ILOVA
| T/r | Tadbir nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
| 1. | Onlayn savdo platformalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda amalga oshirilayotgan elektron tijoratda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini mustahkamlash. | 1. Barch� onlayn savdo platformalarining sotuvchi va xaridorlarining mulkiy manfaatlarini kafolatlashga qaratilgan metodologiyani o‘rganish, tahlil qilish, shu jumladan: onlayn savdo platformalarida tomonlar mulkiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash tartibotini o‘rnatish; onlayn savdo platformalari faoliyatini baholash reytingini ishlab chiqish va e’lon qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2024-yil yanvar | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA), Markaziy bank, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 2. Elektron savdo maydonchalari (raqamli marketpleys) faoliyatini tashkil etish uchun ruxsat etish tartib-tamoyillarini belgilash. Banklar tomonidan berilgan EPOS terminallarida qonunga zid ravishda faoliyat olib borgan tashkilotlarga nisbatan ularning faoliyatini cheklashgacha bo‘lgan ta’sirchan choralarni ko‘rish. | Qonun loyihasi | 2024-yil fevral | |||
| 3. Qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilmasdan ijtimoiy tarmoqlarda va onlayn savdo platformalarida elektron tijorat tashkil etish holatlari uchun huquqiy ta’sir choralarini ko‘rish bo‘yicha yagona mexanizmni ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: soliq idoralari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruh tashkil etish hamda ijtimoiy tarmoqlarda va onlayn savdo platformalarida elektron tijorat tashkil etish holatlarini aniqlash bo‘yicha samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yish; ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etilgan savdo maydonlaridan foydalanishda sotuvchi va xaridorning mulkiy huquqlari kafolatlanmaganligini aholi orasida keng tushuntirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2024-yil may | Soliq qo‘mitasi, ILMA, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi | ||
| 2. | To‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish. | Quyidagi talablarni joriy etish: a) 2024-yil 1-iyuldan boshlab to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarini faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etish; b) ustav kapitalning eng kam miqdori 2024-yil 1-iyuldan boshlab to‘lov tizimi operatorlari uchun 50 mlrd so‘m, to‘lov tashkilotlari uchun 10 mlrd so‘m va 2025-yil 1-iyuldan boshlab 20 mlrd so‘m. | Qonun loyihasi | 2024-yil yanvar | Markaziy bank, ILMA, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
| 3. | To‘lov tizimlari operatorlari faoliyati uchun teng raqobat muhitini ta’minlash | To‘lov tizimlari operatorlari faoliyati uchun teng raqobat muhitini ta’minlashga qaratilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Kompleks chora-tadbirlar dasturi | 2024-yil mart | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Raqobat qo‘mitasi |
| 4. | Banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida antifrod tizimlarini joriy etish. | 1. To‘lov tizimi operatorlarida tranzaksion antifrod tizimini hamda banklar va to‘lov tashkilotlarida session antifrod tizimlaridan foydalanish uchun Markaziy bankda markazlashgan antifrod tizimini joriy etish. | Kompleks chora-tadbirlar dasturi | 2023-yil dekabr (dasturni tasdiqlash) | Markaziy bank, Banklar assotsiatsiyasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, ILMA |
| 2. Zamonaviy biometrik identifikatsiya tizimini qo‘llagan holda, Markaziy bankda mijozlarni identifikatsiya qilish tizimini joriy etish. 3. SIM-karta, mobil qurilma IMEI-kodi, Internet tarmog‘i (rouming) orqali ma’lumotlarni identifikatsiya qilish tizimini banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida joriy etish. 4. Banklar va to‘lov tizimlarining mobil ilovalaridagi xavfsizlik darajasini oshirish (yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining 1 soatgacha mablag‘larni o‘tkazish imkoniyatini cheklash va asosiy foydalanuvchiga uning profiliga kirilganlik haqida darhol SMS-xabar yuborish, mobil qurilmalar xususida IMEI, IMSI, DeviceID va boshqa qo‘shimcha ma’lumot yig‘ish). 5. Foydalanuvchilarning SMS-xabarlar orqali olinadigan bir martalik (one time password) parollarini himoya qilish mexanizmini joriy etish. 6. Bank kartalaridan mablag‘larni o‘g‘irlash holatlari haqida kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni (bloklash va boshqalar) ko‘rish. | 2024-2025-yillar (dastur ijrosini ta’minlash) | ||||
| 5. | Bank karta ma’lumotlarini xavfsizligini kuchaytirish. | Internet tarmog‘idagi axborot resurslarida bank karta ma’lumotlari tarqalishi bo‘yicha xabardor bo‘lish hamda ularni monitoring qilish maqsadida zamonaviy dasturiy vositalarni joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2024-yil dekabr | Markaziy bank |
| 6. | Jinoyat ishlari doirasida kripto-aktivlarni olib qo‘yish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibini belgilash. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda yoki jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qo‘yish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibini belgilash. Kripto-aktivlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kripto-hamyonlar ochish va ularni yuritish tartibini joriy qilish. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2024-yil yanvar | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, ILMA, Adliya vazirligi |
| 7. | Tergovchiga abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborotni mustaqil olish vakolatini berish. | Jinoyat-protsessual kodeksini tergov harakati sifatida abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot olishni nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirish. | Qonun loyihasi | 2024-yil mart | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati |
| 8. | Elektron dalillarni rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish. | “Elektron (raqamli) dalil” tushunchasi, ularni aniqlash, to‘plash, tekshirish, ekspertizadan o‘tkazish, baholash, qayd etish, saqlash tartiblari va bu jarayonda ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilash. Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha kibermakonni xolislar ishtirokisiz, majburiy videoyozuv yordamida ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazish tartibini belgilash. Axborot resurslarida raqamli izlarni saqlashda saqlanayotgan ma’lumotlarga aniq talablarni (ma’lumot turlarini) belgilash. | Normativ-huquqiy hujjatlar | 2024-yil fevral | Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati |
| 9. | Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida professional kadrlarni uzluksiz, bosqichma-bosqich tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini joriy etish. | 1. 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha bosqichma-bosqich kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarini belgilash va ushbu ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash kvotalarini davlat buyurtmasiga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning har yilgi davlat buyurtmasi parametrlarini belgilashda inobatga olish. 2. 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab kamida bir nafar yetakchi milliy va xorijiy mutaxassisni, ekspert va professor-o‘qituvchilarni raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olishning tashkiliy-texnik yechimlari va bunda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlarini o‘qitish, ularning malakasini oshirishda ishtirok etish uchun jalb qilish. 3. Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura va Oliy sud tasarrufidagi ta’lim muassasalarida jinoyatlarni aniqlash, fosh etish hamda ular yuzasidan tergov va sud harakatlarini olib borish yo‘nalishida xizmat qiluvchi xodimlarni kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha har ikki yilda bir marta, qisqa muddatli malaka oshirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 4. “Raqamli kriminalistika” yo‘nalishi bo‘yicha tergovchilar hamda prokuratura organlarining tezkor-qidiruv xizmati xodimlari uchun doimiy maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, shuningdek, “kiber huquq” magistratura yo‘nalishini ochish. 5. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishini tashkil etish va unda axborot texnologiyalari sohasida dastlabki bilimga ega bo‘lgan o‘quvchi yoshlarni saralab olib, ushbu yo‘nalishda malakali ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Ichki ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 10. | Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash. | Raqamli kriminalistika ilmiy-metodik markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish. Institut faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish uchun zarur moddiy-texnik baza hamda qo‘shimcha 10 ta shtat birliklarini ajratish masalasini ko‘rib chiqish. Institut tarkibida “Ixtisoslashtirilgan raqamli tadqiqot markazi”, “Raqamli tergovga ko‘maklashuvchi guruh”, “Metodik yordam ko‘rsatish guruhi” va “Raqamli kriminalistika laboratoriyasi” (Digital forensic lab) faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori | 2024-yil mart | Bosh prokuratura, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 11. | Onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar ustidan davlat nazoratini takomillashtirish. | Manfaatdor idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etgan holda onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni samarali tartibga solish tizimi joriy etilgan mamlakatlar (Gruziya, Koreya Respublikasi, Singapur, Vengriya, Estoniya va boshqa mamlakatlar) tajribasini joyida o‘rgangan holda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2024-yil mart-aprel | ILMA, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil iyun |