1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 4-avgust PQ-5210-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
auditorlik faoliyatining xalqaro standartlarini tan olish uchun Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan bitim tuzish;
auditning xalqaro standartlari matnini davlat tiliga tarjima qilish;
auditning xalqaro standartlarini auditorlar, ekspertlar va ushbu standartlardan boshqa foydalanuvchilar, ilmiy jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilish;
auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni auditning xalqaro standartlarining ingliz tilidagi matniga muvofiqligini komissiya tomonidan koʻrib chiqish tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida auditning xalqaro standartlarini joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
auditning xalqaro standartlari matnini davlat tiliga tarjima qilishda auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qilsin;
2022-yil 1-noyabrga qadar auditning xalqaro standartlari boʻyicha bepul oʻqitish taʼlim platformasini yaratish choralarini koʻrsin.
3. Belgilansinki:
auditning xalqaro standartlari boʻyicha bepul oʻqitish taʼlim platformasini yaratish bilan bogʻliq xarajatlar belgilangan tartibda Moliya vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Belgilangan tartibda roʻyxatga olingan auditorlik tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish uchun maʼlumotlarni va auditorlar mehnat daftarchalarining koʻchirma nusxalarini pochta orqali yoki elektron shaklda yuboradi. Maʼlumotlar elektron shaklda yuborilganda, ulardan “Audit” dasturiy majmuasidan foydalanish mumkin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 507-son qarori bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-aprel,
171-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining (keyingi oʻrinlarda — XBF) Audit va ishonchni taʼminlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari boʻyicha kengashi tomonidan eʼlon qilinadigan auditorlik faoliyatining xalqaro standartlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun ularni tan olish tartibini belgilaydi.
2. Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Audit va ishonchni taʼminlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari boʻyicha kengashi tomonidan eʼlon qilinadigan auditning xalqaro standartlariga (keyingi oʻrinlarda — auditning xalqaro standartlari) quyidagilar kiradi:
auditning xalqaro standartlari;
sifat nazoratining xalqaro standartlari;
tahliliy tekshirishlarning xalqaro standartlari;
ishonchni taʼminlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari;
turdosh xizmatlarning xalqaro standartlari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlari ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tan olinadi.
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini koʻrib chiqish
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlari quyidagi tartibda tan olinadi:
auditning xalqaro standartlarini tan olish uchun Oʻzbekiston auditorlar palatasi va XBF oʻrtasida shartnoma tuzish;
auditning xalqaro standartlarini davlat tiliga tarjima qilish uchun uning ingliz tilidagi matnini XBFdan rasmiy ravishda qabul qilish;
auditning xalqaro standartlari matnini davlat tiliga tarjima qilish;
tarjima qilingan auditning xalqaro standartlari matnini auditorlik tashkilotlari, ekspertlar, ilmiy va pedagogik jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilib borish;
Moliya vazirligi tashkil etgan komissiya tomonidan auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni ingliz tilidagi matnga muvofiqligini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston auditorlar palatasi tomonidan tarjima qilingan auditning xalqaro standartlarini tarjima qilish tartibiga muvofiqligini tasdiqlash uchun XBFga yuborish;
XBF tomonidan tarjima qilish tartibiga muvofiqligi tasdiqlangan auditning xalqaro standartlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining tan olish toʻgʻrisidagi buyrugʻini qabul qilish;
auditning xalqaro standartlarini Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.
5. Oʻzbekiston auditorlar palatasi va XBF oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq XBFdan rasmiy ravishda qabul qilingan auditning xalqaro standartlari davlat tiliga tarjima qilinadi. Oʻzbekiston auditorlar palatasi XBFga yillik aʼzolik badallarini toʻlab boradi.
6. Tarjima qilingan auditning xalqaro standartlari Oʻzbekiston auditorlar palatasi tomonidan Moliya vazirligiga taqdim etiladi va ularning davlat tilidagi matni Moliya vazirligining hamda Auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlari orqali jamoatchilikka taqdim etib boriladi.
7. Jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni ingliz tilidagi matnga muvofiqligini koʻrib chiqish uchun Moliya vazirligida komissiya tuziladi.
Komissiyaning tarkibi va reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Komissiyaning tarkibi vakolatli davlat organlari, buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari, auditning xalqaro standartlaridan foydalanuvchilar, auditorlik tashkilotlari, xalqaro ekspertlar, ilmiy jamoatchilik vakillaridan iborat boʻlib, kamida yetti nafarni tashkil etadi.
8. Komissiyaning auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni ingliz tilidagi matnga muvofiqligi boʻyicha xulosasi asosidagi Auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi tarjimasi Oʻzbekiston auditorlar palatasi tomonidan XBFga tarjima qilish jarayoniga amal qilinganini tasdiqlash uchun yuboriladi.
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini joriy etish
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududida auditning xalqaro standartlarini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
10. Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi hududida auditning xalqaro standartlarini amalga kiritish toʻgʻrisidagi qarori XBF tomonidan tarjima qilish jarayoniga muvofiqligi tasdiqlangandan soʻng qabul qilinadi.
11. Auditning xalqaro standartlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son qaroriga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining auditning xalqaro standartlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olish toʻgʻrisidagi buyrugʻi Adliya vazirligida davlat roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining auditning xalqaro standartlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olish toʻgʻrisidagi buyrugʻi va auditning xalqaro standartlari matnlari Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
13. Agar auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni bilan uning ingliz tilidagi matni oʻrtasida farq aniqlansa, manfaatdor shaxslar davlat tilidagi matnga aniqlik kiritish uchun Oʻzbekiston auditorlar palatasiga murojaat qilishi mumkin.
Oʻzbekiston auditorlar palatasi auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matniga aniqlik kiritish uchun uni Komissiyaga qayta koʻrib chiqish uchun yuboradi.
14. Komissiya ushbu farq tasdiqlangandan soʻng belgilangan tartibda auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matniga tegishli tushuntirish berish uchun Moliya vazirligiga xulosa beradi.
15. Oʻzbekiston auditorlar palatasi auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matnining doimiy ravishda yangilanib borilishini taʼminlaydi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Oʻzbekiston auditorlar palatasi
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — XBF) bilan auditning xalqaro standartlari (keyingi oʻrinlarda — AXS)dan davlat tili va boshqa tillarda foydalanish huquqini olish uchun shartnoma tuzadi.
Belgilangan muddatlarda
2-bosqich
Oʻzbekiston auditorlar palatasi
AXSni davlat tiliga tarjima qilish uchun uning ingliz tilidagi matnini XBFdan rasmiy ravishda qabul qiladi.
Shartnoma tuzilgandan soʻng 10 kun mobaynida
3-bosqich
Oʻzbekiston auditorlar palatasi
AXS matnini davlat tiliga tarjima qiladi.
Ingliz tilidagi matnini XBFdan rasmiy ravishda qabul qilgandan soʻng 40 kun muddatda
4-bosqich
Moliya vazirligi, buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
Tarjima qilingan AXS matnini auditorlik tashkilotlari, ekspertlar, ilmiy va pedagogik jamoatchilik vakillari bilan muhokama qiladi.
10 ish kuni davomida
5-bosqich
Moliya vazirligi tomonidan tuzilgan Komissiya
AXSning davlat tilidagi matni ushbu AXSning ingliz tilidagi matniga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
30 ish kuni davomida
6-bosqich
Oʻzbekiston auditorlar palatasi
Tarjima qilingan auditning xalqaro standartlari tarjima qilish tartibiga muvofiqligini tasdiqlash uchun XBFga yuboradi.
1 ish kuni davomida
7-bosqich
Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida AXSni amalga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Davlat tili va boshqa tillarga tarjima qilingan AXSni oʻzining va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida eʼlon qiladi.
XBFdan tasdiqlangandan soʻng 5 ish kuni davomida
8-bosqich
Auditorlik tashkilotlari
Auditorlik faoliyatini auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish
Doimiy ravishda
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 507-son qarori bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Mazkur buyruq belgilangan tartibda Adliya vazirligida davlat roʻyxatdan oʻtkaziladi, bunda davlat tiliga tarjima qilingan MHXS hujjatining matni Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish predmeti hisoblanmaydi”.
birinchi xatboshidagi “oltinchi xatboshida” soʻzlari “yettinchi xatboshida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Agar MHXS hujjatining kuchga kirish sanasi ushbu Nizomning 3-bandi yettinchi xatboshida belgilangan tartibda rasmiy eʼlon qilingan sanadan keyin boʻlsa va MHXS fondi tomonidan ushbu MHXS hujjatini uning kuchga kirish sanasigacha ixtiyoriy qoʻllash ruxsat etilgan boʻlsa, tashkilotlar ushbu MHXS hujjatini rasmiy eʼlon qilingan sanadan kuchga kirgunga qadar ixtiyoriy qoʻllashi mumkin”.
4. 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “oltinchi xatboshida” soʻzlari “yettinchi xatboshida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 18-bandning ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi tomonidan MHXS fondi bilan kelishilgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Nizomga ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Moliya vazirligi
MHXS hujjatlarini MHXS fondidan rasmiy ravishda qabul qilish.
Belgilangan muddatlarda
”.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2000-y., 9-son, 62-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2005-yil 29-noyabrdagi 266-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 29-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2007-yil 17-maydagi 99-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-martdagi 218-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 16-iyundagi 384-son qaroriga 1-ilovaning 36-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son)