O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2023-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi 3-ilovaga muvofiq;
Foyda solig‘i to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagi soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida quyidagi miqdorlarda qoldirilsin:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘liq hajmda;
foyda solig‘i to‘liq hajmda (mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘i bundan mustasno);
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi (mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno).
Bunda soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar (mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) hududlar kesimida inobatga olinadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari o‘zgarishidan kelib chiqib, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozini tasdiqlangan ko‘rsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.
Belgilansinki, 2022-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini o‘tkazish 2023-yil yanvar oyida amalga oshiriladi va 2022-yilgi hisobotlarda aks ettiriladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
2023-yilda ijtimoiy soliq tushumlari bo‘yicha 2022-yilda amal qilgan taqsimlash me’yorlari saqlab qolinadi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi ma’murchiligidagi korxonalarga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyatini beruvchi tartib tatbiq etiladi;
jismoniy shaxslarga ular tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to‘lovlar respublika budjeti daromadlari qismida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishga rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga 6-ilovada nazarda tutilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalarini qo‘llash tartibi 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
5. 2023-yil uchun quyidagi soliq stavkalari:
a) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun:
rentabellik darajasidan kelib chiqqan holda foyda solig‘i 5-ilovaga muvofiq;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq oltin bo‘yicha — 10 foiz, palladiy, kumush va mis bo‘yicha — 15 foiz;
b) “O‘zbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati bo‘yicha — 15 foiz;
v) oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im 1 gramiga 1 000 so‘m miqdorida tasdiqlansin.
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023-yil 1-aprelga qadar:
“O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan dehqon xo‘jaliklariga yer solig‘ini hisoblash uchun ushbu yerlarning normativ qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro tajribani hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash tartibini ko‘rib chiqsin va uni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Jismoniy shaxslarga soliq yukining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan quyidagilar belgilansin:
2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;
jismoniy shaxslardan olinadigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.
8. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda barcha hududlarda birinchi — to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Qaror loyihasida ajratiladigan mablag‘lar sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha aniq mexanizmlar nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga nisbatan tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanilsin:
5-toifadagi tumanlarda — 25 foiz;
4-toifadagi tumanlarda — 25 foiz;
3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) — 15 foiz.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning qo‘shimcha vakolatlari quyidagi tartiblarda amalga oshirilsin:
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rahbarlari o‘zlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning jamlanma xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, jamlanma daromadlar va xarajatlar, daromadlar va xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi va ro‘yxatga oladi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar o‘ziga ajratiladigan mablag‘lar doirasida joriy xarajatlarini qayta taqsimlash, jumladan tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlash orqali mablag‘larni mustaqil tasarruf etadi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan rivojlantirish dasturlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ushbu dasturlarda nazarda tutilmagan xarajatlar bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tashabbusi bilan yangidan ishlab chiqiladigan rivojlantirish dasturlari va tadbirlarni moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablag‘lar tegishli birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
12. Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rahbarlari:
o‘z tasarrufidagi tizimda budjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilish;
o‘zlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning jamlanma xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, jamlanma daromadlar va xarajatlar, daromadlar va xarajatlar smetalarining to‘g‘ri tuzilishi;
budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning to‘liq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablag‘larning to‘g‘ri taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, jumladan ularning xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar kiritilishi;
budjetdan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlar to‘liq rejalashtirilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi;
davriy jamlanma moliyaviy hisobotlar to‘g‘ri shakllantirilishi va o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun shaxsan mas’ul ekanliklari belgilansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tartiblarni tegishli axborot tizimlari orqali amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga qo‘shimcha vakolatlar berilishi munosabati bilan ular tomonidan budjet intizomiga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy nazoratni kuchaytirsin va 2023-yil I chorak yakunlari bo‘yicha joriy etilgan yangi tartib natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
13. Belgilansinki, birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan foydalanishi bilan bog‘liq maqsadli indikatorlarning bajarilishi:
har chorak yakuni bo‘yicha vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan baholanadi;
hisobot yili yakuni bo‘yicha Hisob palatasi tomonidan auditdan o‘tkaziladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga har chorak yakunida:
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan foydalanishi bilan bog‘liq maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini;
Soliq qo‘mitasi va Bojxona qo‘mitasining Davlat budjeti daromadlari prognozi to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, qo‘llanilgan soliq va bojxona imtiyozlarining samaradorligi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitib borish tavsiya etilsin.
14. Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati faoliyati samaradorligini oshirish orqali ularga ajratilgan budjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
2023-yil 15-fevralga qadar vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibini ishlab chiqsin;
2023-yil 1-iyunga qadar vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholasin va ularning faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rsin;
2023-yil 1-apreldan boshlab vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlarini davlat sektorida ichki audit va ichki nazorat sohasida doimiy o‘qitib borish tizimini joriy etsin.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
kelgusida mahalliy budjetlarga ajratiladigan budjet ssudalarini belgilangan muddatda qaytarish yuzasidan shaxsiy javobgar ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin;
birinchi navbatda mazkur qarorning 2-bandi yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan respublika budjetidan o‘tkazib beriladigan mablag‘lar hisobidan mahalliy budjetlarga ajratilgan maqsadli budjet ssudalarini qoplash choralarini ko‘rsin.
16. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
2023-yil 1-yanvardan boshlab soliqlar, majburiy yig‘imlar, bojlar va jarimalar hisobidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga kelib tushgan mablag‘larning hamda mazkur jamg‘armalarning bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 40 foizi har oy yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi, bundan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lar mustasno;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti taqchillik bilan tasdiqlangan davrda budjet ssudalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga faqatgina yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan vaqtinchalik yuzaga kelgan kassa uzilishini qoplash uchun ajratiladi.
17. Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek, 2022-yilni sifatli yakunlash hamda 2023-yilni muvaffaqiyatli boshlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Oldingi tahrirga qarang.
2023-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoniga asosan “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son)
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
22. Mazkur qaror 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-dekabr,
PQ-471-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga
1-ILOVA
2023-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari
Oldingi tahrirga qarang.

mln so‘m

T/r

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilari va uning tarkibidagi ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilari nomi*

Summa

1.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

3 713 586,9

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

1.1.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

295 115,1

2.

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi

1 218 692,4

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

2.1.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi

5 064,5

2.2.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

220 000,0

2.3.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

34 620,0

3.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

363 353,9

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

3.1.

Madaniy meros agentligi

203 575,8

4.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

931 153,1

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

4.1.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

73 426,8

5.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

1 522 703,0

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

5.1.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

131 754,4

6.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1 948 979,0

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

6.1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

7 052,8

6.2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi

20 048,5

6.3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

2 948,1

6.4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

133 191,8

6.5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

7 398,2

6.6.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

3 694,9

6.7.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

14 470,4

6.8.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi

3 898,8

6.9.

“Nurli jol” va “Ovozi tojik” gazetalari tahririyatlari

4 169,5

6.10.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

16 398,5

6.11.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi

11 700,8

6.12.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

10 602,6

6.13.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

5 000,0

6.14.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

63 998,6

6.15.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi

2 759,8

6.16.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

25 757,1

6.17.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

5 432,8

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1 199 844,5

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

7.1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi

28 311,3

7.2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi

12 490,5

7.3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

28 351,2

7.4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

179 787,0

7.5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

20 728,7

7.6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi

131 399,5

8

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

394 533,0

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

8.1.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

226 490,0

8.2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

11 887,0

9.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

1 504 225,7

shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:

9.1.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi

446 398,6

shundan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

25 000,0

9.2.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

198 408,6

*O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga
2-ILOVA
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari

mln so‘m

Budjetlar nomi

Aylanma kassa mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti

1 000 000,0

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti

28 200,0

Andijon viloyatining mahalliy budjeti

21 714,0

Buxoro viloyatining mahalliy budjeti

24 828,0

Jizzax viloyatining mahalliy budjeti

13 157,0

Qashqadaryo viloyatining mahalliy budjeti

22 709,0

Navoiy viloyatining mahalliy budjeti

12 100,0

Namangan viloyatining mahalliy budjeti

19 524,0

Samarqand viloyatining mahalliy budjeti

36 279,0

Surxondaryo viloyatining mahalliy budjeti

17 260,0

Sirdaryo viloyatining mahalliy budjeti

12 078,0

Toshkent viloyatining mahalliy budjeti

32 417,0

Farg‘ona viloyatining mahalliy budjeti

26 900,0

Xorazm viloyatining mahalliy budjeti

17 747,0

Toshkent shahrining mahalliy budjeti

34 324,0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga
3-ILOVA
2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi

mlrd so‘m

T/r

Ko‘rsatkichlar

Summa

Jami — daromadlar

232 607,1

1.

Bevosita soliqlar

73 955,9

1.1.

Foyda solig‘i

42 848,3

shu jumladan:

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati

11 252,6

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati

5 265,5

1.2.

Aylanmadan olinadigan soliq

2 811,7

1.3.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

28 295,8

2.

Bilvosita soliqlar

88 411,3

2.1.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

63 775,4

2.2.

Aksiz solig‘i

17 883,9

shu jumladan:

alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo

2 339,0

tamaki mahsulotlari

2 439,4

mobil aloqa xizmati uchun aksiz solig‘i

1 003,3

2.3.

Bojxona boji

6 752,0

3.

Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i

26 473,2

3.1.

Mol-mulk solig‘i

4 332,6

3.2.

Yer solig‘i

5 805,5

3.3.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

15 535,6

shu jumladan:

noruda qurilish materiallari bo‘yicha

755,5

3.4.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

799,5

4.

Dividendlar

29 532,2

shu jumladan:

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati

16 050,4

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati

9 481,7

5.

Boshqa daromadlar va soliq bo‘lmagan boshqa tushumlar

14 234,6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga
4-ILOVA
Foyda solig‘i to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati

T/r

Soliq to‘lovchilarning nomi

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)

1.

“Andijon gidroelektrstansiya” UK

200248365

2.

“Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ

200595949

3.

“Asia Trans Gas” MCHJ

206948470

4.

“Baraka holding” MCHJ

305162024

5.

“Bekobodsement” AJ

200459808

6.

“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ

202080378

7.

“Chirchiq gidroelektrstansiyalar kaskadi” UK

200942018

8.

“Chirchiq transformator zavodi” AJ

200941525

9.

“Coca-cola ichimligi Uzbekiston, Ltd” MCHJ

200798458

10.

“Coscom” MCHJ

201788904

11.

“Epsilon development company” MCHJ

305922787

12.

“Farg‘ona issiqlik elektr markazi” AJ

200202146

13.

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ

200202099

14.

“Farg‘onaazot” AJ

200202240

15.

“Farhod GES” UK

202256591

16.

“Gissarneftgaz” MCHJ

205678302

17.

“Nisorak gidroelektrstansiya” UK

206976058

18.

“International beverages Tashkent” MCHJ

301975029

19.

“Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJ

200640719

20.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

306349304

21.

“JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ

301305243

22.

“Ketring” MCHJ

201676062

23.

“Ko‘kdumaloqgaz” MCHJ

205222807

24.

“Maxam-Chirchiq” AJ

200941518

25.

“Jarkurgonneftqaytaishlash” MCHJ

204917978

26.

“Muborak issiqlik elektr markazi” AJ

200698044

27.

Natural gas-stream” MCHJ

207245357

28.

Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ

200850647

29.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ

308425864

30.

Navoiyuran” DK

201204514

31.

Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ

200003243

32.

Navoiyazot” AJ

200002933

33.

“O‘ztemiryo`lkonteyner” AJ

203607858

34.

“Ohangaronsement” AJ

200463344

35.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

202328794

36.

“O‘zaeronavigatsiya” markazi” DUK

201052000

37.

“O‘zavtosanoat” AJ

201053918

38.

“Katta Farg‘ona kanalidagi kichik gidroelektrostansiyalar kaskadi” UK

305909492

39.

“O‘rta Shirchiq gidroelektrstansiyalari kaskadi” UK

200439436

40.

“Ohangaron gidroelektrostansiya” UK

301266689

41.

“Tuyamo‘yin gidroelektrostansiyasi” UK

200209151

42.

“Qodiriya gidroelektrstansiyalar kaskadi” UK

200605332

43.

“O‘zbekgidroenergo” AJ

304952767

44.

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ

200460222

45.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

306347741

46.

“O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

200933985

47.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

201051951

48.

“O‘zbekneftgaz” AJ

200837914

49.

“O‘zbektelekom” AJ

203366731

50.

“O‘zelektroapparat-Electroshield” AJ

201052167

51.

“O‘ztransgaz” AJ

200626188

52.

“Qizilqumsement” AJ

200002878

53.

“Quvasoysement” AJ

200124805

54.

“Quyi-Bo‘zsuv gidroelektrstansiyalar kaskadi” UK

200588275

55.

“Rubicon wireless communication” MCHJ

201501439

56.

“Samarqand avtomobil zavodi” MCHJ QK

202137344

57.

“Samarqand gidroelektrstansiyalar kaskadi” UK

205240509

58.

“Samarqand xalqaro aeroporti” MCHJ

200791776

59.

“Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” MCHJ

203195074

60.

“Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ

201169179

61.

“Taxiyatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ

200366401

62.

“Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ

201284979

63.

“Tashkent tobacco” MCHJ

205442074

64.

“To‘palang gidroelektrostantsiyasi” UK

206695638

65.

“To‘raqo'rg'on issiqlik elektr stansiyasi qurish direksiyasi” UK

302586084

66.

“Toshkent gidroelektrstansiyalari kaskadi” UK

200796373

67.

“Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” UK

200605388

68.

“Toshkent issiqlik elektr markazi” UK

200624673

69.

“Toshkentvino kombinati” AJ

200547634

70.

“Unitel” MCHJ

201838002

71.

“Universal mobile systems” MCHJ

303020732

72.

“Uzauto motors” AJ

200244767

73.

“Uzauto trailer” MCHJ

302320834

74.

“Uzbat” AJ

200987017

75.

“Uzbekistan airways” AJ

306628114

76.

“Uzbekistan airways technics” MCHJ

200640797

77.

“Uzbekistan GTL” MCHJ

207041936

78.

“VL Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi” MCHJ

200897524

79.

“Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ

200595838

80.

“Sanoat energetika guruhi” MCHJ XK

304936120

81.

“Nududgazta’minot” AJ

306605769

82.

“Uzgastrade” MCHJ

309702449

83.

“Uzbekistan airports” AJ

306646884

84.

“O‘ztransgaz” AJ “Urganchtransgaz” UK

200407848

85.

“Nududiy elektr tarmoqlari” AJ

306350099

31 ta tijorat banklari

*Izoh: ro‘yxatda qayd etilgan korxonalar boshqa korxonalar tarkibiga kirganda va boshqa korxona bilan birlashganda yoki qayta tashkil etilgan holatlarda ushbu ro‘yxatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga
5-ILOVA
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda solig‘i stavkalari

T/r

Soliq solish obyekti

Soliq stavkasi, foizda

1.

Soliq solish bazasining, tovar (xizmat) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 15 foiziga teng miqdordagi qismiga

15

2.

Soliq solish bazasining qolgan qismiga

50

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1.

Budjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish maqsadida dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablag‘lari taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil 1 mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

2.

Mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalari hisobidan ma’lum bir sohalar va tadbirlarga aniq foizlarda mablag‘ ajratish amaliyoti bekor qilinishi munosabati bilan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

“Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” (nodavlat-bogcha.uz) axborot tizimini takomillashtirish va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joriy etish orqali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda xodimlar va tarbiyalanuvchilarining davomatini yuritish, axborot tizimida shakllangan ma’lumotlar asosida xodimlar ish haqi, oziq-ovqat xarajatlari, bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari va boshqa to‘lovlarning avtomatlashtirilgan tarzda hisoblanishini yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar

2023-yil 10-yanvar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil 10-sentabr

4.

Budjet tashkilotlarining shtatlar jadvali, tarifikatsiya ro‘yxatlari hamda xarajatlar smetasini shakllantirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ushbu jarayonlarning har bir bosqichida mas’ul xodimlarga tegishli vazifalar belgilanishini nazarda tutuvchi yo‘riqnomani ishlab chiqib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash hamda ushbu tartiblar asosida tegishli axborot tizimlarini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Adliya vazirligi

5.

Ichimlik va oqava suv ta’minoti korxonalarining mulki va obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda foydalanishda bo‘lmagan va bo‘sh turganlarini belgilangan tartibda sotish hamda sotishdan kelib tushgan mablag‘larni kreditor qarzdorliklarni so‘ndirishga yo‘naltirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-iyun

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

6.

Fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarni “Agro-subsidiya” YAAT — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiya ajratish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishning yagona axborot tizimi bilan integratsiya qilgan holda to‘lashni joriy qilish.

Shuningdek, chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2023-yil 1-mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Energetika vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

7.

Xorijiy davlatlar tajribasini joyiga chiqib o‘rgangan holda ichimlikva oqava suv ta’minoti xizmatlari bo‘yicha tarif siyosatini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-may

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zsuvta’minoti” AJ,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublikada suv balansini yuritish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish:

suv havzalarida mavjud suv miqdori, suv havzalariga kirishi va chiqishi kutilayotgan suv miqdori, shuningdek, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillarda kelgusi yillarda foydalanish uchun suv zaxirasini yaratish;

mavjud suv resurslari va kutilayotgan sersuvlik darajasidan kelib chiqib ekinlarni joylashtirish;

suv yetkazib berish obyektlariga (nasos stansiyasi, kanal, suv ombori va hokazo) biriktirilgan ekin maydoni va unga yetkazib berilgan/beriladigan suv miqdori;

yetkazib berilgan suv va uni yetkazib berish uchun sarflangan elektr energiyasi miqdorini o‘zaro bog‘lash;

suv va elektr energiyasi resurslaridan unumli foydalanish va uni boshqarish uchun mas’ullar va ularning vazifalarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023 yil 1 may

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Statistika agentligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi,

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fanva innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalarda ish haqiga qo‘shimcha va ustama to‘lovlarning hisoblanishiga oid normativ-xuquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda ularni yagona tartibga birlashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil 1-aprel

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

10.

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tajribadan kelib chiqib, ayrim soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarish va shakllantirish imkoniyatini kengaytirish.

Axborot xati

2023-yil 15-yanvar

Soliq qo‘mitasi

Soliq to‘lovchilar takliflarini inobatga olgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil 1-aprel

11.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlarini yanada oshirish maqsadida hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar budjet mablag‘larining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan yillik faoliyati to‘g‘risida mahalliy Kengashlarga hisobot berishni to‘liq joriy etish.

Reja-grafik

Har yili 15-yanvar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi

12.

Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksida budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari bo‘yicha moliyaviy huquqbuzarliklar turlari tasnifi kesimida elektron hisobot hamda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobi yuritilishini joriy etish hamda uni takomillashtirib borish.

Amaliychora-tadbirlar

2023-yil 1-fevral

Hisob palatasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

13.

Budjetning birlamchi xarajatlarini qoplash uchun Yagona g‘azna hisobvarag‘ida saqlanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning eng kam miqdorini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil 1-iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

14.

Suv xo‘jaligi tizimiga qarashli nasos stansiyalari hududida elektr energiyasini hisobga olish uskunasi o‘rnatilganligini tahlil qilib, hisobga olish uskunalari to‘liq o‘rnatilishini ta’minlash.

Chora-tadbirlar

2023-yil 1-may

Suv xo‘jaligi vazirligi

15.

Budjet mablag‘lari hisobidan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) salbiy farqini asossiz qaytarish xavfining oldini olish, tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyatini beruvchi yangi joriy etilayotgan institut natijalari hamda QQS qoplashda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovi zanjiri uzilishi koeffitsiyentini qo‘llash amaliyoti bo‘yicha xalqaro auditorlik tashkilotlari xulosalari asosida QQS ma’murchiligini yanada soddalashtirish va budjetga undirilgan summalar hisobini yuritishni takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish.

Axborot xati

2023-yil 1-may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

16.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini tumanbay joylashtirish metodikasi va tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, ekinlarni joylashtirish Adliya vazirligining “E-qaror” ATT va yer uchastkalarining kadastr raqamlariga o‘zaro bog‘langan holda integratsiyalangan tarzda amalga oshirilishi inobatga olinadi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti,

Soliq qo‘mitasi,

Kadastr agentligi,

Statistika agentligi

17.

Masofaviy (kameral) nazoratni takomillashtirish orqali budjet tashkilotlarida nazorat tadbirlari samaradorligini oshirish.

Bunda, Navoiy, Namangan va Xorazm viloyatlari misolida mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli va oqilona sarflanishi yuzasidan o‘rganishni davom ettirish.

Yillik ish reja

2023-yil davomida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat moliyaviy nazoratii inspeksiyasi

18.

Mavzuli nazorat tadbirlarini joriy etish orqali budjet tashkilotlarida o‘rganish qamrovini kengaytirish, bunda, birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalariga e’tibor qaratish.

Yillikish reja

2023-yil davomida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

19.

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning 2023 2025-yillar uchun budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga
7-ILOVA
Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek, 2022-yilni sifatli yakunlash hamda 2023-yilni muvaffaqiyatli boshlash bo‘yicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1.

Vazirlik va idoralar tomonidan vaqtinchalik xarajatlar smetalarini belgilangan tartibda tuzish va taqdim etish.

O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan ularga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari doirasida vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va taqdim etish.

2023-yil 5-yanvar

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar

2.

2023-yil uchun tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlari doirasida xarajatlar smetalarini tuzish va taqdim etish.

O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni bilan 2023-yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari doirasida xarajatlar smetasini tuzish va taqdim.

2023-yil 15-yanvar

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar

3.

Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlariga muvofiq 2023-yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan cheklangan miqdorlarni qaytadan ko‘rib chiqish va takliflar tayyorlash.

1. Qaytadan tashkil qilinayotgan vazirlik va idoralar bo‘yicha qabul qilingan tegishli qarorlar asosida tegishli hisob-kitoblarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.

2023-yil 1-mart

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qaytadan tashkil qilinayotgan vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan cheklangan miqdorlarni qayta taqsimlash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2023-yil 10-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4.

Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunni qayta ko‘rib chiqish.

“2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil 1-iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

Hisob palatasi

5.

Qayta tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish.

1. Qayta tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidagi tashkilotlar xarajatlar smetasi tuzilishini, tasdiqlanishini ta’minlash.

2. Qayta tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan jamlanma xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini t?zish.

3. Qayta tuzilgan jamlanma xarajatlar smetasini xarajatlar guruhi kesimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.

2023-yil 1-may

Manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash yuzasidan tegishli qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish.

1. Tegishli qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish.

2023-yil 10-yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2023-yil 1-fevral

3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil 1-iyun

7.

Qayta tashkil etilayotgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ish faoliyati uzluksizligini ta’minlash.

1. Vazirlik va idoralarda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni, ularni saqlash xarajatlarini ushbu vazirlik va idoralar uchun amaldagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan amalga oshirish.

2. Mavjud debitor va kreditorlik qarzdorliklarni qoplash.

Yangi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochilgunga qadar

Manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

2022-yil va 2023-yil 1-chorak uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish.

1. Qayta tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan 2022-yilda budjetdan ajratilgan mablag‘larga mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq:

2022-yil uchun yillik moliyaviy hisobotlarni;

2023-yil 1-chorak uchun hisobotlarni tuzish va taqdim etish.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

Barcha vazirlik va idoralar

9.

Davlat budjeti parametrlari tasdiqlangandan so‘ng vazirlik va idoralarning xarajatlar smetasini ro‘yxatga olishda mablag‘larning xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalari bo‘yicha emas, faqat xarajat guruhlari bo‘yicha ajratilishini ta’minlash.

1. Texnik talab ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlariga (“DMBAT” va “UzAsbo” DT) tegishli o‘zgartirish kiritish.

2023-yil 1-mart

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida vazirlik va idoralarga tegishli vakolatlar berish.

2023-yil 15-mart

(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga
8-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 1-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4755-son qarori 1-bandi “v” kichik bandining beshinchi va oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4756-son qarorida:
13-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

13.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi

Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti

Shaffoflik va soliq maqsadlarida axborot almashinuvi bo‘yicha global forum

;

quyidagi mazmundagi 391-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

391.

Hisob palatasi

Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI)

Osiyo oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (ASOSAI)

;

4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar hisobini yuritish hamda monitoring qilib borish Moliya vazirligining axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) amalga oshiriladi”;
6-band “Moliya vazirligiga taqdim etadi” so‘zlaridan keyin “hamda axborot tizimiga kiritadi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
9-band “xabarnomalariga muvofiq to‘lanadi” so‘zlaridan keyin “hamda to‘langan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumot va to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlar axborot tizimiga 3 (uch) ish kuni ichida kiritiladi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin:
“121. Badallar to‘lovchilar tegishli to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng 1 (bir) oy muddatda to‘lovlar xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdig‘ini olish choralarini ko‘radi va olingan tasdiq xabarnomalarini 3 (uch) ish kuni ichida axborot tizimiga yuklaydi”;
quyidagi mazmundagi 131-band bilan to‘ldirilsin:
“131. Badallar to‘lovchilar tegishli to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng 1 (bir) oy muddat ichida to‘lovlar xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdig‘ini olish choralarini ko‘radi va olingan tasdiq xabarnomalarini 3 (uch) ish kuni ichida axborot tizimiga yuklaydi”;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Markaziy banki axborot tizimdagi ma’lumotlar asosida xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar to‘lanishini doimiy monitoring qilib boradi”;
quyidagi mazmundagi 211-band bilan to‘ldirilsin:
“211. A’zolik badali to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lgan hollarda, ushbu qarzdorlik yuzasidan ma’lumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar ular olingan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida badal to‘lovchilar tomonidan axborot tizimiga yuklanishi lozim”;
quyidagi mazmundagi 221-band bilan to‘ldirilsin:
“221. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimiga barcha ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishi va doimiy yangilab borilishi uchun mas’ul hisoblanadi”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qarori bilan tasdiqlangan Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 43-pozitsiyasining “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Davlat budjeti mablag‘lari,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4888-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisidagi “35” raqami “12,5” raqami bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4984-son qarori 3-bandining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4986-son qarorining 10-bandidagi “2023” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5017-son qarorining 3-bandida:
birinchi xatboshidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “4 000 so‘m” va “400 so‘m” so‘zlari tegishincha “2 000 so‘m” va “200 so‘m” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “2 500” raqami “1 250” raqami bilan almashtirilsin;
b) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2024-yil 1-yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan baliqchilik xo‘jaliklariga — intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr)ning har bir kilogrammi uchun 1 500 so‘m, qolgan turdagi baliqlar uchun 500 so‘m miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratiladi”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi”.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5144-son qarori 5-bandining yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5270-son qaroriga 2-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-5280-son qaroriga 3-ilovaning 1-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-52-son qarorining 6-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev),” so‘zlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-son qarorida:
birinchi xatboshidagi “2023” raqami “2026” raqami almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “2022” raqami “2025” raqami almashtirilsin;
b) 8-ilovaning 22-pozitsiyasi “Ijro muddatlari” ustunidagi “2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-84-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda amalga oshiriladi”.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-son qarorida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli mahalliy hokimliklarga Davlat budjeti hisobidan ehtiyojga qarab hamda mahalliy budjetlar imkoniyatlarini hisobga olgan holda 2023-yilda moliya yili davomida qaytarish sharti bilan 200 milliard so‘mgacha budjet ssudasini ajratsin”;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 10-ilova 40-pozitsiyasining “Tadbirlar nomlanishi” ustunidagi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hududlarning master rejalarini ishlab chiqish va yer uchastkalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash ishlarini moliyalashtirish uchun tegishli mahalliy hokimliklarga Davlat budjeti hisobidan ehtiyojga qarab hamda 2023-yilda moliya yili davomida qaytarish sharti bilan 200 milliard so‘mgacha budjet ssudasini ajratish”.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-128-son qarori 13-bandining oltinchi xatboshisidagi “2023-yil 1-sentabrdan” so‘zlari “2024-yil 1-yanvardan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-139-son qarorining 5-bandida:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda”;
b) ikkinchi xatboshidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-168-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshisidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi “Jahon banki ishtirokidagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-178-son qarorida:
a) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-son qaroriga
1-ILOVA
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy
PARAMETRLARI

ming AQSH dollari

T/r

Komponent nomi

Jami*

Moliyalashtirishning taxminiy hisobi

Kredit

Davlat budjeti mablag‘lari

1.

Loyihaning umumiy qiymati

72 000

60 000

12 000

2.

Investitsiyalar miqdori, jami

60 000

60 000

1-komponent. Soliq ma’muriyatchiligining asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish

48 700

48 700

2.1.

1.1-subkomponent — soliq organlarining yangi integratsiyalashgan axborot tizimini joriy etish

300

300

2.2.

1.2-subkomponent — texnik infratuzilmani yangilash (Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi)

43 500

43 500

2.3.

1.3-subkomponent — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshqarish va rejalashtirish sohasida salohiyatni oshirish

100

100

2.4.

1.4-subkomponent — tabiiy ofatlar xavfini boshqarish va faoliyatning uzluksizligini ta’minlash

4 800

4 800

2-komponent. Yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq to‘siqlarini bartaraf etish

6 000

6 000

2.5.

2.1-subkomponent — soliq talablarini ta’minlash sohasida Davlat soliq qo‘mitasining salohiyatini oshirish

2 000

2 000

2.6.

2.2-subkomponent — talablarga ixtiyoriy rioya qilishni rag‘batlantirish

3 000

3 000

2.7.

2.3-subkomponent — xususiy sektor bilan konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish

1 000

1 000

3-komponent. Kadrlar va institutsional salohiyatni oshirish

3 300

3 300

2.8.

3.1-subkomponent — xodimlarni yanada samarali boshqarish uchun Davlat soliq qo‘mitasining institutsional salohiyatini oshirish

1 700

1 700

2.9.

3.2-subkomponent — davlat soliq xizmati organlarining strategik maqsadlarga erishishini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkiliy funksiyalar yaratish

800

800

2.10.

3.3-subkomponent — davlat soliq xizmati organlari xodimlarini kasbiy rivojlantirish

800

800

4-komponent. Notexnik komponent — loyiha boshqaruvini qo‘llab-quvvatlash

2 000

2 000

3.

O‘zbekiston Respublikasining soliq va bojxona to‘lovlariga qo‘shgan hissasi

12 000

12 000

4.

Loyihani amalga oshirish davri

2022 — 2027-yillar

5.

Kreditni qaytarish muddati

30 yil

shu jumladan, asosiy qarzning imtiyozli davri

5 yil

Izoh. Yakuniy qiymat ko‘rsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi, tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha tenderlar va xizmatlarni bajarish natijalari bo‘yicha aniqlanadi.
Davlat soliq qo‘mitasiga Loyiha doirasida ajratilib, iqtisod qilingan mablag‘larni moliyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Jahon banki bilan kelishilgan holda qayta taqsimlash vakolati beriladi”;
b) 3-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Respublikada go‘sht, jun va sut yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni ko‘paytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-224-son qarori 3-bandining birinchi xatboshisidagi “200 milliard so‘m” so‘zlari “30 milliard so‘m” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-son qarorida:
a) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “30 milliard so‘m, jumladan uning birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun bir hafta muddatda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 20-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 1-ilovaning 15-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar” ustunining ikkinchi xatboshisidagi “10 milliard so‘m” so‘zlari “5 milliard so‘m” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-maydagi “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-262-son qarori quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. Jamg‘arma 2022-yil 1-iyundan boshlab to‘laqonli qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida e’tirof etilsin”.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-295-son qarori bilan tasdiqlangan Mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki faoliyatini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 11-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

11.

Texnopark hududida temir yo‘l tarmog‘ini qurish.

1. Texnopark hududiga temir yo‘l tarmog‘i tortish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.


2. Texnopark hududida temir yo‘l tarmog‘ini qurish va foydalanishga topshirish.

2022-yil oktabr




2023-yil mart

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari

A. Ramatov

Transport vazirligi

(I. Mahkamov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(X. Xasilov)

Transport vazirligi

(I. Mahkamov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(X. Xasilov)

”.

26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarorining 6-bandida:
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2023-yildan boshlab Paxtachilik kengashi faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orqali moliyalashtirish tartibi joriy etilsin”;
b) ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan mablag‘lar Paxtachilik kengashi va uning boshqaruv guruhi a’zolari hamda 13 ta tumanlar ishchi guruhlari a’zolariga ish haqi to‘lash, Paxtachilik kengashiga mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, 13 ta tumanlarga yangi ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalarni (shu jumladan, dronlar va raqamli texnologiyalar asosidagi) joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi”.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi “Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil etishni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-335-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Moliya vazirligi 2022-yil davomida qishloq xo‘jaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida xarid qilish uchun tijorat banklarining so‘rovnomalariga asosan 10 yil muddatga 7 foiz stavkada 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutadagi mablag‘larni depozitga joylashtirsin. Bunda”;
b) 2-ilovaning 1-pozitsiyasida:
“Chora-tadbirning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yilda qishloq xo‘jaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida xarid qilish uchun Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklarining so‘rovnomalariga asosan 10 yil muddatga 7 foiz stavkada 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutadagi mablag‘larni depozitga joylashtirish”;
“Ijro muddati” ustunining birinchi xatboshisidagi “ikki hafta muddatda” so‘zlari “2022-yil davomida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-son qarori 4-bandining birinchi xatboshisidagi “2023” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar budjet tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar “E-auksion” elektron savdo platformasi tomonidan avtomatik tarzda quyidagi tartibda taqsimlanadi”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50 foizi — budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga yo‘naltiriladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotilgan taqdirda ularni baholash va sotish xarajatlari budjet tashkilotlari tomonidan to‘lanadi”;
b) 9-banddagi “tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan” so‘zlari “tashkilotlariga yo‘naltiriladigan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning o‘n birinchi xatboshisidagi “yuridik shaxs” so‘zlari “yuridik yoki jismoniy shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) II bo‘lim 5-paragrafning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-§. Baliqchilik hovuzlari, imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo‘lgan yerlarning, shuningdek jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlarida va dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yerlarning me’yoriy qiymatini aniqlash”;
v) quyidagi mazmundagi 341-band bilan to‘ldirilsin:
“341. Jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlarning normativ qiymati mos ravishda tuman (shahar)ning sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan yerlarining o‘rtacha normativ qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi”.
31. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini o‘zgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 523-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizomda 9010-banddagi “(uning barcha loyihalari bo‘yicha)” so‘zlari “(innovatsion, amaliy va fundamental loyihalar bo‘yicha)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-oktabrdagi “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida”gi 602-son qarorida:
3-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
3-bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3 va 4-boblar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandida:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“parrandachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar 1 250 so‘m (bunda subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtincha ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi)”;
b) uchinchi xatboshidagi “2022-yil”, “4 000 so‘m” va “400 so‘m” so‘zlari tegishincha “2023-yil”, “2 000 so‘m” va “200 so‘m” so‘zlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “har oy” so‘zlari “mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan har chorak” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-son qaroriga 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlik va idoralar foydalanishidagi yer uchastkalari hamda dehqon xo‘jaliklarida yer tuzish, geodeziya va xatlov ishlari, kadastr pasportlarini tayyorlash va yerga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 2022-yilda ajratiladigan mablag‘lar
HISOB-KITOBI

mln so‘m

T/r

Budjet mablag‘larini taqsimlovchi (oluvchi) yerdan foydalanuvchilar

Ishlar bajariladigan yer turlari

2022-yil uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan

Budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan

1.

Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv fondi yerlari

10 547,0

2.

Mudofaa vazirligi

Mudofaa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

1 048,8

3.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

O‘rmon fondi yerlari

9 351,9

3 349,3

4.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Davlat qo‘riqxonalari, davlat biosfera rezervatlari va boshqa muassasalar yerlari

129,3

5.

Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchi budjet tashkilotlari

Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

1 818,1

6.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yerlari

23 691,1

7.

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi

Moddiy madaniy meros obyektlari yerlari

4 738,2

3 938,6

8.

Tuman (shahar) hokimliklarining obodonlashtirish bo‘linmalari

Ichki yo‘llar, obodonlashtirish yerlari

28 259,5

9.

Tuman (shahar) hokimliklari

Zaxira toifasidagi yerlar

2 088,9

10.

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

Dehqon xo‘jaliklari yerlari

10 394,9

Jami

91 938,5

7 417,1

”.

37. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi “Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda budjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 129-son qarorining 5-bandida:
a) “a” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “1-iyundan” so‘zlari “1-sentabrdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab DXSH tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari faqat shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyalari orqali yig‘ilgan elektron ma’lumotlar asosida NMTTBATda hisoblanadi va 2022-yil 1-oktabrdan boshlab shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida to‘lanadi.
Bunda, 2022-yil yakuniga qadar subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida to‘lanishi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi”.
38. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida nizomning 37-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlari tasdiqlangandan so‘ng moliya organlari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida har bir obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochiladi.
Tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga asosan obyektlarning xarajatlar smetasi buyurtmachilar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Bunda:
2023-yil 1-iyuldan boshlab buyurtmachilar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali har bir obyekt bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga xarajatlar smetasi va unga o‘zgartirish (qo‘shimcha)lar kiritiladi;
buyurtmachilarga ochilgan g‘azna hisobvarag‘ida (qayta taqsimlanadigan) nazarda tutilgan mablag‘lar manzilli ro‘yxatlarga asosan tasdiqlangan har bir obyektning xarajatlar smetasidan kelib chiqib, buyurtmachilar tomonidan mustaqil ravishda qayta taqsimlanadi”.
39. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son “2022-yilda kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ishonchli ta’minlashga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida:
birinchi xatboshidagi “300” raqami “200” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “200” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin;
b) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
3-ILOVA
2022-yilda amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimlari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini, nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarini ta’mirlash-tiklash va qurish ishlari
REJASI

T/r

Hududlar nomi

Jami ajratiladigan mablag‘

shu jumladan:

irrigatsiya obyektlarida dastlabki ta’mirlash ishlariga talab etiladigan mablag‘

shundan:

nasos stansiyalari energetika boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladigan ishlariga talab etiladigan mablag‘

shundan:

sug‘orish tarmoqlarini tozalash xarajatlari

gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash

sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish

nasos agregatlari sotib olish

nasos agregatlarini ta’mirlash

nasos stansiyalarining bosimli quvurlarini ta’mirlash

Sug‘orish quduqlarini qurish

uzunligi,

km

talab etiladigan mablag‘

soni,

dona

talab etiladigan mablag‘

uzunligi,

km

talab etiladigan mablag‘

soni,

dona

talab etiladigan mablag‘

soni,

dona

talab etiladigan mablag‘

uzunligi,

km

talab etiladigan mablag‘

soni,

dona

talab etiladigan mablag‘,

mln so‘m*

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

20 590

11 070

436

8 231

150

2 839

9 520

323

7 410

188

1 873

2,4

237

2.

Andijon

22 383

1 258

160

660

132

598

21 125

123

8 125

75

2 000

3,6

2 000

40

9 000

3.

Buxoro

19 955

5 372

72

2 345

122

3 027

14 583

250

6 783

78

7 800

4.

Jizzax

16 344

6 411

252

3 165

280

3 246

9 933

67

5 754

44

994

14

3 185

5.

Qashqadaryo

22 150

7 996

334

7 025

782

971

14 153

12

720

68

353

0,03

31

58

13 050

6.

Navoiy

6 071

2 202

42

410

43

1 792

3 869

22

924

26

2 045

4

900

7.

Namangan

14 047

6 683

511

2 315

275

4 368

7 364

29

6 321

55

193

0,45

650

2

200

8.

Samarqand

15 181

12 131

182

4 141

58

5 235

7

2 755

3 050

10

800

10

2 250

9.

Surxondaryo

16 587

2 981

119

2 100

88

881

13 606

22

1 945

145

2 464

2,38

3 796

24

5 400

10.

Sirdaryo

14 949

7 354

170

5 097

308

2 257

7 595

14

2 800

20

1 000

0,14

1 413

10

2 382

11.

Toshkent

9 131

6 725

203

5 696

64

1 029

2 406

9

600

14

456

6

1 350

12.

Farg‘ona

14 800

8 191

211

4 856

122

3 335

6 609

49

1 709

30

2 200

12

2 700

13.

Xorazm

7 812

4 433

404

3 206

96

1 227

3 379

9

455

280

2 016

1

908

Jami

200 000

82 806

3 095

49 246

2 520

30 805

7

2 755

117 193

929

43 547

955

16 393

10

9 035

258

48 217

.

40. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 276-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “2022-yil 1-sentabriga” hamda “2022 — 2026-yillar” so‘zlari tegishincha “2023-yil 1-martga” hamda “2023 — 2027-yillar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab Moliya vazirligi har yilning yakuniga ko‘ra Yagona yetkazib beruvchilar reyestridagi ro‘yxatni qayta ko‘rib chiqadi hamda uni doimiy tarzda yangilab boradi”.
41. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 352-son qarorining 1-ilovasida:
a) 576-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

576.

8802,

8803,

8805

Samolyotlar va ularning qismlari (uskunalari) **

;

b) quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“**O‘zbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan ishlab chiqarilganiga 15 yildan oshmagan samolyotlarga nisbatan tatbiq etiladi”.
42. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi beshinchi xatboshisidagi chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga
9-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4095-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5146-son qarorining 2-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5233-son qarorining 4-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5265-son qarorining 3-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qaroriga 2-ilovaning 34-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 433-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-son qarori 3-bandining “d” kichik bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 90-son qarorining 1-bandi, shuningdek, unga 1-ilova.
10. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi “Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 313-son qarorining 7-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 696-son qarorining 16-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi “Chorvachilik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 368-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi , shuningdek, unga 2-ilova.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son; 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son; 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son; 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)