1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrug‘i
Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3376]
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 16-maydagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3516, 04.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 10/24/3516/0397-son)
1. Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 3-iyuldagi 112-son “Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2703, 2015-yil 30-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 30-son, 404-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Savdo-sanoat palatasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 9-iyun,
7-son
Kelishildi:
O‘zbekiston Respublikasi DXX raisi A. AZIZOV
2022-yil 24-may
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2022-yil 17-may
Favqulodd vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2022-yil 14-may
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X. XASILOV
2022-yil 31-may
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2022-yil 20-may
O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 8-iyundagi 7-son buyrug‘iga ILOVA
Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
harakatdagi temir yo‘l tarkibi (bundan buyon matnda harakatdagi tarkib deb yuritiladi) — lokomotivlar, tortish lokomotivining yuk, bagaj, yo‘lovchi tashish vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkib, shuningdek tashishlarning amalga oshirilishini va temir yo‘l transportining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan boshqa transport vositalari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
temir yo‘l transporti va metropoliten hodisalari — harakatdagi tarkibning boshqa harakatdagi tarkib bilan to‘qnashishi, uning temir yo‘l izidan chiqishi, shikastlanishi, infratuzilma va (yoki) tashilayotgan yuklarga zarar yetishi, shuningdek favqulodda vaziyatlar, noqonuniy aralashuv va tahdidlar ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan hodisalar;
temir yo‘l transporti subyekti — harakatdagi tarkib va (yoki) infratuzilma obyektlarining mulkdori yoki vaqtincha egalik qiluvchi va foydalanuvchilar;
poyezd — guruhlangan vagonlarning boshi va oxiri belgilangan (ko‘rinadigan va tovushli) ishoralarga ega bo‘lgan bitta yoki bir nechta ishlab turgan lokomotiv yoki motorli vagonlar bilan ulanib tuzilgan, shuningdek peregonga jo‘natiladigan vagonsiz lokomotivlar, motorli vagonlar va maxsus o‘ziyurar harakatdagi tarkib;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
poyezdlar harakati — poyezdning bir punktdan ikkinchi punktgacha yo‘l davomida amalga oshiradigan texnologik jarayonlari (operatsiyalari) yig‘indisi;
manyovr — harakatdagi tarkibning yuk va yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlari;
peregon — temir yo‘l infratuzilmasining tutash bekatlari, temir yo‘l stansiyalari, razyezd, quvib o‘tish punktlari yoki yo‘l postlari bilan chegaralangan qismi;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
rels sinishi — rels yoki strelkali o‘tkazgich (ramali rels, kontrrels va boshqalar) yoxud ularning elementlarida yoriqlar (magistral yoriqlar) paydo bo‘lishi va ularning birlashib ketishi natijasida ikki va undan ortiq bo‘laklarga bo‘linishi, parchalanishi va yemirilishi;
harakatdagi tarkibning to‘qnashuvi — yuk yoki yo‘lovchilar tashish poyezdlari bilan boshqa poyezdlar, harakatdagi tarkib yoki avtotransport vositalarining to‘qnashuvi oqibatida lokomotivlarni va harakatdagi tarkibni kapital ta’mirlash talab etiladigan darajada, vagonlarni esa joriy, depo yoki kapital ta’mirlash talab etiladigan darajada shikastlanishi;
harakat davomida yukning qulashi (sochilib yoki buzilib ketishi) — harakatdagi tarkibning mahkamlash qismlari nosozligi, yuk ortishning texnik shartlari buzilishi natijasida yuk mahkamlash vositalarining o‘z xususiyatini yo‘qotishi, shuningdek yukning joyidan qo‘zg‘alishi oqibatida temir yo‘lga yuk yoki uning qismlari qulashi (sochilib yoki buzilib ketishi) hamda belgilangan yuk ortish gabarit me’yorlaridan chiqishi;
poyezddagi maxsus ulagich uskunalarning o‘z-o‘zidan ajralib ketishi — harakatlanish davomida poyezd avtoulagich jihozlarining texnik nosozlik sababli ajralib ketishi;
harakatdagi tarkibning izdan chiqishi — harakatdagi tarkibning aqalli bitta g‘ildirak juftligi yoki g‘ildiragining rels izidan chiqib ketishi;
poyezdni band yo‘lga qabul qilish — temir yo‘l stansiyasiga kirib kelayotgan poyezd yoki harakatdagi tarkibning (lokomotivning aqalli bir qismi) kirish (marshrut) svetoforidan, taklif qilish ishorasidan yoki poyezd mashinistiga berilgan ruxsat asosida temir yo‘l stansiyasining poyezd yoki harakatdagi tarkib bilan band bo‘lgan yo‘lga tayyorlangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi;
(1-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
poyezdni band bo‘lgan peregonga jo‘natish — poyezdni chiqish svetoforining ruxsat etish ishorasida yoki mashinist olgan ruxsat asosida poyezd yoki harakatdagi tarkib bilan band bo‘lgan peregonga tayyorlangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi;
(1-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
poyezdni tayyor bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish — olingan ruxsat asosida poyezd yoki harakatdagi tarkibning chiqish svetoforidan (chegaralovchi ustundan) peregonga tayyorlanmagan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi yoxud harakatdagi tarkibning (elektr energiyasi asosida harakatlanuvchi) elektrlashtirilmagan peregonga jo‘natilishi;
(1-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
poyezdni tayyor bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha qabul qilish — bekat yoki temir yo‘l stansiyasi kirish svetoforining ruxsat etish ishorasida yoki taklif qilish ishorasida yoxud poyezd mashinisti olgan ruxsat asosida bo‘sh yo‘lga yoki harakatdagi tarkibni (elektr energiyasi asosida harakatlanuvchi) kontakt tarmog‘i mavjud bo‘lmagan yo‘lga tayyorlanmagan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi;
(1-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
poyezdni taqiqlovchi ishoradan o‘tib ketishi — poyezdning (lokomotivning aqalli bir qismi) kirish, chiqish, marshrut yoki manyovr svetoforlarining taqiqlovchi ishorasidan, svetofor bo‘lmagan yo‘lda esa chegara ustunidan o‘tib ketishi;
poyezd yoki harakatdagi tarkib ostida strelkali o‘tkazgichni o‘tkazish — signallashtirish qurilmalari nosozligi tufayli yoki bekat yoxud temir yo‘l stansiyasi navbatchisining (boshqaruv panelidagi boshqa xodim) xatosi tufayli strelkali o‘tkazgichni poyezd yoki harakatdagi tarkib ostida o‘tkazish holatlari;
(1-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
harakatdagi tarkibning o‘rta balkasi uzilishi — vagonning shkvoren, o‘rta yoki chetki balkalar orasidagi payvand choklarining yirtilishi;
poyezdning oxirgi kranlari berk holatda jo‘natilishi — peregonga jo‘natilgan poyezd tarkibidagi lokomotiv yoki vagon va ular o‘rtasidagi oxirgi kranlarni berk holatda jo‘natish;
(1-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
texnik nosozliklar sababli, harakatlanish yo‘lidagi yo‘lovchi poyezdidan vagonning uzib qoldirilishi — harakat davrida yo‘lovchi poyezdidan vagonning texnik nosozlik sababli ajratib qolinishi, shuningdek elektropoyezdlardan seksiyalar uzib qolinishi yoki dizel poyezdidan vagonning uzib qolinishi holati;
yo‘lovchilar tashish poyezdida lokomotiv buzilishi oqibatida yordamchi lokomotivning talab qilinishi — yo‘lovchi poyezdlar (elektropoyezdlar) yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanish davrida texnik nosozliklar sababli yordamchi lokomotivni talab qilish holatlari;
ish jarayoni vaqtida poyezdlar harakati uchun xavfli bo‘lgan joylarning ishoralar bilan to‘silmasligi — temir yo‘llarda, kontakt tarmog‘ida, signallashtirish qurilmalarida texnik va tijorat hamda boshqa turdagi tekshirish ishlarini olib borish vaqtida aqalli bitta to‘siq ishorasining mavjud emasligi, shuningdek barcha xavfli hududlardagi temir yo‘llarda ish jarayoni vaqtida to‘sish ishoralari bilan to‘silmaslik holatlari;
poyezdlar harakati uchun xavfli bo‘lgan joy — peregonda va temir yo‘l stansiyasida harakat uchun har qanday to‘siq (to‘xtashni talab etadigan joy), shuningdek tezlikni kamaytirish yoki to‘xtashni talab qiladigan harakat uchun xavfli bo‘lgan joy;
(1-bandning yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
poyezdlar harakati xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan temir yo‘l xodimlarining aybi bilan poyezdning avtotransport vositasi yoki boshqa o‘ziyurar mashina bilan to‘qnashishi — umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llari xodimlarining aybi bilan (temir yo‘l kesishmalarida ishlamay qolgan ishoralar, to‘siqlar va boshqa texnik nosozliklar yoki temir yo‘l mas’ul xodimlarining noto‘g‘ri xatti-harakatlari tufayli) sodir bo‘lgan harakatdagi tarkibning avtotransport vositasi yoki boshqa o‘ziyurar mashina bilan to‘qnashuvi;
(1-bandning yigirma oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
temir yo‘l stansiyasidataqiqlovchi ishoradan o‘tib ketish holatini yuzaga keltirgan ruxsat ishorasi taqiqlovchi ishoraga almashib qolishi — temir yo‘l stansiyalarida signallashtirish qurilmalarining nosozligi, elektr ta’minotidagi uzilishlar, boshqaruv pultida xatolikka yo‘l qo‘yilishi va boshqa nosozliklar sababli svetoforlarning ruxsat beruvchi ishorasidan taqiqlangan ishoraga o‘tishi natijasida poyezdning, manyovr harakatdagi tarkib yoki lokomotivning o‘zi taqiqlovchi ishoradan o‘tib ketishi;
(1-bandning yigirma yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
harakatdagi tarkibning qurilma, mexanizmlar, jihozlar va begona predmetlar ustiga yurib kelib urilishi — harakatdagi tarkibning begona predmetlar, moslamalar, mexanizmlar, qurilmalar va uskunalarni temir yo‘l izlarida turib qolishi oqibatida ularga kelib urilishi, shuningdek mazkur qurilma va uskunalarni inshootlarga yaqinlashish gabariti yoxud harakatdagi tarkib gabaritidan tashqariga chiqishi sababli ularga kelib urilishi oqibatida rels izidan chiqishi;
strelkali o‘tkazgich kesilishi — harakatlanish yoki so‘zlashuvlar reglamentining buzilishi, tayyorlangan harakat yo‘nalishi strelkali o‘tkazgichning holatiga nomuvofiqligi yoki nosozligi sababli g‘ildirak juftligi yoki g‘ildirak o‘rkachini (greben) ramali rels va ostryag orasiga kirishi oqibatida strelkali o‘tkazgichning shikastlanishi;
tezlikni avtomatik holda tartibga soluvchi avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi (ALS-ARS) — poyezdni boshqarish kabinasiga signal ko‘rsatkichlarini uzatilishi, yo‘lning bo‘shligi va poyezd harakat tezligini uzluksiz nazorat qiluvchi, tezlik oshib ketgan taqdirda uning avtomat tarzda kamaytirilishini ta’minlovchi vositalar tizimi.
2-bob. Temir yo‘l transportida harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash
2. Temir yo‘l transportida harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalar quyidagicha tasniflanadi:
3. Harakatdagi tarkibning to‘qnashuvi, temir yo‘l stansiyalari va peregonda, ta’mirlash, ekipirovka punktlarida, korxona va tashkilotlarda poyezdlarni tuzish yoki ularni shaylash, manyovr va boshqa harakatlar jarayonida harakatdagi tarkibning temir yo‘l izidan chiqishi natijasida yong‘in, portlash sodir bo‘lishi hamda ularning yaroqsiz holga kelishi, shuningdek temir yo‘l platformalarida, temir yo‘l stansiyalarida va temir yo‘l yoqasi yaqinida joylashgan binolarda bo‘lgan insonlarni halok bo‘lishi va (yoki) og‘ir tan jarohat olishi yoxud halokat joyiga tutash hududlarni tashilayotgan o‘ta zaharli moddalar bilan zararlanishi oqibatida:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
bir va undan ortiq insonning halok bo‘lishi;
besh va undan ortiq kishining (insonning) sog‘lig‘iga jiddiy shikast yetishi;
favqulodda vaziyatlarda o‘n va undan ortiq kishining (insonning) jarohatlanishi;
harakatdagi tarkibni hisobdan chiqarish darajasida shikastlanishi;
yuz va undan ortiq insonning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi poyezdlar halokati sifatida baholanadi.
4. Harakatdagi tarkibning to‘qnashuvi, temir yo‘l stansiyalari va peregonda, ta’mirlash-shaylash punktlarida, korxona va tashkilotlarda poyezdlarni tuzish yoki ularni shaylash, manyovr va boshqa harakatlarni amalga oshirish jarayonida temir yo‘l izidan chiqishi oqibatida harakatdagi tarkibda yong‘in, portlash sodir bo‘lishi va ularning nosoz holga kelishi hamda mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan oqibatlarga ega bo‘lmagan holatlar natijasida:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
besh kishidan kam bo‘lgan insonlarning sog‘ligiga jiddiy shikast yetishi;
favqulodda vaziyatlarda o‘n kishidan kam bo‘lgan insonlar jarohatlanishi;
yuz kishidan kam bo‘lgan insonlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi;
harakatdagi tarkibning holatini tiklash uchun mukammal (kapital) ta’mirlash darajasida shikastlanishi avariya sifatida baholanadi.
5. Harakatdagi tarkibning harakatlanishi vaqtida avariya ro‘y berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan va (yoki) buning oqibatida harakatdagi tarkibning kapital ta’mirlash (tiklash) darajasida shikastlanishi hamda temir yo‘l harakati xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar ishdagi alohida hodisalar sifatida baholanadi.
Bunda, ishdagi alohida hodisalarga quyidagilar kiradi:
yuk yoki yo‘lovchi tashish poyezdlari mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz harakatdagi tarkibning to‘qnashishi hamda temir yo‘l stansiyalari va peregonda harakatdagi tarkibning temir yo‘l izidan chiqishi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
poyezdni tayyor bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish;
poyezdni tayyor bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha qabul qilish;
poyezdni taqiqlovchi ishoradan o‘tib ketishi;
poyezd yoki harakatdagi tarkib ostida strelkali o‘tkazgichni o‘tkazish;
harakatdagi tarkibning o‘z-o‘zidan yoki tashqi ta’sir kuchi ostida ruxsat etilmagan (boshqaruvsiz) harakatlanishi;
(5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
harakat davomida yukning qulashi (sochilib yoki buzilib ketishi);
g‘ildirak juftligi o‘qi, o‘q bo‘yni hamda g‘ildirak sinishi;
vagon aravachasining yon rama yoki ressor ust balkasi sinishi;
harakatdagi tarkibning o‘rta balkasi uzilishi;
texnik nosozliklar sababli, harakatlanish yo‘lidagi yo‘lovchi poyezdidan vagonning uzib qoldirilishi;
poyezdning oxirgi kranlari berk holatda jo‘natilishi;
yo‘lovchilar tashish poyezdida lokomotiv buzilishi oqibatida yordamchi lokomotivning talab qilinishi;
harakatlanish yo‘lida ish jarayoni vaqtida poyezdlar harakati uchun xavfli bo‘lgan joylar ishoralar bilan to‘silmasa yoxud xavfli joylarda poyezd harakatlanish tezligini kamaytirish yoki to‘xtash zarurligi to‘g‘risida poyezd mashinistiga ogohlantirish berilmasligi;
pol usti svetoforida taqiqlovchi ishora o‘rniga ruxsat ishorasi yanglish paydo bo‘lishi yoki sekinlashish (to‘xtash) ishorasi o‘rniga ruxsat ishorasi paydo bo‘lishi;
poyezdlar harakati xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan temir yo‘l xodimlarining aybi bilan poyezdning avtotransport vositasi yoki boshqa o‘ziyurar mashina bilan to‘qnashishi;
temir yo‘l stansiyasida taqiqlovchi ishoradan o‘tib ketish holatini yuzaga keltirgan ruxsat ishorasi taqiqlovchi ishoraga almashib qolishi;
(5-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
infratuzilma inshootlarining konstruksiyalari yaxlitligi buzilishi oqibatida peregondagi temir yo‘llarning aqalli bittasida bir soat yoki undan ortiq vaqt davomida poyezdlar harakati to‘liq to‘xtashi;
(5-bandning yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
harakatdagi tarkibning texnik nosozligi tufayli yo‘lovchi poyezdini jo‘natish temir yo‘l stansiyalaridan jo‘natilishi bekor qilinishi yoki peregon yoxud oraliq temir yo‘l stansiyalarida yo‘lovchilar poyezddan tushirilishi.
(5-bandning yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
6. Harakatdagi tarkibning harakatlanish vaqtida sodir bo‘lgan, ishdagi alohida hodisalarga olib kelmagan temir yo‘l harakati va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar ishdagi hodisalar sifatida baholanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
poyezddagi maxsus ulagich uskunalarning o‘z-o‘zidan ajralib ketishi;
strelkali o‘tkazgich kesilishi;
yuk ortish qoidalarini harakat va tashishlar xavfsizligiga tahdid solish darajasida buzilishi oqibatida oraliq bekatda poyezddan vagonning uzib qoldirilishi;
harakatdagi tarkibning maxsus ulagich uskunalarining sinib uzilishi;
harakatdagi tarkib detallarining yo‘lga tushib qolishi;
manyovrlarda, shaylashda va boshqa qisqa harakatlarda harakatdagi tarkibning mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz izdan chiqishi;
manyovrlarda, shaylashda va boshqa qisqa harakatlarda harakatdagi tarkib mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib bilan to‘qnashsa, oqibatda lokomotivlar joriy ta’mir darajasida yoki vagonlarni uzib olgan holda joriy ta’mirlash yoxud harakatdagi tarkibni kapital ta’mirlash darajasida shikastlanishi;
harakatdagi tarkibning qurilma, mexanizmlar, jihozlar va begona predmetlar ustiga yurib kelib urilishi;
peregon yo‘llarining birida yoki temir yo‘l stansiyasida harakat grafigida belgilangan vaqtdan yo‘lovchilar tashish poyezdining bir soatdan ko‘proq, boshqa poyezdlarning esa, uch soatdan ko‘proq ushlanib qolishiga sabab bo‘luvchi yo‘l, harakatdagi tarkib, signallashtirish va aloqa qurilmalarining hamda boshqa texnik vositalarning nosozliklari yuzaga kelishi;
(6-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
peregon yo‘llarining birida yoki temir yo‘l stansiyasida harakat grafigida belgilangan vaqtdan yo‘lovchilar tashish poyezdining ikki soatdan ko‘proq, boshqa poyezdlarning esa, uch soatdan ko‘proq ushlanib qolishiga sabab bo‘luvchi elektr tarmog‘i va ta’minoti qurilmalarining nosozliklari yuzaga kelishi.
(6-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
7. Temir yo‘l transportida harakat va tashishlar xavfsizligining buzilishi yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (tabiiy ofatlar, gidrometeorologik va geologik xavfli hodisalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar) yoki uchinchi tomon ta’sirida sodir bo‘lgan holatlar (ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi)ning kafolat muddati davrida harakatdagi tarkib, temir yo‘l infratuzilmasi obyektlari yoki ularning ehtiyot qismlaridagi nosozliklar, temir yo‘l transporti xodimlarining ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holatdagi temir yo‘l kesishmalarida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar, temir yo‘l izlariga begona shaxslar tomonidan buyumlar qo‘yilishi yoki qoldirilishi) boshqa hodisalar sifatida baholanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
3-bob. Metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash
8. Metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalar quyidagicha tasniflanadi:
9. Poyezdlarning boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib bilan to‘qnashuvi, bekatlar va peregondagi asosiy yo‘llarda poyezdlarning harakatdagi tarkibini temir yo‘l izidan chiqishi natijasida:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
insonlar halok bo‘lishi va (yoki) og‘ir tan jarohati olishi;
harakatdagi tarkibning inventar parkidan chiqarish darajasida shikastlanishi;
peregonda besh soat yoki undan ortiq vaqt davomida poyezdlar harakati to‘liq to‘xtashi poyezdlar halokati sifatida baholanadi.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
a) poyezdlarning boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib bilan to‘qnashuvi, bekatlar va peregondagi asosiy yo‘llarda poyezdlar yoki harakatdagi tarkibni temir yo‘l izidan chiqishi hamda mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan oqibatlarga ega bo‘lmagan holatlar;
(10-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
b) manyovr va boshqa harakatlarni amalga oshirish jarayonida harakatdagi tarkib to‘qnashuvi va temir yo‘l izidan chiqishi oqibatida insonlar halok bo‘lishi va (yoki) og‘ir tan jarohati olishi, harakatdagi tarkibning inventar ro‘yxatidan chiqarish darajasida shikastlanishi hamda peregonda besh soat yoki undan ortiq vaqt davomida poyezdlar harakati to‘liq to‘xtashi;
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
v) harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi sababli yuzaga kelgan xavfli texnogen tusdagi vaziyatlar (yong‘in, suv toshqini, inshootlar va qurilmalarning nosozligi) oqibatida peregonda besh soat yoki undan ortiq vaqt davomida poyezdlar harakati to‘liq to‘xtashi.
(10-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
11. Manyovr va boshqa harakatlarni amalga oshirish jarayonida harakatdagi tarkibning to‘qnashuvi va temir yo‘l izidan chiqishi hamda ushbu Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan oqibatlarga ega bo‘lmagan holatlar ishdagi alohida hodisalar sifatida baholanadi.
Bunda, ishdagi alohida hodisalarga quyidagilar kiradi:
poyezdni tayyor bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish;
poyezdni tayyor bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha qabul qilish;
poyezd yoki harakatdagi tarkib ostidan strelkali o‘tkazgichni o‘tkazish;
poyezdni taqiqlovchi ishoradan o‘tib ketishi;
harakatdagi tarkibni ruxsat etilmasdan ortga harakatlanishi;
poyezddagi maxsus ulagich uskunalarning o‘z-o‘zidan ajralib ketishi;
ish jarayoni vaqtida poyezdlar harakati uchun xavfli bo‘lgan joylarning ishoralar bilan to‘silmasligi;
svetofor ishorasi, avtomatlashgan lokomotiv signali ko‘rsatkichi yoki poyezd kompyuteri monitorida taqiqlovchi ishora o‘rniga ruxsat ishorasi yanglish paydo bo‘lishi;
harakatdagi tarkibning ruxsat etilmagan (o‘z-o‘zidan yoki ta’sir kuchi ostida) harakatlanishi;
harakatdagi tarkib to‘siq va berk tayanchlarga urilishi;
strelkali o‘tkazgich kesilishi;
poyezdning g‘ildirak juftligi siqilib qolishi;
harakatdagi tarkib detallarining temir yo‘l iziga tushib qolishi;
harakatdagi tarkib gabariti va uning qurilmalar va inshootlarga yaqinlashish gabaritlari buzilishi;
harakatdagi tarkib, temir yo‘l, kontakt relsi, elektr ta’minot, signallashtirish, markazlashtirish va blokirovkalash (SMB) qurilmalari, aloqa, tunnel inshootlari, elektromexanika va boshqa qurilmalarining nosozligi, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning noto‘g‘ri harakatlari sababli yuzaga kelgan xavfli texnogen tusdagi vaziyatlar (yong‘in va suv toshqini) oqibatida peregonning bir yo‘lida 30 daqiqa yoki undan ortiq vaqt davomida poyezdlar harakatining to‘xtashi;
(11-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
harakat xavfsizligini ta’minlovchi uskunalarni, shuningdek tezlikni avtomatik holda tartibga soluvchi avtomatik lokomotiv signalizatsiyasini (ALS-ARS) o‘z-o‘zidan o‘chishi;
bekatdagi platformaning qarama-qarshi tomonidan poyezdning suriladigan eshiklari ochilishi;
yo‘lovchi platformasidan tashqarida poyezdning suriladigan eshiklari ochilishi;
harakatdagi tarkibni joylashtirishda yoki texnik nosozliklar sababli uni mahkamlashning imkoniyati bo‘lmaganda tormozlash vositalari (to‘xtab turish va tormoz boshmoqlari) bilan mahkamlanmasligi;
poyezd yoki harakatdagi tarkib ostida rels sinishi.
12. Quyidagilar ishdagi hodisalar sifatida baholanadi:
tunnellar va estakadalarda harakatdagi tarkib kelib urilishi mumkin bo‘lgan uskunalar, moslamalar va boshqa ashyolarni tungi ishlardan so‘ng mahkamlamasdan qoldirish;
yo‘lovchi poyezdlariga yordamchi poyezd talab qilinishi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
svetoforning taqiqlovchi ishorasidan o‘tib ketish holatini yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan ruxsat ishorasini taqiqlovchi ishoraga almashib qolishi;
(12-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanishi paytida tezlikni avtomatik holda tartibga soluvchi avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi (ALS-ARS) signal chastotalari uzatilishining nosozlik sababli to‘xtatilishi;
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
dispetcherlik aloqa turlari va poyezd radioaloqasining bir soatdan ortiq vaqt davomida nosozligi;
metropoliten xodimlari aybi bilan poyezdlar harakat jadvali buzilishi bilan bog‘liq boshqa barcha qoidabuzarliklar oqibatida bir va undan ortiq poyezdlar harakatining bekor qilinishi.
(12-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
13. Metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligini buzilishi yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (tabiiy ofatlar, gidrometeorologik va geologik xavfli hodisalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar) yoki uchinchi tomon ta’sirida sodir bo‘lgan holatlar boshqa hodisalar sifatida baholanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
4-bob. Xizmat tekshiruvini olib borish
14. Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat xavfsizligi buzilishlari bo‘yicha barcha hodisalarni hamda harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlarining sabablari, oqibatlari va ushbu hodisalarda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash, shuningdek kelgusida harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlari kelib chiqishini oldini olish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
15. Hududida harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalar sodir bo‘lgan temir yo‘l transporti subyektlari yoki metropoliten mas’ul xodimlari mavjud aloqa vositasi (telefon, telegraf va boshqa aloqa vositalari) orqali O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlari (bundan buyon matnda Transport nazorati inspeksiyasi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (avtotransport vositalari bilan bog‘liq hodisalarda), O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini hamda harakatdagi tarkib va yuk manfaatdori yoki tegishli egalari sodir bo‘lgan hodisa haqida darhol xabardor qilishlari lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 16-maydagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3516, 04.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 10/24/3516/0397-son)
16. Mazkur Nizomning 3, 4, 9 va 10-bandlarida ko‘rsatilgan hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlar olinganda darhol O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan avariya va halokatlarni tekshirish bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda vazirlik komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Sodir bo‘lgan hodisa ko‘lamidan kelib chiqib, komissiya tarkibiga vazirlik va idoralarning vakillari, temir yo‘l transporti subyekti yoki metropoliten vakillari hamda sohaga aloqador boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin.
Temir yo‘l transportida hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi bilan bog‘liq hodisalarning xizmat tekshiruvini olib borishda vazirlik komissiyasi ishiga O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining sohaga mas’ul o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
17. Mazkur Nizomning 5, 6, 7-bandlarida ko‘rsatilgan hodisalar sodir bo‘lganda, darhol temir yo‘l transporti subyekti boshlig‘ining buyrug‘i bilan xizmat tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi. Temir yo‘l transporti subyekti komissiyasiga Transport nazorati inspeksiyasi, harakatdagi tarkib va yukning mulkdorlari, shu jumladan tashuvchi hamda vazirlik va idoralarning vakillarini taklif qilinadi.
Metropolitenda ushbu Nizomning 11, 12 va 13-bandlarida ko‘rsatilgan harakat va tashishlar xavfsizligi qoidalari buzilishi bilan bog‘liq hodisalar sodir bo‘lganda, darhol “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruv raisining buyrug‘i bilan Transport nazorati inspeksiyasini hamda vazirlik va idoralarning vakillarini taklif qilgan holda xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda metropoliten komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
18. Vazirlik komissiyasi, temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyalari o‘z vakolati doirasida xizmat tekshiruvini tashkil qilish hamda yakuniy xulosa berish yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
19. Quyidagilar vazirlik komissiyasi, temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
joyiga chiqqan holda harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlarining yuzaga kelish holatlari va sabablarini o‘rganish;
harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlarining oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
jabrlangan shaxslarga tegishli yordam ko‘rsatish, temir yo‘l transporti (metropoliten) harakatini tiklash;
harakatdagi tarkibning, temir yo‘l transporti yoki metropoliten infratuzilmasi obyektlarining amaldagi holatini temir yo‘l transporti yoki metropolitendan foydalanishni, shuningdek harakat va tashishlar xavfsizligini tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash;
harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlarini keltirib chiqargan yoki ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan temir yo‘l transporti (umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llar) yoki metropolitenda ishlayotgan xodimlarning harakatlarini (harakatsizligini) baholash;
(19-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
tekshiruv materiallarini ushbu Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirish hamda mazkur materiallar nusxalarini o‘n besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda Transport nazorati inspeksiyasiga taqdim etish. Obyektiv sabablarga ko‘ra ushbu muddat yana o‘n besh ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. Bunda obyektiv sabablarga qo‘shimcha ekspertiza yoki tadqiqotlar o‘tkazish zarurati, tergov natijalarini kutish, qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlarni olish kiradi.
(19-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
20. Temir yo‘l transporti yoki metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalar sodir bo‘lgan joyda vazirlik komissiyasi, temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyasi tomonidan:
tezlikni o‘lchash tasmasi, xotira moduli yoki harakatdagi tarkibni harakat parametrlarini qayd etish kassetasi, poyezdning natur varag‘i, poyezdni tormozlar bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, harakat tezligini cheklash to‘g‘risidagi ogohlantirishlar va lokomotiv, motor vagonli harakat tarkibining bort jurnali olinadi (saqlanib qolgan bo‘lsa);
harakatlanish yo‘lining buzilgan joyi va harakatdagi tarkibning joylashishi, kilometr va piket ustuniga bog‘lagan holda uning relsdan chiqish izlari, harakatdagi tarkibning izdan chiqishi boshlangan va to‘xtagan joyi ko‘rsatilgan sxema chiziladi;
temir yo‘l transporti yoki metropolitenga tegishli infratuzilma obyektlari hamda harakatdagi tarkibning shikastlanishi va oqibatlari, aniqlangan begona predmetlar, harakatdagi tarkibning detal va uzellari joylashishining umumiy ko‘rinishi fotosuratga tushiriladi, temir yo‘l transporti yoki metropoliten infratuzilmasi va harakatdagi tarkibga yetgan talofat oqibatlari videotasvirga tushiriladi;
temir yo‘l transporti yoki metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalar bo‘yicha harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarining texnik holati to‘g‘risida dastlabki texnik xulosa tuziladi;
harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlariga daxldor va ushbu hodisaga guvoh bo‘lgan shaxslar aniqlanadi;
harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishiga aloqador bo‘lgan xodimlarning yozma shakldagi tushuntirish xatlari jamlanadi (zarurat tug‘ilsa audio va video yozuvlardan foydalangan holda), shuningdek hodisa sabablarini aniqlashda foydalanish mumkin bo‘lgan hodisa guvohlari va boshqa shaxslardan ma’lumotlar to‘planadi;
so‘zlashuv reglamentlarini qayd etish moslamalari, videokuzatuv tizimlarining yozuvlari, buksaning qizishiga qarshi tizimning va boshqa xavfsizlik tizimlarining ishlash natijalari tegishli hujjatlar asosida tahlil qilinadi;
harakat va tashishlar xavfsizligi qoidalarining buzilishlari bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘lgan vaqtdagi ob-havo sharoitlari qayd qilinadi.
21. Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisa sabablarini tezkorlik bilan aniqlashtirish maqsadida vazirlik komissiyasi, temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyasi tarkibiga komissiya raislari tomonidan qo‘shimcha a’zolar jalb qilinishi mumkin.
22. Vazirlik komissiyasi, temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyasi o‘zlarining zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi, xizmat tekshiruvi natijalarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, xulosalarning asosliligi hamda materiallarning sifati uchun mas’ul hisoblanadi.
23. Temir yo‘l transporti subyekti hamda metropoliten xodimlari tekshiruvning butun davri davomida, harakat va tashishlar xavfsizligi qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalar sabablarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin bo‘lgan hujjatlar, temir yo‘lning yuqori qurilmasi elementlari, harakatdagi tarkib detallari va boshqa predmetlarni saqlashi shart.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar, detallar va buyumlarni tadqiqot va boshqa sinovlar uchun yuborish to‘g‘risidagi qarorlar va ularni saqlash muddatlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan komissiyalar tomonidan belgilanadi.
24. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddati o‘n besh ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
5-bob. Xizmat tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish
25. Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa joyining birlamchi ko‘rigi natijasi hamda hodisaning kelib chiqishi sabablarini aniqlash uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tafsilotlar yuzasidan vazirlik komissiyasi, temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan dastlabki texnik xulosa tuziladi.
26. Xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra poyezdlar halokati va avariyalar bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq, ishdagi alohida hodisalar va ishdagi hodisalar bo‘yicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
27. Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligining buzilishi bilan bog‘liq hodisalar bo‘yicha xizmat tekshiruvi vazirlik komissiyasi, temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyasi a’zolari tomonidan tekshiruv dalolatnomasi imzolangan kundan yakunlangan hisoblanadi.
28. Vazirlik komissiyasining raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs ushbu Nizomning 3, 4, 9 va 10-bandlari, temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyasining raisi (uning o‘rinbosari) esa ushbu Nizomning 5, 6, 7, 11, 12 va 13-bandlarida ko‘rsatilgan harakat va tashishlar xavfsizligining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalarning xizmat tekshiruvini amalga oshirishda uzoq tadqiqotlar, sinovlar, maxsus ekspertizalar o‘tkazish talab etilsa, tekshiruvni o‘tkazish va dastlabki texnik xulosani tuzish muddatini o‘n besh ish kunidan oshmagan muddatga uzaytirishi mumkin.
Xizmat tekshiruvini o‘tkazish va dastlabki texnik xulosani tuzish muddatini uzaytirishga uzoq muddatli tadqiqotlar, sinovlar va maxsus ekspertizalarni o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida vazirlik komissiyasi, temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyasi a’zolari tomonidan imzolangan dalolatnoma yoki komissiya a’zolaridan birining yozma arizasi asos bo‘ladi.
Xizmat tekshiruvi muddatlarini uzaytirish vazirlik komissiyasi raisining yozma roziligi asosida amalga oshiriladi, temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarning xizmat tekshiruvi esa temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyasi raisining roziligi asosida uzaytiriladi.
29. Xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha vazirlik komissiyasi, temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyasi tomonidan barcha materiallarni o‘z ichiga olgan ikkita asl nusxada yig‘majild shakllantiriladi.
Bunda ushbu yig‘majildning bir nusxasi temir yo‘l transporti subyektiga, ikkinchi nusxasi esa Transport nazorati inspeksiyasining tegishli hududiy bo‘linmasiga taqdim etiladi. Boshqa tashkilotlarga hujjatlar elektron tarzda taqdim etilishi mumkin.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
30. Yig‘majildda quyidagi hujjatlar bo‘lishi shart:
xizmat tekshiruvi yig‘majildiga kiritiladigan hujjatlar ro‘yxati;
temir yo‘l transportida yoki metropolitendagi avariya va halokatlarning xizmat tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining buyrug‘i;
temir yo‘l transportida ishdagi alohida hodisa, ishdagi hodisa yoki boshqa hodisalar yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi temir yo‘l transporti subyektining buyrug‘i;
metropolitenda ishdagi alohida hodisa yoki ishdagi hodisalar yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida “Toshkent metropoliteni” AJning buyrug‘i;
(30-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
vazirlik komissiyasi, temir yo‘l transporti subyekti komissiyasi va metropoliten komissiyasi tomonidan tuzilgan temir yo‘l transporti hodisalarining kelib chiqish sabablari ko‘rsatilgan dastlabki texnik xulosa (faqat poyezdlar halokati va avariyalar bo‘yicha);
(30-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi jabrlangan shaxslar haqidagi ma’lumotlar va dastlabki tashxislar (faqat poyezdlar halokati va avariyalar bo‘yicha);
(30-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
mazkur Nizomning 4 va (yoki) 5-ilovalariga muvofiq shakldagi umumiy foydalanishdagi yoki umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llarga yoxud metropolitenga tegishli harakatdagi tarkibning shikastlanganligi (nosozligi) to‘g‘risida dalolatnoma;
(30-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar yoki umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llari yoxud metropolitenning texnik qurilmalari, obyektlari hamda harakatdagi tarkibning harakat xavfsizligi buzilishida yuzaga kelgan saqlanish me’yorlaridan chekinishlar va shikastlanishlar ko‘rsatilgan sxemalar (foto, videotasvir va boshqa vositalarda tasvirga tushirilgan harakat xavfsizligi buzilishi sabablarini tasdiqlovchi materiallar mavjud bo‘lsa);
(30-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilishiga daxldor bo‘lgan harakatdagi tarkibining tezlikni o‘lchash tasmasi, xotira moduli yoki harakat parametrlarini qayd etish kassetasi tahlili natijalari (jihozlangan bo‘lsa);
(30-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
metropolitenda poyezdlar harakati parametrlarini qayd etish tizimidagi ma’lumotlarni saqlash moslamasining tahlili natijalari (jihozlangan bo‘lsa);
(30-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar yoki umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llari yoxud metropoliten obyektlarining texnik holati va ishlashi to‘g‘risida dalolatnoma;
(30-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
poyezdlarning natur varaqlari (metropoliten bundan mustasno);
(30-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
o‘tkazilgan maxsus tekshiruv va sinovlarning natijalari (agar o‘tkazilgan bo‘lsa);
hodisa ro‘y bergan uchastkadagi poyezdlar harakati jadvalining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (poyezdlar grafigi yuritilmaydigan holatlar bundan mustasno);
(30-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
harakat xavfsizligi buzilishi sodir bo‘lgunga qadar umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar yoki umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llari yoxud metropoliten obyektlaridan hamda harakatdagi tarkibdan foydalanish bo‘yicha hisobot va hisobga olish shakllaridan ko‘chirmalar (faqat poyezdlar halokati va avariyalar bo‘yicha);
(30-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
meteorologik ma’lumotnomalar;
mahalliy yo‘riqnomalardan ko‘chirmalar yoki nusxalar;
yukning shikastlanganligi yoki yo‘qolganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (metropoliten bundan mustasno);
(30-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
yuklarning yo‘qolishi, texnik jihozlarga, temir yo‘l harakatdagi tarkibiga, infratuzilmasiga, signallashtirish qurilmalariga va elektr ta’minotiga, aloqa vositalariga yetkazilgan putur, shuningdek, avariya oqibatlarini bartaraf etish xarajatlarini o‘z ichiga olgan moddiy zararlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
temir yo‘l transportida harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi tufayli temir yo‘l subyektiga yetkazilgan umumiy moddiy zararlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi tufayli “Toshkent metropoliteni” AJga yetkazilgan umumiy moddiy zararlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
(30-bandning yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishiga daxldor bo‘lgan hamda harakat va tashishlar xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan temir yo‘l yoki metropoliten xodimlari haqidagi tegishli ma’lumotlar, ularning tushuntirishlari, mehnat va dam olish rejimi, texnik foydalanish qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va lavozim yo‘riqnomalarini bilish darajasi yuzasidan o‘tkazilgan oxirgi sinov ma’lumotlari, tibbiy ko‘rik xulosasi.
31. Yig‘majildning asl nusxalari Transport nazorati inspeksiyasi va “Toshkent metropoliteni” AJ yoki temir yo‘l transporti subyektiga beriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
Mazkur yig‘majildning asl nusxalari Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan avariya va halokatlarda doimiy, ishdagi alohida hodisalar, ishdagi hodisalar va boshqa hodisalarda o‘n besh yil davomida saqlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 16-maydagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3516, 04.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 10/24/3516/0397-son)
32. Tekshiruv materiallari, ekspertiza va tekshiruv materiallari asosida temir yo‘l transporti subyekti yoki “Toshkent metropoliteni” AJ tomonidan harakat xavfsizligining buzilishi bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan hodisalarning qayta takrorlanmasligini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Chora-tadbirlar rejasi hisoboti o‘ttiz ish kunidan oshmagan muddatda tegishliligi bo‘yicha Transport nazorati inspeksiyasiga taqdim etiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
6-bob. Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlarini hisobga olish
33. Poyezdlar halokati yoki avariyalarning har bir hodisasi bo‘yicha temir yo‘l transporti subyekti yoki “Toshkent metropoliteni” AJ tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda poyezdlar halokati yoki avariyalarni hisobga olish kartochkasi bir nusxada to‘ldiriladi va saqlanadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
Ushbu kartochka ma’lumotlari temir yo‘l transporti subyekti yoki “Toshkent metropoliteni” AJning poyezdlar harakati va tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan Transport nazorati inspeksiyasiga o‘n besh ish kuni ichida taqdim etiladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
Obyektiv sabablarga ko‘ra ushbu muddat yana o‘n besh ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. Bunda obyektiv sabablarga qo‘shimcha ekspertiza yoki tadqiqotlar o‘tkazish zarurati, tergov natijalarini kutish, qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlarni olish kiradi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
34. Har bir ishdagi alohida hodisa, ishdagi hodisa va boshqa hodisalar bo‘yicha zarur ma’lumotlar temir yo‘l transporti subyekti yoki “Toshkent metropoliteni” AJ hamda Transport nazorati inspeksiyasi mas’ul xodimlari tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlarini hisobga olish elektron yoki qog‘oz shakldagi jurnalga kiritiladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
35. Temir yo‘l transportida yoki metropolitenda sodir bo‘lgan poyezdlar halokati va avariyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomning 9-ilovasiga, ishdagi alohida hodisalar, ishdagi hodisalar hamda boshqa hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa 10-ilovasiga muvofiq temir yo‘l transporti subyekti yoki “Toshkent metropoliteni” AJ tomonidan rasmiylashtirilib, Transport nazorati inspeksiyasiga taqdim etiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
7-bob. Yakuniy qoida
36. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Poyezdlar halokati yoki avariyalar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi to‘g‘risida
DALOLATNOMA
20___ yil “__” ________
_____________________________
(dalolatnoma tuzish joyi)
Komissiya tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida quyidagilar aniqlandi:
I. Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi jihatlari ___________________________________________________________
1. Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi natijasida shikastlangan poyezd to‘g‘risida ma’lumot:
Poyezd turi
Poyezd raqami
Lokomotiv (elektropoyezd) rusumi va raqami
Poyezdning umumiy og‘irligi
Poyezd tarkibi
umumiy vagonlar soni
shundan:
umumiy o‘qlar soni
shundan:
yuklangan
yuksiz
yuk vagoni
yo‘lovchi vagoni
refrijerator vagon
lokomotiv o‘qlari
vagon o‘qlari
2 o‘qli
4 o‘qli
6 o‘qli
8 o‘qli
.
.
.
2. Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishining oqibatlari
Insonlarga yetkazilgan zarar darajasi
Halok bo‘lganlar soni
Tan jarohatlari olganlar soni
shundan:
og‘ir tan jarohati olganlar soni
o‘rtacha og‘ir tan jarohati olganlar soni
yengil tan jarohati olganlar soni
.
.
Harakatdagi tarkib
Izdan chiqqan harakatdagi tarkib soni
Izdan chiqqan harakatdagi tarkibning talab etiladigan ta’mirlash darajasi
Zavod
Depo
Joriy
Lokomotiv (elektropoyezd)
Yuk tashish vagonlari
2 o‘qli
4 o‘qli
6 o‘qli
8 o‘qli
Yo‘lovchi vagonlari
Refrijerator vagonlar
Yo‘lning shikastlanishi
Harakat xavfsizligi buzilishi oqibatida ko‘rilgan taxminiy zarar miqdori
(so‘m)
Harakatning tiklanish vaqti
(soat, daqiqa)
Yo‘l
(metr)
Yo‘naltirgich
(dona)
Kontakt tarmog‘i
(metr)
Yiqitilgan tayanchlar
(dona)
bir yo‘lda
to‘liq
.
.
.
3. Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi tavsifi (to‘ldirilsin, keraksizi o‘chirilsin):
asosiy yo‘llar soni ____ ta, ko‘tarilish (pastlashish) ____ minglik (%0); ____ metr uzunlikdagi maydoncha; ____ metr radiusdagi egri yo‘l, ____ metr uzunlikdagi to‘g‘ri yo‘l, ____ metr chuqurlikdagi o‘yiq, balandlikdagi ko‘tarma, signallashtirish, aloqa vositalari ________________________________________________.
5. Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishida harakatdagi tarkib joylashishi (sxema va fotosurat ilova qilinadi).
6. Yo‘lning yuqori ko‘tarmasida _____________________________ turdagi rels, __________________________turdagi biriktirgichlar; ________________________turdagi ballast, ______________ ta yog‘och, _________ ta temir beton shpallar bir kilometr masofada joylashgan.
(1-ilovaning 11-bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
30. Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishini tiklash vositalari
Tiklash vositalarini chaqirish vaqti
Talab etilgan tiklash vositalari turi
Tiklash vositalarining manzili (chaqirilgan vaqtda)
Tiklash vositasining tayyor bo‘lgan vaqti
Tiklash vositasining jo‘nash vaqti
Tiklash vositasining bosib kelgan masofasi (km)
Tiklash vositasining harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi joyiga yetib kelish vaqti
soat
daqiqa
soat
daqiqa
soat
daqiqa
soat
daqiqa
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
.
.
.
Izoh: 3-ustundagi tiklash vositalari quyidagi qisqartmalar bilan ko‘rsatiladi: lokomotiv, dala-avariya komandasi (DAK), tiklash poyezdi (TP), yong‘in poyezdi (YOP), katta quvvatli kran (T).
34. Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishiga daxldor bo‘lgan temir yo‘l transporti (metropoliten) xodimlarining ish va dam olish vaqti:
T/r
F.I.O.
Lavozimi
Ish me’yori (soat)
Ishda bo‘lish vaqti (soat)
Ishdan oldin dam olish (soat)
.
.
.
Izoh: temir yo‘l transportida (metropoliten) harakat va tashishlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ijrosi buzilishiga yo‘l qo‘ygan temir yo‘l transporti (metropoliten) xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur dalolatnomaga ilova tarzida kiritiladi. Familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimga qabul qilingan vaqti, temir yo‘l transportidagi (metropoliten) ish staji, yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni bilishi yuzasidan sinov (qachon) o‘tkazilganligi ko‘rsatilishi, xizmati yuzasidan intizomiy jazo choralari va rag‘batlantirishlar (tavsifnoma) ilova qilinishi lozim.
III. Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi va tashishlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ-texnik hujjatlarga rioya qilinmaganlik sabablari
35. Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi va normativ-texnik hujjatlarga rioya qilinmaganlik sabablarining qisqacha tavsifi _______________________________________________
36. Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi joyida komissiya tomonidan harakat va tashishlar xavfsizligining buzilishini aniqlashda ahamiyatli bo‘lgan predmetlar va hujjatlar:
Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ishdagi alohida hodisalar, ishdagi hodisalar va (yoki) boshqa hodisalar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalari yuzasidan
Ushbu dalolatnoma 20 ___ yil “___” _____________ kuni ______________________________ da
(temir yo‘l stansiyasi, peregon)
__________________________________________________________________________________ (komissiya a’zolarining F.I.O.) _______________________________________________________________ lar tomonidan tuzildi. 20___ yil “___” ___________ kuni, soat _____ da _______________________________________ __________________________________________________________________________________ (temir yo‘l stansiyasi, peregon, km) __________________________________________________________________________________ (hodisa turi va jihatlarining qisqacha tavsifi) Kunning vaqti va ob-havo sharoitlari: ___________________________________________________ __________________________________________________________________________________ (kunning vaqti,ob-havo holati (havo harorati, ochiq, tuman, qor, bo‘ron, yomg‘ir, yaxvonlik, shamol), ko‘rinish darajasi) Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi keltirib chiqargan oqibatlar: ____________________ ________________________________________________________________________________ (harakatdagi tarkib, temir yo‘lning shikastlanishi, harakatning to‘xtalishi va manyovr ishining buzilishi) Izoh: dalolatnomaga harakatdagi tarkib va temir yo‘lning shikastlanish darajasi haqidagi tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Temir yo‘lda (metropoliten) tashishlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ-texnik hujjatlar buzilishiga yo‘l qo‘ygan temir yo‘l xodimlari to‘g‘risida ma’lumotlar: __________________________________________________________________________________(transportda va egallab turgan lavozimidagi ish staji, ishda bo‘lish va dam olish vaqti, muqaddam intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganligi) Harakat xavfsizligi buzilishi sabablari to‘g‘risida xulosa: __________________________________________________________________________________ (yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning buzilgan bandlari)
Komissiya a’zolari:
___________________(lavozimi, F.I.O.)
___________________(imzo)
___________________(lavozimi, F.I.O.)
___________________(imzo)
___________________(lavozimi, F.I.O.)
___________________(imzo)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Jabrlangan shaxslar haqidagi ma’lumotlar va dastlabki
TASHXISLAR
T/r
Jabrlangan shaxsning F.I.O.
Yashash manzili
Ish joyi va lavozimi
Dastlabki tashxisi
1
2
3
4
Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Vagon (lar) shikastlanganligi to‘g‘risida
DALOLATNOMA
20__ yil “___” __________
____________________________ (dalolatnoma tuzish joyi)
Ushbu dalolatnoma 20 ___ yil “___” _________ kuni, soat ______
__________________________ da ro‘yxatga olingan, ______ yilda (ro‘yxatga olingan joy) ishlab chiqarilgan, oxirgi marotaba ______________________________________________________
(joriy, depo, zavod)
rejaviy ta’mirdan ______________ da _____ yil “___” ________ da
(temir yo‘llaridan (metropolitendan) texnik foydalanish, manyovr ishlari, yuk ortish va mahkamlash qoidalari va boshqalar)
buzilishi oqibatida _________________________________________
_________________________________________________________________________________ aybi bilan (temir yo‘l transporti subyekti yoki metropoliten) ___________________________________________________________________________________
___________________________da (yo‘l, poyezd, shoxobcha yo‘li va boshqa)
Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Lokomotivning (elektropoyezd) shikastlanganligi (nosozligi) to‘g‘risida
DALOLATNOMA
20__ yil “___” __________
_______________________
(dalolatnoma tuzish joyi)
Ushbu dalolatnoma ____________ rusumli, __________ raqamli, _______________ seksiya raqamli lokomotiv (elektropoyezd) bo‘yicha 20___ yil “___” ___________ kuni soat _______ da harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuzildi.
Lokomotiv (elektropoyezd) _______________________________________________________________ deposida ro‘yxatga olingan.
(uskunani almashtirish, payvandlash yo‘li bilan ta’mirlash, yangi o‘rnatilgan uskunaning o‘lchamlari, tirqishlarning o‘lchamlari)
Komissiya a’zolari:
___________________________________
(lavozimi, F.I.O.)
_________________
(imzo)
___________________________________
(lavozimi, F.I.O.)
_________________
(imzo)
___________________________________
(lavozimi, F.I.O.)
_________________
(imzo)
Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar yoki umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llari yoxud metropoliten obyektlarining texnik holati va ishlashi to‘g‘risida
DALOLATNOMA
(6-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
20__ yil “___” __________
___________________________
(dalolatnoma tuzish joyi)
Ushbu dalolatnoma harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishiga daxldor bo‘lgan umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar (idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llari, metropoliten) obyektlarining texnik holati va ishlashi haqida tuzildi va quyidagilar aniqlandi:
Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
POYEZDLAR HALOKATI VA AVARIYALARNI HISOBGA OLISH KARTOCHKASI
T/r
Sana va vaqt
Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi turi
Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi sodir bo‘lgan joy (temir yo‘l stansiyasi, peregon, km)
Poyezd raqami, lokomotiv (elektropoyezd) rusumi, raqami, poyezd og‘irligi va o‘qlar soni
Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi sabablari va jihatlari
Temir yo‘lga egalik qiluvchining tarkibiy bo‘linmasi
1
2
3
4
5
6
.
.
Temir yo‘l xo‘jaligi birligining nomi
Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi joyiga chiqqan shaxslar (lavozimi va F.I.O.)
Xizmat tekshiruvi dalolatnomasi tuzilgan sana
Aybdor shaxslar
Yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning buzilgan bandlari
Qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasi
Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlari jihatlarini ko‘rib chiqish sanasi
Xizmat tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha buyruq raqami va sanasi
Xizmat tekshiruvining tugatilish sanasi
lavozimi
F.I.O.
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
.
.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ILOVA
HARAKAT VA TASHISHLAR XAVFSIZLIGI BUZILISHLARI HOLATLARINI HISOBGA OLISH JURNALI
T/r
Sana va vaqt
Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi turi
Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi sodir bo‘lgan joy
(temir yo‘l stansiyasi, peregon, km)
Poyezd raqami, lokomotiv (elektropoyezd) rusumi, raqami, poyezd og‘irligi va o‘qlar soni
Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi sabablari va jihatlari
Temir yo‘lga egalik qiluvchining tarkibiy bo‘linmasi
1
2
3
4
5
6
.
.
Temir yo‘l xo‘jaligi birligining nomi
Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi joyiga chiqqan shaxslar
(lavozimi va F.I.O.)
Xizmat tekshiruvi dalolatnomasi tuzilgan sana
Aybdor shaxslar
Yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning buzilgan bandlari
Qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasi
Harakat xavfsizligi buzilishlari jihatlarini ko‘rib chiqish sanasi
Xizmat tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha buyruq raqami va sanasi
Xizmat tekshiruvining tugatilish sanasi
lavozimi
F.I.O.
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 22-maydagi 10-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-1, 17.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/3376-1/0524-son)
Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 9-ILOVA
Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishi turlari
Yanvar
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentabr
Oktabr
Noyabr
Dekabr
20__ yilning o‘tgan ___ oyi davomida jami
Poyezdlar halokati
Temir yo‘l transportida
Harakatdagi tarkibning to‘qnashuvi, temir yo‘l stansiyalari va peregonda, ta’mirlash, ekipirovka punktlarida, korxona va tashkilotlarda poyezdlarni tuzish yoki ularni shaylash, manyovr va boshqa harakatlar jarayonida harakatdagi tarkibning temir yo‘l izidan chiqishi natijasida yong‘in, portlash sodir bo‘lishi hamda ularning yaroqsiz holga kelishi, shuningdek temir yo‘l platformalarida, temir yo‘l stansiyalarida va temir yo‘l yoqasi yaqinida joylashgan binolarda bo‘lgan insonlarni halok bo‘lishi va (yoki) og‘ir tan jarohat olishi yoxud halokat joyiga tutash hududlarni tashilayotgan o‘ta zaharli moddalar bilan zararlanishi oqibatida:
bir va undan ortiq insonning halok bo‘lishi;
besh va undan ortiq kishining (insonning) sog‘lig‘iga jiddiy shikast yetishi;
favqulodda vaziyatlarda o‘n va undan ortiq kishining (insonning) jarohatlanishi;
harakatdagi tarkibni hisobdan chiqarish darajasida shikastlanishi;
yuz va undan ortiq insonning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi.
Metropolitenda
Poyezdlarning boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib bilan to‘qnashuvi, bekatlar va peregondagi asosiy yo‘llarda poyezdlarning harakatdagi tarkibini temir yo‘l izidan chiqishi natijasida:
insonlar halok bo‘lishi va (yoki) og‘ir tan jarohati olishi;
harakatdagi tarkibning inventar parkidan chiqarish darajasida shikastlanishi;
peregondagi besh soat yoki undan ortiq vaqt davomida poyezdlar harakati to‘liq to‘xtashi.
Avariyalar
Temir yo‘l transportida
Harakatdagi tarkibning to‘qnashuvi, temir yo‘l stansiyalari va peregonda, ta’mirlash-shaylash punktlarida, korxona va tashkilotlarda poyezdlarni tuzish yoki ularni shaylash, manyovr va boshqa harakatlarni amalga oshirish jarayonida temir yo‘l izidan chiqishi oqibatida harakatdagi tarkibda yong‘in, portlash sodir bo‘lishi va ularning nosoz holga kelishi hamda mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan oqibatlarga ega bo‘lmagan holatlar natijasida:
besh kishidan kam bo‘lgan insonlarning sog‘ligiga jiddiy shikast yetishi;
favqulodda vaziyatlarda o‘n kishidan kam bo‘lgan insonlar jarohatlanishi;
yuz kishidan kam bo‘lgan insonlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi;
harakatdagi tarkibning holatini tiklash uchun mukammal (kapital) ta’mirlash darajasida shikastlanishi.
Metropolitenda
Poyezdlarning boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib bilan to‘qnashuvi, bekatlar va peregondagi asosiy yo‘llarda poyezdlar yoki harakatdagi tarkibni temir yo‘l izidan chiqishi hamda mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan oqibatlarga ega bo‘lmagan holatlar;
Manyovr va boshqa harakatlarni amalga oshirish jarayonida harakatdagi tarkib to‘qnashuvi va temir yo‘l izidan chiqishi oqibatida insonlar halok bo‘lishi va (yoki) og‘ir tan jarohati olishi, harakatdagi tarkibning inventar ro‘yxatidan chiqarish darajasida shikastlanishi hamda peregonda besh soat yoki undan ortiq vaqt davomida poyezdlar harakati to‘liq to‘xtashi;
Harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi sababli yuzaga kelgan xavfli texnogen tusdagi vaziyatlar (yong‘in, suv toshqini, inshootlar va qurilmalarning nosozligi) oqibatida peregonda besh soat yoki undan ortiq vaqt davomida poyezdlar harakati to‘liq to‘xtashi.
Harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlarining umumiy soni
Shundan
poyezdlar halokati
avariyalar
Izoh: mazkur ma’lumotlar har oyning 10-sanasigacha taqdim etiladi.
Temir yo‘lga egalik qiluvchining rahbari
________________
______________________________
(imzo)
(F.I.O)
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)
Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 10-ILOVA
20__ yilning _______ oyi va o‘tgan _____ oy davomida __________________ yillarda yo‘l qo‘yilgan harakat xavfsizligi buzilishlari bo‘yicha
MA’LUMOTNOMA
(temir yo‘lga egalik qiluvchining nomi)
Harakat xavfsizligi buzilishi turlari
Yanvar
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentabr
Oktabr
Noyabr
Dekabr
20__ yilning o‘tgan ___ oyi davomida jami
Ishdagi alohida hodisalar
Temir yo‘l transportida
Yuk yoki yo‘lovchi tashish poyezdlari mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz harakatdagi tarkibning to‘qnashishi hamda temir yo‘l stansiyalari va peregonda harakatdagi tarkibning temir yo‘l izidan chiqishi
Poyezdni band yo‘lga qabul qilish
Poyezdni band bo‘lgan peregonga jo‘natish
Poyezdni tayyor bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish
poyezdni tayyor bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha qabul qilish
Poyezdni taqiqlovchi ishoradan o‘tib ketishi
Poyezd yoki harakatdagi tarkib ostida strelkali o‘tkazgichni o‘tkazish
Harakatdagi tarkibning o‘z-o‘zidan yoki tashqi ta’sir kuchi ostida ruxsat etilmagan (boshqaruvsiz) harakatlanishi
Harakat davomida yukning qulashi (sochilib yoki buzilib ketishi)
G‘ildirak juftligi o‘qi, o‘q bo‘yni hamda g‘ildirak sinishi
Vagon aravachasining yon rama yoki ressor ust balkasi sinishi
Harakatdagi tarkibning o‘rta balkasi uzilishi
Texnik nosozliklar sababli, harakatlanish yo‘lidagi yo‘lovchi poyezdidan vagonning uzib qoldirilishi
Poyezdning oxirgi kranlari berk holatda jo‘natilishi
Yo‘lovchilar tashish poyezdida lokomotiv buzilishi oqibatida yordamchi lokomotivning talab qilinishi
Harakatlanish yo‘lida ish jarayoni vaqtida poyezdlar harakati uchun xavfli bo‘lgan joylar ishoralar bilan to‘silmasa yoxud xavfli joylarda poyezd harakatlanish tezligini kamaytirish yoki to‘xtash zarurligi to‘g‘risida poyezd mashinistiga ogohlantirish berilmasligi
Pol usti svetoforida taqiqlovchi ishora o‘rniga ruxsat ishorasi yanglish paydo bo‘lishi yoki sekinlashish (to‘xtash) ishorasi o‘rniga ruxsat ishorasi paydo bo‘lishi
Poyezdlar harakati xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan temir yo‘l xodimlarining aybi bilan poyezdning avtotransport vositasi yoki boshqa o‘ziyurar mashina bilan to‘qnashishi
Temir yo‘l stansiyasida taqiqlovchi ishoradan o‘tib ketish holatini yuzaga keltirgan ruxsat ishorasi taqiqlovchi ishoraga almashib qolishi
Harakatdagi tarkib ostida rels sinishi
Infratuzilma inshootlarining konstruksiyalari yaxlitligi buzilishi oqibatida peregondagi temir yo‘llarning aqalli bittasida bir soat yoki undan ortiq vaqt davomida poyezdlar harakati to‘liq to‘xtashi
Harakatdagi tarkibning texnik nosozligi tufayli yo‘lovchi poyezdini jo‘natish temir yo‘l stansiyalaridan jo‘natilishi bekor qilinishi yoki peregon yoxud oraliq temir yo‘l stansiyalarida yo‘lovchilar poyezddan tushirilishi
Metropolitenda
Poyezdni tayyor bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish
Poyezdni tayyor bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha qabul qilish
Poyezd yoki harakatdagi tarkib ostidan strelkali o‘tkazgichni o‘tkazish
Poyezdni taqiqlovchi ishoradan o‘tib ketishi
Yo‘lovchi poyezdlariga yordamchi poyezd talab qilinishi
Svetoforning taqiqlovchi ishorasidan o‘tib ketish holatini yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan ruxsat ishorasini taqiqlovchi ishoraga almashib qolishi
Ish jarayoni vaqtida poyezdlar harakati uchun xavfli bo‘lgan joylarning ishoralar bilan to‘silmasligi
Svetofor ishorasi, avtomatlashgan lokomotiv signali ko‘rsatkichi yoki poyezd kompyuteri monitorida taqiqlovchi ishora o‘rniga ruxsat ishorasi yanglish paydo bo‘lishi
Harakatdagi tarkibning ruxsat etilmagan (o‘z-o‘zidan yoki ta’sir kuchi ostida) harakatlanishi
Harakatdagi tarkib to‘siq va berk tayanchlarga urilishi
Strelkali o‘tkazgich kesilishi
Poyezdning g‘ildirak juftligi siqilib qolishi
Harakatdagi tarkib detallarining temir yo‘l iziga tushib qolishi
Harakatdagi tarkib gabariti va uning qurilmalar va inshootlarga yaqinlashish gabaritlari buzilishi
Harakatdagi tarkib, temir yo‘l, kontakt relsi, elektr ta’minot, signallashtirish, markazlashtirish va blokirovkalash (SMB) qurilmalari, aloqa, tunnel inshootlari, elektromexanika va boshqa qurilmalarining nosozligi, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning noto‘g‘ri harakatlari sababli yuzaga kelgan xavfli texnogen tusdagi vaziyatlar (yong‘in va suv toshqini) oqibatida peregonning bir yo‘lida 30 daqiqa yoki undan ortiq vaqt davomida poyezdlar harakatining to‘xtashi
Harakat xavfsizligini ta’minlovchi uskunalarni, shuningdek tezlikni avtomatik holda tartibga soluvchi avtomatik lokomotiv signalizatsiyasini (ALS-ARS) o‘z-o‘zidan o‘chishi
Bekatdagi platformaning qarama-qarshi tomonidan poyezdning suriladigan eshiklari ochilishi
Yo‘lovchi platformasidan tashqarida poyezdning suriladigan eshiklari ochilishi
Harakatdagi tarkibni joylashtirishda yoki texnik nosozliklar sababli uni mahkamlashning imkoniyati bo‘lmaganda tormozlash vositalari (to‘xtab turish va tormoz boshmoqlari) bilan mahkamlanmasligi
Poyezd yoki harakatdagi tarkib ostida rels sinishi
Ishdagi hodisalar
Temir yo‘l transportida
Poyezddagi maxsus ulagich uskunalarning o‘z-o‘zidan ajralib ketishi
Strelkali o‘tkazgich kesilishi
Yuk ortish qoidalarini harakat va tashishlar xavfsizligiga tahdid solish darajasida buzilishi oqibatida oraliq temir yo‘l stansiyasida poyezddan vagonning uzib qoldirilishi
Harakatdagi tarkibning maxsus ulagich uskunalarining sinib uzilishi
Harakatdagi tarkib detallarining yo‘lga tushib qolishi
Manyovrlarda, shaylashda va boshqa qisqa harakatlarda harakatdagi tarkibning mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz izdan chiqishi
Manyovrlarda, shaylashda va boshqa qisqa harakatlarda harakatdagi tarkib mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib bilan to‘qnashsa, oqibatda lokomotivlar joriy ta’mir darajasida yoki vagonlarni uzib olgan holda joriy ta’mirlash yoxud harakatdagi tarkibni kapital ta’mirlash darajasida shikastlanishi
Harakatdagi tarkibning qurilma, mexanizmlar, jihozlar va begona predmetlar ustiga yurib kelib urilishi
Peregon yo‘llarining birida yoki temir yo‘l stansiyasida harakat grafigida belgilangan vaqtdan yo‘lovchilar tashish poyezdining bir soatdan ko‘proq, boshqa poyezdlarning esa, uch soatdan ko‘proq ushlanib qolishiga sabab bo‘luvchi yo‘l, harakatdagi tarkib, signallashtirish va aloqa qurilmalarining hamda boshqa texnik vositalarning nosozliklari yuzaga kelishi
Peregon yo‘llarining birida yoki temir yo‘l stansiyasida harakat grafigida belgilangan vaqtdan yo‘lovchilar tashish poyezdining ikki soatdan ko‘proq, boshqa poyezdlarning esa, uch soatdan ko‘proq ushlanib qolishiga sabab bo‘luvchi elektr tarmog‘i va ta’minoti qurilmalarining nosozliklari yuzaga kelishi
Metropolitenda
Tunnellar va estakadalarda harakatdagi tarkib kelib urilishi mumkin bo‘lgan uskunalar, moslamalar va boshqa ashyolarni tungi ishlardan so‘ng mahkamlamasdan qoldirish
Harakatdagi tarkibning nosozligi sababli bekatda yo‘lovchilarni vagonlardan tushirishni amalga oshirilishi
Xo‘jalik poyezdiga yordamchi poyezd tayinlanishi va unga ulanishi
Nosozlik (noto‘g‘ri harakat) sababli svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi to‘satdan taqiqlovchi ishorasiga o‘tib qolishi
Yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanishi paytida tezlikni avtomatik holda tartibga soluvchi avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi (ALS-ARS) signal chastotalari uzatilishining nosozlik sababli to‘xtatilishi
Dispetcherlik aloqa turlari va poyezd radioaloqasining bir soatdan ortiq vaqt davomida nosozligi
Metropoliten xodimlari aybi bilan poyezdlar harakat jadvali buzilishi bilan bog‘liq boshqa barcha qoidabuzarliklar oqibatida bir va undan ortiq poyezdlar harakatining bekor qilinishi
Harakat xavfsizligi buzilishlarining umumiy soni
Shundan
ishdagi alohida hodisalar
ishdagi hodisalar
Izoh: mazkur ma’lumotlar har oyning 10-sanasigacha taqdim etiladi.
Temir yo‘lga egalik qiluvchining rahbari
____________________
____________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3376-2, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/3376-2/0743-son)