OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 5-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3431]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 18-aprel,
8/3-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2023-yil 3-aprel
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2023-yil 4-aprel 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 18-apreldagi 8/3-son qaroriga
ILOVA
Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, litsenziyani qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va chaqirib olish tartib-taomillarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
toʻlov tizimi operatori — Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov tizimining ishlashini taʼminlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
toʻlov tashkiloti — bank hisoblanmaydigan, toʻlov xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan yuridik shaxs;
bilvosita egalik qiluvchi (oluvchi) — toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga oʻzi nazorat qiladigan boshqa shaxs orqali egalik qiluvchi (aksiyalarni oluvchi) jismoniy yoki yuridik shaxs;
muhim toʻlov tizimi operatori — toʻlov tizimining uzluksiz ishlashi yoki uning ishidagi toʻxtalishlar (uzilishlar) Oʻzbekiston Respublikasi toʻlov xizmatlari bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga taʼsir koʻrsatadigan yoki toʻlov xizmatlari bozorida tavakkalchiliklarning paydo boʻlishiga olib keladigan, shuningdek Markaziy bank tomonidan muhim toʻlov tizimi jumlasiga kiritilgan toʻlov tizimining operatori;
litsenziya daʼvogari — toʻlov tizimi operatorlari yoki toʻlov tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) olish uchun murojaat qilgan yuridik shaxs.
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdor — toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotiga pirovardida egalik qiluvchi yoki uni nazorat qiluvchi jismoniy shaxs (jismoniy shaxslar).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 26-maydagi 15/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3431-3, 04.06.2026-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/3431-3/0569-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 6-sentabr)
2. Litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan cheklanmagan muddatga beriladi.
3. Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqi litsenziya berilgan vaqtdan boshlab vujudga keladi.
4. Litsenziyani boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
5. Litsenziya berilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorida davlat boji undiriladi.
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
6. Quyidagilar toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining muassislari (aksiyadorlari)ning mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan talablarga muvofiqligi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining ijro etuvchi organi rahbarlarining mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan talablarga muvofiqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti benefitsiar mulkdori, muassislari (aksiyadorlari) hamda ijro etuvchi organi rahbarlarining mazkur Nizomning 5-bobida belgilangan ishchanlik obroʻsiga doir talablarga muvofiqligi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 26-maydagi 15/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-3, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/3431-3/0569-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 6-sentabr)
toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining mazkur Nizomning 6-bobida belgilangan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻyilgan talablarga muvofiqligi;
toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining mazkur Nizomning 7-bobida belgilangan tashkiliy, texnik, xavfsizlik hamda faoliyatning uzluksizligiga doir talablarga muvofiqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining muassislari (aksiyadorlari)ga qoʻyiladigan talablar
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda norezident yuridik va jismoniy shaxslar toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkiloti muassislari (aksiyadorlari) boʻlishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Xalqaro moliya institutlari, chet el toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanmaydigan norezident yuridik shaxslar hamda norezident jismoniy shaxslarning toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jami ulushi ellik foizdan oshmasligi kerak.
Ushbu Nizom maqsadlarida boshqa kredit tashkilotlari deganda quyidagilar tushuniladi:
mazkur Nizomning 81-bandida koʻrsatilgan moliyaviy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi kompaniyalarni boshqarish maqsadida tashkil etilgan xolding kompaniyasi (boshqaruv kompaniyasi);
vakolatli davlat organining litsenziyasi (ruxsatnomasi) asosida mazkur Nizomning 81-bandida koʻrsatilgan moliyaviy faoliyat turlaridan birini amalga oshiruvchi va joylashgan (roʻyxatga olingan) davlatida konsolidatsiyalashgan nazorat mavjud boʻlgan yuridik shaxslar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi faoliyat turlari moliyaviy faoliyat turlari hisoblanadi:
bank faoliyati;
mikromoliyalash faoliyati;
ipotekani qayta moliyalash faoliyatini amalga oshirish.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xalqaro moliya institutlari, chet el toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanuvchi norezident yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkiloti ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizdan ortiq ulushiga ega boʻlishi uchun ushbu tashkilotlarning ustav fondi (ustav kapitali) 20 million yevro ekvivalentidan kam boʻlmasligi kerak.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Agar moliyaviy tashkilot ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori 20 million yevro ekvivalentidan kam boʻlgan taqdirda, chet davlatning nazorati organi tomonidan moliyaviy tashkilotning salohiyatiga berilgan bahosi eʼtiborga olinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti muassislari (aksiyadorlari) boʻlgan yuridik shaxslar belgilangan tartibda roʻyxatga olingan va kamida bir yil faoliyat yuritayotgan boʻlishi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Quyidagilar toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotining benefitsiar mulkdori yoxud muassislari (aksiyadorlari) boʻlishi mumkin emas:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 26-maydagi 15/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-3, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/3431-3/0569-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 6-sentabr)
toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotining ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining kelib chiqish manbalari haqidagi axborot mavjud boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari yoki chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻlov tizimi operatori yoxud toʻlov tashkiloti ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki aksiyalariga egalik qilishiga taqiq (cheklovlar) mavjud boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar;
davlat organlari, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan ishchanlik obroʻsiga doir talablarga muvofiq boʻlmagan jismoniy shaxslar;
toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼtirof etilgan yuridik va jismoniy shaxslar.
4-bob. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining ijro etuvchi organi rahbarlariga qoʻyiladigan talablar
12. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti ijro etuvchi organlarining rahbarlari quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi lozim:
oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
bank-moliya sohasida yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kamida ikki yillik tajribaga ega boʻlishi;
mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan ishchanlik obroʻsiga doir talablarga muvofiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti benefitsiar mulkdori, muassislari (aksiyadorlari) hamda ijro etuvchi organi rahbarlarining ishchanlik obroʻsiga doir talablar
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 26-maydagi 15/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-3, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/3431-3/0569-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 6-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti benefitsiar mulkdori, muassislari (aksiyadorlari) hamda ijro etuvchi organi rahbarlarining ishchanlik obroʻsiga doir talablar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 26-maydagi 15/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-3, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/3431-3/0569-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 6-sentabr)
shaxsning professionalligini, vijdonliligini, tartibliligini va boshqa sifatlarini tasdiqlovchi, qonunchilik hujjatlari asosida ish yuritishi hamda tashkilotni xatarga va unga nisbatan ishonchning yoʻqotilishiga olib keluvchi harakatlar qilmaydi deb hisoblashga asos boʻluvchi benuqson ishchanlik obroʻsining mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdor, muassislar (aksiyadorlar) va ijro etuvchi organ rahbarlariga nisbatan iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish hamda ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi va axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganlik holatining mavjud emasligi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 26-maydagi 15/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-3, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/3431-3/0569-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 6-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdor, muassislar (aksiyadorlar) va ijro etuvchi organ rahbarlari terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotganlar roʻyxatida mavjud emasligi;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 26-maydagi 15/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-3, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/3431-3/0569-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 6-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdor, muassislar (aksiyadorlar) va ijro etuvchi organ rahbarlarini moliya sohasida professional faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi sud qarorining mavjud emasligi;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 26-maydagi 15/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-3, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/3431-3/0569-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 6-sentabr)
chet davlat vakolatli organi tomonidan lavozimiga kirishishidan oldin kelishib olinishi (tayinlanishi, tasdiqlanishi) talab qilinadigan nomzodning rahbar lavozimiga, oldindan kelishib olinmasdan (tayinlanmasdan, tasdiqlanmasdan) kirishganligi holatining mavjud emasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
muassislar (aksiyadorlar) va ijro etuvchi organ rahbarlari harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida oʻzi hozirda yoki ilgari ijroiya organi, kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlgan yoxud hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan ishtirokchisi (muassisi) sifatida yoki boshqa usulda nazorat qilgan yoki nazorat qilayotgan yuridik shaxsni toʻlovga qobiliyatsizlik va majburiy likvidatsiya holatiga olib kelganligini tasdiqlovchi dalillarning mavjud emasligi;
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
rahbar boʻlib ishlayotgan (ishlagan) yuridik shaxs yoki uning alohida boʻlinmasining tashqi yoxud boshqa obyektiv omillar bilan asoslanmagan salbiy moliyaviy koʻrsatkichlarga egaligini (ega boʻlganligini) tasdiqlovchi dalillarning mavjud emasligi;
hozirda yoki oldin ijro organi, kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlgan yoki hal qiluvchi egasi (aksioneri) boʻlgan yoxud boshqa usulda nazorat qilgan yoki qilayotgan yuridik shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlat moliyaviy sektor nazorat organi tomonidan qoʻpol va jiddiy qoidabuzarliklar uchun qoʻllanilgan chora hamda sanksiyalarning mavjud emasligi.
6-bob. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
14. Toʻlov tizimi operatori ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori 50 milliard soʻmni tashkil etishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Toʻlov tashkiloti ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori:
2024-yil 1-iyuldan eʼtiboran 10 milliard soʻmni;
2025-yil 1-iyuldan eʼtiboran 20 milliard soʻmni tashkil etishi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi hamda toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining muassislari (aksiyadorlari) tomonidan kiritilgan pul mablagʻlaridan tashkil topadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya daʼvogari ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya olish uchun ariza taqdim etilgan vaqtda toʻliq shakllangan boʻlishi va litsenziya berilguniga qadar bank hisobvaragʻida saqlanishi kerak.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablagʻlardan, majburiyat yuklatilgan boshqa mablagʻlardan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
7-bob. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotiga qoʻyiladigan tashkiliy, texnik, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash, shubhali (frod) operatsiyalarga qarshi choralar koʻrish hamda faoliyatning uzluksizligiga doir talablar
(7-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 25-dekabrdagi 35/16-son qarori (roʻyxat raqami 3431-2, 05.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 10/26/3431-2/0016-son)
17. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotida toʻlov xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini samarali amalga oshirish maqsadida quyidagilar mavjud boʻlishi lozim:
toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotiga tegishli yoki kamida uch yil muddatga ijaraga olingan hamda tegishli xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlgan binolar;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlov tizimi va toʻlov xizmatlarini koʻrsatish, boshqaruv, ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlarining samarali ishlashi, shuningdek axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda shubhali (frod) operatsiyalarga qarshi choralar koʻrish uchun malakali va tajribali xodimlar;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 25-dekabrdagi 35/16-son qarori (roʻyxat raqami 3431-2, 05.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 10/26/3431-2/0016-son)
toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti faoliyatining xususiyati hamda hajmini inobatga olgan holda texnik quvvati yetarli boʻlgan funksional uskunalar (kompyuter, kommunikatsiya, maʼlumotlarni saqlash va toʻlov tizimi ishlashini taʼminlaydigan boshqa texnik uskunalar) va dasturiy taʼminot bilan jihozlangan boʻlishi;
murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish tizimining mavjudligi;
bankning toʻlov tizimi hisob-kitob banki boʻlishga yozma roziligi (shartnoma nusxasi);
bankning ekvayring xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan yozma roziligi (shartnoma nusxasi).
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, hisob-kitob banki va ekvayring xizmatlarini koʻrsatuvchi bank toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti bilan tuziladigan shartnoma doirasida kredit, likvidlilik, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash, shubhali (frod) operatsiyalarga qarshi choralar koʻrish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga doir talablarga rioya etish hamda tavakkalchiliklarni boshqarishda masʼul hisoblanadi.
(17-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 25-dekabrdagi 35/16-son qarori (roʻyxat raqami 3431-2, 05.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 10/26/3431-2/0016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti axborot tizimlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligini taʼminlashi hamda axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqishi shart.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 25-dekabrdagi 35/16-son qarori (roʻyxat raqami 3431-2, 05.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 10/26/3431-2/0016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti axborot tizimlarini “Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish choralarini koʻrish toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 3513, 21.05.2024-yil) muvofiq tashkil etishi zarur.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 25-dekabrdagi 35/16-son qarori (roʻyxat raqami 3431-2, 05.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 10/26/3431-2/0016-son)
Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining axborot tizimlari quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
serverlar Oʻz DSt 2875:2014 “Datamarkazlarga qoʻyiladigan talablar. Infratuzilma va axborot xavfsizligini taʼminlash” standartidagi datamarkazlarda joylashtirilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 25-dekabrdagi 35/16-son qarori (roʻyxat raqami 3431-2, 05.01.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 10/26/3431-2/0016-son)
arxivlash, antivirus, virtual tarmoq, tarmoq muhofazasi, monitoring, tajovuzlarni aniqlash, identifikatsiya, nazorat qilish va boshqa qoʻllaniladigan axborot xavfsizligi tizimlari mavjudligi;
tungi vaqtda qoʻriqlash va ogohlantirish qurilmalari bilan jihozlanishi.
Toʻlov tizimi operatorlarida PCI DSS standartlariga rioya etilishi boʻyicha sertifikat boʻlishi kerak. Agar ushbu sertifikatlar litsenziya olish uchun hujjat topshirish vaqtida mavjud boʻlmasa, bank kartalariga doir axborotlarga ishlov berish faoliyati boshlangunga qadar taqdim etilishi kerak.
20. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti operatsion tavakkalchilikni baholash hamda operatsiyalarning taʼsirini tahlil qilish asosida faoliyatning uzluksizligini taʼminlash rejasini va zaxira rejalarini ishlab chiqishi hamda Markaziy bankka taqdim etishi kerak.
21. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti faoliyati uzluksizligini taʼminlash rejasi quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
faoliyatning uzluksiz ishlashini taʼminlovchi tartiblarning tavsifi;
faoliyatning uzluksiz ishlashi uchun zarur boʻlgan resurslar toʻgʻrisidagi yangilangan maʼlumotlar;
rejani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan guruh aʼzolari, ularning vazifalari va majburiyatlari, ichki va tashqi aloqa kanallari boʻyicha yangilangan maʼlumotlar;
faoliyatga tashqi omillarning taʼsirini tahlil qilish;
uzilishlardan keyin tizimni qayta tiklash uchun maʼlumotlarning nusxalarini zaxiraga olish tartibi;
tizim faoliyatining ishdan chiqishi va buzilishlar sodir boʻlganda, amalga oshiriladigan harakatlar rejasi;
faoliyatni stress testdan oʻtkazish davriyligi va usuli;
toʻlov xizmatlarini koʻrsatish toʻxtatilganda, tugallanmagan toʻlov operatsiyalarining bajarilishini taʼminlash va mavjud shartnomalarning bekor qilinishi hollarida koʻriladigan chora-tadbirlar tavsifi.
Zaxira rejalar favqulodda hodisalar yuz berganda, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarining apparat dasturiy majmualari, xodimlari hamda autsorsingga topshirilgan xizmatlarning harakati bilan bogʻliq jarayonlarni oʻz ichiga olishi zarur.
8-bob. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
22. Banklar toʻlov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun Markaziy bankka litsenziya olish toʻgʻrisida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq elektron yoki yozma shakldagi arizani taqdim etadi hamda arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
bank boshqaruvining toʻlov tizimini tashkil etish haqidagi qarorining koʻchirma nusxasi;
yaqin ikki kalendar yil uchun toʻlov tizimini rivojlantirishga doir biznes-reja, unda toʻlov tizimini tashkil etishning maqsadlari va rejalashtirilayotgan natijalari, shu jumladan bozor va infratuzilma omillarining tahlili koʻrsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlov tizimining qoidalari, shu jumladan antifrod tizimining tavsifi.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
23. Bank hisoblanmaydigan litsenziya daʼvogari toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun Markaziy bankka mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq elektron yoki yozma shakldagi litsenziya olish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etadi hamda arizaga quyidagilarni ilova qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi litsenziya daʼvogarining muassislari (aksiyadorlari) haqidagi maʼlumotlar;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
litsenziya daʼvogarining buxgalteriya balansi va oxirgi hisobot sanasiga doir moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot;
litsenziya daʼvogarining ijro organlari rahbarlari va aʼzolari toʻgʻrisidagi axborot;
mazkur Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlgan biznes-reja;
tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi toʻgʻrisidagi, shu jumladan mijozlarning pul mablagʻlari but saqlanishini taʼminlashga doir talablar haqidagi maʼlumotlar;
xavfsizlik tizimlari, nazorat mexanizmlari hamda tizimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
xavfsizlik siyosati haqidagi, shu jumladan tavakkalchiliklarni batafsil baholashni oʻz ichiga olgan hujjat, shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni hamda toʻlov xizmatidan foydalanuvchilarning himoya qilinishini taʼminlash uchun tavakkalchiliklarni, shu jumladan firibgarlik hamda konfidensial va shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga zid ravishda foydalanish xavflarini kamaytirish boʻyicha koʻriladigan choralarning tavsifi;
(23-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 25-dekabrdagi 35/16-son qarori (roʻyxat raqami 3431-2, 05.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 10/26/3431-2/0016-son)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari bajarilishini taʼminlash choralarining tavsifi.
24. Markaziy bank tomonidan litsenziya daʼvogarining arizasini koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
25. Bank hisoblanmaydigan litsenziya daʼvogari toʻlov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qilishi kerak:
yuridik shaxs vakolatli organining toʻlov tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlov tizimining qoidalari, shu jumladan antifrod tizimining tavsifi;
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
bankning toʻlov tizimi hisob-kitob banki boʻlishga yozma roziligi (shartnoma nusxasi).
26. Litsenziya daʼvogari toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda toʻlov tashkilotining toʻlov tizimi operatori va ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibini ham ilova qilishi kerak.
27. Bankning toʻlov tizimi operatorining hisob-kitob banki boʻlishga yozma roziligida (shartnoma nusʼhasida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
boshqa hisob-kitob banklarining hisobvaraqlariga toʻlovlarni amalga oshirish rejasi;
toʻlovlarning yakunlanganligi va chaqirib olinmasligi holatlari;
bank ish kuni davomida foydalaniladigan mablagʻlar miqdori;
toʻlov farmoyishlarini chaqirib olish tartibi.
28. Litsenziya daʼvogari tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejada yaqin ikki kalendar yil uchun toʻlov tizimini rivojlantirish, shu jumladan toʻlov xizmatlari sohasidagi faoliyatni tashkil etishning maqsadlari va rejalashtirilayotgan natijalari, toʻlov xizmatlari bozori va infratuzilmasiga taʼsir etuvchi omillarning tahlili koʻrsatiladi. Biznes-rejada quyidagilar nazarda tutiladi:
faoliyatning normal va barqaror ishlashini taʼminlash uchun mavjud tizim hamda jarayonlar, texnik va moliyaviy resurslardan foydalanishni nazarda tutadigan va bozor narxlariga asoslangan hisob-kitoblar, bunda ikki yil davomida daromad va xarajatlar prognozi aks ettirilishi zarur;
amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan operatsiyalar hajmi va qiymati, mijozlar soni, narxlar, tranzaksiya boʻyicha maʼlumotlar, rentabellikning kutilayotgan oʻsishi kabi asosiy koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot;
moliyaviy qarzdorliklar va asosiy vositalarning tasnifi;
ustav kapital haqidagi maʼlumot, shu jumladan, ustav kapitalining miqdori, tarkibi, manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
toʻlov xizmatlari bozoridagi oʻrni, toʻlov xizmatlari foydalanuvchilari va ishtirokchilari doirasi, xizmat koʻrsatish kanallaridan foydalanish boʻyicha marketing rejasi;
faoliyatni amalga oshirish uchun texnik vositalar va zarur manbalar tavsifi, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, hisob-kitoblar, buxgalteriya va roʻyxatga olish tizimlari.
29. Litsenziya daʼvogari tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi toʻgʻrisidagi, shu jumladan mijozlarning pul mablagʻlari but saqlanishini taʼminlashga doir talablar haqidagi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etishi kerak:
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish yoki bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar tavsifi;
ichki nazorat funksiyalari, jumladan komplayens nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan shaxs (shaxslar) maʼlumotlari;
litsenziya daʼvogarining autsorsingga topshiriladigan funksiyalarini kuzatish va nazorat qilish usulining tavsifi;
agent va subagentlarini monitoring qilish va nazorat qilish tartibining tavsifi.
30. Litsenziya daʼvogari tomonidan taqdim etiladigan toʻlov tashkilotining toʻlov tizimi operatori va ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
toʻlov xizmatlarining tavsifi;
toʻlov tashkilotining toʻlov tizimi operatori va ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorlik qilish sxemasi;
koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha pul mablagʻlari harakati va hisob-kitob tartibi hamda sxemasi;
litsenziya daʼvogarining uchinchi shaxslarga autsorsingga berishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari.
9-bob. Arizani koʻrib chiqish, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
31. Markaziy bank litsenziya daʼvogarining arizasini barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi hamda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
32. Markaziy bank litsenziya daʼvogari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlash hamda litsenziya daʼvogarining bino (ofislarini) texnik va xavfsizlik shartlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida joyiga chiqib oʻrganishlar oʻtkazish huquqiga ega.
33. Markaziy bank litsenziya daʼvogariga quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etadi:
litsenziya daʼvogari tomonidan tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;
litsenziya daʼvogari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
litsenziya daʼvogari litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq boʻlmaganda.
34. Markaziy bank mazkur Nizomning 33-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollar aniqlanganda, agar ariza va taqdim etilgan hujjatlarda bartaraf etish mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun litsenziya daʼvogariga muddat beradi.
35. Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek litsenziya daʼvogari koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
36. Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda, litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
37. Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, Markaziy bank litsenziyani berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda, litsenziyani berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
38. Litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma litsenziya daʼvogari rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va daʼvogar mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Litsenziya daʼvogari rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran ikki oydan koʻp boʻlmasligi kerak.
39. Litsenziya daʼvogari litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, litsenziyani berish yoxud uni berishni rad etish litsenziya daʼvogarini rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan oshmaydigan muddatda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziya daʼvogarining arizasini takroran koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
40. Litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin litsenziya daʼvogari tomonidan berilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va Markaziy bank tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
10-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va litsenziyani chaqirib olish
41. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti litsenziya berish uchun taqdim etgan hujjatlardagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, Markaziy bankni bu haqda uch ish kuni mobaynida yozma shaklda yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor etishi shart.
42. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kuni ichida Markaziy bankka, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
43. Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar, toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida unda koʻrsatilgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiradi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda Markaziy bank litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartishlar kiritadi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda berish litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda Markaziy bank tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
44. Toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkiloti Markaziy bankning qoidabuzarlikni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasini bajarmagan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzgan taqdirda, Markaziy bank litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunigacha boʻlgan muddatda toʻxtatib turishi mumkin.
45. Markaziy bankning litsenziyani toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
46. Markaziy bank litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunigacha boʻlgan muddatda toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkiloti tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilashi shart. Bunda, koʻrsatilgan muddat toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkiloti litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
47. Toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkiloti oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga toʻxtatib turish haqida Markaziy bankka ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Agar toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkiloti litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganidan keyin olti oydan soʻng litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida Markaziy bankka ariza bilan murojaat etmagan boʻlsa, litsenziya chaqirib olinadi.
48. Litsenziyani toʻxtatib turish va chaqirib olish toʻgʻrisidagi maʼlumot tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga kiritilishi kerak.
49. Markaziy bank litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotiga litsenziyani chaqirib olish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yetkazadi.
Markaziy bank quyidagi hollarda toʻlov tizimining operatori yoki toʻlov tashkilotining litsenziyasini chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli:
toʻlov tizimining operatori yoki toʻlov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda;
toʻlov tizimining operatori yoki toʻlov tashkiloti tugatilganda — tugatilish paytidan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etilishi natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek qayta tashkil etilayotgan toʻlov tizimi operatorida yangitdan vujudga kelgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi sanasidagi faoliyatning litsenziyalanadigan ayni bir turini amalga oshirishga doir litsenziya mavjud boʻlganda qoʻshib yuborilishi mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan talablar toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari tomonidan muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
toʻlov tizimining operatori yoki toʻlov tashkiloti litsenziya olingan kundan eʼtiboran bir yil davomida faoliyatni amalga oshirmaganda yoki faoliyati olti oydan ortiq davrga toʻxtatib turilganda;
Markaziy bankning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga zid ekanligi aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlov tizimining uzluksiz ishlashiga, shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlashga taʼsir koʻrsatuvchi qoidabuzarliklar Markaziy bankning birinchi koʻrsatmasi yuborilgan kundan eʼtiboran uch oy mobaynida toʻlov tizimining operatori tomonidan bartaraf etilmaganda;
(49-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 25-dekabrdagi 35/16-son qarori (roʻyxat raqami 3431-2, 05.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 10/26/3431-2/0016-son)
toʻlov tizimining operatori boʻlgan bankda bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olinganda.
50. Toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotining faoliyati ularning toʻlov tizimlari va toʻlov xizmatlarini ishga tushirish boʻyicha barcha test sinovlari yakunlanganidan soʻng hamda toʻlov xizmatlaridan cheklanmagan tarzda foydalanish taklif qilingan vaqtdan boshlangan deb hisoblanadi.
11-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
51. Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
52. Markaziy bank litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotlaridan toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini talab qilish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotlaridan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotlaridan aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyani chaqirib olish masalasi boʻyicha qaror chiqarish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasi.
litsenziyasiz toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti faoliyati amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida aniqlangan faktlar haqidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda tegishli organlarga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻrish uchun yuborish.
12-bob. Yakuniy qoidalar
53. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
54. Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berishga doir nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
55. Markaziy bankning qarorlari ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi
‎ Markaziy ‎ banki‎

‎‎Toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish
‎uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi
‎ARIZA

‎‎Quyidagi rekvizitlar bilan toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berishingizni soʻraymiz:

‎‎
‎1. Toʻliq firma nomi:_____________________________________________________________________________________________

‎2. Joylashgan joyi: ______________________________________________________________________________________________

‎3. Muassislar tomonidan toʻlov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish yuzasidan ularning manfaatlarini Markaziy bankda ifoda etish uchun vakolat berilgan shaxs(larning) maʼlumotlari:

‎F.I.O.:_________________________________________________________________________________________________________

‎Telfon:________________________________________________________________________________________________________

‎Pochta manzili:__________________________________________________________________________________________________

‎Elektron pochta manzili:__________________________________________________________________________________________

‎4. Arizada ilova qilingan hujjatlar ruyxati ___________varaqda (hujjatlar tikilgan, raqamlangan, imzolangan va tegishli tartibda tasdiqlangan boʻlishi lozim)

‎1)_____________________________________________________________________________________________________________

‎‎2)_____________________________________________________________________________________________________________

‎3)_____________________________________________________________________________________________________________

‎5. Toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya daʼvogari tomonidan mazkur Nizomning
15-bandidagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan toʻlov xizmatlari turlari:

‎‎1)_____________________________________________________________________________________________________________

‎‎‎2)_____________________________________________________________________________________________________________

‎‎3)_____________________________________________________________________________________________________________

‎_______________ (tashkilot nomi) “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonun va litsenziya talablari va qoidalariga rioya etish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun muassislar muassislar (aksiyadorlar) javobgar hisoblanadi.

Vakolatli shaxsning FIO.: ‎

___________________________
‎‎(imzo)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)
Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya daʼvogarining muassislari (aksiyadorlari) haqidagi
MAʼLUMOTLAR
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3431-1, 04.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)

1-jadval ‎‎

Jismoniy shaxslar‎‎

T/r Familiyasi Ismi Otasining ismi Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
‎ ‎(JSHSHIR, ID-kod)
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari Yashash joyi Telefon raqami Ish joyi toʻgʻrisida maʼlumot‎‎ Ustav kapitaliga kiritilgan ulush miqdori‎‎
Seriyasi
‎(mavjud boʻlsa)
‎ va raqami
Bergan organ Berilgan sanasi Tashkilot nomi‎‏ Faoliyat turi‎‏ Egallab turgan lavozimi‎‏ Pochta manzili‎‏ Telefon raqami‎‏ ming soʻmda‎‏ foizda‎‏
A‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

‎2-jadval

Yuridik shaxslar‎‎
T/r Yuridik shaxsning toʻliq nomi‎‏ Yuridik shaxsning toʻliq nomi‎‏ STIR‎‏ Pochta manzili Telefon raqami‏ Toʻlov rekvizitlari‎‎ Ustav kapitaliga kiritilgan ulush miqdori‎‎
xizmat koʻrsatuvchi bankning MFOsi‎ asosiy hisobvaragʻi‎ ming soʻmda‎ foizda‎
A‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎

5.‎

‎‎Vakolatli shaxsning FIO.: ‎

‎‎‎‎__________________________ ‎
‎(imzo)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 10/23/3431/0265-son; 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son; 06.01.2026-y., 10/26/3431-2/0016-son; 05.06.2026-y., 10/26/3431-3/0569-son)