Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Chirchiq shahrida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi klasterini tashkil etishni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini Chirchiq shahrida tashkil qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mashinasozligi klasteriga koʻchirish, ularni joylashtirish, qurilish ishlarini jadallashtirish, mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻrtasida kooperatsiya tizimini kuchaytirish, texnikalarga servis xizmati koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish hamda ilm-fan bilan ishlab chiqarishni uygʻunlashtirish, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini yanada rivojlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Moliya vazirligi 2022-yil davomida qishloq xoʻjaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida xarid qilish uchun tijorat banklarining soʻrovnomalariga asosan 10 yil muddatga 7 foiz stavkada 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutadagi mablagʻlarni depozitga joylashtirsin. Bunda:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan resurslar hisobidan qishloq xoʻjaligi texnikalari xaridorlariga kreditlarni (lizingni) 2 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, 10 yilgacha boʻlgan muddatga 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratadi;
har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan istalgan xoʻjalik subyektlaridan hech qanday cheklovlarsiz, raqobat asosida qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish imkoniyati yaratiladi;
Moliya vazirligi qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilishga ajratiladigan kreditlar uchun mablagʻlar ajratishda tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini belgilaydi.
2. “Oʻzavtosanoat” AJga quyidagi vazifalar yuklansin:
joriy yil 1-sentabrga qadar respublikada faoliyat yuritayotgan “CLAAS”, “John Deere”, “Case” kompaniyalari bilan hamkorlikda mahalliy avtomobilsozlik korxonalarining (“Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJ, “UzautoTrailer” MCHJ, “Uz Truck and Bus Motors” MCHJ) dilerlik markazlari bilan kooperatsiya asosida, hududlarda 14 ta zamonaviy servis markazlari va 100 ta mobil brigadalarni tashkil qilish hamda zarur asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar bilan taʼminlash;
bunda, mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasi va avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilarining birinchi navbatdagi vazifasi texnik va taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatish markazlarini tashkil qilish, sotilayotgan avtotransport vositalari va qishloq xoʻjaligi texnikasiga kafolat muddatida, kafolat muddatidan keyingi xizmat koʻrsatish, ichki bozorni uskunalar, ixtisoslashtirilgan instrumentlar, jihozlar bilan taʼminlash hamda sotish uchun ehtiyot qismlarni yetkazib berishni oʻz ichiga olgan zarur darajada sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatishni taʼminlash hisoblanadi;
joriy yil 1-sentabrga qadar qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanuvchilarning malakasini oshirish maqsadida dilerlik markazlari negizida 14 ta malaka oshirish markazlarini tashkil qilish;
joriy yil 1-sentabrdan boshlab osma va tirkama texnikalarni yigʻuv usulida ishlab chiqarish;
2023-yilda xalqaro tan olingan GMS standartlaridan kelib chiqqan holda, klasterda zamonaviy ishlab chiqarish tizimini joriy qilish;
2023-2024-yillarda klasterdagi mavjud ishlab chiqarish uskunalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish;
2023-yil 1-sentabrga qadar milliy traktorni ishlab chiqarish boʻyicha nufuzli xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazib, hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
2023-2024-yillarda klaster quvvatlarida chorvachilik, bogʻdorchilik va sabzavotchilik sohalarida talab yuqori boʻlgan yangi osma va tirkama texnikalarni ishlab chiqarishni tashkil etish.
3. “Oʻzavtosanoat” AJ, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzagroinspeksiya, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, tijorat banklari va lizing kompaniyalari hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2022-yil 15-dekabrga qadar “yagona darcha” tamoyili asosida qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilish, xaridni moliyalashtirish, subsidiyalardan foydalanish, qishloq xoʻjaligi texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, servis xizmatlaridan foydalanish hamda ehtiyot qismlarni xarid qilish imkoniyatini beruvchi raqamlashtirilgan yagona axborot portalini (keyingi oʻrinlarda — Raqamlashtirilgan yagona axborot portali) ishga tushirsin.
4. Quyidagilar:
“Texnologmash” MCHJ ustav kapitalidagi “Texnolog” AJga tegishli 100 foiz ulushni nominal qiymatida “Oʻzavtosanoat” AJga berish toʻgʻrisida 2022-yil 3-iyunda “Texnolog” AJ kuzatuv kengashining qarori qabul qilinganligi;
“Kwangjin Autosystems” MCHJ QKga tegishli Toshkent shahridagi boʻsh turgan bino va inshootlarni tutash yer uchastkasi bilan birgalikda “Uzautocomponents” MCHJ tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha 2022-yil 5-aprelda “Kwangjin Autosystems” MCHJ QK ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qarori qabul qilinganligi;
“Kwangjin Autosystems” MCHJ QKning ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun “Uzautocomponents” MCHJ tomonidan Andijon viloyatida “Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi”da zavod qurib berish toʻgʻrisida 2022-yil 6-iyunda “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan yagona ishtirokchining qarori qabul qilinganligi;
“Agregat-Agrotech” MCHJ ustav kapitalidagi “Uz-Semyung Ko” AJ QKga tegishli 100 foiz ulushni baholangan qiymatda “Uzautocomponents” MCHJga sotish toʻgʻrisida 2022-yil 3-iyunda “Uz-Semyung Ko” AJ QK kuzatuv kengashining qarori qabul qilinganligi;
“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning “Asakabank” AJdan jalb qilingan kreditlar boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorligi va hisoblangan foizlarini soʻndirish maqsadida “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJga tegishli bino va inshootlar tutash yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda — obyekt) bilan birgalikda “Asakabank” AJ tasarrufiga baholangan qiymatda oʻtkazib berilishi, obyektning baholash va kreditdan qarzdorlik summasi oʻrtasidagi farq “Toshkent traktor zavodi” MCHJga ochilgan alohida gʻaznachilik hisobraqamiga oʻtkazilishi yuzasidan 2022-yil 6-iyunda “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning yagona aksiyadori tomonidan qaror qabul qilinganligi;
“Agregat-Agrotech” MCHJ, “Ist Batterflay” MCHJ, “Texnologmash” MCHJ va “Kwangjin Autosystems” MCHJ QKlarning Toshkent shahridagi jami 6,1 gektar yer uchastkalarida 1-ilovada nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha boshqaruv organlarining qarorlari qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Asakabank” AJ, “Toshkent traktor zavodi” MCHJ, “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ, “Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ, “Texnolog” AJ, “Texnologmash” MCHJ, “Uz-Semyung Ko” AJ QK, “Agregat-Agrotech” MCHJ, “Uzautocomponents” MCHJ, “Kwangjin Autosystems” MCHJ QK va “Ist Batterflay” MCHJ boshqaruv organlarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning (“Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning oʻtkaziladigan qarzdorligini inobatga olgan holda) “Asakabank” AJdan jalb qilingan kreditlari boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlik va hisoblangan foizlarni soʻndirish maqsadida “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJga tegishli obyektni toʻliq “Asakabank” AJ tasarrufiga oʻtkazib berish;
“Asakabank” AJ balansiga qabul qilingan obyektning baholangan qiymati hamda “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning “Asakabank” AJ oldidagi qarzdorliklari oʻrtasidagi farq summasini uch oy muddatda “Toshkent traktor zavodi” MCHJga ochilgan alohida gʻaznachilik hisobraqamiga oʻtkazib berish;
“Asakabank” AJ yoki uning tizimidagi korxonalar tomonidan potensial investorlarni, xalqaro va mahalliy developer va boshqa konsalting tashkilotlarini jalb qilgan holda, obyektda Toshkent shahrining arxitektura qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish maqsadida, aholi uchun koʻp qavatli uy-joy va xizmat koʻrsatish obyektlari (savdo majmuasi, nodavlat taʼlim muassasalari va boshqa) barpo etilishi yoki mavjud yer uchastkalari va bino-inshootlarni potensial investorlarga sotilishini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshirish;
“Texnolog” AJga tegishli “Texnologmash” MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni “Toshkent traktor zavodi” MCHJ ustav fondidagi davlat ulushini va “Texnolog” AJning ustav fondidagi “Toshkent traktor zavodi” MCHJ ulushini nominal qiymatda kamaytirish hisobiga “Oʻzavtosanoat” AJga oʻtkazish, bunda ushbu ulushning nominal qiymati hisobiga “Oʻzavtosanoat” AJ ustav fondidagi Moliya vazirligining ulushini oshirish;
“Uz-Semyung Ko” AJ QKga tegishli “Agregat-Agrotech” MCHJning ulushini baholangan qiymatda “Uzautocomponents” MCHJga sotish;
“Kwangjin Autosystems” MCHJ QKning ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan Andijon viloyatida “Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi”da qurilgan bino va inshootlarni ajratish hisobiga “Kwangjin Autosystems” MCHJ QKning Toshkent shahri hududidagi boʻsh turgan bino va inshootlarini tutash yer uchastkasi bilan birgalikda “Uzautocomponents” MCHJ tasarrufiga oʻtkazish;
“Asakabank” AJ tasarrufiga oʻtkazib berilayotgan obyektni 2023-yil 1-aprelga qadar “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJga bepul foydalanishga berish;
mazkur qaror qabul qilingan kunda “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ hududida ijara shartnomalari asosida joylashgan korxona va tashkilotlarga 2023-yil 1-aprelga qadar mavjud ijara shartlarini oʻzgartirmasdan, “Asaka Kapital Invest” MCHJ bilan oʻrnatilgan tartibda ijara shartnomalari tuzgan holda egallab turgan obyektlardan foydalanishga ruxsat berish. Bunda, ushbu obyektlar “Asakabank” AJ tomonidan “Asaka Kapital Invest” MCHJga operativ boshqaruv shartlarida topshiriladi;
“Agregat-Agrotech” MCHJ, “Ist-Butterfly” MCHJ, “Texnologmash” MCHJ va “Kwangjin Autosystems” MCHJ QKlarning Toshkent shahridagi jami 6,1 gektar yer uchastkalarida mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish;
mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirishdan olingan daromadlarni “Oʻzavtosanoat” AJ tizimiga kiruvchi yoki ustav fondidagi davlat ulushi unga ishonchli boshqaruvga berilgan xoʻjalik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan manzilli investitsiya va mahalliylashtirish loyihalarini, shu jumladan Andijon viloyatida tashkil etilayotgan zamonaviy metall quyuv sexi loyihasini, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi klasterini oʻz vaqtida ishga tushirish, dastgoh va uskunalarni yangilash, dual taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish, muddati oʻtgan va joriy qarzdorliklarni qoplash hamda aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash uchun yoʻnaltirish.
6. Belgilansinki:
mazkur qarorning 5-bandiga muvofiq tashkilotdan tashkilotga oʻtkaziladigan mulk, mulk huquqlari, shuningdek, davlat ulushlarini kamaytirish hisobiga mol-mulklarning berilishiga, jumladan obyektni “Asakabank” AJ tasarrufiga oʻtkazilishi va kelgusida bank tasarrufidan chiqarilishi realizatsiya sifatida qaralmaydi va iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan bepul tovarlar berilishiga tenglashtiriladi;
“Asakabank” AJ tasarrufiga oʻtkazib berilgan obyekt potensial xaridorlarga sotilgunga yoki zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etilib, ishga tushirilguniga qadar, biroq koʻpi bilan 2023-yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlarining 50 foizini toʻlashdan ozod qilinadi.
7. Chirchiq shahridagi qishloq xoʻjaligi mashinasozligi klasterini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari A.M. Boboyev va “Oʻzavtosanoat” AJ raisi Sh.B. Umurzakov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-iyul,
PQ-335-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi PQ-335-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzavtosanoat” AJ tizimiga kiruvchi xoʻjalik jamiyatlarining Toshkent shahri hududidagi boʻshaydigan bino va inshootlari joylashgan yer uchastkalarida amalga oshiriladigan loyihalar
ROʻYXATI

T/r

Manzili

Egallagan maydoni,

gektar

Balansda saqlovchi

(mulkdor)

Loyihaning maqsadi

1.

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasi, 61/139

2,4

“Kwangjin Autosystems” MCHJ QK

1. “Kwangjin Autosystems” MCHJ qoʻshma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun Andijon viloyatida “Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi”da qurilgan bino va inshootlarni ajratish hisobiga obyektni (bino va inshootlar, ular joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar bilan birga) “Kwangjin Autosystems” MCHJ qoʻshma korxonasidan “Uzautocomponents” MCHJ tasarrufiga oʻtkazish.

2. “Uzautocomponents” MCHJ tomonidan mulkni bozor qiymatida ulush sifatida uy-joy qurish loyihasiga kiritish va obyekt negizida koʻp qavatli uylar qurish.

2.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, 284

1,9

“Texnologmash” MCHJ

1. “Texnolog” AJga tegishli “Texnologmash” MCHJning 100 foiz ulushini “Oʻzavtosanoat” AJ ustav fondiga davlat ulushini oshirish hisobiga nominal qiymatda oʻtkazish.

2. “Texnologmash” MCHJ tomonidan mulkni bozor qiymatida ulush sifatida uy-joy qurish loyihasiga kiritish va obyekt negizida koʻp qavatli uylar qurish.

3.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Usta Shirin koʻchasi, 117

1

“Agregat-Agrotech” MCHJ

1. “Uz-Semyung Ko” AJ QKga tegishli “Agregat-Agrotech” MCHJning ulushini oldi-sotdi shartnomasiga asosan “Uzautocomponents” MCHJga yoki uning korxonasiga oʻtkazish.

2. “Agregat-Agrotech” MCHJtomonidan mulkni bozor qiymatida ulush sifatida uy-joy qurish loyihasiga kiritish va obyekt negizida koʻp qavatli uylar qurish.

4.

Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 7

0,8

“Ist-Butterfly” MCHJ

1. “Ist-Butterfly” MCHJ tomonidan mulkni bozor qiymatida ulush sifatida uy-joy qurish loyihasiga kiritish va obyekt negizida koʻp qavatli uylar qurish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi PQ-335-son qaroriga
2-ILOVA
Chirchiq shahridagi qishloq xoʻjaligi mashinasozligi klasterini rivojlantirish
CHORA-TADBIRLARI REJASI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirning nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

Moliyaviy masalalar

1.

2022-yilda qishloq xoʻjaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida xarid qilish uchun Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklarining soʻrovnomalariga asosan 10 yil muddatga 7 foiz stavkada 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutadagi mablagʻlarni depozitga joylashtirish.

Moliya vazirligi tomonidan 100 mln. AQSH dollari ekvivalentida moliyaviy resurslarni tijorat banklariga 10 yil muddatga 7 foiz stavkada milliy valyutada joylashtirish.

Bunda, joylashtirilgan resurslarni quyidagi yoʻnalishlarda sarflash:

2022-yil davomida

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ

88,0 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi resurslarni qishloq xoʻjaligi texnikalari savdosini moliyalashtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga imtiyozli shartlarda ajratish;

2022-yil davomida

Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, lizing kompaniyalari, “Oʻzavtosanoat” AJ

10,0 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi resurslarni qishloq xoʻjaligi texnikalarining ehtiyot qismlari savdosini tashkil etish uchun talab qilinadigan aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida “Toshkent traktor zavodi” MCHJ va/yoki servis xizmatlarini koʻrsatish markazlariga imtiyozli shartlarda ajratish;

2022-yil davomida

Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, “Toshkent traktor zavodi” MCHJ,

2,0 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi resurslarni “Avtosanoat Agro Lizing” MCHJga va/yoki servis xizmatlari koʻrsatish markazlariga mobil servis xizmatlarini koʻrsatish maqsadida maxsus jihozlangan 100 dona “Damas” rusumli va 13 dona “Isuzu” rusumli avtomobillarni sotib olish uchun ajratish.

2022-yil 15-avgust

“Avtosanoat Agro Lizing” MCHJ, servis markazlari, “Oʻzavtosanoat” AJ

2.

“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning (“Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning oʻtkaziladigan qarzdorligini inobatga olgan holda) “Asakabank” AJdan jalb qilingan kreditlar boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlik va hisoblangan foizlarni soʻndirish maqsadida “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJga tegishli bino va inshootlarini tutash yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda — obyekt) bilan birgalikda toʻliq “Asakabank” AJ tasarrufiga oʻtkazib berish.

1. Obyektni belgilangan tartibda baholash va baholash hisobotlarini ekspertizadan oʻtkazish.

2022-yil 1-sentabr

“Oʻzavtosanoat” AJ, “Asakabank” AJ, “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Obyektni “Asakabank” AJga oʻtkazib berish yuzasidan “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ boshqaruv organlari qarorini rasmiylashtirish.

2022-yil 10-sentabr

3. Obyektni “Asakabank” AJga rasmiylashtirish.

2022-yil 20-sentabr

4. “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ (“Chirchiq ?ishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning oʻtkaziladigan qarzdorligini inobatga olgan holda)ning “Asaka bank” AJ oldidagi qarzdorligi va obyektning baholangan qiymati oʻrtasidagi farq summasini “Toshkent traktor zavodi” MCHJning alohida gʻaznachilik hisobraqamiga oʻtkazib berish.

2022-yil 1-oktabr

5. “Asakabank” AJ tasarrufiga oʻtkazib berilayotgan obyekt 2023-yil 1-aprelga qadar “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJga bepul foydalanishga berish.

2023-yil 1-aprel

6. Qaror qabul qilingan kundan boshlab “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ hududida ijara shartnomalari asosida joylashgan korxona va tashkilotlarga 2023-yil 1-aprelga qadar ijara shartlarini oʻzgartirmasdan egallab turgan maydonlardan foydalanish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.

2023-yil 1-aprel

Savdo va marketing masalalari

3.

Klaster va fermerlar tomonidan kredit va lizing shartlarida xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha kreditni (lizingni) qaytarish muddatini yuqori unumli texnikalar boʻyicha 7 yildan 10 yilgacha, qolgan texnikalar boʻyicha esa 5 yildan 7 yilga uzaytirish.

1. Amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish.

2022-yil 30-avgust

Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi, “Oʻzavtosanoat” AJ

2. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 15-sentabr

4.

“CLAAS”, “John Deere”, “Case” kompaniyalari bilan hamkorlikda “Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJ, “UzautoTrailer” MCHJ, “Uz Truck and Bus Motors” MCHJ dilerlik markazlari bilan kooperatsiya asosida hududlarda 14 ta zamonaviy servis markazlari va 100 ta mobil brigadalarni tashkil qilish.

1. Dilerlik markazlari bilan dilerlik kelishuvlarini tuzish.

2022-yil 10-avgust

“Oʻzavtosanoat” AJ

2. Ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda butlovchi va ehtiyot qismlar hamda mobil brigadalarga zarur asbob-uskunalarning roʻyxatini shakllantirish, bozor hajmi va narxlarni aniqlash.

2022-yil 15-avgust

3. Mazkur ehtiyot qismlar va asbob-uskunalarning markazlashgan tartibda xaridini tashkil etish.

2022-yil 20-avgust

4. Mobil brigadalar uchun maxsus jihozlangan 100 dona “Damas” rusumli va/yoki 13 dona “Isuzu” rusumli avtomobillarini xarid qilish.

2022-yil 25-avgust

5. Respublikadagi qishloq xoʻjaligi parkidan kelib chiqib, 100 ta mobil brigadalarni hududlar boʻyicha taqsimlash.

2022-yil 25-avgust

6. Hududlarda dilerlar negizida servis markazlarini tashkil qilish.

2022-yil 1-sentabr

5.

Ehtiyot qismlarini sotib olish va dilerlarga yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Qishloq xoʻjaligi texnikalari butlovchi va ehtiyot qismlarining aniq roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil 10-avgust

“Oʻzavtosanoat” AJ

2. Butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilaridan oʻrnatilgan tartibda tijoriy takliflarni olish va ular bilan muzokaralar oʻtkazish.

2022-yil 15-avgust

3. Mazkur ehtiyot qismlarning markazlashgan tartibda xaridini tashkil etish.

2022-yil 25-avgust

4. Hududlardagi dilerlarga ehtiyot qismlar yetkazib berish va ularning savdosini tashkil etish.

2022-yil 1-sentabr

6.

Qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanuvchilar va mexanizatorlarning malakasini oshirish maqsadida dilerlik markazlari negizida 14 ta malaka oshirish markazlarini tashkil qilish.

1. Hududlardagi dilerlik markazlarida zamonaviy oʻquv xonalarini tashkil qilish (ajratish).

2022-yil 15-avgust

“Oʻzavtosanoat” AJ, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

2. Xonalarni kerakli jihozlar bilan jihozlash.

2022-yil 25-avgust

3. Malaka oshirish markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil 1-sentabr

7.

Raqamlashtirilgan yagona axborot portalini yaratish va ishga tushirish.

1. Ishchi guruh tuzish va ish grafigini ishlab chiqish.

2022-yil 1-avgust

“Oʻzavtosanoat” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Oʻzagroinspeksiya, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi

2. Texnik topshiriq ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2022-yil 1-oktabr

3. Portalning demo nusxasini yaratish va sinovdan oʻtkazish;

2022-yil 1-noyabr

4. Sinov yakunlariga koʻra portalga zarur oʻzgartirishlar kiritish.

2022-yil 1-dekabr

5. Portalni toʻliq ishga tushirish.

2022-yil 15-dekabr

Ishlab chiqarish masalalari

8.

Osma va tirkama texnikalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

1. Klaster hududiga koʻchirib oʻtkazilgan dastgoh va uskunalarni oʻrnatish va ishga tushirish ishlarini yakunlash.

2022-yil 20-avgust

“Oʻzavtosanoat” AJ

2. Osma va tirkama texnikalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

2022-yil 10-sentabr

9.

Xalqaro tan olingan GMS standartlaridan kelib chiqqan holda, klasterda zamonaviy ishlab chiqarish tizimini joriy qilish.

1. Klasterda ishlaydigan xodimlarni GMS standartlari asosida oʻqitish.

2022-2023-yillar davomida

“Oʻzavtosanoat” AJ

2. Yuqori aniqlikdagi zamonaviy oʻlchash uskunalarini ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilish.

2023-2024-yillar davomida

3. GMS standartlarini joriy qilish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etish (zaruratga koʻra).

2023-yil davomida

10.

2023-2024-yillarda klasterdagi mavjud ishlab chiqarish uskunalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish.

1. Loyihani amalga oshirish reja jadvalini ishlab chiqish.

2022-yil 10-sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi Ekspertiza markazi, “Oʻzavtosanoat” AJ

2. Mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, dastgoh va uskunalar uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tender hujjatlarini shakllantirish.

2022-yil 30-sentabr

3. Takliflarni koʻrib chiqib, shartnomalar tuzish.

2022-yil 30-oktabr

4. Dastgohlarni olib kelish, oʻrnatish va sinov jarayonlarini yakunlash, ishga tushirish.

Shartnoma shartlariga asosan

11.

Xorijiy ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlik oʻrnatgan holda, zamonaviy milliy traktorni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

1. Xorijiy traktor ishlab chiqaruvchilardan oʻrganish uchun namunalar olib kelish.

2022-yil 10-sentabr

“Oʻzavtosanoat” AJ, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi texnikasini va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi

2. Muhandislik ishlarini amalga oshirish.

2022-yil 10-oktabr

3. Texnik hujjatlarni tayyorlash.

2023-yil 1-yanvar

4. Milliy traktor prototipini yaratish.

2023-yil 1-aprel

5. Milliy traktor prototipini sinovdan oʻtkazish.

2023-yil 1-iyul

6. Xorijiy korxonalar bilan hamkorlik oʻrnatish.

2023-yil 1-sentabr

7. Ommaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

2023-yil 31-dekabr

12.

Klaster ishlab chiqarish quvvatlarida yangi turdagi osma va tirkama texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish.

1. Lazerli yer tekislagich, ozuqa ĭigʻish kombaĭni, shtangali purkagich, kartoshka kovlagich, kartoshka ekkich, ozuqa tarqatkich, oʻra qazgich va boshqa turdagi texnikalarni oʻrganish maqsadida ularning namunalarini oʻrnatilgan tartibda olib kelish.

2022-yil 31-sentabr

“Oʻzavtosanoat” AJ

2. Oʻrganishlar natijalari ijobiy boʻlganda, iqtisodiy asoslantirilgan osma va tirkama texnikalar ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2023-yil 10-aprel

Tashkiliy masalalar

13.

“Kwangjin Autosystems” MCHJ QK, “Ist-Butterfly” MCHJ, “Agregat-Agrotech” MCHJ va “Texnologmash” MCHJlarga tegishli jami 6,1 gektar yer uchastkalarida koʻp qavatli turar-joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish.

1. Koʻp qavatli turar-joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun korxonalarga ijaraga berilgan yer uchastkalarini ajratish.

2022-yil III chorak

Toshkent shahar hokimligi, Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, Kadastr agentligi, “Oʻzavtosanoat” AJ

2. Bino va inshootlarni buzish, boʻshayotgan yer uchastkalarida turar-joy majmualarini qurish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish.

2022-yil yakuniga qadar

3. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2023-yil I chorak

4. Qurilish ishlarining boshlanishi yuzasidan Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasiga xabarnomani yuborish.

2023-yil I yarim yillik

5. Koʻp qavatli turar-joy majmualarini qurish (barpo etish).

2023-2024-yillarda

6. Koʻp qavatli turar-joy majmualarini qurish (barpo etish) ishlari tugagani munosabati bilan qabul qilish-topshirish ishlarini amalga oshirish.

2024-yil davomida

7. Koʻp qavatli turar-joy majmualardan foydalanish boʻyicha davlat boshqaruv organlarining tegishli ruxsatlarini olish.

2024-yil davomida

8. Koʻp qavatli turar-joy majmualari joylashgan va unga tutash yer uchastkasini turar-joy majmualaridagi joylarning mulkdorlariga umumiy foydalanish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish boʻyicha Toshkent shahar hokimining qarorini qabul qilish.

2024-yil davomida

9. Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish.

2024-yil davomida

14.

Oliy taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish chora-tadbirlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash boʻyicha hukumat qarori loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda aloqador vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 30-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ

2. Hukumat qarorini tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish.

2022-yil yakuniga qadar

15.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tashkil etish.

1. Oʻquv rejasi loyihasini tayyorlash.

2022-yil 30-avgust

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “Oʻzavtosanoat” AJ

2. Loyihani Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga litsenziya olish maqsadida kiritish.

2022-yil 30-sentabr

3. Qabul qilish jarayonini tashkil qilish va imtihonlarni oʻtkazish.

2022-yil yakuniga qadar

4. Oʻqitishni boshlash.

Oʻquv rejasiga asosan

16.

“Ist-Butterfly” MCHJning ustav fondiga berilgan mulkiy kompleks, shu jumladan bino va inshootlarga egalik huquqini rasmiylashtirish.

“Oʻzavtosanoat” AJ ustav kapitaliga berilgan Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 7-uy manzilda joylashgan bino-inshootlar boʻyicha mulkka egalik huquqini “Ist-Butterfly” MCHJ nomiga rasmiylashtirish.

2022-yil 30-avgust

Kadastr agentligi, Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzavtosanoat” AJ

17.

2023-2024-yillarda xorijiy universitet va tashkilotlar bilan hamkorlikda mashinasozlik sohasida maxsus sertifikat beriladigan Dual taʼlim markazini tashkil etish.

1. Soha korxonalarining ehtiyojlarini oʻrganib chiqish.

2022-yil 30-avgust

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ

2. Oʻquv rejasi loyihasini tayyorlash.

2022-yil 15-sentabr

3. Loyihani Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga litsenziya olish maqsadida kiritish.

2022-yil 30-sentabr

4. Oʻqitishni boshlash.

Oʻquv rejasiga asosan

18.

“Auto Spring Components” MCHJ tomonidan choʻyan butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasini moliyalashtirish maqsadida “Auto Spring Components” MCHJning ustav fondini “Oʻzavtosanoat” AJning oʻz mablagʻlari hisobiga oshirish choralarini koʻrish.

1. “Auto Spring Components” MCHJning ustav fondini oshirish masalasini “Oʻzavtosanoat” AJning kuzatuv kengashida koʻrib chiqish va qaror qabul qilish.

2022-yil 15-avgust

“Oʻzavtosanoat” AJ

2. “Auto Spring Components” MCHJ boshqaruv organlarida korxona ustav fondini oshirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish.

2022-yil 30-avgust

3. “Auto Spring Components” MCHJ ustav fondining oshirilishi munosabati bilan taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2022-yil 15-sentabr

19.

Bozorda oʻrganishlar (marketing tadqiqoti) amalga oshirish maqsadida BYD kompaniyasining energiya manbalarida harakatlanuvchi yangi transport vositalari namunalari boʻyicha oʻrnatilgan tartibda muvofiqlikni baholash soddalashtirilgan tarzda oʻtkazilishini taʼminlash.

1. BYD kompaniyasining yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini import qilish.

2022-yil 30-avgust

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzavtosanoat” AJ

2. Import qilingan transport vositalari namunalariga tegishli sertifikatsiya va boshqa hujjatlarni taqdim etish.

2022-yil 1-oktabr

3. Import qilingan transport vositalari namunalari yuzasidan muvofiqlikni baholash soddalashtirilgan tarzda oʻtkazilishini taʼminlash.

2022-yil 1-oktabr

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi PQ-335-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan oʻz vaqtida taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4268-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisidagi “gʻalla oʻrish va paxta terish texnikasi, respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi traktorlar, gʻalla va paxta seyalkalari, shuningdek, uch yoki undan ortiq omoch korpuslarini” soʻzlari “respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi oʻziyurar, osma va tirkama texnikalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi “Chirchiq shahrida qishloq xoʻjaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-7-son qarorida:
toʻrtinchi xatboshidagi “uch oy muddatda” soʻzlari “2022-yil yakuniga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Texnolog” AJga tegishli “Texnologmash” MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni “Toshkent traktor zavodi” MCHJ ustav fondidagi davlat ulushini va “Texnolog” AJning ustav fondidagi “Toshkent traktor zavodi” MCHJ ulushini nominal qiymatda kamaytirish hisobiga “Oʻzavtosanoat” AJga oʻtkazish, bunda ushbu ulushning nominal qiymati hisobiga “Oʻzavtosanoat” AJ ustav fondidagi Moliya vazirligining ulushini oshirish”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ hamda uning hududida ijara shartnomalari asosida joylashgan, Chirchiq shahriga koʻchirilayotgan korxonalar hamda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi klasteri tomonidan tayyor holda chetdan olib kelinadigan yoki yirik uzelli yigʻish usulida ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikalariga nisbatan mahalliylashtirish darajasiga bogʻlanmagan holda mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan subsidiyalar, istisno tariqasida, 2024-yil 31-dekabrgacha tatbiq etilsin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son qarori bilan tasdiqlangan Xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi xususiylashtiriladigan aksiya paketlari (ulushlari) roʻyxatidan 32 va 37-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, qarz oluvchining lizing yoki kredit shartnomasi barcha turdagi kombaynlar va dvigatel quvvati 100 ot kuchidan koʻp boʻlgan traktorlar uchun 10 yil muddatga, qolgan traktorlar, osma va tirkama texnikalar uchun 7 yil muddatga rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 07/22/335/0685-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)