1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5414-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga;
chegara bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga;
tashki iqtisodiy faoliyat bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga;
Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi 5a-ilovaga;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi apparatlari roʻyxati 6-ilovaga;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona postlari roʻyxati 7-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining faoliyati tugatilayotgan bojxona postlari roʻyxati 8-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom 9-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining Intizomiy ustavi 10-ilovaga;
2018 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda Yoʻl xaritasi deb yuritiladi) 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yoʻl xaritasini amalga oshirish bilan bogʻlik xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining (mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) umumiy cheklangan shtatlar soni 4 684 nafar, shu jumladan, qoʻmita raisi oʻrinbosarlari soni 4 nafar etib belgilansin.
Bunda umumiy cheklangan shtatlar sonining 169 ta shtat birligi 2024-yil 1-sentabrda, 115 ta shtat birligi 2025-yil 1-sentabrda kiritiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisiga:
zarur hollarda, davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
umumiy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Davlat bojxona qoʻmitasining markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Milliy kinologiya markazi, shuningdek, bojxona postlarining tashkiliy tuzilmasida nazarda tutilmagan tarkibiy tuzilmalarni tashkil etish hamda mavjud tarkibiy tuzilmalarni qayta tashkil etish va tugatish;
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
zarur hollarda Davlat bojxona qoʻmitasi raisi va oʻrinbosarlarining tarkibiy tuzilmalar ustidan mutasaddiligini oʻzgartirish;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Bojxona instituti ilmiy-pedagogik xodimlari, shuningdek, oʻquv-uslubiy jarayoniga jalb etilgan mutaxassislarga oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun ish haqini soatbay toʻlashning oʻrnatilgan miqdoridan 50 foiz yuqori belgilash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlarining, ilgʻor loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning malakali mutaxassislarini maslahatchilar sifatida jalb etish huquqi berilsin.
5. Davlat bojxona siyosatining ustuvor yoʻnalishlari kelishilgan holda amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida belgilab qoʻyilsinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar talablarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
bojxona organlariga har tomonlama rivojlangan hamda yuksak mahoratga ega, maʼnan yetuk vatanparvar yoshlarni jalb etishga qaratilgan, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratish;
xodimlarning xizmatga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirish, qonun buzilishining barcha koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, xodimlar oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish;
xizmatni fidokorona olib borayotgan kadrlarni har tomonlama ragʻbatlantirish, shuningdek, xizmat intizomi, qonun hujjatlari talablarini qoʻpol ravishda buzgan xodimlarni intizomiy hamda boshqa turdagi javobgarlikka tortilishini taʼminlash;
Bojxona instituti faoliyatini samarali tashkil etish;
(5-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son)
bojxona organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, jamoatchilik, tashki iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan bevosita, maqsadli muloqot oʻrnatish, shuningdek, fuqarolarni shaxsan qabul qilish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:
bojxona ishi rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, bojxona qonunchiligi hamda huquqni koʻllash amaliyotini takomillashtirish, bojxona sohasidagi qonunbuzilish holatlarining sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish, axborotlarni tahlil qilish va undan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali bojxona organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita aloqasiz muloqot qilish shakllarini joriy etish;
xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va samarali ishlashini taʼminlash, vijdonli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga nisbatan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini koʻllash tartibini shakllantirish;
bojxona nazoratining zamonaviy usul, shakl va texnik vositalarini joriy etish orqali tovarlarning noqonuniy olib kirilishi, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash sxemalarini aniqlash;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:
tashki savdo operatsiyalarini monitoring qilish, eksport-import shartnomalari ijrosini tahlil qilish, tovarlar eksporti prognozlarini bajarish, tashki savdo operatsiyalarini amalga oshirishda valyuta qonunchiligiga rioya qilish;
bojxona statistikasining shakllanishi va ishonchliligi, Oʻzbekiston Respublikasining tashki savdosi hamda mamlakatning savdosidagi asosiy hamkorlari — davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari rivoji haqida tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;
statistik maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash, tashki savdo sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashish;
tovarlarning tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi boʻyicha toʻgʻri tasniflanishini baholash, ularning bojxona qiymatini aniqlash, bojxona toʻlovlarini hisoblash va undirish, shuningdek, ushbu masalalarda uslubiy yordam koʻrsatishni nazarda tutadigan bojxona postlari faoliyati ustidan ishonchli nazorat tizimini ishlab chiqish;
kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi, tovarlarni noqonuniy olib kirish mexanizmlarini aniqlash va tahlil qilish, qonun buzilishining oldini olish boʻyicha samarali choralar ishlab chiqish, javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash;
xorijiy mamlakatlar bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, bojxona ishi sohasidagi ilgʻor tajribalarni tizimli oʻrganish va joriy etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kinologiya markazining faoliyatini samarali tashkil etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini har tomonlama, toʻliq va obyektiv koʻrib chiqish, fuqarolarni shaxsan qabul qilish;
bojxona organlarining bino va inshootlarini joriy va kapital taʼmirlash, xodimlarni kompyuter va boshqa uskunalar, aloqa xamda bojxona nazorati vositalari bilan taʼminlash, yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
xizmatda boʻlish chegaralangan yosh serjantlar tarkibidagi xodimlar uchun — ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun oltmish yoshni tashkil qiladi;
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati kalendar hisobida yigirma yilni tashkil qiladi, shundan imtiyozli hisoblanadigan davr faqat xodimlarga pensiya miqdorini hisoblashda inobatga olinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kinologiya markazining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, bojxona postlari boshliqlarining shaxsiy javobgarlik sohasini belgilasin;
ikki oy muddatda markaziy apparat va tarkibiy tuzilmalarni yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-aprel,
PQ-3665-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining
TASHKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
290 shtat birligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent — AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining boshqaruv apparatlari
733 shtat birligi
Bojxona instituti
132 shtat birligi
Markaziy bojxona laboratoriyasi
24 shtat birligi
Milliy kinologiya markazi
65 shtat birligi
Bojxona postlari
2 979 shtat birligi
“Bojxona-servis” davlat muassasasi
“Baxt” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi” davlat muassasasi
Umumiy cheklangan shtat birligi — 4 223 ta.
Umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida davlat bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan mazkur qarorga oʻzgartirishlar kiritilmagan holda amalga oshiriladi.
Izoh:
1. Markaziy bojxona laboratoriyasining boshligʻi maqomi, mehnatga haq toʻlash va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati bosh boshqarma boshligʻiga, boshliq oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
2. Markaziy bojxona laboratoriyasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati
TUZILMASI
Rais
Rais yordamchisi
Raisning birinchi oʻrinbosari
Rais oʻrinbosari
Rais oʻrinbosari
Rais oʻrinbosari
Raisning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tashkil etish bosh boshqarmasi
35
Daromadlar va bojxona statistikasi bosh boshqarmasi
28
Kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi
27
Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi
14
Kadrlar boshqarmasi
13
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi
38
Bojxona auditi boshqarmasi
10
Tezkor maʼlumotlarni boshqarish markazi
12
Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi
8
Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi
9
Valyuta nazorati boshqarmasi
5
Kapital qurilish boshqarmasi
5
Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qoʻriqlash boshqarmasi
24
Xavflarni monitoring qilish
va baholash boshqarmasi
10
Tashkiliy-nazorat, xizmat faoliyatini tahlil qilish va baholash boshqarmasi
8
Markaziy bojxona laboratoriyasi
24
“Bojxona-servis” davlat muassasasi
Strategik rejalashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi
10
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
10
“Baxt” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi” davlat muassasasi
Yuridik boshqarma
7
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi
4
Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boshqarmasi
9
Bojxona instituti
132
Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi
3
Milliy kinologiya markazi
65
Ichki audit va moliyaviy nazorat boʻlimi
2
“A” sektori
2
Birinchi boʻlim
2
Umumiy cheklangan shtat birligi — 290 ta.
Izoh: Tezkor maʼlumotlarni boshqarish markazi maqomi boʻyicha boshqarmaga tenglashtiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent — AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlari
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshliq
Boshliqning birinchi oʻrinbosari
Boshliq oʻrinbosari
Boshliq oʻrinbosari
0 — 1
Kadrlar boʻlimi
2 — 4
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tashkil etish boʻlimi
2 — 12
Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi
3 — 9
Moliya-iqtisodiyot boʻlimi
2 — 4
Tashkiliy-nazorat, xizmat faoliyatini tahlil qilish va baholash boʻlimi
2-3
Bojxona auditi boʻlimi
1 — 6
Moddiy-texnika taʼminoti boʻlimi
1-2
Daromadlar va bojxona statistikasini yuritish boʻlimi
3 — 12
Murojaatlar bilan ishlash guruhi
1
Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boʻlimi
2 — 4
Kapital qurilish guruhi
0-1
Valyuta nazorati boʻlimi*
1-2
Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi
(DBQning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasiga bevosita boʻysunadi)
1-2
Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qoʻriqlash boʻlimi
7
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻlimi*
1-2
Tovarlarni klassifikatsiyalash guruhi
1
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi
1
Navbatchilik qismi
6
“Bojxona-servis” davlat muassasasi
Yuridik boʻlim*
1-2
Birinchi boʻlim
1
Umumiy cheklangan shtat birligi — 35 — 77 ta.
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent — AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlari umumiy cheklangan shtat birliklari soni — 733 tani tashkil etadi.
Izoh: tarkibiy tuzilmalarni tashkil etish, ularning shakli (boʻlim, boʻlinma, guruh, lavozim) va shtat birliklari soni umumiy shtat birliklari soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida ehtiyoj va ish hajmidan kelib chiqib belgilanadi.
* tuzilmalarning shtat birligi bittani tashkil etgan taqdirda, ushbu tuzilma guruh (bosh yuriskonsult) shaklida tashkil etiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 4-ILOVA
Chegara bojxona postlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Post boshligʻi
Post boshligʻi oʻrinbosari
0 — 2
Bosh inspektor — smena boshligʻi
0 — 7
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi guruhi
6 — 178
Kontrabandaga qarshi kurashish guruhi
0 — 2
Inspeksion-koʻrik majmuasi bilan ishlash guruhi
(DBQning Tezkor maʼlumotlarni boshqarish markaziga bevosita boʻysunadi)
0 — 9
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni taʼminlash guruhi
0 — 2
Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot guruhi
0 — 4
Kinologiya xizmati
1 — 12
Shaxsiy xavfsizlik guruhi
(boshqaruv apparati Shaxsiy xavfsizlik boʻlimiga bevosita boʻysunadi)
0-1
Tezkor navbatchi
0 — 3
Umumiy cheklangan shtat birligi — 8 — 221 nafar.
Chegara bojxona postlarining umumiy cheklangan shtat birligi soni — 2 245 nafarni tashkil etadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 5-ILOVA
Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Post boshligʻi
Post boshligʻi oʻrinbosari
0-1
Bojxona nazorati guruhi
2 — 33
Kinologiya xizmati
0 — 2
Tovarlarni klassifikatsiyalash guruhi
0 — 2
Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot guruhi
0-1
Shaxsiy xavfsizlik guruhi
(boshqaruv apparati Shaxsiy xavfsizlik boʻlimiga bevosita boʻysunadi)
0-1
Kontrabandaga qarshi kurashish guruhi
0-1
Umumiy cheklangan shtat birligi — 3 — 42 nafar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarining cheklangan umumiy shtat birligi soni — 434 nafarni tashkil etadi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 5a-ILOVA
Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Post boshligʻi
Post boshligʻi oʻrinbosari
0 — 2
Bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish guruhi
5 — 112
Shaxsiy xavfsizlik guruhi
(boshqaruv apparati Shaxsiy xavfsizlik boʻlimiga bevosita boʻysunadi)
0-1
Umumiy cheklangan shtat birligi — 6 — 116 ta.
Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlarining cheklangan umumiy shtat birligi — 300 nafarni tashkil etadi.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 6-ILOVA
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent — AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshqaruv apparatlari
ROʻYXATI
(6-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son)
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi
2.
Davlat bojxona qoʻmitasining Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi
3.
Davlat bojxona qoʻmitasining Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi
4.
Davlat bojxona qoʻmitasining Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi
5.
Davlat bojxona qoʻmitasining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi
6.
Davlat bojxona qoʻmitasining Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi
7.
Davlat bojxona qoʻmitasining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi
8.
Davlat bojxona qoʻmitasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi
9.
Davlat bojxona qoʻmitasining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi
10.
Davlat bojxona qoʻmitasining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi
11.
Davlat bojxona qoʻmitasining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi
12.
Davlat bojxona qoʻmitasining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi
13.
Davlat bojxona qoʻmitasining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi
14.
Davlat bojxona qoʻmitasining Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi
15.
“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona postlari
“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti
2.
“Doʻstlik” chegara bojxona posti (Andijon viloyati)
3.
“Sirdaryo” chegara bojxona posti
31.
“Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti
4.
“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti
5.
“Dovut-ota” chegara bojxona posti
6.
“Yallama” chegara bojxona posti
7.
“Olot” chegara bojxona posti
8.
“S.Najimov” chegara bojxona posti
9.
“Navoiy” chegara bojxona posti (Toshkent viloyati)
10.
“Sariosiyo” chegara bojxona posti
11.
“Ayritom” chegara bojxona posti
12.
“Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl chegara bojxona posti
13.
“Chuqursoy texnik idora” temir yoʻl chegara bojxona posti
14.
“Oybek” chegara bojxona posti
15.
“Keles” temir yoʻl chegara bojxona posti
16.
“Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona posti
Birinchi toifali bojxona postlari
17.
“Fargʻona” chegara bojxona posti
171.
“Keskanyor” chegara bojxona posti
172.
“Xonobod” chegara bojxona posti
173.
“Qorasuv” chegara bojxona posti
174.
“Mingtepa” chegara bojxona posti
18.
“Samarqand” aeroporti” chegara bojxona posti
19.
“Jartepa” chegara bojxona posti
20.
“Buxoro” aeroporti” chegara bojxona posti
21.
“Oʻzbekiston” chegara bojxona posti (Fargʻona viloyati)
22.
“Navoiy” aeroporti” chegara bojxona posti
23.
“Urganch” aeroporti” chegara bojxona posti
24.
“Xoʻjadavlat” temir yoʻl chegara bojxona posti
25.
“Bekobod” temir yoʻl chegara bojxona posti
26.
“Soʻx” chegara bojxona posti
27.
“Qarshi-Kerki” chegara bojxona posti
28.
“Farhod” chegara bojxona posti
29.
“Namangan aeroporti” chegara bojxona posti
291.
“Pushmon” chegara bojxona posti
30.
“Fargʻona aeroporti” chegara bojxona posti
31.
“Boldir” temir yoʻl chegara bojxona posti
32.
“Oʻzbekiston” temir yoʻl chegara bojxona posti (Toshkent viloyati)
Ikkinchi toifali bojxona postlari
33.
“Andarxon” chegara bojxona posti
34.
“Gulbahor” chegara bojxona posti
35.
“Madaniyat” chegara bojxona posti
36.
“Shovot” chegara bojxona posti
37.
“Bekobod avto” chegara bojxona posti
38.
“Xovosobod” chegara bojxona posti
39.
“Doʻstlik” chegara bojxona posti (Xorazm viloyati)
40.
“Pop” chegara bojxona posti
41.
“Xoʻjayli” chegara bojxona posti
42.
“Kosonsoy” chegara bojxona posti
43.
“Rovot” chegara bojxona posti
44.
“Qoʻshkent” chegara bojxona posti
45.
“Rishton” chegara bojxona posti
46.
“Savay” temir yoʻl chegara bojxona posti
47.
“Qarshi” aeroporti” chegara bojxona posti
48.
“Andijon” aeroporti” chegara bojxona posti
49.
“Uchtoʻrgʻon” chegara bojxona posti
50.
“Termiz” aeroporti” chegara bojxona posti
51.
“Nukus” aeroporti” chegara bojxona posti
II. Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari (TIF)
Toifadan tashqari bojxona postlari
53.
“Toshkent-tovar” TIF bojxona posti
54.
“Ark buloq” TIF bojxona posti
55.
“Sirgʻali” TIF bojxona posti
56.
“Chuqursoy” TIF bojxona posti
57.
“Avia yuklar” TIF bojxona posti
58.
“Samarqand” TIF bojxona posti
581.
“Termiz xalqaro savdo markazi” TIF bojxona posti
Birinchi toifali bojxona postlari
59.
“Buxoro” TIF bojxona posti
60.
“Ulugʻbek” TIF bojxona posti
61.
“Bosh pochtamt” TIF bojxona posti
62.
“Nukus” TIF bojxona posti
63.
“Namangan” TIF bojxona posti
64.
“Nazarbek” TIF bojxona posti
65.
“Qoʻqon” TIF bojxona posti
66.
“Nasaf” TIF bojxona posti
67.
“Olmaliq” TIF bojxona posti
68.
“A?gren” TIF bojxona posti
69.
“Andijon” TIF bojxona posti
70.
“Jizzax” TIF bojxona posti
71.
“Chirchiq” TIF bojxona posti
72.
“Urganch” TIF bojxona posti
73.
“Termiz” TIF bojxona posti
74.
“Asaka” TIF bojxona posti
75.
“Bobur” TIF bojxona posti
76.
“Vodiy” TIF bojxona posti
77.
“Yangiyoʻl” TIF bojxona posti
78.
“Kogon” TIF bojxona posti
79.
“Qoʻngʻirot” TIF bojxona posti
80.
“Gʻijduvon” TIF bojxona posti
Ikkinchi toifali bojxona postlari
81.
“Margʻilon” TIF bojxona posti
82.
“Keles” TIF bojxona posti
83.
“Qorakoʻl” TIF bojxona posti
84.
“Daryo porti” TIF bojxona posti
85.
“Navoiy” TIF bojxona posti
86.
“Qirguli” TIF bojxona posti
87.
“Talimarjon” TIF bojxona posti
88.
“Xovos” TIF bojxona posti
89.
“Sayxun” TIF bojxona posti
90.
“Jarqoʻrgʻon” TIF bojxona posti
91.
“Quvasoy” TIF bojxona posti
92.
“Qamashi-Gʻuzor” TIF bojxona posti
93.
“Zarafshon” TIF bojxona posti
94.
“Guliston” TIF bojxona posti
95.
“Tinchlik” TIF bojxona posti
96.
“Chust” TIF bojxona posti
97.
“Qorovulbozor” TIF bojxona posti
98.
“Xazorasp EIZ” TIF bojxona posti
99.
“Denov” TIF bojxona posti
100.
“Navoiy industrial” TIF bojxona posti
III. Masofaviy elektron deklaratsiyalash (MED) bojxona postlari
Toifadan tashqari bojxona postlari
101.
Markazlashtirilgan MED bojxona posti
102.
Toshkent viloyati MED bojxona posti
103.
Samarqand viloyati MED bojxona posti
104.
Fargʻona viloyati MED bojxona posti
105.
Buxoro viloyati MED bojxona posti
106.
Qashqadaryo viloyati MED bojxona posti
107.
Andijon viloyati MED bojxona posti
108.
Namangan viloyati MED bojxona posti
109.
Surxondaryo viloyati MED bojxona posti
110.
Navoiy viloyati MED bojxona posti
111.
Sirdaryo viloyati MED bojxona posti
112.
Xorazm viloyati MED bojxona posti
113.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi MED bojxona posti
114.
Jizzax viloyati MED bojxona posti
Izoh:
2024-yil 1-sentabrga qadar “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti ikkinchi toifali bojxona posti sifatida faoliyat koʻrsatadi;
2024-yil 1-sentabrda “Qorasuv” chegara bojxona posti, 2025-yil 1-sentabrda “Keskanyor” va “Pushmon” chegara bojxona postlari tashkil etiladi.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-maydagi PQ-176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 8-ILOVA
Tugatilayotgan bojxona postlarining
ROʻYXATI
T/r
Bojxona postlarining nomi
Shtat birligi
Buxoro viloyati
1.
“Buxoro paxta terminali” TIF bojxona posti
7
Qashqadaryo viloyati
2.
“Qashqadaryo” TIF bojxona posti
7
Navoiy viloyati
3.
“Navoiy azot” TIF bojxona posti
7
“Navoiy logistika” TIF bojxona posti
9
4.
“Uchquduq” TIF bojxona posti
7
Samarqand viloyati
5.
“Kattaqoʻrgʻon” TIF bojxona posti
6
Surxondaryo viloyati
6.
“Gʻalaba” temir yoʻl chegara bojxona posti
39
Toshkent shahri
7.
“Fayziobod” TIF bojxona posti
9
“Energiya” TIF bojxona posti
2
“Toshkent-AERO” IBK
8.
“Tuzel” TIF bojxona posti
7
9.
“Uchish maydoni” chegara bojxona posti
34
Xorazm viloyati
10.
“Urganch” temir yoʻl chegara bojxona posti
9
Jami
143
* Boʻshayotgan shtat birliklari ish hajmi koʻp boʻlgan boshqa postlarga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlariga (keyingi matnlarda — bojxona organlari) xizmatga qabul qilish va oʻtash tartibini belgilaydi.
2. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash quyidagi tartiblarni oʻz ichiga oladi:
xizmatga qabul qilish;
maxsus unvonlar berish, pasaytirish va ulardan mahrum etish;
lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
xodimlarni boshqa davlat organlariga safarbar etish;
attestatsiyadan oʻtkazish;
taʼtillar berish;
huquqiy va ijtimoiy himoyalash;
xizmatni oʻtash rejimini taʼminlash;
xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan boʻshatish va xizmatga tiklash.
2-bob. Bojxona organlari xizmatiga qabul qilish
3. Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida boʻsh lavozimlar soni va saralash tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlonlar (arizalarni qabul qilish muddati, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar koʻrsatilgan holda) ommaviy axborot vositalarida, jumladan bojxona organlarining rasmiy veb-saytlarida yoritiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
4. Xizmatga ixtiyoriy ravishda, tanlov asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, yoshi oʻn yettidan kam boʻmagan va oʻttizdan oshmagan, oliy, oʻrta maxsus va oʻrta maʼlumotga ega, oʻzining shaxsiy, ishchanlik va axloqiy sifatlari, sogʻligi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga koʻra bojxona organi xodimining xizmat vazifalarini bajarishga qodir — boʻyi 165 smdan kam boʻlmagan erkaklar, 160 smdan past boʻlmagan ayollar qabul qilinadilar.
Zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi matnlarda — DBQ) raisi tomonidan belgilangan bojxona organlarining maxsus tuzilmalariga yoshi oʻttizdan oshgan, xizmatda boʻlishning cheklangan yoshiga yetganida pensiya olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar xizmatga qabul qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
4-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
5. Bojxona organlariga muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiriq rezervida yoxud oliy taʼlim muassasalarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan erkaklar qabul qilinadilar.
6. Istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi hamda roziligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoxud DBQ raisi buyrugʻi bilan boshqa davlat organi va tashkilotlaridan xodimlar ushbu Nizomning 4-va 5-bandlarida belgilangan talablarni inobatga olmagan holda xizmatga qabul qilinishi mumkin.
7. Xizmatga qabul qilish DBQ raisi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq, tanlov (dastlabki va yakuniy saralash) asosida amalga oshiriladi.
Saralashni amalga oshirish maqsadida, DBQ markaziy apparatida qabul komissiyasi, hududiy va tarkibiy tuzilmalarda oʻrganish komissiyalari tashkil etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
8. Xizmatga kirish istagini bildirgan shaxs (keyingi oʻrinlarda — nomzod) saralash tadbirlarida ishtirok etadi.
Nomzodlarni dastlabki saralash quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
a) dastlabki test sinovlari;
b) psixologik oʻrganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
v) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
g) nomzodni dastlabki oʻrganish (hujjatlarni yigʻish va oʻrganish);
d) tibbiy koʻrik. Nomzodlarga xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyalariga yoʻllanma beriladi.
e) maxsus tekshiruv.
Nomzod DBQning rasmiy veb saytida yaratilgan elektron xizmat orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadi va belgilangan maʼlumotlarni tizimga kiritadi.
Dastlabki test sinovi va psixologik oʻrganish bosqichlari axborot tizimlaridan foydalangan holda, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash esa sport maydonlarida oʻtkaziladi, barcha bosqichlar topshiriqlari nomzodlardan bir marotaba qabul qilinadi.
Saralashning dastlabki test sinovi va psixologik oʻrganish bosqichi boʻyicha nomzodlarning qayd etgan natijalari onlayn tarzda, qolgan bosqichlari natijalari esa sinov qabul qilingan kunda DBQning veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Maxsus tekshiruv hamda davlat siri bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi.
Saralashning keyingi bosqichiga oʻtganligi yoki rad etilganligi haqida nomzodning shaxsiy kabinetiga maʼlumot yuboriladi.
Ushbu Nizomda belgilangan talablarga mos kelmagan, saralash bosqichlaridan oʻta olmagan yoki oʻzi va yaqin qarindoshlari toʻgʻrisida bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar bergan, shuningdek mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan nomzodlarni xizmatga qabul qilish rad etiladi.
9. Dastlabki test sinovi, psixologik oʻrganish va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzod oʻzining doimiy yashash manzili boʻyicha roʻyxatga olingan joyidagi bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
xizmatga qabul qilish toʻgʻrisida ariza;
anketa-maʼlumotnoma;
oʻqish, ish (nomzod oʻqisa yoki ishlasa) joyidan tavsifnoma;
harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
Xizmat xususiyatidan kelib chiqib, hamda ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida, nomzod yoki mutasaddi tashkilotlardan qoʻshimcha hujjat va maʼlumotlar olinishi mumkin.
(8-9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
10. Quyidagilar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar;
xizmatni oʻtashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan fuqarolar;
boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan fuqarolar;
sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar;
(10-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
bojxona organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etishni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan fuqarolar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
11. Yakuniy saralash nomzod bilan yakka tartibdagi suhbat shaklida oʻtkazilib, suhbat davomida uning aqliy salohiyati, xizmatni oʻtashga ruhan tayyorligi baholanadi.
12. Nomzod xizmatga qabul qilish talablariga javob bermasa, mutasaddi rahbar tomonidan uni xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan qaror qabul qilinadi va bu haqida nomzodga DBQ veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali maʼlum qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
13. Yakuniy saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan, nomzodlar xizmatni oʻtashga kasbiy layoqatliligi toʻgʻrisida qabul komissiyasining xulosasi asosida DBQ raisi buyrugʻi bilan mavjud boʻsh lavozimlarni inobatga olgan holda lavozimga tayinlanadilar.
14. Bojxona organlaridagi lavozimlar quyidagicha jamlanadi:
ofitserlar tarkibi — Oliy harbiy bojxona instituti bitiruvchilari (keyingi matnlarda — OHBI) va oliy maʼlumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
LexUZ sharhi
14-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
serjantlar tarkibi — oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy maʼlumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxiradagi ofitserlarini bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Tor doiradagi mutaxassislikka ega boʻlgan nomzodlar DBQ raisi tomonidan belgilangan tartib va roʻyxatga muvofiq tanlovdan oʻtmasdan xizmatga qabul qilinishi mumkin.
16. Nomzodlarga maxsus talablar qoʻyiladigan tuzilma va lavozimlar, bojxona organlarida lavozimga tayinlash uchun zarur taʼlim va mutaxassislik yoʻnalishlari roʻyxati, shuningdek tanlovni oʻtkazish tartibi va uslubi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
17. OHBIga abituriyentlarni saralash va qabul qilish hamda oʻqishni tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
18. Xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organi xodimi vakolatlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga ogʻishmay amal qilishga, uning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashga, oʻzimning mansab vazifalarimni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman”.
19. Xodimning dastlabki sinov muddati uch oyni tashkil etadi. Sinov muddati davrida xodimga murabbiy biriktiriladi.
Qasamyod qabul qilish, dastlabki sinov muddatini oʻtash va murabbiy biriktirish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
20. Bojxona organlari xodimlari DBQ raisi buyrugʻi bilan, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda, Qurolli Kuchlar, Davlat xavfsizligi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy qoʻshinlari va organlariga, Milliy gvardiyaga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan harbiy tuzilmalarga, shuningdek ichki ishlar organlariga yoki teskari tarzda, haqiqiy harbiy xizmatni oʻtash uchun yoki xizmatni davom ettirish uchun oʻtkazilishlari mumkin.
LexUZ sharhi
20-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan harbiy tuzilmalar harbiy xizmatchilari va xodimlari ushbu vazirlik va idoralarning birinchi rahbari bilan kelishilgan holda bojxona organlarida xizmatni davom ettirish uchun oʻtkazilishi mumkin. Harbiy xizmatchilar va xodimlarni bojxona organlariga oʻtkazish faqat ularning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
21. Chaqiriluvchi hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlari xizmatiga qabul qilingan, harbiy xizmatga majbur boʻlgan fuqarolari harbiy hisobdan chiqarilib, DBQ maxsus hisobiga qoʻyiladilar. Xizmatdan boʻshatilgan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda harbiy hisobga qoʻyiladilar.
LexUZ sharhi
21-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi nizom 5-bandining ikkinchi xatboshisi.
22. Bojxona organlari xodimlariga qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda belgilangan shakldagi xizmat guvohnomalari beriladi.
221. Bojxona organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bojxona organlarida birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, bundan farzand tugʻilishi, nikoh, toʻy va dafn marosimlari mustasno;
bojxona organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Mazkur nizomda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik tegishli tartibda xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi uchun asos boʻladi.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
3-bob. Maxsus unvonlarni berish, pasaytirish va ulardan mahrum qilish
23. Maxsus unvon xodimning xizmat majburiyatlariga munosabati, oʻtagan xizmat yillari va egallagan lavozimini inobatga olgan holda yakka tartibda beriladi.
24. Xodimlarga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
serjantlar tarkibi — bojxona xizmati kichik serjanti, bojxona xizmati serjanti, bojxona xizmati katta serjanti;
ofitserlar tarkibi:
kichik ofitserlar tarkibi — bojxona xizmati leytenanti, bojxona xizmati katta leytenanti, bojxona xizmati kapitani;
katta ofitserlar tarkibi — bojxona xizmati mayori, bojxona xizmati podpolkovnigi, bojxona xizmati polkovnigi;
generallar tarkibi — bojxona xizmati general-mayori, bojxona xizmati general-leytenanti, bojxona xizmati general-polkovnigi.
LexUZ sharhi
241-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
25. Bojxona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “bojxona xizmati katta serjanti” maxsus unvoni beriladi, bu unvonda ular dastlabki sinov muddati tugab, ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmatni oʻtaydilar.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “kichik serjant” maxsus unvoni beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi ofitserlar hisoblanuvchi va bojxona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga mavjud harbiy unvoniga teng darajadagi maxsus unvon beriladi.
26. Bojxona organlarining katta ofitserlik unvonlarigacha boʻlgan unvonlar, shu jumladan katta ofitserlik unvonlari ham, DBQ raisi buyrugʻi bilan beriladi.
27. Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari boʻyicha koʻp yillik staji va ish (xizmat) tajribasiga ega boʻlgan fuqarolarga ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash vaqtida birinchi unvon sifatida bojxona xizmati mayori maxsus unvonigacha boʻlgan unvonlar, shu jumladan bojxona xizmati mayori maxsus unvoni ham, berilishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga xizmatga yuborilgan, maxsus, harbiy va boshqa unvoni boʻlmagan shaxslarga belgilangan tartibda bojxona xizmati polkovnigi maxsus unvonigacha boʻlgan, shu jumladan bojxona xizmati polkovnigi unvoni ham, maxsus unvon berilishi mumkin.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
29. “Bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvoni quyidagilarga beriladi:
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
bojxona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilinib, sinov muddatini muvaffaqiyatli oʻtagan shaxslarga;
bojxona organlarining serjantlar tarkibidan ofitserlik tarkibi lavozimlariga tayinlanganlarga;
OHBI bitiruvchilariga.
Birinchi ofitserlik unvoni berilgan xodimlarga shaxsiy raqamli jeton taqdim etiladi.
30. Generallar tarkibining maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
31. Maxsus unvonda xizmatni oʻtash muddatlari quyidagicha belgilanadi:
“bojxona xizmati kichik serjanti” — ikki yil;
“bojxona xizmati serjanti” — ikki yil;
“bojxona xizmati katta serjanti” — muddatsiz;
“bojxona xizmati leytenanti” — ikki yil;
“bojxona xizmati katta leytenanti” — uch yil;
(31-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21avgustdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
“bojxona xizmati kapitani” — toʻrt yil;
(31-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21avgustdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
“bojxona xizmati mayori” — besh yil;
(31-bandning sakizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21avgustdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
“bojxona xizmati podpolkovnigi” — olti yil.
(31-bandning toʻqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21avgustdagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
“Bojxona xizmati polkovnigi” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
32. Navbatdagi maxsus unvonlar belgilangan xizmat muddatini oʻtagan xodimlarga, ular egallab turgan lavozimining unvon pogʻonasiga muvofiq beriladi.
33. Navbatdagi maxsus unvonni chetlab oʻtib, maxsus unvonlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
34. Xodim yuqoriroq darajadagi unvon belgilangan lavozimga oʻtkazilganda, mavjud unvonida boʻlish muddati oʻtgan boʻlsa, lavozimiga qachon tayinlanganidan qatʼi nazar, navbatdagi maxsus unvon berish uchun taqdim etiladi.
35. Maxsus unvonda xizmat oʻtash muddati kalendar hisobda maxsus unvon berish haqida buyruq chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi, ushbu Nizomning 45-bandida belgilangan tartibda berilgan maxsus unvonlar bundan mustasno.
Xodimning maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda, uning avvalgi unvoni qayta tiklanguniga qadar oʻtagan xizmat davri navbatdagi unvon berish uchun xizmat muddatiga qoʻshilmaydi.
36. Xizmat majburiyatlarini namunali darajada bajarayotgan, xizmat burchini ado etishda qahramonlik, jasorat va fidoyilik koʻrsatgan xodimlarga bojxona organlari ofitserlar tarkibining maxsus unvonini muddatidan oldin yoki egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilgandan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon berish tarzida ragʻbatlantirish ularning bojxona organlaridagi umumiy xizmat davrida faqat bir marotaba qoʻllanilishi mumkin.
Bir vaqtning oʻzida muddatidan avval hamda lavozimi bilan koʻzda tutilganidan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
37. DBQ raisi muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonlarni quyidagilarga berishga haqli:
egallab turgan maxsus unvonida boʻlishning belgilangan muddatlaridan qatʼi nazar xizmat burchini bajarishda jasorat va qahramonlik koʻrsatganlik uchun;
egallab turgan maxsus unvonida boʻlishning belgilangan muddatining uchdan ikki qismi oʻtgandan keyin xizmat vazifalarini namunali bajarganlik va ishdagi yuqori koʻrsatkichlar uchun.
38. Egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilganidan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon quyidagilarga beriladi (generallar tarkibi maxsus unvonlari bundan mustasno):
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bojxona organlari ofitserlar tarkibi xodimlariga – mavjud unvonda xizmatni oʻtash muddati tugaganidan soʻng;
bojxona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xodimlarga – xizmat faoliyatidagi yuqori koʻrsatkichlari uchun maxsus unvoniga ega boʻlganda mavjud unvonda xizmatni oʻtash muddatining kamida bir yarim baravarini oʻtganidan soʻng.
39. Pensiya olish huquqini beradigan xizmat yilini hamda navbatdagi maxsus unvon uchun belgilangan muddatini oʻtagan, egallab turgan lavozimi bilan belgilangan unvon pogʻonasi “bojxona xizmati kapitani” boʻlgan, ishda ijobiy tavsiflanadigan bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlariga xizmatdan boʻshatish bilan bir vaqtda “bojxona xizmati mayori” maxsus unvoni berilishi mumkin.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
40. Xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berilishi quyidagi hollarda kechiktiriladi:
xodim DBQ ixtiyorida boʻlganda;
xodimda amaldagi intizomiy jazosi mavjud boʻlganda;
xodim attestatsiyadan shartli ravishda oʻtganida;
xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda;
intizomiy jazo tariqasida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va boshqa lavozimga oʻtkazilgan taqdirda — lavozimidan ozod etilgan kundan boshlab bir yil davomida.
41. Navbatdagi maxsus unvonning asossiz ravishda kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan boshliqlar va xodimlar belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasi.
42. Bojxona organlarining ofitserlar tarkibi xodimlariga intizomiy jazo tariqasida maxsus unvonlarini bir pogʻona pasaytirish qoʻllanilishi mumkin. Bunda pasaytirish “bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvonigacha boʻlishi mumkin.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Maxsus unvonni pasaytirish tariqasidagi intizomiy jazoni tayinlash faqat DBQ raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona organlari xodimining avvalgi unvoni tiklangan va unga navbatdagi unvon berilganga qadar maxsus unvonni takroran pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maxsus unvoni pasaytirilgan xodimning avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, unvoni pasaytirilganidan keyin bir yil oʻtgach DBQ raisi tomonidan tiklanishi mumkin.
Generallar tarkibi xodimlarining maxsus unvonlarini pasaytirish va tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
43. Maxsus unvoni pasaytirilgan va soʻngra tiklangan xodimning maxsus unvondagi xizmat muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar oʻtagan xizmati bilan qoʻshib hisoblanadi.
44. Maxsus unvondan sud hukmiga asosan mahrum etish DBQ raisi buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Unvonni tiklash haqida sudning qarori qabul qilinganida maxsus unvonni tiklash DBQ raisi buyrugʻi bilan amalga oshiraladi.
45. Huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvon va martaba darajasi boʻlishi nazarda tutilgan boshqa organlardan xizmatga oʻtkazilgan shaxslarning maxsus unvonlari, egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, DBQ raisi tomonidan ushbu Nizom ilovasiga muvofiq beriladi.
Ushbu tartib huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvonlar boʻlishi nazarda tutilgan boshqa organlarga oʻtkazilgan xodimlarga ham qoʻllaniladi.
Xodimlarga ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda navbatdagi maxsus unvon berishda ularning avvalgi ish joyidagi unvonda xizmatni oʻtagan davri hisobga olinadi.
46. Ushbu Nizomning 28 va 45-bandlariga muvofiq maxsus unvonlar berilgan xodimlarga xizmat yillari uchun foizli ustama belgilashda ularning ilgarigi ish joyidagi (foizli ustama toʻlash uchun belgilangan) xizmat yoki mehnat stajlari inobatga olinadi hamda ushbu davr xodim bojxona organlaridan boʻshatilgan taqdirda unga pensiya tayinlashda umumiy xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
47. Yuqori yoki teng lavozimga vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar vazifa bajaruvchi etib tayinlangunga qadar egallagan lavozimining unvon pogʻonasi boʻyicha beriladi.
48. Xodimlar ilgari egallagan lavozimlaridagi shtat jadvali boʻyicha oʻzgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvon pogʻonasi koʻtarilishi yoki pasaytirilishi) lavozim vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganlaridan yoki oʻqishga kirganlaridan soʻng inobatga olinmaydi.
49. Maxsus unvonlar berish, ularni pasaytirish va tiklashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda koʻrib chiqish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
4-bob. Lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya
50. DBQ raisi maqomiga koʻra vazirga, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari — tegishincha vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlariga tenglashtirilgan.
51. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar roʻyxati qonunchilik bilan;
DBQ raisi, shuningdek vakolatga ega bojxona organlari boshliqlari nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar roʻyxati — DBQ raisi buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
52. Xodimlarni lavozimga tayinlashda quyidagi qoidalarga rioya etiladi:
a) xodimlarni lavozimga tayinlash ularning maʼlumoti, mutaxassisligi va amaliy ish tajribasiga muvofiq amalga oshiriladi;
b) boʻsh lavozim vazifasini bajarishning uzluksiz muddati olti oydan, jamlangan lavozimda esa toʻrt oydan oshmasligi lozim;
v) tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida, xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi va ikki oygacha boʻlgan muddatga, DBQ raisi ruxsati bilan esa ikki oydan ortiq muddatga bojxona organlari ixtiyoriga olinadi.
Bojxona organlari ixtiyoridagi xodimga ikki oy davomida oxirgi lavozimi boʻyicha pul taʼminoti beriladi; uchinchi oydan boshlab esa maxsus unvon boʻyicha okladi va xizmat yillari uchun ustama beriladi. Bojxona organlari ixtiyorida toʻrt oydan ortiq muddat boʻlganda, pul taʼminoti DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bojxona organlari ixtiyorida boʻlish muddatini hisoblashda uning kasal boʻlgan davri (mehnatga layoqatsizlik varaqasi mavjud boʻlganida) yoki yillik navbatdagi taʼtilda boʻlish (bola parvarishlash taʼtilida boʻlish vaqti bundan mustasno) inobatga olinmaydi. Ushbu taʼtillar davrida pul taʼminoti dastlabki ikki oy davomida amalga oshiriladi.
Xodimning bojxona organlari ixtiyorida ikki oydan ortiq boʻlgan davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy xizmat stajiga kiritiladi;
g) xodimning yoki uning oila aʼzolari hayoti yoxud sogʻligʻiga xavf yuzaga kelganida, shuningdek ularning sogʻligʻi holati tufayli xizmat (yashash) joyini oʻzgartirish zarur boʻlganida, ushbu xodim boshqa boʻlinmaga xizmatga oʻtkaziladi;
d) oʻzaro qarindosh boʻlgan xodimlar (ota-ona, turmush oʻrtogʻi, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek turmush oʻrtogʻining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar unda xizmat oʻtash birining ikkinchisiga boʻysunishi yoki nazorat ostida boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa, bir boʻlinmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas.
e) ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslar OHBI professor-oʻqituvchilari tarkibi lavozimlariga ofitserlik lavozimlari hisobidan tayinlanishi mumkin;
j) xodimni egallab turgan lavozimidan chetlashtirishga doir jinoyat ishi boʻyicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi hamda avvalgi xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan past yoki teng mavqeli lavozimga tayinlanadi yoxud bojxona organlari ixtiyorida qoldiriladi.
Egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimni bojxona organlaridan boʻshatish yoki uni avvalgi yoxud teng mavqeli lavozimga tayinlash masalasi bunga vakolatli boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.
Xodimning bojxona organlari ixtiyorida boʻlishi tartibi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan belgilanadi.
(52-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
53. Xodimni lavozimdan lavozimga oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
yuqori lavozimga — xizmat boʻyicha koʻtarilish yoki ragʻbatlantirish tartibida;
teng lavozimga — oʻzining iltimosiga koʻra, sogʻligʻining holati boʻyicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida), oilaviy sharoitga koʻra, sud qarori asosida lavozimdan chetlashtirish, xizmat tekshiruvi xulosasi asosida yoki boʻsh lavozimlarni toʻldirish zaruriyati yuzaga kelganida xodimning kasbiy va shaxsiy sifatlarini inobatga olib, uning egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, shuningdek tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida;
quyi lavozimga — oʻzining xohishiga koʻra, xodim sogʻligʻining holati boʻyicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida), attestatsiya tartibida egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganida, intizomiy jazo chorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, shuningdek tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida yoki sud qarori asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli teng lavozimga oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganida.
54. Yuqori, teng yoki past lavozimlar egallab turgan lavozim bilan nazarda tutilgan maxsus unvonga muvofiq, maxsus unvonlar teng boʻlganida esa — lavozim maoshi miqdori boʻyicha aniqlanadi.
55. Egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli yoki intizomiy jazo tariqasida past lavozimga tayinlangan xodimlarni xizmat boʻyicha koʻtarish ularning kasbiy va shaxsiy fazilatlari, sogʻligʻining holati, ish natijalari va xizmat vazifalarini bajarish boʻyicha koʻrsatgan qobiliyatidan kelib chiqib, kamida bir yildan keyin amalga oshiriladi.
56. Xizmat joyi oʻzgargan xodim xizmat hujjatlari va unga ishonib berilgan mulkni topshirganidan keyin, biroq xizmat boʻyicha koʻchirish haqida buyruqni yoki yozma xabarni olgan kunidan soʻng oʻn kundan kechikmasdan xizmat joyiga safarbar qilinishi lozim, xodim taʼtilda yoki davolanishda boʻlgan hollar bundan mustasno.
57. Maxfiy hujjatlar bilan ishlash bilan bogʻliq lavozimga tayinlash uchun xodim oʻrnatilgan tartibda davlat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarga ruxsatnoma rasmiylashtirish jarayonidan oʻtadi.
Davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga ruxsatnomasi boʻlmagan xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlash belgilangan lavozimga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Xodim oʻrnatilgan tartibda davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga ruxsatnomadan mahrum qilinganda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va maxfiy hujjatlar bilan ishlash talab etilmaydigan lavozimga oʻtkaziladi.
58. Bojxona organlarida rahbar lavozimlarni egallagan xodimlar teng lavozimga, jumladan boshqa tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan soʻng rotatsiya tartibida oʻtkazilishi mumkin.
Bojxona posti xodimlari bitta postda 3 yil xizmat qilgandan soʻng, DBQ markaziy apparati, boshqa tarkibiy tuzilmalar va bojxona postlariga teng lavozimga rotatsiya tartibida oʻtkaziladi.
Bunda rotatsiya tartibida oʻtkazilgan lavozim boʻyicha belgilangan maxsus unvon yoki lavozim maoshi miqdori rotatsiya tartibida oʻtkazilgunga qadar egallagan lavozimi boʻyicha belgilangan maxsus unvon yoki lavozim maoshidan kam boʻlgan taqdirda xodim quyi lavozimga oʻtkazilgan hisoblanmaydi.
Agar bojxona organlari xodimini yangi xizmat joyiga oʻtkazilayotganda oilasining turar joyi oʻzgarsa hamda xotini (eri) ham bojxona organlari xodimi boʻlsa, unda xodimni yangi xizmat joyiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda xotinini (erini) ham ushbu joyga oʻtkazish masalasi koʻrib chiqiladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
5-bob. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
59. Bojxona organlari uchun kadrlar tayyorlash OHBI va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
60. Bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar (BI bitiruvchilaridan tashqari) majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.
Qayta tayyorlash kursining muddati DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
61. Xodim:
DBQ raisining buyrugʻiga muvofiq belgilangan muddatda malaka oshiradi;
(61-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan bogʻliq lavozimga tayinlanganda yoki uni ishning yangi yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlash zarur boʻlganida majburiy tartibda qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.
62. Xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boshqa taʼlim muassasalarida amalga oshirilishi mumkin.
63. Bojxona organlari xodimlari xizmatdan boʻsh vaqtida ilmiy faoliyat, shuningdek, OHBIda soatbay mehnatga haq toʻlash shaklida muallimlik faoliyatini olib borishi mumkin.
64. Xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini taʼminlash, ularning maʼnaviy-axloqiy darajasini oshirish uchun bojxona organlarida tizimli ravishda xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlari tashkil etiladi.
65. Xodim maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllash bilan bogʻliq sharoitlarda harakatlanishga kasbiy yaroqliligi boʻyicha har yilgi tekshiruvdan oʻtishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.
LexUZ sharhi
65-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
66. Oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish shartlari va tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
6-bob. Xodimlarni boshqa davlat organlariga safarbar etish
67. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida, shuningdek uning roziligiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoxud yuqori turuvchi organlarning buyrugʻi boʻyicha boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga, xalqaro tashkilotlarga tayinlangan (yuborilgan) bojxona organi xodimi oʻz majburiyatlarini bajarish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi kadrlarining amaldagi zaxirasiga (bundan buyon matnda — kadrlar zaxirasi), agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bojxona organlaridagi pul taʼminoti saqlanmagan holda kiritiladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
68. Xodim bojxona organlariga qaytgach, uning ushbu organdagi ish staji bojxona organlarida ustama belgilash boʻyicha xizmat yillariga, navbatdagi maxsus unvon berish va pensiya tayinlash muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
69. Xodim saylangan (tayinlangan, yuborilgan) davlat organi yoki uning tasarrufidagi tashkilot mazkur xodimga u saylanguniga (tayinlanguniga, yuborilguniga) qadar egallab turgan oxirgi lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul taʼminoti toʻlanishini taʼminlaydi, shuningdek xizmat yillari uchun ustama va maxsus unvon boʻyicha maosh toʻlaydi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
70. Xodim bojxona organlariga qaytgach, DBQ raisi buyrugʻi bilan kadrlar zaxiraidan chiqarilib, avvalgi egallagan lavozimiga, teng lavozimga yoki yuqoriroq lavozimga tayinlanadi.
701. DBQ raisining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning oliy taʼlim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga yuborilgan bojxona organi xodimi oʻqish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul taʼminoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.
(701-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
7-bob. Attestatsiya oʻtkazish
71. Bojxona organlarida attestatsiya xodimlarning bilim darajasini, ishga munosabatini, kasbiy tayyorgarligini, egallab turgan lavozimiga loyiqligini xolisona baholash, shuningdek xizmat intizomini mustahkamlash va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish chogʻida ularning masʼuliyatini oshirish maqsadlarida oʻtkaziladi.
Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va xayrixohlik vaziyatida oʻtishi lozim.
72. Xodimlar xizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtadilar.
73. Navbatdagi attestatsiyadan oʻtkazish muddati lavozimga tayinlangan va oxirgi attestatsiyadan oʻtkazilgan kunidan boshlab hisoblanadi.
74. Navbatdagi attestatsiya uch yilda bir marta oʻtkaziladi.
75. Quyidagi xodimlar navbatdagi attestatsiyadan oʻtmaydilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;
b) egallab turgan lavozimida bir yildan kam muddat xizmat qilganlar. Ushbu toifadagi xodimlar bir yil oʻtgach attestatsiyadan oʻtadilar;
v) xizmat safarida, davolanishda (ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan holda) va malaka oshirishda boʻlganlar. Ushbu toifadagi xodimlar xizmat vazifalarini bajarishga kirishgandan keyin attestatsiyadan oʻtadilar.
g) kadrlar zaxirasiga kiritilganlar. Ushbu toifadagi xodimlar kadrlar zaxirasidan chiqarilib, bojxona organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan boshlab kamida bir yil oʻtganidan soʻng umumiy tartibda attestatsiyadan oʻtadilar;
d) homiladorlik, tugʻish va bola parvarishlash taʼtilida boʻlganlar. Ushbu toifadagi xodimlar xizmat vazifalarini bajarishga kirishganlaridan soʻng kamida bir yil oʻtganidan soʻng attestatsiyadan oʻtadilar;
e) bojxona organi ixtiyoriga olingan xodimlar. Ushbu toifadagi xodimlar lavozimga tayinlangandan soʻng bir yil oʻtgach attestatsiyadan oʻtadi.
j) xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodimlar. Ushbu toifadagi xodimlar xizmat tekshiruvi tugaganidan keyin attestatsiyadan umumiy tartibda oʻtadilar.
76. Navbatdan tashqari attestatsiyadan ish koʻrsatkichlari past boʻlgan, xizmat intizomini qoʻpol tarzda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, bojxona organlari xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi nojoʻya harakatlar sodir etgan xodimlar oʻtadilar.
Bojxona organlari xodimlarining xizmat samaradorligini yaxshilash maqsadida pensiya olish huquqini beradigan xizmat yillarini oʻtagan, quyi (katta inspektor, inspektor, kichik inspektor) lavozimlarda xizmat qilayotgan, biroq ish koʻrsatkichlari past va oʻz ustida ishlamaydigan xodimlarning hisobotlarini tinglash, ularning kelgusi yil uchun ish rejalarini tasdiqlash, shuningdek, har yil yakuni boʻyicha navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazgan holda tizimda xizmatni davom ettirish masalasi koʻrib chiqiladi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
Navbatdan tashqari attestatsiya DBQ raisi qarori bilan oʻtkaziladi.
77. Attestatsiyani tashkil qilish va oʻtkazish tartibi DBQ raisi tomonidan tasdiqlanadi.
8-bob. Taʼtillar berish tartibi
78. Xodimlarga quyidagi taʼtillar beriladi:
a) har yilgi navbatdagi (asosiy va qoʻshimcha haq toʻlanadigan) taʼtil;
b) oilaviy sabablarga koʻra qisqa muddatli (haq toʻlanmaydigan) taʼtil;
v) homiladorlik, tugʻish va bola parvarishlash taʼtillari;
g) kasallik boʻyicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasiga asosan) taʼtil;
d) oʻquv (kanikulyar) taʼtili — OHBI kursantlari uchun;
e) OHBIni tamomlaganligi munosabati bilan taʼtil;
j) ijodiy taʼtil — amaliy faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan xodimlarga dissertatsiyasini yakunlashi uchun;
z) qoʻshimcha taʼtillar:
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarini topshirish uchun, ish haqi saqlanmagan holda;
jangovar harakatlarda va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida sirtdan oʻqiyotgan xodimlarga imtihonlar, sinovlar va boshqa oʻquv ishlarini topshirish davrida sessiya tugagunga qadar pul taʼminoti saqlangan holda taʼtil beriladi.
Xodimlarga shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha ham taʼtillar berilishi mumkin.
79. Xodimlarga taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻlgan, biroq uch kalendar kundan oshmaydigan vaqt qoʻshilgan, lavozimi va pul taʼminoti saqlangan holda davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan har yilgi asosiy taʼtil beriladi.
Qonunchilikda belgilangan davlat bayramlari kuni yillik navbatdagi taʼtil kunlarini qoʻshishda hisobga olinmaydi.
80. Xodimning yillik navbatdagi taʼtiliga belgilangan xizmat muddatini oʻtagandan keyin kalendar hisobida davomiyligi quyidagicha boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi:
oʻn yillik xizmatidan soʻng — besh kun;
oʻn besh yillik xizmatidan soʻng — oʻn kun;
yigirma yillik xizmatidan soʻng — oʻn besh kun.
81. Yangi xodimga xizmatining birinchi yilida taʼtil kamida olti oy oʻtgach beriladi.
Xodimga yillik navbatdagi taʼtilni uning haqiqatda xizmat qilgan vaqtiga mutanosib ravishda berish uchun toʻliq taʼtilni oʻn ikkiga boʻlish va xizmatning toʻliq oylar soniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
82. Har yilgi asosiy taʼtil davrida xodim ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasasida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi varaqasi ochilgan holda davolanganida taʼtil ushbu muddatga uzaytiriladi.
83. Xodimni taʼtildan faqat xizmat yuzasidan oʻta zarur hollardagina oʻzining roziligi va bojxona organi boshligʻining yozma qarori bilan chaqirib olishga yoʻl qoʻyiladi. Xodim taʼtildan chaqirib olingan taqdirda, uning foydalanilmagan qismi qoidaga koʻra, joriy yilda beriladi.
LexUZ sharhi
83-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
84. Taʼtilni kompensatsiya puli bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, oʻzining yillik navbatdagi taʼtilidan foydalanmagan xizmatdan boʻshayotgan xodimlar bundan mustasno.
85. Xodimga yillik navbatdagi taʼtil kalendar yil davomida berilmagan boʻlsa, taʼtil uchun moddiy yordam puli joriy moliya yilining oxirida beriladi.
86. Xodim bojxona organlarining boshqa boʻlinmalariga oʻtkazilgan taqdirda, uning foydalanilmay qolgan har yilgi asosiy taʼtili yangi xizmat joyi boʻyicha beriladi.
87. Xodimga yiliga bir marotaba qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida har yilgi asosiy taʼtilni oʻtkazadigan joyiga, shuningdek sanatoriy-kurortlarda davolanish joylariga borishi va qaytishi uchun sarflagan yoʻl xarajatlari toʻlab beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 4-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasining “Prokuratura organlari, adliya organlari (muassasalari), davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari, davlat feldyegerlik xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolariga, shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlarining pensionerlari, Milliy gvardiya organlarining sobiq xodimlardan boʻlgan pensionerlari va davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga Ichki ishlar vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish hamda sanatoriy-kurort taʼminoti haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”giqarori (roʻyxat raqami 3349, 2022-yil 9-fevral).
88. Xodimlarga har yilgi asosiy taʼtil xohishiga koʻra ikki qismga boʻlib berilishi mumkin. Bunda taʼtilning bir qismi oʻn besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak. Ushbu holda taʼtil guvohnomasi taʼtilning har bir qismi uchun alohida rasmiylashtiriladi. Taʼtil oʻtkaziladigan joyga borish va qaytish uchun yoʻl haqi olish huquqi hamda borib-kelishga vaqt faqat taʼtilning bir qismiga beriladi.
89. Homiladorlik va tugʻish taʼtillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatga va tartibda beriladi.
LexUZ sharhi
89-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan. Rus tili matniga qarang.
Xodimga qonun hujjatlariga muvofiq bola uch yoshga toʻlguniga qadar uni parvarishlash uchun taʼtil beriladi.
Bolani parvarishlash taʼtillari davrida xodim pul taʼminoti saqlanmagan holda bojxona organlari ixtiyoriga olinadi.
Bolani parvarishlash taʼtili muddati xizmat stajiga qoʻshiladi, lekin hammasini jamlaganda olti yildan oshmasligi kerak. Bunda xizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi.
(89-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Bola parvarishlash uchun taʼtil tugagandan soʻng, xodimga taʼtilga chiqguniga qadar egallab turgan avvalgi lavozimiga teng lavozim beriladi. Bunday lavozim mavjud boʻlmaganda esa, maʼlumotiga, mutaxassisligiga hamda amaliy ish tajribasiga koʻra boshqa lavozim beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404-moddasi.
90. Xodimlarga kasalligi boʻyicha taʼtillar ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida beriladi. Ushbu taʼtilning davomiyligi kasallikning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Kasallik sababli taʼtilda boʻlishning uzluksiz umumiy muddati toʻrt oydan oshmasligi lozim. Ayrim kasalliklar boʻyicha davolanishda boʻlish uchun koʻproq muddat talab qilingan hollarda bu muddat ichki ishlar organlari tibbiyot muassasasi xulosasi asosida uzaytirilishi mumkin.
Xodimlar kasallik boʻyicha taʼtilda uzluksiz boʻlishning belgilangan muddati tugaganidan soʻng, keyingi xizmatga yaroqliligini hal qilish uchun ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasida guvohlantirilishi lozim.
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishda olingan yaradorligi (kontuziya, jarohatlar)ni davolashda boʻlgan davri maʼlum bir muddat bilan cheklanmaydi. Shaxslarning mazkur toifasi davolanish tugagandan soʻng ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy guvohlantirilishidan oʻtkaziladi.
Ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida beriladigan kasallik boʻyicha taʼtil yoki mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirgan holda davolanishda boʻlish davrida xodimning pul taʼminoti saqlanadi.
(90-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Kasallik sababli taʼtil har yilgi navbatdagi taʼtil hisobiga kiritilmaydi.
Xodim xizmatdan boʻshatilayotganda, unga kasalligi sababli taʼtil berilmaydi.
91. OHBIda akademik qarzdorligi boʻlmagan kursantlarga yetti kun davom etadigan qishki va oʻttiz kun davom etadigan yozgi, shuningdek institutni tamomlashi munosabati bilan oʻttiz kun davom etadigan taʼtillar beriladi.
92. Oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasida mustaqil izlanuvchi boʻlgan xodimlarga dissertatsiyalarini yakunlashlari uchun DBQ raisi tomonidan belgilanadigan tartibda ijodiy taʼtil beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 387-moddasi.
93. Oliy taʼlim muassasasiga kirish imtihonlari topshirish uchun ruxsat olgan xodimlarga taʼlim muassasasiga borish va u yerdan qaytish vaqtini hisobga olgan holda oʻn besh kalendar kunidan oshmaydigan va pul taʼminoti saqlanmaydigan taʼtil beriladi.
94. Xodimlarga oilasidagi kechiktirib boʻlmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish, qarindoshlik burchini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek boshqa uzrli sabablarga koʻra taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun vaqt hisobga olinmagan, pul taʼminoti saqlanmagan holda oʻn kalendar kungacha qisqa muddatli taʼtil berilishi mumkin.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
95. Ushbu Nizomning 130-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “d” va “e” kichik bandlari asosida xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlarga ishdan boʻshatish haqida qaror qabul qilingan kalendar yili uchun haq toʻlanadigan har yilgi navbatdagi taʼtil beriladi.
Xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlarga foydalanilmagan har yillik navbatdagi taʼtil uchun boʻshayotgan yilda xizmat davriga mos ravishda pul kompensatsiyasi toʻlanadi.
Bunda, pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlmagan xodimdan avval toʻlangan pul kompensatsiyasi boʻshayotgan yilda xizmat davriga mos ravishda ushlab qolinadi.
LexUZ sharhi
95-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan. Rus tili matniga qarang.
96. Xodimlarga taʼtillar berish, taʼtildan chaqirib olish, shuningdek ularning muddatlarini hisoblash tartibi va shartlari DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
9-bob. Huquqiy va ijtimoiy himoya
97. Bojxona organlari xodimi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari talablaridan kelib chiqqan holda egallab turgan lavozimi boʻyicha xizmat vazifalarini bajarishda davlat organining vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida boʻladi.
98. Bojxona organlari xodimining xizmat vazifalarini bajarish chogʻida oʻz vakolatlari doirasidagi qonuniy talablari barcha fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Xodimning qonuniy talablarini bajarmaslik va uning xizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi xatti-harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
LexUZ sharhi
98-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
99. Bojxona organlari xodimi tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash qonun asosida amalga oshirilgan boʻlsa, bunda u jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi. Xodimlarning jismoniy kuch ishlatishi, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllashining asosliligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
LexUZ sharhi
99-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
100. Bojxona organlari xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash yoxud buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish vaqtida, shuningdek kasb faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilish oqibatida zarar yetkazsa, uni javobgarlikdan ozod qilish masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 37 — 41-moddalari.
101. Bojxona organlari xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida faqat bevosita yoki toʻgʻridan-toʻgʻri boshligʻiga boʻysunadi.
102. Qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim xodimning qonuniy faoliyatiga aralashish, xodimni qonun bilan bojxona organlari zimmasiga yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
Xodimi oʻz ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallarning mohiyati boʻyicha hech qanday tushuntirish berishga, shuningdek ularni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga dahldorlarini tanishib chiqish uchun taqdim etishga majbur emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar va tartiblar bundan mustasno.
103. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali taʼminlanadi:
sogʻligʻini saqlash;
mehnatiga haq toʻlash;
uy-joy maydoni bilan taʼminlash;
mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
davlat pensiya taʼminoti;
davlat sugʻurtasi;
ijtimoiy yordam koʻrsatish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar.
104. Bojxona organlari xodimlari qonunchilikda belgilangan namunadagi bepul kiyim-kechak bilan taʼminlanadilar.
Bojxona organlarining polkovnik va general tarkibi maxsus unvonlariga ega boʻlgan, xizmat davrida oʻzini ijobiy tomondan namoyon qilgan, bojxona organlarida yigirma yil va undan ortiq xizmat qilgan xodimlariga xizmatdan boʻshashida, ularni boʻshatishni amalga oshirayotgan boshliqlar buyrugʻi bilan bayram kunlari belgilangan xizmat formasini kiyib yurish huquqi berilishi mumkin.
Xuddi shu boshliqlar tomonidan ular jinoyat sodir etgan yoki bojxona organlari shaʼniga dogʻ tushuruvchi xatoga yoʻl qoʻyganliklari sababli xizmat formasini kiyib yurish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
105. Bojxona organlari xodimlari, oila aʼzolari va pensionerlari, shuningdek OHBI kursantlari ambulator, statsionar va tibbiy-sanitariya sharoitida bepul tibbiy xizmat olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi matnlarda — IIV) tibbiy-davolash muassasalariga biriktiriladi, ularda qonun hujjatlarda belgilangan tartibda davolanadi va sogʻlomlashtirishdan oʻtkaziladi.
Bojxona organlari xodimlari va pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yilida bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan taʼminlanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning4-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasining “Prokuratura organlari, adliya organlari (muassasalari), davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari, davlat feldyegerlik xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolariga, shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlarining pensionerlari, Milliy gvardiya organlarining sobiq xodimlardan boʻlgan pensionerlari va davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga Ichki ishlar vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish hamda sanatoriy-kurort taʼminoti haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3349, 2022-yil 9-fevral).
106. Bojxona organlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda yiliga bir marta majburiy chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Oʻqotar qurol bilan xizmat olib boradigan xodimlar profilaktik tibbiy koʻrikdan har olti oyda oʻtadilar.
107. Bojxona organlari xodimlari hamda ularning oila aʼzolari navbatdagi taʼtil davrida DBQ sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida stansionar dam olish huquqiga egadir.
Bojxona organlarining sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida stansionar dam olish tartibi va shartlari DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
108. Xizmat yili, pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy unvoni va darajasi mavjudligi uchun xodimlarga ustamalar toʻlanadi.
Pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy unvoni va darajasi mavjudligi uchun toʻlanadigan ustama miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(108-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-bobi.
1081. Xizmat yili uchun ustama bojxona organi xodimining, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning xizmat yillariga muvofiq, oylik lavozim va maxsus unvon maoshlariga nisbatan quyidagi foizlarda belgilanadi:
ikki yildan besh yilga qadar — 5 foiz;
besh yildan oʻn yilga qadar — 10 foiz;
oʻn yildan oʻn besh yilga qadar — 15 foiz;
oʻn besh yildan yigirma yilga qadar — 20 foiz;
yigirma yildan yigirma besh yilga qadar — 30 foiz;
yigirma besh yildan yuqori — 40 foiz.
Xizmat yili uchun ustama respublika budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Xizmat yili uchun ustamani toʻlash maqsadida xizmat muddatini hisoblash tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
(1081-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
109. Xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan, yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasiga erishgan, yuqori maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, shuningdek oʻz faoliyatida yuqori natijalarni koʻrsatgan xodimlarga “uchinchi toifali mutaxassis”, “ikkinchi toifali mutaxassis”, “birinchi toifali mutaxassis”, “usta” malaka darajalari beriladi.
Malaka darajalari uchun quyidagi miqdorda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan lavozim maoshiga nisbatan har oylik qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi:
“uchinchi toifali mutaxassis” — 15 foiz;
“ikkinchi toifali mutaxassis” — 20 foiz;
“birinchi toifali mutaxassis” — 30 foiz;
“usta” — 40 foiz.
Malaka darajalarini berish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
(109-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
110. Bojxona organlari xodimining yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ushbu qoida bojxona organlaridan pensiyaga chiqarilgan shaxslarga, agar zarar ularga yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga bojxona organlaridagi xizmat faoliyati bilan bogʻliq holda yetkazilganida ham tatbiq etiladi.
Bojxona organlari xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli, uning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 25 va 29-moddalari.
111. Xizmatga qabul qilingan xodimlar Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida tnazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinadi.
112. Xizmatdan boʻshayotgan xodimlarga quyidagi tovon puli toʻlanadi:
a) birmarotabalik tovon puli — pensiyaga chiqish huquqi bilan boʻshayotganlarga quyidagi miqdorlarda:
besh oylik pul taʼminoti okladi miqdorida — ushbu Nizomning 130-bandi “b”, “g”, “d”, “e” kichik bandlari asosida xizmatdan boʻshayotganlarga;
ikki oylik pul taʼminoti okladi miqdorida — ushbu Nizomning 130-bandi “v”, “z”, “n” kichik bandlari asosida xizmatdan boʻshayotganlarga;
b) boʻshash tovon puli — pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlmay xizmatdan boʻshayotganlarga quyidagi miqdorlarda:
besh oylik pul taʼminoti okladi miqdorida — ushbu Nizomning 130-bandi “b”, “g”, “d”, “e” kichik bandlari asosida xizmatdan boʻshayotganlarga;
ikki oylik pul taʼminoti okladi miqdorida — ushbu Nizomning 130-bandi “a”, “z”, “n” kichik bandlari asosida xizmatdan boʻshayotganlarga.
Bir marotabalik va boʻshash tovon pullari boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga ishga oʻtkazilishi sababli xizmatdan boʻshatilayotganlarga toʻlanmaydi.
Bir marotabalik va boʻshash tovon pullari shtat jadvalidagi oxirgi lavozim boʻyicha okladi va maxsus unvoni okladi hamda oziq-ovqat uchun toʻlanadigan tovon pulini qoʻshgan holda hisoblab chiqariladi.
Xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlar koʻp yillik va vijdonan (benuqson) xizmatlari uchun vakolatli rahbarlar tomonidan qimmatbaho sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlanishi mumkin.
113. Xizmat vazifalarini bajarayotganlarida bojxona organlarining xodimlariga quyidagi hollarda bir yoʻla nafaqa toʻlanadi:
halok boʻlganda — halok boʻlganning oilasiga 50 tagacha oylik pul taʼminoti okladi miqdorida;
ogʻir tan jarohati olganda — 25 tagacha oylik pul taʼminoti okladi miqdorida;
uncha ogʻir boʻlmagan tan jarohati olganda — 10 tagacha oylik pul taʼminoti okladi miqdorida.
LexUZ sharhi
113-bandning toʻrtinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
114. Bojxona organlari xodimlari, boquvchisini yoʻqotganda esa ularning oila aʼzolari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat pensiya taʼminoti olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 30-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan (vafot etgan) xodimlari oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
115. Bojxona organlari xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar boʻyicha pul va kiyim-bosh taʼminoti oladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 34-moddasining ikkinchi qismi.
116. Egallab turgan lavozimi boʻyicha okladi va maxsus unvoni okladi bojxona organlari xodimlarining oylik pul taʼminoti okladini tashkil etadi.
LexUZ sharhi
116-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
1161. Bojxona organlari xodimlariga oylik pul taʼminoti joriy oy yakunigacha toʻlanadi.
Quyidagi hollarda oylik pul taʼminoti muddatidan oldin toʻlab berilishi mumkin:
xodimning mehnat taʼtiliga ketishida — mehnat taʼtiliga ketishidan uch ish kuni oldin joriy va keyingi oy uchun;
xodimning xizmat safariga ketishida — xizmat safariga ketishidan uch ish kuni oldin joriy oy uchun.
1162. Xodimlarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi har oylik ustamalar toʻlanadi:
a) ish yuklama hajmi va xizmat sharoitlarini hisobga olgan holda:
toifadan tashqari bojxona postlarida — lavozim maoshining 40 foizi miqdorida;
birinchi toifali bojxona postlarida — lavozim maoshining 35 foizi miqdorida;
ikkinchi toifali bojxona postlarida — lavozim maoshining 30 foizi miqdorida;
b) bojxona postining toifasidan qatʼiy nazar, alohida xizmat sharoitlaridagi bojxona postlarida xizmatni oʻtayotganlik uchun kinologiya guruhlariga – lavozim maoshining 20 foizi miqdorida;
v) chegara bojxona postlaridagi inspeksion koʻrik majmualari (skaner) bilan ishlash guruhlari xodimlariga boshqa ustamalarga qoʻshimcha ravishda zararli mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshining 40 foizi miqdorida.
1163. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimlarning quyidagi shakllardagi ijtimoiy himoyasi taʼminlanadi:
xodimning kasallikdan davolanishi uchun — lavozim maoshining oʻn baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
xodim yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari) davolanish yoki operatsiya qildirish, ortopedik oyoq kiyim va protez-ortopedik mahsulotlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) ikki yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda yiliga bir marotaba moddiy yordam berish;
sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish va dam olish uchun — lavozim maoshining toʻrt baravari miqdorigacha moddiy yordam berish;
oʻzi yoki ota-onasi, farzandlarining toʻylari hamda yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari) dafn marosimlarini oʻtkazish uchun — lavozim maoshining ikki baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam berish;
xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan xolda xodim vafot etganda uning lavozim maoshining uch baravari miqdorda oila aʼzolariga bir martalik moddiy yordam ajratish;
uy-joyga ega boʻlish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun — besh yildan oshmaydigan muddatga BHMning ming baravaridan oshmaydigan miqdorda foizsiz qarz berish;
bojxona organlarida amaliy xizmat staji 8 yildan ortiq boʻlgan, xizmatda samarali natijalarga erishgan xodimlarga mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun BHMning 300 baravaridan oshmagan miqdorda 3 yil muddatga foizsiz qarz berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga ajratiladigan qismi DBQ raisi oʻrinbosari rahbarligida tashkil etiladigan markaziy komissiya va bojxona organlari boshligʻi oʻrinbosari rahbarligida tashkil etiladigan hududiy komissiyalarning xulosalari asosida qabul qilinadigan buyruqqa muvofiq maqsadli sarflanadi.
Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga sarflangan mablagʻlar haqidagi maʼlumotlar xodimlar kesimida maxsus axborot tizimiga kiritib boriladi.
(1161 — 1163-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
117. Bojxona organlari xodimlariga har yili quyidagi moddiy yordamlar koʻrsatiladi:
taʼtilga chiqish vaqtida — ish haqi fondidan bir oylik pul taʼminoti okladi miqdorida;
moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va DBQ kutilmagan xarajatlari maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan tartibda DBQning budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan.
LexUZ sharhi
1171-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
118. Bojxona organlari xodimlariga ish haqi fondi va DBQning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mukofotlar beriladi.
Bojxona organlari xodimlari quyidagilar uchun:
a) bir oy davomida respublika hududiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan va baholangan qiymati BHMning 200 baravaridan yuqori boʻlgan tovarlarni aniqlaganligi uchun — bojxona organlarining yagona fond mablagʻlari hisobidan tovar qiymati BHMning 200 baravaridan oshgan qismining 1 foizi, lekin oylik ragʻbatlantirish miqdori BHMning 10 baravaridan oshmagan miqdorida;
b) muomaladan chiqarilgan va (yoki) muomalasi cheklangan ashyolarning noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq holatlarni aniqlaganligi va ularning oldini olganligi uchun – bojxona organlarining yagona fond mablagʻlari hisobidan BHMning 1 baravaridan 100 baravarigacha miqdorida;
v) aniqlangan huquqbuzarlik natijasida Davlat budjetiga bir oy davomida undirilgan qoʻshimcha bojxona toʻlovlari BHMning:
4 000 baravaridan oshgan taqdirda, BHMning 100 baravarigacha miqdorida DBQning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mukofotlanadi.
Xodimlarni mukofotlash va ragʻbatlantirish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
(118-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
1181. Bojxona organlari xodimlarini, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi lavozim va unvon maoshi, xizmat yili ustamasi, tuman koeffitsiyenti, mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan boshqa ustama va qoʻshimcha toʻlovlar hamda ikki oylik lavozim maoshi miqdoridagi mukofot va bir oylik lavozim maoshi miqdoridagi moddiy yordamning 15 foiz miqdorida shakllantiriladi.
Bojxona organlari xodimlariga, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondidan egallab turgan lavozimi boʻyicha va maxsus unvoni boʻyicha maoshining 15 foizi miqdorida oylik ustama toʻlanadi.
Oʻz vazifalarini tashabbuskorlik bilan va vijdonan bajarib kelayotgan bojxona organlari xodimlari, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida ularga faoliyati davomida yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi uchun Moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan toʻlab berilayotgan har oylik 15 foizlik ustamalarni inobatga olgan holda egallab turgan lavozim maoshining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin. Shaxsiy ustama berish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlari xodimiga, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan boʻlsa, DBQ raisi yoki DBQning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, BI boshliqlari va Milliy kinologiya markazi direktori oʻz vakolatlari doirasida ushbu ustamalarni buyruq asosida bekor qilish yoki kamaytirish huquqiga ega va bu ularning majburiyati hisoblanmaydi.
Mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan boshqa ustama va qoʻshimcha toʻlovlarning toʻlanishi, xodimlarga har oylik 15 foizli ustama va Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondidan shaxsiy ustamalarni toʻlashni bekor qilmaydi.
(1181-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
1182. Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondining tejab qolingan mablagʻlari hisobidan bojxona organlari xodimlariga, shu jumladan mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga hisobot davridagi ishlarning yakuni, yubiley va bayramlar munosabati bilan mukofotlar toʻlanadi. Mukofot miqdori ularning umumiy ish natijalariga qoʻshgan hissalariga muvofiq belgilanadi va yuqori miqdorlari bilan cheklanmaydi.
(1182-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
1183. Moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan ustamalar va mukofotlar toʻlash mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(1183-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
119. Bojxona organi xodimlari va ularning oila aʼzolari, xizmatni boshqa joyda oʻtash uchun yuborilganligi sababli amalda yangi yashash joyiga koʻchib oʻtishganda:
LexUZ sharhi
119-bandning birinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
a) xodimga tovon puli — pul taʼminoti okladining bir barobari miqdorida, oila aʼzolarining har biriga — ¼ tovon puli miqdorida;
b) temiryoʻl, havo kemasi, suv va avtomobil transportida qoʻchish va mol-mulkini tashish uchun haqiqatda sarflangan xarajatlarini qoplash;
v) qonunchilikda belgilangan tartibda ijara uchun olingan uy-joyga toʻlanadigan haqni qoplash.
120. Bojxona organi xodimlari oziq-ovqat payogi bilan taʼminlanadilar.
Oziq-ovqat payogini berish meʼyori yoki oziq-ovqat payogi qiymatining pul kompensatsiyasi miqdori, agar u natura holida berilmasa, qonun hujjatlarida belgilanadi.
Pul taʼminoti, qoʻshimcha pul taʼminoti turlari, shuningdek, oziq-ovqat payogi qiymatining pul kompensatsiyasi xodimga har bir kalendar kuni uchun, shu jumladan uning xizmatda boʻlgan va yillik navbatdagi taʼtilda boʻlgan davri uchun toʻlanadi.
1201. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari DBQ raisining tavsiyanomasi asosida:
belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim muassasalari) bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga (ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar;
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va DBQ tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari) qabul parametrlaridan tashqari dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalariga muvofiq qabul qilinadilar.
1202. DBQ raisi:
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan bojxona organlari xodimlarining toʻlov-kontrakt (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori bundan mustasno) asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatida (ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) taʼlim olayotgan farzandlariga — qolgan oʻquv davri toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdorining toʻliq hajmini;
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining toʻlov-kontrakt (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori bundan mustasno) asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatida (ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) taʼlim olayotgan farzandlariga — toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdorining ellik foizi miqdorini DBQning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlab berish huquqiga ega.
1203. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga oʻqishga kirish uchun:
respublika davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi;
oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga belgilangan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi.
1204. Mazkur Nizomning 1203-bandiga muvofiq respublika davlat oliy taʼlim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul parametrlari asosida kirish hamda davlat granti asosida taʼlim olish huquqi bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, ish jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan, bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning tegishli tavsiyanomalarga ega boʻlgan farzandlariga beriladi.
Xodimlarning farzandlari uchun ajratilgan ikki foizli qabul parametrlari doirasida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish DBQ raisining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi hamda oʻrinlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida oʻttiz foizini toʻplagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Xodimlarning farzandlari uchun ajratilgan ikki foizli qabul parametrlari doirasida oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul qilish dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalari, shuningdek, DBQ raisining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.
Xodimlar, shu jumladan xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlarini oliy taʼlim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanoma DBQ raisi tomonidan beriladi.
Tavsiyanoma bir oliy taʼlim muassasasi, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasasiga bir marta kirishi uchun uch yildan oshmaydigan muddatga beriladi.
Tavsiyanoma blanklari qatʼiy hisob hujjati hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlib, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
1205. Tavsiyanoma berish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish borasida qarorlar qabul qilishda xolislikni taʼminlash va korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha shaxsiy javobgarlik DBQ raisi zimmasiga yuklanadi.
1206. Mazkur Nizomning 1163-bandi, 118-bandi “v” kichik bandi va 1202-bandida nazarda tutilgan bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarining 10 foizi ajratiladi.
Mazkur mablagʻlar bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarga ham yoʻnaltirilishi mumkin.
(1201 — 1206-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
10-bob. Xizmatni oʻtash rejimi
121. Bojxona organi xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlarni bajaradilar hamda huquq va erkinliklardan foydalanadilar.
122. Xodimlarning haftalik ish vaqti qirq soatdan oshishi mumkin emas, zarur boʻlgan hollarda esa ular kuchaytirilgan yoki sutkalik (kecha-kunduzlik) rejimda xizmat oʻtashga jalb etilishlari mumkin.
Odatdagi xizmat oʻtash rejimi olti kunlik ish haftasi oʻrnatilishini nazarda tutadi, bunda kunlik ish davomiyligi yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa — sakkiz soatdan oshmasligi kerak.
Kuchaytirilgan rejim kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi toʻrt soatdan oshmaydigan xizmat belgilanishini nazarda tutadi.
Sutkalik rejim uch mahal ovqatlanish hamda kamida sakkiz soat dam olish uchun vaqt berilgan holda yigirma toʻrt soat davomida xizmat oʻtashni nazarda tutadi.
Sutkalik rejimda xizmat oʻtash chogʻida xodimlarga ularning xohishiga koʻra xizmat oʻtash joyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun nazarda tutilgan umumqoʻshin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogi uchun beriladigan kompensatsiya oʻrniga uch mahal bepul ovqat berilishi mumkin, oʻz xizmat vazifalarini doimiy ravishda sutkalik navbatchilik asosida bajaradigan xodimlar bundan mustasno.
Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejim joriy etilishi munosabati bilan ish soatlari (kunlari)ning belgilangan normalari oshirilganligi evaziga xodimga DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda pul kompensatsiyasi toʻlanadi yoki dam olish kunlari (otgullar) beriladi yoxud bu kunlar uning har yilgi navbatdagi taʼtiliga qoʻshiladi.
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek xodimlarni jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish DBQ raisining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
123. Dam olish va bayram kunlari xizmat vazifalarini bajarishga jalb etiladigan xodimlarga haftaning boshqa kunlarida dam olish kuni beriladi.
124. Bojxona organlarining navbatchilik qismlari sutkalik naryadining xizmati yigirma toʻrt soatga moʻljallab tashkil etiladi.
Navbatchilik vaqtida bojxona organlari navbatchilik qismining har bir xodimiga navbatma-navbat ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun umumiy davomiyligi uch smenalik rejimda — olti soat, toʻrt smenalik rejimda — toʻrt soat davom etadigan tanaffuslar beriladi.
Smena tugagach, bojxona organlari navbatchilik qismlarining xodimlari hamda xizmat vazifalarini sutkalik navbatchilik rejimida doimiy bajaruvchi boshqa xodimlarga belgilangan tartibda dam olish beriladi.
125. Bojxona organlarida asosiy xizmat vazifalariga qoʻshimcha ravishda sutkalik xizmatga (shu jumladan navbatchilikka) tushgan xodimlarga navbatchilik tugaganidan soʻng, kamida 24 soat davom etadigan dam olish vaqti beriladi.
126. Bojxona organlari xizmat faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bojxona organlarining boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibi ishlab chiqiladi.
127. Urush holati eʼlon qilingan davrda xodimlarning xizmatni oʻtash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-bobi.
11-bob. Xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan boʻshatish va xizmatga tiklash
128. Bojxona organlari xodimlarini xizmatdan boʻshatish DBQ raisi tomonidan vakolat berilgan rahbarning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
129. Qoidaga koʻra, bojxona organlaridan boʻshaydigan xodim, boʻshashidan avval ikki oydan kech boʻlmagan muddatda tegishli vakolatli rahbariga maʼlum qiladi.
130. Xodim quyidagi asoslarga koʻra xizmatdan boʻshatiladi:
a) oʻzining xohishiga koʻra (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtamaganlarga) — xodimning bildirgisi asosida;
b) xizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga toʻlganligi;
v) pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganligi — xodimning bildirgisi asosida;
g) tashkiliy-shtat oʻzgarishlari munosabati bilan;
d) kasalligi boʻyicha — ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xizmatga yaroqsizligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida;
e) sogʻligʻining cheklanganligi holati boʻyicha — ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xizmatga yaroqliligi cheklanganligi toʻgʻrisidagi va xizmat boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
j) dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi sababli;
z) malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi — attestatsiya natijalari asosida;
i) xizmat intizomini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun;
k) bojxona organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi uchun;
l) jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi sababli;
m) xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgani holda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi uchun;
n) boshqa turdagi davlat xizmatiga (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilmasdan) oʻtganligi uchun;
o) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi uchun;
p) xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmaganligi uchun.
131. Bojxona organlarida xizmatda boʻlishning chegara yoshi serjantlar tarkibi xodimlar uchun ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun — oltmish yosh.
1311. Xodimlar bojxona organlari xizmatidan Qurolli Kuchlar rezerviga yoki isteʼfoga boʻshatiladi.
Xizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga yetgan yoki harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega boʻlgan bojxona organlari xodimlari isteʼfoga boʻshatiladi.
(1311-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
132. Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega boʻlgan va sogʻligʻining holatiga koʻra xizmatni oʻtashga yaroqli xodimlarning xizmat muddati oʻzining roziligi bilan DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda besh yilgacha, OHBI professor-oʻqituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy unvon yoki darajaga ega boʻlganlar esa — oʻn yilgacha muddatga uzaytirilishi mumkin.
133. Xizmat muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror xodimni ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha bojxona organlaridan boʻshatish imkoniyatini istisno etmaydi.
LexUZ sharhi
133-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
134. Quyidagi hollarda xodimlarning xizmatdan boʻshatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
tibbiyot muassasalarida davolanishda boʻlganida, IIV tizimidagi tibbiyot muassasalari tomonidan ular vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilganda;
taʼtilda yoki xizmat safarida boʻlganda;
asirga yoki garovga olinganida (oʻz ixtiyori bilan asirga yoki garovga tushish hollari bundan mustasno).
135. Xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmagan yoki sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, u xizmatdan boʻshatilishi mumkin emas.
136. Bojxona xodimining xizmat muddati kalendar hisobda yigirma yilga yetganidan soʻng, pensiya olish huquqini beradigan oʻtagan xizmat muddati boʻyicha xizmatdan boʻshashga haqlidir. Bunga OHBI, DBQ sobiq Bojxona kolleji, Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqish, Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni oʻtash davrlari kiradi.
Ushbu holda xodimga pensiya tayinlashda uning kalendar tarzda hisoblanadigan xizmat muddatiga imtiyozli hisoblanadigan xizmat muddati mazkur Nizomning 144-bandida belgilangan tartibda qoʻshiladi.
137. Pensiya olish huquqini beruvchi xizmat muddatini oʻtamagan, ushbu Nizomning 130-bandi “b”, “g”, “d” yoki “e” kichik bandlariga muvofiq xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlar boʻshash kunida umumiy ish staji yigirma besh va undan ortiq yilni tashkil etgan, ulardan kamida oʻn ikki yilu olti oyi bojxona organlari xizmatiga toʻgʻri kelganda pensiya olish huquqiga ega boʻladi.
138. Xodimlar halok boʻlganligi (vafot etganligi), bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi sababli bojxona organlari shaxsiy tarkibi roʻyxatidan oʻchiriladi.
139. Ushbu Nizomning 130-bandi “l” kichik bandiga asosan xizmatdan boʻshatilib, gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoxud asossiz boʻshatilganligi tan olingan hollarda, shuningdek gʻayriqonuniy ravishda xizmatdan boʻshatilgan deb topilgan shaxslarni xizmatga tiklash sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoxud DBQ raisining qarori asosida amalga oshiriladi.
Tiklanishi lozim boʻlgan shaxslarni shaxsiy tarkib roʻyxatiga kiritish va lavozimga tayinlash DBQ raisi qarori bilan amalga oshiriladi.
140. Xizmatga tiklash shaxsni boʻshatilgan kunidan tiklangan kuniga qadar boʻlgan oraliq davri uchun navbatdagi maxsus unvon berish, foizli ustama toʻlash va pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblashda xizmat stajiga qoʻshib hisoblash sharti bilan avvalgi maxsus unvoni, egallab turgan lavozimi, buning imkoni boʻlmasa, unga teng yoki boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki ajrimi yoxud DBQ raisining buyrugʻi asosida xizmatga tiklangan shaxs mazkur buyruq qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyalarida yoʻllanma asosida tibbiy koʻrikdan oʻtadi.
(140-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
141. Qamoqqa olingan bojxona organi xodimiga, qamoqqa olingan kundan boshlab, pul taʼminoti toʻlanishi toʻxtatiladi hamda qamoqdan ozod etilgan kundan boshlab toʻlanishi davom ettiriladi.
142. Xizmatga tiklanayotgan shaxsga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash sudning qarori asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 7-son qarori.
143. Ushbu Nizomning 130-bandi “a”, “v”, “g”, “e”, “j”, “z” va “n” kichik bandlariga muvofiq xizmatdan boʻshatilgan xodimlar xizmatga qayta qabul qilinishi mumkin.
Bojxona organlaridan boʻshatilgan shaxslarni xizmatga qabul qilish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
144. Bojxona organlarida xizmat oʻtayotgan (shu jumladan kadrlar zaxirasida boʻlgan yoki Bojxona instituti doktoranturasida oʻqiyotgan) xodimlarga xizmat muddati, imtiyozli ravishda — bir kuni bir yarim kunga tenglashtirib hisoblanadi.
(144-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
OHBI, sobiq Bojxona kollejida oʻqish davri bir kuni bir kunga hisoblagan holda xizmat muddatiga qoʻshiladi.
145. Xodim yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga xizmatdan boʻshatilishi yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
145-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
146. Mazkur Nizom asosida DBQ raisi tomonidan bojxona organlarining ayrim boʻlinmalarida xizmat oʻtashning boshqa tartibi va shartlari belgilanishi mumkin.
147. Bojxona organlari xodimlari xorijiy xizmat safarlariga qonunchilikda belgilangan tartib asosida yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 92-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr).
148. Bojxona organlari xodimlariga ragʻbatlantirish va intizomiy jazoga tortish choralari qoʻllanilishi mumkin. Bojxona organlari boshliqlarining ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari roʻyxati, ularni qoʻllashdagi huquq va majburiyatlari, xizmat intizomini mustahkamlashdagi javobgarligi qonunchilikda tasdiqlangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining Intizom nizomida belgilanadi.
149. Bojxona organlarining mutaxassis, texnik va xizmat koʻrsatish xodimlari bilan mehnat munosabatlari mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Fuqarolarni bojxona organlarining mutaxassis, texnik va xizmat koʻrsatish xodimlari lavozimlariga ishga olish, shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi ish xususiyatidan kelib chiqqan holda DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlarining (BI bundan mustasno) mutaxassis, xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi (texnik) lavozimlarining meʼyorlari, ularni kiritish shartlari, mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlari, bazaviy stavkalari DBQ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi, qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan hollar bundan mustasno.
(149-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
150. Xizmat oʻtashning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalari qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Prokuratura (shu jum. harbiy prokuratura) organlarining daraja unvonlari
Adliya organlarining daraja unvonlari
Sud organlarining daraja unvonlari
1.
Bojxona xizmati leytenanti
Leytenant
Leytenant
Leytenant
3 darajali yurist, adliya leytenanti
3 darajali yurist
3 darajali yurist
2.
Bojxona xizmati katta leytenanti
Katta leytenant
Katta leytenant
Katta leytenant
2 darajali yurist, adliya katta leytenanti
2 darajali yurist
Beshinchi kvalifikatsiya darajasi, 2 darajali yurist
3.
Bojxona xizmati kapitani
Kapitan
Kapitan
Kapitan
1 darajali yurist, adliya kapitani
1 darajali yurist
Toʻrtinchi kvalifikatsiya darajasi, 1 darajali yurist
4.
Bojxona xizmati mayori
Mayor
Mayor
Mayor
Kichik adliya maslahatchisi, adliya mayori
3 darajali adliya maslahatchisi
Uchinchi kvalifikatsiya darajasi, 3 darajali adliya maslahatchisi
5.
Bojxona xizmati podpolkovnigi
Podpolkovnik
Podpolkovnik
Podpolkovnik
Adliya maslahatchisi, adliya podpolkovnigi
2 darajali adliya maslahatchisi
Ikkinchi kvalifikatsiya darajasi, 2 darajali adliya maslahatchisi
6.
Bojxona xizmati polkovnigi
Polkovnik
Polkovnik
Polkovnik
Katta adliya maslahatchisi, adliya polkovnigi
1 darajali adliya maslahatchisi
Birinchi kvalifikatsiya darajasi, 1 darajali adliya maslahatchisi
7.
Bojxona xizmati general-mayori
General-mayor
General-mayor
General-mayor
3 darajali adliya davlat maslahatchisi, adliya general-mayori
3 darajali davlat adliya maslahatchisi
Oliy kvalifikatsiya darajasi
8.
Bojxona xizmati general-leytenanti
General-leytenant
General-leytenant
General-leytenant
2 darajali adliya davlat maslahatchisi, adliya general-leytenanti
2 darajali davlat adliya maslahatchisi
9.
Bojxona xizmati general-polkovnigi
General-polkovnik
General-polkovnik
General-polkovnik
1 darajali adliya davlat maslahatchisi
1 darajali davlat adliya maslahatchisi
Izoh: Bojxona organlarining generallar tarkibi maxsus unvonlarini boshqa davlat organlari unvonlariga tenglashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Preztidenti bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona organlarining
INTIZOM NIZOMI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Bojxona organlarining Intizom nizomi (keyingi oʻrinlarda — Nizom) bojxona organlari xodimlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oliy harbiy bojxona instituti (keyingi oʻrinlarda — OHBI) kursantlarining xizmat intizomiga qoʻyilayotgan talablar va odob-axloq qoidalarini belgilaydi, boshliqlar va xodimlarning oʻzaro munosabatlarini, shuningdek ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarining qoʻllanilishini tartibga soladi.
LexUZ sharhi
1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
2. Bojxona organlarida xizmat intizomi xodimlarning ushbu Nizom talablariga qatʼiy va soʻzsiz rioya etishidan iborat.
Bojxona organlarida xizmat intizomi har bir xodimning yuksak darajadagi ongliligi va xizmat burchini hamda topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarligini chuqur tushunishiga asoslanadi.
3. Xizmat intizomi har bir xodimni quyidagilarga majbur qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish, Oʻzbekiston Respublikasi DBQ hayʼati qarorlarida belgilangan talablarni, Oʻzbekiston Respublikasi DBQ raisining buyruq, farmoyish va koʻrsatmalarini qatʼiy bajarish;
bojxona organi xodimining qasamyodiga sodiq boʻlish, “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” degan oʻzining xizmat burchini soʻzsiz bajarish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, samarali bojxona nazoratini taʼminlash, kontrabandaning oldini olish, bojxona qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish;
ishonib topshirilgan tabel quroli, mol-mulk va texnikani asrab-avaylash;
hushyor boʻlish, davlat va xizmat sirini qatʼiy saqlash;
xodimlar oʻrtasida oʻzaro munosabatlar qoidalariga amal qilish, boshliqlar va hamkasblarni hurmat qilish;
doimiy ravishda oʻz bilim va kasbiy koʻnikmalarini takomillashtirib borish, malaka va huquqiy madaniyatini oshirish;
xizmatdan tashqari holatlarda oʻzini munosib ravishda tutish, jamoat tartibi va odob-axloq qoidalariga amal qilishda namuna boʻlish.
4. Bojxona organlarida yuksak xizmat intizomiga:
xodimlarda yuksak maʼnaviy-axloqiy va ishchanlik xususiyatlarini, xizmat burchini bajarishga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish;
har bir xodimning oʻz xizmat vazifalarini bajarishga nisbatan shaxsiy masʼuliyati, ichki tartib va xizmat kiyimini kiyib yurish qoidalariga qatʼiy rioya etish;
boshliqlarning qoʻl ostidagi xodimlarga nisbatan kunlik talabchanligi, ularga doimiy gʻamxoʻrligi, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini oqilona uygʻunlashtirgan holda va asosli qoʻllash;
bojxona organlari boʻlinmalarida zarur moddiy-maishiy sharoitlarni yaratish orqali erishiladi.
2-bob. Xodimlarning odob-axloq qoidalari
5. Odob-axloq qoidalari qaysi lavozimni egallashidan qatʼi nazar, xodimlarning kasb odobi va xizmatda oʻzini tutishning asosiy qoidalari umumiy prinsiplari majmuini oʻz ichiga oladi.
6. Bojxona organlariga xizmatga qabul qilingan kundan eʼtiboran har bir xodim odob-axloq qoidalariga amal qilishga majbur.
Odob-axloq qoidalariga rioya etish xodimning kasbiy faoliyati samaradorligi va xizmatda oʻzini tutishini baholashning mezonlaridan biri hisoblanadi.
7. Xodim tomonidan odob-axloq qoidalarining asosiy talablariga amal qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, kamtar va bosiq boʻlish, ularning mavqeyidan qatʼi nazar hech bir shaxs, guruh yoki tashkilotlarning kamsitilishi yoki afzal koʻrilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odat va anʼanalarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruh hamda konfessiyalarning madaniy va boshqa xususiyatlarini inobatga olish, ijtimoiy barqarorlik, millatlararo va dinlararo hamjihatlikka koʻmaklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida, begʻaraz va qonuniy koʻrib chiqish;
xodimning oʻz xizmat burchini vijdonan bajarishiga nisbatan fuqaroda shubha uygʻotuvchi xatti-harakatdan tiyilish, shuningdek bojxona organlari obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik.
8. Shaxsiy vaj va boshqa subyektiv sabablar xodimlar tomonidan qonunchilik talablari va odob-axloq qoidalari buzilishiga asos boʻla olmaydi.
9. Xodimlar korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi kurashishi va faollik bilan uning profilaktikasiga koʻmaklashishi shart.
Xodimlar oʻzlarini boshqa shaxslar huquqbuzarlik sodir etishga undab murojaat qilgan har bir holat, shuningdek, boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan har qanday oʻziga maʼlum boʻlgan huquqbuzarliklar haqida oʻz boshligʻiga yoki vakolatli organlarga xabar berishi zarur.
10. Xodim oilasida yuzaga kelgan nizolarni qonunchilik talablariga qatʼiy amal qilgan holda hal etadi.
Xodimning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlariga nisbatan tergov harakatlari olib borilganda, unga oʻz vakolatlaridan foydalanib, aralashish taqiqlanadi.
11. Xodimlar xayrixoh, xushmuomala va eʼtiborli boʻlishi, fuqarolar va hamkasblariga sabr-toqat va hurmat bilan munosabatda boʻlishi zarur.
Xodimlar fuqarolarga nisbatan qoʻpollik qilmasligi, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish, asossiz ruhiy va jismoniy taʼsir oʻtkazish holatlariga yoʻl qoʻymasligi kerak.
12. Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida xodimlarning tashqi koʻrinishi ish sharoiti va xizmat tadbiri turini inobatga olgan holda, aholida bojxona organlariga nisbatan hurmat uygʻotishi, toza va orasta boʻlishi zarur.
13. Xodimlarga xizmat paytida alkogol ichimliklar isteʼmol qilish taqiqlanadi.
14. Xodimlar xizmatdan tashqari paytda umumiy odob-axloq qoidalariga amal qilishi, gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻymasligi zarur.
15. Bojxona organlarining xodimlari (kursantlari) uchrashganida (yonidan oʻtib ketishayotganda) bir-birlari bilan, shuningdek Qurolli Kuchlarning, Davlat xavfsizligi xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining saf nizomida belgilangan qoidaga qatʼiy amal qilgan holda salomlashadilar.
3-bob. Boshliqlar va xodimlarning oʻzaro munosabatlari
16. Xodim xizmat vazifasini bajarish paytida bevosita va toʻgʻridan-toʻgʻri boshliqqa boʻysunadi.
Xodimlar xizmat boʻyicha boʻysunadigan, shu jumladan vaqtincha boʻysunadigan rahbarlar toʻgʻridan-toʻgʻri boshliqlar deb hisoblanadi.
Xodimga eng yaqin boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri rahbar bevosita boshliq hisoblanadi.
17. Boshliq oʻzi rahbarlik qilayotgan bojxona organi boʻlinmasida xizmat intizomiga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
18. Boshliq unga boʻysunuvchi xodimlar tomonidan Nizomga amal qilinishiga talabchan boʻlishi, ularga yuksak kasbiy mahorat, qonuniylik talablari hamda qasamyodga rioya etish borasida doimiy ravishda namuna koʻrsatishi, ularni xizmat burchi hissini kuchaytirish va qoʻllab-quvvatlashi, tashabbus, intilish va xizmatlarini ragʻbatlantirishi, shuningdek xizmat intizomi buzilgan holatlarda jazo qoʻllanilishini taʼminlashi zarur.
19. Buyruq va topshiriqlar boʻysunish tartibida beriladi. Yuqori turuvchi boshliq zarur hollarda xodimga bevosita boshligʻini xabardor qilmasdan buyruq yoki topshiriq berishga haqli. Bunday hollarda xodim oʻzining bevosita boshligʻini bundan xabardor qilishi zarur.
20. Noqonuniyligi yaqqol koʻrinib turgan va xizmat faoliyatiga aloqasi boʻlmagan buyruq va topshiriqlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Boshliq qoʻl ostidagi xodimlardan ularning xizmat burchi doirasidan chiquvchi topshiriqlarni bajarishni, shuningdek gʻayriqonuniy harakatlar sodir etishni talab qilishga haqli emas.
Xodim yaqqol qonunga zid boʻlgan (xizmat faoliyatiga aloqador boʻlmagan) buyruq yoki topshiriq olganda yuqori turuvchi rahbariyat yoki xizmatni oʻtash joyidagi oʻz xavfsizligi boʻlinmasiga zudlik bilan xabar beradi.
Xodim yuqori turuvchi rahbariyat yoki oʻz xavfsizligi boʻlinmasiga xabar berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda qonunchilik talablariga rioya etgan holda gʻayriqonuniy buyruq va topshiriqlarni bajarishdan bosh tortishga haqli, keyinchalik esa imkon paydo boʻlishi bilan ularni xabardor qiladi.
21. Boshliqning buyruq va topshiriqlari, yaqqol qonunga zid boʻlganlari bundan mustasno, soʻzsiz, aniq va oʻz vaqtida bajarilishi shart. Buyruq va topshiriqlarni muhokama etishga, shuningdek ularni tanqid qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Xodim buyruq yoki topshiriqning bajarilgani toʻgʻrisida buyruq yoki topshiriq bergan boshliqqa, shuningdek bevosita boshligʻiga axborot beradi.
Buyruq yoki topshiriqni bajarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, xodim zudlik bilan bu haqda buyruq yoki topshiriq bergan boshliqni xabardor etishi shart.
22. Boshliq xodimlarni qarindosh-urugʻchilik, oshna-ogʻaynigarchilik, mahalliychilik yoki shaxsiy sadoqat belgilari boʻyicha tanlash va joy-joyiga qoʻyish holatlariga yoʻl qoʻymasligi lozim. U oʻz xizmat vazifalarini oʻtash paytida mahalliychilik va tanish-bilishchilik, shuningdek boshqa salbiy omillarning namoyon etilishiga qatʼiy barham berishi kerak.
23. Boshliq quyidagilarga majbur:
manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va hal qilish, xodimlar uchun qulay va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrish;
korrupsiya va oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish holatlarining oldini olish, xodimlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarga chek qoʻyish choralarini koʻrish;
shaxsiy tarkibni samarali boshqarish, xodimlarning xizmat faoliyatini xolisona baholash;
oʻziga topshirilgan mol-mulk va moliyaviy mablagʻlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish;
xodimlarning individual xususiyatlarini oʻrganish, ular bilan oʻzaro yaqin munosabat oʻrnatish, jamoani birlashtirish, xodimlar tomonidan sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatlarning sababini oʻz vaqtida aniqlash va ularning oldini olish, xizmat intizomi buzilishiga murosasiz munosabatda boʻlish boʻyicha choralarni koʻrish;
xodimlarning, ularning oila aʼzolarining talab va ehtiyojlarini oʻrganish, ularni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ijtimoiy adolat prinsiplariga amal qilish choralarini koʻrish, yuqori turuvchi rahbariyatga qoʻl ostidagi xodimlarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritib borish.
4-bob. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari
24. Xodimlarga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi:
a) minnatdorchilik eʼlon qilish;
b) qimmatbaho sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlash;
v) Faxriy yorliq bilan taqdirlash;
g) idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;
d) muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvon berish;
e) egallab turgan lavozimida koʻzda tutilganidan bir pogʻona yuqori maxsus unvon berish.
Ragʻbatlantirish choralari tariqasida Nizomning 28-bandi “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlari, 29-bandi “a” va “b” kichik bandlari bilan nazarda tutilgan muqaddam qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin bekor qilish mumkin.
25. OHBIda Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralaridan tashqari kursantlarga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirish choralari ham qoʻllaniladi:
a) taʼlim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish;
b) Hurmat taxtasiga kiritish;
v) kursantning ota-onasi yoki turar joyiga minnatdorchilik xati yuborish;
g) Oʻzbekiston Respublikasi DBQ raisi stipendiyasini tayinlash.
26. Alohida xizmatlari uchun xodimlar Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
27. Oylik ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustama haqlari va xodimlarning pul taʼminotida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar ragʻbatlantirishga kirmaydi.
28. Xodimlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
a) hayfsan;
b) qattiq hayfsan;
v) xizmatga toʻliq muvofiq emasligi haqida ogohlantirish;
g) maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish;
d) egallab turgan lavozimidan ozod etish (pasaytirish);
d1) gauptvaxtada hibsda ushlab turish;
e) bojxona organlari xizmatidan boʻshatish.
29. OHBIda Nizomning 28-bandi “a”, “b” kichik bandlarida koʻzda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari taʼlim muassasasining belgilangan ichki tartib-qoidalarini buzgan, oʻquv dasturini qoniqarsiz oʻzlashtirgan kursantlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ham qoʻllanilishi mumkin:
a) navbatdan tashqari naryadda xizmat oʻtashga yoki besh sutkagacha xoʻjalik ishlariga jalb etish;
b) bir oy muddatgacha taʼlim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish;
v) kursantlar roʻyxatidan oʻchirish.
5-bob. Boshliqlarning ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha vakolatlari
30. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari boshliqlar tomonidan oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida qoʻllaniladi.
31. Oʻzbekiston Respublikasi DBQ raisining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi DBQning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, OHBI boshliqlari va Milliy kinologiya markazi direktori quyidagi huquqlarga ega:
32. Xodimni lavozimga tayinlash vakolatiga ega boshliqlar unga nisbatan Nizomning 28-bandi “d” va “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga ega.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Nizomning 24, 25, 28 va 29-bandlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi, shuningdek xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga va davlat mukofotlariga taqdim etadi.
34. Qoʻl ostidagi xodimlariga nisbatan oʻz vakolatlariga kirmaydigan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash zaruriyati tugʻilgan holda boshliq yuqori turuvchi rahbariyatga bu toʻgʻrisida iltimosnoma kiritadi.
35. Boshliq qoʻl ostidagi xodim tomonidan sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatning oʻta jiddiyligi sababli uni lozim darajada jazolash uchun oʻziga berilgan vakolatlarni yetarli emas deb hisoblasa, u yuqori turuvchi rahbariyatga xodimga nisbatan ogʻirroq intizomiy jazo qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritadi.
36. Intizomiy jazo chorasini qoʻllashda oʻz vakolatini oshirgan yoki Nizomda nazarda tutilmagan intizomiy jazo chorasini qoʻllagan boshliq javobgarlikka tortiladi, qoʻllanilgan intizomiy jazo esa yuqori turuvchi rahbariyat tomonidan bekor qilinadi.
37. Xodim xizmat safari yoki davolanishda boʻlgan vaqtda xizmat intizomini buzgan taqdirda mazkur xatti-harakatdan xabar topgan boshliq bu holatni bartaraf etish choralarini koʻradi va bu haqda xodimning xizmat joyiga xabar beradi.
6-bob. Ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash
38. Ragʻbatlantirish choralari alohida xodimga nisbatan ham, bir guruh xodimlarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.
Xodimga nisbatan bir yutugʻi uchun faqat bitta ragʻbatlantirish chorasi qoʻllanilishi mumkin.
Ragʻbatlantirish chorasini belgilashda xodimning xizmat koʻrsatkichlari xususiyati, shuningdek uning ilgari xizmatga qanday munosabatda boʻlganligi eʼtiborga olinadi.
39. Nizomning 28-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo qoʻllanilgan xodim mazkur jazoni bekor qilish orqali ragʻbatlantiriladi. Intizomiy jazoni bekor qilish huquqi uni qoʻllagan boshliqqa, shuningdek yuqori turuvchi vakolatli rahbariyatga beriladi.
40. Ragʻbatlantirish choralari, qoida tariqasida, quyidagicha qoʻllaniladi:
minnatdorchilik eʼlon qilish — yuklatilgan vazifani, boshliqning buyrugʻi yoki topshirigʻini muvaffaqiyatli bajargan xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan;
qimmatbaho sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlash — xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, xizmat vazifasini namunali bajargani va benuqson xizmati uchun, shuningdek zaxiraga (isteʼfoga) chiqishi munosabati bilan yoki musobaqa (bellashuv)ning yakuniy natijalariga koʻra;
Faxriy yorliq bilan taqdirlash — xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, xizmat vazifasini namunali bajargani va benuqson xizmati uchun, shuningdek musobaqa (bellashuv)ning yakuniy natijalariga koʻra va oʻqishni (oʻquv yilini) muvaffaqiyatli yakunlaganda;
idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlash — xodimga nisbatan yuqori xizmat intizomi va koʻp yillik benuqson xizmati, bojxona organlari tizimini takomillashtirishga salmoqli hissa qoʻshgani, xizmat burchini bajarish chogʻida mardlik va jasorat koʻrsatgani, shuningdek yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan munosib hissasi uchun;
muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvon berish yoki egallab turgan lavozimida koʻzda tutilganidan bir pogʻona yuqori maxsus unvon berish — xodimga nisbatan yuqori xizmat intizomi, xizmat burchini bajarish chogʻida koʻrsatgan qahramonligi, jasorati va fidoyiligi, bojxona organlari amaliy faoliyatiga salmoqli ilmiy hissa qoʻshgani (ilmiy darajani olganda), xizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishda namuna boʻlgani uchun (bojxona organlarida xizmatni oʻtash masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga muvofiq);
OHBI hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish — yuklatilgan vazifalarni, komandirlarning buyruq yoki topshiriqlarini vijdonan bajargan kursantlarga nisbatan;
Hurmat taxtasiga kiritish — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etayotgan, oʻquv dasturlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirgan OHBIning kursantlariga nisbatan;
ota-onasiga yoki turar joyiga minnatdorchilik xati yuborish — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etayotgan, oʻquv mavsumini aʼlo baholar bilan yakunlagan Oʻzbekiston Respublikasi DBQ taʼlim muassasalarining kursantlariga nisbatan;
Oʻzbekiston Respublikasi DBQ raisining stipendiyasini tayinlash — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etayotgan, oʻquv intizomiga rioya qilishda namuna boʻlgan, oʻquv yilini aʼlo baholar bilan yakunlagan OHBI kursantlariga nisbatan.
41. Qoʻllanilgan ragʻbatlantirish chorasi buyruq bilan eʼlon qilinadi. Minnatdorchilik eʼlon qilish va taʼlim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish buyruq orqali ham, ogʻzaki ham eʼlon qilinishi mumkin.
Ragʻbatlantirilganligi haqida xodimga shaxsan, saf oldida yoki kengaytirilgan majlis (yigʻilish)da tantanali ravishda eʼlon qilinadi.
Tegishli ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyruq eʼlon qilingan vaqtda, qoida tariqasida, xodimlarga faxriy yorliq, qimmatbaho sovgʻa yoki pul mukofotlari, koʻkrak nishonlari topshiriladi.
42. Buyruq bilan eʼlon qilingan ragʻbatlantirish chorasi xodimning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga kiritish orqali hisobga olinishi lozim.
Ragʻbatlantirish choralarini hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
7-bob. Intizomiy jazo choralarini qoʻllash
43. Nizomda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qoʻllash taqiqlanadi.
44. Sodir etilgan nojoʻya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo tayinlanadi.
Xizmat intizomi bir necha xodimlar tomonidan buzilganda, intizomiy jazo har bir aybdorga nisbatan alohida qoʻllaniladi.
Sodir etilganligi maʼmuriy jazo tayinlashga olib kelgan xatti-harakatlar uchun intizomiy jazo qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Intizomiy jazo choralari qoʻllangan xodimlar, agarda ularning xatti-harakatlarida jinoyat tarkibi alomatlari boʻlsa, ular jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.
45. Intizomiy jazo choralarining qoʻllanilishi asosli boʻlishi va sodir etilgan nojoʻya xatti-harakat ogʻirligi hamda ayb darajasiga muvofiq kelishi zarur. Intizomiy jazo choralarini belgilash chogʻida nojoʻya xatti-harakat xususiyati, sodir etish holati, uning oqibatlari, aybdorning bungacha boʻlgan xulq-atvori, bojxona organlaridagi xizmat muddati, shuningdek yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishga boʻlgan munosabati eʼtiborga olinadi.
Xodim tomonidan sodir etilgan nojoʻya xatti-harakat unchalik ahamiyatga ega boʻlmasa, boshliq unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllamasligi va boshqa bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik borasida ogʻzaki ogohlantirish berish bilan kifoyalanishi mumkin.
Jamoada yuzaga kelgan nizoli vaziyatlarni hal etish, nojoʻya xatti-harakatlar sodir etgan xodimlarga jamoatchilik taʼsirini oʻtkazish maqsadida bojxona organlarida saylov asosida oʻrtoqlik axloq sudlari tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatadi.
46. Intizomiy jazo choralari, qoida tariqasida, quyidagicha qoʻllaniladi:
hayfsan — normativ-huquqiy hujjatlar va Nizom talablarini, xizmat guvohnomasidan foydalanish qoidalarini buzgan, belgilangan kun tartibiga muntazam ravishda amal qilmagan va xizmat majburiyatlarini bajarmagan, jamoadagi maʼnaviy-ruhiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatgan xodimlarga nisbatan;
qattiq hayfsan — amaldagi “hayfsan” intizomiy jazosi boʻlgan xodimlarga nisbatan, xizmat intizomini, normativ-huquqiy hujjatlar va Nizom talablarini takroran buzgani uchun;
xizmatga toʻliq muvofiq emasligi haqida ogohlantirish — amaldagi intizomiy jazosi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, xizmat intizomini, normativ-huquqiy hujjatlar va Nizom talablarini qoʻpol ravishda buzgan, xizmat burchiga masʼuliyatsiz yondashgan, ish samaradorligi past boʻlgan xodimlarga nisbatan;
maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish — amaldagi intizomiy jazosi boʻlgan, xizmat intizomini, normativ-huquqiy hujjatlar va Nizom talablarini takroran qoʻpol ravishda buzgan, xizmatni oʻtashga loqaydlik bilan munosabatda boʻlgan, yuklatilgan xizmat majburiyatlarini bajarmagan xodimlarga nisbatan;
gauptvaxtada hibsda ushlab turish — qatʼiy intizomiy jazo chorasi sifatida sodir etgan nojoʻya xatti-harakati bojxona organlaridan boʻshatish uchun asos boʻladigan xodimlarga nisbatan;
bojxona organlari xizmatidan boʻshatish — xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan, bojxona organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakat sodir etgan, intizomiy jazo chorasi mavjud boʻla turib muntazam ravishda xizmat intizomini buzgan, qonun hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmagan xodimlarga nisbatan;
navbatdan tashqari naryadda xizmat oʻtashga yoki besh sutkagacha xoʻjalik ishlariga jalb etish, bir oy muddatgacha taʼlim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum qilish — yuklatilgan vazifalarni va komandir (boshliq)ning topshiriqlarini bajarmagan, OHBIning oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalarini buzgan, oʻquv dasturini qoniqarsiz oʻzlashtirgan kursantlarga nisbatan;
kursantlar roʻyxatidan oʻchirish — OHBI kursantlariga nisbatan odob-axloq qoidalarini, xizmat intizomini buzganligi, oʻquv dasturini oʻzlashtira olmaganligi uchun.
47. Amaldagi intizomiy jazo bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan xodimga nisbatan bojxona organlari xizmatidan boʻshatishgacha boʻlgan har qanday intizomiy jazo qoʻllanilishi mumkin.
Quyidagilar xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzish sirasiga kiradi:
bojxona ishi sohasidagi normativ hujjatlar hamda qonun hujjatlari bilan oʻrnatilgan qoidalarning buzilishiga olib kelgan, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni shaxsiy foyda olish maqsadida bajarish yoki bajarmaslik;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzishga, odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga xavf tugʻdirishga olib keluvchi xatti-harakatlar sodir etish, agar bu jinoiy javobgarlikka sabab boʻlmasa;
xizmat joyida alkogol ichimlik, giyohvandlik vositasi va (yoki) boshqa moddalar taʼsirida mast holatda boʻlish;
xodimning sababsiz ravishda uzluksiz uch kundan ortiq xizmat joyida boʻlmasligi;
maxfiylik tartiboti talablarini buzish, agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa;
xodimga ishonib topshirilgan tabel quroli va uning oʻqlarini, mol-mulk va (yoki) texnikalarni qasddan yoʻq qilish, zararlantirish yoki uning (ularning) yoʻqolishiga olib kelgan ehtiyotsizlik bilan saqlash, agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa.
Xodim xizmat joyida alkogol ichimlik, giyohvandlik vositasi va (yoki) boshqa moddalar taʼsirida mast boʻlgani sababli intizomiy javobgarlikka tortish uchun ushbu holatni isbotlash maqsadida tibbiy tekshiruv natijalariga, agar xodim tekshiruvdan bosh tortsa, kamida ikki xodim yoki boshqa shaxslar koʻrsatmalariga asoslaniladi.
48. Odob-axloq qoidalarini, shuningdek boshliq va xodimlar oʻrtasidagi munosabat qoidalarini qoʻpol ravishda buzish bojxona organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakat sodir etish hisoblanadi.
Jamiyatdagi odob-axloq qoidalarini ochiqdan-ochiq pisand qilmaslik bilan bogʻliq boʻlmagan oilaviy kelishmovchiliklar, janjallar va maishiy nizolar bojxona organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakat sirasiga kirmaydi.
49. Muntazam ravishda xizmat intizomini buzish deganda buyruq asosida eʼlon qilingan amaldagi intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgani holda, xodim tomonidan xizmat intizomini bir necha bor buzish tushuniladi.
491. Gauptvaxtada hibsda ushlab turish intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganda, agar xodim jinoiy javobgarlikka tortilmasa, uni ushbu nojoʻya xatti-harakati uchun bojxona organlaridan boʻshatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Gauptvaxtada hibsda saqlash muddati oddiy safdorlar, kichik ofitserlar va serjantlar tarkibi xodimlari uchun — 10 sutkagacha, katta ofitserlar tarkibi xodimlari uchun — 5 sutkagacha.
Gauptvaxtada hibsda ushlab turish intizomiy jazo chorasi ayollarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.
50. Intizomiy jazo qoʻllashdan avval xodimdan yozma tushuntirish olinishi lozim. Agar xodim ushbu tushuntirishni berishdan bosh tortsa, tegishli ravishda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Tushuntirishni berishdan bosh tortish holati sodir etilgan qilmish uchun intizomiy jazo tayinlashga toʻsqinlik qila olmaydi va jazoning ogʻirroq koʻrinishi va choralarini qoʻllashga olib kelmaydi.
Intizomiy jazo choralarini qoʻllash paytida boshliq xodimning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, u bilan munosabatda qoʻpollikka yoʻl qoʻymasligi zarur.
51. Maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish tarzidagi intizomiy jazo choralari, qoida tariqasida, aybdorga boshqa intizomiy jazo turlari tegishlicha taʼsir koʻrsatmagan hollarda qoʻllanilishi mumkin.
52. Intizomiy jazoning qoʻllanilishi xodimni nojoʻya xatti-harakat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
53. Intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat boshliqqa maʼlum boʻlgan kundan boshlab bir oy muddat ichida, xizmat tekshiruvi oʻtkazilganda esa — tekshiruv tugagan kundan boshlab oʻn sutkadan kechikmay qoʻllanilishi kerak, bunda aybdorning xastalik, taʼtilda boʻlgan va buyruq chiqarilgan vaqtlar hisobga olinmaydi.
Intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan bir yildan ortiq muddat oʻtgandan keyin qoʻllanilishi mumkin emas.
54. Mast holatda boʻlgan aybdorga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash, shuningdek undan har qanday tushuntirish olish xodim hushyor holga kelguncha kechiktiriladi.
55. Qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasi buyruq bilan eʼlon qilinadi. Tanbeh, navbatdan tashqari naryadda xizmatni oʻtashga yoki besh sutkagacha xoʻjalik ishlariga jalb etish, bir oy muddatgacha OHBI hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish ham buyruq orqali, ham ogʻzaki eʼlon qilinishi mumkin.
Buyruqda eʼlon qilingan intizomiy jazo qoʻllash haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan xizmat, kompleks yoki inspektorlik tekshiruvlari oʻrtoqlik axloq sudi xulosasi, asosida qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
55-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganligi haqida xodimga shaxsan, saf oldida yoki kengaytirilgan yigʻilish (majlis)da eʼlon qilinadi.
56. Amaldagi intizomiy jazosi mavjud boʻlgan xodim ushbu jazo bekor qilingunga qadar ragʻbatlantirishga, navbatdagi maxsus unvon olishga va yuqori lavozimlarga tayinlanishga taqdim etilmaydi.
57. Shikoyat bilan arz qilingan hollarda tayinlangan intizomiy jazoni ijro etish toʻxtatilmaydi.
Xodim intizomiy jazo eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida yuqori turuvchi boshliqqa shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.
58. Buyruq asosida tayinlangan intizomiy jazo tayinlangan vaqtdan boshlab bir yil oʻtgach bekor qilinadi, agar xodim shu muddat ichida yangi intizomiy jazoga tortilmasa. Ragʻbatlantirish tartibida jazo bir yil oʻtmasdan bekor qilinishi mumkin.
Agarda bir yil ichida xodimga nisbatan bir necha intizomiy jazo tayinlansa, ularni bekor qilish muddati oxirgi tayinlangan intizomiy jazo chorasi sanasi boʻyicha hisoblanadi.
59. Buyruqda eʼlon qilingan intizomiy jazo chorasi xodimning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga kiritish orqali hisobga olinishi lozim.
Intizomiy jazo choralarini hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.
8-bob. Boshliqning harakatlari ustidan shikoyat qilish
60. Har bir xodim boshliqning unga nisbatan gʻayriqonuniy yoki nohaq harakatlari ustidan yuqori turuvchi rahbariyatga yozma shikoyat berishga haqli.
61. Xodimning shikoyatida bayon etilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan yuqori turuvchi rahbariyat ushbu murojaatni uch kun muddatda vakolatli instansiyaga yuboradi.
62. Yuqori turuvchi rahbariyatga qonunchilikni buzish faktlari yoxud oʻziga nisbatan nohaq munosabatda boʻlinganligi haqida murojaat etgani uchun qoʻl ostidagi xodimni taʼqib etgan boshliq intizomiy tartibda javobgarlikka tortiladi, agar uning xatti-harakatlari jinoiy javobgarlikka olib kelmasa.
63. Xodimlarning shikoyati bir oygacha boʻlgan muddatda hal etiladi, qoʻshimcha tekshiruv talab etmaydiganlari esa zudlik bilan, biroq kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kundan kechiktirmagan holda koʻrib chiqiladi.
64. Qasddan yolgʻon shikoyat bilan murojaat etgan xodimlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 40-moddasi, Jinoyat kodeksining 237-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga 11-ILOVA
2018 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”
№
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddatlari
Ijro uchun masʼullar
I. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha tashkiliy choralar
1.
2018 — 2021-yillarga moʻljallangan Davlat bojxona xizmati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Konsepsiya loyihasi
2018-yil iyun
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O.Umarov)
2.
Bojxona organlarida amaldagi axborot tizimlari, maʼlumotlar bazasi va boshqa dasturiy mahsulotlarni samaradorligini baholash, ularni takomillashtirish va axborot xavfsizligini taʼminlagan holda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan integratsiyalash maqsadlarida inventarizatsiyadan oʻtkazish.
Davlat bojxona qoʻmitasi Raisning buyrugʻi
2018-yil iyun
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasida faoliyati davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish va ularni elektron shaklga oʻtkazishga qaratilgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiyani tashkil etish.
Davlat bojxona qoʻmitasi Raisning buyrugʻi
2018-yil may
DBQ(J. Aripov)
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining yangi tahrirdagi axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Davlat bojxona qoʻmitasi Raisning buyrugʻi
2018-yil iyun
DBQ (J. Aripov)
5.
Bojxona organlari xodimlari uchun yuqori malakali, shu jumladan xorijiy davlatlarning yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalari mutaxasislarini jalb qilgan holda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborot xavfsizligi sohasida oʻquv kurslarni tashkil etish.
Oʻquv kurslari, seminarlar, treninglar tashkil etish
2018-2019-yillar davomida
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
II. Bojxona organlari faoliyatiga bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini tatbiq etish
6.
Bojxona nazoratini tanlov tamoyilini qoʻllashga qaratilgan, bojxona qonunbuzilishini aniqlash va prognozlashtirish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, bojxona qonunchiligiga rioya etgan holda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga qulay sharoitlar yaratish imkonini beruvchi “Bojxona xavfini boshqarish” axborot tizimini yaratish va joriy etish.
Tashkiliy-texnik choralar
2018-yil iyul
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
7.
Tovarlarni bojxona rasmiylashtiruviga qaratilgan axborot tizimini bojxona yuk deklaratsiyalarini avtomatik tarzda taqsimlash va roʻyxatga olishni joriy etish maqsadida takomillashtirish.
Tashkiliy-texnik choralar
2018-yil avgust
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
8.
Aviatransportda tashilayotgan yuklar ustidan samarali bojxona nazorati oʻrnatish va oʻz vaqtida rasmiylashtirishni tashkil etishga moʻljallangan “Avia” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Tashkiliy-texnik choralar
2018-yil oktabr
DBQ (J.Aripov), “Oʻzbekiston xavo yullari” MAK (B. Xakimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
9.
Xalqaro kuryerlik va pochta joʻnatmalarini bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish va toʻliq amalga oshirishga moʻljalangan, tovarlarni oldindan deklaratsiyalanishini taʼminlashga qaratilgan “Elektron tijorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Tashkiliy-texnik choralar
2018-yil dekabr
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
10.
Skaner qilingan transport vositalari tasvirlarini bojxona nazoratidagi yuklarni manzil bojxona postlariga yetkazib berish hujjatilariga bogʻlagan holda markazlashgan holda yigʻish va tahlil qilish imkonini beradigan “Transport vositalarini skanerlash natijalarini elektron qayd etish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Tashkiliy-texnik choralar
2019-yil mart
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
11.
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish bosqichlarini masofadan monitoring qilish imkonini beruvchi bojxona organlari axborot tizimlarining mobil talqinini yaratish va joriy etish.
Tashkiliy-texnik choralar
2020-yil mart
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
12.
Bojxona koʻrigi vaqtini qisqartirish va natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni masofadan kiritish imkonini beruvchi “Bojxona koʻrigi dalolatnomasi” axborot tizimining mobil talqinini yaratish va joriy etish.
Tashkiliy-texnik choralar
2018-yil dekabr
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O.Umarov)
13.
Kadrlar zaxirasini boshqarish jarayonini avtomatlashtirish imkoni beruvchi “Bojxona xodimi” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Tashkiliy-texnik choralar
2018-yil dekabr
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
14.
Skaner qilingan qoʻl yuklari tasvirlarini markazlashgan holda monitoring qilish va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan “Rentgen uskunalaridan foydalanish monitoringi” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Tashkiliy-texnik choralar
2018-yil dekabr
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov), “Uzbekiston xavo yullari” MAK (B. Xakimov), “Uzbekiston temir yullari” AJ (A. Shukurov)
15.
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha samarali monitoringni amalga oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan oʻzaro axborot almashuv tizimini takomillashtirish.
Tashkiliy-texnik choralar
2018-yil may
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov), DBQ (J. Aripov), DSQ (B. Musayev)
16.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hamda mutasadi vazirlik va idoralar bilan oʻzaro axborot almashuv tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Tashkiliy-texnik choralar
2018-yil dekabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov), DBQ (J. Aripov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li), Bosh prokuratura (S. Samadov), Bosh prokuratura huzuridagi Departament (A. Mavlonov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Mirusmonov, “Oʻzbekozikovkatxolding” AJ (T. Jalilov),
Oʻzbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasi (F. Ibragimov)
17.
Davlat chegarasi orqali tovarlarning olib oʻtish tartib-taomillarini tezlashtirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining “Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi” tartib-taomilida ishtirok etishida qulay sharoit yaratish maqsadida Turkiya, Xitoy, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston, Belarus, Ozarbayjon va Afgʻoniston bojxona xizmatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va oʻzaro axborot almashinuv tizimini joriy etish.
Tashkiliy choralar
2018-yil aprel — 2019-yil dekabr
DBQ (J. Aripov), TIV (B. Asadov), TSV (B. Xodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
III. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish
18.
Davlat bojxona xizmati organlari lokal tarmogʻi va yagona himoyalangan korporativ tarmogʻini takomillashtirish, tarmoq va boshqa uskunalarni xarid qilish, oʻrnatish va foydalanishga topshirish.
Chora-tadbirlar rejasi
2018-yil may
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov), “Oʻzbektelekom” AK (F. Roziyev)
19.
Bojxona organlari axborot tizimlari va interaktiv xizmatlaridan foydalanishda elektron raqamli imzo kalitlarini qoʻllanilishi boʻyicha yagona yondashuvni tashkil etish maqsadida axborot tizimlarini sertifikatlangan elektron raqamli imzo kalitlari bilan taʼminlash.
Tashkiliy-texnik choralar
2018-yil dekabr
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
20.
Davlat bojxona xizmati organlarini:
kompyuter va ofis texnikasi, zamonaviy aloqa vositalari (raqamli radiostansiya, video-audiokonferensaloqa, serverlar, aloqa kabellari va boshqalar), dasturiy taʼminotlar;
axborot xavfsizlini taʼminlovchi maxsus texnik vositalari va uskunalari bilan bosqichma-bosqich taʼminlab borish.
Chora-tadbirlar rejasi
2018 — 2020-yillar davomida
DBQ (J. Aripov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 07/18/3665/1071-son, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son; 06.06.2020-y., 06/20/6005/0728-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son; 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son; 14.05.2024-y., 07/24/176/0345-son; 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son; 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)