Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Notarial faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi hamda “Notariat toʻgʻrisida”gi qonunlari, shuningdek xususiy notarial faoliyat boʻyicha yagona tanlovni tashkil etilishini takomillashtirish hamda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini axborot tizimlari orqali onlayn tarzda litsenziyalashni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
1. 2022-yil 1-iyuldan boshlab xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish toʻgʻrisidagi arizani topshirish, qabul qilish va koʻrib chiqish, shuningdek litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq barcha tartib-taomillar “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi belgilansin.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha yagona tanlovdan oʻtish istagida boʻlgan jismoniy shaxslarga qoʻyiladigan talablar, yagona tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilish, uni koʻrib chiqish hamda yagona tanlovni tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Xususiy notarial faoliyat boʻyicha yagona tanlovni tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
xususiy notarial faoliyatni amalga oshirish talablari va shartlari, litsenziya olish uchun ariza berish, uni koʻrib chiqish va litsenziya berish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda litsenziyalarning davlat reyestrini yuritish tartibini nazarda tutuvchi Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga toʻlovlarni undirish uchun notarial idora binosi yoki xonasida tijorat banklari bilan shartnoma tuzgan holda maxsus kassa, bankomat, terminal yoki infokioskalar joylashtirish tavsiya etilsin.
Bunda, tijorat banklari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov notarius tomonidan amalga oshirilgan notarial harakat uchun ushbu maxsus kassa, bankomat, terminal yoki infokioskalar orqali undiriladigan davlat boji summasi taqsimlangunga qadar uning 1 foizigacha boʻlgan qismi hisobidan amalga oshiriladi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 16-martdagi 156-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyul,
369-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 369-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy notarial faoliyat boʻyicha yagona tanlovni tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha yagona tanlovdan (keyingi oʻrinlarda — yagona tanlov) oʻtish istagida boʻlgan jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — talabgor) yagona tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilish, uni koʻrib chiqish hamda yagona tanlovni tashkil etish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Yagona tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
birinchi bosqichda (keyingi oʻrinlarda — test sinovi) — talabgorlar davlat va jamiyat boshqaruvi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat va vorislik huquqi sohalari boʻyicha test sinovlaridan oʻtadi. Bunda test sinovlari axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida yagona tanlovda ishtirok etishga ruxsat berilgan talabgorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan tashkil etiladi;
ikkinchi bosqichda (keyingi oʻrinlarda — amaliy imtihon) — test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar komissiya tomonidan oʻtkaziladigan amaliy imtihonda notarial harakatlarning loyihalarini maxsus elektron platformada tayyorlaydi va muammoli masalaga (kazusga) javob beradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Adliya vazirligining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
3. Davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali komissiya tomonidan koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yagona tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilish, uni koʻrib chiqish hamda yagona tanlovni tashkil etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
5. “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, talabgor 25 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta boʻlmasligi, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlishi, shu jumladan notarial idorada kamida 1 yil stajirovka oʻtagan boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalik lavozimida kamida 5 yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida 3 yil ishlagan shaxslar stajirovkadan oʻtmasdan yagona tanlovda ishtirok etishga haqli.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining boshqaruv xodimi (notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlmagan) yoki advokat sifatida kamida 3 yil ishlagan, biroq vakolati tugatilgan vaqtdan boshlab 5 yil oʻtmagan shaxslar 6 oy stajirovka oʻtaydi.
Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
6. Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi va ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
7. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng talabgor maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Talabgor haqidagi maʼlumotlar elektron tizim orqali olinadi. Bunda, ushbu maʼlumotlarning toʻgʻri va toʻliq ekanligi uchun masʼul vazirlik va idoralar javobgar hisoblanadi. Maʼlumotlarni elektron tizim orqali olish imkoni mavjud boʻlmagan hollarda tegishli vazirlik va idoralarga soʻrov yuborish yoʻli bilan olinishi mumkin.
Talabgordan soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Davlat xizmatini koʻrsatishda talabgorning arizasini koʻrib chiqish uchun xizmatdan foydalanilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
9. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Adliya vazirligining budjetdan tashqari Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek 0,5 foizi — toʻlovlarni Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus gʻazna hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya vazirligining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Davlat xizmatini koʻrsatishda test sinovi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Adliya vazirligining budjetdan tashqari Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Agentlikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Talabgor toʻlovni YIDXP orqali shakllantirilgan invoys raqami orqali amalga oshiradi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
10. Agar soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, komissiya ishchi organi mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga 15 kun muddat beradi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi muddatining oʻtishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
11. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
12. Talabgorning soʻrovnomasi avtomatik tarzda komissiyaga elektron shaklda yuboriladi.
13. Komissiya 20 ish kuni ichida soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.
14. Oʻrganish natijalariga koʻra:
Oldingi tahrirga qarang.
talabgorning yagona tanlovda ishtirok etishiga ushbu Reglamentning 15-bandida nazarda tutilgan rad etish asoslari mavjud boʻlsa, komissiya ishchi organi tomonidan bu haqda xulosa tuziladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
talabgorning yagona tanlovda ishtirok etishi ushbu Reglament talablariga muvofiq deb topilganda, komissiya ishchi organi tomonidan bu haqda xulosa tuziladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan keyin 1 ish kunida komissiya masʼul kotibi tomonidan YIDXP orqali talabgorga elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xabarnoma yuborilgan kundan boshlab uch kun ichida talabgor tomonidan test sinovi uchun belgilangan toʻlov amalga oshirilishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Quyidagi asoslarga koʻra talabgorning yagona tanlovda ishtirok etishi rad etiladi:
talabgor ushbu Reglamentning 5-bandi talablariga javob bermaganda;
yagona tanlovni muvaffaqiyatli topshirmagan yoki tanlovga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan yoxud tanlovdan chetlashtirilgan talabgor imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab olti oy oʻtmasdan murojaat qilganda;
hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlanganda.
Talabgorni boshqa asoslarga koʻra yagona tanlovda ishtirok etishi rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Talabgorga yagona tanlovda ishtirok etish rad etilgan taqdirda hamda talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Test sinovi talabgorning yagona tanlovda ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan xulosa tasdiqlanib, roʻyxat taqdim etilgan kundan boshlab 10 kundan soʻng, lekin 15 kundan kechiktirmay Agentlik tomonidan oʻtkaziladi.
Bunda talabgorlarning roʻyxati taqdim qilingan kundan boshlab uch kun ichida Agentlik tomonidan test sinovi oʻtkazish sanasi va vaqti belgilanib, komissiya xabardor qilinadi.
Talabgorlar test sinovi oʻtkazish sanasidan kamida besh kun oldin test sinovini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida komissiya tomonidan elektron shaklda xabardor qilinadi.
Test sinovi talabgorlarning hududlar kesimidagi taqsimotidan kelib chiqib, Agentlikda hamda uning hududiy boʻlinmalarida yil davomida (iyul-avgust oylaridan tashqari) oʻtkaziladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
171. Test sinovlari natijalari test sinovlari toʻliq yakunlangandan soʻng 3 ish kunida talabgorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga hamda komissiya masʼul kotibining maxsus elektron platformadagi (arm.gov.uz saytidagi) shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
172. Komissiya masʼul kotibi test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarning roʻyxatini shakllantiradi.
Amaliy imtihon test sinovlari natijalari chiqqan kundan boshlab oʻn kundan soʻng, biroq oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida oʻtkaziladi.
Bunda talabgorlar maxsus elektron platformada notarial harakatlarning loyihalarini tayyorlaydi va muammoli masalaga (kazusga) javob beradi.
(171-172-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Amaliy imtihon oʻtkazish kuni va joyi amaliy imtihon oʻtkazilishidan kamida 5 kun oldin Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va talabgorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Yagona tanlovni oʻtkazish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Yagona tanlov yakuni boʻyicha komissiya qarori qabul qilinadi. Qarordan koʻchirma 1 ish kunida YIDXP orqali talabgorga, agar talabgor yagona tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlsa, YIDXP orqali litsenziyalovchi organning “Litsenziya” axborot tizimiga ham yuboriladi.
Bunda imtihoni yakuni boʻyicha komissiya qarori Litsenziyalovchi organga yuborilgani haqidagi maʼlumot YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Komissiya ishchi organi oʻz faoliyatini amalga oshirishi jarayonida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
22. Talabgorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
23. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy notarial faoliyat boʻyicha yagona tanlovni tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Yagona tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilish, uni koʻrib chiqish hamda yagona tanlovni tashkil etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi)

1. Davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtish.

Xohishiga koʻra

2. Soʻrovnoma toʻldirish va undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash.

Murojaat qilinganda

3. Belgilangan yigʻimni toʻlash

(bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida yigʻim undiriladi).

Murojaat qilinganda

2-bosqich

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Soʻrovnomani Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga yuborish.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi

1. Soʻrovnomadagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqish va xulosa tuzish.

20 ish kunigacha

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shakldagi xabarnoma talabgorga va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yuborish.

Xulosa tasdiqlangan kundan boshlab

1 ish kunida

3. Test sinovini oʻtkazish kuni va joyi haqidagi maʼlumotni Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish va talabgorning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga yuborish.

Test sinovidan kamida 5 kun oldin

4-bosqich

Talabgor

Yagona tanlovning birinchi bosqichi uchun tegishli yigʻimni toʻlash.

Xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch kun ichida

5-bosqich

Bilim va malakalarni baholash agentligi

1. Test sinovini oʻtkazish.

(“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq yagona tanlov topshirish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi)

Xulosa tasdiqlangan kundan boshlab 10 kundan soʻng, lekin 15 kundan kechiktirmasdan

2. Test sinovi yakunlari boʻyicha natijalarni Agentlik tomonidan talabgorning shaxsiy kabinetiga hamda komissiyaga yuborish.

3 ish kunida

6-bosqich

Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi

1. Amaliy imtihon oʻtkazish kuni va joyi haqidagi maʼlumotni Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish va talabgorning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga yuborish.

Imtihondan kamida 5 kun oldin

2. Komissiya tomonidan amaliy imtihon oʻtkazish.

Test sinovlari natijalari chiqqan kundan boshlab oʻn kundan soʻng, biroq oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda

3. Amaliy imtihon yakunlari boʻyicha natijalarni eʼlon qilish.

Imtihon oʻtkazilgan kunining oʻzida

4. Amaliy imtihon yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarordan koʻchirmani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (va) yoki “Litsenziya” AT orqali talabgorga va tegishli adliya organiga yuborish.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kunida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy notarial faoliyat boʻyicha yagona tanlovni tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Xususiy notarial faoliyat boʻyicha yagona tanlovdan oʻtish uchun
SOʻROVNOMA

T/r

Talabgordan talab qilinadigan maʼlumotlar*

Talabgor tomonidan koʻrsatiladigan maʼlumotlar

1.

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda)

2.

Telefon raqami

3.

Notarial faoliyatni amalga oshirish hududi

4.

Notarial faoliyatni amalga oshirish tumani (shahri)

5.

Notariuslikka talabgorlar uchun Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida majburiy oʻquv kurs tugatganligi haqida sertifikat

6.

Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom seriyasi va raqami (diplom fayli)

7.

Mehnat daftarchasining seriyasi va raqami

8.

Ariza qayta yuborilganligi (avvalgisi rad etilgan boʻlsa)

* Talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ga oid maʼlumotlar YIDXP orqali soʻrovnomani toʻldirishda avtomatik shakllanadi.
Talabgor yagona tanlov yakunlari asosida (yagona tanlovni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda) unga litsenziya rasmiylashtirish va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius sifatida hisob roʻyxatiga olish boʻyicha kompozit xizmat koʻrsatilishiga roziligini (arizasini) tasdiqlaydi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 369-son qaroriga
2-ILOVA
Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi hamda “Notariat toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya (keyingi oʻrinlarda — litsenziya) — shaxsning xususiy notarial faoliyatini amalga oshirishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, cheklanmagan muddatga beriladigan elektron hujjat;
litsenziat — xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash (keyingi oʻrinlarda — litsenziyalash) — litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq tartib-taomillar majmui;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
talabgor — litsenziyani olish uchun murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
litsenziyalovchi organ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
“Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) — litsenziyalash tartib-taomillari bilan bogʻliq barcha jarayonlarni qamrab olgan, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan maxsus elektron tizim;
litsenziya talablari va shartlari — xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanishda litsenziat tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan, ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalash pasportida (keyingi oʻrinlarda — pasport) belgilangan talablar va shartlar majmui;
litsenziyalar reyestri — berilgan, amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan, bekor qilingan va qayta rasmiylashtirilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasi.
3. Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. 25 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan notarial idorada kamida 1 yil stajirovka oʻtagan, yagona tanlovni topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumkin
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Sudyalik lavozimida kamida 5 yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida 3 yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida 3 yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan eʼtiboran 5 yil oʻtmagan boʻlsa, 6 oy muddat stajirovka oʻtaydi.
5. “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan holatlarda xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Talabgorning yagona tanlovni muvaffaqiyatli topshirganligi haqidagi komissiya qarori koʻchirmasi Litsenziya rasmiylashtirish uchun tegishli hududiy adliya organiga “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda kelib tushadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda qarorlar koʻchirmasi ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni qaror koʻchirmasi litsenziyalovchi organga kelib tushgan va litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Talabgor litsenziya rasmiylashtirish uchun yuborilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish holatini “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali onlayn kuzatib borishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorning notarial faoliyatni amalga oshirish hududi boʻyicha cheklanmagan muddatga beriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
2-bob. Litsenziya olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish pasportning 8-bandida belgilangan muddatda amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi elektron shakldagi xabarnomani “Litsenziya” AT orqali ushbu masalani hal etish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Bu haqidagi maʼlumot “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Agar litsenziyalovchi organ pasportning 8-bandida belgilangan muddat mobaynida talabgorga litsenziya berish yoki uni berishni rad etish masalasini hal qilmasa, talabgor bu haqida litsenziyalovchi organni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda xususiy notarial faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Talabgorning litsenziyani olishni kutishga roziligini bildirishi, uning keyinchalik litsenziyalovchi organni xabardor etish orqali faoliyatni amalga oshirish huquqini cheklamaydi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda talabgor belgilangan davlat boji toʻlovini amalga oshirgandan keyin “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. Bunda talabgor xususiy notarial faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas va litsenziyalovchi organlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Talabgor “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasi birinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlsa yoxud litsenziya olish uchun belgilangan davlat bojini toʻlamasa, talabgorga litsenziya berish rad etiladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
21. Talabgor litsenziya berish rad etilganligi, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining litsenziyalash tartib-taomillari bilan bogʻliq harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Litsenziyalovchi organ talabgor yagona tanlovni muvaffaqiyatli topshirganligi haqidagi komissiya qarori koʻchirmasi kelib tushgandan soʻng pasportning 8-bandida belgilangan muddat ichida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish bilan bir vaqtda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq pasportning 7-bandida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi (rad etilgan hollar bundan mustasno).
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Xabarnoma yuborilganligi toʻgʻrisida maʼlumot va talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladigan boshqa maʼlumotlar talabgor xohishiga koʻra mobil aloqa qurilmasiga SMS-xabar shaklida ham yuborilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda talabgor davlat bojini toʻlash vaqtida litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini tasdiqlashi lozim.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
23. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatda davlat boji toʻlovini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyani berish uchun davlat boji toʻlovi belgilangan muddatda amalga oshirilmasligi litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani berishni rad etishga asos boʻladi. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot “Litsenziya” AT orqali avtomatik tarzda talabgorga yuboriladi. Bunda talabgor litsenziyani olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Davlat boji toʻlovi amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
24. Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek 0,5 foizi — toʻlovlarni Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus gʻazna hisobvaragʻiga;
60 foizi — Adliya vazirligi budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
25. Davlat boji toʻlanganidan soʻng “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
26. Berilgan litsenziyalar haqidagi maʼlumot “Litsenziya” ATda litsenziyalar reyestriga avtomatik ravishda kiritiladi.
3-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish tartibi
27. Litsenziatning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda u 5 ish kuni ichida litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun asos boʻladigan tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishi lozim.
28. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza va tegishli hujjatlar litsenziyalovchi organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali taqdim etiladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — toʻlovlarni Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus gʻazna hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya vazirligi budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun davlat boji undirilmaydi.
29. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalovchi organga kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida litsenziya qayta rasmiylashtirib beriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida amalga oshiradi.
Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
4-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi nazorat qilish
30. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish “Litsenziya” AT orqali rasmiylashtiriladi.
31. Litsenziyalar reyestriga kiritilgan hamda faoliyatini amalga oshirayotgan litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq nazorat qilinadi.
Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzganligini aniqlaganda, ushbu litsenziatni hisob roʻyxatiga olgan litsenziyalovchi organga aniqlangan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar beradilar.
5-bob. Litsenziyalovchi organlar qarori va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni koʻrib chiqish tartibi
32. Talabgor yoki litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning qarorlari ustidan yoki mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilishi mumkin.
33. Talabgor yoki litsenziat shikoyatni litsenziyalovchi organga nisbatan Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Talabgor yoki litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning qarori hamda uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat boshqa vakolatli organlarga ham berilishi mumkin.
34. Shikoyat qaror toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan, talabgor yoki litsenziatga litsenziyalovchi organ qarori va uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran 30 kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
Shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, shikoyatni koʻrib chiquvchi organ tomonidan tiklanishi mumkin.
35. Shikoyat yozma, ogʻzaki (shaxsiy qabul yoki ishonch telefoni orqali) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” ATdagi shaxsiy kabinet, elektron pochta yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali) beriladi va unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
qarorni qabul qilgan yoki harakatni amalga oshirgan litsenziyalovchi organning nomi;
shikoyat bergan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
shikoyat bergan shaxsning talablari;
ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati (mavjud boʻlgan taqdirda);
shikoyat berilgan sana.
Shikoyat yozma shaklda berilganda shikoyat qiluvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
36. Jismoniy shaxs ogʻzaki shikoyat (shaxsiy qabul orqali) qilayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.
Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda talabgor yoki litsenziatning elektron manzili va yagona identifikatori (JSHSHIR) hamda boshqa rekvizitlar koʻrsatilishi kerak.
Shikoyatda elektron manzilning koʻrsatilganligi talabgor yoki litsenziatning shikoyatini koʻrib chiqish natijalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga boʻlgan roziligini anglatadi.
37. Adliya vazirligi shikoyat berilayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) toʻgʻrisidagi tegishli axborotni shikoyat olingan paytdan eʼtiboran 3 ish kuni ichida oʻrganish uchun soʻrab olishi lozim.
38. Talabgor yoki litsenziatning talabiga koʻra shikoyat uning ishtirokida koʻrib chiqilishi mumkin.
Bunda Adliya vazirligi talabgor yoki litsenziatning istagiga koʻra muhokamani videokonferens aloqa vositalaridan foydalangan holda oʻtkazishni taʼminlashi shart.
39. Shikoyatni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha bayonnoma tuzilishi va ushbu bayonnoma adliya vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanishi kerak.
Adliya vazirligi shikoyat boʻyicha 15 kun ichida qaror qabul qilishi shart.
40. Shikoyat bergan talabgor yoki litsenziat shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olishga haqli. Shikoyatni chaqirib olish yozma yoki elektron shaklda (“Litsenziya” AT orqali) rasmiylashtiriladi.
41. Adliya vazirligi shikoyat boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
qarorni oʻzgarishsiz qoldirish;
qarorga oʻzgartishlar kiritish;
qarorni bekor qilish va zarur boʻlgan taqdirda, yangi qaror qabul qilish;
litsenziyalovchi organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga berilgan shikoyat mohiyati boʻyicha muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash.
42. Litsenziyalovchi organning qarori ustidan shikoyat qilingan taqdirda, shikoyat Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qarorning amal qilishi va ijro etilishi toʻxtatib turiladi, bundan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish hollari mustasno.
6-bob. Litsenziyalar reyestrini yuritish
43. Litsenziyalar reyestri “Litsenziya” ATda elektron shaklda yuritiladi va undagi maʼlumot barcha uchun ochiq hisoblanadi.
44. Litsenziyalar reyestri avtomatik tarzda shakllantiriladi, uning doimiy yuritilishi va unga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish litsenziyalovchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organlar litsenziyalar reyestrini yuritishda ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilishi lozim.
45. Litsenziyalovchi organlar quyidagi maʼlumotlarni litsenziyalar reyestriga oʻz vaqtida kiritib borishga javob beradi:
litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi;
litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi;
litsenziyaning amal qilishi qayta tiklanganligi;
litsenziyaning amal qilishi tugatilganligi;
litsenziya bekor qilinganligi.
46. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
litsenziatning reyestr tartib raqami, uning familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
litsenziyalovchi organ nomi;
reyestrga kiritilgan sana;
faoliyat olib borish manzili (hisob roʻyxatiga olinganidan keyin);
litsenziyaning holati (amalda, toʻxtatib turilgan, tugatilgan, bekor qilingan);
litsenziya holati har bir oʻzgarishining asoslari va sanasi.
47. Litsenziatlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar bazasi litsenziyalovchi organlar foydalanishi uchun shakllantiriladi va unda litsenziyalashda kiritiladigan barcha maʼlumotlar saqlanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
48. Litsenziat litsenziya talab va shartlarining bajarilganligi yuzasidan litsenziyalovchi organga soxta, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
49. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI

1.

Litsenziya nomi:

Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyat turi:

Xususiy notarial faoliyat

3.

Litsenziya oluvchilar toifasi:

Jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari

4.

Litsenziyalovchi organ:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

5.

Litsenziyani berish uchun asos boʻluvchi maʼlumotlar (hujjatlar):

Komissiya qarori koʻchirmasi.

Talabgor haqidagi maʼlumotlarda quyidagilar aks etadi:

talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi;

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);

telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);

6.

Litsenziya berishni koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Litsenziya uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari

8.

Litsenziya berishni koʻrib chiqish muddatlari:

5 kun

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

Quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, notariuslarning kasb etikasi qoidalariga, notarial harakatlar maxfiyligi va notarius qasamyodiga rioya etish;

Notarial palataga aʼzo boʻlish;

notarial idora faoliyatini tashkil etishga oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal talablarni bajarish;

notarial idora tashkil etgan notarial okrugda kamida 2 yil ishlash;

notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzish;

har 3 yilda kamida 1-marta oʻzining kasbiy malakasini oshirish;

litsenziya olish va (yoki) uni qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning soxta, yolgʻon va notoʻgʻri emasligini taʼminlash;

xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritish va ularni bekor qilish holatlarini, shuningdek amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda yuritish;

litsenziatning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan taqdirda litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun murojaat qilish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Kelishish talab etilmaydi

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh

Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Komissiya

1. Talabgor yagona tanlovni muvaffaqiyatli topshirganligi boʻyicha komissiya qaroridan koʻchirmani “Litsenziya” axborot tizimi orqali tegishli hududiy adliya boshqarmasiga yuborish.

1 ish kunida

2-bosqich

Hududiy adliya boshqarmasi

Talabgorga Litsenziya berish (berishni rad etish) toʻgʻrisida “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xabar yuborish.

Bunda litsenziya berish toʻgʻrisida xabar yuborilganda:

davlat boji toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma;

litsenziya talabi va shartlariga rioya etishini tasdiqlash haqidagi xabarnoma yuborish.

2 ish kuni ichida

3-bosqich

Talabgor

(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi)

1. Litsenziya talabi va shartlariga rioya etishini tasdiqlash

2. Davlat bojini toʻlash.

(bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari)

Xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 30 kun ichida

4-bosqich

“Litsenziya” axborot tizimi

1. QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan Litsenziyani shakllantirish va talabgorning “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuborish.

Davlat boji toʻlanganda avtomatik ravishda

2. Litsenziya haqidagi maʼlumotni “Litsenziya” axborot tizimida reyestrga kiritish.

Talabgor shaxsiy kabinetiga yuborilganda avtomatik ravishda

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 369-son qaroriga
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 16-martdagi 156-son qaroriga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
a) ikkinchi xatboshidagi “80” raqami “74” raqami bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “10” raqami “16” raqami bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. Notarius oʻzining ish va dam olish vaqtini mustaqil belgilaydi.
Notarius ish vaqti haqida, shu jumladan ish vaqti oʻzgargan taqdirda hamda mehnat taʼtilida boʻlish yoki oʻz kasbiy malakasini oshirish muddatlari haqida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Tizim) tegishli maʼlumotlarni kiritadi.
Notarius ish vaqtida ish joyida boʻlishi shart, uzrli sabablarga koʻra boʻlmaslik holatlari bundan mustasno”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Notarial harakatlar Tizim orqali amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “50” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“notarius hamda uning xodimlari xonasi videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan boʻlishi, bunda videoyozuvlar kamida bir oy davomida saqlanishi taʼminlanishi”;
oʻn ikkinchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. 3-ilovaning 11-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial idora tashkil etgan notarial okrugda kamida ikki yil ishlaganidan keyin oʻz xohishiga koʻra Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan notariuslar lavozimlarining eng kam sonidan koʻp boʻlmagan boshqa notarial okrugda faoliyatini davom ettirishi mumkin”.
6. 4-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Har bir notarial okrugda kamida bitta notarius faoliyat yuritishi shart.
Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni notarial okrug notariuslari tomonidan oxirgi uch yilda amalga oshirilgan notarial harakatlarning sonidan kelib chiqib belgilanadi, bunda notarial harakatlarning oylik oʻrtacha soni bir notariusga bir oyda 300 — 400 ta notarial harakatlar doirasida hisoblanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/369/0609-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)