1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha vazifalar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Ko‘zlangan vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi asosan bojxona organlari faoliyati samaradorligiga bog‘liq.
Shu bilan birga, bojxona ma’muriyatchiligi sohasida mamlakatda qulay investitsiya muhitini yaratish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi bir qator tizimli muammolar saqlanib qolinmoqda.
Amaldagi bojxona tartib-taomillari xalqaro norma va standartlar talablariga to‘liq darajada javob bermaydi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ortiqcha moliyaviy va vaqt sarf-xarajatlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan bojxona qonunchiligiga rioya etishlari va insofli tadbirkorlarni rag‘batlantirish, ular uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha deyarli hech qanday mexanizmlar qo‘llanilmayapti.
Bojxona organlarining samarasiz va ortiqcha nazorat funksiyalari tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda.
Bojxona organlari xodimlarini moddiy jihatdan rag‘batlantirish uchun imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmaslik korrupsiya holatlari profilaktikasi va umuman tizimning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish, biznesni rivojlantirish yo‘lida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining logistika uchun qulay chegara o‘tkazish punktlarida xo‘jalik subyektlarini jalb etgan holda bojxona terminallarini qurish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash]
2. Belgilansinki:
bojxona terminallaridagi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning asosiy funksiyalari “yagona darcha” tamoyili asosida bojxona, bank, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish hisoblanadi;
tadbirkorlik subyektlari bojxona terminallarida ko‘rsatiladigan tijorat xizmatlaridan ixtiyoriy ravishda foydalanadilar.
3. Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi quyidagilarni qo‘llagan holda to‘liq rejimda joriy etilsin:
a) 2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
“sariq yo‘lak”, bunda bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
“qizil yo‘lak”, bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
b) 2019-yil 1-martdan boshlab:
“yashil yo‘lak”, bunda xavf darajasi past bo‘lgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi;
“ko‘k yo‘lak”, bunda xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash]
4. Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripovga — “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimovga — “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamg‘armalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
5. 2019-yil 1-fevraldan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlari institutining joriy etilishi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining bojxona postlarida bepul asosda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus shaxslar guruhi — “front-ofis”ni tuzish va uning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha dastlabki loyiha (keyingi o‘rinlarda — dastlabki loyiha) amalga oshirilishi belgilansin.
Dastlabki loyihaning xarajatlari, shu jumladan fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida jalb qilinadigan shaxslarga ish haqini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Maxsus jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Dastlabki loyiha doirasida bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish uchun taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlar haqqoniyligi uchun javobgarlik tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi 2019-yil 1-dekabrga qadar dastlabki loyiha natijalarini Davlat bojxona qo‘mitasining boshqa hududiy boshqarmalari faoliyatiga joriy etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
6. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimi o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan tovarlarni ko‘zdan kechirish hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga asosan xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi buyurgan bojxona operatsiyalarini bajarishga majbur;
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi tomonidan tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflaydigan vaqti bojxona postlari xodimlari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birga, bojxona rasmiylashtiruvi vaqti to‘g‘risidagi statistik axborot har oyda barcha bojxona postlari kesimida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
“Sariq” va “qizil” yo‘laklar mos ravishda 70 va 30 foiz nisbatda tovar va transport vositalarini xavf profillari yoki tasodifiy tanlash asosida qo‘llaniladi. Shu bilan birga, “yashil” va “ko‘k” yo‘laklar amalga kiritilgan kundan boshlab, mazkur xatboshida ko‘rsatilgan foiz nisbati O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo‘llash samaradorligi monitoringi asosida belgilanadi;
“ko‘k yo‘lak”ga yo‘naltirilgan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
olib kiriladigan tovarlarning bojxona ko‘rigi uch oy davomida bojxona ko‘rigi protsedurasi videoyozuvi saqlanishini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi ulanishini ta’minlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina amalga oshiriladi. O‘ziga xos xususiyatlarga ega, uning tashqi o‘lchamlari, fizik ko‘rsatkichlari tufayli yoki kimyoviy xossalariga ko‘ra yoxud saqlanishiga doir alohida shartlar qo‘yilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin bo‘lmagan tovarlar, shuningdek tovar yetkazib beriladigan joyda bojxona ombori mavjud bo‘lmagan hollarda, bojxona ko‘rigi tovarlar yetkazib berilgan joyda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan ko‘chma videoyozuv uskunalari yordamida tasvirga olingan holda amalga oshiriladi va videotasvirlar bojxona postida ko‘rik o‘tkazilgan kundan boshlab uch oy davomida saqlanishi ta’minlanadi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini ro‘yxatga va hisobga olish]
7. Barcha tovarlarga nisbatan eksport kontraktlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yish borasidagi talab bekor qilinsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib o‘tilganda undiriladigan soliqlar va yig‘imlar / 10.05.07.00 Bojxona yig‘imlari]
8. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda (shu jumladan, pensiyani hisoblashda) tarif koeffitsiyentlari 1,7 karra miqdorda qo‘llaniladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari, shuningdek, Milliy kinologiya markazi xodimlariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlariga ustamalar 50 foizni tashkil etadi;
mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
bojxona yig‘imlari tushumining 30 foiz miqdordagi ajratmalar, ularni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq foydalanish sharti bilan Maxsus jamg‘armada qoladi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash]
10. O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmat o‘tayotgan xodimlarga nisbatan “gaupvaxtada hibsda ushlab turish” intizomiy jazo chorasi kiritilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
2019-yil 1-yanvarga qadar vakolatli iqtisodiy operator maqomini, shuningdek, ular foydalanishi mumkin bo‘lgan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini taqdim etishni nazarda tutuvchi vakolatli iqtisodiy operator to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 363-sonli “Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 500-sonli “Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
bir oylik muddatda bojxona yig‘imlari stavkalari turlarini maqbullashtirish va qat’iy belgilagan holda ularning yangilangan stavkalarini tasdiqlasin;
2019-yil 1-martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi huquqbuzarliklar uchun huquqiy ta’sir choralarini kuchaytirish, shu jumladan, bojxona qiyoslash vositalariga shikast yetkazganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirish bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
2019-yilning 1-fevraliga qadar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari murojaatlarini ko‘rib chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida ba’zi vakolatlarni bojxona postlariga berish orqali hududiy boshqarmalar va bojxona postlari o‘rtasidagi vakolatlarning taqsimlanishini tanqidiy ko‘rib chiqsin;
tovarlarni import qilishda tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari to‘g‘ri qo‘llanilganligi to‘g‘risida ekspert xulosasi talab etilishi amaliyotini bekor qilish bo‘yicha choralar ko‘rsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosarlari B.M. Mavlonov va E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-noyabr,
PF-5582-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga 1-ILOVA
Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha
YO‘L XARITASI
T/r
Tadbirlar
Amalga oshirish shakli va mexanizmi
Bajarish muddatlari
Mas’ul ijrochilar
1.
Bojxona yig‘imlari stavkalari turlarini maqbullashtirish va qat’iy belgilagan holda ularning yangilangan stavkalarini tasdiqlash.
Vazirlar Mahkamasi
qarori loyihasi
2018-yil 10-dekabrgacha
DBQ (Azimov), TSV (Xodjayev), Moliya vazirligi (Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (Mirzayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)
2.
Vakolatli iqtisodiy operator maqomini berish, shuningdek, soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillari turlarini, bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni nazarda tutuvchi Vakolatli iqtisodiy operator to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.
Vazirlar Mahkamasi
qarori loyihasi
2018-yil 25-dekabrgacha
DBQ (Azimov), TSV (Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (Mirzayev), LBMA (Axmedxodjayev)
3.
Muvofiqlikni baholash lozim bo‘lgan tovarlar nomenklaturasini sezilarli darajada qisqartirish va yagona ro‘yxatni tasdiqlash orqali ushbu nomenklaturani tizimlashtirish.
Vazirlar Mahkamasi
qarori loyihasi
2019-yil 1-yanvargacha
“O‘zstandart” agentligi (Sattarov), “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),
Veterinariya davlat ko‘mitasi (Norqobilov),
Ekologiya davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov)
4.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida tan olish tartibini soddalashtirish.
Vazirlar Mahkamasi
qarori loyihasi
5.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi huquqbuzarliklar uchun huquqiy ta’sir choralarini kuchaytirish, jumladan, bojxona identifikatsiya vositalariga qasdan shikast yetkazganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi
qonuni loyihasi
2019-yil 20-fevralgacha
DBQ (Azimov), Bosh prokuratura (Mavlonov),
Adliya vazirligi (Jo‘rayev)
6.
Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, quyidagi tartib-taomillarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish:
davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etilishi shart bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini qisqartirish orqali bojxona qiymatini ma’lum qilish va aniqlash;
soddalashtirish orqali, bojxona yuk deklaratsiyalarini to‘ldirish.
Normativ-huquqiy hujjatlar
2019-yil 20-yanvargacha
DBQ (Azimov)
7.
Davlat bojxona organlarining qonun import qilinayotgan tovarlarda hujjatlarida belgilangan markirovkalar mavjudligini nazorat qilish funksiyalarini tegishli vakolatli organlarga o‘tkazish va mazkur organlar o‘rtasida samarali idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Shu bilan birga, import qilinayotgan tovarlarni tegishli markirovkalarsiz sotishni taqiqlash, ular bajarilmaganligi uchun javobgarlik choralari kuchaytirish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
2019-yil 1-fevralgacha
DBQ (Azimov), DSQ (Musayev), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov), Iqtisodiyot vazirligi (Mirzayev), Moliya vazirligi (Xaydarov), TSV (Xodjayev), LBMA (Axmedxodjayev)
8.
Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining bojxona postlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha bepul asosda xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning maxsus guruhi — “front-ofis” tuzish va uning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha dastlabki loyihani amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining boshqa hududiy boshqarmalari faoliyatiga dastlabki loyiha natijalarini joriy etish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qarori
Yozma axborotnoma
2019-yil 1-yanvargacha
2019-yil 1-sentabrgacha
DBQ (Azimov), Moliya vazirligi (Xaydarov)
9.
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishni tubdan soddalashtirishni nazarda tutuvchi dasturiy va texnik o‘zgartirishlar kiritish.
Texnik topshiriq
2019-yil 1-martgacha
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Markaziy bank (Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), TSV (Xodjayev), DBQ (Azimov)
10.
Shu jumladan raqamli iqtisodiyotda bojxona ma’murchiligining zamonaviy usullarini joriy etishni nazarda tutuvchi 2019 — 2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha Konsepsiyani tasdiqlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi
2019-yil 1-iyulgacha
DBQ (Azimov), DSQ (Musayev), Moliya vazirligi (Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (Mirzayev)
11.
Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining yuqori malakali, tashabbuskor xodimlariga Maxsus fond mablag‘lari hisobidan ish haqi fondi (pul ta’minoti)ning 100 foizigacha miqdorda har oylik ustamalar berish Tartibini tasdiqlash.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi buyrug‘i
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni 3-bandining to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tadbirkorlik subyektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yish borasidagi talab valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilinadi”;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PF-3512-son qarorining rus tilidagi matni 1-bandining “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) poryadok, v sootvetstvii s kotorim:
vvoz i vivoz fizicheskim litsom tovarov pri peresechenii tamojennoy granitsi v predelax norm, ukazannix v podpunktax “a” — “g” nastoyashego punkta, osushestvlyayetsya bez ix obyazatelnogo pismennogo deklarirovaniya, za isklyucheniyem mejdunarodnix pochtovix i kuryerskix otpravleniy, a takje vvozimix tovarov, prednaznachennix dlya predprinimatelskoy deyatelnosti;
pri opredelenii tamojennim organom prednaznacheniya tovarov, peremeshayemix fizicheskimi litsami cherez tamojennuyu granitsu, uchitivayutsya kolichestvo tovarov, gde odnorodnie tovari, kolichestvo kotorix previshayet potrebnost fizicheskogo litsa, peremeshayushego tovari, i chlenov yego semi, rassmatrivayutsya kak tovari, vvozimie dlya ispolzovaniya v predprinimatelskoy deyatelnosti, yesli litso, peremeshayusheye tovari, ne okajet obratnoye;
pri vvoze fizicheskimi litsami tovarov cherez tamojennuyu granitsu dlya predprinimatelskoy deyatelnosti primenyayutsya obshiye pravila tamojennogo oformleniya, ustanovlennie zakonodatelstvom v otnoshenii vsey summi vvozimix tovarov;
pri previshenii predelnix norm vvoza v respubliku fizicheskim litsom tovarov, ne podlejashix oblojeniyu tamojennimi platejami i ne prednaznachennix dlya predprinimatelskoy deyatelnosti, tamojennie plateji uplachivayutsya v chasti previsheniya predelnix norm.
Kabinet Ministrov Respubliki Uzbekistan vprave ustanavlivat po soglasovaniyu s Natsionalnim agentstvom proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan predelnie normi i usloviya peremesheniya fizicheskim litsom tovarov cherez tamojennuyu granitsu, ne podlejashix oblojeniyu tamojennimi platejami”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining Intizomiy ustavining rus tilidagi matnida:
a) 28-band quyidagi mazmundagi “d1” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“arest s soderjaniyem na gauptvaxte — v kachestve krayney meri dissiplinarnogo vozdeystviya v otnoshenii sotrudnikov za soversheniye prostupka, yavlyayushegosya osnovaniyem dlya uvolneniya so slujbi tamojennix organov”;
v) 47-bandning oltinchi xatboshisi “uvajitelnix prichin” so‘zlaridan keyin “boleye trex dney” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
g) quyidagi mazmundagi 491-band bilan to‘ldirilsin:
“491. Pri nalojenii dissiplinarnogo vziskaniya v vide aresta s soderjaniyem na gauptvaxte, uvolneniye so slujbi tamojennix organov za etot prostupok ne dopuskayetsya, yesli ono ne vlechet za soboy ugolovnuyu otvetstvennost.
Srok aresta s soderjaniyem na gauptvaxte sostavlyayet dlya sotrudnikov ryadovogo, serjantskogo i mladshego ofitserskogo sostava — do 10 sutok, sotrudnikov starshego ofitserskogo sostava — do 5 sutok.
Dissiplinarnoye vziskaniye v vide aresta s soderjaniyem na gauptvaxte ne mojet bit nalojeno v otnoshenii jenshin”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovada:
a) 3-bandning “Ajratmalar miqdori (foizlarda)” ustunidagi “35****” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda ko‘zdan kechirish majburiy bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2006-yil 4-maydagi 75-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash va deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2007-yil 19-sentabrdagi 198-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomning 13-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Donni qayta ishlovchi korxonalarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 24-avgustdagi 684-son qarorining 3-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)