|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2026
|
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 7-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3114-3]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 9-fevraldagi 5-mh-sonli “Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3773, 11.02.2026-y.) asosan 2026-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 369-son “Notarial faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-son “Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3114, 2019-yil 4-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/18/3114/2423-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-oktabr,
22-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 7-oktabrdagi 22-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
2. Nizomda:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini (bundan buyon matnda malaka imtihoni deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.”.
2) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Tanlov va malaka imtihoni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi.
Tanlov va malaka imtihoni o‘tkazishni tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash maqsadida komissiyaning ishchi organi faoliyat yuritadi. Ishchi organning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi hamda Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasining soha bo‘yicha mas’ul xodimlari orasidan shakllantiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi organ o‘z faoliyatini komissiya raisining rahbarligida amalga oshiradi.”.
3) 2-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Tanlov notarius lavozimi bo‘sh bo‘lgan taqdirda yoki qo‘shimcha (yangi) notarius lavozimi ta’sis etilganda o‘tkaziladi.”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Malaka imtihoni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 369-son qarori bilan Xususiy notarial faoliyat bo‘yicha malaka imtihonini tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) muvofiq, jismoniy shaxsning malaka imtihonida ishtirok etish bo‘yicha murojaatini o‘rganish natijalari yuzasidan talabgorning malaka imtihonida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan xulosa tasdiqlangandan so‘ng, ushbu Reglamentda belgilangan muddatda o‘tkaziladi.”.
4) 2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bob. Tanlovni o‘tkazishni tashkil etish”.
5) 6-bandda:
birinchi xatboshidan “yoki malaka imtihonida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “tanlov yoki malaka imtihonida” degan so‘zlar “tanlovda” degan so‘z bilan almashtirilsin.
6) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
komissiya nomiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnoma;
malaka imtihonini topshirganligi (qayta topshirganligi) haqida hududiy adliya organi huzuridagi malaka komissiyasining qaroridan ko‘chirma yoki belgilangan tartibda stajirovka o‘taganligi haqida ma’lumotnoma.”.
7) 71-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
8) 72-banddan “yoki malaka imtihonida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
9) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tanlovda ishtirok etish bo‘yicha kelib tushgan har bir talabgorning hujjatlari ishchi organ tomonidan alohida o‘rganib chiqiladi. Talabgorni tanlovda ishtirok etishini rad etishga asoslar mavjud bo‘lsa, ishchi organ tomonidan bu haqda xulosa tuziladi. Mazkur xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.”.
9) 15-bandda:
birinchi va beshinchi xatboshilardan “yoki malaka imtihonida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “(faqat tanlov bo‘yicha talabgor)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
11) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Talabgorlarning hujjatlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra, ishchi organ tomonidan tegishli ravishda tanlov o‘tkazish to‘g‘risida yoki tanlov o‘tkazishga qayta e’lon berish to‘g‘risida xulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosada tanlov o‘tkaziladigan sana ko‘rsatiladi.”.
12) 18-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
13) 19-bandda:
birinchi xatboshidan “yoki malaka imtihoni” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tanlov o‘tkaziladigan kun, vaqt va joy haqida u o‘tkaziladigan kundan kamida besh kun oldin tanlov bo‘yicha talabgorga uning arizasida ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnoma yuboriladi.”.
14) 20-banddan “yoki malaka imtihoni” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
15) 24-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“vorislik huquqi.”.
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
16) 28-bandning beshinchi xatboshisidagi “61” raqami “61” raqami bilan almashtirilsin.
17) 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Komissiya qarori bir nusxada tuziladi. Tanlovdan so‘ng bir ish kuni ichida qarordan ko‘chirma tanlov g‘olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq qabul qilish uchun hududiy adliya organiga yuboriladi.
Malaka imtihonidan so‘ng qarordan ko‘chirma bir ish kuni ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga yuboriladi.
Qaror tanlov yoki malaka imtihoni bo‘yicha yig‘majildga tikib qo‘yiladi.”.
18) 41-bandning ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya” degan so‘z “xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19) 43-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Reglamentda” degan so‘z “Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 369-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21) 41 va 51-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchaga
ILOVA
ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
| | | | | |
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi | ||
| | | | | | | | |
|
ARIZA | |||||||
| | | | | | | | |
|
Menga “Inson va qonun” gazetasining 20___ yil “______” ______________ dagi _______-sonida berilgan e’longa muvofiq ____________________________________________________________________________________ notariusi lavozimiga tayinlash | |||||||
| |
(davlat notarial idorasining nomi) |
| | | |||
| tanlovda ishtirok etishga ruxsat berishingizni so‘rayman. | | | |||||
| Avval notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlovda 20____ yil “______” ______________________________ da | |||||||
| | (tanlovda ishtirok etganda ko‘rsatiladi) | | |||||
| ishtirok ________________________________. | | | | | | ||
|
(etmaganman yoki etganman) |
| | | | | ||
| | | | | | | | |
| Telefon raqamim: ____________________________. Elektron pochta manzilim: ____________________________. Pasport (identifikatsiya ID-karta) ma’lumotlarim: |
| | | | |||
|
_______ |
____________, | ______________________________ | | | | ||
|
(seriyasi ) |
(raqami) |
|
(JSHSHIR) |
|
| | |
| | | | | | | | |
|
_________________ |
|
|
|
_________________ |
| ||
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2022-y., 10/22/3114-3/0901-son)