Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 30-iyulda 2703-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-sonli “Temir yoʻl transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3376, 27.07.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-martdagi 101-son “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq R. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-iyul,
112-son
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 3-iyuldagi 112-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-martdagi 101-son “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibini belgilaydi.
1-bob. Harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash
1. Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlari quyidagicha tasniflanadi:
poyezdlar halokati;
avariyalar;
ishdagi alohida nuqson holatlar;
ishdagi nuqson holatlar.
2. Yuk yoki yoʻlovchilar tashish poyezdlari bilan boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib toʻqnashsa, bekat oraligʻi va bekatlarda yuk yoki yoʻlovchilar tashish poyezdlari izdan chiqsa hamda oqibatda insonlar halok boʻlsa, ogʻir tan jarohati olsa yoki lokomotiv yoxud vagonlar ularni hisobdan chiqarish darajasida shikastlangan boʻlsa, bular poyezdlar halokati sifatida tasniflanadi.
3. Quyidagi holatlar avariyalar sifatida tasniflanadi:
yoʻlovchilar tashish poyezdlari mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib bilan toʻqnashsa, bekat oraligʻi va bekatlarda yoʻlovchi tashish poyezdlari izdan chiqsa hamda oqibatda lokomotivlar kapital taʼmirlash talab etiladigan darajada va (yoki) vagonlar depo yoki undan murakkabroq taʼmirlash talab etiladigan darajada shikastlangan boʻlsa;
yuk tashish poyezdlari mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yoʻlning harakatdagi tarkibi bilan toʻqnashsa, bekat oraligʻi va bekatlarda yuk tashish poyezdi izdan chiqsa hamda oqibatda lokomotivlar yoki vagonlar kapital taʼmirlash talab etiladigan darajada shikastlangan boʻlsa;
temir yoʻlning harakatdagi tarkibi manyovrlar, ekipirovkalash va boshqa qisqa harakatlar vaqtida boshqa poyezdlar yoki temir yoʻlning harakatdagi tarkibi bilan toʻqnashsa va izdan chiqsa hamda oqibatda insonlar halok boʻlsa, ogʻir tan jarohatlari olsa yoki lokomotiv yoxud vagonlar hisobdan chiqarish darajasida shikastlangan boʻlsa.
4. Quyidagilar ishdagi alohida nuqson holatlar sifatida tasniflanadi:
yuk yoki yoʻlovchi tashish poyezdlari mazkur Nizomning 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yoʻlning harakatdagi tarkibi bilan toʻqnashsa, bekat oraligʻi va bekatlarda yuk yoki yoʻlovchi tashish poyezdlari izdan chiqsa;
poyezd band yoʻlga qabul qilinsa;
poyezd band bekat oraligʻiga joʻnatilsa;
poyezd tayyor boʻlmagan marshrut boʻyicha joʻnatilsa yoki qabul qilinsa;
poyezd taqiqlovchi ishoradan oʻtib ketsa;
poyezd yoki harakatdagi tarkib ostida yoʻl yoʻnaltirgichni oʻtkazish;
temir yoʻlning harakatdagi tarkibi poyezdni qabul qilish, joʻnatish marshrutiga yoki bekat oraligʻiga ketib qolsa;
ketish yoʻlida yuk qulasa (sochilib ketsa);
gʻildirak oʻqi, gʻildirak oʻq boʻyni yoki gʻildirak sinsa;
vagon aravachasining yon qismi yoki ressor ust balkasi sinsa;
temir yoʻlning harakatdagi tarkibining oʻrta balkasi uzilsa;
texnik nosozliklar sababli, harakatlanish yoʻlidagi yoʻlovchilar tashish poyezdidan vagon uzib qoldirilsa;
poyezdning chekka kranlari berk holatda joʻnatilsa;
yoʻlovchilar tashish poyezdida lokomotiv buzilishi oqibatida yordamchi lokomotiv talab qilinsa;
harakatlanish yoʻlida ishlar bajarilishi vaqtida poyezdlar harakati uchun xavfli boʻlgan joylar ishoralar bilan toʻsilmasa;
pol usti svetoforida taqiqlovchi ishora oʻrniga ruxsat ishorasi yanglish paydo boʻlsa yoki sekinlashish (toʻxtash) ishorasi oʻrniga ruxsat ishorasi paydo boʻlsa;
poyezdlar harakati xavfsizligiga masʼul boʻlgan temir yoʻl xodimlarining aybi bilan poyezd avtotransport vositasi yoki boshqa oʻzi yurar mashina bilan toʻqnashsa;
bekatda taqiqlovchi ishoradan oʻtib ketish holatini yuzaga keltirgan ruxsat ishorasi taqiqlovchi ishoraga almashib qolsa;
harakatlanayotgan poyezd ostida rels sinsa.
5. Quyidagilar ishdagi nuqson holatlar sifatida tasniflanadi:
buksa qizib ketsa yoki boshqa texnik nosozliklar sababli vagon harakatlanish yoʻlidagi yuk tashish poyezdidan uzib qoldirilsa;
poyezddagi avtoulagichlar oʻz oʻzidan ajralib ketsa;
yoʻnaltirgich kesilsa;
yuk ortish qoidalarining harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi darajada buzilishi oqibatida oraliq bekatda poyezddan vagon uzib qoldirilsa;
temir yoʻlning harakatdagi tarkibining avtoulagichi sinib uzilsa;
temir yoʻlning harakatdagi tarkibi detallari yoʻlga tushib qolsa;
manyovrlarda, ekipirovkalashda va boshqa qisqa harakatlarda temir yoʻlning harakatdagi tarkibi mazkur Nizomning 3-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan oqibatlarsiz izdan chiqsa;
manyovrlarda, ekipirovkalashda va boshqa qisqa harakatlarda temir yoʻlning harakatdagi tarkibi mazkur Nizomning 3-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yoʻlning harakatdagi tarkibi bilan toʻqnashsa, oqibatda lokomotivlar joriy taʼmir darajasida yoki vagonlarni uzib olgan holda joriy taʼmirlash yoxud temir yoʻlning harakatdagi tarkibi yanada murakkabroq taʼmirlash darajasida shikastlangan boʻlsa;
temir yoʻlning harakatdagi tarkibi qurilma, mexanizmlar, jihozlar va begona predmetlar ustiga yurib kelib urilsa;
bekatlar oraligʻi yoʻllarining birida yoki bekatda harakat grafigida belgilangan vaqtdan yoʻlovchilar tashish poyezdining bir soatdan koʻproq, boshqa poyezdlarning esa, uch soatdan koʻproq ushlanib qolishiga sabab boʻluvchi yoʻl, temir yoʻlning harakatdagi tarkibi, signallashtirish, markazlashtirish, blokirovkalash va aloqa, kontakt tarmogʻi, elektr taʼminoti qurilmalari va boshqa texnik vositalarning nosozliklari yuzaga kelsa.
2-bob. Xizmat tekshiruvini olib borish
6. Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlari boʻyicha barcha holatlarni va harakat xavfsizligi buzilishlarining sabablari, oqibatlari, ularda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda kelgusida harakat xavfsizligi buzilishlari kelib chiqishining oldini olish maqsadida xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.
7. Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va (yoki) idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllariga mulkka egalik qilish huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlar asosida egalik qiluvchi (bundan buyon matnda temir yoʻlga egalik qiluvchi deb yuritiladi) tomonidan harakat xavfsizligi buzilishlari haqida maʼlumot olinganda, 5 soatdan kechiktirmasdan xizmat tekshiruvini oʻtkazish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Komissiya tarkibiga “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi va (yoki) mintaqaviy filiali va harakatdagi tarkib mulkdorlarining vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati vakillari (avtotransport vositalari bilan bogʻliq harakat xavfsizligi buzilishlari holatlarida) hamda boshqa shaxslar kelishuv asosida kiritilishi lozim.
8. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
joyiga chiqqan holda harakat xavfsizligi buzilishlarining yuzaga kelish holatlari va sabablarini oʻrganish;
harakat xavfsizligi buzilishlarining oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
jabrlangan shaxslarga tegishli yordam koʻrsatish, temir yoʻl transporti harakatini tiklash;
temir yoʻlning harakatdagi tarkibining, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllarida temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining amaldagi holatini temir yoʻl transportidan foydalanishni va harakat xavfsizligini tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash;
harakat xavfsizligi buzilishlarini keltirib chiqargan yoki ularning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan temir yoʻl transportida, shuningdek umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda va idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllarida ishlayotgan xodimlarning harakatlarini (harakatsizligini) baholash;
xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha shakllantirilgan yigʻmajildni 20 kun ichida tahlil qilish va saqlash uchun “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasiga taqdim etish.
9. Harakat xavfsizligi buzilishlari sodir boʻlgan joyda komissiya tomonidan:
tezlikni oʻlchash tasmasi, xotira moduli yoki temir yoʻlning harakatdagi tarkibi harakati parametrlarini qayd etish kassetasi, poyezdning natur varagʻi, poyezdni tormozlar bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, harakat tezligini cheklash toʻgʻrisidagi ogohlantirishlar va lokomotivning bort jurnali olinadi (agar saqlanib qolgan boʻlsa);
harakatlanish yoʻlining buzilgan joyi va temir yoʻlning harakatdagi tarkibining joylashishi, kilometr va piketga bogʻlagan holda uning relsdan chiqish izlari, temir yoʻlning harakatdagi tarkibining izdan chiqishi boshlangan va toʻxtagan joyi koʻrsatilgan sxema chiziladi;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti infratuzilmasi va (yoki) idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllariga tegishli obyektlarning hamda temir yoʻlning harakatdagi tarkibining shikastlanishi va oqibatlari, aniqlangan begona predmetlar, temir yoʻlning harakatdagi tarkibining detallari va uzellari joylashishining umumiy koʻrinishi fotosuratga tushiriladi, temir yoʻl transporti infratuzilmasi va temir yoʻlning harakatdagi tarkibiga yetgan talofat oqibatlari videotasvirga tushiriladi;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va (yoki) idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllariga tegishli obyektlarning texnik holati va ishi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi;
harakat xavfsizligi buzilishlariga daxldor va voqeaga guvoh boʻlgan shaxslarni aniqlaydi;
harakat xavfsizligi buzilishlari sodir boʻlgan vaqtdagi ob-havo sharoitlari qayd qilinadi.
10. Hududida harakat xavfsizligi buzilishlari sodir boʻlgan temir yoʻlga egalik qiluvchi xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati davomida harakat xavfsizligi buzilishi sabablarini aniqlashga xizmat qiluvchi hujjatlar, temir yoʻlning yuqori koʻtarmasi elementlari, temir yoʻlning harakatdagi tarkibining detallari va boshqa predmetlarning saqlanishini taʼminlashi shart. Zarur hollarda, komissiya tegishli hujjatlar, detallar va predmetlarni maxsus tekshiruv yoki sinovlarga yuborishi mumkin.
11. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati 15 kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
3-bob. Xizmat tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish
12. Xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra poyezdlar halokati va avariyalar boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq, ishdagi alohida nuqson holatlar va ishdagi nuqson holatlar boʻyicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
13. Komissiya aʼzolari komissiya zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi, xizmat tekshiruvi natijalarining toʻgʻri rasmiylashtirilishi, xulosalarning asosliligi, materiallarning sifati uchun masʼuldir.
14. Xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha komissiya tomonidan barcha materiallarni oʻz ichiga olgan 3 ta asl nusxada yigʻmajild shakllantiriladi.
15. Yigʻmajildda quyidagi hujjatlar boʻlishi shart:
tegishli xizmat tekshiruvi dalolatnomasi;
komissiya tomonidan tuzilgan harakat xavfsizligi buzilishlarining kelib chiqish sabablari koʻrsatilgan texnik xulosa;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi jabrlangan shaxslar haqidagi maʼlumotlar va dastlabki tashxislar;
mazkur Nizomning 4 va (yoki) 5-ilovalariga muvofiq shakldagi umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar yoki idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllariga mansub boʻlgan vagon va (yoki) lokomotivning shikastlanganligi (nosozligi) toʻgʻrisida dalolatnoma;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar yoki idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllariga tegishli boʻlgan texnik qurilmalar, obyektlar hamda temir yoʻlning harakatdagi tarkibining harakat xavfsizligi buzilishida yuzaga kelgan saqlanish meʼyorlaridan chekinishlar va shikastlanishlar koʻrsatilgan sxemalar (foto, videotasvir va boshqa qayd qilish usullaridan foydalanib tasvirga tushirilgan harakat xavfsizligi buzilishi sabablarini tasdiqlovchi materiallar asosida);
harakat xavfsizligi buzilishiga daxldor boʻlgan temir yoʻlning harakatdagi tarkibining tezlikni oʻlchash tasmasi, xotira moduli yoki temir yoʻlning harakatdagi tarkibi harakati parametrlarini qayd etish kassetasi tahlili natijalari;
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va (yoki) idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllariga tegishli obyektlarning texnik holati va ishi toʻgʻrisida dalolatnoma;
poyezdlarning natur varaqlari;
oʻtkazilgan maxsus tekshiruv va sinovlarning natijalari (agar oʻtkazilgan boʻlsa);
poyezdlar harakatining ijro etilgan grafigi nusxasi;
harakat xavfsizligi buzilishi sodir boʻlgunga qadar umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va (yoki) idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllariga tegishli obyektlardan hamda temir yoʻlning harakatdagi tarkibidan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan koʻchirmalar;
meteorologik maʼlumotnoma;
harakat xavfsizligi buzilishiga daxldor boʻlgan harakat xavfsizligi uchun masʼul boʻlgan temir yoʻl xodimlari haqidagi tegishli maʼlumotlar, ularning tushuntirishlari, mehnat va dam olish rejimi, texnik foydalanish qoidalari, normativ hujjatlar va lavozim yoʻriqnomalarini bilish darajasi yuzasidan oʻtkazilgan oxirgi sinov maʼlumotlari, tibbiy koʻrik xulosasi.
16. Yigʻmajildning asl nusxalari “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi, temir yoʻlga egalik qiluvchi va temir yoʻlning harakatdagi tarkibi mulkdorlariga beriladi va 10 yil davomida saqlanadi.
17. Harakat xavfsizligi buzilishi boʻyicha temir yoʻlga egalik qiluvchi tomonidan harakat xavfsizligi buzilishlari takrorlanishining oldini olish choralari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
4-bob. Harakat xavfsizligi buzilishlarini hisobga olish
18. Poyezdlar halokati yoki avariyalarning har bir holati boʻyicha temir yoʻlga egalik qiluvchi tomonidan tegishli dalolatnomaga asosan bir nusxada mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda poyezdlar halokati yoki avariyalarni hisobga olish kartochkasi toʻldiriladi va saqlanadi.
Ushbu kartochka maʼlumotlari temir yoʻlga egalik qiluvchining poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha masʼul xodimlari tomonidan “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasiga 15 kun ichida taqdim etiladi.
19. Har bir ishdagi alohida nuqson va ishdagi nuqson holatlar boʻyicha zarur maʼlumotlar tegishli dalolatnomaga asosan temir yoʻlga egalik qiluvchi va “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi harakat xavfsizligi buzilishlarini hisobga olish jurnaliga kiritiladi.
20. Yoʻl qoʻyilgan harakat xavfsizligi buzilishlari boʻyicha maʼlumotlar temir yoʻlga egalik qiluvchi tomonidan mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi va uning mintaqaviy filialiga taqdim etiladi.
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(21-bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
5-bob.Yakuniy qoida
22. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 29-iyun
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2015-yil 30-iyun
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2015-yil 1-iyul
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2015-yil 2-iyul
Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Poyezdlar halokati yoki avariyalar boʻyicha oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi toʻgʻrisida
‎DALOLATNOMA ‎‎

20___ yil “__” __________‎‎‎

______________________________
‎(dalolatnoma tuzish joyi) ‎‎

Komissiya tomonidan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi davomida quyidagilar aniqlandi:‎‎

‎‎I. Harakat xavfsizligi buzilishi jihatlari ____________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________

‎‎II. Nazorat maʼlumotlari
‎1. Harakat xavfsizligi buzilishi natijasida shikastlangan poyezd toʻgʻrisida maʼlumot:

‎‏‎‏Poyezd turi

‎‏‎‏Poyezd raqami

‎‏Lokomotiv rusumi va raqami

‎‏‎‏Poyezdning umumiy ogʻirligi

Poyezd tarkibi‎

umumiy vagonlar soni‎‎

shundan‎‎:

umumiy oʻqlar soni‎‏

shundan‎‎:

yuklangan‎‏

yuksiz‎‏

yuk vagoni‎‏

‎‏yoʻlovchi vagoni

refrijerator vagon

‎‏lokomotiv oʻqlari

vagon oʻqlari‎‎

2 oʻqli‎

4 oʻqli‎

6 oʻqli‎

8 oʻqli‎

‎2. Harakat xavfsizligi buzilishining oqibatlari

‎Insonlarga yetkazilgan zarar darajasi

Halok boʻlganlar soni‎‎‏

‎‎‏Tan jarohatlari olganlar soni

shundan‎‎:

ogʻir tan jarohati olganlar soni‎‎

oʻrtacha ogʻir tan jarohati olganlar soni‎‎

yengil tan jarohati olganlar soni‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎‏Temir yoʻlining harakat tarkibi‎‎

‎‎‏Izdan chiqqan temir yoʻl harakat tarkibi soni

Izdan chiqqan temir yoʻl harakat tarkibining talab etiladigan taʼmirlash darajasi‎‎

Zavod‎‎

Depo‎‎

Joriy‎‎

‎‎Lokomotiv

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎‏‎‎‏Yuk tashish vagonlari

2 oʻqli‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

4 oʻqli‎

‎‎

‎‎

‎‎

6 oʻqli‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

8 oʻqli‎

‎‎

‎‎

‎‎

Yoʻlovchi vagonlari‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

Refrijerator vagonlar‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

Yoʻlning shikastlanishi‎‎

Harakat xavfsizligi buzilishi oqibatida koʻrilgan taxminiy zarar miqdori (soʻm)‎‎‏

Harakatning tiklanish vaqti (soat, daqiqa)‎‎

Yoʻl (metr) ‎‎

Yoʻnaltirgich (dona) ‎‎

Kontakt tarmogʻi (metr) ‎‎

Yiqitilgan tayanchlar (dona)‎‎

bir yoʻlda‎‎

toʻliq‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎3. Harakat xavfsizligi buzilishi tavsifi (toʻldirilsin, keraksizi oʻchirilsin):
‎asosiy yoʻllar soni ____ta, koʻtarilish (pastlashish) ____ foiz; ____metr uzunlikdagi maydoncha; ____metr radiusdagi egri yoʻl, ____metr uzunlikdagi toʻgʻri yoʻl, ____metr chuqurlikdagi oʻyiq, balandlikdagi koʻtarma, signallashtirish, aloqa vositalari ___________.

‎‎4. Kunning vaqti va ob-havo sharoitlari:‎‎_________________________________________________________
‎__________________________________________________________________‎‎‎‎

‎‎‎(kunning vaqti,ob-havo holati (havo harorati, ochiq, tuman, qor, boʻron, yomgʻir, shamol), koʻrinish darajasi) ‎‎

‎‎5. Harakat xavfsizligi buzilishida temir yoʻlning harakatdagi tarkibi joylashishi (sxema va fotosurat ilova qilinadi).
‎‎6. Yoʻlning yuqori koʻtarmasida _______________________________ turdagi rels, ______________________________turdagi biriktirgichlar; ________________________turdagi ballast, _________ ta yogʻoch, _________ ta temir beton shpallar bir km masofada joylashgan.
‎‎7. Yoʻlni koʻrikdan oʻtkazishda _____________________________________________________
‎‎‎___________________________________________________________________‎‎‎‎

‎‎(yoʻl holati va meʼyorlardan chekinishlar)

__________________________________________________________________ aniqlandi.‎‎
‎‎8. Harakatdagi tarkibning yurish qismini koʻrikdan oʻtkazishda ‎‎‎______________________
‎___________________________________________________________________

‎‎(yurish qismining holati, meʼyoriy oʻlchami va qoʻyimlardan chekinishlari)‎‎‎‎

__________________________________________________________________ aniqlandi.‎‎‎‎
9. Tirkama va zarbali asboblarni koʻrikdan oʻtkazishda ‎‎‎____________________________
‎__________________________________________________________________

‎‎(holati, meʼyoriy oʻlcham va qoʻyimlardan chekinishlar koʻrsatilsin)‎‎

__________________________________________________________________ aniqlandi.‎‎‎‎‎‎
‎‎10. Yoʻl hamda poyezd ishoralarining joylashishi, koʻrinishi va holati ____________________________________________________________________________
11. Poyezd mashinistiga bekat navbatchisi tomonidan berilgan ogohlantirish:‎‎‎

‎‎____________________________________________________________________________
‎ ‎(ogohlantirish berilganligi, ogohlantirish turi) ‎

12. Poyezd harakatining belgilangan va amaldagi tezligi:‎‎‎‎

‎‎___________________________________________________________________________
‎‎ (amaldagi tezlik qaysi yoʻl bilan aniqlangani koʻrsatilsin)

‎‎13. Poyezd tarkibi tuzilishida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar: _____________________________
‎____________________________________________________________________________
‎‎14. Poyezdning tormozlar bilan taʼminlanganlik holati: ______________________________‎‎

____________________________________________________________________________ ‎
‎(avtotormozli oʻqlar soni, poyezd uzilgan holda quyruq va bosh qismlari uchun alohida koʻrsatiladigan tonnalarda oʻlchanadigan jamlanma tormoz bosimi, va qoʻlda ishga tushirilganda belgilangan yoki amaldagi tormoz bosimi) ‎‎‎‎

‎‎15. Poyezd tarkibida amaldagi tormoz oʻqlarining joylashish sxemasi (ilova qilinadi).
‎‎16. Avtotormozlarning aniqlangan nosozliklari: ____________________________________
‎____________________________________________________________________________
17. Lokomotiv va vagonlardagi tormoz kolodkalarning holati:‎‎‎‎ ______________________

‎________________________________________________________________________
‎ ‎(tormoz kolodkalarining turi, qiziganlik va gʻildirak bandajlariga taqalish darajasi) ‎‎

18. Avtotormoz yenglari va chekka kranlarning harakat xavfsizligi buzilishi joyidagi holati: ___________________________________________________________________
‎‎19. Lokomotiv avtotormozlaridan qoʻllanilganligi: __________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎‎20. Lokomotiv bosh rezervuaridagi havo bosimi: __________kg/sm2.
21. Avtotormozlarning sinovdan oʻtkazilganligi:‎‎‎‎ ________________________________

‎‎‎‎____________________________________________________________________________
‎ ‎(qachon, qayerda, kim tomonidan va qanday sinovdan oʻtkazilgan)

‎‎22. Lokomotivda boshqaruv dastagi, revers, mashinist krani va mashinistning yordamchi tormozining holati __________________________________________________________
23. Mashinist tomonidan poyezdni toʻxtatish uchun koʻrilgan choralar: ‎‎‎‎___________________

‎‎____________________________________________________________________________ ‎
‎(mashinistning harakatlari ketma-ketligi, harakat xavfsizligi buzilishi joyigacha tormozlash boshlangan masofa) ‎‎‎‎

‎‎24. Harakat xavfsizligi buzilishida ahamiyatli boʻlgan lokomotivdagi nosozliklar: ____________________________________________________________________________
25. Mashinistga berilgan ishoralar:‎ ______________________________________________

‎‎___________________________________________________________________________
‎‎(qachon va kim tomonidan) ‎‎

26. Harakat xavfsizligi buzilishi sabablarini aniqlashga ahamiyatli boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar: ________________________________________________________________
27. Komissiya kelguniga qadar harakat xavfsizligi buzilishi oqibatida shikastlanishlarni bartaraf etish holatlari:‎‎‎‎ ________________________________________________‎

___________________________________________________________________________ ‎
‎(qaysi xodim va uning harakatlari) ‎‎

‎‎28. Tiklash poyezdi kelgunga qadar harakatni tiklash boʻyicha koʻrilgan choralar: ____________________________________________________________________________
29. Jabrlanganlarga koʻrsatilgan yordam: ‎‎‎‎______________________________________

‎‎___________________________________________________________________________ ‎
‎(kim tomonidan, qachon va qanday yordam koʻrsatilgan) ‎‎

‎‎30. Harakat xavfsizligi buzilishini tiklash vositalari

Tiklash vositalarini chaqirish vaqti‎‎

‎‎Talab etilgan tiklash vositalari turi‎

Tiklash vositalarining manzili (chaqirilgan vaqtda)‎‎‎

Tiklash vositasining tayyor boʻlgan vaqti‎‎

Tiklash vositasining joʻnash vaqti‎‎

‎‏Tiklash vositasining bosib kelgan masofa (km)‎‏‎

Tiklash vositasining harakat xavfsizligi buzilishi joyiga yetib kelish vaqti ‎‎

soat‎

daqiqa‎‎

soat‎

daqiqa‎

soat‎

daqiqa‎

soat‎

daqiqa‎

1‎

2‎

3‎‎

4‎‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎‎

10‎

11‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Izoh: 3-ustundagi tiklash vositalari quyidagi qisqartmalar bilan koʻrsatiladi: lokomotiv, dala-avariya komandasi (DAK), tiklash poyezdi (TP), yongʻin poyezdi (YoP), katta quvvatli kran (T).‎‎‎
31. Harakat xavfsizligi buzilishini tiklash vaqtida quyidagi ishchi kuchlaridan foydalanildi: ‎‎‎‎________________________________________________________‎

‎‎___________________________________________________________________________
‎‎(tiklash vositasining xodimlari, qoʻshimcha jalb qilinganlar, shu jumladan harbiylar) ‎‎

32. Harakat xavfsizligi buzilishi oqibatida shikastlangan temir yoʻlning harakatdagi tarkibini toʻliq yigʻish vaqti:‎‎‎‎ ____________________________________________

‎‎___________________________________________________________________________ ‎
‎(yil, oy, kun, soat) ‎‎

33. Harakat xavfsizligi buzilishi oqibatida sochilib ketgan yukni toʻliq yigʻish vaqti: ‎‎‎‎‎

‎‎‎‎___________________________________________________________________________ ‎
‎‎(yil, oy, kun, soat) ‎‎

34. Harakat xavfsizligi buzilishiga daxldor boʻlgan temir yoʻl transporti xodimlarining ish va dam olish vaqti: ‎‎

T/r‎

F.I.O.‎‎

Lavozimi‎‎

Ish meʼyori (soat)‎

Ishda boʻlish vaqti (soat) ‎‎

Ishdan oldin dam olish (soat) ‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Izoh: temir yoʻl tashishlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-texnik hujjatlar ijrosi buzilishiga yoʻl qoʻygan temir yoʻl transporti xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur dalolatnomaga ilova tarzida kiritiladi. Familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimga qabul qilingan vaqti, temir yoʻl transportidagi ish staji, yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan normativ-texnik hujjatlarni bilishi yuzasidan sinov (qachon) oʻtkazilganligi koʻrsatilishi, xizmati yuzasidan intizomiy jazo choralari va ragʻbatlantirishlar (tavsifnoma) ilova qilinishi lozim.‎‎

‎III. Harakat xavfsizligi buzilishi va temir yoʻl tashishlari xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan normativ-texnik hujjatlarga rioya qilinmaganlik sabablari

‎‎35. Harakat xavfsizligi buzilishi va normativ-texnik hujjatlarga rioya qilinmaganlik sabablarining qisqacha tavsifi __________________________________________________
‎‎36. Harakat xavfsizligi buzilishi joyid� komissiya tomonidan harakat xavfsizligining buzilishini aniqlashda ahamiyatli boʻlgan predmetlar va hujjatlar: ____________________________________________________________________________
‎‎37. Dalolatnomaga quyidagilar ilova qilinadi: _____________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎‎Komissiya aʼzolari:

‎‎____________________________
‎(lavozimi, F.I.O.)‎‎

____________ ‎(imzo)‎‎

‎‎____________________________ ‎(lavozimi, F.I.O.)‎‎ ‎

____________ ‎(imzo)‎‎

‎‎____________________________ ‎(lavozimi, F.I.O.)‎‎ ‎

____________ ‎(imzo)‎‎

Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Ishdagi alohida nuqson holatlar va ishdagi nuqson holatlar boʻyicha oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi natijalari yuzasidan
‎DALOLATNOMA ‎‎

Ushbu dalolatnoma 20___ yil “___” _________ kuni ‎‎

___________________________ da
‎(bekat, bekat oraligʻi) ‎‎

____________________________________________________________________________
‎(komissiya aʼzolarining F.I.O.) ‎‎

‎‎_________________________________________________________lar tomonidan tuzildi.
20___ yil “___” __________________ kuni, soat _____ da ____________________________‎‎

____________________________________________________________________________
‎(b�kat, bekat oraligʻi, km) ‎‎

____________________________________________________________________________
‎ (nuqson turi va jihatlarining qisqacha tavsifi) ‎‎

‎‎Kunning vaqti va ob-havo sharoitlari: _____________________________________________

____________________________________________________________________________
‎(kunning vaqti,ob-havo holati (havo harorati, ochiq, tuman, qor, boʻron, yomgʻir, yaxvonlik, shamol), koʻrinish darajasi) ‎‎

Harakat xavfsizligi buzilishi keltirib chiqargan oqibatlar: __________________________‎‎

____________________________________________________________________________
‎(temir yoʻlning harakatdagi tarkibi, yoʻlning shikastlanishi, harakatning toʻxtalishi va manyovr ishining buzilishi) ‎‎

‎‎Izoh: dalolatnomaga temir yoʻlning harakatdagi tarkibi va yoʻlning shikastlanish darajasi haqidagi tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan normativ-texnik hujjatlar buzilishiga yoʻl qoʻygan temir yoʻl xodimlari toʻgʻrisida maʼlumotlar:

____________________________________________________________________________
‎(transportda va egallab turgan lavozimidagi ish staji, ishda boʻlish va dam olish vaqti, muqaddam intizomiy jazo
chorasi qoʻllanilganligi)

‎‎Harakat xavfsizligi buzilishi sabablari toʻgʻrisida xulosa:

‎‎____________________________________________________________________________
‎(yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-texnik hujjatlarning buzilgan bandlari)

____________________________________________________________________________ ‎‎
____________________________________________________________________________ ‎‎‎‎

Komissiya aʼzolari:‎‎‎‎

‎‎_______________________________

____________

(lavozimi, F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

‎‎_______________________________

____________

(lavozimi, F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

‎‎_______________________________

‎‎____________

(lavozimi, F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎Jabrlangan shaxslar haqidagi maʼlumotlar va dastlabki
‎TAShXISLAR

T/r‎

Jabrlangan shaxsning F.I.O.‎

Yashash manzili‎

Ish joyi va lavozimi ‎

Dastlabki tashxisi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Vagon shikastlanganligi toʻgʻrisida
‎D‎ALOLATNOMA

20__ yil “___” __________‎‎‎

‎‎________________________
‎(dalolatnoma tuzish joyi)

‎‎Ushbu dalolatnoma 20 ___ yil “___” ____________ kuni, soat ______ ‎‎

__________________
‎(roʻyxatga olingan joy)‎

‎‎‎‎da roʻyxatga olingan, ______ yilda ishlab chiqarilgan, oxirgi marotaba

__________________
‎(joriy, depo, zavod) ‎

rejaviy taʼmirdan‎‎ ___________________________ ‎‎da _____ yil “___” ______________ da ‎‎

‎(taʼmirlangan joy)‎‎ ‎

oʻtkazilganda _______ -sonli vagon ‎‎__________________________________________‎

_____________________________________________________________________________
‎(temir yoʻllaridan texnik foydalanish, manyovr ishlari, yuk ortish va mahkamlash qoidalari va boshqalar) ‎‎

‎‎buzilishi oqibatida ____________________________________________________________

‎‎___________________________________________________________________ aybi bilan
‎(temir yoʻlga egalik qiluvchi)

_______________________________
‎‎‎(yoʻl, poyezd, shoxobcha yoʻli)

shikastlanganligi toʻgʻrisida tuzildi.‎

T/r‎

Shikastlangan vagonlar turi va raqami‎

Shikastlangan detallar soni ‎

Shikastlangan detallar qiymati‎

1.‎

2.‎

...‎

‎‎Qoʻshimcha maʼlumotlar: __________________________________________________________
____________________________________________________________________
Shikastlangan vagonni ______________________________________________ talab etiladi.‎‎

(talab etilayotgan taʼmir yoki hisobdan chiqarish)‎‎

Komissiya aʼzolari:‎

______________________________________
‎(lavozimi, F.I.O.)‎‎

_______________
(imzo)‎‎

______________________________________
‎‎(lavozimi, F.I.O.)‎‎ ‎‎

_______________
‎(imzo)‎‎ ‎

______________________________________
‎‎(lavozimi, F.I.O.)‎‎ ‎‎

_______________
‎(imzo)‎‎ ‎

Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Lokomotivning shikastlanganligi (nosozligi) toʻgʻrisida
‎DALOLATNOMA ‎‎

20__ yil “___” __________‎

________________________
‎(dalolatnoma tuzish joyi) ‎‎

‎‎Ushbu dalolatnoma _________________ rusumli, _______________ raqamli, __________________ seksiya raqamli lokomotiv boʻyicha 20___ yil “___” ___________ kuni _____ da harakat xavfsizligi buzilishi sodir boʻlganligi toʻgʻrisida tuzildi.
Lokomotiv ____________________________ deposida roʻyxatga olingan.‎‎

‎‎(roʻyxatga olingan depo nomi)‎‎‎‎

‎‎Lokomotiv mashinisti ________________________________________________.

(F.I.O.)‎‎

Shikastlangan uskunaning nomi __________________________________________________.
‎Shikastlangan uskunaning chizmasi raqami _________________________________________.
‎Ishlab chiqaruvchi zavod: ________________________________________________________.
‎Shikastlangan uskunaning qismlarga ajratilib oxirgi taʼmirlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

‎‏Maʼlumotlar

Taʼmirlash darajasi‎‎

kapital KT-2 ‎

kapital KT-1 ‎

koʻtarma JT-3‎

katta davriy JT-2 ‎

kichik davriy‎

texnik xizmat koʻrsatish TX-2, TX-3, TX-4 ‎

Taʼmirlangan sana‎

Taʼmirlash punkti‎

Taʼmirlangan vaqtdan keyin bosib oʻtilgan yoʻl (km)‎

Harakat xavfsizligi buzilishi oqibatida shikastlanganlik haqidagi maʼlumotlar: ‎‎

____________________________________________________________________________
‎(sodir boʻlgan sharoit, oqibatlari tavsifi, uskunaning pasport maʼlumotlari va tuzilmaviy oʻziga xosliklari) ‎‎

‎‎Uskunaning shikastlanish sabablari toʻgʻrisida texnik xulosa: ___________________________
‎ _____________________________________________________________________________
‎‎Shikastlanishlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha choralar:

_____________________________________________________________________________
‎(uskunani almashtirish, payvandlash yoʻli bilan taʼmirlash, yangi oʻrnatilgan uskunaning oʻlchamlari, tirqishlarning oʻlchamlari)

‎‎Komissiya aʼzolari:

___________________________________
‎(lavozimi, F.I.O.)‎‎

_________________
‎(imzo)‎‎

___________________________________ ‎
‎(lavozimi, F.I.O.)‎‎‎‎

_________________
‎‎(imzo)‎‎‎‎

___________________________________
‎‎(lavozimi, F.I.O.)‎‎‎‎

_________________ ‎
‎(�mzo)‎‎‎‎

Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

‎‎Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va (yoki) idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllariga tegishli obyektlarning texnik holati va ishi toʻgʻrisida
‎DALOLATNOMA

‎‎20__ yil “___” __________

___________________________
‎(dalolatnoma tuzish joyi)‎‎

‎‎Ushbu dalolatnoma harakat xavfsizligi buzilishiga daxldor boʻlgan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va (yoki) idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllariga tegishli obyektlarning texnik holati va ishi haqida tuzildi va quyidagilar aniqlandi:

_____________________________________________________________________________
‎(temir yoʻl obyektlarining belgilangan texnik meʼyorlarga muvofiqligi, ishidagi nuqsonlar va meʼyorlardan chekinishlar,‎‎

‎‎_____________________________________________________________________________
‎texnik jihatdan sozligi, bajarilgan texnik xizmatlar va taʼmirlashlar)

‎‎_____________________________________________________________________________
Komissiya aʼzolari:‎ ‎‎

________________________________
‎(lavozimi, F.I.O.)‎‎

________________
‎(imzo)‎

________________________________
‎‎(lavozimi, F.I.O.)‎‎‎‎

________________
‎‎(imzo)‎‎

________________________________
‎‎(lavozimi, F.I.O.)‎‎‎‎

________________
‎‎(imzo)‎‎

Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

‎‎Poyezdlar halokati va avariyalarni hisobga olish
‎KARTOChKASI

T/r‎‏

‎‏Sana va vaqt

Harakat xavfsizligi buzilishi turi‎‏

Harakat xavfsizligi buzilishi sodir boʻlgan joy (bekat, bekat oraligʻi, km)‎‏

Poyezd raqami, lokomotiv rusumi, raqami, poyezd ogʻirligi va oʻqlar soni‎‏

Harakat xavfsizligi buzilishi sabablari va jihatlari‎

Temir yoʻlga egalik qiluvchining tarkibiy boʻlinmasi‎‏

Temir yoʻl xoʻjaligi birligining nomi‎‏

Harakat xavfsizligi buzilishi joyiga chiqqan shaxslar (lavozimi va F.I.O.) ‎‏

Xizmat tekshiruvi dalolatnomasi tuzilgan sana‎‏

Aybdor shaxslar‎‎

Yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligi boʻyicha normativ-texnik hujjatlarning buzilgan bandlari‎‏

Qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasi‎‏

Harakat xavfsizligi buzilishlari jihatlarini koʻrib chiqish sanasi

Xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha buyruq raqami va sanasi‎‏

Xizmat tekshiruvining tugatilish sanasi‎‏

lavozimi‎

F.I.O.‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

Harakat xavfsizligi buzilishlari holatlarini hisobga olish
‎JURNALI

T/r‎‏

‎‏Sana va vaqt

Harakat xavfsizligi buzilishi turi‎‏

Harakat xavfsizligi buzilishi sodir boʻlgan joy (bekat, bekat oraligʻi, km)‎‏

Poyezd raqami, lokomotiv rusumi, raqami, poyezd ogʻirligi va oʻqlar soni‎‏

Harakat xavfsizligi buzilishi sabablari va jihatlari‎

Temir yoʻlga egalik qiluvchining tarkibiy boʻlinmasi‎‏

Temir yoʻl xoʻjaligi birligining nomi‎‏

Harakat xavfsizligi buzilishi joyiga chiqqan shaxslar (lavozimi va F.I.O.) ‎‏

Xizmat tekshiruvi dalolatnomasi tuzilgan sana‎‏

Aybdor shaxslar‎‎

Yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligi boʻyicha normativ-texnik hujjatlarning buzilgan bandlari‎‏

Qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasi‎‏

Harakat xavfsizligi buzilishlari jihatlarini koʻrib chiqish sanasi

Xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha buyruq raqami va sanasi‎‏

Xizmat tekshiruvining tugatilish sanasi‎‏

lavozimi‎

F.I.O.‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
20___ yilning __________ oyi va oʻtgan ____ oy davomida
_________________________________________________ yoʻllarida yoʻl qoʻyilgan harakat xavfsizligi buzilishlari boʻyicha
maʼlumotlar

(temir yoʻlga egalik qiluvchining nomi)

Harakat xavfsizligi buzilishi turlari

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

Oktyabr

Noyabr

Dekabr

20__ yilning oʻtgan ___ oyi davomida jami

Poyezdlar halokati

Yuk yoki yoʻlovchilar tashish poyezdlari bilan boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib toʻqnashsa, bekat oraligʻi va bekatlarda yuk yoki yoʻlovchilar tashish poyezdlari izdan chiqsa hamda oqibatda insonlar halok boʻlsa, ogʻir tan jarohati olsa yoki lokomotiv yoxud vagonlar ularni hisobdan chiqarish darajasida shikastlangan boʻlsa.

Avariyalar

yoʻlovchilar tashish poyezdlari Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandida koʻrsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki harakatdagi tarkib bilan toʻqnashsa, bekat oraligʻi va bekatlarda yoʻlovchi tashish poyezdlari izdan chiqsa hamda oqibatda lokomotivlar kapital taʼmirlash talab etiladigan darajada va (yoki) vagonlar depo yoki undan murakkabroq taʼmirlash talab etiladigan darajada shikastlangan boʻlsa;

yuk tashish poyezdlari Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandida koʻrsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yoʻlning harakatdagi tarkibi bilan toʻqnashsa, bekat oraligʻi va bekatlarda yuk tashish poyezdlari izdan chiqsa hamda oqibatda lokomotivlar yoki vagonlar kapital taʼmirlash talab etiladigan darajada shikastlangan boʻlsa;

temir yoʻlning harakatdagi tarkibi manyovrlar, ekipirovkalash va boshqa qisqa harakatlar vaqtida boshqa poyezdlar yoki temir yoʻlning harakatdagi tarkibi bilan toʻqnashsa va izdan chiqsa hamda oqibatda insonlar halok boʻlsa, ogʻir tan jarohatlari olsa yoki lokomotiv yoxud vagonlar hisobdan chiqarish darajasida shikastlangan boʻlsa.

Ishdagi alohida nuqson holatlar

yuk yoki yoʻlovchi tashish poyezdlari Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yoʻlning harakatdagi tarkibi bilan toʻqnashsa, bekat oraligʻi va bekatlarda yuk va yoʻlovchilar tashish poyezdlari izdan chiqsa;

poyezd band yoʻlga qabul qilinsa;

poyezd band bekat oraligʻiga joʻnatilsa;

poyezd tayyor boʻlmagan marshrut boʻyicha joʻnatilsa yoki qabul qilinsa;

poyezd taqiqlovchi ishoradan oʻtib ketsa;

poyezd yoki harakatdagi tarkib ostida yoʻl yoʻnaltirgichni oʻtkazish;

temir yoʻlning harakatdagi tarkibi poyezdni qabul qilish, joʻnatish marshrutiga yoki bekat oraligʻiga ketib qolsa;

ketish yoʻlida yuk qulasa (sochilib ketsa);

gʻildirak oʻqi, gʻildirak oʻq boʻyni yoki gʻildirak sinsa;

vagon aravachasining yon qismi yoki ressor ust balkasi sinsa;

temir yoʻlning harakatdagi tarkibining oʻrta balkasi uzilsa;

texnik nosozliklar sababli, harakatlanish yoʻlidagi yoʻlovchilar tashish poyezdidan vagon uzib qoldirilsa;

poyezdning chekka kranlari berk holatda joʻnatilsa;

yoʻlovchilar tashish poyezdida lokomotiv buzilishi oqibatida yordamchi lokomotiv talab qilinsa;

harakatlanish yoʻlida ishlar bajarilishi vaqtida poyezdlar harakati uchun xavfli boʻlgan joylar ishoralar bilan toʻsilmasa;

pol usti svetoforida taqiqlovchi ishora oʻrniga ruxsat ishorasi yanglish paydo boʻlsa yoki sekinlashish (toʻxtash) ishorasi oʻrniga ruxsat ishorasi paydo boʻlsa;

poyezdlar harakati xavfsizligiga masʼul boʻlgan temir yoʻl xodimlarining aybi bilan poyezd avtotransport vositasi yoki boshqa oʻzi yurar mashina bilan toʻqnashsa;

bekatda taqiqlovchi ishoradan oʻtib ketish holatini yuzaga keltirgan ruxsat ishorasi taqiqlovchi ishoraga almashib qolsa;

harakatlanayotgan poyezd ostida rels sinsa.

Ishdagi nuqson holatlar

buksa qizib ketsa yoki boshqa texnik nosozliklar sababli vagon harakatlanish yoʻlidagi yuk tashish poyezdidan uzib qoldirilsa;

poyezddagi avtoulagichlar oʻz oʻzidan ajralib ketsa;

yoʻnaltirgich kesilsa;

yuk ortish qoidalarining harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi darajada buzilishi oqibatida oraliq bekatda poyezddan vagon uzib qoldirilsa;

temir yoʻlning harakatdagi tarkibining avtoulagichi sinib uzilsa;

temir yoʻlning harakatdagi tarkibi detallari yoʻlga tushib qolsa;

manyovrlarda, ekipirovkalashda va boshqa qisqa harakatlarda temir yoʻlning harakatdagi tarkibi Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, �izmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan oqibatlarsiz izdan chiqsa;

manyovrlarda, ekipirovkalashda va boshqa qisqa harakatlarda temir yoʻlning harakatdagi tarkibi Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan oqibatlarsiz boshqa poyezdlar yoki temir yoʻlning harakatdagi tarkibi bilan toʻqnashsa, oqibatda lokomotivlar joriy taʼmir darajasida yokivagonlarni uzib olgan holda joriy taʼmirlash yoxud temir yoʻlning harakatdagi tarkibi yanada murakkabroq taʼmirlash darajasida shikastlangan boʻlsa;

temir yoʻlning harakatdagi tarkibi qurilma, mexanizmlar, jihozlar va begona predmetlar ustiga yurib kelib urilsa;

bekatlar oraligʻi yoʻllarining birida yoki bekatda harakat grafigida belgilangan vaqtdan yoʻlovchilar tashish poyezdining bir soatdan koʻproq, boshqa poyezdlarning esa, uch soatdan koʻproq ushlanib qolishiga sabab boʻluvchi yoʻl, temir yoʻlning harakatdagi tarkibi, signallashtirish, markazlashtirish, blokirovkalash va aloqa, kontakt tarmogʻi, elektr taʼminoti qurilmalari va boshqa texnik vositalarning nosozliklari yuzaga kelsa.

Harakat xavfsizligi buzilishlarining umumiy soni

Shundan

poyezdlar halokati

avariyalar

ishdagi alohida nuqson holatlar

ishdagi nuqson holatlar


Izoh: mazkur maʼlumotlar har oyning 10-sanasigacha taqdim etiladi.


Temir yoʻlga egalik qiluvchining rahbari

_____________________

______________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 30-son, 404-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)