tarzda bojxona organlariga real vaqt rejimida taqdim etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyul | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
4. | Tovarlar rasmiylashtiruvini soddalashtirish orqali tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulayliklar yaratish maqsadida vazirlik va davlat idoralari, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, logistika, sugʻurta kompaniyalari va bojxona terminallariga, shuningdek, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga Bojxona qoʻmitasi axborot tizimlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilgan holda maʼlumotlar almashishni yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. | Tashqi iqtisodiy faoliyatni (keyingi oʻrinlarda — TIF) amalga oshirishda barcha ishtirokchilar uchun qulay boʻlgan tartibotlarni, shu jumladan, logistika xizmatlarini oʻz ichiga olgan “GATE” (Global Access for Trade and Exchange) axborot platformasini IT park rezidentlari bilan hamkorlikda ishlab chiqish. Bunda TIF ishtirokchilari uchun “shaxsiy kabinet” yaratish orqali quyidagi imkoniyatlarni yaratishni nazarda tutish: tashqi savdo shartnomalarini shakllantirish va roʻyxatga olish; bojxona deklaratsiyalarini toʻldirish va rasmiylashtirish; toʻlovlarni, shu jumladan, koʻrsatilgan xizmatlar uchun yigʻimlarni toʻlash; sertifikat, xulosa va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun yagona ariza shaklini yaratish hamda raqamli shaklda rasmiylashtirish; dastlabki qarorlar uchun ariza berish va rasmiylashtirish; xalqaro tashuvchilar tomonidan bosqichma-bosqich transport logistika xizmatlarini koʻrsatish; sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish; bojxona ekspertizasi xulosalarini olish; bojxona va yuk operatsiyalarini amalga oshirish; bojxona xizmatlarini koʻrsatish; bojxona qonunbuzarliklari toʻgʻrisida axborot olish; intellektual mulk obyektlari reyestriga tovarlarni kiritish; TIF qatnashchilari oʻz faoliyatiga taalluqli hisobot shakllarini olish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
6. | Fitosanitariya va veterinariya sohasidagi mavjud xavf-xatarlarni tahlil qilib, xalqaro standartlar talablariga muvofiq xavflarni boshqarishga asoslangan tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmini joriy etish. Fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining xavfni boshqarish tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Veterinariya qoʻmitasi (B. Norqobilov), Karantin agentligi (I. Ergashev), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
7. | Bojxona qoʻmitasida mavjud maʼlumotlar markazini takomillashtirish uchun uni zarur boʻlgan IBM FlashSystem 5300 NVMe rusumli maʼlumotlar saqlash tizimi bilan jihozlash hamda mavjud qurilmalarning kafolat muddatlarini 5 yilga uzaytirish boʻyicha zarur boʻlgan apparat-dasturiy vositalar bilan taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), “Oʻztextreyd” DUK (X. Yusupov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov) |
8. | Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan kelishgan holda bojxona organlarining zaxira maʼlumotlar markazini yaratish uchun zarur boʻlgan server, telekommunikatsiya va kiberxavfsizlikni taʼminlash qurilmalari bilan jihozlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), “Oʻztextreyd” DUK (X. Yusupov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov) |
9. | Tovarlar yetkazib beruvchilarni identifikatsiya qilish, ular oʻrtasidagi munosabatlarni nazorat qilish, halol TIF ishtirokchilari uchun qoʻshimcha yengilliklar yaratish va moliyaviy operatsiyalarda shaffoflikni taʼminlash maqsadida xalqaro standartlarga muvofiq yetkazib beruvchilarni aniqlash “LEI” (Legal entity identifier, ISO 17442), “GLN” (Global Location Number, ISO 6523) va boshqa shu kabi identifikatsiya mexanizmlarini joriy etish: 2026-yil 1-apreldan tashqi savdo shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va bojxona yuk deklaratsiyasini ixtiyoriy toʻldirish; 2027-yil 1-yanvardan esa barcha tashqi savdo operatsiyalari va bojxona operatsiyalari uchun majburiyligini belgilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil mart | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
Diplomatik kanallar va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda tashqi savdo ishtirokchilarini joriy etilayotgan yangi identifikatsiya mexanizmi va uning afzalliklari haqida xabardor qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | |||
10. | Mobil ilovani amaliyotga joriy etish | 2025-yil noyabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) | |
11. | Bojxona ombori egalari uchun yuk operatsiyalaridan foydalanish boʻyicha mobil ilova ishlab chiqish. | Mobil ilovani amaliyotga joriy etish | 2026-yil aprel | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
12. | Xalqaro tajribalar asosida bevosita chegara oʻtkazish punktlarida zarur infratuzilmalar tashkil etilgandan soʻng tirbandliklarning oldini olish maqsadida xususiy sektor bilan hamkorlikda “E-navbat” hamda “Fast track” axborot tizimlarini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyun | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
13. | Bojxona toʻlovlarini soddalashtirilgan tartibda hisoblash va notarif choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini beruvchi “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining yangi versiyasini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
14. | Tovarlar bojxona nazorati jarayonlarini soddalashtirish orqali bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini qisqartirish maqsadida “Xavflarni boshqarish” axborot tizimini yanada takomillashtirish. Bunda: boshqa vazirlik va idoralardan olinayotgan maʼlumotlar asosida TIF ishtirokchisi haqidagi maʼlumotlar salmogʻini oshirish orqali tizimning yangi “Toifalash” modulini yaratish; yangi “Toifalash” modulini yaratishga Jahon banki ekspertlarini jalb qilish hamda Jahon bankining metodologiyasi va tavsiyalarini inobatga olish; bojxona qiymati belgilanishini inson omilisiz monitoring qilishga moʻljallangan “Bojxona qiymati” modulini yaratish; tovarlarni tasniflash va tahlil qilish hamda qoʻshimcha toʻlovlarni aniqlash modulini joriy qilish; xavf darajasi past boʻlgan bojxona yuk deklaratsiyalarini inson omilisiz toʻliq avtomatik tarzda rasmiylashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil mart | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
15. | Modulni amaliyotga joriy etish | 2025-yil dekabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) | |
II. Bojxona sohasiga startap loyihalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali bojxona organlari faoliyati samaradorligini taʼminlash | ||||
16. | Jismoniy shaxslar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining bojxonaga oid savollariga javob beruvchi sunʼiy intellektga asoslangan “Bojxona maslahatchisi” chatbotini joriy etish yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
17. | Bojxona organlariga taqdim etilayotgan qogʻoz koʻrinishidagi maʼlumotlarni elektron koʻrinishga oʻtkazish va tahlil qilish imkonini oʻrganish yuzasidan tadqiqot olib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2027-yil may | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK |
18. | Bojxona deklaratsiyasida tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida uning TIF TN kodini aniqlash hamda sunʼiy intellekt yordamida TIF ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan tovarning TIF TN kodiga solishtirib, uning oʻxshashlik darajasini baholashni amalga oshirish yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
19. | Inspeksion koʻrik majmualari orqali oʻtkazilayotgan transport vositalari tasvirini sunʼiy intellekt elementlarini qoʻllash orqali tahlil qilish imkoniyatini yaratish boʻyicha Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan tadqiqot olib borish. Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi va Bojxona qoʻmitasi oʻrtasida IKM tasvirlarni saqlovchi virtual server yaratish; virtual serverga joylashtirilgan IKM tasvirlarini Raqamli texnologiyalar vazirligiga onlayn rejimda uzatilishini yoʻlga qoʻyish; olingan IKM tasvirlarni sunʼiy intellekt elementlarini qoʻllagan holda qayta ishlash orqali tahlil qilish imkoniyatini yaratish yuzasidan tadqiqot olib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
20. | “E-tijorat” dasturida tovar narxini nazorat qilish, xalqaro elektron tijorat platformalaridagi narxlarni oʻzgarish tendensiyasini bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida tovarlarning bojxona qiymati bilan oʻzaro solishtirish imkoniyatini yaratish boʻyicha tadqiqot ishlarini olib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2027-yil iyun | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
21. | Sunʼiy intellekt texnologiyalarini bojxona organlari axborot tizimlarida qoʻllash maqsadida “chatgpt.com” va boshqa sunʼiy intellekt texnologiyalardan foydalanishga ruxsat berish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil avgust | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
22. | Tovar va transport vositalariga tegishli boʻlgan invoys va “CMR” yuk hujjatlarini (“pdf”, “jpg” va boshqa shakllar) sunʼiy intellekt elementlarini qoʻllash orqali tahlil qilish imkoniyatini yaratish boʻyicha Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan tadqiqot olib borish. Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi va Bojxona qoʻmitasi oʻrtasida tovar va transport vositalariga tegishli boʻlgan invoys va “CMR” yuk hujjatlarini (pdf shaklini) saqlovchi virtual server yaratish; virtual serverga joylashtirilgan pdf hujjatlarni Raqamli texnologiyalar vazirligiga onlayn rejimda uzatilishini yoʻlga qoʻyish; “pdf” hujjatlarni sunʼiy intellekt elementlarini qoʻllagan holda qayta ishlash orqali tahlil qilish imkoniyatini yaratish yuzasidan tadqiqot olib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
23. | Chegara postlarida jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan yuklarni skanerdan oʻtkazishda sunʼiy intellekt texnologiyasini qoʻllash boʻyicha tadqiqot ishlarini olib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
24. | Bojxona qiymatini nazorat qilishda tovarlarning transport xarajatlari toʻgʻri koʻrsatilganini monitoring qilish maqsadida sunʼiy intellekt elementlarini qoʻllagan holda “Yandeks maps”, “Google maps” va boshqalarni bojxona organlari axborot tizimlariga integratsiya qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
25. | Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti hamda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona postlarida fuqarolarga oʻtishda qulaylik yaratish maqsadida ularni identifikatsiya qilish borasida sunʼiy intellektga asoslangan “UzFace” tizimini Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda sinovdan oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (O. Mirzayev) |
3-ILOVA
“ | |||||
1. | “Dovut-ota” chegara bojxona posti | Hukumat qarori asosida bojxona postini toʻliq rekonstruksiya va modernizatsiya qilish. Bunda mavjud bino-inshootlarni buzib, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish. | 2022 — 2025-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari* | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
”; |
“ |
| |||||
23. | “Sirdaryo” chegara bojxona posti. | Tirbandliklarning oldini olish maqsadida “Sirdaryo” va “Atameken” (Qozogʻiston) chegara bojxona postlari oraligʻida yangi koʻprik qurish ishlari 2023-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilishini taʼminlash. | 2023-2024-yillar davomida | - | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), viloyatlar hokimliklari | |
“Sirdaryo” chegara bojxona postining “Malik” va “Oq oltin” chegara bojxona punktlarini ichimlik suv bilan taʼminlash. | 2024-yil davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Mahmudaliyev), “Oʻzsuvtaʼminoti” AJ (D. Azimov) | |||
“Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida postni toʻliq rekonstruksiya qilish. Bunda: mavjud bino-inshootlarni buzib, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini tashkillashtirish; | 2025-2026-yillar | Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari * | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi (X. Yusupov), “Oʻzsanoateksport” AJ (B. Namozov) |
| ||
bojxona postini kengaytirish loyihasini amalga oshirish maqsadida Bojxona qoʻmitasining taklifiga asosan qoʻshimcha yer maydoni ajratish. | 2025-yil may | Sirdaryo viloyati hokimligi (E. Turdimov) manfaatdor vazirlik va idoralar |
| |||
”; |
|
“ |
| |||||
25. | “Navoiy” chegara bojxona posti. | Hukumat qarori asosida bojxona postini toʻliq rekonstruksiya va modernizatsiya qilish. Bunda: mavjud bino-inshootlarni buzib, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish; | 2022-2024-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasi maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
oʻtkazish punktini kengaytirish loyihasini amalga oshirish (yer ajratish) maqsadida yondosh hududdagi aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini boshqa joyga koʻchirish masalalarini hal etish. | 2024-yil sentabr | Mahalliy budjet mablagʻlari | Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) |
| ||
26. | “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti. | Hukumat qarori asosida bojxona postini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish. Bunda: mavjud bino-inshootlarni buzib, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish; | 2022 — 2025-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari* | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) |
|
post atrofidagi bino va inshootlarni xatlovdan oʻtkazgan holda, ularni belgilangan tartibda boshqa joyga koʻchirish yoki buzish; | Mahalliy budjet mablagʻlari | Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zokirov) |
| |||
“Uch qahramon” patrul-postidan “Gʻishtkoʻprik” postigacha boʻlgan 11 km yoʻl boʻyini zamonaviy qiyofaga keltirish va yoʻl boʻyi infratuzilmasini yaratish boʻyicha loyihalar ishlab chiqish; chegara oldi hududda 400 gektar maydonda savdo va logistika maydonini tashkil etish hisobiga kuniga 5 ming yuk avtotransport vositalari va 35 ming kishiga xizmat qiladigan infratuzilma yaratish. | Tashabbuskorning oʻz mablagʻi, bank kreditlari | Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zokirov) |
| |||
27. | “S. Najimov” chegara bojxona posti. | Bojxona postida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida chegara bojxona postlari oraligʻidan oʻtgan magistral gaz quvurini boshqa hududga koʻchirish masalasini hal etish. | 2023 — 2025-yillar davomida | “Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari | “Oʻztransgaz” AJ (B. Narmatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Energetika vazirligi (A. Axmedxodjayev) |
|
Bojxona postiga olib boruvchi 13 km yoʻlni kapital taʼmirlash. | 2022-2023-yillar | Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov) |
| ||
Bojxona postini ichimlik suv bilan taʼminlash. | 2024-yil iyun | Mahalliy budjet mablagʻlari | Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), “Oʻzsuvtaʼminoti” AJ (M. Abbasxanov) | |||
”; |
|
“ | |||||
43. | Ish samaradorligini oshirish maqsadida bojxona postlarini quyidagi texnik vositalar bilan jihozlash: kompyuter texnikasi — 600 ta; lokal tarmoq qurilmalari (kommutator) — 44 ta; videokuzatuv (inson yuzini tanib olish) tizimi — 400 ta kamera, 20 ta server; qoʻl yuklarini koʻrikdan oʻtkazuvchi zamonaviy skaner (rentgen) qurilma — 23 ta; fuqarolar qoʻl yuklarini koʻrikdan oʻtkazuvchi zamonaviy “3D tomograf” skaner (rentgen) qurilmalari — 1 ta; inson tanasini skaner qiluvchi qurilma (Body scaner) — 8 ta; transport vositalarini skaner qiluvchi zamonaviy inspeksion koʻrik majmualari — 6 ta; elektron avtotarozilar (transport vositalari uchun) — 16 ta; hajm oʻlchovlarini avtomatik aniqlovchi qurilmalar — 15 ta. | 1. Texnik topshiriqlarni tasdiqlash va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasiga taqdim etish. 2. Texnik vositalarni xarid qilish. 3. Texnik vositalarni oʻrnatish. 4. Xodimlarni texnik vositalardan foydalanish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqitish. | 2022-2023-yillar davomida | Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan: 2022-yilda 66 mlrd soʻm; 2023-yilda 201,5 mlrd soʻm | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi (X. Yusupov), “Oʻzsanoateksport” AJ (B. Namazov) |
44. | Ish samaradorligini oshirish maqsadida bojxona postlarini quyidagi texnik vositalar bilan jihozlash: kompyuter texnikasi ((UPS) bilan birga) — 425 ta; “Body camera” qurilmalari — 80 ta; planshetlar (koʻrikni amalga oshirish uchun) — 357 ta; radioaloqa vositasi (ratsiya) — 1 215 ta; lokal tarmoq qurilmalari — 82 ta, kommutator, 14 ta marshrutizator va 350 ta IP telefonlar; videokuzatuv (inson yuzini tanib olish) tizimi — 100 ta kamera, 8 ta server; GPS monitoring tizimi — 46 ta GPS treker qurilmasi va dasturiy taʼminoti; transport vositalarining davlat raqamini hamda vagonlar raqamini avtomatik aniqlash tizimi — 87 ta kamera, 10 ta inspeksion koʻrik majmuasiga maxsus ARA tizimi va kameralari, 19 ta server, 19 ta doimiy elektr manbai (UPS); qoʻl yuklarini koʻrikdan oʻtkazuvchi zamonaviy skaner (rentgen) qurilmasi — 10 ta; inson tanasini skaner qiluvchi qurilma (Body scaner) — 5 ta; transport vositalarini skaner qiluvchi zamonaviy inspeksion koʻrik majmualari “Z-Portal” (CIM Server tarmoq kompleksi bilan) — 2 ta; elektron avtotarozilar — 10 ta transport vositalari va 8 ta vagonlar uchun; hajm oʻlchovlarini avtomatik aniqlovchi qurilmalar — 3 ta; sensorli monitorlar (100 duym) — 10 ta; akustika qurilmalari — 10 ta mikrofon, miksher va boshqalar; DLP, antivirus dasturlari; monoblok, printer, UPS (maxfiy maʼlumotlar bilan ishlash uchun) — 145 ta; media mahsulotlarni tayyorlash uchun maxsus qurilmalar (foto, videokamera, suflyor va boshqalar) — 83 ta. | 1. Texnik topshiriqlarni tasdiqlash va Mudofaa sanoati agentligiga taqdim etish. 2. Texnik vositalarni xarid qilish ishlarini tashkil etish. 3. Texnik vositalarni oʻrnatish. 4. Xodimlarni texnik vositalardan foydalanish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqitish. | 2022 — 2026-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda xorijiy grant mablagʻlari | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi (X. Yusupov), “Oʻzsanoateksport” AJ (B. Namazov) |
”. |
“ | |||||
T/r | Muassasa nomi | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish muddati | Moliyalashtirish manbai* | Masʼul ijrochilar |
6. | Fargʻona nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyi. | 1. Binolarning fasad qismini taʼmirlash. 2. Hududning old tomonidagi devor oʻrniga temir panjarali toʻsiqlar oʻrnatish. 3. Hududning old tomonida avtoturargoh tashkil qilish. | 2026-2027-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi hamda homiylik mablagʻlari | Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
8. | Qoʻrgʻontepa nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyi | 1. Oziq-ovqat saqlash binosini, shuningdek, 40 oʻrinli oshxona binosini 200 oʻringa moʻljallab qayta qurisha jihozlash, 2. koʻmir va tovar-moddiy boyliklarni saqlash omborxonalari binolarini qurish. | 2026-2027-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi hamda homiylik mablagʻlari | Andijon viloyati hokimligi (Abduraxmonov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
9. | Chuama nogironligi boʻlgan ayollar uchun “Muruvvat” internat uyi. | Sil kasalligiga chalingan shaxslar uchun 30 oʻrinli va yotoq kasal boʻlgan shaxslar uchun 70 oʻrinli boʻlimlar binolarining ichki qismini taʼmirlash. | 2026-2027-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi hamda homiylik mablagʻlari | Andijon viloyati hokimligi (Abduraxmonov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
11. | Nurota nogironligi boʻlgan erkaklar uchun “Muruvvat” internat uyi. | 1. Yuvinish xonasini qayta taʼmirlash. | 2026-2027-yillar davomida | Navoiy viloyati xoʻjalik yurituvchi subyektlari homiylik mablagʻlari, Sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Navoiy viloyati hokimligi (Tursunov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov), Sport vazirligi (Ikramov) |
2. Tashqi hojatxona binosini qayta taʼmirlash. 3. Sport anjomlari bilan taʼminlash. | 2026-2027-yillar davomida | ||||
13. | Ohangaron nogironligi boʻlgan erkaklar uchun “Muruvvat” internat uyi. | Usti yopiq mini futbol maydonchasini qurish. | 2026-2027-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi hamda homiylik mablagʻlari | Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
14. | Qudash nogironligi boʻlgan ayollar uchun “Muruvvat” internat uyi. | 1. Sport maydonchasi, oziq-ovqat ombori qurish. 2. Tabiiy gaz tortib kelish uchun zarur gaz quvur va materiallarni xarid qilish. 3. Gaz quvurini tortib kelish. | 2026-2027-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi hamda homiylik mablagʻlari | Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
15. | Qoʻqon nogironligi boʻlgan erkaklar uchun “Muruvvat” internat uyi. | 1. Dezinfeksiya kamerasi uchun xona qurish. 2. Vasiylikka olingan shaxslarning mehnat terapiyasi bilan shugʻullanishi uchun alohida bino qurish. | 2026-2027-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi hamda homiylik mablagʻlari | Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
16. | Xiva nogironligi boʻlgan erkaklar uchun “Muruvvat” internat uyi. | 1. Sport zali, madaniyat va maʼrifat zalini qurish hamda hududni obodonlashtirish. 2. Kir yuvish xonasi binosini taʼmirlash. 3. Muassasaning tashqi kanalizatsiya tizimini qurish | 2026-2027-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi hamda homiylik mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi (Raximov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
18. | Andijon Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi. | Muassasada qoʻshimcha 20 oʻrinli yotoqxona binosi, sport maydonchasi va usti yopiq ayvon qurish. | 2026-2027-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi hamda homiylik mablagʻlari | Andijon viloyati hokimligi (Abduraxmonov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
21. | Ohangaron Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi. | Muassasada taʼmirlashga muhtoj yotoqxona binolarini mukammal taʼmirlash. | 2026-2027-yillar davomida | Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi hamda homiylik mablagʻlari | Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
”. |
4-ILOVA