Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2022-yilda kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida qishloq xoʻjaligi ekinlarini suv bilan ishonchli taʼminlashga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
2022-yil yozgi sugʻorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun suv bilan ishonchli taʼminlash hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining 2022-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun suv olish limitlari toʻgʻrisidagi takliflari 1, 1.1 — 1.13-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
2. 2022-yil yozgi sugʻorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhining (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar Respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
suv omborlaridagi suv resurslaridan foydalanishni toʻliq nazoratga olish, ayniqsa, yirik suv omborlaridan suv chiqarish va nasos stansiyalaridan foydalanishni qatʼiy ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining aniq hisob-kitoblariga asoslangan talabnomalar boʻyicha amalga oshirish;
mavjud sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining mavsumga shayligini taʼminlash bilan bogʻliq barcha tadbirlarning bajarilishi boʻyicha qatʼiy monitoring olib borish tizimini yoʻlga qoʻyish;
ekin maydonlarining mavjud infratuzilmasini hisobga olgan holda, elektr energiyasi va suv bilan uzluksiz taʼminlash imkoniyatidan kelib chiqib, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarining “bir kanal — bir tizim” tamoyili asosida joylashtirilishiga eʼtibor qaratish;
sugʻorish mavsumi davomida har oʻn kunda suv resurslaridan samarali foydalanish holatini tanqidiy oʻrganish hamda bu borada mutasaddilar va hududlar rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish.
Respublika ishchi guruhi (Sh.M. Gʻaniyev) ushbu vazifalarni tezkor va samarali bajarish maqsadida bir hafta muddatda Suv xoʻjaligi vazirligida respublika ishchi guruhining shtabini tashkil qilsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari kutilayotgan suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish, suv resurslaridan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat va tumanlarda hududiy ishchi guruhlar tarkibi uch kun muddatda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Belgilansinki, tumanda va har bir sektor hududida sugʻorish shtablari tashkil etilib, ular tomonidan suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, suv resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish, suv taqsimoti va hisob-kitobini yuritish, suvchilarga dalada zarur sharoit yaratish hamda ish haqlarini oʻz vaqtida berish va tungi sugʻorish ishlari muvofiqlashtirib boriladi.
5. 2022-yilda amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimlari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini, nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarini taʼmirlash-tiklash va qurish ishlari rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
oʻn kun muddatda ushbu qarorga 1-ilovadan kelib chiqib, har bir irrigatsiya tizimi kanali va sugʻorish tarmogʻi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar, fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilari boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlab, tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini hamda shartnomalar reyestrini suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha belgilangan tartibda nazorat qilib borish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari va tumanlar boʻlimlariga berilishini;
suv tanqisligi sharoitida xarid qilingan koʻchma dizel va boshqa turdagi nasos agregatlarini ikki hafta muddatda xatlovdan oʻtkazib, qoʻshimcha suv yetkazib berish maqsadida ularning kollektor-drenaj tarmoqlariga oʻrnatilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari ushbu qarorga 3-ilovada keltirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun talab qilinadigan 200 mlrd soʻmning:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
100 mlrd soʻmini bir hafta muddatda Suv xoʻjaligi vazirligiga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirsin va suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishidan kelib chiqib, davlat budjeti xarajatlarining maqbullashtirilgan qismi hisobidan tiklab bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
100 mlrd soʻmini asoslovchi hisob-kitoblar taqdim etilgan holda davlat budjeti xarajatlarining maqbullashtirilgan, shu jumladan, Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlarning maqbullashtirilgan qismidan shakllangan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
a) Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Fargʻona vodiysi magistral kanallarida suv sarfini monitoring qilish hamda masofadan boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida taklif ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil va keyingi yillarda suv sarfini monitoring qilish va masofadan boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihalariga xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlarini jalb etish choralarini koʻrsin;
v) 2022-yil 1-oktabrga qadar Suv xoʻjaligi vazirligi maʼlumotlari asosida Qishloq xoʻjaligi vazirligining Geoaxborot tizimida respublikada suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha quyidagi imkoniyatlarga ega axborot tizimini ishga tushirsin:
erni masofadan zondlash texnologiyalari, shu jumladan, sunʼiy yoʻldosh va dronlar yordamida olingan maʼlumotlar asosida hududlarda suv tanqisligini tahlil qilish va sugʻorish tizimining doimiy monitoringini olib borish;
ekinlar monitoringini yuritishda vegetatsiya davriyligi, suv bilan taʼminlanganlik hamda boshqa spektral indekslardan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish va qarorlar qabul qilish;
tuproq va iqlim xususiyatlariga hamda sugʻorish imkoniyatlariga mos ekinlarni joylashtirish boʻyicha tahlil va tavsiyalar berish;
yer uchastkalarining suvni tejaydigan texnologiyalar bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash.
9. Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan nasos stansiyalari va vertikal sugʻorish quduqlarini ishlatish uchun 2022-yilda sarflanadigan elektr energiyasi miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2022-yil uchun belgilangan elektr energiyasi miqdorlarining amaldagi isteʼmolidan kelib chiqib, respublika budjetida elektr energiyasi uchun koʻzda tutilgan mablagʻning 20,4 mlrd soʻmini qayta taqsimlash hamda mahalliy budjetlarda suv xoʻjaligi tizimidagi nasos stansiyalarining elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar va mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari nasos stansiyalari va vertikal sugʻorish quduqlarining belgilangan elektr energiyasi miqdori hamda unga ajratilgan mablagʻlar va tasdiqlangan suv olish limitlari doirasida ishlatilishini taʼminlaydi;
Suv xoʻjaligi vazirligi nasos stansiyalari va vertikal sugʻorish quduqlarini texnik soz holatda boʻlishi va samarali ishlashini tashkil etadi hamda har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi;
Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda 2022-yil uchun belgilangan elektr energiyasi miqdorlarini ajratish hamda nasos stansiyalari va vertikal sugʻorish quduqlarini belgilangan rejim asosida uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga, shuningdek, suv olish limitlariga qatʼiy rioya etilishi boʻyicha tizimli nazorat oʻrnatsin hamda bu borada qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
11. Suv xoʻjaligi vazirligi respublika sugʻorish shtabini tashkil qilib, ushbu qarorda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatsin hamda bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻygan barcha boʻgʻindagi rahbarlar va masʼullarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrish toʻgʻrisida har oyda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritib borsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-may,
243-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1-ILOVA
2022-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Jami suv olish limiti*

shu jumladan oylar boʻyicha:

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

3 856,7

460,6

614,1

790,8

844,4

652,5

494,3

viloyatlar:

Andijon

1 702,0

200,0

198,0

275,0

475,0

305,0

249,0

Buxoro

2 077,3

199,4

208,4

374,6

721,8

458,2

114,9

Jizzax

1 870,3

240,7

299,3

352,6

450,8

319,9

207,0

Qashqadaryo

2 998,0

464,8

372,1

570,1

849,9

495,9

245,2

Navoiy

869,0

120,4

134,5

156,5

170,2

159,0

128,4

Namangan

1 709,7

195,9

290,5

332,6

412,5

338,0

140,2

Samarqand

2 290,5

212,0

325,1

414,8

540,7

360,0

437,9

Surxondaryo

2 361,7

276,5

376,0

435,8

494,9

376,8

401,7

Sirdaryo

1 647,3

150,0

250,0

350,0

400,0

200,0

297,2

Toshkent

2 395,1

329,2

406,1

417,2

526,8

406,3

309,5

Fargʻona

2 086,4

272,4

343,9

374,6

424,7

345,4

325,3

Xorazm

2 338,8

220,0

400,0

500,0

535,0

490,0

193,8

JAMI

28 202,8

3 341,9

4 218,0

5 344,6

6 846,7

4 907,0

3 544,4

* Manbalardagi suvning haqiqiy miqdoridan va ob-havo sharoitidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan suv olish limitlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.1-ILOVA
2022-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman (shahar) nomi

Jami suv olish limiti

shundan oylar boʻyicha:

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Toʻrtkoʻl

267,5

31,7

42,6

55,2

58,8

45,2

34,1

Beruniy

320,8

38,3

51,1

65,7

70,3

54,3

41,2

Ellikqalʼa

278,1

33,0

44,2

57,2

61,1

47,2

35,4

Amudaryo

373,9

44,8

59,4

76,6

81,7

63,3

48,1

Taxiatosh

214,1

25,6

34,1

43,8

46,9

36,2

27,5

Xoʻjayli

118,1

14,2

18,8

24,2

25,8

20,0

15,1

Shumanay

235,4

28,1

37,6

48,3

51,5

39,8

30,1

Qonlikoʻl

256,7

30,6

40,8

52,7

56,3

43,4

32,9

Qoʻngʻirot

278,2

33,3

44,3

57,0

60,8

47,1

35,7

Nukus t.

267,4

32,0

42,6

54,8

58,5

45,2

34,4

Kegeyli

267,4

32,0

42,6

54,8

58,5

45,2

34,4

Boʻzatov

272,9

32,5

43,4

55,9

59,7

46,2

35,1

Chimboy

262,2

31,4

41,7

53,7

57,4

44,5

33,6

Qoraoʻzak

235,4

28,1

37,6

48,3

51,5

39,8

30,1

Taxtakoʻpir

96,3

11,5

15,3

19,8

21,1

16,2

12,3

Moʻynoq

96,2

11,5

15,3

19,7

21,1

16,2

12,3

Nukus sh.

16,1

2,0

2,6

3,3

3,4

2,8

2,0

JAMI

3 856,7

460,6

614,1

790,8

844,4

652,5

494,3

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.2-ILOVA
2022-yilda Andijon viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman nomi

Jami suv olish limiti

shundan oylar boʻyicha:

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Andijon

133,0

15,8

15,3

21,3

37,0

23,7

19,9

Asaka

104,9

12,5

12,1

16,8

29,2

18,7

15,8

Baliqchi

156,8

18,6

18,1

25,1

43,6

28,0

23,3

Buloqboshi

87,4

8,2

11,9

16,7

26,0

17,0

7,5

Boʻston

61,4

7,4

7,0

9,7

17,0

10,9

9,4

Jalaquduq

160,8

19,1

18,6

25,8

44,8

28,7

23,9

Izboskan

143,1

17,0

16,5

22,9

39,8

25,5

21,3

Ulugʻnor

146,4

17,4

16,9

23,5

40,7

26,1

21,8

Marhamat

186,1

22,0

21,5

29,9

51,8

33,2

27,6

Oltinkoʻl

106,5

12,7

12,3

17,0

29,6

19,0

16,0

Paxtaobod

97,2

11,6

11,2

15,5

27,0

17,3

14,6

Xoʻjaobod

126,3

15,0

14,6

20,2

35,1

22,5

18,9

Shahrixon

58,1

7,0

6,6

9,2

16,1

10,3

8,9

Qoʻrgʻontepa

133,9

15,9

15,4

21,4

37,2

23,9

20,0

JAMI

1 702,0

200,0

198,0

275,0

475,0

305,0

249,0

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.3-ILOVA
2022-yilda Buxoro viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman (shahar) nomi

Jami suv olish limiti

shu jumladan, oylar boʻyicha

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Buxoro

189,9

16,5

18,3

32,9

69,4

44,1

8,1

Vobkent

186,8

15,4

14,7

33,4

68,9

44,1

10,4

Jondor

253,7

25,0

27,1

47,2

86,5

54,2

13,7

Kogon

150,4

14,2

15,7

28,0

53,3

32,4

6,6

Qorakoʻl

198,7

20,4

20,9

35,8

66,9

42,9

11,8

Qorovulbozor

118,2

12,7

11,4

20,8

40,0

25,5

7,7

Olot

166,5

16,7

17,5

30,9

57,7

35,5

8,1

Peshku

176,9

16,2

16,5

30,8

61,2

40,4

11,8

Romitan

215,5

20,4

21,5

39,7

74,9

47,2

11,9

Shofirkon

211,8

22,7

23,2

38,3

69,2

45,2

13,3

Gʻijduvon

192,4

17,4

18,7

34,1

68,3

43,7

10,3

Buxoro sh.

192,4

1,8

2,5

2,8

5,4

2,9

1,1

JAMI

2 077,3

199,4

208,4

374,6

721,8

458,2

114,9

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.4-ILOVA
2022-yilda Jizzax viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman (shahar) nomi

Jami suv olish

limiti

shu jumladan, oylar boʻyicha

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Arnasoy

155,5

22,1

28,5

32,0

39,3

29,3

4,3

Baxmal

100,8

10,4

11,9

14,8

22,8

13,6

27,3

Gʻallaorol

123,4

13,8

16,5

19,9

27,8

17,2

28,2

Sh.Rashidov

268,2

32,9

40,8

47,6

61,7

40,9

44,3

Doʻstlik

209,4

29,8

38,3

42,9

52,5

39,5

6,4

Zomin

128,9

15,2

18,1

23,2

30,5

20,2

21,7

Zarbdor

316,3

45,2

57,7

64,5

77,3

59,9

11,7

Zafarobod

108,6

14,0

18,3

24,3

27,7

22,1

2,2

Mirzachoʻl

202,9

28,9

37,1

41,6

51,0

38,2

6,1

Paxtakor

153,2

21,9

28,2

31,8

38,2

28,8

4,3

Forish

41,5

2,0

0,5

3,1

8,8

3,5

23,6

Yangiobod

57,2

3,9

2,6

6,0

12,2

5,7

26,8

Jizzax sh.

4,5

0,6

0,9

0,9

1,1

0,8

0,2

JAMI

1 870,3

240,7

299,3

352,6

450,8

319,9

207,0

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.5-ILOVA
2022-yilda Qashqadaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun

SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman nomi

Jami suv olish limiti

shu jumladan, oylar boʻyicha

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Gʻuzor

167,0

31,0

27,3

33,4

48,2

27,2

0,0

Dehqonobod

7,0

1,4

1,2

1,0

1,9

1,4

0,0

Qarshi

287,0

48,0

25,9

52,2

90,7

41,9

28,2

Koson

409,5

68,1

29,2

74,2

129,8

63,1

45,0

Qamashi

150,0

26,1

27,0

30,6

41,3

23,2

1,7

Kitob

76,0

11,6

16,3

16,6

19,0

12,5

0,0

Mirishkor

349,0

63,0

27,9

63,3

99,6

50,2

45,0

Muborak

169,5

26,8

16,6

30,4

45,8

26,5

23,4

Nishon

319,5

49,5

30,5

59,2

96,6

54,0

29,8

Kasbi

319,0

49,7

31,0

59,1

96,1

54,1

29,0

Chiroqchi

186,5

21,5

33,8

38,9

48,1

35,5

8,8

Shahrisabz

115,3

17,7

24,8

25,0

28,4

19,0

0,4

Yakkabogʻ

122,5

19,0

26,9

26,2

29,8

19,5

1,1

JAMI

2 998,0

464,8

372,1

570,1

849,9

495,9

245,2

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.6-ILOVA
2022-yilda Navoiy viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman nomi

Jami suv olish limiti

shu jumladan, oylar boʻyicha

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Karmana

163,9

22,4

24,0

29,1

33,1

30,5

24,9

Konimex

28,2

4,3

4,6

4,8

5,2

5,2

4,1

Qiziltepa

269,6

41,3

41,2

53,6

58,5

41,9

33,1

Navbahor

146,4

19,0

23,0

24,4

25,8

28,4

25,8

Nurota

18,4

0,0

3,1

4,7

3,8

4,0

2,8

Xatirchi

242,5

33,4

38,6

39,9

43,8

49,0

37,7

JAMI

869,0

120,4

134,5

156,5

170,2

159,0

128,4

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.7-ILOVA
2022-yilda Namangan viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman nomi

Jami suv olish limiti

shu jumladan, oylar boʻyicha

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Mingbuloq

234,0

18,0

34,4

46,3

60,2

54,2

20,8

Kosonsoy

122,1

15,0

19,3

25,5

26,7

25,8

9,8

Namangan

135,0

18,1

24,0

27,4

28,6

20,8

16,1

Norin

102,0

10,4

13,7

18,2

29,4

22,4

8,0

Pop

281,0

23,6

50,4

56,3

76,2

50,9

23,5

Toʻraqoʻrgʻon

151,0

16,6

30,1

31,3

36,4

25,9

10,7

Uychi

122,0

16,1

22,5

21,6

29,8

23,1

8,8

Uchqoʻrgʻon

148,0

18,1

23,7

29,6

34,7

29,1

12,9

Chortoq

121,3

15,7

17,6

22,2

29,9

26,3

9,6

Chust

194,3

27,2

35,9

35,4

42,2

37,0

16,6

Yangiqoʻrgʻon

99,0

17,0

19,1

18,9

18,3

22,3

3,4

JAMI

1 709,7

195,9

290,5

332,6

412,5

338,0

140,2

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.8-ILOVA
2022-yilda Samarqand viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman nomi

Jami suv olish limiti

shu jumladan, oylar boʻyicha

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Bulungʻur

151,8

15,4

20,0

27,9

34,8

22,7

31,0

Jomboy

160,2

15,7

21,5

29,4

37,2

24,2

32,1

Ishtixon

184,6

16,0

27,1

35,1

44,9

29,1

32,3

Kattaqoʻrgʻon

233,1

24,3

29,6

38,3

49,6

34,1

57,2

Narpay

173,9

21,2

24,6

30,0

41,2

27,0

29,8

Nurobod

40,7

4,6

5,7

7,8

9,9

6,3

6,4

Oqdaryo

150,2

10,8

21,2

30,2

36,9

23,9

27,3

Pastdargʻom

250,6

20,5

38,5

48,2

63,9

39,9

39,6

Paxtachi

146,0

18,0

20,5

25,7

34,4

22,5

24,9

Payariq

233,1

19,2

33,0

42,2

55,7

36,3

46,7

Samarqand

76,7

6,2

11,0

15,3

19,7

12,4

12,2

Toyloq

73,2

5,7

10,7

14,5

18,5

11,8

12,0

Urgut

139,0

10,7

20,1

26,3

33,7

21,5

26,8

Qoʻshrabot

10,5

1,1

1,9

2,5

1,6

1,3

2,0

JAMI

2 290,5

212,0

325,1

414,8

540,7

360,0

437,9

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.9-ILOVA
2022-yilda Surxondaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman nomi

Jami suv olish limiti

shu jumladan, oylar boʻyicha

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Angor

155,7

16,7

22,7

28,2

37,5

25,5

25,1

Bandixon

146,4

19,9

25,6

26,6

30,9

18,6

24,8

Boysun

44,7

6,8

8,3

8,9

9,3

6,4

5,1

Denov

206,0

18,5

25,0

36,3

54,2

36,6

35,4

Jarqoʻrgʻon

225,3

27,6

30,7

43,0

53,0

34,3

36,8

Qiziriq

251,5

30,2

40,5

50,6

39,3

44,4

46,5

Qumqoʻrgʻon

205,9

27,1

31,2

39,5

40,0

34,0

34,0

Muz�abot

254,2

20,3

45,1

46,2

55,2

45,0

42,4

Oltinsoy

125,3

14,4

18,7

19,6

29,2

19,1

24,3

Sariosiyo

114,0

17,0

22,4

22,2

22,8

10,8

18,8

Termiz

119,9

15,6

23,2

20,6

25,5

16,3

18,7

Uzun

120,6

15,8

21,8

22,7

23,3

15,0

22,0

Sherobod

240,7

28,3

33,0

45,6

45,7

46,3

41,8

Shoʻrchi

151,3

18,2

27,5

26,2

29,5

24,2

25,6

JAMI

2 361,7

276,5

376,0

435,8

494,9

376,8

401,7

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.10-ILOVA
2022-yilda Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman nomi

Jami suv olish limiti

shu jumladan, oylar boʻyicha

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Boyovut

216,1

19,7

32,9

46,3

52,6

25,6

39,0

Guliston

155,8

14,3

23,7

33,1

37,7

18,9

28,1

Mirzaobod

183,6

17,1

28,3

39,9

44,4

20,8

33,1

Oqoltin

193,5

17,8

29,8

42,2

47,0

21,8

35,0

Sardoba

188,5

17,4

29,2

41,4

45,7

20,8

34,1

Sayxunobod

243,0

22,1

36,5

50,6

59,0

31,1

43,8

Sirdaryo

249,8

22,8

37,6

52,1

60,5

31,8

45,0

Xovos

216,8

18,9

32,0

44,4

53,3

29,1

39,2

JAMI

1 647,2

150,0

250,0

350,0

400,0

200,0

297,2

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.11-ILOVA
2022-yilda Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman nomi

Jami suv olish limiti

shu jumladan, oylar boʻyicha

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Oqqoʻrgʻon

161,6

22,5

24,8

28,8

41,4

29,3

14,8

Ohangaron

133,2

21,0

26,1

22,8

24,4

19,7

19,1

Bekobod

465,2

60,6

71,8

81,2

107,8

84,3

59,6

Boʻstonliq

76,6

8,5

11,5

13,9

16,5

13,5

12,7

Boʻka

200,3

28,2

32,7

34,7

48,5

35,2

21,0

Quyichirchiq

224,4

32,5

38,2

38,8

51,5

38,5

24,9

Zangiota

74,5

5,9

11,4

15,2

16,0

12,8

13,2

Toshkent

76,2

8,4

12,7

14,5

14,1

11,9

14,6

Yuqorichirchiq

141,2

26,1

30,5

22,5

26,9

20,1

15,1

Qibray

126,7

12,9

19,8

24,2

25,5

21,4

22,9

Parkent

80,8

7,6

9,7

14,0

19,7

16,1

13,7

Piskent

130,0

17,8

22,9

22,6

30,0

22,3

14,4

Oʻrtachirchiq

195,2

31,2

36,2

32,6

43,0

31,6

20,6

Chinoz

148,7

23,0

26,7

25,5

33,5

24,5

15,5

Yangiyoʻl

160,4

23,0

31,1

25,9

28,0

25,1

27,3

JAMI

2 395,1

329,2

406,1

417,2

526,8

406,3

309,5

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.12-ILOVA
2022-yil aprel — sentyabr oylarida Fargʻona viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman (shahar) nomi

Jami suv olish limiti

shu jumladan, oylar boʻyicha

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Quvasoy sh.

5,5

11,5

18,5

19,1

17,1

14,4

5,5

Fargʻona sh.

1,7

2,1

3,5

4,8

4,1

4,3

1,7

Beshariq

22,0

26,5

31,5

32,4

26,6

21,4

22,0

Bogʻdod

19,4

20,9

24,0

28,4

22,8

21,6

19,4

Buvayda

16,5

17,9

19,4

24,6

18,7

18,5

16,5

Dangʻara

16,1

19,9

24,8

28,3

22,4

20,0

16,1

Yozyovon

24,1

24,8

24,5

26,3

17,7

17,6

24,1

Quva

17,8

31,6

30,1

32,3

25,9

22,7

17,8

Oltiariq

20,2

26,6

25,8

26,9

20,3

19,9

20,2

Qoʻshtepa

33,1

39,3

31,1

31,4

24,6

25,8

33,1

Rishton

20,7

22,0

21,8

26,3

20,4

21,1

20,7

Soʻx

0,8

1,3

2,3

2,5

1,4

2,2

0,8

Toshloq

14,6

21,6

20,1

23,5

16,0

16,5

14,6

Oʻzbekiston

7,2

13,1

22,4

26,7

28,2

21,4

7,2

Uchkoʻprik

11,6

15,1

19,1

23,4

21,4

22,3

11,6

Fargʻona

15,5

22,6

27,9

36,5

35,4

36,1

15,5

Furqat

15,3

16,2

17,7

20,3

12,9

10,6

15,3

JAMI

2 086,4

272,4

343,9

374,6

424,7

345,4

325,3

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
1.13-ILOVA
2022-yilda Xorazm viloyatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun
SUV OLISh LIMITLARI

mln kub m

Tuman (shahar) nomi

Jami suv olish limiti

shu jumladan, oylar boʻyicha

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

Bogʻot

202,8

19,0

34,7

43,4

46,4

42,5

16,7

Gurlan

299,9

28,5

51,3

63,9

68,3

62,7

25,3

Qoʻshkoʻpir

265,7

25,0

45,5

56,8

60,7

55,6

22,0

Urganch

248,6

23,4

42,5

53,2

56,9

52,1

20,6

Hazorasp

182,3

17,0

31,2

39,1

41,8

38,3

15,0

Xonqa

226,5

21,2

38,8

48,5

51,9

47,5

18,7

Xiva

185,3

17,4

31,7

39,6

42,4

38,8

15,4

�ovot

245,2

23,1

42,0

52,4

56,1

51,3

20,3

Yangiariq

161,8

15,2

27,7

34,6

37,0

33,9

13,4

Yangibozor

217,9

20,6

37,3

46,5

49,8

45,6

18,1

Tuproqqalʼa

102,7

9,5

17,5

22,1

23,7

21,7

8,3

JAMI

2 338,8

220,0

400,0

500,0

535,0

490,0

193,8

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
2-ILOVA
2022-yil yozgi sugʻorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish va mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi
TARKIBI

1.

Sh. Gʻaniyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari

2.

Sh. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri, Respublika ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Sh. Teshayev

qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

A. Xaydarov

moliya vazirining oʻrinbosari

5.

Sh. Xodjayev

energetika vazirining oʻrinbosari

6.

A. Vaxabov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

7.

Sh. Xabibullayev

“Oʻzgidromet” markazi bosh direktori

8.

U. Mustafoyev

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

9.

R. Mamatqulov

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

10.

N. Ernazarov

“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi v.v.b

11.

B. Mirzayev

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori

12.

S. Islamov

Toshkent davlat agrar universitetining birinchi prorektori

13.

A. Oʻrazkeldiyev

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori v.v.b

14.

X. Ishanov

Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi, Respublika ishchi guruhi kotibi

Izoh. Respublika ishchi guruhi aʼzosi boshqa ishga oʻtganda uning oʻrniga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
3-ILOVA
2022-yilda amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimlari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini, nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarini taʼmirlash-tiklash va qurish ishlari
REJASI

T/r

Hududlar nomi

Jami ajratiladigan mablagʻ

shu jumladan:

irrigatsiya obyektlarida dastlabki taʼmirlash ishlariga talab etiladigan mablagʻ

shundan:

nasos stansiyalari energetika boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladigan ishlariga talab etiladigan mablagʻ

shundan:

sugʻ�rish tarmoqlarini tozalash xarajatlari

gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash

sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish

nasos agregatlari sotib olish

nasos agregatlarini taʼmirlash

nasos stansiyalarining bosimli quvurlarini taʼmirlash

Sugʻorish quduqlarini qurish

uzunligi,

km

talab etiladigan mablagʻ

soni,

dona

talab etiladigan mablagʻ

uzunligi,

km

talab etiladigan mablagʻ

soni,

dona

talab etiladigan mablagʻ

soni,

dona

talab etiladigan mablagʻ

uzunligi,

km

talab etiladigan mablagʻ

soni,

dona

talab etiladigan mablagʻ,

mln soʻm*

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

20 590

11 070

436

8 231

150

2 839

9 520

323

7 410

188

1 873

2,4

237

2.

Andijon

22 383

1 258

160

660

132

598

21 125

123

8 125

75

2 000

3,6

2 000

40

9 000

3.

Buxoro

19 955

5 372

72

2 345

122

3 027

14 583

250

6 783

78

7 800

4.

Jizzax

16 344

6 411

252

3 165

280

3 246

9 933

67

5 754

44

994

14

3 185

5.

Qashqadaryo

22 150

7 996

334

7 025

782

971

14 153

12

720

68

353

0,03

31

58

13 050

6.

Navoiy

6 071

2 202

42

410

43

1 792

3 869

22

924

26

2 045

4

900

7.

Namangan

14 047

6 683

511

2 315

275

4 368

7 364

29

6 321

55

193

0,45

650

2

200

8.

Samarqand

15 181

12 131

182

4 141

58

5 235

7

2 755

3 050

10

800

10

2 250

9.

Surxondaryo

16 587

2 981

119

2 100

88

881

13 606

22

1 945

145

2 464

2,38

3 796

24

5 400

10.

Sirdaryo

14 949

7 354

170

5 097

308

2 257

7 595

14

2 800

20

1 000

0,14

1 413

10

2 382

11.

Toshkent

9 131

6 725

203

5 696

64

1 029

2 406

9

600

14

456

6

1 350

12.

Fargʻona

14 800

8 191

211

4 856

122

3 335

6 609

49

1 709

30

2 200

12

2 700

13.

Xorazm

7 812

4 433

404

3 206

96

1 227

3 379

9

455

280

2 016

1

908

Jami

200 000

82 806

3 095

49 246

2 520

30 805

7

2 755

117 193

929

43 547

955

16 393

10

9 035

258

48 217

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan nasos stansiyalari va vertikal sugʻorish quduqlarini ishlatish uchun 2022-yilda sarflanadigan elektr energiyasi
MIQDORI

Tashkilot nomi

2022-yil boʻyicha jami

shundan:

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

mln

kVt.s

mln soʻm

mln

kVt.s

mln soʻm

mln

kVt.s

mln soʻm

mln

kVt.s

mln soʻm

mln

kVt.s

mln soʻm

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qoraqalpogʻiston NSEB*

83,0

37 350,0

14,5

6 525,0

28,6

12 870,0

35,8

16 110,0

4,1

1 845,0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Beruniy NSEB

31,0

13 950,0

5,3

2 385,0

11,0

4 950,0

11,5

5 175,0

3,2

1 440,0

Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi NSEB

280,0

126 000,0

7,8

3 510,0

118,8

53 460,0

117,7

52 965,0

35,7

16 065,0

Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi NSEB

184,0

82 800,0

30,6

13 770,0

62,9

28 305,0

70,3

31 635,0

20,2

9 090,0

Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi NSEB

31,0

13 950,0

2,9

1 305,0

10,7

4 815,0

14,5

6 525,0

2,9

1 305,0

Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi NSEB

140,0

63 000,0

14,2

6 390,0

45,2

20 340,0

50,2

22 590,0

30,4

13 680,0

Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi NSEB

148,0

66 600,0

15,0

6 750,0

48,7

21 915,0

53,0

23 850,0

31,3

14 085,0

Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi NSEB

778,0

350 100,0

99,9

44 955,0

271,3

122 085,0

256,7

115 515,0

150,1

67 545,0

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi NSEB

173,0

77 850,0

15,9

7 155,0

63,7

28 665,0

64,7

29 115,0

28,7

12 915,0

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi NSEB

49,4

22 230,0

7,9

3 555,0

17,1

7 695,0

15,4

6 930,0

9,0

4 050,0

Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi NSEB

915,0

411 750,0

133,7

60 165,0

294,5

132 525,0

308,8

138 960,0

178,0

80 100,0

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi NSEB

69,0

31 050,0

3,4

1 530,0

26,9

12 105,0

32,3

14 535,0

6,4

2 880,0

Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi NSEB

355,0

159 750,0

42,8

19 260,0

125,2

56 340,0

127,5

57 375,0

59,5

26 775,0

Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi NSEB

97,0

43 650,0

18,5

8 325,0

30,5

13 725,0

41,5

18 675,0

6,5

2 925,0

Amu-Buxoro magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi

1 460,0

657 000,0

231,0

103 950,0

459,8

206 910,0

522,4

235 080,0

246,8

111 060,0

Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi

2 130,0

958 500,0

435,0

195 750,0

613,0

275 850,0

627,1

282 195,0

454,9

204 705,0

Jizzax bosh nasos stansiyalar boshqarmasi

226,6

101 970,0

40,4

18 180,0

77,5

34 875,0

67,0

30 150,0

41,7

18 765,0

JAMI:

7 150,0

3 217 500,0

1 118,8

503 460,0

2 305,4

1 037 430,0

2 416,4

1 087 380,0

1 309,4

589 230,0

Izoh. 1) Ob-havo sharoiti va mavjud suv miqdorlaridan kelib chiqib, Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ushbu elektr energiyasi miqdorlariga belgilangan tartibda Energetika vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli oʻzgartirish kiritilishi mumkin;
2) Elektr energiyasi mablagʻlari tarif narxlariga qarab oʻzgarishi mumkin.
* NSEB — nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2022-y., 09/22/243/0401-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)